Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Tikuv mashinasi qavariq rezinali vtulkali qayishqoq tayanchlarga o‘rnatilgan bosh vali tebranish amplitudasi tahlili

AMONOV A.R, MUXAMMEDJANOV M.M.

Nashr
1-son
Sahifalar
283–285
Nashr etildi
24.02.2026
Ko'rishlar
2 5

Annotatsiyalar

Ushbu maqolada tikuv mashinasi asosiy ishchi organlari harakatni bosh valdan olishi, bosh valga vertikal yo‘nalishda inertsiya kuchlari ta’sir qilishi hamda mexanizmlar bir qator ishchi organlari inersiya momentlarining o‘zgaruvchan qiymatlari keltirilgan. Tikuv mashinasida qavariq rezinali vtulkali qayishqoq tayanchlarga o‘rnatilgan bosh valining tebranish amplitudasi tahlillari keltirilgan.

Maqola Mazmuni

𝑃𝑚= 𝑚𝑘𝑒𝑙𝜔2 2 𝐷𝑣 2 (1) bu yеrda, 𝑚𝑘𝑒𝑙− muvozanatlashmagan massalarning keltirilgan massasi; 𝜔2, 𝐷𝑣− tikuv mashinasi bosh valining burchak tezligi va diametri. Bosh valning og‘irligi tufayli qavariq rezinali tayanchlar deformatsiyalanadi va ularning qiymatlari quyidagi ifodadan aniqlanadi: 𝑋𝑠𝑡= 𝐺2𝑣 𝐶𝑘𝑒𝑙 (2) bu yеrda, 𝐺− bosh valning og‘irligi; 𝐶𝑘𝑒𝑙− tikuv mashinasining bosh validagi rezinali podshipnik tayanchlarining keltirilgan bikrlik koeffitsiyentlari: 𝐶𝑘𝑒𝑙= 𝐶1 + 𝐶2 + 𝐶3 (3) Har bir rezina tayanch (qavariq rezina vtulkalar) bikrlikni nochiziqli tashkil etuvchisini hisobga olib, ularning bikrlik koeffitsiyentlari quyidagi ifodalar bo‘yicha aniqlanadi [2,3]. 𝐶1 = 𝐶1 1 + 𝐶1𝑁 3 ; 𝐶2 = 𝐶2 1 + 𝐶2𝑁 3 ; 𝐶3 = 𝐶3 1 + 𝐶3𝑁 3 (4) bu yеrda, 𝐶1 1, 𝐶2 1, 𝐶3 1 − tikuv mashinasining bosh validagi elastik tayanchlar mustahkamlik koeffitsiyentlarining chiziqli tashkil etuvchilari; 𝐶1𝑁 3 , 𝐶2𝑁 3 , 𝐶3𝑁 3 − elastik tayanchlar mustahkamlik koeffitsiyentlarining chiziqsiz tashkil etuvchilari. Bunda keltirilgan bikrlik koeffitsiyent 𝐶𝑘𝑒𝑙 (3) tenglamani hisobga olgan holda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi 𝐶𝑘𝑒𝑙= (𝐶1 1 + 𝐶1𝑁 3 ) + (𝐶2 1 + 𝐶2𝑁 3 ) + (𝐶3 1 + 𝐶3𝑁 3 ) (5) Inersiya kuchlarini hisobga olgan holda vertikal yo‘qolishda bosh valning tebranishlari amplitudasini aniqlaymiz: 𝐴= 0,5𝑔𝑝0 2(3𝑚𝑛+ 𝑚𝑣+ 𝑚𝑝1 + 𝑚𝑝2 + 𝑚𝑝3) [𝑝0 2 −𝜔2𝑣 1 ] ∙[(𝐶1 1 + 𝐶1𝑁 3 ) + (𝐶2 1 + 𝐶2𝑁 3 ) + (𝐶3 1 + 𝐶3𝑁 3 )] (6) “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 281 Textile and light industry technologies bu yеrda, 𝑝0 − bosh valning xususiy tebranishlari chastotasi; 𝑚𝑛− podshipniklar massasi; 𝑚𝑣−bosh