Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Mahalliy juniperus ( archadosh ) turlardan efir moylari olish jarayonini tadqiq qilish
Annotatsiyalar
Ushbu maqolada O‘zbekiston sharoitida o‘sadigan (Cupressaceae) oilasiga mansub bo‘lib, Junipers (archadosh) turlaridan efir moylari olingan va ularning gidro va bug‘li distillaysiya jarayonida hosil bo‘ladigan efir moylarning hajmi va ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. J. excelsa olingan moy 178˚C haroratda 1,8 % ni va J. communics olingan efir moy esa 187˚C da 2,1 % ajralib chiqishi amaliy isbotlangan hamda mahalliy juniperus archa o‘simliklardan efir moyi olishning mavsumga qarab 2.3 % dan 3,3% gacha tashkil qilishi, efir moyi miqdorining kamayishi may–iyun oylarida vegatatsion davri sentabrt oylarida yuqori unumli efir moyi hosil bo‘lishi aniqlangan.
В данной статье рассматривается получение эфирных масел из видов Juniperus (семейства Cupressaceae), произрастающих в условиях Узбекистана. Изучены объемы эфирных масел, полученных методом гидро- и паровой дистилляции, а также их физико-химические показатели. Установлено, что выход эфирного масла из J. excelsa составил 1,8 % при температуре 178 °C, а из J. communis — 2,1 % при “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 112 Кимё ва кимёвий технологиялар температуре 187 °C. Экспериментально доказано, что из местных видов можжевельника выход эфирного масла варьируется в пределах от 2,3 % до 3,3 % в зависимости от сезона.
Juniperus communisJuniperus excelsaможжевельникэфирное маслотерпеныэфирное числокислотное числодистилляция. EXTRACTION OF ESSENTIAL OIL FROM JUNIPERUS SPECIES AND THEIR PHYSICOCHEMICAL PROPERTIES (UNDER THE CLIMATIC CONDITIONS OF UZBEKISTAN) Tursunova M.A.Majidova N.Q.Majidov Q. Bukhara state technical university
This article investigates the essential oils obtained from Juniper species (family Cupressaceae) growing in the conditions of Uzbekistan, focusing on the volume of essential oils produced during hydro- and steam distillation processes and their physicochemical properties. It was experimentally confirmed that the yield of essential oil from J. excelsa was 1.8% at 178˚C, while the yield from J. communis was 2.1% at 187˚C. Additionally, it was found that the yield of essential oil from local Juniper plants varies seasonally, ranging from 2.3% to 3.3%, with a decrease in oil content during the vegetative period in May–June and a higher yield of essential oil observed in September.
Maqola Mazmuni
Kirish: O‘zbekiston Respublikasisining tabiati juda xilma-xil bo‘lib, cho‘l, tog‘ va to‘qayzorlar o‘simlik dunyosi o‘ziga xos tartibda, bir biriga bog‘liq holda o‘sadi va rivojlanadi. O‘ziga xos bu iqlim sharoitiga maʼlum darajada moslashgan o‘simliklargina yashab qolishadi. Yovvoyi fauna va floradan foydalanish bilan bir qatorda, ularning sonini asrash va yo‘qolish arafasidagi o‘simlik dunyosini saqlab qolishimiz muhim hisoblanadi. O‘simlik dunyosi tabiiy muhitning asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, vatanimiz tabiiy boyliklarini muhim tarkibiy qismidir. U xalq xo‘jaligining ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan sanoat, dori-darmon, xom ashyo, oziq ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy boyliklar maqsadida foydalaniladigan manba bo‘lib xizmat qiladi. Yer yuzida tarqalgan barcha gulli o‘simliklar 300 oilaga mansub bo‘lib, shundan 87 oilaning 2500 turida efir moylari borligi aniqlangan. MDH mamlakatlari florasida esa 77 oilaga kiruvchi 1100 dan ortiq tur efir moyli o‘simliklar qatoriga kiradi. O‘zbekistonda efir moyli o‘simliklarning 607 turi ma’lum bo‘lib, ular 261 turkumga va 56 oilaga mansub