Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Po‘latdan tayyorlangan mahsulotlarning yuza qatlamining mustahkamligini oshirish

BAFOYEV D.X.

Nashr
3-son
Sahifalar
42–48
Nashr etildi
02.06.2025
Ko'rishlar
4 5

Annotatsiyalar

Kimyoviy-termik ishlov berish va PVD-qoplama hosil qilish usullarini qo‘llagan holda po‘latdan tayyorlangan mahsulotlarning yuza qatlamining mustahkamligini oshirishning yangi usuli taklif etilgan. Taklif etilgan usul yordamida erishilgan samaradorlik boshqa puxtalash usullariga nisbatan yuqori ustunlikka ega va mashinasozlik korxonalarida po‘latdan tayyorlanadigan mahsulotlarning yuza qatlamini puxtalashda keng qo‘llanilishi mumkin.

Maqola Mazmuni

Kirish. Mashinasozlikda mashinalarning quvvatini va boshqa parametrlarini oshirish bilan bir qatorda, metall sarfini va tannarxni kamaytirishga, puxtaligi va umrboqiyligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mashina detallarini ishlatish xossalari ko‘pincha sirtining holati bilan aniqlanib po‘lat va qotishmalarning sirtini puxtalash texnologiyasning rivojlanishini belgilab beradi. Mahsulotlarning yangi yuqori fizik-mexanik va ishlatish xossalarini turli xil elementlar yordamida legirlash yo‘li bilan po‘latning sirtida yangi takomillashgan qatlamlarni hosil qilish orqali oshirish mumkin. Texnika masalalariga bog‘liq ravishda zamonaviy mashinasozlikning muhim vazifalaridan biri mahsulotlarning yuklangan ishlash sharoitlarida puxtalanadigan sirtining xossalarini ta’minlash zarurdir. Bu vazifani yechish uchun himoyalanadigan sirtga yemiruvchi mexanik ta’sirga chidamli birikmalar hosil qilib, fizik cho‘ktirish yo‘li bilan vakuumda himoya qatlamlari hosil qilish usullari keng qo‘llaniladi. Ushbu sohada ehtiyojning yuqoriligi bilan bog‘liq ravishda mashinalarning detallari va asboblarda qoplamalarni ishlab chiqish va hosil qilish strategik vazifa hisoblanadi. Shuning uchun yuza qatlamini puxtaligini oshirishning yuqori samarali usullarini ishlab chiqish dolzarb va istiqbollidir. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Mazkur ishda taklif etilgan usul ishlatish jarayonida yuklamalar ta’siri ostida yeyilishga va yemirilishga chidamli funksional qoplamalar olish sohasiga, shuningdek, ularni mahsulotlarning sirtiga hosil qilish usuliga tegishlidir. Ushbu usul mashina va mexanizmlarning detallarini, kesuvchi asboblarni, podshipniklarning detallari va har xil “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 40 Техника, технология ва жиҳозлар vtulkalarni, gidro tizimlar detallarini va boshqa turdagi detallarning yuza qatlami mustahkamligini oshirish uchun qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, bu usul past ishqalanish koeffitsiyenti va yuqori korroziyabardoshligi bilan birga yuqori qattiqlik talab qilinadigan aviatsiya va kosmik sohada ham istiqbolli hisoblanadi [1]. Detallarning sirtiga metallar nitridlarining yupqa qatlamlarini (1-5 mkm) yoyli yoki magnetron shakllantirishda qoplamaning va mahsulotning o‘zini materiali qattiqligi qiymatlarida keskin chegaralar mavjud. Agar mahsulotning yeyilishga chidamli qoplama hosil qilinadigan ishchi sirti plastik va yetarlicha mustahkamlikka ega bo‘lmasa, unda yuqori qattiqligiga qaramasdan, bu qoplama oshirilgan solishtirma yuklamalarda qarama-qarshi jism bilan tushganda bosim ta’siri ostida egiladi va yemiriladi. Qoplama va asos o‘rtasidagi keskin sakrashni bartaraf qilish qattiqlikning asta-sekin oshib borishi bilan qoplama hosil qilish imkonini beradi. Reaktiv gaz – azot muhitida