Asosiy kontentga o'tish
Nashr
6-son
Sahifalar
44–52
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
4 6

Annotatsiyalar

Maqolada qurilish va mashinasozlikda qo‘llaniladigan metal konstruksiyalar: fermalar va ularning turlari, fermalarni komponovkasi, kolonnalar, metall konstruksiyalarining afzalliklari va kamchiligi, shprengelli sistemalar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Maqola Mazmuni

“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий техникавий журнал №6/2025 42 Техника, технология и оборудования Inshoot va konstruksiya to‘g‘risida tushuncha. Mexanika – moddiy jismlarning mexanik harakati va o‘zaro ta’sirlashuvi to‘g‘risidagi fan. Vaziyati va harakati boshqa jismlarning harakatiga bog‘liq bo‘lgan qattiq jismlarning to‘plamiga mexanik sistema deyiladi. Elementlari harakatlanmaydigan mexanik sistemalar muhandislik inshootlari deyiladi. Poydevorlar, yer osti inshootlari, ko‘priklar, binolar, rezervuarlar, temir yo‘llar, issiqlik–gaz ta’minoti qurilmalari, konteynerlar barchasi muhandislik inshootlari deyiladi. Aluminiy qurilma, to‘sinli qurilma, blokli qurilma, osma qurilma, yig‘ma yog‘och qurilma, temir-beton qurilma, sinchli temir-beton qurilma, tosh qurilma, konsol qurilma, yirik blokli qurilma, yirik panelli qurilma, tom qurilmasi, gumbazsimon qurilma, ko‘p qavatli qurilma, yaxlit qurilma, yuk ko‘taruvchi qurilma, tayanch ustuni qurilmasi, yig‘ma qurilma, binokorlik qurilma va h.k.lar muhandislik inshootlarining konstruksiyalarini tashkil etadi. Inshootlar klassifikatsiyasi. Inshoot elementlarinig o‘zaro bog‘lanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: 1. Sharnirli bog‘lanishli inshootlar 2. Bikr bog‘lanishli inshootlar 3. Kombinatsiyali bog‘lanishli inshootlar. v) g) d) ye) j) 1-rasm. Konstruksiyalar: a) tomni yopuvchi ferma;b) kran fermasi; v) rama ko‘rinishidagi fermalar; g) osma ko‘prik d) yuqori egri poyasli fermali ko‘prik; ye) tomni yopuvchi ferma, j) toshli arkadan tayyorlangan ko‘prik. “Развитие науки и технологий” Научно-технический журнал №6/2025 43 Техника, технология ва жиҳозлар Sharnirli bog‘lanishli inshootlarga fermalar misol bo‘lsa, bikr bog‘lanishli inshootlarga ramalar kiradi. Ham sharnirli, ham bikr bog‘lanishli birikmalardan tashkil topgan shprengelli fermalar misol bo‘ladi. Inshoot elementlarining joylashishiga ko‘ra yassi va fazoviy sistemalarga bo‘linadi. Inshoot va unga qo‘yiladigan yuklar bir tekisliklarda bo‘lsa, bunday inshootlar yassi sistemalar deyiladi. Agar inshoot elementlari turli tekisliklarda joylashgan bo‘lsa, u fazoviy sistema deyiladi. Inshootlar tayanch reaksiyalarining yo‘nalishiga ko‘ra havonli va havonsiz sistemalarga bo‘linadi. Vertikal yuklar ta’sirida bo‘lgan inshootlarning chetlarida vertikal va gorizontal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bo‘lsa, u havonli sistema deyiladi. Agarda vertikal yuklar ta’sirida bo‘lgan inshootlarning tayanchlarida faqat vertikal yo‘nalishlarda reaksiyalar hosil bo‘lmasa, unga havonsiz sistema deyiladi. Masalan ko‘p oraliqli balka