Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Poyabzalning qulayligini belgilovchi omillarni ilmiy asoslari

UZOQOVA L.P.

Nashr
3-son
Sahifalar
219–223
Nashr etildi
02.06.2025
Ko'rishlar
2 5

Annotatsiyalar

Maqolada poyabzalning, asosan, qulayligini belgilovchi omillarning ilmiy asoslari, ya’ni qulay va sifatli poyabzallarga qo‘yiladigan talablar, turli ishlab chiqaruvchilar poyabzallarining bir-biridan sezilarli darajada farqlari, poyabzal qulayligini ta’minlashda uning tayanch yuzasining tuzilishi, oyoq kaftining asosiy vazifasi, ishchi poyabzalni tanlashda mahsulotning tag charmi tayyorlangan materialga e’tibor berish, oyoqlarning tez-tez uchraydigan tug‘ma kasalliklari tahlil qilingan. Tayanch so‘zlar: poyabzal, qulaylik darajasi, oyoq o‘lchami, o‘tish harakati, oyoq kafti, barmoqlarning erkin harakati, harakatdagi qulaylik, oyoq panjasi, tayanch yuzasi, bosimning yo‘nalishi, tizza bo‘g‘imlari, varus deformatsiyasi, valus deformatsiyasi, tovonning barqaror holati. НАУЧНЫЕ ОСНОВЫ ФАКТОРОВ, ОПРЕДЕЛЯЮЩИХ КОМФОРТНОСТЬ ОБУВИ Узакова Л.П. Бухарский государственный технический университет.

Maqola Mazmuni

Iste’molchilarni qulay poyabzallar bilan ta’minlash masalasi doimo mazkur soha egalarining e’tiborida bo‘lgan, chunki ishlab chiqarilgan poyabzallar ularga qo‘yiladigan talablarga javob bermasligi hamda bu asosda oyoq panjasi deformatsiyalarining kelib chiqishi, zarur profilaktik xossalar hosil bo‘lishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Poyabzal tanlashda oyog‘ingiz hech qayerda qisilmasligiga, ishqalanmasligiga yoki aksincha, oyoq ko‘p tebranmasligiga ishonch hosil qiling. To‘g‘ri poyabzalda oyoq barmoqlari erkin, qisilmagan holda joylashadi, ularni qimirlatish mumkin. Eng uzun barmoq uchiga tegmasligi kerak. Bo‘yiga va eniga 0,7-1 santimetr oraliq bo‘lishi kerak. O‘tkir tumshuqli tuflilar va qishki etiklar uchun ko‘proq zaxira qoldiriladi: birinchi holda qulaylik uchun, ikkinchisida - issiq oyoq kiyimi uchun. Yaxshi poyabzalning asosiy sifati – qulaylik. Yangi botinka, etik yoki krossovkalarda oyoqlar kun bo‘yi qulay bo‘lishi kerak. Poyabzal oyoqlarni ishqamasligi, shishmasligi yoki kiyganda qattiq noqulaylik tug‘dirmasligi kerak. Buning uchun faqat oyoq panjasining uzunligi emas, balki oyoqning kengligi (to‘liqligi) ham aniqlanadi. Qulay sifatli poyabzal - bu harakatdagi qulaylik, bo‘g‘imlar salomatligi, to‘g‘ri qomat, yalpoqlik va boshqa oyoq kasalliklarining oldini olish, shuningdek, gigiyena. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 217 Технологии текстильной и легкой промышленности Poyabzal zich oyoqqa zich yotishi shart, ammo oyoq panjasini siqmasligi kerak. Yurganda biz avval tovonimizni bosamiz, keyin og‘irlikni oldinga olib o‘tamiz. O‘tish harakati deb ataluvchi harakat sodir bo‘ladi. Bunda oyoq barmoqlari biroz oldinga suriladi va qulay yurishni ta’minlash uchun ularga poyabzaldagi mana shu ozgina bo‘sh joy kerak bo‘ladi. Oyoq uchida odatda 1,2 - 1,5 sm kattalikdagi bo‘sh