hisoblanadi [1]. MDH mamlakatlari efir moyli o‘simliklarni ekish va ulardan olinayotgan hosil jihatidan dunyo miqyosida yetakchi o‘rinni egallaydi. Hozirgi kunda efir moyli o‘simliklarni ekib yetishtirish umumiy ekin maydonlari 230000-240000 gektardan oshiqroqdir. Mamlakatimizda 1991 yildan so‘ng 39 nomda 1650 tonna efir moylari ishlab chiqarilgan bo‘lib, ulardan 400 dan ortiq xil parfyumeriya-kosmetika mollari va 60 dan ortiq turli xil xushbo‘y hidli sovunlar tayyorlangan. Shu bilan birga Mamlakatimizda tabiiy efir moylarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda kimyoviy usul bilan xo‘shbo‘y hidli sintetik moddalar ham olinmoqda. Bu moddalarni sintez qilganda xomashyo manbai bo‘lib efir moylarining ba’zi bir komponentlari; linalool, sitral, sitranellal, yevgenol, anetollar hamda asosan tabiiy o‘simlik qoldiqlaridan yuzaga kelgan toshko‘mir, neft, torflar hisoblanadi [2,3]. Bugungi kunda jahonda tabiiy manbalarni chuqur qayta ishlash, ekologik toza va biologik faol moddalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning biomorfologik va biokimyoviy xususiyatlariga mos keluvchi yuqori samarali distillatsiya va ekstraksiya usullarini ishlab chiqish, mavjud texnologiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada mavjud mahalliy xomashyo manbalaridan foydalanib, agroiqlim sharoitlari, o‘simlikning vegetatsion fazalari va kimyoviy tarkibidagi o‘ziga xos efir moylarni ishlab chiqarish jarayonlarining zamonaviy, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz innovatsion texnologik qurilmalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mareial va usullar: Juniperus communis L (Oddiy archa) – Sarvidoshlar (Cupressaceae) oilasiga mansub bo’lib, doimiy yashil, ignabargli buta yoki past daraxt, o‘rtacha balandligi 1–3 metr (ba’zida 10 metrgacha) bo‘ladi. Barglari — ignasimon, uchli, ikki tomoni och yashil chiziqli, mevasi — archa mevasi (shishacha), dumaloq, qora-ko‘kimtir yoki binafsharang, xushbo‘y hidli.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 113
Химия и химические технологии
Bargi bandsiz, qattiq, nina shakilda bo‘lib, poyada uchta – uchtadan joylashgan oddiy archa turidan efir moyi bug‘li distilyatsiya usulida olindi va harorat, vaqt davomiyligi ta’siri o‘rganildi [4]. Gidrobugʻli distillatsiya — bu suv bug‘i yordamida o‘simlik xomashyolaridan efir moylarini ajratib olish usulidir. Bunda bug‘ bevosita xomashyo bilan ta’sirga kirib, undagi efir moylarini ajratib oladi. Bu usul haroratga sezgir moddalarga mos keladi, chunki suv bug‘i aralashmaning qaynash nuqtasini pasaytiradi va efir moylar buzilmay ajraladi. Bug‘ hosil qiluvchi idish (bug` generatori) – odatda suv solingan kolba, distillatsiya kolbasi – o‘simlik xomashyosi joylashtiriladi, qaytaruvchi sovitgich (kondensator) – bug‘ni suyuqlikka aylantiradi, klevenger moslamasi yoki ajratgich – efir moyini suvdan ajratadi, shisha naylar – bug‘ni o‘tkazish uchun foydalaniladi. Qabul qiluvchi sifatida Klevenger moslamasi (1 – rasm qarang) va graduslangan qabul qiluvchi (Klevenger moslamasi, lekin quyish trubkasiz (2)) ishlatilgan bo‘lib, ular qaytuvchi sovitgich (3) bilan ulanadi. Xomashyo namunasini 1000 ml sig‘imli teshikchali kolbaga (1) joylashtiriladi. Bug‘ hosil qiluvchi sifatida (5) metall laboratoriya suv hammomi ishlatiladi. Unda tozalangan suv quyilib, suv sathi xomashyo solingan kolbagacha taxminan 3 sm masofada bo‘lishi ta’minlanadi. Suv hammomi suv qaynaguncha qizdiriladi va qaynash holati 3 soat 30 daqiqa davomida ushlab turiladi. Distillyatsiya tugagach va asbob xona haroratigacha sovigach, graduslangan qabul qiluvchi qismida hosil bo‘lgan efir moyining hajmi o‘lchanadi.
