Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Chigit shikastlanishini kamaytirish tajriba-sinov natijalari
Annotatsiyalar
Elevatorda takomillashtirilgan ishchi organ qo‘llashda o‘tkazilgan tajriba-sinov natijalari chigitning shikastlanishini 1,0% kamayishiga erishildi.
В результате эксперимента по применению усовершенствованного рабочего органа в элеваторе удалось снизить повреждение семян на 1,0%.
An experiment using an improved working element in an elevator resulted in a 1.0% reduction in seed damage.
elevatorseedsdamagebinbelt conveyorforeheadclogging. Paxtaga ishlov beruvchi rivojlangan mamlakatlarda paxta xomashyosining tabiiy xossalarini saqlab qolgan holda qayta ishlash tannarxini pasaytirish maqsadida resurstejamkor mashinalar va paxta tozalash korxonalari uchun ehtiyot qismlarni yaratish va takomillashtirishga alohida e’tibor berilmoqda jumladaninnovatsion texnologiyalar asosida paxta xomashyosichigit va paxta chiqindilarini tashish mashinalarining texnologik imkoniyatl
Maqola Mazmuni
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 345
Технологии текстильной и легкой промышленности
texnologik reglamenti» bo‘yicha amalga oshiriladi. Reglament tukli, mexanik usulda tuksizlantirilgan va kam tukli urug‘lik chigitlarga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. Urug‘lik chigitning sifati O‘Dst 663:2017 [1] talablariga mos kelishi shart. Standart talablariga mos sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan urug‘lik chigitlar tayyorlash ko‘p jihatdan paxta hosildorligi va mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini ham belgilab beradi. Shuning uchun paxtani qayta ishlash sohasida chigitni tashishda yuqori aniqlikda sifatli urug‘lik chigit tayyorlashni ta’minlash maqsadida yangi, yuqori samarador texnologiyalarni joriy qilish, mavjud texnika va texnologiyani takomillashtirish masalalari mamlakat qishloq xo‘jaligi va paxta tozalash sanoati uchun doimo dolzarb masalalardan bo‘lib kelgan. Paxta tozalash korxonalarida chigitlarni tashish va birinchi linterlash batareyasiga taqsimlash uchun vint diametri 300 mm, vint qadami 225 mm, vint ayla-nishlar soni 100 ayl/min ga teng bo‘lgan 4 SHV rusumli shnekdan foydalaniladi [2]. Paxtani quvurda tashishda chigitning shikastlanishi ko‘p omillarga bog‘liq. U tajribaviy aniqlangan. Quvurda paxtani tashishda unga inersiya kuchi, markazdan qochma kuch va og‘irlik kuchi ta’sir qiladi. Inersiya va markazdan qochma kuch nisbatining bog‘liqligi, shuningdek, tashilayotgan materialning fizik-mexanik xossalari quvur harakatiga bog‘liq bo‘lishi mualliflar tomonidan aniqlangan [3]. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshlang‘ich paxta chigitlaridagi chiqindilar miqdori 9,9 % ni tashkil etgan holda, vintli konveyerni tajriba qurilmasi orqali bir marta o‘tkazilganda chigit iflosligi 3,0 % ni tashkil etadi. Ya’ni chiqindilar miqdori uch martadan ortiq kamayadi. Agarda paxta chigiti vintli konveyerni tajriba qurilmasidan ikki marta o‘tkazilsa, bu holda, chiqindilarning chigitdagi miqdori 1,3 % gacha kamayadi, ya’ni bunday kamayish boshlang‘ich holatga ko‘ra еtti martadan ko‘pni tashkil etadi. Albatta, paxta chigitidagi chiqindilar miqdorining bunday keskin kamayishi olinadigan momiq sifatini yaxshilanishi aniqlangan [4].
