Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Burg‘ulash eritmasidan markazdan qochma separator yordamida yengillashtirilgan eritma tayyorlash texnologiyasi
Annotatsiyalar
Ushbu maqolada neft va gaz quduqlarini burg‘ulashda ishlatiladigan yengillashtirilgan burg‘ulash eritmalari tayyorlash va ulardan foydalanish usullari va texnologiyalari ko‘rib chiqigan. Burg‘ulash eritmasi markazdan qochma separatorga kiritilib, markazda qochma kuch ta’sirida eritmani ikki fazaga og‘ir va yengil fazalarga ajratish uchun eritma tarkibidagi og‘irlashtirilgan quyqa (pulpa)ni ajtratish orqali yengillashtirilgan burg‘ulash eritmasini hosil qilishga erishiladi. Shuningdek maqolada markazdan qochma separatorni ishlatish tartibi, separatorga bo‘ladigan jarayon, eritma tarkibidagi qattiq fazani ajratishda eritmaning kolloid-kimyoviy xossalarining o‘zgarishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
burg‘ulash eritmasimarkazdan qochma separatormarkazda qochma kuchrotorvalyengillashtirilgan burg‘ulash eritmasiog‘irlashtirilgan quyqa (pulpa)baritburg‘ulash jarayoniburg‘ulash tezligieritmani xossasini boshqarisheritmani barqarorligiqattiq fazagidravlik qarshilikburg‘ulash tezligisuv ajratish qobilityatikorkadispergirlashingibitorlarohakpolimerlarshlam. TECHNOLOGY FOR PREPARING A LIGHTWEIGHT SOLUTION FROM DRILLING MUD USING A CENTRIFUGAL SEPARATOR Kholm
Мақолада қовоқ уруғи қобиғини ажратишда материалларни синаш универсал қурилмасидан фойдаланган ҳолда синдириш кучларини аниқлаш методологияси келтирилган. Ҳозирги кунда республикамизнинг фермер хўжаликларида етиштириладиган сабзавотлар, жумладан, қовоқ етиштириш ва унинг уруғидан мой ишлаб чиқаришни ривожлантириш тенденциялари ҳақида таҳлилий маълумотлар ёритилган. Шунингдек, етиштирилаётган қовоқ уруғларининг мағзини қобиғидан ажратиш тўғрисидаги илмий-тадқиқот ишлари баён этилган. Калит сўзлар: қовоқ уруғи, қовоқ уруғи мағзи(ядроси), синдириш кучи, намлик, нисбий намлик, WР-300материалларни синаш универсал қурилмаси, деформация. METHODOLOGY FOR DETERMINING THE BRUTAL STRENGTH OF PUMPKIN SEED SHELL Juraev Kh.F., Uktamova Sh.H., Bukhara state technical university. Abstract. The article presents a methodology for determining the breaking strength of pumpkin seed shells using a universal material testing device. Analytical data on the current trends in the development of vegetables grown in farms of our republic, including pumpkin cultivation and the production of oil from its seeds, are presented. Also, scientific research on the separation of the core of cultivated pumpkin seeds from the shell is described. Keywords: pumpkin seed, pumpkin seed kernel, tensile strength, moisture, relative humidity, WP-300 universal materials testing device, deformation. Кириш. Қовоқ уруғиниг мағзи (ядроси) қобиғи жипс ёпишганлиги сабабли унинг мағзини қобиғидан ажратиш мураккаб. Маълумки, пресслаш орқали мой олиш жараёнининг самарадорлиги хом ашёнинг майдаланганлик даражасига ҳамда преслашга берилаётган юпқа қатламли янчилманинг ўлчамига боғлиқлиги экспериментал тадқиқ қилинган. Қовоқ уруғи мағзини қобиғидан тўла ажратишнинг ноанъанавий усули қўлланилиб, дастлаб қовоқ уруғи 12-16 атмосфера босими остида сақланиб, бир вақтнинг ўзида иссиқлик ишлови берилгач, лаҳзали дақиқаларда босимнинг йўқотилиши туфайли 75-80 % қовоқ уруғининг мағзи қобиғидан ажралиши амалга оширилган тадқиқотларда ўз ифодасини топган. Пресслаш қурилмасида структура ҳосил қилиш ҳамда максимал миқдорда намуналар таркибидан мой олиш учун янчилма таркибининг 25-30 фоизини қовоқ уруғининг қобиғи ташкил этиши асосланган [1]. Айнан Ўзбекистон ҳудудида етиштириладиган ёғдорлиги жиҳатидан юқори бўлган Кашкарская-1644 нави уруғининг қобиқ қисми қалинлигини ва уруғ ядросининг икки томонида жипс ёпишган юпқа пластинкалари мавжудлигини инобатга олган ҳолда ноанъанавий энергия таъсир этиш усули муҳим ҳисобланади. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 20
This article discusses the methods and technologies for preparing and using lightweight drilling fluids applied in the drilling of oil and gas wells. The drilling mud is fed into a centrifugal separator, where under the influence of centrifugal force, it is divided into two phases-heavy and light. By separating the weighted pulp from the solution, a lightweight drilling fluid is obtained. In addition, the article provides information on the operation procedure of the centrifugal separator, the processes occurring inside it, and the changes in the colloidal and chemical properties of the fluid during the separation of the solid phase from its composition.