joy deb aytiladi. Bundan baland poshnali tuflilar mustasno bo‘lib, ularda dumalash harakati sodir bo‘lmaydi va bu holda oyoq uchida qo‘shimcha joy kerak bo‘lmaydi. Turli ishlab chiqaruvchilarning poyabzallari bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Qulaylik uchun o‘lchami tanlanishi zarur. Oyoq panjasi tor bo‘lgan odamlar ko‘pincha o‘zlariga kerak bo‘lgan o‘lchamdan kichikroq poyabzalni tanlaydilar. Bu xato tanlov hisoblanadi. Balki poyabzalni kamroq to‘liqlikda o‘lchash kerakdir. Yoki aksincha - oyoq kafti to‘liq bo‘lgan odamlar poyabzalni kattaroq o‘lchamga olishadi va kengroq o‘lchamdagi poyabzalni olish to‘g‘riroq bo‘ladi. Bugungi kunda barcha iste’molchilar, ayniqsa, faoliyati kun davomida oyoq panjasiga katta yuklamalar bilan bog‘liq bo‘lgan iste’molchilar sotib olingan poyabzalning qulayligidan qoniqmaydilar. Shuning uchun yuqori qulaylikka ega poyabzalning maqbul konstruksiyasini ishlab chiqish vazifasi dolzarb hisoblanadi. Poyabzalning qulayligini ta’minlashda uning tayanch yuzasi yetakchi rol o‘ynaydi, unga turish va yurish paytida asosiy yuklama tushadi. Ommaviy tarzda ishlab chiqariladigan poyabzal uchun mo‘ljallangan qolip izining shakli ko‘pincha yapaloq qilib tayyorlanadi. Yangi turdagi materiallar, shuningdek, poyabzal tagligining qoliplangan tugunlari va detallarini olish imkonini beruvchi texnologiyalarning paydo bo‘lishi bilan yassilangan shakldagi qolip iziga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qoldi. Qolip poyabzalning asosiy jihozi sifatida bo‘lajak poyabzalning tashqi ko‘rinishi, shakli va ichki shaklining o‘lchamlarini belgilaydi. Poyabzal ichki shaklini loyihalashda poyabzalning zaruriy qulaylik talablariga javob berishi uchun oyoq panjasi tuzilishining anatomo-fiziologik xususiyatlarini, uning biomexanikasini hisobga olgan holda oyoq panjasining shakli va o‘lchamlaridan ratsional qolipning geometrik parametrlariga ilmiy asoslangan o‘tishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ishchi poyabzalini tanlashda mahsulotning tag charmi tayyorlangan materialga e’tibor berish kerak - u bir vaqtning o‘zida egiluvchan va bir me’yorda yumshoq bo‘lishi kerak. Poyabzalni sifatli bajarish uchun taglik qalinligidan qat’i nazar, qo‘lda oson bukilishi kerak. Noqulay oyoq kiyimini uzoq vaqt kiyish oqibatida sog‘liqqa qanday sabab va omillar xavfli ta’sir ko‘rsatishini tushunish uchun fizikaga murojaat qilish kerak. Dastlab oyoq panjasining gorizontal sirtdagi dinamikasi va statikasini ko‘rib chiqamiz. Oyoqlarning tez-tez uchraydigan tug‘ma kasalliklari qatoriga quyidagilar kiradi:  valgus deformatsiyasi. Oyoqlari X simon shaklga ega;  tik turgan holatda tizzalar bir-biriga tegib turadi, tovonlar orasidagi masofa esa kattalashadi;  varus deformatsiyasi. Oyoqlar O simon shaklga ega bo‘ladi;  patologiya tufayli bolalarda oyoq bo‘g‘im to‘qimalariga yuklama sezilarli darajada oshadi, boylamlar cho‘zilishi mumkin;  maymoqlik. Boldir-panja bo‘g‘imining chiqishidan paydo bo‘ladi. Ba’zan