val massasi; 𝑚𝑝1, 𝑚𝑝2, 𝑚𝑝3 − podshipnklarning mos ravishdagi rezina vtulkalarini massasi; 𝑔− erkin tushish tezlanishi. Parametrlarning tikuv mashinasi bosh valining tebranishlari amplitudasiga ta’sirini aniqlash uchun sonli еchimni prametrlarning quyidagi qiymatlarida amalga oshirdik: 𝑛= (3000 ÷ 6000) 𝑎𝑦𝑙/𝑚𝑖𝑛 𝐶1 1 = (0,5 ÷ 0,7) ∙104 𝑁/𝑚; 𝐶3 1 = (0,4 ÷ 0,5) ∙104 𝑁/𝑚; 𝐶2 1 = (0,3 ÷ 0,45) ∙104 𝑁/𝑚; 𝐶1𝑁= (0,1 ÷ 0,15)𝐶1 1; 𝐶2𝑁= (0,1 ÷ 0,15)𝐶2 1; 𝐶3𝑁= (0,1 ÷ 0,15)𝐶3 1; 𝑚𝑝= (0,06 ÷ 0,1) 𝑘𝑔; 𝑚𝑣= (0,8 ÷ 1,25) 𝑘𝑔; 𝑚𝑝1 = (0,02 ÷ 0,025) 𝑘𝑔; 𝑚𝑝2 = (0,035 ÷ 0,04) 𝑘𝑔; 𝑚𝑝3 = (0,027 ÷ 0,32) 𝑘𝑔; 𝐷2𝑣= (0,02 ÷ 0,025) ∙10−3 𝑚; Tikuv mashinasida gazlamalarni tikish jarayonida bosh valning tebranishlari amplitudasi va chastotasi asosan massaga, amortizatorlarning parametrlariga va xususan bosh valning aylanish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Bosh valning vertikal tebranishlari qamrovining uning burchak tezligiga bog‘liqlik grafiklari 1-rasmda keltirilgan. 1-rasm. Bosh valning vertikal tebranishlari amplitudasini uning burchak tezligiga bog‘liqlik grafiklari 1 – 𝑚𝑣= 0,8 𝑘𝑔; 2 – 𝑚𝑣= 0,9 𝑘𝑔; 3 – 𝑚𝑣= 1,0 𝑘𝑔; 4 – 𝑚𝑣= 1,15 𝑘𝑔. Olingan bog‘liqliklarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, 𝑚= 0,8 𝑘𝑔 da bosh val burchak tezligining 3,0 ∙102 𝑠−1 dan 6,0 ∙102 𝑠−1 gacha oshishi bilan bosh valning vertikal bo‘yicha tebranishlar amplitudasi chiziqsiz qonuniyat bo‘yicha 0,11 ∙10−3 m dan 0,24 ∙10−3 m gacha o‘sadi, bosh valning massasi 1,15kg bo‘lganda esa tebranishlar amplitudasi 0,425 ∙10−3m dan 1,1 ∙ 10−3 m gacha kattalashadi. Tebranishlar amplitudasi (0,3 ÷ 0,4) ∙10−3 m ga teng bo‘lishini ta’minlash uchun gazlamalarni 𝜔2𝑣= (5,0 ÷ 5,5) ∙102 𝑠−1 burchak tezligida tikish tavsiya etiladi. Ma’lumki, tebranuvchi tizimlarda massaning ahamiyati juda yuqori. Ammo, bizning holatda muvozanatlashmagan massadan, asosan bosh val aylanish o‘qining siljishidan tasir kuchi ko‘rib chiqildi [4]. Shuning uchun, bunda massa qancha katta bo‘lsa, tebranishlar amplitudasi shuncha katta bo‘ladi. Rezinali tayanchlardagi bosh valning tebranishlar amplitudasi o‘zgarishining tizimning keltirilgan massasi o‘zgarishiga bog‘liqlik grafiklari 2-rasmda keltirilgan. Grafiklar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 𝜔= 3,0 ∙102 𝑠−1 qiymatida 𝑚𝑘𝑒𝑙= 0,8 𝑘𝑔 dan 1,3 kg gacha oshganda tebranishlar