Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

O‘simlik xomashyolaridan foydalanib ekologik toza mahsulot yetishtirish usullari

XAITOV R.A., AXMEDOVA M.B., XALIKOVA N.S.

Nashr
6-son
Sahifalar
401–404
Nashr etildi
12.12.2025
Ko'rishlar
1 5

Annotatsiyalar

Mazkur ishda bug‘doy, arpa va javdar somonidan foydalanib kompozitsion substrat tayyorlash orqali qo‘ziqorin еtishtirish texnologiyasi yoritilgan. Tadqiqotda ushbu qishloq xo‘jaligi chiqindilarining fizik-kimyoviy xususiyatlari, ularni aralashtirish nisbatlari, namlik va sterilizatsiya sharoitlari tahlil qilinib, optimal substrat tarkibi ishlab chiqilgan. Olingan natijalar asosida kompozitsion substrat qo‘ziqorin miselyasining o‘sish tezligini va mevali tana hosildorligini sezilarli darajada oshirishi isbotlandi. Shu bilan birga, bu yondashuv chiqindilarni qayta ishlash, ekologik muvozanatni saqlash va mahalliy xomashyo asosida iqtisodiy jihatdan samarali qo‘ziqorin еtishtirish imkoniyatlarini ochib beradi.

Maqola Mazmuni

Aholining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgan hozirgi davrda ekologik toza, ozuqaviy qiymati yuqori va biologik faol moddalar bilan boyitilgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shunday mahsulotlardan biri bu — qo‘ziqorinlar bo‘lib, ular tarkibidagi oqsillar, vitaminlar, minerallar va fermentlar bilan inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘ziqorinlar qadimdan insoniyat tomonidan iste’mol qilinadi. Biroq, so‘nggi o‘n yilliklarda ularning sun’iy sharoitda еtishtirilishi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda, yangi ish o‘rinlarini yaratishda va kichik biznesni rivojlantirishda muhim yo‘nalishlardan biriga aylandi. Qo‘ziqorin “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 399 Экология ва атроф муҳит муҳофазаси еtishtirishning nisbatan kam xarajat talab qilishi, qisqa vaqt ichida hosil olish imkoniyati, arzon mahalliy xomashyolarga asoslanishi ushbu sohani keng joriy etish uchun katta zamin yaratmoqda. O‘zbekistonning iqlim sharoiti, paxtachilik va dehqonchilik sohasi rivojlanganligi tufayli qo‘ziqorin еtishtirish uchun zarur bo‘lgan substrat va organik chiqindilar (paxta g‘o‘zapoyasi, somon, pichan, yog‘och tala va boshqalar) еtarli darajada mavjud. Bu esa ushbu mahsulotni mahalliy xomashyo asosida arzon ishlab chiqarish imkonini beradi. Ayniqsa, Pleurotus (ostra oyog‘i) va Agaricus (shampinyon) kabi ommabop turlarni sun’iy sharoitda еtishtirish texnologiyasining soddaligi kichik fermer xo‘jaliklari va oilaviy korxonalar uchun foydali biznes modeliga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, qo‘ziqorinlar nafaqat oziq-ovqat sanoatida, balki farmatsevtika, biotexnologiya, tuproq unumdorligini tiklash, biologik tozalash (bioremidatsiya) kabi sohalarda ham keng qo‘llaniladi. Ularning immunitetni kuchaytiruvchi, saratonga qarshi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari ilmiy jihatdan isbotlangan. Shu boisdan, mazkur ishda qo‘ziqorinlarning umumiy xususiyatlari, ularni sun’iy sharoitda еtishtirish texnologiyasi, mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarishning iqtisodiy va ekologik afzalliklari, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi innovatsion yondashuvlar keng yoritiladi. . 1-rasm. Qo‘ziqorin Qo‘ziqorinlarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinganda qo‘ziqorinlar o‘z tarkibi jihatidan juda boy va muvozanatli ozuqaviy kompleksga ega. Ular biologik faol moddalar, oqsillar, uglevodlar, vitaminlar va mineral moddalar bilan boy bo‘lib, inson salomatligi uchun foydali hisoblanadi. Qo‘ziqorinlar tarkibida 100 g quruq massasida 20–40% gacha oqsil mavjud (turiga qarab). Ba’zi hollarda u go‘shtdagi oqsilga yaqin turadi. Oqsillar barcha kerakli aminokislotalarni o‘z ichiga oladi: leysin, izoleysin, valin, treonin, triptofan va boshqalar. Oson hazm bo‘ladi (85–90%). Vegetarianlar uchun go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot sifatida qadrlanadi. Qo‘ziqorin tarkibida 30–50% gacha uglevod bo‘lib, ular asosan quyidagilardan iborat: Glikogen – zaxira energiya manbai hisoblanadi. Trehaloza – ikki molekulali shakar turi. Kletchatka (sellyuloza) – ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Xitin – hujayra devori tarkibida bo‘lib, hayvonlarning xitiniga o‘xshash. Qo‘ziqorinlarda yog‘ miqdori kam (2–8% gacha), ammo asosiy yog‘ kislotalari: linolev, olein, palmitin kislotalari. Qon tomirlarini himoya qiladi. Yurak faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 400 Экололгия и охрана окружающей среды 1-jadval. Qo‘ziqorinlarda vitaminlar ro‘yxati Vitamin Foydasi B1 (tiamin) Asab tizimini mustahkamlaydi B2 (riboflavin) Terining sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi B3 (niatsin) Qon aylanishini yaxshilaydi B5 (pantoten k-ta) Gormonlar sintezi va energiya almashinuvida ishtirok etadi B9 (folat) Immunitet va qon yasash uchun zarur D vitamini (D2) Suyaklar va immun tizimi uchun muhim, ayniqsa quyosh kam bo‘lgan fasllarda foydali 2-jadval. Qo‘ziqorindagi mineral moddalar miqdori Mineral Vazifasi Kaliy (K) Yurak va mushak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi Fosfor (P) Suyaklar va tishlar uchun zarur Temir (Fe) Gemoglobin sintezi uchun kerak Rux (Zn) Immunitet va yaralar bitishiga yordam beradi Selen (Se) Antikansoregen (saratonni oldini oluvchi) xususiyatga ega Yangi innovatsion texnologiyalar qo‘ziqorin еtishtirish jarayonini yanada samarali, tezkor va arzon qilmoqda. Mikroklimatni nazorat qilish, substratni optimallashtirish, avtomatlashtirilgan texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish ko‘lami kengaymoqda. Bu kichik biznes va yirik korxonalar uchun ham foydali. Ko‘plab qishloq xo‘jaligi chiqindilari (paxta g‘o‘zapoyasi, somon, yog‘och tala) qo‘ziqorin еtishtirish uchun qulay substrat hisoblanadi. Bu resurslardan keng foydalanish ishlab chiqarishni yanada arzon va ekologik barqaror qiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston kabi qishloq xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar uchun bu katta imkoniyatdir. Qo‘ziqorin еtishtirishda eng muhim omillardan biri — sifatli va arzon substrat (o‘sish muhiti) tanlashdir. Zamonaviy qo‘ziqorinchilikda turli qishloq xo‘jaligi va sanoat chiqindilari substrat sifatida keng qo‘llaniladi. Bu usul nafaqat xarajatlarni kamaytiradi, balki chiqindilarni qayta ishlash orqali ekologik muammolarni ham hal etishga yordam beradi. 2-rasm. Bug‘doy, arpa, javdar somonlari “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №6/2025 401 Экология ва атроф муҳит муҳофазаси Bug‘doy, arpa va javdar somonlarini aralashtirish orqali qo‘ziqorin uchun optimal ozuqaviy muhit yaratiladi. Turli somon turlarining ozuqaviy va fizik xususiyatlari o‘zaro to‘ldiruvchi bo‘lib, qo‘ziqorin miselyasining yaxshi o‘sishiga yordam beradi. Somonlar iflosliklardan tozalanib, 2–5 sm uzunlikda bo‘laklarga bo‘linadi. Quritilgan somonlar hajmi kamaygan va saqlashga yaroqli bo‘ladi. Bug‘doy, arpa va javdar somonlari yuqoridagi nisbatda birlashtiriladi va yaxshilab aralashtiriladi. Qo‘ziqorin miselyasining o‘sishi uchun substrat namligi 60-70% bo‘lishi kerak. Namlikni tekshirish uchun qo‘l bilan siqib ko‘riladi — suv bir oz chiqishi, lekin ko‘p tomchilashi kerak emas. Pasterizatsiya: Substratni 60–80 °C haroratda 4-6 soat davomida qizdiriladi. Bu usul mikroblarni kamaytiradi, qo‘ziqorin miselyasining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Sterilizatsiya: Agar imkoniyat bo‘lsa, substratni bosimli qozonda (autoklavda) 121 °C haroratda 1-2 soat sterilizatsiya qilish mumkin. Sterilizatsiya/pasterizatsiyadan so‘ng substrat sovutiladi va unga qo‘ziqorin miselyasi teng taqsimlanib sepiladi. Substratni yopiq idishlarda yoki sumkalarda joylashtirib, miselyaning o‘sishi uchun qulay harorat (odatda 20–25 °C) ta’minlanadi. Bugʻdoy, arpa va javdar somonidan tayyorlangan kompozitsion substratdan foydalanish qoʻziqorin еtishtirishda samaradorlik, iqtisodiylik va ekologik barqarorlik nuqtai nazaridan yuqori natija beradi. Ushbu turdagi somonlar nafaqat mahalliy hududlarda keng tarqalgan va arzon xomashyo hisoblanadi, balki ozuqaviy moddalarga boyligi, yaxshi havo aylanishini taʼminlovchi fizik xususiyatlari tufayli qoʻziqorinlarning sogʻlom va tez o‘sishini ta’minlaydi. Kompozitsion substratlarda turli somon turlarining aralashtirilishi natijasida substratning struktura va ozuqaviy muvozanati yaxshilanadi. Bu esa miselyaning tez rivojlanishiga, qoʻziqorin hosilining ko‘pligiga hamda sifatli mevalanishga olib keladi. Ayniqsa, bu substrat turlari ostra oyog‘i (Pleurotus ostreatus) kabi turlar uchun ayni muddao hisoblanadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi chiqindilarining bunday maqsadda qayta ishlanishi ekologik muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chiqindilar hajmini kamaytiradi va ularni foydali resurs sifatida aylantiradi. Buning natijasida nafaqat qoʻziqorin еtishtiruvchilari iqtisodiy foyda oladilar, balki ekologik barqarorlik ham saqlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, somon asosidagi kompozitsion substratdan foydalanish – bu ekologik toza, arzon, yuqori hosildorlikka ega va istiqbolli qo‘ziqorin еtishtirish texnologiyasidir. Bunday yondashuv kichik bizneslar, fermer xo‘jaliklari va hatto uy sharoitida ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan amaliy va barqaror model hisoblanadi

Adabiyotlar (1)

  1. . Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №6/2025 402