Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
O‘smirlar uchun soddalashtirilgan ortopedik poyabzal elementlarining konstruktiv yechimlarini ishlab chiqish
Annotatsiyalar
Mazkur maqolada o‘smirlar uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan ortopedik poyabzal elementlarining konstruktiv еchimlari ilmiy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqilgan. Tadqiqot jarayonida poyabzalning asosiy funksional elementlari - taglik, ustki qism, ichki qolip va yuk ko‘taruvchi konstruktiv detallar tahlil qilinib, ularning biomexanik yuklanishlar ostidagi ishlash xususiyatlari o‘rganildi. Taklif etilgan soddalashtirilgan konstruksiya texnologik jihatdan qulay, iqtisodiy samarador hamda ommaviy ishlab chiqarish sharoitlariga mos ekanligi bilan ajralib turadi. Olingan natijalar o‘smirlar uchun ortopedik poyabzal konstruksiyasini takomillashtirishda va amaliy ishlab chiqarishda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
o‘smirlar ortopedik poyabzalisoddalashtirilgan konstruksiyapoyabzal elementlarikonstruktiv еchimbiomexanik yuklanishboldir–tovon bo‘g‘imiichki qoliptaglikergonomikatayanch-barqarorlik. DEVELOPMENT OF CONSTRUCTIVE SOLUTIONS FOR ELEMENTS OF SIMPLIFIED ORTHOPEDIC FOOTWEAR FOR ADOLESCENTS Mukhammedova M.O.Akhmedov J.J. Bukhara state technical university
This article presents constructive solutions for the elements of simplified orthopedic footwear for adolescents, developed with consideration of anatomical and physiological characteristics of the foot and biomechanical loading conditions during the growth period. The main functional components of the footwear-namely the outsole, upper, and internal insole-were analyzed in terms of their role in load distribution and stabilization of the ankle–hindfoot joint. The simplified footwear construction ensures technological feasibility, economic efficiency, and suitability for mass production. The obtained results can be used in the design and further improvement of orthopedic footwear for adolescents.
Maqola Mazmuni
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 286
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
Hozirgi kunda o‘smirlar orasida tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq funksional buzilishlar sonining ortib borishi ortopedik poyabzal konstruksiyasini takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. O‘smirlik davrida oyoq panjasi suyak-bo‘g‘im tizimining faol rivojlanishi, bog‘lam apparatining nisbatan beqarorligi maxsus konstruktiv yеchimlarga ega poyabzallardan foydalanishni taqozo etadi. Bunday poyabzal oyoq panjasini qo‘llab-quvvatlash, barqarorlashtirish hamda biomexanik yuklanishlarni kamaytirishni ta’minlashi lozim [1,2]. Ortopedik poyabzalni loyihalashda asosiy e’tibor taglik, ichki qolip va ustki qism kabi funksional elementlarning konstruktiv tuzilishiga qaratiladi. Ushbu elementlarning o‘zaro uyg‘unligi boldir–tovon bo‘g‘imiga tushadigan yuklanishlarning to‘g‘ri taqsimlanishiga, tayanchbarqarorlikning oshishiga va yurish jarayonida qulaylikning ta’minlanishiga xizmat qiladi [3]. Amaldagi ortopedik poyabzal konstruksiyalarining tahlili ko‘rsatishicha, ularning aksariyati murakkab texnologik yеchimlarga ega bo‘lib, bu ommaviy ishlab chiqarishda qo‘llash imkoniyatlarini cheklaydi hamda mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi [4, 5]. Shu sababli zarur funksional xususiyatlarni saqlagan holda konstruktiv jihatdan soddalashtirilgan ortopedik poyabzal elementlarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi [6]. Mazkur ishning maqsadi o‘smirlar uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan ortopedik poyabzal elementlarining konstruktiv yеchimlarini ishlab chiqish va ularni biomexanik yuklanishlar nuqtayi nazaridan asoslashdan iborat. Tadqiqot materiallari va usullari. Mazkur tadqiqotda o‘smirlar uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan ortopedik poyabzal elementlarining konstruktiv yеchimlarini ishlab chiqish va ularni biomexanik yuklanishlar nuqtayi nazaridan asoslash maqsad qilib olindi. Tadqiqot obyekti sifatida o‘smirlar oyoq panjasining tayanch-harakat jarayonida ishtirok etuvchi asosiy anatomik segmentlari hamda ortopedik poyabzalning funksional elementlari tanlandi. Tadqiqot jarayonida poyabzal konstruksiyasining asosiy elementlari - taglik, ichki patak, ustki qism va ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Konstruktiv tahlil jarayonida ushbu elementlarning geometrik shakli, qalinligi, joylashuvi hamda ularning tayanch yuzasi bilan o‘zaro ta’siri hisobga olindi. O‘smirlar oyoq panjasining anatomik va fiziologik xususiyatlari mavjud ilmiy adabiyotlar va me’yoriy hujjatlar asosida tahlil qilindi. Biomexanik yuklanishlarni baholashda yurish jarayonida oyoq panjasiga tushuvchi statik va dinamik yuklar hisobga olindi. Boldir–tovon bo‘g‘imi sohasida hosil bo‘ladigan yuklanishlarning taqsimlanishi soddalashtirilgan biomexanik model asosida tahlil qilindi. Ushbu modelda tayanch fazasi davomida hosil bo‘ladigan bosim kuchlari va ularning poyabzal elementlariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda konstruktiv еchimlarni soddalashtirish usuli qo‘llanilib, funksional xususiyatlarni saqlagan holda ayrim elementlarning konstruktiv murakkabligi kamaytirildi. Taklif etilgan yеchimlar ergonomik talablar, tayanch-barqarorlik va amortizatsiya ko‘rsatkichlari asosida baholandi. Olingan natijalar mavjud ortopedik poyabzal konstruksiyalari bilan taqqoslab tahlil qilindi. 