Maqola Mazmuni
Kirish. Hozirda dunyo bo‘yicha uglevodorod uyumlarini izlashning stratigrafik diapazonini kengaytirishga, neft va gazning qazib olinishini barqarorlashtirish va ular hajmini ko‘paytirish uchun uglevorod resurslar bazasini orttirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda jahonda burg‘ulashning geologik-texnik shartlariga muvofiq samarali loy materiallari va kimyoviy reagentlarni, shuningdek, burg‘ulash suyuqliklarining oqilona turlari va formulalarini tanlash quduqlardagi asoratlar va avariyalarning oldini olishning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga, agressiv muhitga chidamlilik nuqtayi nazaridan ko‘p funksiyali xususiyatlarga ega bo‘lishi
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 15
Technique, technology and equipment
kerak bo‘lgan ishlatiladigan burg‘ulash suyuqligining turi va tarkibi bo‘yicha samarali qatlamni yuqori sifatli ochish jarayoniga ta’sir qilish muhimligini ta’kidlash kerak. Neft va gazni qazib olishning hajmini ko‘paytirish uchun neft va gaz quduqlarining sonini oshirish, ya’ni ko‘proq quduqlarni burg‘ulash kerak bo‘ladi. Hozirgi kungacha burg‘ulash jarayonini burg‘ulash eritmasining ishtirokisiz amalga oshirib bo‘lmagan. Burg‘ulash eritmasi quduqni burg‘ulash vaqtida bir nechta talabalarga javob berishi kerak, ya’ni eritmaga qo‘shiladigan reagentlarning fizik-kimyoviy xossalarini boshqarish va nazorat qilish orqali burg‘ulash jarayonini sifatli va xavfsiz amalga oshirish mumkin bo‘ladi [1]. Yеchilаdigаn muаmmо vа mаsаlаning qо‘yilishi. Burg‘ulash eritmasini tayyorlash uchun uning tarkibiga qattiq zarrachalarning mavjudligi odatda muhimdir, lekin ularni eritma tarkibida ko‘pligi burg‘ulash jarayonini sezilarli darajada qiyinlashtiradi va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Eritma tarkibidagi qattiq zarrachalar eritmaning qovushqoqligini oshiradi, gidravlik qarshiliklarni ko‘paytiradi, gidravlik jihozlarning, xususan, burg‘ulash nasoslari, yer osti jihozlari, burg‘ulash quvurlari va aylanma (sirkulyatsiya) tizimining tezroq eskirishiga sabab bo‘ladi, shuningdek, yoqilg‘i yoki elektr energiyasining iste’molini sezilarli oshiradi [2]. Yuqorida keltirilgan kamchiliklarning barchasi burg‘ulash ko‘rsatkichlarining yomonlashishiga olib keladi. Masalan, qattiq zarrachalar miqdori 0 dan 14% gacha o‘zgarganda, burg‘ulashga sarflanadigan vaqt 3 baravarga ortadi. Tahlil qilinganda, qattiq fazaning turli materiallari miqdorining o‘zgarishi burg‘ulash tezligini kamayishida (foizda) ta’sir ko‘rsatadi, masalan: − Barit - 2,6% − Burg‘ulash eritmasi - 4,8% − Loy - 6,7% ni oshishi burg‘ulash tezligini 1% kamayishiga olib keladi. Shu sababli, agar burg‘ulash eritmasigining zichligini oshirish zarur bo‘lsa, ko‘proq zichlikka ega materiallar (masalan, barit, gematit, magnetit) ishlatiladi, har doim qattiq fazaning hajmini minimal darajaga kamaytirishga intilish lozim [3]. Agar yengillashtirilgan burg‘ulash eritmasini shlamlanish natijasida