ion-plazmali azotlash, detal sirtini tozalash va bug‘li fazadan titan nitridini hosil qilishni o‘z ichiga oluvchi, po‘lat mahsulotlari sirtiga yeyilishga chidamli qoplamani hosil qilish usuli ma’lum [2]. Bu usul qoplama va mahsulotning o‘zini materiali o‘rtasida o‘tuvchi sohani yaratish imkonini beradi. Asosiy materialning yuza qatlami mustahkamligining yetarli emasligi va, natijada, ishchi sirtning yeyilishgi chidamliligining nisbatan pastligi ushbu usulning kamchiligi hisoblanadi. Asosan, tezkesar po‘latdan mahsulotlarni ishlov berish usuli ma’lum bo‘lib, bu azotlash va izotermik ushlab turishda yeyilishga chidamli qoplamani vakuum-plazmali cho‘ktirishni o‘z ichiga oladi, bunda 1250-1500 HV0.1 qattiqlik bilan 5–25 mkm qalinlikdagi azotlangan qatlam hosil bo‘ladi [3]. Azot tarkibli yuqori qattiqlikdagi qatlam hosil qilish uchun yuqori darajada legirlangan konstruksion va asbobsozlik po‘latlardan foydalanishning talab qilinishi ushbu usulning kamchiligi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, azotlashda po‘latning asosiy tashkil etuvchilari bilan nitridli birikma shakllanib, ular katakchaning kristallografik parametrlari bilan bir-biridan sezilarli ravishda farq qiladi bu qatlam va asosiy materialni mustahkamlovchi qoplamaning ilashish mustahkamligiga, shuningdek, qattiqlikning mahsulot sirti bo‘ylab bir tekisda taqsimlanishiga salbiy ta’sir qiladi. Tezkesar po‘latdan asbobni kompleks mustahkamlash ishlab chiqilgan puxtalash usuliga yaqin bo‘lib, nursiz zaryadsizlanishda sirtni karbonitratsiyalash (azot va uglerod bilan boyitish) va so‘ngra bosimni ravon oshirib borgan holda qatlamlab titan nitridi qoplamasini hosil qilishni o‘z ichiga oladi. Birinchi uchta qatlam 0,5 mkm qalinlikda, so‘nggi ishchi qatlam esa 5–6 mkm qalinlikda hosil qilinadi. Quyidagilar ushbu usulning kamchiliklari hisoblanadi:  nursiz zaryadsizlanishda sirtni karbonitratsiyalashni faqat oddiy shakldagi detallar uchun qo‘llash mumkin;  qoplamani qatlamlab hosil qilish zarur;  qoplamaning qattiqligi va yeyilishga chidamliligi nisbatan past;  qoplamaning darzlarga barqarorligi past;  qoplama va taglik o‘rtasidagi o‘zaro adgezion ta’sir past. Ammo detallarga ishlov berish uchun karbonitratsiyaning qo‘llanilishi toliqish mustahkamligini 50-80% ga oshirishni, sementitlash, nitrosementitlash va azotlashga nisbatan yeyilishga qarshiligining keskin oshishini ta’minlaydi [4]. Yuzada hosil bo‘ladigan nitridli va karbidli fazalar hatto moylash materiallari mavjud bo‘lmaganda ham qotib qolishga va keyinchalik jadal yeyilishga moyilligini ko‘rsatmaydi. Keyinchalik qattiq qoplama hosil qilish uchun po‘latni karbonitratsiyalash mahsulot materiali va qattiq qoplama o‘rtasida asta-sekin o‘sib boruvchi qattiqlik bilan cho‘zilgan qatlam hosil bo‘lishini ta’minlaydi va keskin chegara hosil bo‘lishini bartaraf qilish imkonini beradi va shu bilan birga har xil jinsli materiallarning mustahkamlik gradientini dempferlab, yuzaning mustahkamligini, nanoqattiqligi va mikroqattiqligini oshiradi. Karbonitratsiyalashning ijobiy tomonlari po‘latdan tayyorlangan mahsulotlarni kompleks mustahkamlash texnologiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Karbonitratsiyali qatlam asos va qoplama orasida ularning gradientini tekislash uchun samarali hisoblanadi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 41 Техника, технология и оборудование Karbonitridli qatlamning tuzilishi, fazali tarkibi va qalinligi tayyorlanadigan mahsulotning ishlatish