Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Bikr qobiq yordamida poyabzal maketini barpo etish usullari

ABDURAXMANOVA F.A.

Nashr
6-son
Sahifalar
293–298
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
0 6

Annotatsiyalar

Maqolada turli ko‘rinishdagi poyabzallarni bikr qobiq usulida loyihalash, aniq nusxa olish va poyabzal shakli to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish maqsadida ko‘rsatilgan detallar mahkamlangan qolipga bikr qobiqni hosil qilish ilmiy-amaliy tahlil natijalari yoritilgan.

Maqola Mazmuni

“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 291 Технологии текстильной и легкой промышленности yopishtiriladi va belgilangan iz bo‘ylab kesiib qolip izi olinadi. Bikr dastak izga yaxshi yopishishi uchun qolip izi o‘ramasini o‘kcha qismida uzunligi bo‘yicha 2-2,5 mm, eni bo‘yicha 1,5 mm qisqartirish kerak. Davlat standartlariga amal qilib barcha ustki oraliq va ichki detallar uchun materiallar tanlanadi. Bu materiallardan ilgari ishlab chiqilgan poyabzal modellari analoglaridan foydalanib detallar bichib olinadi. Pataklik kartondan kesib olingan asosiy patak mixchalar bilan qolip iziga mahkamlanadi, so‘ngra bikr dastak va tumshuq osti detali mahkamlanadi.charm astar va to‘qimachilik astari detallari oldindan tikuv mashinasida tikilishi mumkin yoki bevosita mqolip yon tomonlariga NK еlimi bilan yopishtirilishi mumkin. Astar, tumshuq osti detali va bikr dastaklarni biriktirilayotganda patak iziga burmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ichki va oraliq detallar biriktirilgan qolip “kiyintirilgan” deb ataladi [2,3]. Qolipga bikr qobiqni hosil qilishni bir necha usullari mavjud. Ulardan eng yaxshisi maxsus vakuum apparatda bikr qobiqni barpo etish. Termoplastik plyonkalar quyidagi talablarni qoniqtirishi kerak: isitilganda yumshashi (60-1200C harorat intervalida) va shakllanishi, sovuganidan so‘ng esa berilgan shaklni saqlab qolishi, ya’ni tortilmasligi va cho‘zilmasligi kerak. Bu xususiyatlar, masalan, 0,3-0,5 mm qalinlikdagi tarkibida plastifikator kam (70% atrofida) bo‘lgan polivinilxlorid plyonkasida mavjud. Pastda vakuum apparatda bikr qobiqni olish uchun zarur bo‘lgan vaqt, s, keltirilgan. Plyonkani isitish 20-22 Shakl berish 10-13 Plyonkani qo‘yish, qolipni o‘rnatish va qolipdan еchib olish 15-20 Vakuum apparat bo‘lmaganda bikr qobiqni gazlama va plyonka hosil qiluvchi modda yordamida tayyorlasa bo‘ladi. To‘g‘ri burchakli gazlama, masalan tik-sarja, diagonal bo‘yicha buklanadi. Qolip ichki tomoni bilan tumshuq va tojdagi nuqtalar gazlamaning buklanish chizig‘iga ustma ust tushgan holatda qo‘yiladi. Bunda qolip izi tekisligi gazlama yotgan stol tekisligiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Qolipni shunday holatda ushlab turgan holda tik qo‘yilgan qalam bilan profili chizib olinadi. Hosil bo‘lgan konturdan 25-30 mm masofada chiziq tortiladi, shu chiziqdan andaza qirqib olinadi. Andaza va kiyintirilgan qolip sirtiga NK еlim surtiladi, 5-10 min davomida xona haroratida quritiladi. Gazlamadan andaza burmalarsiz zich qolip yon tomonlariga va iz qovurg‘asiga qoplanishi kerak. O‘kcha qismiga chegara chizig‘i bo‘yicha gazlama ustma ust yopishtiriladi. Mokasin ustlik tanovori patak bilan bir butun yaxlit bo‘ladi va astarsiz tayyorlanadi. Bikr dastak dastaklarning tashqi cho‘ntakga qo‘yiladi. Bunday tanovorlarga shakl berish jarayoni siljituvchi qoliplarda amalga oshiriladi, shuning uchun termoplastik plyonkadan yoki gazlamadan bikr dastak “yalang‘och” siljiydigan qolipdan ikkita yo‘l bilan olinadi: qolip yon sirtlaridan va qolip izidan. Oxirgi holatda qolip izi yuqoriga qaratib vakuum apparatga qo‘yiladi. Bikr qobiqni yon tomonlarida qolip izidan 10 mm yuqorida, qolip izi qobig‘ni esa 20 mm yuqoridan kesib olinadi. Ikkala qobiqni ham perxlorvinilli еlim bilan yopishtiriladi. Agar mato sifatida bikr qobiq uchun gazlamadan foydalanilsa, qolipga еlimlangan gazlama, iz atrofi bo‘yicha kesiladi va qolipdan еchmasdan 15 mm kenglikdagi leykoplastir yopishtiriladi. Tikma-yelimli birikmali poyabzallarda asosiy patak bo‘lmaydi va siljiydigan qoliplarda shakl beriladi. Shuning uchun bikr qobiq siljiydigan “kiyintirilgan” (asosiy pataksiz) qoliplarda barpo