katta miqdorda qattiq faza to‘plansa va uni tozalash qurilmalari bilan olib tashlash qiyin bo‘ladi, bunday holatda esa burg‘ulash eritmasi yangi tayyorlangan eritma bilan almashtiriladi. Iqtisodiy jihatdan ko‘pincha ba’zi reagentlarning yo‘qotilishi burg‘ulash tezligini pasaytirishdan ko‘ra foydaliroqdir. Og‘irlashtirilgan eritmalarning asosiy xarajatlari baritga to‘g‘ri keladi, shuning uchun qattiq zarrachalar miqdori shunchalik oshib ketganida, eritma deyarli uzatib bo‘lmas holga keladi, bunday holatda eritmani almashtirish o‘rniga tarkibi va qattiq fazaning miqdorini tartibga solishga harakat qilish optimal yechim bo‘lib hisoblanadi [4]. Agar burg‘ulash eritmasini qattiq zarrachalardan ajratish (yengillashtirish)ga qarshi choralar ko‘rilmasa, uni saqlash xarajatlari keskin ortadi. Burg‘ulash eritmasining asosiy vazifasidan qat’i nazar, uning tarkibidagi qattiq fazaning miqdori, turi va holati texnologik xususiyatlarni saqlash maqsadida boshqarilishi kerak. Еkspеrimеnt vа оlingаn nаtijаlаrning tаhlili. Eritma tarkibidagi qattiq zarrachalarning maydalanish darajasini baholash ularning polidispersligi, zarrachalar shaklining xilma-xilligi, anizometrikligi va juda kichik o‘lchamlari sababli ancha murakkab vazifadir. Hozirgi kunda gil zarrachalarining disperslik darajasini aniqlashning aniq usullari mavjud emas. Namunalarning ikki martalik aniqlash natijalaridagi 5÷15% gacha bo‘lgan og‘ishlar ruxsat etilgan deb hisoblanadi. An’anaviy ravishda, tahlil usulini tanlash o‘lchanayotgan zarrachalar hajmining tartibiga mos keluvchi aniqlik darajasi va olingan natijalarni qayta tiklash imkoniyatiga asoslanadi. Laboratoriya sharoitida gillarni maydalanish darajasini aniqlash nam usulda, №5 va №0075 raqamli elaklardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi [5]. Elakning teshik o‘lchamlari mos ravishda 0,5 mm va 0,075 mm.ni tashkil etadi. Zarrachalar fraksiyasi foiz miqdorini quyidagi formulalar orqali hisoblash amalga oshiriladi:
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 16
Texnika, texnologiya va jihozlar
=
100 1 W P P +
1 1 V V Q Q = B P Q N − =
100 100
bu yerda: Q – olingan gil namunasi tarkibidagi ajratilgan fraksiyalar zarrachalarining massasi, g; Q₁ – pipetka hajmidagi aniqlanayotgan fraksiya zarrachalarining massasi, g; V₁ – silindr hajmi (1000 ml); V₂ – pipetka hajmi (20 ml); N – gil tarkibidagi ma’lum fraksiyaning miqdori, %; P₁ – gilning mutlaq quruq namunasining massasi, g; P – gilning havo-quruq namunasining massasi, g; W – gilning namligi, %. Qattiq fazaning solishtirma og‘irligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
( ) V W P d + = 2
1 100 100