havonsiz sistemalarga kiradi. Kolonnalar. Yuk konstruksiyani yuqori qismidan fundamentgacha uzatiladigan sterjenli elementlar vertikal joylashgan kolonnani tashkil etadi. Kolonnalar konstruksiyasining yuqori qismlari tayanadigan bosh qismi, yukni yuqoridan pastga uzatadigan asosiy qismi-sterjen, va baza (boshmoq)- (pastki) yukni sterjendan fundamentgacha uzatadigan qismlaridan tashkitl topgan. (2rasm). Agar kolonnalar kesimining og‘irligi markaziga qo‘yilgan bitta bo‘ylama kuchni qabul qilsa, markaziy siqilgan deyiladi. Kolonnalarning sterjenlari o‘zgarmas, o‘zgaruvchan yoki pog’onali kesimli bo‘ladi. Kolonna sterjenining kesimi g‘ovaksiz yoki alohida tarmoqlardan tashkil topgan, raskoslar yoki kalonnalar bilan biriktirilgan g‘ovakli bo‘lishi mumkin. O‘zgarmas kesimli g‘ovaksiz va g‘ovakli sterjenli markaziy siqilishdagi kolonnalar keng qo‘llaniladi. G‘ovaksiz kolonnalar uncha katta bo‘lmagan balandlikda yuqori yuklanish-da, g‘ovakli, aksincha kam yuklanish va katta balanliklarda qo‘llaniladi. 2-rasm. Yaxlit kolonnalar: a) umumiy ko‘rinish; b-d) kesimlarning turlari . G‘ovaksiz kolonnalarning kesimlari eng oddiy kolonna bitta qo‘shtavr prokatidan hosil qilinadi, lekin nisbatan yon tomon bikrligini pishiqligi, ularni tadbiqi uchun minimal bikrlik tekisligida qo‘shimcha bog‘lanishni taqozo qiladi. Tarkibiy qo‘shtavrli kesimlar keng tarqalgan, chunki ular har ikki tekislikda ham bikrligi yetisharli va tayyorlanishi oson. Metall sarfi bo‘yicha trubasimon kesimli kolonnalar samarali, lekin trubalarni kamchiligi ulardan foydalanish kam (2-rasm). Metall konstruksiyalarining afzalliklari va kamchiligi. Afzalliklari: 1) Yuqori yuk ko‘tarish qobiliyati. Metall konstruksiyalarni nisbatan kichik kesimda metallni yuqori mustahkamligi evaziga (o‘lchamlarida) sezilarli katta yukni ko‘tarishi mumkin. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий техникавий журнал №6/2025 44 Техника, технология и оборудования 2) Yuqori ishonchlilik. Metall strukturasini bir jinsli va elastik xossalari evaziga loyihalanayotgan inshootni ishonchliligini ta’minlash uchun metall konstruksiyalarini aniqlik bilan hisoblash mumkin 3) Metallni yuqori mexanik sifatlarida unda katta qo‘llanishlarni hosil bo‘lishiga imkon beradi, va bir xil yuklanishda boshqa metallarga nisbatan metall konstruksiyalar kesimi yengil bo‘ladi. G‘ovakli kolonnalarning kesimlari (3rasm) kolonnaning tarmoqli plankalar va raskoslardan tayyorlanishi mumkin. Kolonna tarmoqlarini raskos bilan birikmasi sterjen bikrligini va yuk ko‘tarish qobiliyatini oshiradi. 3- rasm G‘ovakli kolonnalar birikmalari va kesimlarining turlari 4) Material va birikmalarni bir butunligi, konstruksiyani suv va gaz o‘tkazmasligini ta’minlaydi; 5) Industriallik- inshootlarni montaj qilish va konstruksiyani zavodlarga tayyorlashni ta’minlashga erishiladi. Metall konstruksiyalar ekspluatatsiyasi, qulay va oson, yuk ortishi bilan ularning kesimini kattalashtirish mumkin. Kamchiliklari: 1) Po‘lat konstruksiyalarni korroziyasi, uni kamaytirish uchun alohida tadbir talab etadi. 