Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Boldir-tovon bo‘g‘imlari shikastlangan bemorlar uchun ilmiy asoslangan ortopedik poyabzal konstruksiyasini ishlab chiqish

MUXAMMEDOVA M.O.

Nashr
6-son
Sahifalar
362–367
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
1 4

Annotatsiyalar

Maqolada boldir–tovon bo‘g‘imlari shikastlangan bemorlar uchun ortopedik poyabzalning konstruktiv yondashuvi ishlab chiqilgan. Mavjud modellarning kamchiliklari tahlil qilinib, yangi modelda bo‘g‘imga tushadigan yuklanishni optimallashtiruvchi elementlar (yon splintlar, orqa qism stabilizatori, elastik va sozlanadigan bog‘lovchi qismlar) joylashtirilgan. Poyabzalning ichki qismi bemorning anatomik xususiyatlariga mos shakllantirilib, boldir–tovon bo‘g‘imini qisman fiksatsiyalash, yurish fazalarida harakat amplitudasini cheklamasdan qo‘llabquvvatlash va reabilitatsiyani tezlashtirishga xizmat qiladi. Ushbu yondashuv ilmiy asoslangan ergonomik mezonlar va biomexanik yuklanishlarni hisoblash orqali ishlab chiqilgan.

Maqola Mazmuni

So‘nggi yillarda boldir-tovon bo‘g‘imlari shikastlanishlari va surunkali kasalliklari soni ortib borayotgani ortopedik poyabzalga bo‘lgan talabni yanada oshirdi. Reabilitatsiya jarayonida to‘g‘ri tanlangan poyabzal nafaqat og‘riqni kamaytirish, balki harakat funksiyalarini tiklash, yurish mexanikasini normallashtirish va bo‘g‘imga tushadigan yuklanishni to‘g‘ri taqsimlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, ko‘plab mavjud ortopedik poyabzallar qattiq fiksatsiyaga asoslangan bo‘lib, bemorning tabiiy yurish mexanikasini buzadi, mushak va paylarning normal ishlashini cheklaydi hamda uzoq muddatli kiyishda noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun boldir–tovon bo‘g‘imi shikastlangan bemorlar uchun yangi model ishlab chiqishda konstruktiv еchimlarga chuqur ilmiy asoslangan yondashuv zarur. Bunda poyabzalning shakli, stabilizatsiya elementlari, splintlar va ularga tushadigan kuchlarning taqsimlanish nuqtalari ehtiyotkorlik bilan loyihalanadi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 360 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари [1]. Masalan, yon va orqa splintlarning optimal joylashuvi bo‘g‘imni qisman barqarorlashtirib, tabiiy pronatsiya va supinatsiyani cheklamasdan nazorat qiladi; sozlanadigan fiksatsiya tizimi esa bemorning individual anatomik xususiyatlari va oyoqdagi shish yoki deformatsiyalarga moslashishga imkon yaratadi. Bundan tashqari, poyabzalning ichki qismi bemorning boldir-tovon bo‘g‘imiga aniq mos shakllantirilgan bo‘lishi zarur, bu esa yurish fazalarida to‘g‘ri biomekanik harakatni ta’minlaydi. Ushbu konstruktiv yondashuv bo‘g‘imga tushadigan kuchlarni tabiiy yo‘nalishda qayta taqsimlash, harakat amplitudasini saqlagan holda barqarorlikni ta’minlash va reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish imkonini beradi [2]. Shu tariqa, zamonaviy ortopedik poyabzalni ishlab chiqishda asosiy e’tibor material tanlashdan ko‘ra, konstruktiv elementlarning to‘g‘ri shakllantirilishi, o‘zaro uyg‘unligi va ergonomik tamoyillarga mosligiga qaratilishi kerak. Bu yondashuv bemorlarning harakat funksiyasini tiklashda yuqori samaradorlikka erishish imkonini beradi [3,4]. Ushbu tadqiqotda bolder-tovon bo‘g‘imi shikastlangan bemorlar uchun ortopedik poyabzal konstruksiyasini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish metodikasi ishlab chiqildi. Tadqiqot jarayonida poyabzalning konstruktiv elementlari (yon va orqa splintlar, fiksatsiya