Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Neft-gaz-suv muhiti korroziyasida aminonitrilli (MAD tipli) ingibitorlarning samaradorligini o‘rganish
Annotatsiyalar
Neft-gaz-suv muhiti korroziyasini oldini olish uchun molekulasi tarkibida korroziya jarayonlarini faol himoyalaydigan amino va nitril guruhlari saqlovchi organik birikmalarni sintezlash natijasida olingan ingibitorlarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-tadqiqot usullari yordamida aniqlangan. Aminonitrilli ingibitorning St.20 va St.235 markali po‘lat namunasining korroziyadan himoyalash samaradorligi gravimetrik usulda aniqlangan. Kalit so‘z: korroziya, aminonitrilli ingibitor, St.20 va St.235 markali po’lat namunasi, gravimetrik usul. ИЗУЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНГИБИТОРОВ КОРРОЗИИ С АМИНОНИТРИЛОМ (ТИПА МАД) В НЕФТЕГАЗОВОДЯНОЙ СРЕДЕ Ataqulova D.D. Каршинский университет экономики и педагогики.
С целью предотвращения коррозии нефтегазоводяной среды с использованием современных физических методов исследования определены состав и структура ингибиторов, полученных в результате синтеза органических соединений, содержащих амино- и нитрильные группы, которые активно защищают коррозионные процессы в своих молекулах. Определены эффективности ингибитора аминонитрила в защите образцов стали Ст.20 и Ст.235 от коррозии гравиметрическим методом.
In order to prevent corrosion of oil and gas environments using modern physical research methods, the composition and structure of inhibitors obtained by synthesizing organic compounds containing amino and nitrile groups that actively protect corrosion processes in their molecules were determined. The efficiency of the aminonitrile inhibitor in protecting steel samples St.20 and St.235 from corrosion was determined using the gravimetric method.
Adabiyotlar (19)
- 1. Axmedova, O.B. (2021). Gazni tayyorlash jarayonida ishlatiladigan past haroratli separator. Science and Education, 2(11), 400-407.
- 2. Axmedova, O. B., & Rahimov, Z. Z. O. G. L. (2021). Neft va gazni qayta ishlash zavodlari uchun mahalliy xom ashyolar asosida aminli absorbentlar olishning texnologik usullarini ishlab chiqish. Science and Education, 2(12), 125-132.
- 3. Axmedova, O. B. (2021). Uglevodorod gazlarini tozalashda samarali absorbent kompozitsiyasini ishlab chiqish. Science and Education, 2(11), 408-413.Akramova, Z. N., &
- 4. Бахрамов, Н. И., & Ахмедова, О. Б. (2021). Алканоламинларни тозалаш учун маҳаллий хомашё асосида гранулали фаоллаштирилган кўмирнинг мақбул таркибини тадқиқ қилиш. Science and Education, 2(12), 339-346.
- 5. Djavadov, P. S., & Axmedova, O. B. (2023). Mahalliy gazkondensatlarning tarkibi va xususiyatlarini tadqiq qilish. Scientific progress, 4(5), 336-340.
