Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Sintez qilib olingan 1-(defenilamino)butanon-2 ning xromato-mass spektri tahlili

JO'RAYEVA D.SH., JUMAYEV J.H., ATOYEV E.X.

Выпуск
6-son
Страницы
83–86
Опубликовано
12.12.2025
Просмотры
0 4

Аннотации

Содержание статьи

Kirish. Xromato-mass spektri sintez qilib olingan moddalarni sifat jihatdan aniqlashga muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda ushbu usulda ko‘plab tadqiqotlarda qo‘llanilib kelinmoqda. Lipofil birikmalar yovvoyi sabzi urug‘larining o‘simlik namunalari yordamida, 1:6 nisbatda etil asetat bilan ekstraksiya qilingan holda, xromato-mass-spektrometriya usuli bilan tadqiq qilingan [1]. Boshqa tadqiqotlarda [2] mass-spektrometriya yordamida oddiy qoʻziqorinning tarkibini tahlil qilingan. Natijada oddiy zamburugʻda mavjud boʻlgan birikmalarni ajratib olish va miqdoriy aniqlangan. Xromatograf-mass-spektrometriya tahlili asosida, morfolinning vinil atsetatga nukleofil birikishi natijasida (2S)-1-morfolin-4-ilbutan-2-olning ikkilamchi mahsulot sifatida hosil bo‘lishi aniqlangan [3]. Boshqa tadqiqotda yangi sintez qilingan korroziya ingibitorining asosi bo‘lgan ftal angidridning divinilatsetilen hosilasining xromato-mass-spektri tahlil qilingan [4]. Bundan tashqari vinilatsetilen asosida yangi birikmalar sintezlari ham amalga oshirilmoqda. Vinilatsetileni morfolin “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 81 Химия и химические технологии bilan birikish reaksiyalari [5], ftal kislota bilan [6], fenollar bilan [7], va diefinilamin bilan [8] tadqiqotlar olib borilmoqda bu uning hosilalarini turli maqsadlarda qo‘llab ko‘rish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi. 1-(defenilamino)butanon-2ning xromato-mass spektrini tahlil qilish. Tadqiqot natijalari va muhokamalar. Xromatomass spektr tahlili- Xromato-mass spekrtlar standart HP-5MS markali kolonkada suyuq fazada, nazorat parametrlari 0-320 °C oralig‘ida, boshlang‘ich harorat 50 °C dan 120 °C gacha bo‘lgan “Agilent MSD 5975C-GC7890A” xromatomass-spektrometrlarda olindi. Sintez qilingan 1-(defenilamino)butanon-2 xromato-mass-spektrida uning molekulyar massasiga va parchalanishidan hosil bo‘ladigan bo‘lakli ionlarning massasiga mos keladigan ionlarning hosil bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari. Oldingi tadqiqotlarimiz [8] asosida olingan mahsulotga xona sharoitida 1-(difenilamin)butin-2 hosil bo‘lishi IQ spektroskopiya usuli yordamida aniqlangan edi. Olingan mahsulot simob tuzlari ishtirokida barqaror bo‘lgan 1-(defenilamino)butanon-2ga o‘tadi. Reaksiya tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin. Sintez qilib olingan 1-(difenilamino)butanon-2ning xromato-mass spektri tahlili asosida uning pachalanishida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ionlarga qarab xulosa chiqariladi (1-rasm). 1-rasm. 1-(defenilamino)butanon-2ning xromato-mass spektri Bunda 1-(difenilamino)butanon-2ning molekulyar massasiga mos holda molekulyar ion cho‘qqisi 239.0 ga teng bo‘ldi. Quyida boshlang‘ich 1-(difenilamino)butanon-2 molekulyar ionidan hosil bo‘lgan bo‘lakli ionlarning hosil bo‘lish sxemasi va jadvali (1-jadval) keltirilgan. 1-jadval 1-(difenilamino)butanon-2ning xromato-mass spektrometriga kritilganda hosil bo‘lgan ionlarning nisbiy massalari va intensivligi m/e Ionlar Nisbiy intensivlik,% 40 C2H2N+ 53,7 79 C5H5N+ 80,2 117 C8H7N+ 98,0 239 C16H17NO+ 43,8 “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 82 Кимё ва кимёвий технологиялар 1-(difenilamino)butanon-2ning xromato-mass spektrometriga kiritilgandan keyin, tanlangan sharoitda 3.152 dan 3.152 minut oralig‘ida m/z 239.0 bo‘lgan 1-(difenilamino)butanon-2 molekulyar ioni hosil bo‘ldi. Bundan tashqari spektrda massasi m/z 239, m/z 117, m/z 79, m/z 40 bo‘lgan bo‘lakli ionlarning hosil bo‘lishi aniqlandi. 1-(difenilamino)butanon-2 ionidan 3.152 minutda bir paytda ikkita radikalining ajralib chiqishi natijasida m/z 117 ionining ajralishi namoyon bo‘ldi. Bu cho‘qqi m/z 117 bo‘lgan C8H7N+ ioniga mos keladi va bu bog‘ energiyalariga ham mos keladi. C8H7N+ ionidan C6H5 * va O* radikalining ajralib chiqishi hisobiga m/z 79 ionining ajralishi namoyon bo‘ladi. Bu cho‘qqi m/z 79 bo‘lgan C5H5N+ ioniga mos keladi. Bundan tashqari birga C5H5N+ ionining parchalanishidan [C2H2 * va O*] radikalining ajralib chiqishidan m/z 40 bo‘lgan bo‘lakli ionning hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Bu cho‘qqi massasi m/z 40 bo‘lgan C2H2N+ ioniga mos keladi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 83 Химия и химические технологии Xulosa. Olingan analitik natijalar va aniqlangan fragment ionlarining massasi ko‘plab ilmiy manbalar bilan solishtirilganda, hosil bo‘lgan mahsulotning (1-(difenilamino)butanon-2 ekanligi tasdiqlandi [9]. Shuningdek, 1-(difenilamino)butanon-2ning hosildorligini oshirish (1- (difenilamino)butanon-2 miqdorini kamaytirish orqali mumkinligi aniqlanmoqda. Yakuniy tahlil natijalariga ko‘ra, sintez qilingan moddaning massa spektri asosida uning identifikatsiyasi yana bir bor ishonchli tarzda tasdiqlandi. Olingan xromatomassa spektri hamda sintez jarayonida olib borilgan tadqiqotlar reaksiya mahsuloti sifatida (1-(difenilamino)butanon-2 hosil bo‘lganini ko‘rsatadi. Unga tegishli fragment ionlari yordamida moddaning tuzilishi aniqlanib, xromatomassa spektri asosida tahlil qilindi. Mazkur birikma o‘z tarkibida difenilamin va karbonil guruhlarni saqlaganligi sababli, ingibitorlar sifatida tadqiqotlar o‘tkazish mumkin