xossalarini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Mahsulotning sirtini diffuzion to‘yintirishning maqbul harorat-vaqt rejimlari 550-600 °C harorat oralig‘ida 4-8 soat davomida saqlab turishdan iborat. Bu rejimda 550 °C dan past haroratda diffuziya tezligi pasayadi va, o‘zo‘zidan, azot va uglerodning singish chuqurligi, uglerod bilan to‘yintirilishi juda kichik, 600 °C dan yuqori haroratda esa bevosita birikmalar qatlami ostida past qattiqlikdagi austenit qatlami hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, 38X2MYuA markali po‘latni 525 °C haroratda 1 soat davomida karbonitratsiyalashdan so‘ng qattiqligi 700 HV0,1 ni, 550 °C haroratda karbonitratsiyalashdan so‘ng esa – 1100 HV0,1 ni tashkil qiladi. To‘yintiruvchi muhit sifatida kukunli muhit yaxshi mos kelib, murakkab shakldagi mahsulotlarga ishlov berishni amalga oshirishga ko‘maklashadi. Bu usul diffuzion qatlamning mahsulot sirti bo‘ylab bir tekisda taqsimlanishini ta’minlaydi va ishlov berilmagan qismlarning mavjud emasligini kafolatlaydi. Po‘latni kukunli muhitda ishlov berish oddiy va universal usul hisoblanadi, detallar joylangan konteynerlarni istalgan qizdirish usulidan foydalanib qizdirish mumkin. Tarkibida an’anaviy temirsinerodli kaliy, yog‘och ko‘mir va faollashtirgich bo‘lgan kukunli muhitda po‘latni karbonitratsiyalash sirtida temir nitridi va temir karbidi ga tegishli bo‘lgan – karbonitrid fazali geksagonal tuzilishdagi qatlam hosil qilish imkonini beradi. Shunday yilib, kukunli muhitda karbonitratsiyalash po‘latdan tayyorlangan detalni keyingi yupqa plenka hosil qilish jarayoniga juda yaxshi tayyorlash imkonini beradi [5]. Biz tomondan ishlab chiqilgan va taklif etilgan texnologiyada reaktiv magnetron purkash usuli qo‘llanilib, bu usul qoplamaning yuqori bir jinsliligi va sifatini ta’minlaydi, g‘ovaklik va tomchili fraksiya mavjud bo‘lmaydi. Reaktiv magnetron purkashning afzalligi jarayonning past harorati, purkaladigan katod metallari ionlarining reaktiv gaz ionlari bilan o‘zaro ta’sirida atom darajasida qoplama shakllanishi va, natijada, yuqori tezlikda qatlam hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu nanotuziluvchanlikni va mashinasozlik mahsulotlari sirtlarining sifat jihatidan yangi muhandislik darajasiga o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek, qoplama hosil qilishning bu usuli qiyshayishga olib kelmaydi va mexanik ishlov berishning me’yoriga yetkazish operatsiyalariga zaruriyat tug‘ilmaydi. Titan nitridi qoplamasiga alyuminiyni qo‘shib, ushbu komponentni bitta sirtga reaktiv magnetron usulida qo‘shib purkash qoplamaning tuzilishi va ishlatish xossalarini sezilarli ravishda o‘zgartirishi oldingi tadqiqotlar natijalari bo‘yicha aniqlangan [6]. Purkaladigan sirtga 50% alyuminiyning konsentratsiyasida titan nitridi qoplamasida 23-25% alyuminiy konsentratsiyasi ishtirok etadi. Bunday miqdordagi alyuminiy 20-22 GPa qattiqlikdagi sof nitrid qoplamasining qattiqligini TiAlN qoplamasining 35-40 GPa qattiqligigacha oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Al ni qo‘shish natijasida qoplama buzilishining qovushqoqligi va taglik bilan adgezion ilashish darajasi oshadi, bu esa qoplamaning ishlatish xossalarining kompleks yaxshilanishiga olib keladi. Tribotexnik xossalari bo‘yicha alyuminiy qo‘shilmasi ishqalanish koeffitsiyentini taxminan 15 baravarga kamaytiradi, shuningdek, qoplamaning yeyilishga chidamliligi va darz ketishiga barqarorligini oshiradi. Masalan, 12X18N10T markali zanglamaydigan po‘latning TiAlN qoplamasiz o‘lchangan ishqalanish