Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Zamonaviy maxsus ish kiyimlari uchun innovatsion matolarning xususiyatlari va qo’llanilishi

GAYBULLAYEVA N.Z.

Nashr
6-son
Sahifalar
287–293
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
1 5

Annotatsiyalar

Mazkur ilmiy ishlarda zamonaviy maxsus ish kiyimlari uchun qo‘llanilayotgan innovatsion matolarning asosiy xususiyatlari, ularning tuzilishi, fizik-mexanik va funksional xususiyatlari hamda sohalar bo‘yicha qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Innovatsion matolar sifatida namlanishga chidamli, nafas oladigan, yong‘inga chidamli, antibakterial, antistatik va yuqori mustahkamlikka ega to‘qimachilik materiallari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mazkur matolarning ishchi kuchining xavfsizligini ta’minlash, ish jarayonida qulaylik yaratish va xizmat muddatini uzaytirishdagi ahamiyati yoritiladi. Tahlil natijalari zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan maxsus kiyimlarning samaradorligini oshirishda innovatsion matolar muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Maqola Mazmuni

Kiyimning asosiy vazifasi atrof-muhit va inson tanasi o‘rtasidagi issiqlik muvozanatini saqlashdan iboratdir. Ushbu talab past haroratlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan maxsus kiyimlarga ham tegishli. Bunday kiyimlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi O‘zbekistonda yangi ishlab chiqarish sohalari, jumladan agroklaster tarkibida sovuqxonalarning paydo bo‘lishi va jadal rivojlanishi bilan bog‘liq [1]. Issiqlikni himoyalaydigan kiyimning sifati bir qator talablar bilan baholanadi, ammo uning asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichi insonning kiyim osti maydonida komfort sharoitlarni ta’minlaydigan issiqlik izolyatsiya qobiliyatidir. Kiyimning qoniqarsiz issiqlik izolyatsiyasi insonning kasalliklariga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, maqbul issiqlikni himoya qiluvchi xususiyatlarga ega maxsus kiyimlarni yaratish sovuqxona ishchilari sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradi [5]. Oxirgi yillarda issiqlikni saqlovchi materiallar assortimentida e’tiborli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Vatin va paxta momig‘idan (1-rasm) tayyorlangan og‘ir, isituvchi materiallar o‘rniga bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yuqori hajmli sintetik noto‘qima materiallar yaratildi. Ularning afzalliklari materiallar paketning yеngilligi va yuqori issiqlik izolyatsiyasidan iborat [6]. a b 1-rasm. An’anaviy isituvchi materiallar: a-vatin; b- paxta momig‘i Zamonaviy materiallarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi muqarrar ravishda ularni har tomonlama o‘rganishning yangi usullarini yaratishni va shu asosda maqbul kiyim paketlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Bugungi kunda zamonaviy kiyimlarda isituvchi oraliq materiallar sifatida xolofayber, sintepon, porolon, parranda patlaridan va tabiiy jundan iborat to‘ldiruvchi isituvchi materiallar ishlatiladi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 286 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Vatinlar tarkibida ishlatiladigan isituvchi materiallar tolaviy tarkibiga qarab uch turda ishlab chiqariladi: paxtali, yarim junli va junli. Ushbu isituvchi materiallar kerakli issiqlik izolyatsiyasini ta’minlashi bilan birga og‘ir vazni sababli bugungi kunda issiqlik saqlovchi kiyimlarda juda kam qo‘llaniladi [7]. Kiyim ishlab chiqarishda vatinlar bilan bir qatorda issiqlik saqlovchi qatlamlar sifatida nitron, lavsan tolalari va ularning viskoza bilan aralashmasidan ishlab chiqarilgan qavilgan sintetik izolyasion materiallar ishlatiladi. Qavilgan sintetik isituvchi izolyasion materiallar sifatida tolalarning yangi modifikatsiyalari va tuzilmalari qo‘llaniladi, masalan, ichi strukturali tolalar va silikonlangan tolalar. Bunday tolalar ichida yuqori issiqlik izolyasiyasi xususiyatlarini ta’minlaydigan inert havo qatlami mavjud. Tolalar sirtini silikon bilan ishlov berish natijasida tolalar orasidagi ishqalanish kamayadi va yoqimli yumshoqlik yuzaga keladi [29]. Sintetik paxmoq (pux) – bu mayin ichi bo‘sh silikonlangan sintetik tolalardir. Ushbu isituvchi izolyatsion material mexanik ta’sirlarga kam uchraydigan ko‘rpalar, ayrim turdagi kiyimlarni ishlab chiqarishda, mahsulot hajmni to‘ldirish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi [8]. Ba’zi hollarda, maxsus jihozlarda sintetik paxmoq tolalari o‘ralib, sintetik “pufaklar” deb ataladigan isituvchi material olinadi. Mustahkamlikni oshirish ushbu sintetik shariklarni bir necha qatlamli spandbond sintetik noto‘qima mato orasiga joylashtiriladi. Ushbu izolyatsion material “Faybertek” savdo belgisi ostida ishlab chiqariladi, uning sirt zichligi 100 dan 400 g/m2 gacha. Ushbu material shakl barqarorligi va yuqori issiqlikni himoya qiluvchi xususiyatlarga ega, lekin ularning asosiy kamchiligi import qilish kerakligi va narxining qimmatligi hisoblanadi [6]. Oxirgi yillarda fizikaviy va kimyoviy texnologiya asosida olingan noto‘qima izolyatsion materiallar assortimenti sezilarli darajada kengaymoqda. Issiqlikni himoya qiluvchi kiyimlar ishlab chiqarishda yopishtirilgan hajmli materiallar tobora keng tarqalmoqda. Bunga an’anaviy vatinlarni ishlab chiqarishni qisqarishi va foydalanish qulayligini ta’minlash maqsadida kiyimni yеngillashtirish zarurati sabab bo‘ldi. Yelimlangan hajmli isituvchi izolyatsion materiallar ishlab chiqishda har xil sirt zichligidagi tolali xolst hosil qilinadi, xolstdagi tolalar yеlimli, issiqlik ta’sirida yoki kombinatsiyalangan usullar bilan yopishtiriladi. Xom ashyo sifatida paxta yoki jun tolalari qo‘shilgan oddiy yoki silikonlangan poliester tolalaridan foydalaniladi [7]. Hajmli isituvchi izolyatsion materialarning yana bir turi sintepondir (2,b-rasm). Yelimlangan sintepon ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan tolali xolst lateks bilan to‘yintirilib, quritiladi va issiqlik ta’sirida yopishtiriladi. Xomashyo sifatida poliefir tolalari qo‘llanadi. Sinteponning yuza zichligi 40 dan 400 g/m2 gacha. U yеtarlicha chidamli va issiqlikni himoya qiladi, ammo yopishtiruvchi biriktirma suv ta’siriga beqaror, yuvishlar ta’sirida u yo‘qoladi, natijada shakl barqarorligini yo‘qolishiga, tolalarning ajrashishiga va migratsiyasiga olib keladi [5]. a b v 2-rasm. Zamonaviy sintetik isituvchi izolyatsion materiallar: a-xolofayber; b- sintepon; v-slimteks Termal bog‘langan sintepon poliester va oson eriydigan bikomponentli tolalar aralashmasidan tashkil topgan xolst hosil qilish orqali olinadi. Keyingi issiqlik bilan ishlov berish jarayonida oson eriydigan tola eriydi va sovutilganidan so‘ng oddiy tola va oson eriydigan tola o‘rtasidagi aloqa “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 287 Технологии текстильной и легкой промышленности nuqtasi o‘rnatilib, o‘zaro bog‘lanish hosil bo‘ladi. Termal bog‘langan