Литература (10)

  1. 1. Gorlachova V. et al. Chromato-mass-spectrometry identification of lipophilic compounds in plant extract //The Pharma Innovation. – 2015. – Т. 3. – №. 11, Part B. – С. 72.
  2. 2. Sapaev B. et al. Chromato-mass-spectrometry of the analysis of the sum of the common mushrooms //BIO Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 65. – С. 01006.
  3. 3. Jabbor J. Chromato-mass spectrum analysis of (2s)-1-morpholin-4-yl butan-2-ol //Universum: технические науки. – 2025. – Т. 11. – №. 5 (134). – С. 51-54.
  4. 4. Zukhriddin R., Sadullo K. Chromatomatic mass analysis of divinylacetylene derivative of phthalic anhydride //Universum: технические науки. – 2023. – №. 5-8 (110). – С. 30-33.
  5. 5. Жумаев Ж. Х., Ахмедов В. Н. Механизм повышение активности катализатора в процессе алленлизации мофолина винилацетиленом //Universum: химия и биология. – 2022. – №. 32 (93). – С. 24-27.
  6. 6. Zuhriddin R. et al. Mechanisms of eterification of tereftalic acid with etylenglycol //Universum: технические науки. – 2022. – №. 5-11 (98). – С. 63-67.
  7. 7. Назаров Ш. и др. Синтез мономеров при участии винилацетилена из одноатомных фенолов содержащих ариловую группу //Universum: химия и биология. – 2020. – №. 11-2 (77). – С. 11-15.
  8. 8. Atoev E., Jumaev J., Juraeva D. Influence of solvent on the reaction of vinyl acetyl with diphenyla-mine //Universum: химия и биология. – 2024. – Т. 2. – №. 7 (121). – С. 9-12.
  9. 9. Anderson R. J., Bendell D. J., Groundwater P. W. Organic spectroscopic analysis. – Royal Society of Chemistry, 2004. – Т.
  10. 22. Jo‘rayeva Dilsora Shodmonovna - Buxoro davlat texnika universiteti tayanch doktoranti., Tel:(+99897)300-62-16 Jumayev Jabbor Hamroqulovich- Buxoro davlat texnika universiteti. “Kimyo texnologiyasi” kafedrasi dotsenti,.Tel.:(+99890)299-29-95. E-mail:jabbor.jumayev@mail.ru Atoyev Extiyor Xudoyorovich- Buxoro davlat texnika universiteti. “Kimyo texnologiyasi” kafedrasi dotsenti,.Tel.:(+99891)411-87-96. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 84