koeffitsiyenti 0,75 kattalikni va TiAlN qoplamasi bilan 0,05 kattalikni tashkil qilgan [7]. Shunday qilib, ishlab chiqilgan usulning vazifasi – po‘lat mahsulotlarining ishchi sirtlarining qattiqligini va yeyilishga chidamliligini oshirish, qoplamaning darzga bardoshliligini oshirish, qoplama va taglik o‘rtasidagi adgezion o‘zaro ta’sirni kuchaytirishdan iborat. Ishlab chiqilgan usul ikkita o‘zaro to‘ldiruvchi mustahkamlash ta’sirlarning qo‘shilishiga asoslangan: kimyoviy termik ishlov berish va reaktiv magnetron purkash usulida nanostrukturali TiAlN qoplamasini hosil qilish. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 42 Техника, технология ва жиҳозлар Karbonitratsiyalash temir jinsli kaliy, yog‘och ko‘mir va faollashtirgich tarkibli kukunli muhitda, 550-600 °C harorat oralig‘ida 4-8 soat davomida o‘tkaziladi. Qoplamani hosil qilish titan nitridiga alyuminiy qo‘shgan holda magnetron purkash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 1-jadval. Dyurometrik sinovlar natijalari Taglik materiali Armko-temir 12X18N9T markali po‘lat Mikroqattiqligi, MPa Mustahkamlash usullari Nanoqattiqligi, MPa Azotlash va TiN qoplamasini hosil qilish 8390 17110 14170 21040 Nanoqattiqligi, MPa Mikroqattiqligi, MPa Karbonitratsiyalash va TiN titan nitrid qoplamasini hosil qilish 10030 19540 16140 23950 Karbonitratsiyalash va TiAlN qoplamasini hosil qilish 14950 34090 19770 52880 2-jadval. Tribologik sinovlar natijalari Taglik materiali Armko-temir 12X18N9T markali po‘lat Chiziqli yeyilish, mkm Mustahkamlash usullari Mustahkamlangan qatlam qalinligi, mkm Azotlash va TiN qoplamasini hosil qilish 807 27 652 54 Mustahkamlangan qatlam qalinligi, mkm Chiziqli yeyilish, mkm Karbonitratsiyalash va TiN titan nitrid qoplamasini hosil qilish 674 47 577 65 Karbonitratsiyalash va TiAlN qoplamasini hosil qilish 501 95 412 135 3-jadval. Qoplamalarning adgeziyasiga sinovlar natijalari Taglik materiali Armko-temir 12X18N9T markali po‘lat Darzlarning jami uzunligi, mkm Eriksen sinovida qoplamaning holati Azotlash va TiN qoplamasini hosil qilish 258 qatlamning to‘liq ko‘chishi 182 Eriksen sinovida qoplamaning holati Darzlarning jami uzunligi, mkm Mustahkamlash usullari qatlamning qisman ko‘chishi Karbonitratsiyalash va TiN titan nitrid qoplamasini hosil qilish qatlamning qisman ko‘chishi Karbonitratsiyalash va TiAlN qoplamasini hosil qilish qatlamning qisman ko‘chishi qatlamning ko‘chishi mavjud emas Namunalar materiallari sifatida armko-temir va 12X18N9T markali po‘latdan foydalaniladi. Karbonitratsiyalashda harorat ta’sirida qiyshayishni bartaraf qilish, shuningdek, sirtni uglerod va azot bilan diffuzion to‘yintirish uchun namunalarni karbonitridli qatlamni 1-3 mkm olib tashlash bilan silliqlash amalga oshiriladi. Keyingi qoplama hosil qilish titan nitridi TiN ga alyuminiy Al ni qo‘shgan holda reaktiv magnetron purkash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qoplamaning qalinligi 3 mkm ni tashkil qiladi. qatlamning ko‘chishi mavjud emas “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 43 Техника, технология и оборудование So‘ngra namunalarning mikro- va nanoqattiqlikka (1-jadval), mustahkamlangan yuza qatlamining umumiy qalinligi bilan aniqlanadigan yeyilish va ishlatish chidamliligi (2-jadval), yorilishga chidamlilik hamda qoplama va taglik o‘rtasidagi adgezion o‘zaro ta’siri (3-jadval) turli usullarda aniqlanadi. Olingan natijalarning qo‘llanilish sohalari. Taklif etilgan usulda yuza mustahkamlangandan so‘ng namunalarning mikroqattiqligi