1 - Rasm. – Klevenger nashtasi bilan jihozlangan gidrobug‘ distillyatsiyasi usuli uchun uskuna: Qurilmaning qismlari: 1 – teshikli (perforatsiyalangan) tubli kolba; 2 – oqava quvur (suyuq modda chiqadigan quvur); 3 – sovitgich (xolodilnik); 4 – gradusli quvur-qabul qiluvchi idish (o‘lchovli qabul qiluvchi naycha); 5 – metall laboratoriya suv vannasi; 6 – elektr plitasi. Natijalar va ularning muhokamasi: J. comminics va excela elektron-mikroskopik tadqiqotlar uchun oddiy archaning bir yillik ignalari kunning birinchi yarmida, dastlab 2,5% glyutaraldegid eritmasida 4,5 soat davomida, keyin esa 1,0% osmiy kislotasi eritmasida ekstraktsya qilindi. Etanol va atseton eritmalari ketma-ketligida degidratatsiyadan so‘ng hosil bo‘lgan mahsulot Epon smolasiga joylashtirildi. Ignaning bo‘ylama kesmalari “Tesla BS 490 A” (Tesla, Chexoslovakiya) ultramikrotomida tayyorlandi va “Tesla BS 500” (Tesla, Chexoslovakiya) elektron mikroskopida kuzatildi. Kesmalarning morfometriyasi V. B. Skupchenko (1990) metodikasi asosida amalga oshirildi. Yig‘ib olingan daraxtsimon yashil massa 2–5 mm o‘lchamdagi zarrachalargacha maydalangan. Tadqiqot uchun ishlatilgan xomashyo namligi 65–70 % ni tashkil qildi [5].
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 114
Кимё ва кимёвий технологиялар
Archaning buta shaklidagi o‘simligida efir moylar ignalarda, shishkoyegoch (mevalar)da va yog‘och to‘qimalarida mavjud. Ignalarda va yog‘ochda efir moyidagi terpenoidlar sintezi smola kanallari epiteliy hujayralarida (terpenoidogen hujayralarda) yuz beradi. Ignabargli o‘simliklarda monoterpenoidlar plastidlarda, seskviterpenoidlar esa endoplazmatik tarmoqda sintezlanadi. Mitoxondriyalarda pirouzum kislotasining oksidlovchi dekarboksillanishi yuz beradi, natijada aktivlangan atsetat – atsetilkoferment A hosil bo‘ladi, u esa terpenlar sintezi uchun substrat hisoblanadi. Atsetilkoferment A bir qator oraliq reaksiyalar orqali mevalon kislotasiga aylanishi bilan davom etadi, bu esa fosforillangan oraliq birikmalarni hosil qiladi: dastlab izopentenilpirrofosfat va uning izomeri dimetilallilpirrofosfat, so‘ngra geranil- va nerilpirrofosfat (ikkinchisi izomer hisoblanadi). Ushbu ikki so‘nggi birikma barcha monoterpenoidlar uchun, izopentenilpirrofosfat esa barcha terpenoidlar uchun boshlang‘ich birikma hisoblanadi Sintezlangan moddalar plastid qobig‘ining membranalararo fazosida to‘planadi. Terpenoidlarning hujayra sitoplazmasi tashqarisida to‘planishi, ularning zaharli ta’siridan hujayra tuzilmalarini himoya qilish bilan bog‘liqdir. Oddiy archaning ignalarida smola kanallarining epiteliy hujayralarining tuzilishi efir moyining komponentlari fraksion tarkibini belgilaydi.