R.K. Djamolov va boshqalar og‘ma elevatordan rolikli mexanizmga uzatilayotgan paxta oqimidagi iflosliklar va mayda toshlarni ajratish jarayonini ko‘rib chiqishgan. Bunda rolikli mexanizm orasidagi masofa, burchak, tezlik va rolikli mexanizmning gorizontal o‘qqa nisbatan joylashuvi aniqlangan [5]. Urug‘lik paxtani qabul qilish, saqlash va dastlabki ishlash sharoitlariga ega bo‘lgan hamda texnologik reglamentlar talablariga mos keluvchi paxta tozalash korxonalarida urug‘lik paxta qayta ishlanadi [6]. O‘rta tolali navlarni dastlabki ishlashni arrali, uzun tolali navlarni ishlashni valikli paxta tozalash korxonalarida amalga oshiriladi. Korxonaning talab etilgan quvvati bo‘yicha 2-3 dona 4DP-130 (5DP130) tipidagi yoki 2 dona DPZ-130 arrali jinlarni, valikli jinlash korxonalarida esa 30-40 dona DV-1M rusumli jinlari har bir batareyaga 10 donadan o‘rnatiladi. Urug‘lik paxtani qayta ishlash davrida uning mexanik shikastlanishini kamaytirish maqsadida arrali jinning har bir arrasiga to‘g‘ri keladigan tola olish miqdori 7,0 kg arra /soat dan, DV-1M valikli jinlarda esa o‘rtacha 70 kg/mashinadan ortiq bo‘lmasligi tavsiya etiladi, valikli jinlarning umumiy ish unumdorligi birinchi nav texnik paxtani ishlashdagi ish unumdorligidan o‘rtacha 35% kam bo‘lishi kerak. Urug‘lik paxta namlik, ifloslik va mexanik shikastlanishiga qarab 2 sinfga bo‘linadi. Urug‘lik paxtaning namlik, ifloslik va mexanik shikastlanganligi bo‘yicha cheklangan me’yorlar 1- jadvalda keltirilgan. 1- jadval. Urug‘lik paxtaning namlik, ifloslik va mexanik shikastlanganligi bo‘yicha cheklangan me’yorlar, % Ko‘rsatkichlar nomi 1-sinf 2-sinf Ifloslik (iflos aralashmalarning massaviy ulushi), ko‘pi bilan 3,0 8,0 Namlik (namlikning massaviy nisbati), ko‘pi bilan 8,0 9,5 Paxta tarkibidagi chigitning mexanik shikastlanishi, ko‘pi bilan 0,5 1,0
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 346
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
1-jadvaldan ko‘rinadiki, urug‘lik paxtaning namlik va ifloslik miqdorining oshishi bilan chigit mexanik shikastlanishining oshishi kuzatildi. Chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish masalalarini ko‘rib chiqish lozim. Paxtaning seleksiya navlariga qarab jindan keyin chigitning tukliligi 12,0-13,5 % chegarasida, jinlash jarayonida chigit shikastlanishining oshishi darajasi 1,0 % gacha bo‘lishi kerak (2-jadval). 2-jadval. Urug‘lik paxtani jinlashda chigitning to‘liq tukdorligi va chigitning mexanik shikastlanishining oshishi bo‘yicha tavsiya etiladigan qiymatlar
Mexanik shikastlanishining oshishi, ko‘pi bilan,% S-6524, Oqdaryo -6, Namangan-77 12,0±0,5 1,0 Buxoro-6, Xorazm-127, Toshkent-6, S4724, Mehnat 12,0±0,5 1,0 Ae-Boyovut-2, Omad, Andijon-35, Buxoro-8, Buxoro-102 13,0±0,5 1,0 Elevatorlardan foydalanish ishlab chiqarish maydonidan tejamkor foydalanish imkonini beruvchi ixcham transport sxemalariga ega bo‘lish imkonini beradi. Ba’zi hollarda mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda, transport uzunligi uzoq bo‘lgan (kichik qiyalik burchagi bilan) transport birliklaridan foydalanish har doim ham mumkin emas. Bunday hollarda elevatorlardan foydalanish kerak. Paxta tozalash korxonalarida jinlash-linterlash sexida arrali jinlardan chiqqan chigitlarni chigit shneklarida tashilib so‘ngra vertikal holatda o‘rnatilgan cho‘michli elevatorlar yordamida linterlarga uzatish uchun keyingi chigit shneklariga еtkazib beriladi. Arrali jin mashinalaridan chiqqan chigitlarni shneklar yordamida cho‘michli elevator cho‘michlariga yuklab beriladi. Elevator cho‘michlariga yuklangan chigitlar lenta bilan birga yuqoriga