Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Shaxsning umumiy biosotsial strukturasi
Annotatsiyalar
Maqolada ijtimoiy va shaxslararo munosabat, shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim xususiyatlar, ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv hamda odamning jismoniy va ruhiy, tabiiy va ijtimoiy, irsiy va hayotda ortirilgan belgilari keltirilgan. Tayanch iboralar: shaxs, ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv, inson, shaxsning ijtimoiy belgilari, fiziologik qulaylik, psixologik qulaylik, kuzatish, test, so‘rov, holat, o‘lchov, antropologiya. ОБЩАЯ БИОСОЦИАЛЬНАЯ СТРУКТУРА ЧЕЛОВЕКА Турсунова З.Н. Бухарский государственный технический университет.
В статье представлены социальные и межличностные отношения, важнейшие характеристики человека, социальная среда, социализация, а также физические и психические, природные и социальные, наследственные и жизненно приобретенные характеристики человека.
The article presents social and interpersonal relationships, the most important characteristics of a person, the social environment, socialization, as well as physical and mental, natural and social, hereditary and lifeacquired characteristics of a person.
Maqola Mazmuni
Shaxs – ijtimoiy va shaxslararo munosabat mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo‘lmish individdir. Shaxsga taalluqli bo‘lgan eng muhim xususiyatlari uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlariga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo‘lishidir. Demak, shaxs tashqi ijtimoiy ta’sirlarni o‘z ongi va idroki bilan qabul qilib, so‘ngra shu ta’sirlarning subyekti sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot faoliyati jarayonidir. Sodda til bilan aytganda, ijtimoiylashuv – har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning normalari, talablari va ta’sirini qabul qilgan holda har bir harakatni va muomalasida uni ko‘rsatishi va shu ijtimoiy tajribasi bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olish jarayonidir. Inson – bu tirik biosotsial tizim bo‘lib, odamning jismoniy va ruhiy, tabiiy va ijtimoiy, irsiy va hayotda ortirilgan belgilari birligini namoyon etadi. Individni inson sifatidagi borlig‘i asosini ta’minlaydigan, shaxsning biologik belgilari – uning tabiiy-genetik mohiyati bilan belgilanadi. Shaxsning biosotsial strukturasi quyida sxemada keltirilgan. Shaxsning ijtimoiy belgilari: jamiyat hayoti shartlari, ekologik holat, odam tarbiyasi va ma’lumoti bilan belgilanadi. Bular hammasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy o‘rnini aniqlaydi. Individual biologik va ijtimoiy belgilarning o‘zaro murakkab ta’siri har bir insonning shakllanishida faqat shu odamgagina xos bo‘lgan takrorlanmas tashqi ko‘rinishini (gabitusini), uning kiyim tanlash va sotib olishda kiyimga bo‘lgan talablari va qabul qilingan qarori aniqlaydi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 317
Технологии текстильной и легкой промышленности
Hozirgi paytda kiyim loyihalashda odamning barcha mavjud biosotsial belgilari ichidan faqatgina mavjud o‘lchovlar tasnifida keltirilgan odam gavdasi shakli va o‘lchov belgilari haqidagi axborot inobatga olinadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, odamda fiziologik va psixologik qulaylikni ta’minlaydigan kiyim yaratishda ushbu ma’lumotlar yetarli emas. Kiyimdagi fiziologik qulaylik deganda kiyimning odamdagi ekologik, hayotiy (uyqu, ish, dam olish va shunga o‘xshash) yoki ishlab chiqarish sharoitlarida uning barcha organ va tizimlari (qon aylanish, nafas olish, harakat va h.k.)ga xalaqit bermasligi yoki noqulaylik sezilmasligi tushuniladi. Psixologik qulaylik deganda – odam kiyimda u yoki bu ijtimoiy-demografik holatlarda ma’naviy qoniqishga ega bo‘lishi tushuniladi. Odam uchun ham