2-rasm b) Juniper excelsa (baland archa) Bizning tadqiqotimizga ko‘ra, terpenoidogen hujayralar ko‘ndalang kesmada oval shaklga ega bo‘lib, ularning markazida tanin bilan yoki taninsiz to‘lgan vakuola mavjud (1 (a va b) -rasm). Oddiy archaning ignalaridagi smola kanali epiteliy hujayralari ko‘plab mitoxondriyalarni (diametri 0,7 mkm), 40 tagacha lipid globulalarini va yirik leykoplastlarni (diametri 2,7 mkm gacha) o‘z ichiga oladi. Bu hujayra tuzilmalarining rivojlanganligi monoterpenlarning faol sintezini ta’minlaydi. Masalan, Mentha spicatada peltat bezchalarining sekretor hujayralarida leykoplastlar hajmi 0,5 mkm, mitoxondriyalar diametri esa 1,9 mkm ga yetishi mumkin. Oddiy archaning epiteliy hujayralarida endoplazmatik to‘r zaif rivojlangan, bu esa tadqiqot o‘tkazilgan davrda ignalarda seskviterpenlar miqdorining pastligi bilan mos keladi. Bahor faslida oddiy archada epiteliy hujayralari asosan vakuolalar va yirik lipid qo‘shilmalari bilan to‘la bo‘ladi. Archa epiteliy hujayralari leykoplastlarning tarmoqli qobig‘ining kichrayishi, organellalarning membranalararo fazosida qoramtir globulalar sonining kamayishi, agranulyar endoplazmatik to‘rning to‘liq yoki qisman vezikulyatsiyalanganligi bilan ajralib turadi. Sekretor hujayralarda mitoxondriyalar sonining ko‘pligi ikkilamchi metabolitlarning sintezini belgilaydi, chunki ular substrat – atsetilkoferment A ni yetkazib beradi. Monoterpenlarning ko‘p sintezi seskviterpenlarga nisbatan, sekretor hujayralardagi yirik leykoplastlar mavjudligi bilan
2-rasm a) Juniprus comminics (oddiy archa)
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 115
Химия и химические технологии
bog‘liq. Oddiy archaning ignalari smola kanali epiteliy hujayralaridagi leykoplastlar silliq endoplazmatik to‘r membranalari bilan o‘ralgan. Ignabargli o‘simliklarda smola kanali epiteliy hujayralarining endoplazmatik to‘ri leykoplastlar bilan bog‘langan va plastid atrofida g‘ilof hosil qiladi hamda barglarni kesish efir moyining ajralishini osonlashtirish maqsadida bajarilgan, chunki archa efir moyining endogen kovakchalarda saqlanishi ma’lum bo‘ldi (1 a va b -rasmlar). Olingan natijalar va ularning muhokamasi. Juniperus communic, Juniperus excelsa, turlariga mansub archalarning yog‘ochsimon yashil qismlaridan efir moylarini bug‘li distillyatsiya va gidrodistillyatsiya usullari orqali ajratish jarayoni o‘rganilgan eksperiment asosida aniqlandiki, efir moyini ajratib olish usuli ajralgan efir moyi hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. 1-jadvalda Juniperus communis, Juniperus excelsa turlarining o‘rganilgan namunalaridan bug‘li distillyatsiya va gidrodistillyatsiya usullari orqali olingan efir moyining hajmiy chiqishi bo‘yicha solishtirma ma’lumotlar keltirilgi. 1-jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki, eksperimental namunalarda olingan efir moyi hajmi distillyatsiya usuliga bevosita bog‘liq bo‘lib, eng yuqori efir moyi chiqishi Juniperus excelsa yog‘ochsimon yashil qismidan olindi. Olingan archa efir moyi namunalariga (3 - jadval) asosiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha GOST ISO 280–2014 “Efir moylari. Sinish ko‘rsatkichini aniqlash usuli” talablariga muvofiq refraktometr yordamida baholandi. Efir moyining nisbiy zichligi GOST ISO 279–2014 “Efir moylari. 