Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola English Open Access

Selection of an effective processing technology in the manufacturing of transformable clothing

SAIDOVA X.X.

Nashr
5-son
Sahifalar
311–317
Nashr etildi
09.10.2025
Ko'rishlar
2 4

Annotatsiyalar

Ushbu maqolada transformatsiyalanuvchi kiyim uchun gazlamalar tanlash, eskiz chizish, ranglar gammasi va kiyimga ishlov berishda choklardan toʻgʻri foydalanish haqida batafsil yoritilgan. Shuningdek, transformatsiyalanuvchi kiyim tayyorlashda samarali texnologiyalardan foydalanish bayon etilgan.

Maqola Mazmuni

Kirish. Tikuvchilik sanoatida soʻnggi yillarda kiyimlarni ishlab chiqarishda kiyim sifati, qulayligi va mavsumga mosligiga koʻproq e’tibor berilmoqda. Ustki kiyimlar uchun eng muhum xususiyatlar bu uning chidamliligi, uzoq muddatga xizmat qilishi, estetikligi, shuningdek, rangi va mato tuzilishi kiyimning dizayni va estetik koʻrinishiga ta’sir qiladi. Kiyimning eng muhim parametridan biri komfortligidir [1]. Chok va tikuv turlari toʻg‘ridan toʻg‘ri ta’sir qiladi. Kiyimning sifati, qulayligi va yaroqliligi ya’ni chok va tikuv turini tanlash kiyim uchun mos emasligi kiyimning sifatini, qulayligini va yaroqliligini pasaytiradi. Choklarning koʻrinishi va ishlashi tikuv jarayoni va chokka bog‘liq, chok zichligi, tikuv mashinasi sozlamalari va tikuv iplarining sifati kiyimning ishlashi matoning strukturaviy va mexanik xususiyatlariga bog‘liq. Choklarning mustahkamligi, choʻzilishi, xavfsizligi, chidamliligi, tashqi koʻrinishi va samaradorligiga bog‘liqdir. Bu muammolarning yechimlarini topish uchun avvalambor ip va ignani toʻg‘ri tanlash joizdir. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 314