- 6. Нарзуллаев, Ж.У., Мелиев, Ш.Ш., & Ахмедова, О.Б. (2017). Изучение физико-химических свойств кислых компонентов природного и нефтяного газов. Вопросы науки и образования, (2), 23-24. NEFT-GAZ-SUV MUHITI KORROZIYASIDA AMINONITRILLI (MAD TIPLI) INGIBITORLARNING SAMARADORLIGINI O‘RGANISH Ataqulova D.D. Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti. Annotatsiya. Neft-gaz-suv muhiti korroziyasini oldini olish uchun molekulasi tarkibida korroziya jarayonlarini faol himoyalaydigan amino va nitril guruhlari saqlovchi organik birikmalarni sintezlash natijasida olingan ingibitorlarning tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-tadqiqot usullari yordamida aniqlangan. Aminonitrilli ingibitorning St.20 va St.235 markali po‘lat namunasining korroziyadan himoyalash samaradorligi gravimetrik usulda aniqlangan. Kalit so‘z: korroziya, aminonitrilli ingibitor, St.20 va St.235 markali po’lat namunasi, gravimetrik usul. ИЗУЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИНГИБИТОРОВ КОРРОЗИИ С АМИНОНИТРИЛОМ (ТИПА МАД) В НЕФТЕГАЗОВОДЯНОЙ СРЕДЕ Ataqulova D.D. Каршинский университет экономики и педагогики. Аннотация. С целью предотвращения коррозии нефтегазоводяной среды с использованием современных физических методов исследования определены состав и структура ингибиторов, полученных в результате синтеза органических соединений, содержащих амино- и нитрильные группы, которые активно защищают коррозионные процессы в своих молекулах. Определены эффективности ингибитора аминонитрила в защите образцов стали Ст.20 и Ст.235 от коррозии гравиметрическим методом. Ключевые слова: коррозия, ингибитор аминонитрил, образец стали Ст.20 и Ст.235, гравиметрический метод. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар STUDY OF THE EFFICIENCY OF CORROSION INHIBITORS WITH AMINONITRILE (TYPE MAD) IN OIL AND GAS-WATER ENVIRONMENT Ataqulova D.D. Karshi university of economics and pedagogy. Abstract. In order to prevent corrosion of oil and gas environments using modern physical research methods, the composition and structure of inhibitors obtained by synthesizing organic compounds containing amino and nitrile groups that actively protect corrosion processes in their molecules were determined. The efficiency of the aminonitrile inhibitor in protecting steel samples St.20 and St.235 from corrosion was determined using the gravimetric method. Keywords: corrosion, aminonitrile inhibitor, steel sample St.20 and St.235, gravimetric method. Kirish. Butun jahonda po‘latdan yasalgan turli xil sanoat mollari va konstruksion materiallarning korroziya oqibatida yemirilishi bugungi kunda kechiktirib bo‘lmaydigan muammolardan biri bo‘lib sanalmoqda. Bu esa har qanday mamlakatga katta iqtisodiy va ekologik zarar yetkazib kelmoqda. Shu boisdan butun jahon kimyogar olimlari, texnologlari va ijtimoiyiqtisodiy soha olimlarning diqqat eʼtibori ushbu masalalarga qaratilgan. Jumladan, bugungi kunda har qanday mamlakatning iqtisodiy tayanchi va ustuvor strategik yo‘nalishi neft va gaz sohasiga tayanadi. Neft va gaz sanoatining asosini esa metallkonstruksion materiallardan yasalgan uskunalar tashkil etadi. Аyni shu uskunalarning korroziya oqibatida yemirilishi har qanday mamlakatning iqtisodiyotiga katta putur yetkazadi. Korroziya ingibitorlarini qo‘llash korroziya jarayonining oldini oluvchi eng samarali usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. Metallar korroziyasi oldini oluvchi ingibitorlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish uzoq muddatli muhim investitsiya hisoblanib, iqtisodiy va ekologik nuqtayi nazardan strategik ahamiyatga ega. Mamlakatimiz neft va gaz sanoatida ingibitorlar va antikorrozion qoplamalarni po‘lat korroziyasiga taʼsirini o‘rganish orqali ularni yangi tarkibga ega bo‘lgan