2) Po‘lat 4000C va aluminiyda 2000C dan ortsa materiallarda surilish boshlanadi. (o‘zgarmas yukda plastik deformatsiya o‘sadi.) Ferma to‘g‘risida tushuncha. To‘g‘ri chiziqli sterjenlardan tashkil topgan geometrik o‘zgarmas konstruksiyaga ferma deyiladi. Fermalar uzun proletlarda monolit (yaxlit) kesimli balkalar o‘rnida qo‘llaniladi. Chunki yaxlit balkalarda, masalan qo‘shtavrli profillarda, qo‘shtavrning devorida normal kuchlanish polkasiga nisbatan kichik bo‘lganligi uchun, ushbu qism materialidan to‘liq foydalanilmaydi va iqtisodiy samara bermaydi. Bunday hollarda yaxlit balka sterjenli sistema – tugunlarga qo‘yilgan to‘planma kuch ta’siridan cho‘zilish yoki siqilishga ishlaydigan elemantli fermalar bilan almashtiriladi. Bu ferma materialidan unumli foydalanishga imkon beradi, chunki normal kuchlanish har bir sterjen kesimida teng bo‘ladi. Fazoviy ramalarni hisoblash bir nechta tekis fermalarni hisoblashga olib kelinadi (5rasm,b). Masalan, rasmda ko‘rsatilgan ko‘prik fermasini vertikal kuch ta’siridan hisoblashda, fermani AVSD va MNFE tekis fermalarni hisoblash bilan almashtiriladi. Agar kuch bitta bo‘lsa fazoviy ferma hisoblanadi. Bunda AMNB va DEFC gorizontal fermalar kuchni bir vertikal fermadan ikkinchisiga uzatadi. Fazoviy fermalarda elementlar tugunlarda parchin mix yoki payvand birikma bilan bikr qilib mahkamlanadi. Lekin, uzellarni bunday bikr birikmasi hisoblashni qiyinlashtiradi. Shuning uchun fazoviy fermalarning barcha elementlari sharaviy sharnilar vositasida biriktirilgan deb qabul qilinadi. Bunday sharnirlarning har biri uchtadan erkinlik darajaga ega, bu sharnir bilan tutashgan element uchta o‘q atrofida aylanishi mumkin.Tekis fermadagi silindrik sharnir bitta aylanishga imkon beradi. Fazoviy fermalar, fazoda joylashgan va sharaviy sharnirlar vositasida o‘zaro biriktirilgan geometrik o‘zgarmas sterjenlar sistemasi. Sterjenlarning uchlarini birlashtiruvchi nuqta tugun deyiladi. Sterjenlari bir tekislikda yotuvchi ferma tekis ferma deyiladi. “Развитие науки и технологий” Научно-технический журнал №6/2025 45 Техника, технология ва жиҳозлар Real fermalarning sterjenlari sharnirlar yordamida emas, balki payvandlab yoki parchin mixlar vositasida biriktiriladi. Shu sababli ferma sterjenlariga bo‘ylama kuchlardan tashqari eguvchi kuchlar ham ta’sir etadi. Fermaga ta’sir qiluvchi kuchlar uning tugunlariga qo‘yilgan bo‘ladi. Tugunlarga qo‘yilgan kuchlardan fermaning sterjenlari faqat cho‘zilishi yoki siqilishi mumkin. Shuning uchun bir xil prolyotli ferma balkadan yengil hisoblanadi. Shunday ferma rasmda ko‘rsatilgan. Tekis fermalarda barcha sterjenlarning o‘qlari bir tekislikda joylashadi. O‘qlari har xil tekislikda joylashgan fermalar fazoviy fermalar deyiladi. 4-rasm a) b) 5- rasm a) Tayanch o‘qlari orasidagi masofa prolyot deyiladi, tashqi konturda sterjenlar joylashsa, poyasni tashkil etadi; poyaslarni birlashtiruvchi vertikal sterjenlar stoyka (ustun) deyiladi; poyaslarni birlashtiruvchi qiya sterjenlar havon (raskos) deyiladi. Ferma poyasining o‘zaro qo‘shni uzellari orasidagi masofa panel deyiladi. 