prototip sifatida tanlangan usul vositasida mustahkamlashdan so‘ng mos ravishdagi ko‘rsatkichdan 1,2-1,5 baravar yuqori, analog sifatida tanlangan usul vositasida mustahkamlashdan so‘ng mos ravishdagi ko‘rsatkichdan 1,4-1,8 baravar yuqori bo‘lib, buni 1-jadvaldan ko‘rish mumkin. Bu taklif etilgan usulda yuzani mustahkamlash qatlam tizimining samarali qattiqligini va bevosita qoplamaning ko‘taruvchanlik qobiliyatini oshirib, sirt kompozitsiyasining qattiqligiga katta hissa qo‘shadi. Buni, shuningdek, taklif etilgan usulda yuza mustahkamlanishidan so‘ng namunalarning nanoqattiqligi prototip sifatida tanlangan usulga nisbatan 1,7-2,2 baravar, analog sifatida tanlangan usulga nisbatan 2,0-2,5 baravar yuqori ekanligidan ko‘rishimiz mumkin. Bu solishtirish uchun tanlangan usullar vositasida yuzasi mustahkamlangan materiallarning o‘rnida, taklif etilgan usulda yuzani mustahkamlashdan so‘ng nisbatan arzon materiallardan foydalanishni ilmiy asoslab beradi. Boshlang‘ich karbonitratsiyalash taglikda qoldiq deformatsiya paydo bo‘lishigacha vaqtini oshiradi va taglik va qoplama qattiqlik farqining qatlamli tizimning samarali qattiqligiga ta’sirini yo‘qotadi, taglikning sirt qatlamidagi siquvchi qoldiq kuchlanishlar esa toliqish darzlarining hosil bo‘lishigacha vaqtni oshiradi. Shuningdek, qoplamaning buzilish ketma-ketligi boshlanishida mustahkamlangan taglik buzilish o‘chog‘ining rivojlanish jarayonini to‘xtatadi va qoplama to‘liq yemirilganda puxtalanmagan taglikka nisbatan uzoq ishlaydi. 2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, taklif etilgan usulda mustahkamlangandan so‘ng chiziqli yeyilish kattaligi bo‘yicha namunalarning yeyilishga chidamliligi prototip sifatida tanlangan usulga nisbatan 1,3-2,4 baravar, analog sifatida tanlangan usulga nisbatan 1,5-1,6 baravar yuqori bo‘ladi. Demak, “disk – tekislik” ishqalanish sxemasida massaning yo‘qotilishi kattaligi bo‘yicha bu farq katta. Shu bilan birga, qattiqlikning keskin pasayishini oldini oladigan mustahkamlangan sirt qatlamining umumiy qalinligi bilan belgilanadigan ishlatish barqarorligi va, natijada, tavsiya etilgan usul yordamida sirt mustahkamlanganidan keyin namunalarda halokatli yeyilishning boshlanishi prototip sifatida tanlangan usul yordamida mustahkamlashgandan keyin mos keladigan ko‘rsatkichdan 2,0-2,1 baravar, analoglardan 2,5-3,5 baravar yuqori bo‘ladi. 3-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, taklif etilgan usulda mustahkamlangandan so‘ng namunalarning darzga chidamliligi prototip sifatida tanlangan usul yordamida mustahkamlashgandan keyin mos keladigan ko‘rsatkichdan 4,0-9,8 baravar, analoglardan 7,4-18,2 baravar yuqori bo‘ladi. Taklif etilgan usulda sirt mustahkamlangandan so‘ng namunalarda qoplama va taglik orasidagi o‘zaro adgezion ta’sir juda yuqori va Eriksen bo‘yicha sharsimon chuqurchani cho‘zilishga sinashda qoplamaning barcha turdagi tagliklarga to‘liq yopishishini ta’minlaydi, shu bilan birga prototip sifatida tanlangan usul vositasida mustahkamlangan namunalarda qoplama qisman ko‘chdi va analog sifatida tanlangan usul vositasida mustahkamlangan namunalarda qoplama to‘liq yoki qisman ko‘chdi. Olingan natijalar taklif etilgan usul bilan mustahkamlangan namunalarda qoplama va taglik materiali orasida asta-sekin o‘sib boruvchi qattiqlik bilan cho‘zilgan o‘tish qatlami hosil bo‘lishi bilan izohlanadi, bu taglik materiali va qoplamaning mustahkamlik gradientini dempferlaydi va qoplamaning bosib ezilishining oldini oladi, shuningdek, taglik