fiziologik, ham psixologik qulaylikka ega bo‘lgan kiyim yaratish uchun, odamning morfologik, antropometrik, dinamik belgilari, tana, bosh, yuz, bo‘yin, obraz, rang muvozanati, shaxs fiziologik va psixologik xarakteristikasi, uning sotsial-demografik statusi (holati) haqidagi keng ma’lumotlar kerak. Barcha bu belgilar shaxsning kiyimni individual tarzda qabul qilishi, modaga bo‘lgan munosabati, ekspluatatsiya jarayonida uning kiyim bilan o‘zaro hamohangligini aniqlaydi. Shaxsning biosotsial belgilari nafaqat kiyimni, balki ishlab chiqarishni tashkillashtirishda, kollektivni boshqarishda, jihozlarni loyihalashda ham katta ahamiyatga ega. Odam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish usullari. Tikuvchilik sohasida shaxs biosotsial belgilari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: Kuzatish – odam haqidagi ma’lumot to‘plash uchun uni maqsadli kuzatish. Masalan: odam xulq-atvorini kuzatish (temperamentini, yoqtirgan ranglar gammasini, skelet tuzilishini va hokazolarni aniqlash uchun). Testdan o‘tkazish – turli maxsus testlar yordamida uning biosotsial belgilarini aniqlash. Natijalar asosida shaxs xususiyatlari, uning xohishlari, xarakteri, psixoemotsional holati va boshqalarni aniqlash uchun. So‘rov – anketalar tuzilib mutaxassislar yoki aholi o‘rtasida olib boriladi. Masalan, yengil sanoatda iste’molchilar talablarini o‘rganish maqsadida mutaxassislar yoki iste’molchilar o‘rtasida anketa – so‘rovlar olib boriladi. Holatlarni ro‘yxatga olish – aniq harakatlar ro‘yxatga olinadi. Masalan, bir xil bo‘y, razmer o‘lchov va h.k.larga ega bo‘lgan odamlar alohida ro‘yxatga olinadi. O‘lchov olish – turli o‘lchov asboblari yordamida odamni o‘lchash natijasida ma’lumotlarga ega bo‘lish. Ushbu barcha olinadigan ma’lumotlardan obyekt xususiyatlarini son va miqdor jihatdan aniqlaydigan usullar muhimroq hisoblanadi. Bunday ma’lumotlar aniq hisoblanib, yuqori darajada ishonchli bo‘ladi. Amaliy antropologiya odam tanasi o‘lchovlarini o‘rganishda katta o‘rin egallaydi. Bu esa antropometrik o‘lchovlar olib borish evaziga erishiladi. Kiyim loyihalash uchun birinchi navbatda odam tanasi shakli to‘g’risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish kerakkim, bunda uning tashqi konturlari razmerlari aniqlanadi. Odam tashqi shakli haqidagi ma’lumotlarni: skelet, mushaklar va teri osti yog’ qatlami beradi. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlaridan biri – uning o‘lchov va shakllarining odam gavdasi, qo‘l va oyoqlari o‘lchov va shakllariga mos kelishidir. Shuning uchun ham muhandis-konstruktor loyihalanayotgan buyum kattaliklarini tanlayotganda mahsulot egasi bo‘lmish obyekt, ya’ni odam to‘g‘risidagi yetarlicha to‘la ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Kiyim, poyabzal, qo‘lqoplar konstruktsiyalarini qurish uchun odam gavdasi, qo‘l va oyoqlari tuzilishini, panja va tovon o‘lchovlari variatsiya qonunlarini bilish zarur. O‘lchov tipologiyasi faqatgina odam gavdasi, qo‘l va oyoqlari o‘lchovlari to‘g‘risidagi keng va tizimlashgan antropometrik ma’lumotlar asosida tuziladi. Harakatlar biomexanikasini, gavda massasining tik turganda va yurganda tayanchga nisbatan taqsimlanishini, harakat natijasida tovon va qo‘l panjasi o‘lchovlarining o‘zgarishi, poyabzal va tovon orasidagi bosimlarning hosil bo‘lishini bilish, mutaxassisning asoslangan holda mahsulot
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 318
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
detallari o‘lchov va shakllarini aniq, hamda detallar uchun materiallarni to‘g‘ri tanlashda katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash ta’lim va bilim berish tizimi, hayotimizda, jamiyatimizda, amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas, har tomonlama bog’langan bo‘lishi kerak.