bu yerda: P₁ – qattiq fazaning havo-quruq holatdagi massasi, g; W₂ – qattiq faza namunalarining namligi, %; V – qattiq fazaning hajmi, sm³. Quduqning devorlarida qalin loyli qoplam (korka)ning hosil bo‘lishi bir qator muammolarga olib kelishi mumkin [6]. Masalan: burg‘ulash quvurlarining ushlanishi (prixvat), quduqda salniklar hosil bo‘lishi va burg‘ulash quvurlarining ko‘tarib-tushirilish operatsiyasini qiyinlashishi, burg‘ulashda jihozlarni bir me’yorda ishlamasligi, quduqdagi karotaj ishlarining qiyinlashishi, quvurlar majmuasini tushirishdagi qiyinchiliklar, sementlash sifatini yomonlashishi va boshqalar Burg‘ulash eritmasi tarkibida qattiq fazaning miqdori oshgan sari, ko‘pincha eritmada suv ajratish qobilityati kamayadi, bunday holatda esa loyli qoplam (korka)ning qalinligi bir necha mm.ga ortadi. Shuning uchun, burg‘ulash eritmasining filtrlanish xususiyatlarini faqat suv o‘tkazuvchanlikni o‘lchash orqali boshqarish kutilgan natijalarni bermaydi. Ko‘pincha yaxshi natijalarga burg‘ulash eritmasidagi qattiq fazaning miqdori bilan gilli qoplamadagi qattiq fazaning miqdorini nisbatan boshqarish orqali erishiladi [7]. Shunday qilib, burg‘ulash eritmasida qattiq fazaning miqdori va tarkibi texnologik xususiyatlarni boshqarishda hal qiluvchi omil bo‘lib, burg‘ulash tezligi va quduqni burg‘ulashning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga birinchi darajali ta’sir ko‘rsatadi [8]. Ko‘p yillar davomida neft sanoatida qattiq fazaning miqdori va tarkibini boshqarishda faqat quyidagi usullar qo‘llanilgan edi: − Yengillashtirilgan burg‘ulash eritmasining bir qismini suv, barit va kimyoviy reagentlar bilan almashtirish; bu qimmat va samarali bo‘lmagan usul bo‘lib, chunki bu qattiq fazaning tarkibini faqat vaqtincha normallashtirish imkonini beradi; − Shlamning dispergirlanishini kamaytirish imkonini beradigan turli ingibitorlarni qo‘llash (ohak, kalsiyli loylar va polimerlar); bunday holatda ingibitor yordamida burg‘ulash eritmasining qisman almashtirilgan hajmini biroz uzoqroq muddatda boshqarish mumkin bo‘ladi; − Qovushqoqlikni pasaytiruvchi vositalarini qo‘llash orqali. Burg‘ulash eritmasidagi qattiq fazaning miqdori va tarkibini boshqarish sohasida eng sezilarli yutuq markazlashgan separatorlarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Hozirda markazdan qochma separatorlardan sanoatning quyidagi jabhalarda foydalanib kelinmoqda: − Kimyoviy ishlov berish. Kimyo sanoatida markazdan qochma separatorlar turli xil kimyoviy birikmalarni tozalash va ajratishda yordam beradi, mahsulot sifatini oshirishga yordam beradi; − Chiqindilarni tozalash. Markazdan qochmalash oqava suvlarni tozalash inshootlarining muhim qismi bo‘lib, bu ajratgichlar qattiq zarralar va aralashmalarni toza va qayta foydalanish mumkin bo‘lgan suv ishlab chiqarish uchun olib tashlaydi; − Neft va gaz sanoati. Markazdan qochma separatorlar neft va gaz sanoatida neftni suvdan
ajratish, qumni olib tashlash va qimmatbaho uglevodorodlarni olish kabi turli maqsadlarda qo‘llaniladi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 17
Technique, technology and equipment
Markazdan qochma separatorlarda mineral zarrachalarinig bir-biridan ajralish prinsipi uchun suv oqimi qo‘llaniladi, ammo ajralish jarayoni markazdan qochma maydonda sodir bo‘ladi.
