Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Ipak qurti chiqindisidan turli bebaho baliqlar yemini tayyorlashda va mineral o‘g‘it sifatida qo‘llash
Annotatsiyalar
Ushbu tadqiqotda pillachilik sohasida chiqindi mahsulot hisoblangan, pilla qurti g‘umbagini qayta ishlab yog‘i ajratib olingandan keyingi chiqqindi tarkibidagi mineral moddalar va aminokislotalar tarkibi o‘rganilgan. Olib borilgan tadqiqot natijalari asosida respublikamizni baliqchilik va mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sohalarida ushbu xomashyodan keng foydalanish imkoniyatlari aniqlangan.
pillachilik sohasiyog‘i ajratib olingan tut ipak qurti g‘umbagioqsil konsentratikombikormasekin ajralib chiqadigan mineral o‘g‘it. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ОТХОДОВ ШЕЛКОПРЯДА ПРИ ПРИГОТОВЛЕНИИ РАЗЛИЧНЫХ БЕСЦЕННЫХ РЫБНЫХ КОРМ И В КАЧЕСТВЕ МИНЕРАЛЬНОГО УДОБРЕНИЯ Шалов Д.Дж.Фатиллоев Ш.Ф.Мавланов Б.А.Махмудов Р.А. Бухарский государственный технический университет
В этом исследовании изучался состав минералов и аминокислот в отходах производства после извлечения масла из переработки отходов шелкопряда. По результатам проведенных исследований выявлена возможность широкого использования данного сырья в рыболовстве и производстве минеральных удобрений в республике.
шелковые отраслиобезжиренные куколки тутового шелкопрядаконцентрат белкикомбикормаминеральное удобрение с медленным разложением. USE OF SILKWORM WASTE IN THE PREPARATION OF VARIOUS INVALUABLE FISH FEED AND AS A MINERAL FERTILIZER Shalov D.J.Fatilloev Sh.F.Mavlanov B.A.Makhmudov R.A. Bukhara state technical university
This study examined the composition of minerals and amino acids in production wastes after oil extraction from silkworm waste processing. Based on the results of the research, the possibility of widespread use of this raw material in fishing and the production of mineral fertilizers in the republic was revealed.
Maqola Mazmuni
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 449
Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар
Ipakchilik tarmog‘ida dunyo miqyosida eng ko‘p qo‘llaniladigan ipak qurtlari turi bu tut ipak qurti (Bombyx mori L.), eman ipak qurti (Antheraea pernyi) va eri ipak qurti (Samia cynthia ricina) hisoblanadi. Ipak qurti g‘umbaklari, asosan, ipak ishlab chiqarish sanoatidagi yuqori miqdorga ega ikkilamchi xom ashyo hisoblanadi. Ipak olinib bo‘lingandan keyin, quruq ipak qurti pillasining 60% ni tashkil etadigan ipakdan tozalangan ipak qurti g‘umbaklari ipak sanoatida chiqindi sifatida qaraladi va odatda mahalliy joylarga yoki qishloq xo‘jaligi yеrlarga bio-o‘g‘it sifatida foydalanish uchun qo‘llaniladi [36], shuningdek tovuq, bedana va baliq еmlariga komponent sifatida ishlatiladi. Ochiq joylarga katta miqdorda ipak qurti g‘umbaklarini tashlash, ularning parchalanishi tufayli atrof-muhitga ekologik zarar еtkazishi mumkin [1]. Ammo, oqsil, yog‘ va yog‘ kislotalari (α-linolin kislota) o‘z ichiga olgan bu qimmatli biologik zaxiralardan samarali foydalanish mumkin [2-3]. 200C haroratda saqlangan ipak qurti (Bombyx mori L) g‘umbaklari 1-rasmda keltirilgаn.