tovon uzunligining qisqarishi bilan birga keladi;  yassi tovonlik. Oyoq gumbazlarining tekislanishi bilan namoyon bo‘ladi. Agar 5-6 yoshga kelib, ularning konfiguratsiyasi me’yorga kelmasa, shifokor samarali terapiyani tanlaydi. Oyoq kaftining asosiy vazifasi tana og‘irligini ushlab turish va insonning yurishini, ya’ni fazoda harakatlanishini ta’minlashdir. Oyoq kaftimiz egilgan shaklga ega bo‘lib, u yurish paytida tanani amortizatsiya qiladi. Normada u ikkita gumbazga ega - bo‘ylama (kaftning ichki qirg‘og‘i bo‘ylab) va ko‘ndalang (barmoqlar asoslari orasida). Bo‘ylama gumbaz ichki va tashqi bo‘ladi. Ular ravoq shaklida. Oyoq kaftining ikkala gumbazi muvozanatni saqlash va yurganda tanani silkinishdan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Oyoq kaftining kalta va mustahkam suyaklari bosimning yo‘nalishi va miqdoriga aniq mos keladigan shaklga ega. Oyoq kafti uch nuqtada tekis “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 218 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари yuzaga tayanadi: bosh barmoq va jimjiloq asoslari hamda tovon va shu uchta gumbazning yig‘indisidan iborat. Bu gumbazlarga yuqoridan butun tana og‘irligi tushadi, shuning uchun oyoq kafti suyaklarining to‘siqlari xuddi temir-beton gumbazsimon inshoot elementlari kabi bir-biriga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida joylashgan. Tovonli oyoq kaftida butun yuk - tana og‘irligi. Оrtopedik poyabzal – davolovchi yoki profilaktik vazifaga ega bo‘lgan krossovkalar, shippaklar va boshqa modellar. Insonda oyoq panjasining suyaklar, tog‘aylar va boshqa tarkibiy elementlar bilan bog‘liq kasalliklari aniqlanganda qo‘llaniladi. Oyoq panjasi deformatsiyasining yuzaga kelishi va uning yillar davomida rivojlanishining asosiy sabablaridan biri bu noqulay poyabzal kiyib yurishdir. Afsuski, ortopedik poyabzal va ommaviy ishlab chiqarilgan poyabzal o‘rtasida oraliq bo‘g‘in mavjud emas. Qulay poyabzalning ustki qismi yumshoq, elastik, havo o‘tkazuvchan materialdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Bu tabiiy teri yoki zamonaviy sintetik materiallar bo‘lishi mumkin. Poyabzalning “nafas olishi” va oyoq panjasiga parnik effektini yaratmasligi muhimdir. 1-rasm. Qulay poyabzalga bo‘lgan konstruktiv talablar Qulay poyabzal tushunchasi nimalarni o‘z ichiga oladi:  Bunday poyabzal oyoq panjasining anatomiyasini hisobga olgan holda qulay qolipga ega bo‘ladi.  Egiluvchan va yengil tagcharm oyoq panjasini amortizatsiya qiladi, bu esa yuqorida aytib o‘tilgan oyoq panjasining aylanma harakatini to‘liq ta’minlashga imkon beradi. Shu bilan birga, tagcharm mustahkamlikni ta’minlashi, shaklini yo‘qotmasligi va sirg‘anmasligi lozim.  Qulay poyabzal oyoq panjasining turli qismlarini qo‘llab-quvvatlaydigan va yassi oyoq rivojlanishining oldini oladigan anatomik shakldagi ichki taglik-supinatorga ega bo‘ladi. Eng yaxshi holda bu taglik olinib-qo‘yiladigan bo‘lishi kerak.  