sinteponning sirt zichligi 40 dan 400 g / m2 gacha. Izolyatsiyaning maqsadiga qarab, turli xil tolalar aralashmalari, shuningdek, silikonlangan ichi bo‘sh tolalar va mikrofayberlar qo‘llaniladi. Ushbu sintepolarning asosiy kamchiligi yuvishlar natijasidagi tolalar migratsiyasi va bir joyda yig‘ilib qolishi [6]. a b v 3-rasm. Zamonaviy sintetik isituvchi izolyasion materiallar: a-siberiya; b- “Arktik”; v “Lyuks”qavilgan sintetik istuvchi “Lyuks”, “Arktika”, “Periotek” (3-rasm) savdo belgilarining yaxshilangan sinteponi tolali xolst shakllantirish prinsipi bilan odatiy texnologiyalardan farq qiladi. Maxsus asbob yordamida - profillash tizimiga ega bo‘lgan konvertor va tarash randomizator yordamida tolali xolst yuzasiga nisbatan tolalar parallel emas, balki perpendikulyar joylashishi bilan ishlab chiqariladi [6]. Bu o‘z navbatida siqilishda materialning elastikligini va kuchlanishdagi sinish yukini oshiradi. Sintepon “Lyuks” 40 ~ 460 g / m2 sirt zichligi bilan ishlab chiqariladi, uning eni 3 m gacha bo‘lishi mumkin . Sintepon “Arktika” 40 dan 350 g / m2 gacha bo‘lgan sirt zichligiga ega, eni 1,5 m. Oldingi turdagi sinteponlardan farqli o‘laroq “Periotek” izolyatsion materiali tolalar migratsiyasini oldini olish uchun takrorlanuvchi substratlar yordamida ishlab chiqariladi. Uning sirt zichligi 150-400 g/m2 [7]. Katta hajmli tolali noto‘qima isituvchi materiallar yaratishda aerodinamik usul va spunbond texnologiyasi qo‘llaniladi. Birinchi usul bilan olingan isituvchi materiallarga “Xollofayber”(1.7rasm), “Elon”, “Len- teks” savdo belgilarining izolyatsion materiallari kiradi [8]. Xolst ham an’anaviy, ham ichi bo‘sh poliefir tolalardan hosil qilinadi. Tolali xolstni yaratishning aerodinamik usuli tolalarning vertikal yo‘nalishini olish imkonini beradi, bu esa o‘z navbatida deformatsiyalanganda elastiklikni oshirishga, qisqarishni kamaytirishga va issiqlik saqlovchi xossalarini saqlashga yordam beradi. “Tinsuleyt” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan izolyatsion isituvchi materiallar spunbond texnologiyasidan foydalangan holda olingan materiallarni o‘z ichiga oladi. Spunbond usuli to‘g‘ridan-to‘g‘ri polimer eritmasidan xolst hosil qilish imkonini beradi. Yo‘naltirilgan havo oqimlari ta’sirida elementar tolalar transporterga o‘tkaziladi va u yerda sovib, xolst hosil qiladi. Ushbu texnologiya yordamida to‘qimachilik sanoatida qo‘llaniladigan an’anaviy tolalar diametridan 10-20 baravar kichik diametrli iplardan xolst hosil qilish imkonini beradi. O‘ta nozik tolalar tuvalida katta hajmdagi harakatsiz havo mavjud bo‘lib, bu unga yuqori issiqlikdan saqlovchi xususiyatlarini beradi [8]. Xolstdagi nafis tolalar ichida katta hajmdagi harakatsiz havo mavjud bo‘lishi sababli, noto‘qima izolyatsion materialga yuqori issiqlik saqlovchi xossalarini beradi. Mikrofayber qatlamini saqlovchi uchun mato yoki spunbond bilan qavish mumkin. “Tinsuleyt” materialining sirt zichligi 20 dan 250 g / m2 gacha bo‘lib, u barcha turdagi kiyimlarni ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladi. Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu matodan foydalangan holda kiyimning umumiy issiqlik qarshiligi tabiiy mo‘ynadan foydalangan holda kiyimning umumiy issiqlik qarshiligiga nisbatan 40% yuqori, sirt zichligi 257 g / m2 ni tashkil qiladi. Ushbu izolyatsion material yuqori issiqlikdan “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 288 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари himoya qiluvchi xossalariga va elastiklikga ega bo‘lsada, ammo kiyimni qo‘llash jaraenida zarralarning paket materiali orqali migratsiyasi kuzatiladi [5]. Bugungi kunda issiqlikni himoya qiluvchi kiyimlarni ishlab chiqarishda xolofayber izolyatsion materiali keng qo‘llanib kelinmoqda (1.7- rasm,b). Qishgi kiyimlarni ishlab chiqarishda SOFT markali xolofayberlar keng qo‘llanib kelmoqda. SOFT xolofayber izolyatsion materiali Rossiyada ishlab chiqariladigan kalenderlangan izolyatsion material bo‘lib, yumshoq, еngil va elastik material hisoblanadi. Yuza zichligi 70 dan 300 g/m2 gacha bo‘lgan polotnolar shaklida chiqariladi. Xolofayber SOFT kundalik va maxsus kiyimlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Yaxshi havo o‘tkazuvchanlik, issiqlik saqlovchi xususiyatlarga ega. Uzoq muddatli foydalanish, takroriy tozalash va yuvishdan keyin asosiy xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Havo harorati 0 dan - 50S gacha bo‘lgan chegarada insonning normal termoregulyatorlik faoliyatini ta’minlaydi. Isituvchi polotno qalinligi 12 mm, eni 150 sm [5]. Xolofayber isituvchi materiallarning yana bir markasi Volyumetrik. Volyumetrik mahsulotlarga ma’lum hajm va shakl beradigan materiallar. Yuza zichligi 900 g/m2 gacha bo‘lgan polotnolar shaklida ishlab chiqariladi. Yuqori hajmli va еngil isituvchi material. Issiqlik saqlovchi kiyimlar, ko‘rpa-to‘shaklar, yumshoq mebellarning qoplamalari va matraslar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Polotno qalinligi 8 – 30 mm gacha. Xolofayberlarning asosiy kamchiligi ularning import qilinishi va narxining qimmatligi ( 5 metri 1000 rubl) . Sun’iy jundan tayyorlangan noto‘qima izolyatsiyalovchi qoplama materiallari asosan qavilgan holda ishlab chiqiladi, ular juda yuqori sirt zichligiga ega bo‘lib, qo‘llash va yuvishlar jarayonida yig‘ilib qoladi. Bundan tashqari og‘ir vaznga ega bo‘lgani sababli, ularni tikuvchilik sanoatida ishlatishni cheklaydi[8]. a b 4- rasm. Tabiiy va sun’iy junli isituvchi materiallar: a-presslangan tabiiy jun; b- sun’iy jun Tabiiy jun (4-rasm) qadimdan Osiyo davlatlarida isituvchi kiyimlarni va uy- joy anjomlarini tayyorlashda keng qo‘llanib kelingan bo‘lib, bu uning foydali gigienik va yuqori ekspluatatsion xossalari bilan bog‘liq. Bugungi kunda issiqlikni saqlovchi kiyimlar ishlab chiqarishda ko‘pincha mayin, yarim mayin va dag‘al qo‘y junlari hamda tuya junlari issiqlikni himoya qiluvchi izolyatsion material sifatida ishlatiladi Yuvishlar natijasida tabiiy jun o‘zining ijobiy gigiyenik xossalarini yo‘qotmaydi. Tabiiy presslangan jun isituvchi materiali Buxoro viloyati Gijduvon tumani “Nurli nihol chashmalari” korxonasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Preslangan jun havo o‘tkazuvchan, uning tolalari o‘z vaznining 30% ga teng miqdorigacha namlikni o‘ziga singdira oladi. Tanadagi namlikni shimib, kiyim haroratidan qat’i nazar, quruq va еngil bo‘lib qoladi. Tabiiy junning bu xossasi tana haroratini tartibga solishga yordam beradi, sovuq havoda tanani isitadi [7]. Presslangan jun 100% tabiiy bo‘lib, u qo‘ylarni junini qirqish orqali olinadi. Qo‘y junining isituvchi material sifatida afzalliklari quyidagilardan iborat : - issiqlikni yaxshi saqlaydi, shuning bilan birga ortiqcha issiqlikni tanadan chiqarib yuborib, organizmni qizib ketishini oldini oladi; - havo o‘tkazuvchan, ya’ni havoning kiyim osti qatlami, kiyim paketi tolalari orasida erkin aylanishini