6 - rasm. fermalarni elementlari, turlari: a) elementlari, b) stropila fermalari; v) arkasimon ferma; g) kran fermasi. a) Fermalar beshta belgilarga asosan turlanadi: 1.Tashqi konturni shakliga ko‘ra; 2.Reshetka ( panjara) turiga ko‘ra; 3.Fermani tayanishiga ko‘ra; 4.Fermani vazifasiga ko‘ra; 5.Yurish darajasiga ko‘ra Fermalar qanday inshootda qo‘llanishiga qarab turlicha nom bilan ataladi. Masalan, ko‘prik qurilishida foydalaniladigan ko‘prik fermalari (7-rasm), inshootlarning tomini ushlab turadigan stropila fermalari, ko‘tarish qurilmalarida foydalaniladigan kran fermalari. b) “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий техникавий журнал №6/2025 46 Техника, технология и оборудования Odatda, ko‘prik va stropila fermalari bir tomondan qo‘zg‘almas, ikkinchi tomondan qo‘zg‘aluvchan tayanchlarga o‘rnatiladi. Kran fermalar tayanch podshipnikka (podpyatnikka) tayanishi va silindrik sharnirlar vositasida ushlab turilishi mumkin. Ferma sterjenlariga faqat bo‘ylama (cho‘zuvchi yoki siquvchi) kuchlar ta’sir etadi. 7-rasm Fermalar xarakteristikasi, klassifikatsiyasi, komponovkasi va elementlarining kesimlari. Fermalar raskoslar va ustunlar panjaralar orqali biriktirilgan yuqori va pastki poyaslardan tashkil topgan. Panjara uzellari orasidagi masofa panel deyiladi, tayanchlar orasidagi masofalar prolet deyiladi. Fermalarni turlari: Vazifasi bo‘yicha – ko‘priklar fermasi, stropila qoplamasi, transport estakadasi, yuk ko‘taruvchi kranlar va h.k.. - poyaslar shakli bo‘yicha – parallel poyasli, arkali va uchburchak. Poyasni shakli fermani vazifasi va inshootni konstruktiv sxemasiga bog‘lik. -panjara sistemasi bo‘yicha – uchburchak panjarali fermalar, uchburchak qo‘shimcha panjara ustun bilan, raskosli fermalar, shprengel panjarali va maxsus panjarali: ayqashli, rombli, yarim raskosli fermalar mavjud. Panjara sistemasida fermaga yukni quyilishi sxemasi va maxsus talablarga bog‘lik. Uchburchak panjara eng oddiysi. Qo‘shimcha stoykalar o‘rnatilishi uchun, ular o‘rnatiladigan nuqtalarga to‘planma kuch qo‘yilsa yoki yuqori, siqiladigan sterjen poyas panelining uzunligi kamaytirilsa. Raskosli reshetkalar xususiyati shundaki, barcha raskoslar bir xil ishorali kuchga ega, stoykalarga esa qarama-qarshi, shprengelli reshetka ayrim hollarda yuqori poyasga to‘planma kuch qo‘yilsa tadbik etiladi. Krestli raskoslar ingichka elementlardan loyihalanadi, faqat cho‘zuvchi kuchlarni qabul qiladi, siquvchi kuchlarda ishlamaydi. Shuning uchun krestli reshetkalar statik aniq sistema bo‘ladi. 8-rasm. Fermaning elementlari Fermalarni komponovkasi. Fermalar komonovkasining vazifasi turli talablarni e’tiborga olib uning ratsional sxemasini aniqlash: metall sarfi bo‘yicha iqtisodiy samara, tayyorlash va transportirovka qulayligi va h.k. belgilaydi. Fermaning massasi uning balandligini proletga nisbatiga bog‘lik. Fermaning poyaslaridagi kuchlar eguvchi moment ta’sirida hosil bo‘ladi, reshetkada esa ko‘ndalang kuch ta’siridan. Fermaning