Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Tiklangan tolalardan mexanik texnologiyada notoqima matolar tayyorlash imkoniyatlari

ATAXANOV A.K., AZIZOV I.R., ODILXONOVA N.O.

Nashr
1-son
Sahifalar
269–273
Nashr etildi
01.02.2025
Ko'rishlar
2 7

Annotatsiyalar

Maqolada chigal iplar va ip qoldiqlarini qayta ishlab, tolali massa olish uchun yaratilgan kichik gabaritli uskunada chigal iplarni qirqmasdan olingan tiklangan tolalardan noto‘qima matolar ishlab chiqarish imkoniyatlari yoritilgan. Yigirish korxonasi chiqindilari va tiklangan tolalardan iborat aralashmada tiklangan tolalar miqdorini bosqichma-bosqich oshirib borib, tikib-to‘qish usulida noto‘qima matolar tayyorlangan. Ishlab chiqarilgan noto‘qima matolarning xossalari aniqlangan.

Maqola Mazmuni

Kirish. Jahonda ikkilamchi to‘qimachilik resurslaridan foydalanish borasidagi yechimlarni aniqlash, chiqindilarning atrof-muhitga zarari va ulardan foydalanishning iqtisodiy foydasini ko‘rsatish, chiqindilarning atrof-muhitga ekologik yukini kamaytirish, ishlab chiqarish chiqindilarini yo‘q qilish yoki keskin kamaytirish, moslashtirilgan texnologiyalarni, yopiq texnologik sikllarni va kam chiqindili jarayonlarni keng joriy etish, tolali ikkilamchi to‘qimachilik resurslarini qayta ishlash jarayonlarini takomillashtirish va chiqindilardan tolali massa olishga ixtisoslashgan yangi uskunalarni ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 267 Технологии текстильной и легкой промышленности Ushbu yo‘nalishda, jumladan, ipli ikkilamchi resurslarni va eskirgan to‘qimachilik buyumlari hamda sanoat chiqindilarni qayta ishlash asosida to‘qimachilik sanoatida mahsulot ishlab chiqarishga yaroqli tiklangan tolalar olish texnologiyasini yaratish, jihozlarning texnik va texnologik imkonyatlarini kengaytirish bo‘yicha tadqiqotlar ustivor hisoblanmoqda. To‘qimachilik chiqindilari tolali, turli iplar, qirqim va qiyqimlar, maishiy eskirgan to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rinishidagi iste’mol chiqindilari shaklida bo‘ladi. Iste’mol chiqindilariga sanoat korxonalarida, transportda, umumiy ovqatlanish va sog‘liqni saqlash sohalarida, tibbiyot muassasalarida, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida va boshqalarda hosil bo‘lgan eskirgan kiyimlar, choyshablar, pardalar va boshqalar ko‘rinishidagi ishlab chiqarish va texnik chiqindilar ham kiradi [1]. Chiqindilarning miqdori va ularni keyingi taqdiri hozirda juda ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Jahon resurslari instituti ma’lumotlariga ko‘ra, bitta paxta ko‘ylak yasash uchun 2700 litr suv kerak bo‘ladi. To‘qimachilik chiqindilari poligonlarida parchalanishi uchun 200 yil vaqt ketishi mumkinligi ko‘rsatilgan [2]. Shuning uchun to‘qimachilik chiqindilarini samarali yig‘ish va qayta ishlash usullarini ishlab chiqarilishi dolzarbligicha qolmoqda. Ip-gazlama sanoatida xomashyo bazasidan samarali va tejamkor foydalanish vositalaridan biri ishlab chiqarish chiqindilarini oqilona qayta ishlashdir. Ip, gazlama va trikotaj matolar tayyorlash jarayonlarida ishlab chiqarish chiqindilari muqarrar ravishda hosil bo‘ladi, ularda kalta tolalar bilan bir qatorda uzun, yigiriladigan tolalar ham mavjud. Ishlab chiqarish chiqindilaridan qo‘shimcha ravishda to‘qimachilik mahsulotlari, jumladan, noto‘qima matolar va ip ishlab chiqarishda foydalanish yo‘lga qo‘yilgan [3-5]. Sharma va Goel [6] qayta ishlangan poliester/paxta tolalardan turli nisbatlarda (70:30, 50:50 va 70:30) qo‘shib, igna sanchish usuli bilan noto‘qima matolar ishlab chiqardilar. Matolarning turli xususiyatlari tahlil qilinganda fizik xossalari yaxshi bo‘lishi uchun aralash matoda tolalarni eng to‘g‘ri nisbati 30:70 paxta/poliester tolasi aralashmasi ekanligi ta’kidladilar [7-9]. Tadqiqotlarida turli nisbatlarda toza paxta tolasi bilan qayta ishlangan paxta tolalari aralashtirib, ip