amplitudasi 0,12 ∙10−3 m dan 0,38 ∙10−3 m gacha kattalashadi, bosh valning 4,5 ∙102 𝑠−1 aylanish chastotasida esa tebranishlar amplitudasi chiziqsiz qonuniyati bo‘yicha 0,41 ∙10−3 m dan 0,82 ∙10−3 m gacha o‘sadi. Bunda bosh valning vertikal tebranishlari amplitudasini (0,3 ÷ 0,4) ∙10−3 m gacha kamaytirish uchun keltirilgan massaning tavsiya etilgan qiymati 𝑚𝑘𝑒𝑙= (0,9 ÷ 1,4)𝑘𝑔 ga teng bo‘lishi kerak. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 282 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari 2-rasm. Elastik tayanchlardagi bosh valning tebranishlar amplitudasi o‘zgarishining tizimning keltirilgan massasi o‘zgarishiga bog‘liqlik grafiklari 1 – 𝜔2𝑣= 3,0 ∙102 𝑠−1; 2 – 𝜔2𝑣= 3,5 ∙102 𝑠−1; 3 – 𝜔2𝑣= 4,0 ∙102 𝑠−1; 4 – 𝜔2𝑣= 4,5 ∙102 𝑠−1. Olingan bog‘liqliklar tahlili shuni ko‘rsatadiki, m=0,8 kg da bosh valning podshipniklari tayanchlaridagi rezina amortizatorlarning keltirilgan bikrlik koeffitsiyenti 0,11 ∙104 𝑁/𝑚 dan 1,52 ∙104 𝑁/𝑚 gacha oshirilishi bilan tebranishlar amplitudasi chiziqsiz qonuniyatlar bo‘yicha kamaysa, bosh valning massasi 1,15 kg gacha oshirilganda 1,19 ∙10-3m dan 0,57 ∙10-3 m gacha A qiymatlari o‘zgaradi. 3-rasm. Tikuv mashinasida qavariq sirtli rezinali vtulkalari bo‘lgan podshipnikli tayanchlari bo‘lgan bosh valni vertikal tebranishlari amplitudasi vtulkalarning keltirilgan bikrlik koeffitsiyentlariga bog‘liqlik grafiklari 1 – 𝑚𝑣= 0,8 𝑘𝑔; 2 – 𝑚𝑣= 0,9 𝑘𝑔; 3 – 𝑚𝑣= 1,0 𝑘𝑔; 4 – 𝑚𝑣= 1,15 𝑘𝑔. Shuning uchun bosh val tebranishlarining samarali amortizatsiyasi, ya’ni tebranishlar qamrovini 𝐴= (0,3 ÷ 0,4) ∙10-3 m gacha kamaytirish uchun bosh valning podshipniklari tayanchlaridagi qavariq sirtli rezinalar keltirilgan bikrligi qiymatlarini 𝐶≥(1,35 ÷ 1,5) ∙104 N/m chegaralarda tanlash maqsadga muvofiqdir

Adabiyotlar (4)

  1. 1. Тимошенко С.П. Янг Д.Х., Унвер У., Колебания в инженерном деле. Машиностроение, М., 1976, 320 с.
  2. 2. Djuraev A., Yunusov S. Mashina va mexanizmlar dinamikasi (O‘quv qo‘llanma) -T. “Fan va texnologiya” 2019 y. 80 bet.
  3. 3. Баубеков С.Д. Джураев А. Динамика машин и механизм // Учебник, изд. “Эверо”, Тараз, Казакстан, 2014. 200 с.
  4. 4. Свелицкий В.А., Стасенко И.В. Сборник задач по теории колебаний. Учебное пособие для вузов. М., “Высш. школа” 1973 г. 456 с. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 283