Markazdan qochma separatorlar materiallarni samarali ajratishga erishish uchun mo‘ljallangan mustahkam mashinalardir. Ushbu separatorlar, odatda, rotor deb nomlanuvchi yuqori tezlikda aylanadigan idish bilan jihozlangan bo‘lib, ular ajratish jarayonini boshqaradigan markazdan qochma kuch beradi. Markazdan qochma separatorning ishlash prinsipi shundan iboratki, og‘irroq zarralar aylanadigan idishning tashqi chetiga qarab harakat qiladi, yengilroq zarrachalar esa markazga yaqinroq qoladi [9]. Markazdan qochma separatorlar har xil turdagi bo‘lib, ularning har biri alohida ajratish talablari uchun mo‘ljallangan. Markazdan qochma separatorlarning ba’zi keng tarqalgan turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Cho‘kma sentrifugalar. Bu ajratgichlar qattiq moddalarni suyuqliklardan ajratish uchun cho‘ktirish tamoyillaridan foydalanadi. Ular, ayniqsa, qattiq zarrachalar yuqori cho‘kish tezligiga ega bo‘lgan ilovalar uchun javob beradi; 2. Dekanterli sentrifugalar. Dekanterli sentrifugalar ichida vintli konveyerli gorizontal idishdan
iborat. Ushbu vintli konveyer qattiq fazani chiqishga qarab harakatlantirish uchun doimiy ravishda aylanadi, bunda suyuqlik fazasi alohida chiqariladi; 3. Diskli sentrifugalar. Nomidan ko‘rinib turibdiki, diskli stekli sentrifugalar vertikal yoki
gorizontal disklar to‘plamiga ega. Ushbu qurilmalar turli xil zichlikdagi suyuqliklarni ajratish va aralashmadan mayda zarralarni olib tashlashda ustunlik qiladi; 4. Quvurli sentrifugalar. Quvurli markazdan qochmalar laboratoriyalarda va kichik o‘lchamdagi
jarayonlarda eng ko‘p qo‘llaniladi. Ular suyuqlik-suyuqlik yoki suyuq-qattiq aralashmalarni ajratish uchun yuqori g-kuchlardan foydalanadilar.
Minerallarni ajralish qismida markazdan qochma maydonni hosil qilish ularni ajralishiga ketadigan vaqtni qisqartiradi va bu jarayonni kichik o‘lchamdagi uskunalarda amalga oshirish imkonini beradi [10]. Markazdan qochma maydon hosil qilish prinsipiga ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi ikki turli separatorlar mavjud:
− qisqa konusli ajratish siklonlari - bunda boshlang‘ich mahsulot bosim ostida yuboriladi;
− naporsiz markazdan qochma separatorlar. Bu uskunalar sezilarli darajada yangilanishga uchradi va hozirgi kungacha ishlatilmoqda. Zamonaviy texnologik operatsiyani bajarish uchun asosiy uskunalardan biri markazdan qochma separatoridir, bu markazlashgan separatorning turidir [11].
1-rasm. Burg‘ulash eritmasini markazdan qochma separatorining sxemasi Burg‘ulash eritmasini markazdan qochma separatoridagi teshilgan rotor 2, korpus 1 ichida aylanadi. Burg‘ulash eritmasi korpusga kirganda, rotorning markazdan qochma maydoniga tushadi. Suyuqlik oqimi yo‘nalishini va aylanishini oladi, natijada qattiq faza massasi bo‘yicha ajraladi. Eng katta zarrachalar (barit, katta shlam) separator korpusining devorlariga siqiladi va oqimning periferik qismida oqish teshigi 4 tomon harakatlanadi. Eritma fazasi, kichik zarrachali
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 18
Texnika, texnologiya va jihozlar
qattiq fazasi bo‘lgan burg‘ulash eritmasi rotor ichida harakatlanadi va qurilmadan rotor vali 3 orqali chiqadi. Burg‘ulash eritmasini yengil va og‘irlashtirilgan quyqa (pulpa)ga ajratib, operator ularni aylanma tizimiga qaytarishni va zaxira idishlarga yuborishni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shunda qattiq fazaning miqdori va tarkibini birinchi marta boshqarish amalga oshiriladi. Burg‘ulash eritmasi markazdan qochma separatorga kirish yo‘li 5 oqali kiritilgandan so‘ng, uning qovushqoqligi kamaytirilishi uchun ko‘pincha suv