Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Olcha danagining fizik xossalarini tadqiq qilish

SHARIPOV N.Z.

Nashr
1-son
Sahifalar
209–212
Nashr etildi
01.02.2025
Ko'rishlar
1 7

Annotatsiyalar

Ushbu maqolada mahalliy sharoitda yetishtirilgan olchaning “Lyubskaya 15” va “Shpanka chyornaya” navlari danaklarini fizik xossalari tadqiq qilindi. Olcha danagini navlari bo‘yicha mevadagi ulushi aniqlangan. Danakning o‘lchami hamda boshlang‘ich namligi o‘lchashlar natijasida asoslangan. Tadqiqotlar natijasida olcha danagi mag‘zini umumiy massadagi ulushi aniqlanib hamda po‘stloq qalinligi aniqlangan.

Maqola Mazmuni

Kirish. Olcha (Cerasus) — raʼnodoshlar oilasiga mansub barg toʻkuvchi daraxtlar turkumi; mevali daraxt bo‘lib uning 150 ga yaqin turi bor. Asosan olcha Osiyoda, shu jumladan, Oʻrta Osiyo va Kavkazda 25 ga yaqin turi o‘sadi. Madaniy turlaridan oddiy olcha. (Cerasus vulgaris) koʻp tarqalgan. Olcha daraxti Markaziy va Janubiy Yevropada, Shimoliy Afrika, Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerikada ekiladi. Oʻzbekistonda olchaning Lyubskaya 15, Shpanka chyornaya, mahaleb olchasi yoki kamxastak (Cerasus mahaleb), qizilmevali olcha yoki chiya (toshchiya) (S. erythrocarpa Neski.) mahalliylashgan navlari bog‘larda, yovvoyi turlari adir va togʻ yon bagʻirlarida uchraydi [1]. Respublikamiz meva, uzum va poliz mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallaydi va hozirgi vaqtda bu mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2019-yil 29 iyuldagi PQ-4406-son «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida» gi qaroriga asosan meva sabzavotlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha bir qator ilmiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda [2]. Ilmiy adabiyotlarda meva danaklarni qayta ishlash va moy olishga tayyorlash bo‘yicha turli texnika va texnologiyalar, shuningdek, maydalash va po‘stlog‘idan ajratish usullari va qurilmalari haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. Ammo, bu qurilmalarni katta energiya va resurslar iste’mol qilishi bugungi kunning talabini qondirmaydi. Shuning uchun meva danaklarni maydalash va po‘stlog‘ini ajaratish uchun yangi energiya resurs tejamkor qurilmalarni ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega. Material va usullar. Ushbu maqolada respublikamiz hududida 2024 yilda yetishtirilgan “Lyubskaya 15” va “Shpanka chyornaya” navlari danaklarini fizik xossalari tadqiq qilish uchun tanlab olingan. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 207 Технологии пищевой промышленности Ma’lumki meva danaklaridan olinadigan moylar asosan farmasevtika va parfyumeriya hamda oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. O‘tkazilgan nazariy tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki olcha moyini xususiyati bodom moyi xusuyatlarini o‘xshash, olcha moyi ham farmasevtika va parfyumeriyada foydalanish mumkin. Danaklar mag‘zini yog‘liligini tahlil qilib, quyidagi jadvalda keltirildi. 1-jadval Ba’zi meva danaklarini mag‘zlarini moylilik darajasini Mevalar danaklari nomlari Danak mag‘zining moyliligi, % O‘rik danagi 20-33 Shaftoli danagi 21-25 Olxo‘ri danagi 38-50 Olcha danagi 28 gacha Olcha danagi mag‘zining 28 % moylilikni inobatga olsak bu meva danagini qayta ishlash ancha dolzarbligini belgilaydi [3]. Ko‘pgina adabiyotlarda olcha danagi moyi xususiyatlari achchiq bodom moyiga o‘xshashligi ta’kidlab o‘tilgan. Meva danaklaridan olinadigan moylarning fizik-kimyoviy xossalarini tahlil qilindi. Tahlillardan o‘rganilgan natijalar quydagi jadvalga keltirildi. 2-jadval Meva danaklari moylarini fizik-kimyoviy ko‘rsatgichlari Moyning nomi 20 oS dagi zichligi, g/sm3 Kislotalar soni, mg KON Yod soni, (Ganusu shkala bo‘yicha), %, J2 Sovunlanish soni, mg KON Rang sindirish ko‘rsatgichi Olxo‘ri moyi 5,05 109,50 190,7 1,4636 0,9188 O‘rik moyi 1,21 113,8 195,5 1,4727 0,9141 Olcha moyi 2,5 124,3 195,6 1,4749 0,919 Shaftoli moy 0,73 110,7 191,9 1,4719 0,9192 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki olcha moyining kislotalar soni 2,5 bu ko‘rsatgichi bo‘yicha olxo‘riga nisbatan ancha past hisoblanadi. Bundan tashqari meva danaklarini qanchalik past temperaturada quritish xomashyodan olinadigan moyning kislotalar sonini past bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yod soni bo‘yicha eng yuqori moylardan hisoblanadi. Sovunlanishlar soni meva moylari bilan bir xil hisoblanadi. 