etiladi. Plyonka hosil qiluvchi moddalar (БФ-2 yoki silikat еlimi, kontora еlimi) gazlama qoplamasiga tashqi detallar konturlariga ishlov berilgandan keyin surtiladi. Qoplamani qolipdan еchmasdan turib eskizga muvofiq model rasmi chiziladi. Qolipga ustki tashqi detallar yo‘nalishini to‘g‘ri olish uchun АВ va ГД qolipni ikki qismga ichki hamda tashqi qismga bo‘uvchi chegara chiziqlari o‘tkaziladi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 292 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 1-rasm. Poyabzal maketini hosil qilish bosqichlari: a-gazlamadan andaza hosil qilish; b-bikr qobiqga konstruktiv setkani o‘tkazish; v-qog‘oz varaqaga poydevor chiziqlarini belgilash; gqolipga poydevor chiziqlarini belgilash; d-turli ko‘rinishdagi poyabzallar maketini ko‘rinishlari. Д nuqtadan ГД chiziq bo‘ylab millimetrda dastak balandligi gulchin balandligi va ГД chiziqdan 1/3 masofada Б nuqta belgilanadi. Qog‘oz varaqada I-I to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi (1-rasm, в) ixtiyoriy O nuqta belgilanadi, unda o‘kcha qismidagi ichki hamda oraliq detallar qalinligiga teng bo‘lgan Oa bo‘lakcha qo‘yiladi. a nuqtadan poydevor chiziqgacha quyidagi masofalar qo‘yib chiqiladi: aб=0,2Д (tashqi to‘piq nuqtasi), aв=0,41 Д (tovondagi egilishlar nuqtasi, aг=0,5Д (tovon markazi), aд=0,73Д (birinchi panja suyagi boshchasining markazi-ichki tutam), ae=0,8 Д (jimjiloqning tugashi). б, в, г, д, e nuqtalar orqali I-I to‘g‘ri chiziqga perpendikulyar tushiriladi. Qolip chiziqga shunday joylashtiriladiki, o‘kcha qismining eng qavariq nuqtasi O nuqta ustiga tushsin, A nuqta proyeksiyasi esa I-I chiziqga tushsin (1, г). Uchburchakli chizg‘ich birta kateti qog‘oz varaqadagi poydevor chizig‘iga, ikkinchisi berilgan kesimdagi qolip sirti qavariq nuqtasiga tegilib tursin. Uchi o‘tkir yo‘nilgan qalam bilan qolip qoplamasiga poydevor chiziqlar ko‘chiriladi. So‘ngra qayishqoq tasma yordamida qobiqga nazorat va yordamchi chiziqlar o‘tkaziladi (1, б-rasmga qarang). Nazorat, yordamchi va poydevor chiziqlarga asoslanib barcha “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 293 Технологии текстильной и легкой промышленности tashqi detallar konturlari, funksional va dekorativ qatorlar va boshqa yassi dekorativ hamda funksional detallar konturlari chiziladi (1, д-rasm). Bog‘ichlarni, bantiklarni va boshqalarni mahkamlash mumkin. Shunday qilib ishlab chiqiladigan poyabzal ustlik maketi barpo etiladi, uni ustlik tanovori uchun tanlangan material rangida ham bajarish mumkin. Gazlamadan tayyorlangan qobiq bilan ishlaganda, ustki detallar konturiga ishlov berilganidan keyin gazlama yuzasiga silikat еlimi yoki БФ-2 еlim surtiladi. Kerakli bikrlikga erishish uchun еlimni 2 marotaba surtish tavsiya etiladi. Yelimli parda yaxshilab qurishi kerak. 2-rasm. Mokasinni shartli yoyilmasni olish sxemasi, oval qistirmasi asosiy detalni materialini qo‘nmasdan biriktiriladi. Yarimbotinka va tufli uchun bikr qobiq tanovorga chizilgan yuqori ziyi bo‘yicha kesiladi, patak atrofi bo‘ylab bikr qobiq ortiqchalari kesib tashlanadi, o‘kcha chegara chizig‘i ГД va IV poydevor chizig‘i toji AB chegarachi chiziqlari bo‘ylab kesiladi va qolipdan еchib olinadi [4] . Bikr qobiqni yoyish uchun unda kesiklar qilish kerak. Agar poyabzal tayyorlanish jarayonida qolipga cho‘zish yordamida shakl berilsa (tortish baxyasi erkin bo‘lsa), unda yoyishdan oldin qobiqga 10 mm qadam bilan pastki konturga perpendikulyar ravishda kesiklar va qolipning ichki hamda tashqi tomonidan Бн va Бв nuqtalarda bazis tekisligiga parallel kesik bajariladi (3rasm, a). “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 294 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 3-rasm. Yassi va yarimyassi tanovorlarni shartli o‘ramasini olish sxemalari. A nuqtada kesik qilinmaydi. Kesikning chuqurligi qolip uchastkasini egriligiga bog‘liq bo‘ladi. Bikr qobiq yoyish jarayonida deformatsiyalanmasligiga e’tibor berish kerak. Sanoat namunalarini loyihalaganda ikkita maket tayyorlanadi, bittasi bilan modelyer ishlaydi (qobiqni yoyadi), boshqasi bilan materialda tayyorlangan namuna taqqoslanadi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 295 Технологии текстильной и легкой промышленности