20 °C haroratda nisbiy zichlikni aniqlash usuli. Nazorat usuli” bo‘yicha aniqlandi [6]. O‘simlik xomashyosidan suv bug‘i yordamida efir moyini distillyatsiya qilish usuli, ularning uchuvchanligi va suvda erimaslik kabi xossalarga asoslangan. Tajriba ishlar laboratoriya sharoitida 100˚C - 200˚C harorat oralig‘ida o‘tkazildi. Efir moyi chiqishi titrlash usuli bilan aniqlandi, komponentlar tarkibi esa xromatografiya yordamida o‘rganildi. J.communics va J. excela barglari bilan o‘tkazilgan tajribalarda distillyatsiya jarayoni harorati efir moyi chiqishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi. Keyinchalik efir moyini distillyatsiya qilish uchun o‘simlik xomashyosi suv bilan ishlov berilib, suv hammomida 178˚C - 180˚C haroratda distillyatsiya apparatida o‘tkazildi. Bug‘ generatoridan chiqqan suv bug‘i o‘simlik materialidan o‘tib, uchuvchi efir moyi sovitgichda kondensatsiyalanadi va so‘ngra qabul qiluvchi idishda yig‘iladi. J. communics va J. exsela barglar yordamida suv bug‘i bilan turli haroratlarda olingan efir moyining distillyatsiya natijalari 2 - jadvalda ko‘rsatilgan hamda barglari bilan o‘tkazilgan tajribalarda jarayon harorati efir moyi chiqishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi. Jadvalda (1-jadval) ko‘rsatilganidek, efir moyi chiqishi xomashyo turiga va ishlovchi bug‘ning haroratiga bog‘liq ekanligi ma`lum bo‘ldi. Olingan ma’lumotlar bu ko‘rsatkichlar bilan to‘liq distillyatsiya holati bilan taqqoslandi. Harorat oshganda, ushbu holatda efir moyi chiqishi kamayadi (1-rasm), boshqa komponentlar karamelizatsiyalanishni boshlaydi, ya’ni monoterpenlar chiqishi keskin oshadi. 1-jadval. Juniper barglaridan efir moyini turli haroratlarda suv bug‘lanishi yordamida distillatsiya qilish Distillash harorati oC J. comminics 100 g/ml J. excelsa 100 g/ml 100 - - 130 0.06 0.08 150 0.8 1.6 178 1.8 1.8 187 2.1 -
Efir moyining distillyatsiyasi ham yangi, ham quritilgan xomashyodan amalga oshirildi. 100˚C dan 130˚C gacha bo‘lgan haroratda, efir moyining chiqishi ortdi, archa barglarida esa bu o‘sish biroz yuqoriroq bo‘ldi. Harorat oshgani sayin (180˚C va 200˚C da) efir moyining chiqishi kamayadi, bu esa terpenoidlarning oksidlanish va polikondensatlanish o‘zgarishlarini kuchayishi, ularning smolali mahsulotlarga aylanishi bilan izohlanadi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 116
Кимё ва кимёвий технологиялар
2-jadval Olingan efir moylarining hajmi Juniperus daraxtining yashil qism nomi Namuna raqami
Efir moylarini ajratish usullari
Bug‘lidistilyatsiya Gidrodistilyatsiya
Olingan efir moylarining hajmi, sm³ Juniperus comminics 1 2,10 2,20 2 2,00 2,30 3 2,30 2,30 O‘rtacha qiymat 2,13 2,26 Juniperus excelsa 1 2,40 2,60 2 2,40 2,80 3 2,50 2,80 O‘rtacha qiymat 2,46 2,70 J. excelsa olingan moy 178˚C haroratda 1,8 % ni tashkil qildi, J. communics olingan efir moy esa 187˚C da 2,1 % ni tashkil etdi. Ishlovchi bug‘ning harorati oshishi bilan xomashyodan efir moyining ajralib chiqish tezligi asta-sekin ortdi, ya’ni moy chiqishi 150–187˚C oralig‘ida boshlandi. Tajriba natijalarga ko‘ra, efir moyining yetarlicha to‘liq distillyatsiyasi 100˚C da 180 daqiqada, 130˚C da 120 daqiqada, 150˚C da 100–110 daqiqada va 180˚C da 70–80 daqiqada amalga oshiriladi. Bu bog‘liqlik dastlabki bosqichda bir xil parametrlarni ko‘rsatadi va bug‘ harorati bilan