3-jadval Meva danaklari moylarini yog‘ kislotalar ko‘rsatgichlari Yog‘ kislotalarini nomlanishi Olxo‘ri moyi O‘rik moyi Olcha moyi Shaftoli moyi Kapril - - 0,74 0,31 Kaprik - 0,48 0,49 0,23 Tridekan - - 0,24 - Mistik - - 0,46 0,19 Palmitik 6,86 6,33 3,59 8,64 Palmitoleik 1,57 1,27 1,57 1,16 Geksadekadien - - 1,21 - Stearik 1,48 1,79 1,9 2,1 Olein 62,18 66,93 43,78 61,14 Lenolik 27,91 23,3 41,09 26,16 Lenolenik - - 1,64 - “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 208 Озиқ-овқат саноати технологиялари Yuqoridagi jadvallardan ko‘rinib turibdigi olcha moyi fizik-kimyoviy xususiyatlari boshqa mevalar danaklaridan olingan moylar bilan deyarli bir xildir. Natijalar. Olcha danagi fizik xossalarini tadqiq qilishni mevasining massasini o‘lchab, undagi danakning ulushini aniqlash bilan boshladik. Olcha mevasini va uning danagini massasini TCB 602 markali elektron tajriba tarozisida amalga oshirildi. Ushbu elektron tajriba tarozisini texnik ko‘rsatgichlari quydagicha: Eng yuqori o‘lchash chegarasi 600 gr, eng kichik o‘lchash chegarasi 0,001 gr, o‘lchash xatoligi 0,001 gr, natijani ekranga chiqarish vaqti 2 sekunddan kam. 4-jadval Olcha mevasi va danagining massasi Olcha mevasi navlari Bir dona nam danak massasi, gr Lyubskaya 15 303,10 3,03 29,74 0,3 Shpanka chyornaya 100 ta mevasining massasi, gr Bir dona mevaning massasi, gr 100 ta nam danak massasi, gr 503,64 5,03 35,66 0,35 Olcha moyi ishlab chiqarishda urug‘larni chaqish va chaqilmalarni ajratish jarayoni muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Danaklarni chaqish jarayoniga ta’sir etadigan asosiy omillardan biri xomashyoning namligi hisoblanadi. Namlikning yuqori bo‘lishi danakni deformatsiyalanishini orttiradi bu o‘z navbatida chaqish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [5,6,7]. Nazariy tadqiqotlar natijasida meva danaklarini chaqish uchun ular namligi 10-12 % oraliqda bo‘lishi zarur. Shuni inobatga olib olcha danagini namligi aniqlandi. Olcha mevasini namligini Sartorius MA35 MA35M-000230V1 mahsulotlarni namligini aniqlash qurilmasida amalga oshirildi. Ushbu tajriba qurilmasi 40-160 oS issiqlik berish orqali namlikni aniqlaydi. Namlikni 1-100 % gacha oraliqda 0,1% aniqlikda o‘lchaydi. Olingan natijalarga ko‘ra olcha danagini namligi Lyubskaya 15 navining boshlang‘ich namligi 35-40 %, Shpanka chyornaya navining boshlang‘ich namligi 33-36 % ni tashkil etishi aniqlandi. Olcha danagini chaqish uchun danakning o‘lchami muhim katta olcha danagining shakli sharsimon bo‘lgani uchun uning diemetri aniqlanadi. Shunga ko‘ra Lyubskaya 15 navli olcha danagi diametrining o‘lchami 2,5-5 mm, Shpanka chyornaya navining diametrini o‘lchami 3,5-6,5 mm ni tashkil etadi [8]. Ushbu o‘lchamlar bo‘yicha yirik, o‘rta, katta sinflarga ajratib har bir sinfni umumiy massadagi ulushi aniqlandi [9,10]. 5-jadval Olcha danagining o‘lchami bo‘yicha sinflarga ajratilgan tarkibi Olcha mevasi navlari O‘rta, o‘lchami 3-4 mm Kichik, o‘lchami 3 mm dan kichik Massasi, gr hamda umummiy massadagi ulushi Lyubskaya 15 29,74 gr-100% 20,9 gr -71% 5,9 gr -20% 2,94 gr -9% 100 ta mevasining massasi, gr 100 ta mevasining massasi, gr Yirik, o‘lchami 4-5 mm O‘rta, o‘lchami 4,5-5,5 mm Kichik, o‘lchami 3,5-4,5 mm dan kichik Shpanka chyornaya Yirik, o‘lchami 5,5-6,5 mm 35,66 25,6 gr- 72% 6,4 gr – 18% 3,66 gr -10% “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 209 Технологии пищевой промышленности 6-jadval Olcha danagini mag‘zining ulushi. Olcha mevasi navlari Quritilgan danakning umumiy massasiga nisbatan mag‘zning ulushi,% Bir dona mag‘z massasi, gr Lyubskaya 15 22,6 8,30 37 0,08 Shpanka chyornaya Quritilgan 100 ta danakning massasi, gr 100 dona mag‘zning massasi, gr 31,2 7,9 25 0,07 “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 210