Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Magistral neft va gaz quvurlarini vodorod sulfidli korroziyasiga ingibitorlarni ta’sirini tadqiq etish
Annotatsiyalar
Maqolada gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo’lgan korroziya ingibitorlarining vodorod sulfidli eritma muhitda ingibirlash samaradorligi tadqiq etilgan bo’lib H2S 3% li eritmadagi samaradorligi 91.78% ni hamda H2S 1% eritmasi muhitida samaradorligi 96,12 % ni tashkil etganligi aniqlangan.
magistral neft va gaz quvurlarvodorod sulfidkorroziyaingibitorto‘yingan eritmagossipol smolasikonsentrasiya. ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ ИНГИБИТОРОВ НА СЕРОВОДОРОДНУЮ КОРРОЗИЮ МАГИСТРАЛЬНЫХ НЕФТЕ- И ГАЗОПРОВОДОВ 1Абдукаримов М.М.1Махмудов Н.Н.2Ёдгоров Н. 1Ташкентский государственный технический университет им.И. Каримова2Институт общей и неорганической химии АН РУз
В статье исследована эффективность ингибирования азотсодержащих ингибиторов коррозии на основе госсиполовой смолы в среде раствора сероводорода и установлено, что ее эффективность в 3% растворе H2S составила 91,78%, а в 1% растворе H2S - 96,12%.
магистральные нефте- и газопроводысероводородкоррозияингибиторнасыщенный растворгоссиполовая смолаконцентрация. STUDY OF THE EFFECT OF INHIBITORS ON HYDROGEN SULFIDE CORROSION OF MAIN OIL AND GAS PIPELINES 1Abdukarimov M.M.1Makhmudov N.N.2Yodgorov N. 1Tashkent State Technical University named after I.Karimov2Institute of General and Inorganic Chemistry Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
The article studies the inhibition efficiency of corrosion inhibitors based on gossypol resin containing nitrogen in a hydrogen sulfide solution. It was found that the efficiency in a 3% H2S solution was 91.78% and the efficiency in a 1% H2S solution was 96.12%.
Maqola Mazmuni
Kirish. Neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, quvurlar samaradorligini pasayishining asosiy sababi korroziya ta’siri bo‘lib, doimiy ravishda ishlab
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 95
Химия и химические технологии
chiqarilayotgan mahsulotning korroziya ta’sirida sifatsiz holatga kelishiga olib keladi. Korroziyaga qarshi kurash usullaridan biri korroziya ingibitorlaridan foydalanishdir [1; 2]. Bugungi kunda korroziya ingibitorlarini dunyo miqyosida ishlab chiqish yildan yilga oshib 2029 yilgacha 11,33 milliard dollarga yetishi taxmin qilinmoqda. So‘nggi yillarda korroziya ingibitorlarni ishlab chiqarishga bo‘lgan talab 2020 yilda 7,5 milliard AQSH dollari miqdorida bo‘lganligi shuningdek, tahlillar asosidagi ma’lumotlari inobatga olinganda, 2022-2029 yillarda o‘rtacha yillik o‘sish 4.7% ni tashkil etishi tahlillar asosida o‘rganilmoqda (1-jadval) [3; 4]. 1-jadval Dunyoda korroziya uchun sarflangan xarajatlarning iqtisodiy mintaqalar kesimida tahlili Mintaqalar Qishloq xo‘jaligi korroziyaga sarflangan xarajatlar, mlrd doll.
Korrozi ya narxi % YAIM АQSH 2.0 303.2 146 451.3 16720 2.7% Hindiston 17.7 20.3 32.3 70.3 1670 4.2% Yevropa 3.5 401 297 701.5 18331 3.8% Arab davlatlari 13.3 34.2 92.6 140.1 2789 5% Xitoy 56.2 192.5 146.2 394.9 9330 4.2% Rossiya 5.4 37.2 41.9 84.5 2113 4% Yaponiya 0.6 45.9 5.1 51.6 5002 1% Dunyoning qolgan qismi
Korroziya ning sanoat xarajatlari, mlrd doll.
Korroziyaga qarshi xizmatlar qiymati, mlrd doll.
Korroziyani ng umumiy qiymati, mlrd doll.
Jami YAIM, mlrd doll.