va qoplama orasida diffuzion qatlam shakllanadi va taglikka qoplama diffuzion ilashadi. O‘tish qatlamining mavjudligi Rezerfordning teskari sochilishi natijalari bilan isbotlangan, ulardan termik qizdirish natijasida magnetron purkash jarayonida taglik yuza qatlamini diffuzion azotlash fakti aniqlandi. Demak, taglikdan qoplamaga o‘tish element tarkibi va mexanik xossalari “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 44 Техника, технология ва жиҳозлар bo‘yicha gradient hisoblanadi. Bu bilan qoplamaning taglik bilan adgezion mustahkamligining sezilarli oshishi ta’minlanadi. Qoplama va taglik orasida o‘tish qatlamining mavjudligi fakti, shuningdek, rengentstrukturali fazaviy tahlil natijalari bilan isbotlanadi, bu yerda temirda (taglikda) alyuminiyning qattiq aralashmasi (qoplamadan) taglikda mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, rengentstrukturali fazaviy tahlili natijalari bo‘yicha TiAlN qoplamasi nanostrukturaga ega ekanligi aniqlandi. Selyakov-Sherrer [8] formulasi bo‘yicha hisoblangan kristallitlarning o‘rtacha o‘lchami 15-20 nm ni tashkil qiladi. Taglikda alyuminiy mavjudligi hisobiga qattiqlikni oshirish mexanizmi mayda dispersli AlN nitridlarining hosil bo‘lishi va temir asosidagi murakkab karbidlar va qattiq aralashmani alyuminiy bilan legirlanishi, shuningdek, qoplama va taglik o‘rtasidagi o‘tish zonasida B1 strukturali qattiq aralashmaning spinodal parchalanishi natijasida nanokristallik kub-AlN ajralishi bilan bog‘liq. Karbonitratsiyadan so‘ng 12X18N9T markali po‘latdan taglikka va 12X18N9T markali po‘latdan taglikka alyuminiy qo‘shib, titan nitridi qoplamasi namunalari uchun nanoindentorni 200300 nm chuqurlikka bosib kiritishda 20 nm uchlikda yumaloqlash radiusi bilan Berkovichning uch qirrali olmos indentorini qo‘llab, Oliver For uslubi bo‘yicha Nanoindenter G200 (MES Systems, USA) asbobida olingan yuklash-bo‘shatish egri chiziqlari 1-rasm, a, b da ko‘rsatilgan. Yuklanish egri chizig‘idagi farq (1-rasm, a) qoplamaning chuqurligi bo‘yicha bir jinsli emasligini, yuksizlantirish egri chizig‘ining kichik qiyalik burchagi – qoplamaning yaxshi elastik xossalari haqida darak beradi. Ammo nanoqattiqlik nisbatan past, qoplama yumshoq taglikka bosib kiritiladi. Nanoqattiqlik – 28070 MPa, elastiklik moduli – 770 GPa, mustahkamligi – 2,47 N/m. 1-rasm. Qoplamali namunalarning yuklanish-yuksizlantirish egri chiziqlari: 2X18N9T markali po‘latda TiAlN qoplamasi; b – karbonitratsiyadan so‘ng 12X18N9T markali po‘latda TiAlN qoplamasi Yuksizlantirish egri chizig‘ining kichik qiyalik burchagi (1-rasm, b) qoplamaning yuqori elastik xossalari va uning indentor yuklamasi ta’siri ostida qovushqoq buzilish xarakteri haqida darak beradi. Nanoqattiqligi – 52880 MPa, elastiklik moduli – 870 GPa, mustahkamligi – 1,48 N/m. Xulosalar. Ikkita o‘zaro to‘ldiruvchi mustahkamlovchi ta’sir etishni, ya’ni yuzaga kimyoviy-termik ishlov berish va reaktiv magnetron purkash usulida TiAlN nanostrukturali qoplama hosil qilishdan iborat bo‘lgan po‘lat mahsulotlarini kompleks mustahkamlash usuli ishlab chiqildi. Taklif etilgan usul keyinchalik qoplama hosil qilish uchun mustahkam diffuzion qatlam hosil qilish imkonini beradi, bu o‘z navbatida, puxtalanadigan mahsulotlarning qattiqligini va yeyilishga chidamliligini sezilarli ravishda oshirish, qoplamaning darz barqarorligini ko‘paytirish va qoplama va taglik orasidagi adgezion o‘zaro ta’sirni kuchaytirish imkonini beradi. Ushbu usulda mustahkamlangan po‘latdan tayyorlangan detallar ularning