Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xususiyatlar tahlili
GULYAYEVA G.X., MUSAYEV N.M., MUKIMOV M.M., AGZAMOVA S.M., KARIMOVA N.H.
Annotatsiyalar
Tadqiqotda trikotaj toʻqimalarining tuzilishini oʻzgartirish hisobiga ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi sifat koʻrsatkichlarining yaxshilanishi, sarflanayotgan xomashyo miqdori kamayishi va shakl saqlash xususiyati oshishiga erishilganini koʻrish mumkin. Ikki qatlamli trikotaj matolari assortimentini kengaytirish maqsadida LONG XING 252SC rusumli 12 klass yassi ignadonli mashinada ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining ikkita mustaqil qatlamini shakllantirish uchun xomashyo sifatida 20 teks x 4 chiziqli zichlikka ega boʻlgan paxta kalava ipidan foydalanib, ikki qatlamli trikotajning fizik-mexanik xususiyatlarining tahlili keltirilgan.
Annotatsiya rus tilida mavjud emas.
трикотажструктуранесминаемостизносостойкоствоздухопронитсаемостпронитсаемост. ANALYSIS OF PHYSICAL AND MECHANICAL PROPERTIES OF TWO-LAYER KNITTED FABRICS WITH A NEW STRUCTURE 1Gulyayeva G.X.1Musayev N.M.1Mukimov M.M.1Agzamova S.M.2Karimova N.H. 1Tashkent institute of textile and light industry2Bukhara state technical university
The study shows that by changing the structure of the knitted fabric, the quality indicators of the double-layer knitted fabric have been improved, the amount of raw material consumed has been reduced, and the shape retention properties have been increased. In order to expand the range of double-layer knitted fabrics, an analysis of the physical and mechanical properties of double-layer knitted fabrics using cotton yarn with a density of 20 tex x 4 linear density as raw material to form two independent layers of double-layer knitted fabrics on a LONG XING 252SC 12-class flat needle machine is presented.
Maqola Mazmuni
kirishish. АНАЛИЗ ФИЗИКО-МЕХАНИЧЕСКИХ СВОЙСТВ ДВУХСЛОЙНЫХ ТРИКОТАЖНЫХ ПОЛОТЕН С НОВОЙ СТРУКТУРОЙ 1Гуляева Г.Х., 1Мусаев Н.М., 1Мукимов М.М., 1Агзамова С.М., 2Каримова Н.Ҳ. 1Ташкентский институт текстилной и легкой промышленности, 2Бухарский государственный технический университет. Аннотатсия. Исследование показывает, что путем изменения структуры трикотажных полотен можно улучшит качество двухслойных трикотажных полотен, сократит количество исползуемого сыря и повысит формоустойчивост. С селю расширения ассортимента двухслойных трикотажных полотен представлен анализ физико-механических свойств двухслойных трикотажных полотен с исползованием в качестве сыря хлопчатобумажной пряжи линейной плотностю 20 текс х 4 для формирования двух независимых слоев двухслойных трикотажных полотен на плосковязалной машине 12 класса ЛОНГ ХИНГ 252СC. Ключевые слова: трикотаж, структура, несминаемост, износостойкост, воздухопронитсаемост, пронитсаемост. ANALYSIS OF PHYSICAL AND MECHANICAL PROPERTIES OF TWO-LAYER KNITTED FABRICS WITH A NEW STRUCTURE 1Gulyayeva G.X., 1Musayev N.M., 1Mukimov M.M., 1Agzamova S.M., 2Karimova N.H. 1Tashkent institute of textile and light industry, 2Bukhara state technical university.