yangi turlarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining koorporativ aloqalarini rivojlantirish” vazifalari belgilab berilgan. Shu nuqtayi nazardan samarali ingibitorlar bilan taʼminlash maqsadida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan korroziya ingibitorlarining sifatini standart talablariga mos holda, import o‘rnini bosuvchi ingibitorlarni mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarish va sanoatning turli tarmoqlarida qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bizning mamlakatimizda neft va gaz sohasida qo‘llaniladigan qurilma va jihozlarni korroziyadan himoyalash borasida nazariy va amaliy ishlar keng doirada yo‘lga qo‘yilgan va katta yutuqlarga erishilmoqda. Maqsadga yo‘naltirilgan sintez asosida bitsiklik oltingugurtli organik birikmalar kimyosini o‘rganish, ularning tuzilishi va tarkibini aniqlash, olingan birikmalarning molekuladagi atomlar guruhi tabiatining korroziya jarayoniga taʼsir darajasini o‘rganish asosida ilmiy-amaliy yo‘riqnomalar ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir. Adabiyotlar tahlili va metodlar. Qazib olinayotgan neft va gaz, odatda, o‘zinig tarkibida qatlam suvi (erkin emulsiya bilan qoplangan holda), har xil mineral tuzlar: NaCl2, CaCl2, MgCl2 va boshqalar, hamda mexanik qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Shuningdek, neft tarkibida har xil organik gazlar, jumladan, (CH4, C2H6, C3H8, C4H10, C5H12) va noorganik gazlar (H2S, CO2) lar mavjud bo‘ladi. Shimoliy Guzor gaz qazib oluvchi konlarining 2019-yilgi ma’lumotlariga asosan 9 ta kon topilgan. Ushbu konlarning suvlanish darajasini aniqlashda kondan chiqadigan suv tarkibidagi xlor ionlarining miqdori o‘rganilgan. Unga binoan ushbu konlarning qatlam suvi tarkibidagi xlor ionlarining miqdori bilan bog‘liq bo‘lib, undagi xlor ionlari 2,5 % ni tashkil qilganligi aniqlangan. Ushbu xlor ionlarining miqdori doimiy bo‘lmasdan, kondagi fazoviy muhitning o‘zgarishlari bilan o‘zgarib turadi. Bu esa gazni qazib olish jarayonida bosimning kamayishi hisobidan uning o‘rniga sizib keluvchi suvlarning kirishi hisobidan yoki qatlamning bir joydagi suv tarkibidagi xlor ionlarining konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan konsentratsiyasi kam joydagi suvlardan o‘tishi orqali “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025
- Химия и химические технологии va boshqa sabablar bilan qatlam suvi tarkibidagi xlor ionlarining konsentratsiyasi doimo o‘zgarib turadi. Shimoliy G‘uzor gaz konlarining 09.06.2010-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, № 6 va № 12 gaz konlarining minerallashuvidagi xlor ionlarining miqdori 62,7 g/l va 54,6 g/l gacha ortganligi aniqlangan. Xuddi shu vaqtdagi № 5 va № 13 gaz konlari qatlam suvlari minerallashuvidagi xlor ionlarining miqdori 1,8 g/l va 2,0 g/l ekanligi va 13 quduq qatlam suvining minerallashuvi o‘rtacha 2,5 g/l ekanligi aniqlangan. Shimoliy G‘uzor gaz konlaridagi qatlam suvlarining minerallashuviga asosiy sababalardan biri bu gaz qazib chiqarish davrida bosimning pasayish hisobidan sizot suvlarning konga sizib kirishi va o‘zi bilan birga tuproq tarkibidagi mavjud suvda eruvchan tuzlarni olib kirish bilan izohlash mumkin. Neft va gaz tarkibidagi turli-tumanlik uni qazib olish, tozalash, saqlash, transport qilish va ishlov berishda qo‘llaniladigan jihozlarning korroziyaga uchrashiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, bu sohada ishlatiladigan quvurlar va po‘lat rezervuarlar korroziyasi bir vaqtning o‘zida kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyaga uchraydi. Qazib olinayotgan tabiiy uglevodorod gazlari CH4, C2H6, C3H8 va parafin qatoridagi (CnH2n+2) uglevodorodlardan va boshqa og‘ir uglevodorodlardan tarkib topgan. Tabiiy gazlar tarkibida H2S, CO2, organik