yigirishni tadqiq etdilar. Natija shuni ko‘rsatdiki, chiqindilarning ulushi oshgani sayin ipning uzilishdagi uzayishi kamaygan, ammo ipning notekisligi oshgan. Shuning uchun ular qayta tiklangan paxta tolasi foiziga ega bo‘lgan ushbu turdagi iplar qisqa muddatli foydalaniladigan matolar olishda ishlatilishi mumkinligini va ularning qo‘llanilishida notekislik emas, balki ayrim xossasigina muhimligini ta’kidlaydilar. Biroq hamma turdagi chiqindilarni osonlikcha qayta ishlangan tolaga aylantirish imkoniyati cheklangan. Bunday chiqindilarga ip qoldiqlari, to‘quv va trikotaj ishlab chiqarishda kesilgan iplarni uchlari kiradi. Ip-gazlama sanoatida qabul qilingan tasniflashda bunday chiqindilar chigal iplar deb ataladi [10,11]. Ko‘pgina sanoat korxonalari endi xarajatlarni kamaytirish uchun ip chiqindilarini qayta ishlatmoqda. Bundan tashqari, ba’zi texnologik yutuqlar chiqindilarni minimallashtirishga qaratilgan [12]. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ishlatilgan tola bilan almashtirilgan har bir kilogramm toza paxta uchun taxminan 65 kVt/soat tejaladi va shuning uchun yangi materialdan foydalanish bilan solishtirganda chiqindilarni qayta ishlashga e’tibor qaratiladi [13]. Amalda paxta ipi chiqindisidan foydalanishning ko‘plab usullari mavjud. Ulardan biri avvaldan kesilgan iplarni titish yo‘li bilan tolali massaga aylantirish hisoblanadi [14, 15]. Chiqindilarni tola holiga keltirish uchun esa ularni tozalash va regeneratsiya qilish jihozlari qo‘llaniladi. Bunday jihozlar turkumi juda keng miqyosdagi, konstruktiv tuzishi va ishlash tartibi bilan farqlanuvchi komplekslar darajasigacha yetkazilmoqda. Ip uzuqlari va qiyqimlarni qirqish mashinalarini takomillashtirish borasida bir qator yangi yechimlar va ixtirolar qayd etilgan. Shunday ixtirolardan birining mualliflari [16] prototip sifatida aylanuvchi kesish mashinasi bo‘lgan “Laroche” (Fransiya) kompaniyasining kesish mashinasini qabul qilishgan. Ip uzuqlari va qiyqimlar ko‘rinishidagi chiqindilarni qayta ishlab, tolali massa olish uchun titish mashinalarining turlari ham ko‘p bo‘lib, ular konstruksiyalari va ishlash imkoniyatlari bilan farqlanadi [17]. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 268 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni tahlil qilib, biz o‘z tadqiqotimizda ip-gazlama sanoatida hosil bo‘ladigan ipli ikkilamchi to‘qimachilik resurslarini qayta ishlab tolali massa olish texnologiyasi takomillashtirish va noto‘qima matolar tayyorlashda foydalanish imkoniyatlarini baholash maqsad qilib olindi. Qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqib ipli ikkilamchi to‘qimachilik resurslarini titib tolali massa olish maqsadida arra tishli qoplama o‘ralgan, uch juftli ta’minlash qurilmasi o‘rnatilgan kichik gabaritli uskuna yaratildi. Yangi taklif etilayotgan uskuna paxta tolalaridan tayyorlangan ip qoldiqlari va gazlama qiyqimlarini titib tola olishga mo‘ljallangan. Ushbu turdagi ikkilamchi xomashyoni titish uchun mo‘ljallangan dastlabki variantdagi uskuna ip uzuqlarini va turli gazlamalar qiyqimlarini qayta ishlash quvvatiga ega. Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Tadqiqotlarning ushbu bosqichida yangi taklif etilgan titish uskunasida chigal iplarni qirqish mashinasidan o‘tkazmagan holda qayta ishlandi. Titiladigan chigal iplar saralanganda yirik tugunlar va halqa shaklida eshilib qolgan qismlar ajratib olindi. Yangi titish uskunasida chigal iplarni titish jarayonini kompleks tatqiq qilish uchun uning barcha parametrlari aniqlandi va tiklangan tolali massa tarkibidagi tolalarni yigirishga yaroqliligini saqlashga erishildi. Bevosita titish jarayoni o‘rganilganda iplarni uzuqlari va chigal iplar dastlabki saralashdan so‘ng uskunada ajratib olingan massada tolalar 53,7 %, to‘la titilmagan ip bo‘lakchalari 46,3 % ni tashkil etdi. Tolaning shtapel uzunligi 25,8÷28,2 mm ga teng bo‘ldi. 1-jadvalda keltirilgan tolalarning xossalarining tahlili ularni to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga yaroqli tolalar olish mumkinligini ko‘rsatdi. 