Abstract. The study shows that by changing the structure of the knitted fabric, the quality indicators of the double-layer knitted fabric have been improved, the amount of raw material consumed has been reduced, and the shape retention properties have been increased. In order to expand the range of double-layer knitted fabrics, an analysis of the physical and mechanical properties of double-layer knitted fabrics using cotton yarn with a density of 20 tex x 4 linear density as raw material to form two independent layers of double-layer knitted fabrics on a LONG XING 252SC 12-class flat needle machine is presented. Key words: knitwear, structure, wrinkle resistance, abrasion resistance, breathability, penetration. Kirish. Bugungi kunda trikotaj toʻqimalari ichida tashqi koʻrinishi bilan ajralib turadigan, naqsh samarasiga ega boʻlgan trikotaj toʻqimalariga ehtiyoj yuqori. Shuning uchun trikotaj mashinalarida tashqi koʻrinishi chiroyli, shakl saqlash xususiyatlari, fizik-mexanik va gigiyenik xususiyatlari yuqori boʻlgan, xomashyo sarfini kam talab etadigan trikotajning assortiment turlarini kengaytirish tayyor mahsulotlar eksporti hajmini oshirish bilan bir qatorda assortimentni almashtirish va bozor talabiga moslab muntazam ravishda yangilab borish uchun, yangi texnikani almashtirish uchun ketayotgan sarf-xarajatlarni qisqartirishga imkon beradi. Trikotaj toʻqimasining fizik-mexanik xususiyatini tavsiflovchi koʻrsatkichlardan pishiqlik va uzilishdagi choʻzilish, uzilish kuchidan kam boʻlgan kuchlanishda choʻziluvchanlik, bir va koʻp martali choʻzilishga nisbatan chidamlilik, g‘ijimlanishga va ishqalanishga chidamlilik, namlab-issiqlatib ishlov berishdagi kirishuvchanlik va h.k. qabul qilingan. B.Mirusmanov, Sh.K.Usmonqulovlar tomonidan ikki qatlamli trikotaj olish boʻyicha bir qator ilmiy ishlar oʻtkazilgan. T.K.Allamuratova tomonidan olib borilgan tadqiqot ishida tuzilishiga turli miqdorda press halqalari kiritilgan ikki qatlamli trikotajning yangi variantlari ishlab chiqilgan. Ikki qatlamli trikotajning tuzilishidagi press halkalarning uning parametrlari va fizik-mexanik xususiyatlariga
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 294
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
ta’siri tadqiq qilingan. Xomashyo sarfi eng kam, pishiqligi va shakl saqlash xususiyati yuqori boʻlgan variantlar aniqlangan. Sh.K.Usmonqulov va boshqalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishida yassi ignadonli fang mashinasining texnologik imkoniyatlaridan toʻliq foydalanib, ikki qatlamli trikotaj toʻqimasini arqoqli toʻqima asosida olish usuli taklif etilgan. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasi tarkibiga arqoq ipini kiritilishi hisobiga trikotajning sifat koʻrsatkichlari yaxshilanishi, sarflanayotgan xomashyo miqdori kamayishi va trikotajning issiqlik saqlash xususiyati, trikotaj toʻqimasining qalinligi oshishiga sabab boʻlishi ushbu maqolada asoslab berilgan. Olib borilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar natijasida trikotaj toʻqimasini bir qator sifat koʻrsatkichlarini belgilab beruvchi omillar toʻqimaning tuzilishi, fizik-mexanik xususiyatlari va tashqi koʻrinishi koʻrsatib beradi. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining namunalari LONG XING 252SC rusumli yassi ignadonli mashinada ishlab chiqarildi. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimasining ikkita mustaqil qatlamini shakllantirish uchun xomashyo sifatida 20 teks 4 chiziqli zichlikka ega boʻlgan yigirilgan paxta ipidan foydalanilgan va mustaqil qatlamlari pressli biriktirish usulida olingan 6 ta variant ishlab chiqildi.
I-variant
II-variant
III-variant
IV-variant
V-variant
VI-variant
1-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimalari variantlarining grafik yozuvlari
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 295
Технологии текстильной и легкой промышленности
Olingan namunalar TTESI qoshidagi “CENTEX UZ” sertifikatsiya laboratoriyasida oʻrnatilgan zamonaviy asboblardan foydalanib, yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarning fizikmexanik xususiyatlarini eksperemental yoʻl bilan tahlil qilindi (1-jadval). 1-jadval Ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarining fizik-mexanik koʻrsatkichlari Koʻrsatkichlar Variantlar Iplarning turi, chiziqiy zichligi, teks
VI Orqa qatlam x/b 20 teks x 4 Havo oʻtkazuvchanlik, Vr sm3/sm2 sek
Old qatlam x/b 20 teks x 4
I
II
III
IV
V
96,5 228,7 155,6 203,0 155,6 155,6 168,6
Ishqalanishga chidamlilik, sikl 30000 17000 19500 18000 19000 18000 19000 Uzilish kuchi, Rr, N
Boʻyiga 409,5 418,0 516,1 392,6 609,7 465,2 480,3 Eni boʻyicha 301,5 301,2 379,2 317,4 364,2 195,2 182,1 Uzilishdagi uzayishi, L, %
Boʻyiga 96,5 158,0 108,3 97,0 177,6 120,0 134,0 Eni boʻyicha 136,5 160,0 110,0 159,8 156,6 90,0 83,0 Qaytmas deformatsiya,εn,%
Boʻyiga 13% 28% 15% 11% 13% 12% 11% Eni boʻyicha 22% 31% 19% 17% 22% 20% 16% Qaytar deformatsi, εo, %
Boʻyiga 87% 72% 85% 89% 87% 88% 89% Eni boʻyicha 78% 69% 81% 83% 78% 80% 84% Kirishish U, % Boʻyiga 10,1% 9% 3% 9% 1% 5% 9,4% Eni boʻyicha -5,1% -12% 1% -6% 8% -4,3% 1% Ma’lumki, trikotaj toʻqimalarini ishqalanishga chidamliligi asosan trikotajning zichligiga va trikotajni olishda ishlatilgan xomashyo turiga bog‘liq boʻladi. Tajriba natijalari shuni koʻrsatadiki, oʻrganilayotgan ikkala qatlami yigirilgan paxta ipidan, pressli usulda olingan trikotaj toʻqimalarining ishqalanishga chidamliligi II variantda katta koʻrsatkichga erishildi.