belgilanadi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ishlatilgan xomashyodan efir moyining ajralib chiqishi uchun zarur harorat 178˚C – 186˚C oralig‘ida bo‘ldi va harorat o‘zgarishi bilan moy ajralish tezligida ham o‘zgarishi kuzatiladi. Tajriba natijalari asosida shu aniqlandiki, archaning barglaridan efir moyini ajratish 186˚C – 187˚C haroratda 74 daqiqa, J excelsa barglaridan esa 178˚C da 88 daqiqa davom etadi. Bug‘li distillyatsiya usulida efir moyini ajratish uchun 170˚C – 180˚C haroratda kamida 5–6 daqiqa talab qilinadi. 1 - rasmda keltirilgan natijalar shuni ko‘rsatadiki, efir moyining ajralish miqdori avgust oyining ikkinchi yarmidan oktyabr oxirigacha yig‘ilgan archa barglari ishlatilganda ortadi. Olib borilgan tadqiqotlar bizga terpenoidlarning potentsial zaxiralari haqida, ularning komponent tarkibining o‘zgaruvchanligi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini berdi, bu esa kelgusida tovar mahsulotlarining miqdori va sifatini optimallashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, har xil yoshdagi daraxtlarning yog‘ochsimon yashil qismlaridagi moy miqdori, asosiy biozenotik omillarni hisobga olgan holda va olmagan holda, deyarli bir xil bo‘lib chiqdi. Bu ijobiy jihat hisoblanadi, chunki o‘rtacha xomashyo hisobidan etarliligi yuqori efir moyi chiqishi ta’minlanadi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 117
Химия и химические технологии
3 - rasm. Ishlash bug‘ining turli haroratlarida efir moyining ajralish dinamikasi. Efir moyini ajratish jarayoni ekspoensial xarakterga ega. Dastlabki bosqichda terpenoidlarning intensiv ajralishi bilan xarakterlanadi va distillyatsiyaning oxirida ularning miqdorida keskin kamayish kuzatiladi. Ishlovchi bug‘ning turli haroratlarida moyning ajralish dinamikasi bir xil bo‘lsa-da, chiqish hajmida sezilarli farqlar yuz beradi. Terpenoidlarning maksimal miqdori 170˚C – 180˚C haroratda distillyatsiyalanadi, ya’ni jarayon haroratining kamaytirilishi yoki oshirilishi moy hajmining kamayishiga olib keladi. Birinchi holatda – to‘liq ajratish amalga oshmaydi. Harorat yanada oshirilganda esa, efir moyining komponentlarida oksidlovchi va kondensatsion jarayonlar kuchayadi. Olingan efir moylarning sifat tahlillari 3jadvalda keltirildi. 3-jadval Efir moylarining sifat ko‘rsatkichlari
Efir moyini ekstraksiya qilish usuli
Efir moyining nomi
Bug‘li distilyatsiya Gidrodistilyatsiya Nisbiy zichlik, g/sm³
Namuna raqami
Sindirish ko‘rsatkichi
Nisbiy zichlik, g/sm³
Sindirish ko‘rsatkichi
1 0,890 1,4898 0,895 1,4906 2 0,891 1,4897 0,894 1,4908 3 0,891 1,4898 0,896 1,4906 O‘rtacha qiymat 0,891 1,4898 0,895 1,4907
Juniperus comminics
1 0,859 1,4691 0,871 1,4729 2 0,862 1,4690 0,871 1,4724 3 0,865 1,4692 0,869 1,4722 O‘rtacha qiymat 0,862 1,4691 0,871 1,4725
Juniperus excelsa
3 - jadval tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng samarali usul gidrodistillyatsiya bo‘lib, o‘rganilgan namunalar uchun quyidagi nisbiy zichlik ko‘rsatkichlari qayd etildi: Juniperus communis uchun – 0,895 g/sm³, Juniperus excelsa uchun – 0,871 g/sm³, bu ko‘rsatkichlar efir moylariga qo‘yiladigan talablar doirasida hisoblanadi. Archalarning yog‘ochsimon yashil qismlaridan efir moylarini ajratib olish usullarining samaradorligi GOST ISO 8897–2017 talablariga asosan aniqlandi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 118