1-rasm. 200C haroratda saqlangan ipak qurti (Bombyx mori L) g‘umbaklari Ma’lumki, yiliga Xitoyda 444,234 tonna quruq ipakdan tozalangan tut ipak qurti g‘umbaklari hosil bo‘ladi. Xitoy dunyodagi eng yirik ipak ishlab chiqaruvchi mamlakatga aylangan. Biroq ipakdan tozalangan ipak qurti g‘umbaklarining ko‘p qismi faqat o‘g‘it sifatida ishlatiladi va kichik bir qismi tovuq va baliq еmining tarkibiy qismi sifatida yoki hatto sanoat chiqindisi sifatida qo‘llaniladi. Ipak qurti g‘umbagi tarkibida α-Linolen kislotasi (ALA) mavjud bo‘lib, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida keng qo‘llaniladi. Tozalangan ipak qurti g‘umbaklaridan olingan yog‘ tarkibidagi aralash yog‘ kislotalari (MFAs) ALA ni boyitish uchun xom ashyo sifatida ishlatildi va yog‘ kislotalarini karbamid molekulalari yordamida kompleks hosil qilish orqali ajratib olish va boyitish usuli ishlab chilgan. Bu usul yordamida ALA ning tozaligi 31.87% tayyorlanish jarayoni optimallashtirildi [4-5]. Ipak qurti g‘umbagida oqsil va yog‘ miqdori juda yuqori ekanligi sababli uni turli baliqlarga еm sifatida foydalanish mumkin [6-7]. G‘umbaklarning qo‘llanilishi natijasida baliq og‘irligi sezilarli darajada oshadi. Olib borilgan tadqiqotda g‘umbak va yog‘i ajratib olingan g‘umbaklarda mavjud bo‘lgan minerallar tarkibi o‘rganildi (1-jadval). 1-jadval G‘umbak va yog‘i ajratib olingan g‘umbaklarda tarkibidagi minerallar miqdori Minerallar G‘umbak Yog‘i ajratib olingan g‘umbak Kalsiy (Ca),% 0.65 0.97 Fosfor (P),% 1.22 1.70 Natriy (Na),% 0.30 0.38 Kaliy (K),% 0.80 1.10 Magniy (Mg) (mg/Kg) 0.325 0.465 Temir (Fe) (mg/Kg) 230.00 300.00 Rux (Zn) (mg/Kg) 285.00 371.00
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 450
Точные и гуманитарно-экономические науки
Bombyx mori ipak qurtlari quruq vaznining 55,6% ini tashkil etuvchi yuqori oqsil miqdoriga ega bo‘lib, ular ipak qurti g‘umbaklarida eng ko‘p uchraydigan asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Biologik faol peptidlar - bir nechtadan bir necha o‘nlab aminokislotalarni o‘z ichiga oluvchi peptidlar bo‘lib, turli xil fiziologik funksiyalarga ega. Ushbu g‘umbak oqsillari gidroliz qilinib, turli biologik faol peptidlar hosil qilishi mumkin, bu peptidlar esa o‘z navbatida ipak qurti g‘umbaklarining farmakologik funksiyalarini bajaradi. Oqsillarning aminokislota tarkibi turli ipak qurti g‘umbak turlarida asosan bir xil bo‘lib, hammasi 18 aminokislotalardan iborat (faqat Eri ipak qurti g‘umbaklari bundan mustasno). Ushbu aminokislotalardan sakkiztasi muhim bo‘lib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) tavsiyalariga javob beradi. Bundan tashqari, inson talablariga javob beradigan 10 ta muhim bo‘lmagan aminokislotalar ham mavjud. Tovuq tuxumi bilan solishtirganda, g‘umbaklarda fenilalanin (Phe) va prolin (Pro) miqdori yuqori ekanligi aniqlandi. Turli xil ipak qurti g‘umbaklari oqsillarining aminokislota tarkibi o‘rganilganligi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Ipak qurti g‘umbagining turli navlaridagi oqsil tarkibidagi aminokislotalar miqdori (g/100 g) № Aminokislotalar Bombyx mori Eri ipak qurti g‘umbagi 1 Asparagin (Asp) 9.1 10.9 2 Treonin (Thr) 3.9 5.4 3 Serin (Ser) 3.7 4.7 4 Glutamat (Glu) 9.5 14.9 5 Glitsin (Gly) 3.6 4.6 6 Alanin (Ala) 3.9 5.5 7 Sistein (Cys) 1.4 1.4 8 Valin (Val) 4.7 6.4 9 Metionin (Met) 3.4 4.6 10 Izoleysin (Ile) 3.1 4.5 11 Leysin (Leu) 6.2 8.3 12 Tirozin (Tyr) 5.6 5.4 13 Fenilalanin (Phe) 4.6 5.8 14 Lizin (Lys) 6.1 7.5 15 Histidin (His) 2.7 3.6 16 Arginin (Arg) 4.7 5.1 17 Prolin (Pro) 7.0 4.0 18 Triptofan (Trp) 1.5 0.9 Yuqoridagi tahlillar asosida ipak qurti g‘umbagida nafaqat qimmatbaho yog‘ va oqsil miqdori yuqoriligi sababli farmatsevtika, oziq-ovqat, kosmetika va turli sohalarda qo‘llashdan tashqari qishloq xo‘jaligida samarali o‘g‘it sifatida shuningdek, baliqlar uchun oqsilga boy bo‘lgan kombikorma sifatida foydalanish mumkinligi aniqlandi. Jumladan, erkin aminokislotalarni o‘z ichiga olgan ipak qurti g‘umbaglari yordamida bio-stimulyatorli o‘g‘it olingan, bunda tuproqni yaxshilovchi va barg o‘g‘iti sifatida ishlatiladigan o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi o‘g‘it sifatida, mevalarning