Qulay poyabzalning ustki qismi yumshoq, elastik, havo o‘tkazuvchan materialdan tayyorlangan bo‘lishi zarur. Bu tabiiy teri yoki zamonaviy sun’iy materiallar bo‘lishi mumkin. Poyabzalning “nafas olishi” va oyoq panjasi uchun issiqxona effektini yaratmasligi muhimdir. Poyabzal kiyilganda doimo biroz kengayadi va cho‘ziladi, ammo bunda u o‘z shaklini yo‘qotmasligi kerak. Tabiiy materiallardan: charm, zamsha, nubuka, to‘qimachilikdan tayyorlangan poyabzallar eng maqbul variant hisoblanadi. Bu hatto oyoq panjasi salomatligi nuqtayi nazaridan ham emas, balki “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 219 Технологии текстильной и легкой промышленности qipiq va zamburug‘ kasalliklarining oldini olish uchun muhimdir. Charm o‘rnini bosuvchi poyabzal oyoqlarga havoni o‘tkazmaydi. Yalang turgan odam, agar undan vertikal chiziq o‘tkazilsa, 90° li perpendikulyar hosil qiladi. 5 santimetrli poshnalarda gavda egiladi va burchak 70° gacha, 8 santimetrli poshnalarda esa 55° gacha kamayadi. Xuddi shuningdek, yalang oyoq ayolda chanoqning siljishi 25° ni tashkil qiladi, 2,5 santimetrli poshnalarda u 30° gacha, 5 santimetrli poshnalarda 45° gacha, 8 santimetrli poshnalarda 60° gacha oshadi. Shunday qilib, tana tiklanishi va tik holatni saqlab qolishi uchun bo‘g‘imlar ishida bir qator o‘zgarishlar qilishi kerak. Og‘irlik markazi oldinga siljiydi, muvozanatni saqlash uchun orqaga siljiydi, bel egilishi ortadi, bu esa umurtqa pog‘onasiga bosimning qiyshayishi va kuchayishiga va ichki a’zolarning siljishiga olib keladi. Chanoqning bunday holatida pastki bel qismlariga tushadigan yuklama bir necha marta ortadi. Ta’siri - boldir mushaklari qisqaradi, shuningdek, sondagi qon aylanishi buziladi. Oyoq, tos va bel umurtqalari mushaklarining zo‘riqishi ortadi. Qulay poyabzal: oyoq uchun qo‘shimcha tayanch bo‘lib xizmat qilishi, tashqi muhit omillaridan himoya qilishi, yurish paytida tabiiy harakatlanishga imkon berishi, shuningdek, suppinator, yumshoq tagcharm, dumaloq burun, balandligi 2-3 sm bo‘lgan barqaror poshnaga ega bo‘lishi kerak. 2-rasm. Oyoq tovonidan yumshoq yostiqchalargacha bo‘lgan to‘g‘ri va noto‘g‘ri uzunliklarning ko‘rinishi Inson oyog‘i “uchburchak shaklga” ega bo‘lib, asosi barmoqlar sohasida va uchi tovon sohasida. Bunday shakldan tashqari, oyoq panjasining yana ajoyib harakatchanligi ham bor, bu bizga yurishga va kundalik hayotda boshqa ko‘plab harakatlarni bajarishga yordam beradi. Oyoq panjasini poyabzalning tor tumshug‘iga tiqqanimizda asablar, limfa tomirlarini siqib qo‘yamiz, mushaklar ishini to‘sib qo‘yamiz. Bosh barmoq va jimjiloq markazga qisib qo‘yilgan va qadamning sxemasida tegishli tarzda ko‘zga tashlanmaydi. Bu oxir-oqibatda bosh barmoq suyagining o‘sib ketishiga, varikozga, tizzalarda og‘riq, shish paydo bo‘lishiga olib keladi

Adabiyotlar (21)

  1. 1. Haydarov A.A., Kamalov A. Charm buyumlarini konstruksiyalash /I, II qismlar/. Toshkent. 1999.
  2. 2. B.А.Фукин, А.Н.Калита. Технология изделий из кожи. Из-во «Легкая промышленноcть и бытовое обслуживание» 1988 г.