Кимё ва кимёвий технологиялар
J.communics va J.excelsa ekstraktlari hamda distillyatsiya orqali olingan efir moylari ko‘rsatildi. Efir moyi chiqishi va distillyatsiya harorati o‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: Y1 =2.1+187I +128t Y2 =1.8 +178I +86t Bu yerda Y – efir moyining chiqishi (%) ni, I – distillyatsiya harorati (˚C) ni, t esa – distillyatsiya davomiyligini (daq.) bildiradi. Efir moyini ajratish jarayonida ishlovchi bug‘ning oqim tezligi ham muhim omil hisoblanadi. Haroratning oshishi yoki kamayishi uchuvchi terpenoidlar chiqishini 8 % – 12 % ga kamaytiradi, bu esa to‘liq bo‘lmagan distillyatsiya yoki efir moyi komponentlarining qisman parchalanishi natijasida yuzaga keladi. Xomashyoni 5 mm gacha maydalash 150˚C haroratda distillyatsiya jarayonini deyarli ikki baravar tezlashtiradi. Tajribalar davomida harorat 190˚C dan yuqori ko‘tarilganda, efir moyining iste’mol xossalari yomonlashadi, ya’ni uning hidida o‘zgarish yuz beradi. Shu munosabat bilan, mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining pasayishi kuzatilmaydigan harorat chegarasi aniqlangan. Ushbu muammolarni hal qilish uchun qo‘shimcha tajribalar ketma-ketligi o‘rnatildi. O‘rganilayotgan parametrlar sifatida distillyatsiya davomiyligi va ishlovchi bug‘ning harorati tanlab olindi. Tajribaviy tekshiruv ushbu tenglama samaradorligini tasdiqladi. Ko‘rinib turibdiki, efir moyini distillyatsiya qilish uchun optimal harorat (190 ± 3)˚С dir. Bu haroratning oshirilishi nafaqat mahsulot chiqishining kamayishiga olib keladi, balki uning sifat ko‘rsatkichlarini ham yomonlashtiradi. Xulosa o‘rnida o‘tkazilgan fizik-kimyoviy, organoleptik va, Juniperus excelsa L. bargnovdalaridan distillatsiya usuli orqali olingan efir moyi o‘zining tashqi ko‘rinishi, hid xususiyatlari, solishtirma zichligi, refraktiv indeksi, optik aylanish darajasi hamda gaz xromatografiyasi orqali aniqlangan tarkibiy komponentlari bo‘yicha mavjud xalqaro (ISO 9235:2013, GC-MS tavsiyalari) va analogik ravishda Juniperus communis uchun belgilangan (5-jadval) tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng samarali usul yangi ishlab chiqilgan texnologiya bo‘lib, tadqiq qilingan namunalar nisbiy zichligi Juniperus communis zichligi 0,872 g/sm³, Juniperus excelsa zichligi 0,885 g/sm³ va mos ravishda kislota soni va efir soni 1,1-1,7 va 0,8 – 1,2 ni tashkil etdi, bu esa efir moylariga qo‘yilgan ГОСТ ISO 8897— 2017 standartlari talablariga to‘liq javob beradi [6]. 5-jadval GOST ISO 8897– 2017 texnik talablariga muvofiq olingan efir moylarning fizikkimyoviy ko‘rsatkichlari
Juniperus navli o‘simlik efir moylari uchun standart talablar Amalda
Ko‘rsatkichlar nomlari
Aniqlash usullari
Juniperus communis. (oddiy archa)
Juniperus excelsa (baland archa)
J.communics (oddiy archa)
J. excelsa (baland archa)
Ko‘rinishi Suyuqlik Suyuqlik Suyuqlik Suyuqlik
Shaffof, rangsizdan och sariq ranggacha
Shaffof, och sariq yoki sarg‘ish-och yashil suyuqlik
Rang - Rangsiz, och yashil, och sariq.
shaffof och sariq suyuqlik
Yangi, iliq, balzamli va biroz shirindaraxtsimon (yog‘ochsimon).
Yangi archa hidi, o‘tkir, balzamli va ozroq limon iforli
O‘ziga xos, archa mevalariga xos, o'tkir
qalampirga o‘xshash, yog‘ochsimon, biroz ziravorli
Hidi -
Kam emas 0,850. Ko‘p emas 0,880.