sifatini oshirish va kislotalangan tuproqni boyitish uchun erkin aminokislotalarni o‘z ichiga olgan ipak qurti g‘umbagini Ge-elvan bilan aralashtirib hosil qilingan. Kukun, granulalar va suyuqlik shaklidagi o‘g‘it tuproqni yaxshilovchi vosita 10-80% erkin aminokislotalar o‘z ichiga olgan ipak qurti g‘umbagi, 18-88% guruch kepagi, 2% mikroorganizmlarni va 55-65% Ge-kvarts porfirini (umumiy miqdordan kelib chiqib) o‘z ichiga oladigan tarkibga ega. Pilla еtishtirish jarayonida hosil bo‘ladigan ipak qurtining chiqindisidan tayyorlangan bioorganik o‘g‘it o‘simliklarning o‘sishini va kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Ushbu o‘g‘it
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2025 451
Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар
tarkibida 15,0% ipak qurtining chiqindisi, 40,0% kanalizatsiya loyqasi, 20,0% qo‘ziqorin substrati qoldiqlari , 10,0% cho‘chqa va tovuq go‘ngi, 5,0% kraxmal chiqindisi , va 10,0% bentonit mavjud. Ipak qurtining chiqindisi tabiiy organik moddalar bilan boy bo‘lib, fermentatsiya jarayonida hosil bo‘ladigan antibakterial peptidlar keng spektrli samarali sterilizatsiya faoliyatiga ega. Ushbu bioorganik o‘g‘it tuproqdagi azotni bog‘lash orqali azotli o‘g‘itlardan foydalanish miqdorini kamaytiradi va o‘simliklar tomonidan ozuqa moddalarini so‘rilish darajasini oshiradi. Shuningdek, o‘g‘it xlorofill bilan boy bo‘lib, fotosintezni yaxshilaydi va ekin ildiz tizimidagi elementlarni tezda so‘rishiga yordam beradi. Xulosa. Pillachilik sohasida chiqqindi mahsulot hisoblangan, pilla qurti g‘umbagini qayta ishlab yog‘i ajratib olingandan keyingi chiqindidan baliqchilik va mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sohalarida keng foydalanish imkoniyatlari yaratilmoqda
Adabiyotlar (8)
- 1. M.E. Trenkel, Slow-and controlled-release and stabilized fertilizers: an option for enhancing nutrient use efficiency in agriculture, IFA, International fertilizer industry association, 2010.
- 2. T. Zheng, et al., Superabsorbent hydrogels as carriers for the controlled-release of urea: eperiments and a mathematical model describing the release rate, Biosyst. Eng. 102 (1) (2009) 44–50.
- 3. D. Rindt, G. Blouin, J. Getsinger, Sulfur coating on nitrogen fertilizer to reduce dissolution rate, J. Agric. Food Chem. 16 (5) (1968) 773–778.
- 4. Azeem, Babar & ku shaari, ku zilati & Man, Zakaria & Basit, Abdul & Trinh, Thanh. (2014). Review on Materials & Methods to Produce Controlled Release Coated Urea Fertilizer. Journal of Controlled Release. 181. 10.1016/j.jconrel.2014.02.020.
- 5. Shamshod F.F., R.A.Maxmudov., Tut ipak qurti g‘umbagini geksan erituvchisi yordamida ekstraksiyalashdan so‘ng hosil bo‘lgan ikkilamchi xomashyoni SEM (skanerlovchi elektron mikroskop) tahlili , Cборник трудов международной научно-технической конференции 2324 мая 2024 года, Ташкент, Узбекистан. C.293-295 https://doi.org/10.5281/zenodo.11216200
- 6. Махмудов, Рафик Амонович, Фатиллоев Шамшод Файзулла Угли. "Изучение макро и микроэлементного состава отходов, получаемых на предприятиях по переработке шелковичного сырья." Universum: технические науки 6.2 (119) (2024): 46-49.
- 7. Фатиллоев Ш, Махмудов Р. “Эффективное использование куколок тутового шелкопряда.” Development of science, 2024/ 1 volume
- 1.P.8-14 BUXORO VILOYATI HUDUDIDA MAVJUD EKOTURIZM OBYEKTLARINI O‘RGANISH VA TAHLIL QILISH Raxmonov G‘.F. Buxoro davlat texnika universiteti Annotatsiya. Hozirgi vaqtlarda ekoturizm, turizm industriyasining to‘rtdan bir qismini qamrab olgan bo‘lib, o‘sish tendensiyalari bo‘yicha ilgarilab bormoqda. Ta’kidlash lozimki, Buxoro viloyatining cho‘l va tekislik hududlari ekoturistik rayonining suv va ko‘l hududi qismida tabiiy sharoit va iqtisodiy-ijtimoiy omillar qulay bo‘lgan joylarida tabiiy jarayonlar jadalligini va namlik va issiklik darajasini inobatga olgan holda ekoturistik marshrutlarni kengaytirish, yangilarini tashkil etish va ekoturistlarni dam olib, davolanib, sayr-sayohatda bo‘lib, kayfiyatlarini yaxshilashlari imkoniyati mavjud. Kalit so‘zlar: aerosiyomka, botigʻi, “Do‘stlar klubi”, sayyoh, marshrutlar. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2025 452