sirtida yangi kompozitsion material “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 45 Техника, технология и оборудование shakllantirilishi hisobiga 4,5-5,1 baravar yuqori mikroqattiqlikka, 4,1-7,0 baravar yuqori yeyilishga chidamlilikka va 2,5 baravardan yuqori korroziyabardoshlikka ega bo‘ladi. Po‘lat mahsulotlarini kompleks mustahkamlashning ushbu usuli mashina va mexanizmlarning yuqori sifatli detallarini, kesuvchi asbobni, shtamplangan moslamani, podshipniklarning detallarini va past ishqalanish koeffitsiyenti hamda yuqori korroziyabardoshligi bilan birga sirtning yuqori statik yuk ko‘taruvchanligi talab qilinadigan detallarni mustahkamlashda qo‘llanilishi mumkin Adabiyotlar 1. Бафоев Д.Х. Обработка деталей динамическими методами поверхностного пластического деформирования. Фан ва технологиялар тараққиёти, Илмий-техникавий журнал. Бухоро, 2024. №1, 29-38 б. 2. Бафоев Д.Х. Повышение долговечности деталей машин. UNIVERSAL JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION. VOLUME 2, ISSUE 18, NOVEMBER, 2024. 22-27. 3. Бафоев Д.Х. "Восстановление деталей эффективными способами наплавки Uzbek Scholar p. 5. Гринберг П.Г. Метод получения наноструктурированных топокомпозитов для повышения несущей способности конструктивных элементов энергооборудования / П. Г.Гринберг, В.Н.Горюнов, К.Н.Полещенко, Е.Е.Тарасов // Вестн. Омского ун-та. 2012. №2. С. 253–258. 6. Современная трибология: Итоги и перспективы / Под ред. К.В. Фролова. М .: Изд-во ЛКИ, 2008. 480 с. 7. Восстановление деталей машин: Справ. / Ф. И. Пантелеенко, В. П. Лялякин, В. П. Иванов, В. М. Константинов / Под ред. В.П.Иванова. М.: Машиностроение, 2003. 672 с. 8. Русаков А.А. Рентгенография металлов. М.: Атомиздат, 1977. 480 с. UDK 631.3:628.3 DRENAJ TIZIMLARIDAGI OQIM TEZLIGI VA GIDRAVLIK SAMARADORLIKNI O‘RGANISH Tashpulatov N.E., Sattorov A.X. Farg‘ona davlat texnika unversiteti. Annotatsiya. Mazkur maqolada drenaj tizimlarida oqimlarning harakat rejimlari va ularning matematik modellashtirilishi tahlil qilinadi. Barqaror va nobarqaror oqimlar holati, bosimli va bosimsiz rejimlar hamda ular uchun gidravlik hisoblash formulalari yoritilgan. Shu bilan birga, oqimning pasayish egri chiziqlari, kritik chuqurliklar va Darcy-ishqalanish yo‘qotishlari kabi parametrlar ham ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, zamonaviy dasturiy paketlar imkoniyatlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari ham tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: drenaj tizimi, oqim tezligi, bosimli rejim, bosimsiz rejim, kritik chuqurlik, gidravlik hisoblash, Darcy formulasi. ИЗУЧЕНИЕ СКОРОСТИ ПОТОКА И ГИДРАВЛИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ В ДРЕНАЖНЫХ СИСТЕМАХ Ташпулатов Н.Э., Сатторова А.Х. Ферганский государственный технический университет. Аннотация. В статье рассматривается математическое моделирование режимов потока в дренажных системах. Анализируются как установившиеся, так и неустановившиеся режимы движения, режимы с давлением и без давления, а также приводятся соответствующие гидравлические формулы расчета. Особое внимание уделено кривым спада потока, критической глубине и потерям напора по формуле Дарси. Также дана оценка возможностям, достоинствам и ограничениям современных программных пакетов для гидравлического моделирования. Ключевые слова: дренажная система, скорость потока, напорный режим, безнапорный режим, критическая глубина, гидравлический расчет, формула Дарси. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 46