  3. 3. Карпухин А.А., Андрианова Г.П., Рыскулбеков Т.Б. Совершенствование технологии изготовления синтетического низа обуви // Кож, -обувн. Пром-сть, 1991, Н8, с.41-42.
  4. 4. Haydarov A.A. Poyabzal va charm-attorlik buyumlarni modellashtirish asoslari. “Sharq”, Toshkent. 2007.
  5. 5. Узакова Л. П. Методы оценки взаимодействующих сил между обувью и стопой //Вестник науки. – 2022. – Т. 3. – №. 3 (48). – С. 125-130. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
  6. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
  7. 6. Узакова Л. П., Мухаммедова М. О. Технологическое решение конструирование ортопедической обуви учитывая биомехнику нижних конечностей //World Science: Problems and Innovations: сборник статей XXIII. – 2018. – С. 47.
  8. 7. Узакова Л. П., Жабборов Ю. Ю. Научное обоснование современных материалов для изготовления спортивной обуви //Вестник науки. – 2022. – Т. 4. – №. 3 (48). – С. 196-203.
  9. 8. Узакова Л. П., Хакимова Ш. К. Анализ методов и средств повышения комфортности повседневной обуви //Вестник науки. – 2022. – Т. 4. – №. 3 (48). – С. 204-209.
  10. 9. Узакова Л. П., Хакимова Ш. К. Развитие методов проектирования ратсионалной внутренней формы повседневной обуви //Вестник науки. – 2022. – Т. 3. – №. 1 (46). – С. 154-160.
  11. 10. Узакова Л. П. Медицинские показания к назначению сложной ортопедической обуви //Вестник науки. – 2021. – Т. 3. – №. 9. – С. 51-53.
  12. 11. Узакова Л. П., Жабборов Ю. Ю. Научные исследования по разработке оптималной конструксии подошвы обуви для спортсменов конного спорта //Вестник магистратуры. – 2021. – С. 9.
  13. 12. Мухаммедова М. О., Узакова Л. П. Разработка научно-обоснованной методики отсенки силового взаимодействия стопы и обуви у болных сахарным диабетом //Журнал Технических исследований. – 2020. – Т. 3. – №. 4.
  14. 13. Узакова Л. П. и др. Выбор метода антропометрических исследований стоп у детей, имеющих патологические отклонения //Молодой ученый. – 2015. – №. 19. – С. 225-226.
  15. 14. Узакова Л. П., Сайфуллаева Л. М. Исследования по определению показателей свойств материалов при сжатии для вкладных стелек обуви //Вестник науки. – 2022. – Т. 2. – №. 10 (55). – С. 138-143.
  16. 15. Узакова Л. П. Исследование выбора размерных признаков, необходимых для проектирования обуви //Вестник науки. – 2022. – Т. 3. – №. 9 (54). – С. 69-74.
  17. 16. Узакова Л. П., Сайфуллаева Л. М. Актуалные исследования деформации, нарушения строения и функции стопы //Вестник науки. – 2022. – Т. 2. – №. 10 (55). – С. 131-137.
  18. 17. Узакова Л. П., Абдурахманова Ф. А., Турсункулова М. С. Современные eксплуатационные и технологические требования, предъявляемые к деталям верха обуви //Техника. Технологии. Инженерия. – 2019. – №. 2. – С. 30-33.
  19. 18. Абдурахманова Ф. А., Узакова Л. П., Турсункулова М. С. Закономерности изменчивости и распределения антропометрических признаков //Техника. Технологии. Инженерия. – 2019. – №. 2. – С. 27-30.
  20. 19. Разработка методов и средств совершенствования внутриобувного пространства. / Николаева Т.А. - Диссертация на соискание ученой степени к.т.н., С-Пб: 1999.
  21. 20. Обувь ортопедическая. Термины и определения РСТ РСФСР 741-88. М.: Изд-во стандартов, 1988 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 221