52.4 382.5 117.6 552.5 16057 3.4%
Jami 152.7 1446.7 906 2505.4 74314 3.4% Shu o‘rinda neft-gaz korxonalarida favqulodda kelib chiqadigan ko‘plab baxtsiz xodisalar va iqtisodiy zararlarning asosiy sabablaridan biri bu metallarning korroziyalanishi ekanligi tahlil qilingan [5;6]. Neft va gaz sanoatidagi uskunalarni ta’mirlash uchun ishlab chiqarish platformalariga sarflangan barcha xarajatlarning 60% korroziya natijasida yuzaga kelishi dunyo miqyosidagi ilmiy tadqiqotlar va iqtisodiy tahlillar asosida aniqlangan [6; 7]. Tadqiqot ob’ektlari va usullari. Neft va gaz sanoatida asosan vodorod sulfidli ta’sirida korroziya jarayonlari tezlashadi va temir sulfidlarining hosil bo‘lishi bilan metall yuzasida yemirilish sodir bo‘lishi bilan jarayon amalga oshadi. Suvli muhitda temir sulfidlari hosil bo‘lishining uch xil usuli mavjud. Birinchidan, anodda temir emirilishining natijasida yuzada qora qattiq qatlam hosil bo‘ladi. Ushbu qatlam metalsulfid plyonka interfeysida anodda ta’sirlashish jarayoni orqali tezlashadi. Katoddagi reaksiya esa sulfidli plyonka eritmasi interfeysida sodir bo‘ladi va bu jarayon temir ionlari (Fe²⁺) va elektronlarning plyonka orqali diffuziyasi bilan cheklanadi (1-a-rasm).
1-rasm. H2S to‘yingan eritmada temir sulfidi hosil bo‘lishi Yuzada hosil bo‘lish (a); Eritmada hosil bo‘lish (b); Birikma shakli (c) Ikkinchi usulda temir ionlari eritmada eriydi va sulfid ionlari bilan eritmada reaksiyaga kirishadi. Natijada yuzada korroziya mahsuloti plyonkasi hosil bo‘lmaydi (1-b-rasm). Oxirgi usulda – birikma shakli, bunda temir ionlari ham yuzada, ham eritmada reaksiyaga kirishadi (1-c-rasm). Natijada, temir sulfidlari tarkibida g‘ovak plyonka hosil bo‘ladi. Ushbu g‘ovak yuzasi reaksiyani
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 96
Кимё ва кимёвий технологиялар
osonlashtiradi va temirning erishini tezlashtiradi [8]. Taklif etilgan gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarining vodorod sulfidli eritma muhitda ingibirlash samaradorligi tadqiq etilgan. Gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlari mavjud bo‘lgan eritmaning korrozion tokining qiymati ingibitor turi va muhitga bog‘liq holda turlicha o‘rganilgan. Bu qiymat gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarining konsetratsiyasi oshishi bilan kamayib borgan [9]. 2-rasmdan ko‘rinib turibdiki, egri chiziqlar ingibitorlar ishtirokida quyi oqim zichligi tomon siljigan, bu esa H2S muhitida korroziya ingibitorining ingibirlash samaradorlgi yuqori ekanligini ko’rsatadi. Gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarini kontsentratsiyasi ortishi bilan egri chiziqlarining ham anod, ham katod tomonlarda oqim zichligining pasayishiga olib keladi [10]. Natijalar va uning muhokamasi. Shubhasiz, gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo’lgan korroziya ingibitorlarini ham anod ham katodni oldini olganligi sababli aralash turdagi ingibitor sifatida ishlaydi, olingan korroziya ingibitori bir vaqtning o‘zida korroziya jarayoniga anodda metallning erishini va katodda vodorodning ajralishini kamaytiradi. Ushbu natijadan ko‘rish mumkinki, adsorbsiyalangan ingibitorlarning metall sirtini bloklash va funksional guruhlar orqali ingibirlash samaradorligini namoyon qiladi. 2-jadval 308 ± 1 К haroratda gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo’lgan korroziya ingibitorlarini H2S muhitdagi qutublanish egri chiziqlari usulida aniqlangan ingibitorning samaradorligi Ingibitor С, (mg/l) i, (mА/sm2) γ θ η, (%) H2S - 0,987±0,17 – – –
2-rasm. Gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarining turli konsentrasiyalarda H2S 1% eritmasi muhitida 308 ± 1 K da 4soat davomida qayd etilgan St3 markali po‘lat uchun qutublansh egri chiziqlari.