birikmalar va suvlar bo‘ladi. Shuningdek qazib olinayotgan maxsulot tarkibida minerallashgan suvlar hamda agressiv komponentlarning bo‘lishi elektrolitik muhitini yaratadi. Neft va gazni qazib olish va tayyor mahsulot ko‘rinishiga keltirgunga qadar har xil korrozion agressiv muhitlari va korroziya turlari vujudga keladi. Neft va gazni qazib olishda smola-parafinlar, emulsiyalar, H2S, CO2 larning bo‘lishi quvur, rezervuarlar va boshqa jihozlarda, kimyoviy va elektrokimyoviy ichki va tashqi korroziya jarayonlarining kechishi zaruriy himoya usullarini qo‘llashini talab qiladi. Jihozlarning ichki korroziyasi ishchi muhit bilan kontakt natijasida sodir bo‘lib, tashqi korroziyasi esa tashqi muhitatmosfera sharoiti, tuproq tarkibi, adashgan daydi toklar ta’siri kabilar bilan bog‘liqdir. Neft va gaz konlari ionlari qatlam tarkibida CO2 ning bo‘lishi ham kimyoviy korroziyaga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun tabiiy neft va gazlar tarkibidagi H2S, CO2 larning korrozion jarayonga ta’sirini yo‘qotish maqsadida muhitga kimyoviy reagentlar hisoblangan ingibitorlarni qo‘llash asosiy muhum va dolzarb yechimlardan biri bo‘lib sanaladi. Natijalar. Ushbu maqolada molekulasi tarkibida bir nechta azot atomi tutgan 2,7-dimetil2,7-ditsiano-3,6-diazaoktan (MАD) va 2,8-dimetil-2,8-ditsiano-3,7-diazanonan (MАD-20) va 2,9dimetil-2,9-ditsiano-3,10-diazadekan (MАD-21) molekulalarini korroziya ingibitori sifatida o‘rganish uchun ushbu birikmalarning sintezi amalga oshirildi. Sintez qilingan moddalarni nazariy jihatdan tavsiflashda, rentgenologik tahlil, PMR (13C, 1H) analizlarining eksperimental ravishda o‘lchangan natijalariga qarama-qarshi tekshirish uchun nazariy tavsifnomalari o‘rganildi. PMR15N kimyoviy siljishlar nazariy jihatdan hisoblab chiqilgan. Ushbu tadqiqot ishida zamonaviy DFT hisoblash dasturlaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalarini hisoblashdan oldin sintez qilingan birikmalarning molekulasi optimallashtirildi. Sintez qilingan birikmalarning nazariy xususiyatlarini hisoblash uchun 6-311+G (d, p) ishlatilgan. Baʼzi hisoblash natijalarini olishda biz katta 6-311 + G (2d, p) dan foydalandik, ayniqsa PMR maʼlumotlarini nazariy jihatdan hisoblash katta asoslarni talab qiladi. IQ-spektroskopik hisoblashda tebranish chastotalari 0,9587 ga tenglashtirildi. Sintez qilingan moddalarni PMR qiymatlarini hisoblashda tetrametilsilan erituvchisi yordamida optimallashtirildi. Ushbu nazariy hisoblashlarda biz Fronter molekulyar orbital va molekulyar elektrostatik potentsial xususiyatlarini 2,7-dimetil-2,7-ditsiano3,6-diazaoktan molekulasi asosida hisoblab chiqdik. Ushbu hisoblashlarni olib borish vaqtida u 6-3 G (d, p) asosli to‘plamlardan foydalanildi. Kvant kimyosi organik birikmalarning reaksion faolligi bo‘yicha eksperimental maʼlumotlarni tushuntirishga va mumkin bo‘lgan reaksiyalarni bashorat qilishga imkonyat yaratadi. Zamonaviy kvant kimyosining asosi Shrediderg tenglamasi bo‘lib, odatda statsionar holatlar uchun adibatik jarayonda yechiladi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар Shuningdek, kvant-kimyoviy usullarni qo‘llash orqali molekuladagi elektronlarning fazodagi holati, elektronlar zichligining taqsimlanishi, reaksiyadagi fazoviy to‘siqlarning o‘rni, reaksiyaga kirishuvchi atomlar yoki funktsional guruhlarning potentsial energiyalarini aniqlash mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga turli xil spektroskopik tahlillarning hisoblari, qaysiki tebranma spektrlar, rentgen va elektron spektrlar, optik spektrlar, yadro va elektron magnit rezonans spektrlari va shunga o‘xshashlar haqida tez va oson nazariy hisoblashlarni va spektral chizmalarini olish imkoniyatini beradi. MАD tipli ingibitorlarning ishchi eritmasi zichligini aniqlash. Ingibitorlarni