tizimlari, asosiy korpus shakli, ustki qoplama, burun qismi, o‘tkazuvchi kanallar)ni loyihalashda quyidagi yondashuvlar qo‘llandi: • bemorlarning yurish mexanikasi, boldir–tovon bo‘g‘imining pronatsiya–supinatsiya burchaklari, yuklanish markazi va taqsimotini 3D harakatni o‘lchovchi platforma hamda bosim sensori yordamida o‘rganildi. Biomexanik tahlil • oyoq va bo‘g‘imning aniq o‘lchamlari, deformatsiya darajasi, o‘lchandi va konstruksiyalashda inobatga olindi. Individuallashtirilgan shakllantirish • turli joylashuvdagi splintlar, sozlanadigan fiksatsiya tizimlari va yon–orqa qism elementlarining yukni taqsimlash qobiliyati, barqarorlikka ta’siri mexanik stendlar va dinamometrik qurilmalar yordamida baholandi. Konstruktiv elementlarni sinovdan o‘tkazish •yuqori elastiklik va zarba yutish xususiyatiga ega zamonaviy polimerlar, kompozit elastomerlar va tibbiy tola asosidagi qoplamalar sinovdan o‘tkazildi. Bunda asosiy e’tibor material tanlashdan ko‘ra, ularning konstruktiv elementlar bilan uyg‘unligi, shaklni ushlab turishi va gigiyenik ko‘rsatkichlariga qaratildi. Materiallar tahlili •tayyor prototiplar 20 nafar boldir–tovon bo‘g‘imi shikastlangan bemorda sinovdan o‘tkazilib, yurish mexanikasi, barqarorlik, og‘riq darajasi, shishning kamayishi hamda reabilitatsiya tezligi mezonlari bo‘yicha baholandi. Klinik baholash Natijada konstruktiv elementlar shakli va joylashuvining optimal kombinatsiyasi ishlab chiqildi hamda bemorlarning individual ehtiyojlariga mos sozlanadigan ortopedik poyabzal modeli yaratildi [5]. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 361 Технологии текстильной и легкой промышленности 1-jadval Modellar turi Konstruktiv xususiyatlar Afzalliklari Kamchiliklari Statik fiksatsiyali Harakatni cheklaydi, mushak atrofiyasi ehtimoli Yarimfiksatsiyali Qattiq tayanch, harakatni cheklovchi Barqarorlik yuqori, immobilizatsiya samarali Kundalik yurishga mos, еngil Yetarli barqarorlik bermasligi mumkin Dinamikfunktsional Yengil qattiqlik, asosiy harakatlarga ruxsat Elastik modullar, sozlanadigan splintlar Harakatni qisman tiklaydi, reabilitatsiyaga mos Tayyorlash murakkab, tannarxi yuqori Poyabzal ustki detalidagi ichki va tashqi dastaklariga 5 mm qalinlikdagi supinaplast materiali qo‘llanilgan bo‘lib, ushbu material poyabzalda korset vazifasini bajaradi. Harakat vaqtida tayanch suyagini tog‘ri holatda zich saqlashi hisobiga tana shaklining buzilishiga, tana yo‘nalishining buzilishiga, tekislikda tos suyagining qiyshayish burchagining oshishini, tekislikda gavdaning egilishini, umutrqa chizig‘ining yon tomonga og‘ishini oldini oladi. 1-rasmda ortopedik poyabzal ustki qismining konstruktiv asosi keltirilgan. 1-rasm. Ortopedik poyabzal tanovor qismining konstruktiv asosi Ayollar ortopedik poyabzali, qo‘nji jinsi matosidan tayyorlangan bo‘lib, shikastlangan boldir-tovon bo‘g‘imini sog‘ayishi uchun oraliq maxsus detaldan foydalanilgan (1-rasm). Oyoqqa velkro materialidan tayyorlangan kamarlar yordamida mahkamlanadi. Tagligi uch qatlamdan tashkil topgan bo‘lib, birinchi va ikkinchi qatlamlar yassi ko‘rinishda. Uchinchi qatlam, tayanch tekisligiga tegiladigan qism bo‘lgani uchun tumshuq qismi va poshna qismi shilinib dumaloq holatga keltirilgan. Bunday shakl yurganda kasallangan oyoq panjasi harakatini barqarorlashtiradi. 