Hajmiy zichlik, mg/sm3
0 I II III IV V VI VII
Variantlar
2-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarining havo oʻtkazuvchanlik gistogrammasi Tavsiya etilayotgan ikki qatlamli trikotajning fizik-mexanik xususiyatlarining tahlili shuni koʻrsatadiki, havo oʻtkazuvchanlik koʻrsatkichlari I va III variantlarda eng yuqori boʻlib, 228,7 sm3/sm2 sek va 203,0 sm3/sm2 sek ni tashkil qiladi. Bu koʻrsatkich II, IV va V variantlarda 155,6
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 296
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
sm3/sm2 sek, III variantda 203,0 sm3/sm2 sek, VI variantda 168,6 sm3/sm2 sek, eng kam havo oʻtkazuvchanlik asos variant 0- asos varinatda eng past ya’ni 96,5 sm3/sm2 sek ni tashkil qiladi (2rasm). Trikotaj matolarini sifatini baholashda qoʻllaniluvchi uzilish kuchi koʻrsatkichi ham asosiy koʻrsatkich hisoblanadi. Trikotaj matosi uchun qoʻllaniladigan barcha standartlarda (ГОСТ 314092009. Изделия трикотажные верхние для женщин и девочек. Общие технические условия; ГОСТ 28554-90 Полотно трикотажное. Общие технические условия, ГОСТ 31410-2009. Изделия трикотажные верхние для мужчин и малчиков. Общие технические условия.) uzilish kuchi va uzilishdagi uzayishi boʻyicha normativ parametrlar kiritilgan. Uzilish kuchi deganda ma’lum tezlikda mato tasmasi choʻzilishi paytida uni uzilishi uchun talab qilingan kuch tushuniladi. Trikotajni boʻyi va eni boʻyicha uzilish kuchi TTESI qoshidagi “CENTEX UZ” laboratoriyasida AG-I asbobi yordamida aniqlandi. Ikki qatlamli trikotajning boʻyi boʻyicha uzilish kuchi 392,6 N dan (ІII variant) to 609,7 N gacha (IV variant) oʻzgaradi. Eng katta uzilish kuchi IV variantda 609,7 N kuzatildi. Bu esa asos variantga nisbatan 33 % ga koʻp. Ikki qatlamli trikotaj variantlar ichida IV variantining uzilish kuchi katta boʻlganligining sababi toʻqima tuzilishidadir. Ikki qatlamli trikotajning eni boʻyicha uzilish kuchi eng kam 182,1 N (VI variant) dan to 379,2 N (ІI variant) gacha oʻzgaradi. Eni boʻyicha trikotajni II variantining uzilish kuchi 379,2 N eng yuqori ekanligi kuzatildi. Bu esa asos toʻqimaga nisbatan 20.5 % ga koʻp (3-rasm).