laboratoriyada tadqiq qilish o‘z ichiga ikkita bosqichni oladi: fizik-kimyoviy va texnologik tavsifnomasini aniqlash, korroziya jarayonini himoyalash samaradorligini aniqlash. MАD turli ingibitorining fizikkimyoviy va texnologik tavsifnomalarini aniqlash uchun birinchi navbatda ularning ishchi eritmalari zichligini aniqladik. Ushbu ishda 20 0C haroratdagi 0,10 %-li ishchi eritmaning zichligi GOST 3900-85 bo‘yicha АN tipli areometrda aniqlandi. MАD-20 ingibitorining 0,10 %-li ishchi eritmasini 200 ml hajmdagi silindrni tekis joyga o‘tqazib, ishchi eritmani slindrning devorlari bo‘ylab yuqorgi qismidan 2–3 sm joy qolgunga qadar quydik. Silindr va tadqiqot uchun olingan ingibitor eritmasining harorati 20 0C ni tashkil qildi. Muhokama. Neft va gaz konlari ionlari qatlam tarkibida CO2 ning bo‘lishi ham kimyoviy korroziyaga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun tabiiy neft va gazlar tarkibidagi H2S, CO2 larning korrozion jarayonga ta’sirini yo‘qotish maqsadida muhitga kimyoviy reagentlar hisoblangan ingibitorlarni qo‘llash asosiy muhum va dolzarb yechimlardan biri bo‘lib sanaladi. Ma’lumki, turli tarkibli va turli xil fizik kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan neft va gazokondensat konlari qatlam suvlarining ushbu sanoat qurilmalarni himoyalashda turli tipga mansub ingibitorlarni talab qiladi. Ushbu ingibitorlarga bo‘lgan sanoat talabi yiliga 5 tonnadan 20 tonnagacha kerak bo‘ladi. Ushbu ingibitorlarni yetkazib beruvchilar uchun birinchidan bu miqdor ancha katta bo‘lsa, ikkinchidan katta miqdordagi transport xarajatlarini talab qiladi. Shuning uchun ushbu muammoni to‘liq yechish uchun mahalliy xomashyolarga tayangan holda kompleks ta’si etuvchi ingibitorlarni ishlab chiqishni taqazo etadi. Kompleks ta’sir etuvchi ingibitorlar bir vaqtning o‘zida neytral-tuzli, vodorod sulfidli-tuzli va kislotali muhitlarda metallarni korroziyadan himoyalashi kerak bo‘lgan ingibitorlardir. Аminonitrillar asosida olingan birikmalarning ingibitorlik xossasi metallarni kislotali muhit korroziyasidan himoyalashda yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, turli sanoat sohalarida foydalanish uchun asosiy arzon korroziya ingibitori sifatida xizmat qilishi mumkin. Аminonitrillar sinfiga tegishli bo‘lgan MАD-20 nomli ingibitorni “Gissarneftgaz” MChJ QK ning ishlab chiqarish obʼektlarida mahsulot saqlash idishlari va qurilmalarida korroziyaga qarshi ingibitor sifatida ishlab chiqarishda sinov-tajriba amaliyotida qo‘llanildi. O‘tkazilgan tadqiqot ishlarida MАD-20 nomli ingibitorni gaz kondensati, sulfat kislota, vodorod sulfidi, karbonat angidrid va ammiakli suvlarning 0,5 %-li eritmalari bilan gazokondensat aralashmasi muhitida St.20 po‘lat namunasida sinab ko‘rilganda uning korroziyaga qarshi yuqori samaradorlikni namoyon qilishi aniqlandi. Tadqiqotlarni olib borish atrof muhit harorati sharoitida yuqorida ko‘rsatilgan agressiv muhitlarda amalga oshirildi. Tadqiqot davomiyligi 330 soat. Ingibitorning samaradorligini aniqlashda yuqoridagi agressiv muhitlar uchun ingibitorning massa ulushlari gaz kondensati uchun 0,0006 % eritmada va qolgan H2SO4, H2S, CO2 va ammiakli suvlarning 0,5 %-li eritmalarining gazokondensatdagi aralashmasi uchun ingibitorning 0,5 %-li eritmalarida olib borildi. Tadqiqotlar GOST 9.506-87 bo‘yicha suv-neft muhitida metallar korroziyasi ingibitori “Himoyalash qobiliyatini aniqlash usuli” metodikasi asosida olib borildi. Belgilangan vaqt (330 soat) o‘tgandan keyin namunalar agressiv eritmadan olindi, korroziya mahsulotlarini metall sirtidan yo‘qotish maqsadida sovuq suvda bir necha bor yuvildi, maxsus yuvish eritmasida ishlandi, yumshoq rezina o‘chirg‘ich yordamida tozalandi, benzol bilan yuvib yog‘sizlantirildi. So‘ngra eksikatorda 30 minut ushlab turildi va tarozida tortib ko‘rildi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025