20 °C da nisbiy zichlik (d₂₀/₂₀) ISO 279
Kam emas 0.865 Ko‘p emas 0.895 0,872 0.885
20 °C da yorug‘likning sinish ko‘rsatkichi
ISO 280 Kam emas 1,470 Ko‘p emas 1,483
Kam emas 1.470 Ko‘p emas 1.485 1.474 1.481
20 °C da ISO 592 0° dan -16° 0° dan -16° gacha -14 -13
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 119
Химия и химические технологии
yorug‘likning polyarizatsiya tekisligini aylantirish burchagi
gacha
Shaffof eritma olish uchun bitta hajm efir moyi va 95% li hajmiy ulushga ega bo‘lgan etil spirtining 10 hajmdan ko‘p bo‘lmagan miqdori ishlatiladi.
Shaffof eritma olish uchun bitta hajm efir moyi va 95% li hajmiy ulushga ega bo‘lgan etil spirtining 10 hajmdan ko‘p bo‘lmagan miqdori ishlatiladi.
1:3 nisbatda aralashganda rangi o‘zgarmadi
1:3 nisbatda aralashganda rangi o‘zgarmadi
20 oC da etil spirtda eruvchanligi
ISO 875
Kislota soni ISO 1242 Ko‘p emas 2. Ko‘p emas 2. 1,1 1.7 Efir soni ISO 1242 Ko‘p emas 2. Ko‘p emas 2. 0,8 1.2
O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, Juniperus (archa) o‘simligidan efir moyi olish murakkab texnologik jarayon bo‘lib, mavjud texnologiyalarda hujayralarning strukturaviy buzilishi qiyinligi va jarayonning uzoq davom etishi sababli murakkab hisoblanadi. Yangi texnologiya va uskuna ishlab chiqilishi apparatning unumdorligini oshirishga va bir yuklamada xomashyoni qayta ishlash muddatini qisqartirishga imkon berdi. Bu esa efir moyli xomashyoni bug‘ bilan ishlov berish jarayonining intensivligini oshirish orqali amalga oshiriladi. Bug‘ maydalangan xomashyodan o‘tib, efir moyi zarrachalari bilan aralashib, ularni sovitkichga, keyin esa florentinaga olib boradi, bu yerda kondensat moy-xomashyo va florentin suviga ajraladi. Efir moyining distillyatsiyasi quritilgan xomashyoda amalga oshirildi. 100˚C dan 130˚C gacha bo‘lgan haroratda, efir moyining chiqishi ortdi, harorat oshgani sayin (180˚C va 200˚C da) efir moyining chiqishi kamayashi, bu esa terpenoidlarning oksidlanish va polikondensatlanish o‘zgarishlarining kuchayishi, ularning smolali mahsulotlarga aylanishi hamda J. excelsa olingan moy 178˚C haroratda 1,8 % ni va J. communics olingan efir moy esa 187˚C da 2,1 % ajralib chiqishi amaliy isbotlandi va Mahalliy juniperus archa o‘simliklardan efir moyi olishning mavsumga qarab 2.3 % dan 3,3% gacha tashkil qilishi, efir moyi miqdorining kamayishi may–iyun oylarida vegatatsion davri sentabrt oylarida yuqori unumli efir moyi hosil bo‘lishi aniqlandi
Adabiyotlar (6)
- 1. Хамидов М., Набиев Т., Одилов Т. Ўзбекистон ўсимликлари аниқлагичи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1A987. – 328 с.
- 2. Гуринович Л.К., Пучкова Т.В. Эфирные масла: химия, анализ и применение. — М.: Химия, 2005. – 192 с.
- 3. Лекарственное растительное сырье. Фармакогнозия: учеб. Пособие // под ред. Г.П. Яковлева и К.Ф. Блиновой.-СПб.: Спец Лит.-2004. стр. 6-9.
- 4. Можжевельник: фитохимия и фармакология рода Juniperus L. / Новиков О.О., Писарев Д.И., Жилякова Е.Т., Трифонов Б.В. – М.: Изд-во РАМН, 2014. – 178 с.
- 5. ГОСТ 14618.5-78. Масла эфирные, вещества душистые и полупродукты их синтеза. Газохроматографический метод анализа. – М.: Изд-во стандартов, 1987. – 7 с.
- 6. ГОСТ ISO 8897-2017. Масло эфирное можжевеловое (Juniperus communis L.). Технические условия: введ. 2018.07.01. Москва, 2019. 8 с. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 120