Ikki qatlamli trikotajning boʻyi va eni boʻyicha uzilish kuchi
609,7
516,1
465,2 480,3 445,2
Uzilish kuchi, N
409,5 418
392,6
379,2
317,4 364,2
301,5 301,2
195,2 182,1
117,5
0 I II III IV V VI VII
Variantlar █ boʻyiga % █ eniga %
3-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarining boʻyi va eni boʻyicha uzilish kuchini aniqlovchi diagramma Ustki assortiment uchun moʻljallangan trikotaj matolari defformatsiyalangandan soʻng dastlabki oʻlchamdagi asl holiga qaytish xususiyatiga ega boʻlishi kerak. Mazkur koʻrsatkich qaytar va qaytmas defformatsiyaning umumiy ulushi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarilgan ikki qatlamli trikotaj toʻqimasida da qaytar deformatsiyaning ulushi, boʻyi boʻyicha 72-89 % gacha oʻzgaradi, eni boʻyicha esa 67-84 % gacha oʻzgardi (3-rasm). Eng yaxshi koʻrsatkich IV va VI variantlarda kuzatildi. Trikotaj matolari uchun moʻljallangan pardozlovchi dastgohlarning ishlash prinsipi gazlamalar uchun moʻljallangan pardozlovchi dastgohlarni ishlash prinsipi bilan deyarli bir xil. Yuqori kirishuvchanlikning asosiy sabablaridan biri pardozlash operatsiyalarda trikotaj matolarining haddan tashqari deformatsiyalanishi hisoblanadi. Vazifasiga koʻra trikotaj matosini tanlashda va kiyimni loyihalashda kirishish kattaligi albatta hisobga olinishi kerak. Tadqiq
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 297
Технологии текстильной и легкой промышленности
etilayotgan ikki qatlamli trikotaj variantlari uchun boʻyi boʻyicha kirishish 1% dan 10,1 % gacha oʻzgaradi. Eni boʻyicha esa 1 % dan 12 % gacha oʻzgardi.
Qaytar deformatsiya, εо, %
█boʻyiga % █eniga %
85 89 87 88 89
81 83 78 80 84
73 78
4-rasm. Ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarining boʻyi va eni boʻyicha qaytar deformatsiyani aniqlovchi diagramma Xulosa qilib aytganda, toʻqimalarning fizik-mexanik xususiyatlari tahlili natijalari shuni koʻrsatadiki, toʻqima tarkibiga kiritilgan naqsh elementlari uni xususiyatlariga ham oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Barcha koʻrsatkichlarni eniga va boʻyiga ma’lum bir tomonga oʻzgartirish u yoki bu xususiyatini kuchaytirishi yoki pasaytirishi mumkin. Bu holatdan maqsadli foydalanish toʻqima turlarini qanday maqsadlarda qoʻllanilishiga bog‘liq. Albatta shuni ham inobatga olish kerakki, trikotaj mahsulotlaridan kiyim sifatida foydalanilganda tajriba orqali aniqlangan uzilish kuchining faqatgina 20% gacha boʻlgan miqdori ishlaydi. Shuning uchun bunday trikotaj toʻqimalarini shakl saqlash xususiyati yuqori boʻlgan ustki trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ham tavsiya etish mumkin
Adabiyotlar (7)
- 1. N.M.Karimov Ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarida qatlamlarining biriktirish usulida trikotajni fizik-mexanik xususiyatlariga ta’siri tadqiqi. Mashinasozlik ilmiy-texnika jurnali 2024 , 85-90 b.
- 2. Шалов И.И., Давидович А.С., Кудрявин Л.А. Технология трикотажного производства. М.; Легкая и пищевая промышленност. -1984 –с.132-142.
- 3. Алламуратова Т.К., Гуляева Г.Х., Мукимов М.М. Исследование двухслойного трикотажа с пониженной материалоёмкостю. // Тоъқимачилик муаммолари Журнали. 2018 й. 56-61 б.
- 4. Усмонқулов Ш.К., Мукимов М.М. Технология выработки двухслойного трикотажа уточного переплетения. // Тоъқимачилик муаммолари журнали. 2014 й. 44-49 б.
- 5. M. Mirsadikov, M. Mukimov, K. Holikov, X. Xazratqulov, D. Vahobova, Sh.Dadamirzaeva. Xomashyo turini ikki qatlamli trikotaj toʻqimalarining texnologik koʻrsatkichlari va fizikmexanik xususiyatlariga ta’sirining tadqiqoti. // Yosh Tadqiqotchi Jurnali. 19-35 b.
- 6. Musaev N. Research of pattern cotton-silk knitting fabrics //AIP Conference Proceedings. – AIP Publis’hing, 2024. – T. 3045. – №. 1, 030079
- 7. Allaniyazov G. Study of technological parameters and material consumption of two-laer knitted fabric //Ye3S Web of Conferences. – YeDP Sciences, 2021. – T. 304. – S. 03037. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 298