- Химия и химические технологии Quyidagi 1-jadvalda biz MAD-20 ingibitorining ana shunday xossalarini namoyon etishini gravimetrik usulda aniqladik. Agressiv muhit sifatida Shakarbuloq koni va Shimoliy G‘uzor gaz konlari minerallashgan qatlam suvidan foydalanildi. Konlar qatlam suvlari ta’sirida po‘lat namunasining MAD-20 ingibitorining 50, 100, 250 va 500 mg/l miqdori ishchi eritmasi ishtirokidagi himoyalanish darajasi aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra Shimoliy G‘uzor gaz koni qatlam suvidagi MAD-20 ingibitorining himoyalash samaradorligi (87,8 % dan 95,5 % gacha), Shakarbuloq koni qatlam suvi va 25 °C haroratdagi MAD-20 ingibitorining himoyalash samaradorligi (84,1 % dan 93,8 % gacha) ekanligi aniqlandi. Ingibitor konsentratsiyasi ortishi bilan ingibitorning himolash samaradorligi ortib borganligi aniqlandi. 1-jadval MAD-20 ingibitori ishtirokida St.20 po‘lat namunasining qatlam suvidagi korroziyalanish tezligi Qatlam suvi К, g/m2 soat Ingibitor samaradorligi, Z % Shimoliy G‘uzor gaz koni qatlam suvi, minerallashuvi 29006,7 mg/l, Н2S=105 mg/l T,0C MAD-20 Konsentratsiya, mg/l - 1.80 - 50 0.21 87.8 100 0.14 91.7 250 0.10 93.9 500 0.08 95.5 Shakarbuloq, koni qatlam suvi, minerallashuvi 113592,8 mg/l, Н2S=4.72 mg/l 25 - 1.64 - 50 0.25 84.1 100 0.17 89.0 250 0.10 90.0 500 0.08 93.8 Neft va gaz sanoatida umumiy va mahalliy korroziya eng ko‘p tarqalgan korroziya turlaridan biri hisoblanadi. Quvurlarni ekspluatatsiya qilishda yuzaga keladigan boshqa bir katta muammo – bu ichki korroziya hisoblanib, u asosan turli xil kuchlanishlar ostida korrozion yoriqlar ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Burg‘ilash quvurlari, suyuqlik yoki gaz saqlanadigan idishlar, qayishqoq quvurlar va boshqa metall konstruksiyalarning korrozion yemirilishini nazorat qilish uchun samarali korroziya ingibitorlarini qo‘llagan holda kislotali va boshqa turdagi korroziya jarayonlarini ingibirlash orqali oldini olish mumkin. Korroziya ingibitorlarini sanoatda qo‘llash o‘ziga xos bo‘lib, ingibitor qo‘llanganda texnologik zanjirdagi: shlef-gazquvuri gazni qayta ishlovchi zavodlarning barcha qurilmalarni himoyalashi kerak bo‘ladi va ularni qo‘llashda texnologik jarayonlarning yangi talablarini qondirishi zarur bo‘ladi. Maʼlumki, tabiiy gaz tarkibida vodorod sulfid, karbonat angidrid, quyi molekulyar organik kislotalar doimiy ravishda bo‘lib, konstruksion materiallarni korroziyadan himoyalashning texnikaviy tasdig‘ini va iqtisodiy samaradorligini taʼminlashda organik birikmalar asosida olingan ingibitorlarni qo‘llash o‘z tasdig‘ini topgan. Sanoat miqyosida ingibitorlarni qo‘llash uchun ular maʼlum bir talablarga javob berishi kerak bo‘ladi. Ingibitorlarga qo‘yiladigan eng katta talab bu ularning konstruksion materiallarni korroziyadan samarali himoyalashiga bog‘liq. Turli holatlar uchun oxirgi o‘rinda ingibitorlarni tanlashda ularni qo‘llashning texnologik xususiyatlariga ahamiyat beriladi. Bu o‘rinda ingibitorga bo‘lgan talab bir qancha sharoitlarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Yuqoridagi olingan natijalar asosida shu narsani aytib o‘tish mumkinki, ushbu yangi turdagi MАD tipli ingibitorlar metall va metallkonstruktsion materiallardan yasalgan uskunalarni turli xil korroziya, kislotali agressiv muhitlar (vodorod sulfid, karbonat angidrid va xlorid kislota)dan yaxshi ingibirlaydi va ushbu MАD tipidagi ingibitorlarni ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash hamda undan ratsional ravishda foydalanish ishlab chiqarish korxonalari uchun iqtisodiy foyda keltirishidan dalolat beradi. Shu nuqtai nazardan va olib borilgan tadqiqot natijalariga hamda “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар to‘plangan va o‘rganib chiqilgan maʼlumotlarga tayangan holda MАD turidagi korroziya ingibitorlarini olishning texnologik tizimi ishlab chiqildi. Xulosa. MАD tipiga mansub ingibitorlarning samaradorligi turli konsentrasiyali agressiv muhitlarida, turli harorat oraliqlarida va ingibitorning turli konsentrasiyalarida o‘rganilgan. Shuningdek, korroziyalanish tezligi, korroziya jarayonining mexanizmlari va substrat tuzilishining korroziya jarayonini ingibirlash samaradorligiga taʼsiri kabi qonuniyatlari ham o‘ganildi. O‘tkazilgan tadqiqot ishlarida MAD-20 ingibitori gaz kondensati, H2SO4, H2S, CO2 va ammiakli suvlarning 0,5 %-li eritmalarining gazokondensatdagi aralashmasi muhitida St.20 po‘lat namunasining korroziyasiga qarshi yuqori samaradorlikni namoyon qilishi aniqlangan. Aminonitrillar asosida metallar korroziyasiga qarshi samarali yangi MAD tipli ingibitorlarini ishlab chiqarish sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Hisoblashlarga ko‘ra, MAD tipli ingibitorlar metallar korroziyasiga qarshi samarali yangi turdagi ingibitorlarning qo‘llanilishidan kelib chiqadigan iqtisodiy samaradorlik metallkonstruksion uskunalar va qurilish materiallarning xizmat qilish muddatining uzayishga va qo‘llaniladigan xorijiy ingibitorlarni mahalliy ingibitorlarga almashtirish bilan iqtisodiy samaradorlikka erishishni ko‘rsatadi. MAD turli ingibitorlar metallar korroziyasiga qarshi samarasi yuqori bo‘lgan yangi turdagi ingibitorlarni po‘latdan tayyorlangan konstruksion materiallarni korroziyadan himoya qilishda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq keladi. Tadqiqotlar tajriba-sinov ishlari GOST 9.506-87 bo‘yicha, suv-neft muhitida metallar korroziyasi ingibitorining “Himolash qobiliyatini aniqlash usuli” metodikasi asosida olib borilgan. Aminonitrillar asosida olingan birikmalarning ingibitorlik xossasi metallarni kislotali muhitdagi korroziyadan himoyalashda yuqori samaradorlikka ega ekanligi va import o’rnini bosuvchi asosiy arzon korroziya ingibitori sifatida xizmat qilishi mumkinligi taklif etilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
- 1. Arthur J. Kidnay William R. Parrish Fundamentals of Natural Gas Processing 2006.420 P.
- 2. Дилбар Дустмуродовна Атакулова, Мингикул Жумагулович Курбанов, Абдуахад Абдурахимович Кодиров Изучение Ингибирующих Свойств 2, 7-Диметил-2, 7-Дицианид3, 6-Диазаоктана Universum: технические науки 5-4 (86). Москва 2021. cтр 16-19.
- 3. Aтақулова Д.Д., Қурбанов М.Ж., Норматов Б.Р. Аминонитрилларнинг Хлорид ва сульфат кислота муҳитида пўлат коррозиясига қарши ингибиторлик хоссаларини ўрганиш. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий-техникавий журнал № 4, Бухоро 2022. 90-95 бет.
- 4. Атакулова, Д. Д., & Абдувалиев, С. А. (2023). Использование Ингибиторов Коррозии Металлов. Экономика и социум, (12 (115)-1), 938-942 ст.
- 5. Атакулова Д.Д. Технология Получения Ингибиторов Коррозии На Основе Алифатических Аминонитрилов Для Коррозии Нефтегазоводяной Среды // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2023. 12(117).
- 6. Ataqulova D.D., Qurbanov M.J. MАD-20 preperаtining ingibitorlik xossаsini grаvimetrik usuldа o‘rgаnish. QDU XАBАRNOMА. 2022 6/1(56). 55-58 bet.
- 7. Д.Атакулова, М.Муродов. Аlifatik aminonitril hosilalarini metallarni korroziyadan himoyalashda qo’llash. uz-Topical Issues of Technical Sciences, 2024 - techscience.uz Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Page
- 1 Tech Science Issn 30303702 Texnika Fanlarining Dolzarb Masalalari. Ataqulova Dilbar Dusmurodovna – Qarshi Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, “Neft va gaz ishi” kafedrasi dotsenti, Tel. +998 91 210 57 99, E-mail: ataqulovadilbar364@gmail.com “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 77