bilan aralashtiriladi, shunda qattiq fazaning ajralishini yaxshilash uchun sharoitlar yaratiladi [12]. Bu separator yordamida quyidagi funksiyalarni bajarish mumkin: − Eritmani shlamdan tozalash - bu uchun separatorni ilon filtrini tozalashning to‘rtinchi bosqichi sifatida o‘rnatish mumkin; shlamni tozalashni amalga oshirish uchun qayta ishlangan eritmani separatorga yuborib, 4 mkm dan kattaroq shlam zarrachalarini olib tashlaydi; − Og‘irlashtiruvchi moddalarni qayta tiklash - sirkulyatsiya jarayonida yoki kolonning ko‘tarilishi-tushirilishida separatorni ishga tushirib, eritmaning ortiqcha qismidan og‘irlashtiruvchi quyqani ajratib olishadi; bu quyqani zaxira idishida yig‘ib, kerak bo‘lsa, burg‘ulash eritmaga qo‘shish mumkin; − Qattiq fazaning miqdori va tarkibini boshqarish - bu asosan texnologik vazifa bo‘lib, uning hal qilinishi uchun eritmaning oqishi va agregatning ish rejimi qat’iy nazorat qilinadi; baritdan iborat og‘ir faza quyqasining ko‘p qismini sirkulyatsiya tizimiga qaytarish mumkin, yengil faza esa shlam zarrachalari bilan boyitilgan bo‘lsa, ko‘pgina hollarda to‘xtatish ambariga chiqariladi; bu oqimning bir qismi eritma hajmini kamaytirish uchun ishlatiladi; − Qumlar va loylardan olingan quyqani konsentratsiyalash. Ba’zan separatorni qum va loylardan olingan quyqani qo‘shimcha konsentratsiyalash uchun ishlatishadi, bu esa ko‘p bosqichli gidrotsiklonli tozalashda burg‘ulash eritmaning yo‘qotilishini kamaytiradi; qo‘shimcha ravishda chiqarilgan burg‘ulash suyuqligi, qimmat reagentlar bilan birga, sirkulyatsiya tizimiga qaytariladi, shlam esa yo‘qotiladi. Odatiy holda, markazdan qochma separatori burg‘ulash suyuqligini shartli ravishda sozlash uchun davriy ishlatiladi. Burg‘ulash eritmasidan markazdan qochma separator yordamida yengillashtirilgan eritma tayyorlashda texnologiyaning rivojlanishi sababli separatorning samaradorligini oshirish, energiya sarfini kamaytirish va ajratish aniqligini oshirishga qaratilgan doimiy tadqiqot amalga oshirib kelinmoqda.
Xulоsа. Xulosa qilib aytganda, markazdan qochma separator qattiq va suyuq komponentlarni dispers fazaning qattiq zarralaridan ajratish uchun yengillashtirilgan burg‘ulash eritmasi tayyorlashda qo‘llaniladigan muhim uskuna bo‘lib, eritmalarni yengillashtirishda ishlash prinsipi soddaligi, ish unumdorligi bilan ajralib turadigan hamda og‘ir va yengil fazalarni samarali ajratishni ta’minlashda ishlatiladigan markazdan qochma separatorlarni eritmani tayyorlashda qo‘llash orqali quduqlarni burg‘ulash tezligi oshadi va quduqlarni burg‘ulashda quduq tannarxining sezilarli kamayishiga olib keladi
Adabiyotlar (15)
- 1. A.K. Raximov, A.M. Aminov, A.A. Raximov Parmalovchi muhandislar uchun ma’lumotnoma (spravochnik). O‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2008 y.
- 2. A.M. Aminov, N.Yodgorov, X.T. Tolipov “Burg‘ulash eritmalari” Toshkent – 257. 1996 y.
- 3. N.Yodgorov “Burgilаsh eritmаlаri”. Darslik, Tоshkеnt, TDTU bosmaxonasi, 2002 y.
- 4. Грей Дж.Р. Сoстaв и свoйствa бурoвых aгентoв (прoмывoчных жидкoстей) -М.: Недрa, 1985-509 с.
- 5. Ярoв A.Н. Бурoвые рaствoры с улучшенными смaзoчными свoйствaми М.: Недрa, 1975-143 с.
- 6. Рязанов Я.А. Энциклопедия по буровым растворам. Оренбург: «Летопись», 2005. - 664с.
- 7. Aндресoн Б.A., Мaaс A. Бурoвoй рaствoр нoвoгo пoкoления. // Нефть и кaпитaл. М. - 1997. - С. 93-94. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026
- Technique, technology and equipment
- 8. Рябченко В.И. Управление свойствами буровых растворов. М.: Недра, 1990.-230 с.
- 9. Литяевa З.A. Глинoпoрoшки для бурoвых рaствoрoв. -М.: Недрa, 1992-192 с.