balandligi kattalashsa poyaslardagi kuchlar va massa kamayadi, lekin reshetkaning uzunligi ortadi. Kam massali fermalarda balandligini proletta nisbatini nazariy qiymati ℎ𝑜𝑝𝑡 𝑙 = 4 ⋯ 1 6 . Fermalarni temir yo‘lda transportirovka qilish uchun balandligi 3900 mm.dan katta bo‘lmasligi lozim. Balandligi 3900 mm kattalikdagi fermalar montaj joyida yig‘ilishi kerak, bunda qurilish murrakablashadi va qimmatlashadi. Og‘ir fermalarda nisbat 1 7 ⋯ 1 10 fermani proleti 36-42 m, balandligi 3900 mm, raskosni qiyalik burchagi 33-550 qabul qilinishi mumkin. “Развитие науки и технологий” Научно-технический журнал №6/2025 47 Техника, технология ва жиҳозлар Ferma sterjenlarining kesimi (12-rasm). Prolěti 36-42 mm. gacha va undan katta bo‘lmagan bo‘ylama kuch (5000 kn. gacha) yengil fermalarning elementlari juft burchaklardan tayyorlanadi. Teng burchakli yoki burchakli bo‘lmagan kesimlarni kombinatsiyasida birikmasida teng ustuvorli bo‘ylama kuchni qabul qiladigan konstruksiya hosil bo‘ladi. Sterjenlar tugunlari ochiq fasonli choklar bilan biriktiriladi. Qaytarib hosil qilingan profilni ferma elementlari burchakli fermalardan 10-15% yengil. Kesimi truba bo‘lgan elementli fermalar ratsional shaklli hisoblanadi. Ularda metall sarfi kam, korroziyaga qarshiligi yaxshi. Truba defitsit bo‘lganligi uchun truba kesimi elementlardan tashkil topgan fermalar ishlab chiqarish kam. 9 – rasm. Ferma sterjeni kesimlari-ning turlari: a) burchak prokatli b) qayrilgan profillarda;v) trubadan Og‘ir fermalar sterjendagi kuchlar 5000 kN dan yuqori bo‘lganda payvandlangan tarkibli qo‘shtavrlardan tayyorlanadi. Elementlarini turli markali po‘latlardan tayyorlanadigan ferma konstruksiyalari ratsional hisoblanadi. O‘ta ko‘p yuklanadigan (poyaslar, tayanch raskoslari) elementlar o‘ta mustahkam po‘latdan tayyorlanadi 10-rasm. Stropila fermalarining sxemalari kam yuklangan elementlar (panjaralar) oddiy uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. Alyuminiy qotishmali fermalar qayrilgan listlarni presslab hosil qilinadi. Stropila fermalarining sxemalari. Inshootlarni qoplamasi sifatida ishlatiladigan fermalarining sxemalari turlicha bo‘lishi mumkin. 11-rasm. Progonlar bo‘yicha qoplama sxemasi Progonsiz qoplama sxemasi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий техникавий журнал №6/2025 48 Техника, технология и оборудования Fermalarni o‘rnatish qiyaligi krovlyaning konstruksiyasiga bog‘liq. Asbest sementli to‘lqinsimon krovlya, po‘lat yoki aluminiy listlarining orasidan suv o‘tmasligi uchun metall krovlyalarda 1/7 dan kichik bo‘lmagan va asbest sement krovlya uchun 1∕4 qiyalik o‘rnatiladi. Rulonli yoki pulot payvandlangan krovlyalar (δ = 3....4 mm) uchun qiyalik 1/8 ... 