Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Energiya samaradorli qurilish uchun zamonaviy issiqlik himoyalovchi materiallar

HIKMATOV N.I.

Nashr
2-son
Sahifalar
365–369
Nashr etildi
01.04.2025
Ko'rishlar
4 5

Annotatsiyalar

Maqola Mazmuni

kirishining oldini olishga yordam beradi. Bu materiallar, ayniqsa, issiq havoda yoki qishin-kuzda samarasiz isitiladigan binolarda foydalidir. 9. Nanomateriallar. Nanotexnologiyalar asosida ishlab chiqilgan materiallar yangi izolyatsiya materiallari sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Ular yuqori issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega va juda ingichka bo‘lishi mumkin, shu bilan birga yuqori samaradorlikni ta’minlaydi (2-rasm). 2-rasm. Zamonaviy issiqlik himoyalovchi materiallar sinflanishi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 366 Точные и гуманитарно-экономические науки Zamonaviy issiqlik himoyalovchi materiallar binolarning energiya samaradorligini oshirishda, issiqlikni kamaytirish va ichki muhitni barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Ular qurilishda ham, sanoat va maishiy foydalanishda ham keng qo‘llaniladi. Tez-tez yangilanib turadigan materiallar ishlab chiqarish texnologiyalari bilan birgalikda, ularning samaradorligi va ekologik xavfsizligi ortib bormoqda. Zamonaviy issiqlik himoyalovchi materiallar ishlab chiqarishida energiya tejamkorlik omili muhim masalalardan biri bo‘lmoqda. Ularni ishlab chiqarishda energiya resurslarning cheklanganligi, energiya narxining yuqoriligi, tevarak atrofga bo‘lgan salbiy ta’siri bilan bog‘liqdir. Bundan ko‘rinib turibdiki, doimiy ravishda energiyani ishlab chiqarishdan ko‘ra uni iste’molini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. Butun dunyoda energiyatejamkorlikka bo‘lgan e’tiborning oshishi iqtisodiy va ekologik sabablar bilan asoslangan. Turar-joy qurilishida muhim yo‘nalishlardan biri bu binolarni qishgi va yozgi ekspluatatsiya qilish davrida issiqlikni tejash hamda xonalarda yashash sharotini yaxshilashdir. Qurilishda issiqlik izolyatsiya materiallarining qo‘llanilishi konstruksiyalar massasini kamaytirish, konstruksion qurilish materiallar (beton, g‘isht, yog‘och va boshqalar) iste’molini pasaytirish imkonini beradi. Issiqlik izolyatsiya materiallari yashash xonalarida ma’lum darajada sharoitni yaxshilaydi. Qurilish konstruksiyalaridagi issiqlik himoyasi binoni isitishga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish muhim maqsadlardan biri hisoblanadi. Binoni isitishga ketadigan energiya xarajatlarni kamaytirishning asosiy yo‘li bu issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar orqali o‘rab oluvchi konstruksiyalarning termik qarshiligini oshirishdir. Bugungi kunda dunyodagi qayta tiklanmaydigan energiya manbalarini qisqarishi, shu jumladan O‘zbekistonda ham, davlatimiz rahbariyati tomonidan energiya iste’molini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqish masalasiga keng e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “O‘zbekistonda maishiy ahamiyatga ega ob’ektlarning energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalda tadbiq etish boshlandi. Zamonaviy issiqlik izolyatsiya materiallari quyidagi parametrlarga javob berishi lozim, ya’ni uzoq muddat xizmat qilishi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, suv shimuvchanligi va olovbardoshligi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bir qator samarali issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, “Ohangaronsement” korxonasida mineral paxta, “STROYTEPLOIZOLYASIYA BIZNES” MChjda bazalt tolasi, “POLIPLEKS” issiqlik izolyatsiyalovchi ko‘pikpolistirolli plitalar ishlab chiqarilmoqda. Biroq yuqori sur’at bilan rivojlanayotgan qurilish sohasini hisobga olganda bunday hajmda ishlab chiqarilayotgan issiqlik izolyatsiya materiallari yetarli darajada emas. Bunday materiallarni ishlab chiqaruvchi texnologiyalarning ayrimlari eskirgan va ko‘p energiyani talab etmoqda. Mana shuni inobatga olib, bizning mamlakatimizda yangi turdagi issiqlik izolyatsiya materiallarini mahalliy xomashyo va chiqindilar asosida tayyorlash, ularni ishlab chiqaruvchi texnologiyalarni mukammallashtirish zarur. Adabiyotlar 1. Абрамян С.