200 0,74±0.06 4,47 0,8712 87,12 400 0,36±0,01 5,84 0,9125 91,25 600 0,21±0,01 7,69 0,9312 93,12 1000 0,091±0.01 9,12 0,9612 96,12
Korroziya ingibitor
2-jadvalda ketrilgan malumotlardan ko‘rinib turibdiki, H2S mavjud eritmaning korrozion tokning qiymati 0,987±0,17 i, (mА/sm2) ni tashkil etgan. Eritmada gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarini konsentratsiyasi oshishi bilan, eritmaning elektr qarshiligi ham ortib boradi natijada, korrozion tok qiymatining potensiali miqdori ham kamayib borgan va korrozion tok qiymati 0,091±0.01 i,(mА/sm2) gacha kamaygan. Gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarini konsentratsiyasi 1000 mg/l bo‘lganda H2S 1% eritmasi muhitida samaradorligi 96,12 % ni tashkil etdi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 97
Химия и химические технологии
3-jadvalda gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo’lgan korroziya ingibitorlarini mavjud va mavjud bo‘lmagan eritmaning korrozion tok qiymati 0,99±0,18 i,(mА/sm2)dan 0,04±0.001 i,(mА/sm2) gacha kamaygan. Gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarini H2S 3% li eritmadagi samaradorligi 91.78% samaradorlikni namoyon etdi. Gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarini ingibitorli va ingibitorsiz holatda qutblanish egri chiziqlari o‘rganilganda 2jadval bilan 3-jadvalni solishtiradigan bo‘lsak, 2jadvalda keltirilgan qiymatlar 3-jadvalda keltirilgan qiymatlardan bir muncha yuqori ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga asosiy sabablardan biri kislotali eritmalarda dissotsialangan ionlari soni ko‘p bo’lishi sababli korrozion tok miqdori ham yuqori bo‘ladi. Ammo suvli eritmalarda qo‘shimcha anion va kationlar yo‘qligi sababli korrozion tok miqdori ham sezilarli darajada kamayadi va ingibirlash samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. 3-jadval 308 К haroratda H2S dagi qutblanish egri chiziqlari usulida olingan gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarini samaradorligi Ingibitor С, (mg/l) i, (mА/sm2) γ θ η, (%) H2S - 0,99±0,18 – – –
3-rasm. Gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo‘lgan korroziya ingibitorlarini turli konsentrasiyalarda H2S 3% eritmasida 308±1K da 4 soat davomida qayd etilgan St3 markali po‘lat uchun qutublansh egri chiziqlari.
200 0,34±0,04 6,74 81,12 0,8112 400 0,28±0,04 7,86 84,14 0,8414 600 0,16±0,01 10,64 88,63 0,8863 1000 0,04±0.001 12,23 91,78 0,9178
Korroziya ingibitor
Xulosa. Suv ta’minoti tizimlarida va aylanma suvlarda, shuningdek neft va gaz kimyosi sanoatida ishlab chiqilgan ingibitorlardan foydalanishning ekologik xavfsiz ekanligi aniqlangan, ularning samaradorligi 91,78% ekanligi ko‘rsatilgan Foydalanilgan adabiyotlar 1. Гареев А.Г., Насибуллина О.А., Ризванов Р.Г. Изучение коррозионного растрескивания магистральных газонефтепроводов //Электронный научный журнал «Нефтегазовое дело». - 2012. - № 6. -С. 126-146. URL:http://ogbus.ru/authors/Gareev/Gareev _ 2. Коррозионно-механическая стойкость нефтегазовых трубопроводных систем /Абдуллин И.Г. и др. Уфа: Гилем, 1997. - 177 с. 3. Насибуллина О.А., Хажиев А.Д. Оценка защитных свойств ингибиторов коррозии СОНКОР в условиях высокого содержания механических примесей в пластовых водах // Научно-практическая конференция «Экологические проблемы нефтедобычи-2014». Уфа: Нефтегазовое дело, 2014. с.10-11. 4. Повышение безопасности эксплуатации газонефтепроводов в условиях коррозионномеханических воздействий / Гареев А.Г. и др. СПб.: Недра, 2012. - 220 с.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 98
Кимё ва кимёвий технологиялар
Kalit so‘zlar: atsetilenni gidrogenlash, etilen, katalizator, parchalash, qayta tiklash, iqtisodiy samaradorlik, regeneratsiya,ekologiya. ПЕРЕРАБОТКА ОТХОДОВ ПРОМЫШЛЕННЫХ КАТАЛИЗАТОРОВ 1Турсунова Ф.Ж., 2Амонов M.Р.
1Бухарский инженерно - технологический институт, 2Бухарский государственный университет. Аннотация. Изучена кинетика разложения катализатора с использованием 20 и 30% раствора серной кислоты на количество Al2 (SO4 )3 в растворе. Выявлено, что скорость извлечения Al2(SO4)3 из катализатора в растворе серной кислоты с концентрацией 30% значительно выше, чем в растворе серной кислоты с концентрацией 20% При сравнении результатов экспериментов в процессе разложения катализатора из оксида алюминия и палладия в растворах серной кислоты различной концентрации в cовместном и противоточном потоках было доказано, что при проведении процесса в режиме противоточного потока время разложения сокращается почти в 1,5 раза. Ключевые слова: гидрирование ацетилена, этилен, катализатор, разложения, восстановление, экономическая эффективность, регенерация, экология.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 99