1-jadval Chigal iplarni qayta ishlab olingan tiklangan tolalarning xossalari № Ko‘rsatkichlar Qiymatlari 1. Mic (Mikroneyr) 4,7 2. Maturity index (yetilganlik indeksi) 0,86 3. UHML, [mm] (yuqori o‘rtacha uzunlik) 27,2 4. UI, [%] (bir xillik indeksi) 74,7 5. SFI, [%] (kalta tolalar indeksi) 19,45 6. Str, [g/tex] (nisbiy uzilish kuchi) 25,5 7. Elg, [%] (uzayish) 5,8 8. TrAr [%] (xor-xas maydoni) 0,16 9. Total Neps cnt. [Cnt/g] (umumiy nuqsonlar) 379 Ushbu xulosani amalda tekshirish maqsadida bir barabanli mashinada olingan titilgan tolalardan noto‘qima matolar ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyatlari tadqiq etildi. Noto‘qima matolar mexanik texnologiya asosida, tikib-to‘qish usulida ishlab chiqarildi [18]. Amaldagi korxona sharoitida noto‘qima matolar tozalash va tarash mashinalari chiqindilaridan, hamda lintdan iborat aralashmadan ishlab chiqariladi. Bunda lint aralashmaning 40 % ni tashkil etadi. Tadqiqotlarda yigirish korxonasi chiqindilari va qo‘shiladigan lintni kamaytirish ko‘zda tutildi. Chigal iplardan tiklangan tolalar miqdorini bosqichma-bosqich ortib borishi mato xossalariga ta’sirini baholash uchun turli variantlarda aralashma qayta ishlandi. Ishlab chiqarilgan noto‘qima matolarning xossalari o‘rnatilgan tartibda aniqlandi. Barcha variantlarda ishlab chiqarilgan matolarning xossalari 2-jadvalda keltirilgan. Tadqiqotlar natijalarini tahlil qilinganda tolalar aralashmasidan mahsulot chiqishi sezilarli darajada ortishi, taramdagi nuqsonlarni esa kamayishi kuzatildi. Aralashmadan mahsulot chiqishining ortishi yigirish korxonasi chiqindilari tarkibida xor-xas va nuqsonlarning mavjudligi, ularni tozalash jarayonida ajralib chiqishi, tiklangan tolalarda esa xor-xasning yo‘qligi bilan izohlanadi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 269 Технологии текстильной и легкой промышленности 2-jadval Tolalar aralashmasidan tayyorlangan noto‘qima matolarning xossalari Aralashmada tiklangan tolalar miqdori, % Matoning uzilish kuchi, N Bir gramm taramdagi nuqsonlar soni, Aralashmadan taram chiqishi, % bo‘ylamasiga, Rb eniga, Re yirtishda Ry 14 89,8 181,4 89,9 30,7 681 26 92,6 193,3 88,6 31,8 534 38 93,1 194,2 89,5 35,6 355 50 93,9 195,9 89,7 36,4 331 62 95,4 187,8 93,7 37,2 317 Taramdagi nuqsonlarning kamayishi esa chiqindilar tarkibidagi nuqsonlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni tarashda qisman kamaysa-da, yanada maydalanishi natijasida tuguncha shaklidagi mayda nuqsonlar soni ortib ketadi. Tiklangan tolalarda xor-xasning yo‘qligi, nuqsonlarning kam bo‘lishi aralashmadan mahsulot chiqishining ko‘p bo‘lishi hamda taramda nuqsonlarni kamayishiga olib keldi. Noto‘qima matolarning xossalari ichida uning uzilish kuchi muhim hisoblanadi. Ushbu xossa, asosan, tikuvchi ipning mexanik xossalariga bog‘liq. Bu xulosa ushbu tadqiqotda ham o‘z isbotini topdi. Barcha variantlarda matoning turli yo‘nalishlardagi uzilish kuchi deyarli bir maromda, keskin bo‘lmagan og‘ish kattaliklarida qoldi (1-rasm). 1-rasm. Noto‘qima matoning uzilish kuchining aralashmada tiklangan tolalar miqdoriga bog‘liqligi Xulosa. Shunday qilib, bir barabanli titish uskunasida qirqilmagan holdagi chigal iplarni qayta ishlangandan keyin olingan tiklangan tolalarni to‘qimachilik mahsulotlari, jumladan, noto‘qima matolar tayyorlashda foydalanish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Ushbu muammoni yanada kengroq tadqiq etish asosida mahsulotlar assortimentini yanada kengaytirsh mumkin. Korxonada sotib olinadigan lint o‘rniga tiklangan tolali massa ishlatilganda aralashmadan taram chiqishi 7,4% ga ortishi hisobiga korxona iqtisodiy tomonidan foyda olishi mumkinligi aniqlandi