2-jadval Poyabzal ko‘rinishi Yarim etik Qolip fasoni 812222 Biriktirish usuli Yelimli Ustki material Tabiiy charm Taglik material Rezina Artikul Shartli DavST “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 362 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Poyabzal tagligining amortizatsiya xususiyatlari materiallarning xossalari va qalinligiga qarab o‘zgarib turadi. Materialning zichligi va qalinligi qanchalik past bo‘lsa, u kuchning shunchalik ko‘p qismini yutadi va uning shunchalik kam qismi tayanchga o‘tkaziladi. Taglikning qalinligi oshishi va qattiqligi kamayishi bilan faol tayanch maydoni kengayadi. Bunday holda tayanchga beriladigan yuklanma ham kamayadi, shuning uchun solishtirma yuklanma bir necha barobar pasayadi. 2-rasm. Ortopedik poyabzal tagligining shakli va shakllanmagan g‘ovakli rezinaning ketmaketlikdagi joylashuvi Ortopedik poyabzal tagligi shakllanmagan g‘ovakli rezina materialidan tayyorlangan bo‘lib, 2-rasmda ko‘rsatilgan shaklga ega. Poyabzal tagligini shakllanishi uchun 3 turdagi g‘ovakli rezina namuna parametrlari tahlil qilingan. Olingan tahlil natijalariga ko‘ra muqobil parametrga ega bo‘lgan g‘ovakli rezina tanlangan. Shakllanmagan rezina materialini 3-rasmda keltirilgan shaklga keltirib birlashtirish uchun 3 qavat rezina sarflangan. 3-rasm. Boldir-tovon bo‘g‘imlar shikastlangan bemorlar uchun ortopedik poyabzal modeli “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 363 Технологии текстильной и легкой промышленности Yotqizilgan rezina qatlamlari bir-biridan uzunlik jihatidan farq qiladi. Shuningdek, rezina qatlamlarini bir-biriga birlashtirish uchun har bir qatlamning birlashtirish chiziqlari mayinlashtirilgan.Mazkur taklif etilayotgan ortopedik poyabzal konstruksiyasi boldir-tovon bo‘g‘imi sirtlarining to‘g‘ri holatini ta’minlaydi va deformatsiyaning keyingi rivojlanishini bartaraf etadi. Yangi konstruksiyadagi ortopedik poyabzalning detallar tarkibi va qo‘llanilgan materiallar 3jadvalda keltirilgan. 3-jadval. Model pasporti Bir juftda soni Materiallar nomi Detallar qalinligi Materiallar DST № Detallar nomi 1 2 3 4 5 6 1 Betlik 2 Xrom bilan oshlangan buzoq charmi 1,1-1,3 939-2021 2 Dastak ichki 2 Xrom bilan oshlangan buzoq charmi 1,1-1,3 939-2021 3 Dastak tashqi 2 Xrom bilan oshlangan buzoq charmi 1,1-1,3 939-2021 4 Tashqi orqa kamar 2 Xrom bilan oshlangan buzoq charmi 1,1-1,3 939-2021 5 Tumshuq 2 Xrom bilan oshlangan buzoq charmi 1,1-1,3 939-2021 6 Tilcha 2 Xrom bilan oshlangan buzoq charmi 1,9-1,0 939-2021 7 Betlik astari 2 Astarlik to‘qimachilik matosi 0,9-1,1 19196-93 8 Dastak astari 4 Astarlik to‘qimachilik matosi 0,9-1,1 19196-93 9 Tilcha astari 2 Astarlik to‘qimachilik matosi 0,9-1,1 940-81 10 Qo‘nj materiali 4 Djinsi materiali 0,6 21790-93 11 Qo‘nj qismidagi oraliq detal 8 Termoplast 27319-87 12 Oraliq astar 4 G‘ovak tuzilmali oraliq astar 19196-93 13 Velkro tasmasi 2 Velkro tasmasi + NX 14 Betlik oralik astari 2 Porolon + TU 17-958-73 15 Dastak oralik astari 4 Porolon + TU 17-958-73 16 Ich patak qoplamasi 2 Astarlik charm 0,9 mm 940-81 17 Asosiy patak 2 Kojkarton 2,3-2,4 9245-84 18 Taglik 2 G‘ovakli rezina 8-10 12365-84 19 To‘ldirgich 2 Vatin 2-3 NX Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, boldir-tovon bo‘g‘imi shikastlangan bemorlar uchun ortopedik poyabzal yaratishda konstruktiv yondashuv hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ko‘plab mavjud modellarda qattiq fiksatsiya va og‘ir materiallar tufayli bemorning tabiiy yurish mexanikasi buzilishi, mushak va paylarning normal faoliyati cheklanishi kuzatiladi. Ushbu ishda esa “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 364 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 365