1/12 dan kichik bo‘lishi mumkin. Qiyalik 1.5% rulonli qoplama yupqa bitum mastikali krovli keng tarqalgan. Ferma panjarasining turi qoplama konstruksiyasi va pastki poyasga (potolok, kommunikatsiya, osma transport) qo‘yiladigan yukga bog‘lik tanlanadi. Ferma panelining o‘lchovi 3 m.ga solishtiriladi. Qoplama konstruksiyalarida ikkita konstruktiv qaror keng tarqalgan: bo‘ylama progonlar va ularsiz. Birinchi holatda stropila fermasi bo‘yicha 1,5 yoki 3 m qadam bilan kichik o‘lchamli krovlya plitalari tayanadigan yengil yetakchi elementlar, progonlar o‘rnatiladi. Ikkinchi holatda fermalarning to‘g‘ridan - to‘g‘ri progon va plita funksiyasini ham bajaradigan katta o‘lchamli plitalar yoki panellar o‘rnatiladi. Progon po‘lat shveller yoki qo‘shtavr balkalar oddiy progonlar hisoblanadi (stropila fermalarining qadami 6m). Progonlar ferma yuqori poyasining uzellariga o‘rnatiladi. Isitilmaydigan binolarda progonlarga qoplama sifatida kichik o‘lchamli asfalt bilan tekislangan qatlamli temirbeton plitalar va ruberoid kuchaytirilgan profillarda to‘lqinsimon asbest sement listlar ishlatiladi. Isitiladigan krovellarda krovlya elementi sifatida progonlarga po‘lat profilli nastil, asbestsementli plitalar ko‘llaniladi. Po‘latdan profilli nastillar qalinligi δ =0.8; 0.9; 1,0 mm, eni 680, 711, 782 mm balandligi h = 40,60,88 mm va uzunligi 12 m bo‘lgan ko‘rg‘oshinli po‘latdan tayyorlanadi. Profilli listlar progonda 3 m.dan o‘rnatiladi. Listlar progonga diametri 6 mm bo‘lgan boltlar bilan biriktiriladi. Uzunligi bo‘ylab listlar har 300 dan d=5mm parchin mixlar bilan biriktiriladi. Profilli nastilning og‘irligi 0,1-0,15 kH/M². To‘liq (tekis, yaxlit) progonlar. Qiya krovlyada joylashgan progonlar tekislikda egilishga ishlaydi. Vertikal yuk q ikkita tashkil qiluvchiga ajratiladi: progonni katta bikrlik tekisligida qX va qiya qU ga. Krovlyani qiyalik burchagi uncha katta bo‘lmasa ham, qU ta’siridagi kuchlanish sezilarli katta bo‘ladi. qU ta’siridan eguvchi momentni kamaytirish mumkin. Buning uchun qiyalik tekisligida progonni hisobiy prolyotini tyajalar o‘rnatish usuli bilan kamaytirish Tyaja progon tik o‘rnatilgan bruslar. Agar, krovlya nastillari progonlarga bikr mahkamlansa (po‘lat list progonga payvandlanadi) tortqich o‘rnatishga ehtiyoj bo‘lmaydi, progon faqat qX kuch ta’siriga hisoblanadi. Progonlarni salqligi faqat katta bikrlik teksligida tekshiriladi, u prolyotni 1 /200 dan ortmasligi kerak. Ferma qadami 12 m .da to‘liq progonlar po‘lat sarfini har 1 m2 ko‘paytiradi. Unda g‘ovakli progonlar qo‘llaniladi. Ushbu progonlarda yuqori poyas ikkita shvellar prokatdan yoki qayrilgan shvellerdan polkalari tashqari tomonda 80 mm. oralik masofada tayyorlanadi. Shprengelli sistemalar. Ferma sterjenlaridagi kuchlarni momentli nuqta usulida aniqlash uchun 𝑁= ∓ 𝑀 2 formuladan foydalanamiz. Bu yerda: 𝑀 – chap va o‘ng tomondagi kuchlar sistemasini momentli nuqtaga nisbatan momenti; 𝑟 – momentli nuqtaga nisbatan 𝑁 kuchni yelkasi. Formuladan ko‘rinishicha 𝑟 yelka kattalashsa 𝑁 kuch kichiklashadi. Fermaning balandligi ortsa 𝑟 yelka ham kattalashadi, natijada 𝑁 kuch kichiklashadi. Konstruktiv mulohazalar bo‘yicha ferma havonlarini ustunlar va belbog‘larga taxminan 450 qiyalikda joylashtirish mumkin. Bunda ferma balandligini kattalashtirish panel uzunligini ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu shart asosida, parallel