Adabiyotlar (6)

  1. 1. Практикум по конструированию изделий из кожиi. В. M. Kлючникова., T.С. Koчеткова., A.Н. Kaлита и др. M., 1985г, с. 202-207.
  2. 2. Майорова Н.З. Проектирование деталей верха обуви строчечно-клеевого метода крепления.-Тематический сборник научных трудов МТИЛПа.Конструирование и технология изделий из кожи. М., 1979.
  3. 3. Haydarov A.A. Poyabzal va charm-attorlik buyumlarni modellashtirish asoslari. “Sharq”, Toshkent. 2007.-218 b.
  4. 4. A.A. Haydarov, A.K. Kamalov. Charm buyumlarni konstruksiyalash. T. , – 1999. – 302 b.
  5. 5. В.М. Ключникова и др. Практикум по концруированию изделий из кожи. - М. 1985. –336 с.
  6. 6. Макарова Б.C. Моделирование и концруирование обуви колодок. М. 1987. POYABZAL ISHLAB CHIQARISHDA BICHUVCHI MALAKASINING CHARMDAN FOYDALANISH KOEFFITSIYENTIGA TA’SIRINING ILMIY TAHLILI Uzoqova L.P. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada poyabzal ishlab chiqarishda charm materiallaridan foydalanish koeffitsiyentiga bichuvchi malakasining ta’siri ko‘rib chiqiladi. Bichishning texnologik va tashkiliy jihatlariga, jumladan charm nuqsonlari, uning qalinligi, tuzilishi va topografik zonalarini hisobga olishga alohida e’tibor qaratilgan. Bichuvchining tajribasi va kasbiy mahorati ishlab chiqarish chiqindilari darajasiga, mahsulot tannarxiga va andazalarni oqilona joylashtirishga bevosita ta’sir qilishi ko‘rsatilgan. Charmdan foydalanish samaradorligini baholash usullari, jumladan, statistik tahlil, detallarning joylashuvchanlik koeffitsiyentlari va qiymat koeffitsiyentlarini hisoblash keltirilgan. Tayanch so‘zlar: charm materiallarini bichish, charmdan foydalanish koeffitsiyenti, bichuvchining malakasi, ishlab chiqarish chiqindilari, charm xoma-ashyosi, ishlab chiqarish samaradorligi, joylashtirish, qiymat koeffitsiyenti, poyabzal ishlab chiqarish, charm topografiyasi, cheprak, vorotok, charm navi, bichishni avtomatlashtirish. НАУЧНЫЙ АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ РАСКРОЙЩИКА НА КОЭФФИЦИЕНТ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КОЖИ В ОБУВНОМ ПРОИЗВОДСТВЕ Узакова Л.П. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В данной статье рассматривается влияние квалификации кройщика на коэффициент использования кожевенных материалов в производстве обуви. Особое внимание уделено технологическим и организационным аспектам раскроя, включая учет дефектов кожи, ее толщины, структуры и топографических зон. Показано, что опыт и профессиональное мастерство раскройщика оказывают непосредственное влияние на уровень производственных отходов, Ключевые слова: раскрой кожевенных материалов, коэффициент использования кожи, квалификация раскройщика, отходы производства, кожевенное сырьё, эффективность производства, укладываемость, ценностный коэффициент, обувное производство, топография кожи, чепрак, вороток, сорт кожи, автоматизация раскроя. SCIENTIFIC ANALYSIS OF THE IMPACT OF CUTTER QUALIFICATION ON LEATHER UTILIZATION EFFICIENCY IN FOOTWEAR PRODUCTION Uzakova L.P. Bukhara state technical university. Abstract. This article examines the influence of a cutte's qualifications on the on leather utilization efficiency in footwear production. Special attention was paid to the technological and organizational aspects of cutting, including taking into account leather defects, its thickness, structure, and topographic zones. It has been shown that the cutter's experience and professional skills directly influence the level of production waste Keywords: cutting of leather materials, leather utilization coefficient, cutter qualification, production waste, leather raw materials, production efficiency, stackability, value coefficient, footwear production, leather topography, cover, collar, leather grade, cutting automation. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 296