1-sxema. Tikuvchilik sohasida foydalaniladigan shaxs biosotsial belgilari Shunday qilib, shaxsning umumiy biosotsial strukturasini bilgan mutaxassis yangi talablarga javob bera oladigan muhandis-pedagogik kadrlarni tayyorlash, uzluksiz ta’lim-tarbiyaga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish kabi masalalarni yecha oladi. Ushbu masalalarni yechishda
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 319
Технологии текстильной и легкой промышленности
oliy o‘quv yurtida “Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi” sohasida tahsil olib chiqadigan muhandis-pedagoglar katta rol o‘ynaydi. Buning uchun ular maxsus fanlarni chuqur o‘rganishlari lozim. Ana shunday maxsus fanlardan biri “Amaliy antropologiya asoslari”dir. Аdabiyotlar: 1. Z.N. Tursunova Amaliy antropologiya asoslari.: darslik / Z.N. Tursunova. – Buxoro: “UMID”, 2022. – 328 bet 2. Nurillayevna T. Z. et al. Research of Foot Sizes of Younger School Children for the Purpose of
Identification of Static Deformations //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. – 2021. – С. 4723-4741 3. Rajabova G. et al. Designing rational, multi-range flexible technological flows in the sewing
industry //AIP Conference Proceedings. – AIP Publishing LLC, 2022. – Т. 2467. – №. 1. – С. 020027. 4. Tursunova Z. N., Rajabova G. J., Ochilov Sh B. Study of the characteristics of the physique of
children for the purpose of manufacturing sewing products //Фундаментальные и прикладные научные исследования в области инклюзивного дизайна и технологий: опыт, практика и перспективы. – 2022. – С. 61 5. Турсунова З.Н., Турсунова З.Р. Узбекские национальные детские костюмы // Cборник научных трудов по итогам Международной научной конференции, посвященной 135летию со дня рождения профессора В.Е. Зотикова: (25 мая 2022 г.). Часть 3. – М.: РГУ им. А.Н. Косыгина, 2022. – С. 79-84 6. Турсунова З.Н., Садуллоева Н.Г. Узбекские национальные ткани в качестве тренда мирового рынка // Cборник научных трудов по итогам Международной научной конференции, посвященной 135-летию со дня рождения профессора В.Е. Зотикова: (25 мая 2022 г.). Часть 3. – М.: РГУ им. А.Н. Косыгина, 2022. – С. 75-79 7. Ражабова Г.Ж., Турсунова З.Н. Инновационные достижения узбекской ткани атлас и адрас // Сборник материалов II Международной научно-практической конференции. Инновации и технологии к развитию теории современной моды «МОДА (Материалы. Одежда. Дизайн. Аксессуары)», посвященная Фёдору Максимовичу Пармону» – М.: ФГБОУ ВО «РГУ им. А.Н. Косыгина», 2022. - С. 263-266 8. Ражабова Г. Ж., Турсунова З. Н. Историческое наследие древней Бухары // Всероссийская
научно-практическая конференция" ДИСК-2020". – 2020. – С. 198-202. 9. Gulchekra A. Study of dynamic anthropometry for making clothes for various purposes //
Universum: технические науки. – 2022. – №. 2-7 (95). – С. 43-46. 10. ДА Садуллаева, ДБ Гулямова Инновационная одежда в проектировании школьной
формы - Учёный XXI века, 19 11. Sadikov, I., Rajabova, G., Saidova, K., Ergasheva, M., & Kulieva, D. (2022, June).
Morphological and biochemical changes in the blood of animals poisoned with Bideron. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2467, No. 1, p. 070034). AIP Publishing LLC. 12. Ражабова, Г. Ж., Тошева, Г. Д., & Бокиева, Г. У. (2015). Использование технологического
стенда при изучении дисциплин проф. направленности. Молодой ученый, (3), 215-217. 13. Турсунова, З.Н., & Очилов, Ш.Б. (2016). Изучение сварных соединений в швейном
производстве. Молодой ученый, (7), 192-194. 14. Ражабова, Г.Ж. (2016). Национальное ремесло-тюбетейки Узбекистана. Молодой
ученый, (7), 1086-1089. 15. Ражабова Г.Д., & Тошева Г.Д. Конструктивный и технологический стенд при изучении
дисциплин профессиональной направленности. In Инновации в строительстве глазами молодых специалистов (2014, pp. 107-110). Tursunova Zebiniso Nurillayevna – Buxoro davlat texnika universiteti. “Yengil sanoat muhandisligi va dizayn” kafedrasi dotsenti. Тел:+998-90-514-97-06. E-mail: e-mail: znt66@bk.ru
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 320