belbog‘li fermalar paneli taxminan ferma balandligiga teng (12-rasm) Katta panellar ko‘prik yo‘lakcha massasini ortishiga olib keladi. Ferma balandligini oshirish har bir panelga fermani asosiy uzellariga tayanadigan ikki tayanchli fermachalarni–shprengellarni kiritish usuli bilan ratsional yechimga ega bo‘lish mumkin. Bunday fermalarni sterjenlari berilgan prolyot chegarasida mahalliy yuk ta’sirida ishlaydi. “Развитие науки и технологий” Научно-технический журнал №6/2025 49 Техника, технология ва жиҳозлар Shprengellar ko‘ndalang balkalarni fermaning faqat asosiy uzellarida emas, balki yordamchi uzellarda ham o‘rnatilishi mumkin. Shprengellarni qo‘llanishi ko‘prik yo‘lakchasida panel uzunligi ortishi bilan massasini kamaytiradi, ferma balandligini kattalashishi evaziga belbog‘lardagi kuchlarni kamaytiradi. Shprengellarni o‘rnatishni turli variantlari mavjud, masalan, 13- rasmda bir yarusli va ikki yarusli shprengelli fermalar ko‘rsatilgan. Shprengelga ta’sir qiladigan mahalliy vertikal kuchlar fermani shprengellarga tayanch hisoblanadigan asosiy uzellarga vertikal holatda uzatiladi. 12-rasm a) b) 13- rasm. Shprengelli fermalar a) bir yarusli shpregelli b) ikki yarusli shprengelli Bir yarusli shprengelli fermalar yuqori uzellarga qo‘yilgan mahalliy vertikal yukni asosiy yuqori uzelga vertikal holatda uzatadi, ikki yarusli shprengelli fermalar yuqori uzellarga qo‘yilgan mahalliy vertikal yukni asosiy pastki uzelga vertikal holatda uzatadi 14- rasm. Shprengellarni turlari va hisoblash sxemalari Shprengelli fermalarning elementlari to‘rt turkumga bo‘linadi: 1) fakat asosiy fermaga tegishli bo‘lgan elementlar. Bu elementlardagi zo‘riqishlar asosiy ferma hisobidan topiladi; ferma tarkibiga shprengellarning qo‘shilishi mazkur elementlardagi zo‘riqishlarga ta’sir etmaydi; 2) fakat shprengellarga, ya’ni qo‘shimcha fermachalarga tegishli bo‘lgan elementlar. Bu elementlardagi zo‘riqishlar shprengellarning alohida hisobidan topiladi; 3) bir vaqtning o‘zida ham asosiy fermaga, ham shprengelga tegishli bo‘lgan elementlar. Bunday elementdagi zo‘riqish ikki xil zo‘riqishning yig‘indisi sifatida aniqlanadi; bulardan biri asosiy ferma elementining zo‘riqishi; ikkinchisi esa shprengelli elementning zo‘riqishidir;. 4) asosiy fermaning shunday elementlariki, qo‘zg‘aluvchan yukning harakat sathiga ko‘ra, ya’ni yukning ostki yoki ustki tasmadan harakatlanishiga qarab elementdagi zo‘riqishning ta’sir chiziqlari turlicha bo‘ladi. Adabiyotlar 1. N.S.Bibutov, A.X.Hojiyev Z.I Boltaev Qurilish mexanikasi Buxoro, Durdona, 2024. 376 b 2. Дарков А.В., Шапошников Н.Н. Строительная механика. Москва Высшая, 1986. -607 с 3. K.S.Abdurashidov, B.A.Xobilov, N.J.To‘ ychiev, A.G.Raximboyev Qurilish mexanikasi .”O‘ zbekiston” nashriyoti, Toshkent, 1999 yil,382 bet 4. Саидий С.А. Қурилиш механикаси. Дарслик. –Тошкент. “Фан ва технологиялар”, 2019, 272 б 5. А.А.Васильев Металлические конструкции. Москва. Стройиздат. 1979 г. 471 с “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий техникавий журнал №6/2025 50