Г., Матвийчук Т.А. К вопросу об энергетической эффективности зданий и сооружений // Инженерный вестник Дона, 2017, № 1. 2. Беляев В.С. Энергоэффективность и теплозащита зданий. М.: Издательство АСВ, 2016. 400 c. 3. Wahlstrom M.H. Doing good but not that well? A dilemma for energy conserving homeowners. Energy Economics. (2016); Volume: 60; pp. 197-205. DOI: 10.1016/j.eneco.2016.09.025. 4. Гранева А.В. “Применение эффективных теплоизоляционнных материалов в ограждающих конструкциях зданий и сооружений, на основе перлита, изготовленных методом самоуплотняющих масс”, Инженерный вестник Дона №2 (2022). “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 367 Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар 5. Drozdzol K. Thermal and Mechanical Studies of Perlite Concrete Casing for Chimneys in Residential Buildings. Materials. 2021; 14(8):2011. URL: doi.org/10.3390/ma14082011 6. Легкие бетоны. Межгосударственные стандарты ГОСТ 25820-14, Москва 2015, ГОСТ 25820-21, Москва 2022. 7. Xikmatov N.I. “Qurilish materiallari sanoatida innovatsion texnologiyalar” Monografiya, Buxoro, “Durdona” nashriyoti 2022. 8. Jamol Urinov, Navfal Hikmatov, Akmal Sharipov Durability of non-autoclaved cell concrete at non-multiple repetitive load /// AGRITECH-V-2021, , IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 839 (2021) 052042 IOP Publishing doi:10.1088/17551315/839/5/052042, s. 1 – 7 9. https://ivdon.ru/ru/magazine/archive/n2y2022/7479 ТЕХНИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПОВЕРХНОСТЕЙ ФАСАДОВ ИСТОРИЧЕСКОГО ЗДАНИЯ ЯПОНСКОГО ГОСПИТАЛЯ В Г. КАГАНЕ Вахитов М.М., Вохидов И.М., Нозимов У.А. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В статъе рассмотрены вопросы технического состояния поверхностей фасадов исторического здания, являющимся культурным наследием. Показаны, что в процессе эксплуатации объекта в период более чем 125 лет, под воздействием атмосферных факторов происходили различные повреждения снижения качество кирпичного здания. На освове анализа технического состояния здания рекомендована его реставрация. Ключевые слова: историческое здание, японский госпиталь, техническое состояние, фасад, кирпичная кладка, здания, признаки ветхости, реставрация. КОГОН ШАҲРИДАГИ ЯПОН ГОСПИТАЛИ ТАРИХИЙ БИНОСИНИНГ ФАСАД СИРТЛАРИНИ ТЕХНИК ҲОЛАТИ Вахитов М.М., Воҳидов И.М., Нозимов У.А. Buxoro davlat texnika universiteti Аннотация. Мақолада маданий мерос объекти ҳисобланган япон госпитали тарихий биносининг фасад сиртларини техник ҳолати тадқиқ қилинган. 125 йилдан ортиқ вақт давомида ишлатилаётган ғиштли бинонини атмосфера омиллари таъсирида турли хилдаги шикастланишлари кўратилган. Техник ҳолатини таҳлил қилиш асосида бинони реставрация қилиш тавсия қилинган. Таянч сўзлар: тарихий бино, япон госпитали, техник ҳолат, фасад, ғишт терими, бино, шикастланиш белгиси, реставрация. TECHNICAL CONDITION OF FACADE SURFACES HISTORICAL JAPANESE HOSPITAL BUILDING IN G. KAGAN Vakhitov M.M., Vohidov I.M., Nozimov U.A. Bukhara state technical university. Annotation. The article addresses the issues of the technical condition of the surfaces of the facades of a historical building, which is a cultural heritage. It is shown that during the operation of the facility for a period of more than 125 years, under the influence of atmospheric factors, various damage occurred and the quality of the brick building decreased. Once the technical condition of the building has been analyzed, its restoration is recommended. Key words: historical building, Japanese hospital, technical condition, facade, brickwork, buildings, signs of disrepair, restoration “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 368