Adabiyotlar (17)

  1. 1. Характеристика и способы переработки текстильных отходов. Краткая характеристика “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
  2. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари пряжи путем регенерации отходов прядильного производства//Журнал Известия Вузов «Технология текстильной промышленности» 2019, № 1 (379), с.180-185.
  3. 4. Павлов Ю.В. и др. Получение пряжи большой линейной плотности.-Иваново: ИГТА, 2004.-144с.
  4. 5. Полякова Д.А. Роторный способ прядения и армирования. М., 1987.
  5. 6. Sharma, R., Goel, A. Development of nonwoven fabric from recycled fibers. //Journal Textil Science Engineering. 2017, 7, p. 289–292.
  6. 7. Ichim M., Sava C. Study on recycling cotton fabric scraps into yarns// Bul. Agir. 2016, 3, p.65– 68.
  7. 8. Azizov I., Odilkhonova N. Technology of spinning a mixture of cotton fibers of various qualitative composition and waste //American Institute of Physics Conference Series. – 2023. – Т. 2789. – №. 1. – С. 040049.
  8. 9. Odilkhonova N., Azizov I. Investigation of technological parameters of the spinning process on a rotor spinning machine //American Institute of Physics Conference Series. – 2023. – Т. 2789. – №. 1. – С. 040040.
  9. 10. O‘zDSt 3310-2018. Вторичные материальные ресурсы переработки хлопкового волокна. Технические условия.
  10. 11. Полякова Д.А и др. Отходы хлопчатобумажные. М., 1990.
  11. 12. Khan MKR, Sarker RC, Rahman H. The Influence of Some Process Parametres on Rotor Spun Yarn Quality Produced from Recycled Cotton Spinning Wastes. International Journal of Textile Science 2015; 4(1): p.9-19.
  12. 13. Woolridge AC, Ward GD, Phillips PS, Collins M, Gandy S. Life Cycle Assessment for Reuse/Recycling of Donated Waste Textiles Compared to Use of Virgin Material: an UK Energy Saving Perspective. Resources Conservation & Recycling 2006; 46(1):p. 94-103.
  13. 14. Атаханов А. К., Азизов И. Р., Одилхонова Н. О. Использование вторичного текстильно- сырьевого сырья в виде путанки, концов пряжи //International journal of conference series on education and social sciences (Online). – 2023. – Т. 3. – №. 4., p.16-18.
  14. 15. Атаханов А.К., Азизов И.Р. Исследования технологии переработки концов хлопчатобумажной пряжи на качество волокна // Universum: технические науки :электрон. научн. журн. 2021. 10(91). URL: https://7universum.com/ru/tech/archive/item/12478.
  15. 16. Фролова И.В., Фролов В.Д., Башков А.П. Устройства для резания текстильных отходов. Патент RU 2 278 189C2. https://findpatent.ru/patent/227/2278189.html
  16. 17. Петканова Н.Н. и др. Переработка текстильных отходов и вторичного сырья. М.: Легпромбытиздат, 1991, с.92-93.
  17. 18. Azizov I.R. Noto‘qima matolar texnologiyasi. (Darslik)/ I.R. Azizov, U.H.Meliboyev, H.H. Ibragimov.-T.: 2022.-456 b. Ataxanov Avazbek Komiljanovich – PhD, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” katta o‘qituvchisi, Tel.: +998912806860, Email: ataхan1967@mail.ru Azizov Inomjon Rashidovich – t.f.n., dotsent, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti. Tel.: +998913515488. Odilxonova Nafisa Olimjonovna – PhD, dotsent, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti “To‘qimachilik sanoati mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, Tel.: +998912954899, Email: bonutextile@gmail.com “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 271