harakatlanadi, chigit yuklangan cho‘michlar yuqoriga еtib borganda chigitlar undan otilib chiqadi, so‘ngra chigitlar metall yuzaga (peshtoqiga) borib uriladi. Tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazishda chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish uchun ES-14S chigit elevatorining chigitlar otilib chiqish metall yuzasiga (peshtoqiga) lentali konveyerni o‘rnatish maqsadga muvofiq deb topildi. Bu qurilma chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirishda uning ishchi organlarining parametrlarini aniqlashga, ish jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan. Elevator ichki qismida chigitlarning harakatini kuzatish maqsadida uning yon qismida organik shishadan tayyorlangan tuynuk o‘rnatilgan [7]. Adabiyotlar tahlilidan ma’lumki, chigitlarning shikastlanishi nisbiy xarakter kasb etadi. Shunday ekan, turli izlanuvchilar tomonidan chigitning shikastlanishini turli usullar yordamida aniqlangan bo‘lib, uni ikki guruhga bo‘lish mumkin: to‘g‘ri va bilvosita [8]. Chigitlarning shikastlanishini o‘lchashning bilvosita usuli aniqroq bo‘lib, boshqa omillarga bog‘liq emas. Tadqiqotlardan chigitlarni sulfat kislotaning 96% eritma bilan ishlov berish orqali aniqlandi. Tajribalar Surxondaryo viloyati “Termez Jayxun Klaster” MCHJga qarashli Jarqo‘rg‘on tumanida tajriba o‘tkazildi. Shuningdek, quyidagi tumandagi paxta tozalash korxonalari bilan taqqoslandi, Qumqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasida, “Surxon Sifat Tektil” MCHJ ga qarashli Denov va “Zamin Angor Klaster” MCHJga qarashli Angor paxta tozalash korxonalaridagi mavjud ES-14C elevatorlaridagi chigitning mexanik shikastlanishi bilan Jarqo‘rg‘on paxta tozalash korxonasiga o‘rnatilgan lentali konveyer bilan taqqoslandi. Chigitning shikastlanishini aniqlashda quyidagi o‘lchash vositalari, yordamchi qurilmalar va materiallardan foydalanildi. GOST 24104 bo‘yicha shkalasining bo‘linmalari 10 mg dan ko‘p bo‘lmagan eng katta tortish chegarasi ko‘pi bilan 1000 g bo‘lgan laboratoriya tarozi; diametri 40 dan 100 mm gacha, balandligi 10 dan 50 mm gacha bo‘lgan metall yoki shisha yoki plastmassa idishlar.
Seleksiya navi Tukliligi, %
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 347
Технологии текстильной и легкой промышленности
Namuna tanlab olish O‘z DSt 598 bo‘yicha, mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushini aniqlash O‘z DSt 599 bo‘yicha aniqlanadi, O‘z DSt 599 bo‘yicha iflos aralashmalardan tozalangan chigitning xohlagan ikkita joyidan har biri 100 ta chigitdan iborat bo‘lgan ikkita sinash uchun namuna ajratiladi va ular 0,01 g aniqlikda tortiladi. Har bir sinash uchun namunadan mag‘zi yarmidan kam bo‘lgan siniq va shikastlangan chigit, chigitning butun mag‘zi va uning qismlari ajratiladi. So‘ngra butun chigit o‘rta qismidan ko‘ndalangiga kesiladi va ko‘riladi. Mag‘zining rangi shu navning O‘z DSt 596 bo‘yicha ko‘rsatilgan rangidan to‘qroq bo‘lgan chigit ajratib olinadi va uni shikastlangan chigit solingan idishga joylashtiriladi. Mag‘zi qora rangli va mag‘zi bo‘sh bo‘lgan chigitlar alohida idishga joylashtiriladi. Ajratilgan chigitlar tarozida o‘lchanadi. Nuqsonli chigitning massaviy ulushi (D) foizlarda, quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
𝐷= (𝑀1 + 𝑀2 2 )(100 −𝑆𝑥)
𝑀100