- 10. Muharry A. Horisontal Drilling Improves Recovery in Abu Dhabi. Oil and Gas I. - 1993. Vol.91. - №38. - P.54-56.
- 11. Булатов А.И., Аветисов А.Г. Справочник инженера по бурению: В 4-х кн. -М: Недра, 1993.
- 12. Шантарин В.Д., Войтенко B.C. Физико-химия дисперсных систем. М.: Недра, 1990.-315 с. Xolmuxammadiyev Abduxoliq Mahammadi o‘g‘li – Buxоrо davlat texnika universiteti, 02.00.11-Kolloid va membrana kimyosi ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchi, Tel.:+998 33 118 01
- 01 Tоshеv Shеrzоd Оrziyеvich – Buxоrо davlat texnika universiteti,“Nеft-gаz ishi” kаfеdrаsi dоtsеnti, е-mаil: shеrzоdbuxоrо@mаil.ru. ҚОВОҚ УРУҒИ ҚОБИҒИНИНГ СИНДИРИШ КУЧЛАРИНИ АНИҚЛАШ МЕТОДИКАСИ Джураев Х.Ф., Ўктамова Ш.Ҳ. Бухоро давлат техника университети. Аннотация. Мақолада қовоқ уруғи қобиғини ажратишда материалларни синаш универсал қурилмасидан фойдаланган ҳолда синдириш кучларини аниқлаш методологияси келтирилган. Ҳозирги кунда республикамизнинг фермер хўжаликларида етиштириладиган сабзавотлар, жумладан, қовоқ етиштириш ва унинг уруғидан мой ишлаб чиқаришни ривожлантириш тенденциялари ҳақида таҳлилий маълумотлар ёритилган. Шунингдек, етиштирилаётган қовоқ уруғларининг мағзини қобиғидан ажратиш тўғрисидаги илмий-тадқиқот ишлари баён этилган. Калит сўзлар: қовоқ уруғи, қовоқ уруғи мағзи(ядроси), синдириш кучи, намлик, нисбий намлик, WР-300материалларни синаш универсал қурилмаси, деформация. METHODOLOGY FOR DETERMINING THE BRUTAL STRENGTH OF PUMPKIN SEED SHELL Juraev Kh.F., Uktamova Sh.H., Bukhara state technical university. Abstract. The article presents a methodology for determining the breaking strength of pumpkin seed shells using a universal material testing device. Analytical data on the current trends in the development of vegetables grown in farms of our republic, including pumpkin cultivation and the production of oil from its seeds, are presented. Also, scientific research on the separation of the core of cultivated pumpkin seeds from the shell is described. Keywords: pumpkin seed, pumpkin seed kernel, tensile strength, moisture, relative humidity, WP-300 universal materials testing device, deformation. Кириш. Қовоқ уруғиниг мағзи (ядроси) қобиғи жипс ёпишганлиги сабабли унинг мағзини қобиғидан ажратиш мураккаб. Маълумки, пресслаш орқали мой олиш жараёнининг самарадорлиги хом ашёнинг майдаланганлик даражасига ҳамда преслашга берилаётган юпқа қатламли янчилманинг ўлчамига боғлиқлиги экспериментал тадқиқ қилинган. Қовоқ уруғи мағзини қобиғидан тўла ажратишнинг ноанъанавий усули қўлланилиб, дастлаб қовоқ уруғи 12-16 атмосфера босими остида сақланиб, бир вақтнинг ўзида иссиқлик ишлови берилгач, лаҳзали дақиқаларда босимнинг йўқотилиши туфайли 75-80 % қовоқ уруғининг мағзи қобиғидан ажралиши амалга оширилган тадқиқотларда ўз ифодасини топган. Пресслаш қурилмасида структура ҳосил қилиш ҳамда максимал миқдорда намуналар таркибидан мой олиш учун янчилма таркибининг 25-30 фоизини қовоқ уруғининг қобиғи ташкил этиши асосланган
- [1]. Айнан Ўзбекистон ҳудудида етиштириладиган ёғдорлиги жиҳатидан юқори бўлган Кашкарская-1644 нави уруғининг қобиқ қисми қалинлигини ва уруғ ядросининг икки томонида жипс ёпишган юпқа пластинкалари мавжудлигини инобатга олган ҳолда ноанъанавий энергия таъсир этиш усули муҳим ҳисобланади. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 20