ta’minlaydi; “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 289 Технологии текстильной и легкой промышленности - namlikni yaxshi singdiradi va tashqi muhitga chiqarib yuboradi; - shifobaxsh ta’sirga ega. Qo‘y junining shifobaxsh ta’siri uning yuzasida lanolinning ko‘pligi bilan bog‘liq. Tana haroratida lanolin eriydi, teriga kirib, qon oqimini yaxshilaydi. Qon oqimi bilan og‘riq va yallig‘lanishni yеngillashtiradigan, metabolizmni yaxshilaydigan, qon tomirlari va mushaklarning og‘rig‘ini to‘xtatadigan, immunitet hujayralari va moddalar almashinuvini faollashtirish xususiyatlarga ega. Qo‘y junidan olingan lanolin ko‘pgina shifobaxsh malham va kremlarda asos sifatida ishlatiladi. Qo‘y junining afzal ekspluatatsion xossalari: - kirga va ifloslanishga chidamli sirtning maxsus tuzilishidagi kichik tuk va zarrachalarni yitarishga imkon beradi, ularning jun tolasini ustiga joylashishiga yo‘l qo‘ymaydi; - antibakterial xossalarga ega- bakteriyalarning hujayra devorlarini yo‘q qiladigan kreatin karboksil kislotasi mavjud; - elastik va chidamli - o‘z shakllarini yaxshi saqlaydi, yuvilganda tashqi ko‘rinishini yo‘qotmaydi; - narxining arzonligi - mahalliy korxonalarda isituvchi material sifatida ishlab chiqariladi, xom-ashyo ko‘pligi va deyarli tekinligi sababli juda arzon turadi (Buxoro viloyati Shofirkon tumani “Nurli buloq chashmalari” mahalliy korxonasi misolida 1 metr preslangan junning narxi 3500 so‘mni tashkil etadi). Qo‘y junining shifobaxsh xususiyatlari: • shamollash; • osteoxondroz; • radikulit; • bo‘g‘imdagi og‘riqlar; • gipertoniya. Xulosa qilib aytganda, gipoallergenlik, issiqlikni saqlash va davolavchi xossalari, shuningdek narxining arzonligi junni isituvchi qatlam sifatida maxsus kiyim ishlab chiqishda afzalligini ko‘rsatadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, zamonaviy materialshunoslik uchun sovuq havo sharoiti uchun mo‘ljallangan materiallar va kiyim paketlarining termofizik xususiyatlarini o‘rganish vazifasi dolzarb ekanligini ta’kidlash mumkin. Zamonaviy issiqlikni himoya qiluvchi kiyimlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladigan izolyatsion materiallarining xususiyatlarini o‘rganish alohida ahamiyatga ega

Adabiyotlar (11)

  1. 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli «2022-2026 yillarda mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni.
  2. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PQ-5285-son «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori. 3. 2019 yil 16 sentyabrdagi PQ-4453-son «Engil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori. 4. 2019 yil 12 fevraldagi PQ-4186-son «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
  3. 5. S.U. Pulatova, N.Z.Gaybullayeva. Analysis and prognostication of consumer preferences at designing working clothes for workers of agricultural clusters of Uzbekistan IV International Conference Agritech IV - 2020: participated in the IV International Conference "Agritech IV - 2020: Agribusiness, Environmental Engineering and Biotechnologies" in November 18-20, 2020 | Krasnoyarsk, Russia
  4. 6. С.У. Пулатова, Н.З. Гайбуллаева. Анализ деятельности сельскохозяйственных кластеров Узбекистана. Материалы международной научной конференции «Инновационные “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025
  5. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари решения инженерно технологических проблем современного производства». Бухара, 1416 ноября 2019 г. 1-том, стр. 610-612.