bu yеrda M100 – 100 ta chigitning massasi, g; M1 – mag‘zi bo‘sh va kuygan chigitning massasi, g; M2 - mag‘zining rangi shu navning O‘z DSt 596 bo‘yicha ko‘rsatilgan mag‘zining rangidan qoramtir bo‘lgan (qizdirish jarayonida bo‘lgan) chigit va shikastlangan chigit massasi, g; Sx – mineral va organik aralashmalarning haqiqiy massaviy ulushi, %. Tajribalar quyidagi tartibda olib borildi. 1. Arrali jinda paxta xomashyosidan chigitni ajratilgandan so‘ng, ES-14S rusumli chigit elevatorigacha bo‘lgan oraliqdan 1000 gramm massaga ega bo‘lgan bir nechta to‘da tanlab olindi. 2. To‘dalardan tasodifiy tarzda 100 gramm massaga ega bo‘lgan chigitlar ajratib olindi. 3. Ajratib olingan 100 gramm massaga ega bo‘lgan chigitlar aniqligi 0,01 aniqlikdagi tarozida o‘lchab olindi. 4. O‘lchangan 100 gramm massaga ega bo‘lgan chigitlarning soni aniqlandi. 5. Ajratib olingan 100 gramm massaga ega bo‘lgan chigitlar 0,01 aniqlikdagi tarozida o‘lchab olingandan so‘ng, har birini bo‘lak idishlarga solib, 96% li sulfat kislotaning suvdagi eritmasi bilan ishlov berildi va toza suvda yuvildi. 6. Sanalgan chigitlar orasidan shikastlangan chigitlar soni orqali yuqorida keltirilgan formula yordamida chigitning shikastlanganlik darajasi aniqlandi. Chigitning mexanik shikastlanishini tajriba natijalari 3-jadvalda, uning natijalari esa 1rasmda keltirilgan. 3-jadval Chigitning mexanik shikastlanishini tajriba natijalari
Paxtaning seleksion
elevatordan keyingi
elevatordan keyingi
takomillashti-rilgan
takomillash-tirilgan
elevatorda mexanik
mexanik shikastlani-
shikastlani-shining
shikastlanishi, %
korxonasi nomi
Paxta tozalash
va sanoat navi
kamayishi, %
seriyadagi
Chigitning
Chigitning
Chigitning
mexanik
shi,%
t/r
1 Jarqo‘rg‘on Buxoro-102,1/1 2,9 1,0 1,9 2 Qumqo‘r-g‘on Beshqah-ramon, 1/1 3,1 0 0 3 Denov Buxoro-102, 1/1 3,0 0 0 4 Angor Sulton 1/1 2,9 0 0
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 348
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Tajriba – sinov natijalari
2,9 3,1 3 2,9
0 0 0 0 0,5 1 1,5 2 2,5 3 3,5
1,9
0 0 0
Buxoro-102,1/1 Beshqahramon, 1/1 Buxoro-102, 1/1 Sulton 1/1
Jarqo‘rg‘on Qumqo‘rg‘on Denov Angor
1 2 3 4
Chigitning seriyadagi elevatordan keying mexanik shikastlanishi,%
Chigitning takomillashtirilgan elevatorda mexanik shikastlanishining kamayishi, %
Chigitning takomillashtirilgan elevatordan keyingi mexanik shikastlanishi, %
1-rasm. Tajriba -sinov natijalari Ishlab chiqarish sharoitida o‘tkazilgan tajriba natilariga ko‘ra, elevatorga lentali konveyer o‘rnatilgandan so‘ng chigitning mexanik shikastlanishi 1,0% ga kamayishi aniqlangan
Adabiyotlar (7)
- 1. RST Uz 663-2017, “Semena xlopchatnika”, Tashkent-2017.
- 2. Paxtani dastlabki ishlash bo‘yicha spravochnik. M.T. Kuliyevning umumiy taxriri sotida. Toshshkent, ―Paxtasanoat ilmiy markazi‖ AJ, 2019, 479 bet.
- 3. Мурадов Р.М., Мухамншина Э.Т. Исследование движения хлопка-сырца в отводе пневмотранспорта. Журнал “Universum” Технические науки, №4 (97), 2022, 31-34 стр.
- 4. Abdug‘affarov X.J. Paxta chigitini tashishda vintli konveyerning ish unumini oshirish. T.f.f.d. Toshkent, 2017, 120 b.
- 5. Джамолов Р.К., Абдуллаев К. Ю. Янгибоев Р.М. Влияние скорости вращения роликов элеватора, очищающих хлопок от мелких примесей, на эффективность очистки. Международная конференция академических наук, Россия, 2024. 174-180 стр.
- 6. Urug‘lik paxtaning dastlabki ishlash texnologik reglamenti. PDI 11-2009. “O‘zpaxtasanoat uyushmasi”, Toshkent, 2009, 43 bet.
- 7. Турдиев Б.Э., Росулов Р.Х Райимкулов Ж.К. Такомиллаштирилган элеватор конструкцияси // Innovative developments and research in education: a collection scientific works of the International scientific online conference (23 rd June, 2024) – Canada, Ottawa: "CESS", 2024. Part 30–459. 513-515 б. 8. https://nasoscentr.ru/catalog/air-80v8.html?srsltid=AfmBOoo Zv716UwCaoMif7ztaOAQlatCb lIU Mm34UyzlRMYUdHqKyQqny. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 349