  6. 7. Фомченкова, Л.Н. Современные материалы для спецодежды Текст./Л.Н. Фомченкова//Текстильная промышленность. 2002. - №7. - С.15 17.
  7. 8. Ubaydova, V., Azimova, M., & Khudoyberdieva, S. (2024, January). Creation of a mathematical model of computer-aided design of patterns and ornaments for gold embroidery. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2969, No.
  8. 1). AIP Publishing.
  9. 9. ГОСТ 12088-77. «Материалы текстильные. Ткани и штучные изделия. Методы определения https://docs.cntd.ru/document/1200018635/titles воздухопроницаемости».
  10. 74. ГОСТ 3816-61«Материалы текстильные. Ткани и штучные изделия. Методы определения гигроскопичности https://docs.cntd.ru/document/1200018487 BIKR QOBIQ YORDAMIDA POYABZAL MAKETINI BARPO ETISH USULLARI Abduraxmanova F.A. Buxora davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Maqolada turli ko‘rinishdagi poyabzallarni bikr qobiq usulida loyihalash, aniq nusxa olish va poyabzal shakli to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida ko‘rsatilgan detallar mahkamlangan qolipga bikr qobiqni hosil qilish ilmiy-amaliy tahlil natijalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: bikr qobiq, bikr dastak va tumshuq osti detali, qolip yon sirti, mokasin, tikma-yelimlama, hajmli tanovor, qolip izi МЕТОДИКА СОЗДАНИЯ МОДЕЛИ ОБУВИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ЖЕСТКОЙ ОБОЛОЧКИ Абдурахманова Ф.А. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В статье представлены результаты научно-практического анализа проектирования различных видов обуви методом жесткой оболочки, получения точной копии и полного представления о форме обуви. Ключевые слова: жесткая оболочка, жесткий задник и подносок, боковая поверхность колодки, мокасины, строчечно-клеевые метода крепления низа обуви, объемная заготовка, след колодки. METHOD OF CREATING A SHOE MODEL USING A RIGID SHELL Abdurakhmanova F.A. Bukhara state technical university. Abstract. The article presents the results of the scientific and practical analysis of the design of various types of footwear using the rigid shell method, obtaining an exact copy and a complete idea of the shoe shape. Keywords: rigid shell, rigid heel counter and toe cap, lateral surface of the last, moccasins, stitch-and-glue method of attaching the bottom of the shoe, volumetric blank, trace of the last. Ustki tashqi detallar yalang‘och yoki kiyintirilmagan qolipdan olingan shartli o‘rama asosida loyihalansa, u holda qolip sirti va tashqi detallar orasida joylashgan detallar materiallari qalinligini hisobga olishga to‘g‘ri keladi, ya’ni ustki ichki va oraliq hamda asosiy patakni qalinligi. Shuning uchun aniq nusxa olish va poyabzal shakli to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida ko‘rsatilgan detallar mahkamlangan qolipga bikr qobiqni hosil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bularga asosiy patak, astar, oraliq astar, bikr dastak va tumshuq osti detali kiradi
  11. [1]. Qolip izi yoyilmasini hosil qilish uchun qog‘oz varaqaga o‘rnatiladi, uning konturini qo‘shimcha bilan vertikal qo‘yilgan qalam bilan chizib olinadi. Hosil bo‘lgan kontur bo‘ylab qog‘oz kesib olinadi, perimetri bo‘ylab kesiklar bajariladi. Kesiklar orasidagi masofa 10-15 mm, ularning chuqurligi 15-20 mm. Kesib olingan qog‘ozga NK еlimi surtiladi va har bir yaproqchaga alohida qalam bilan iz ko‘chiriladi. Andaza izdan asta-sekinlik bilan olinadi, qalinroq qog‘ozga “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 291