1-jadval. Tadqiqotda o‘rganilgan ortopedik poyabzal elementlari va ularning funksional vazifalari
Poyabzal elementi Asosiy vazifasi Baholash mezoni
Taglik Yukni taqsimlash Amortizatsiya
Ichki qolip Tayanchni barqarorlashtirish Ergonomika
Ustki qism Oyoqni fiksatsiya qilish Barqarorlik
Natijalar va muhokama. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida o‘smirlar uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan ortopedik poyabzal elementlarining konstruktiv еchimlari ishlab chiqildi va ularning biomexanik samaradorligi baholandi. Tadqiqot jarayonida poyabzalning asosiy funksional
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 287
Textile and light industry technologies
elementlari - taglik, ichki qolip va ustki qism - boldir–tovon bo‘g‘imiga tushuvchi yuklanishlarni kamaytirish nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, taglik konstruksiyasida qalinlik va elastiklikning ratsional tanlanishi tayanch fazasida hosil bo‘ladigan zarba yuklanishlarini yumshatishga xizmat qiladi. Taglikning soddalashtirilgan konstruksiyasi yukni oyoq panjasi bo‘ylab nisbatan bir tekis taqsimlash imkonini berib, boldir–tovon bo‘g‘imi sohasida ortiqcha kuchlanishlarning kamayishiga olib keladi. Bu holat yurish jarayonida barqarorlikning oshishi bilan izohlanadi. Ich patak konstruksiyasida oyoq panjasining anatomik shakliga moslashtirilgan tayanch zonalarining mavjudligi tayanch-barqarorlik funksiyasini kuchaytirishi aniqlandi. Stelyaning soddalashtirilgan, biroq funksional jihatdan asoslangan shakli oyoq panjasining fiziologik holatini saqlashga yordam berib, uzoq muddatli foydalanishda qulaylikni ta’minlaydi. Natijada, ergonomik ko‘rsatkichlar yaxshilanib, yurish paytida oyoqning charchash darajasi kamayadi. Ustki qism konstruksiyasida fiksatsiya elementlarining ratsional joylashtirilishi oyoq panjasining poyabzal ichida siljishini cheklab, umumiy barqarorlikni oshiradi. Bu esa, ayniqsa, o‘smirlar uchun xos bo‘lgan faol harakatlar jarayonida jarohatlanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Soddalashtirilgan ustki konstruksiya texnologik jihatdan qulay bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini еngillashtiradi [6,7]. Olingan natijalar mavjud an’anaviy ortopedik poyabzal konstruksiyalari bilan taqqoslanganda, taklif etilgan soddalashtirilgan yеchimlar funksional xususiyatlarni saqlagan holda konstruktiv murakkablikni kamaytirishini ko‘rsatdi. Bu holat mahsulot tannarxini pasaytirish, ommaviy ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish va ortopedik poyabzalni kengroq iste’molchilar qatlamiga еtkazish imkonini beradi. Shu bilan birga, biomexanik yuklanishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan konstruktiv yеchimlar boldir–tovon bo‘g‘imi sohasida tayanch-barqarorlik va amortizatsiya ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslandi. 2-jadval. Ortopedik poyabzal konstruksiyalarining taqqoslama natijalari Ko‘rsatkich An’anaviy konstruksiya Soddalashtirilgan konstruksiya Yuklanish darajasi, % 100 82 Barqarorlik O‘rtacha Yuqori Ergonomika O‘rtacha Yuqori
2-jadvalda an’anaviy va soddalashtirilgan ortopedik poyabzal konstruksiyalarining asosiy funksional ko‘rsatkichlari taqqoslab tahlil qilindi. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, soddalashtirilgan konstruksiya qo‘llanilganda boldir–tovon bo‘g‘imiga tushuvchi umumiy yuklanish darajasi an’anaviy konstruksiyaga nisbatan 18 % ga kamaygan. Bu holat yuklanishlarning oyoq panjasi bo‘ylab yanada ratsional taqsimlanishi bilan izohlanadi. Barqarorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha soddalashtirilgan konstruksiya yuqori natija ko‘rsatib, yurish jarayonida oyoq panjasining poyabzal ichida barqaror fiksatsiyalanishini ta’minlashi aniqlandi. Ergonomik jihatdan ham soddalashtirilgan konstruksiya afzalliklarga ega bo‘lib, oyoq panjasining anatomik shakliga moslashuvi va qulaylik darajasi oshganligi kuzatildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, konstruktiv jihatdan soddalashtirilgan ortopedik poyabzal funksional xususiyatlarni saqlagan holda biomexanik samaradorlikni oshiradi va o‘smirlar uchun kundalik foydalanishga mos yеchim hisoblanadi. 1-rasmda o‘smir oyoq panjasining mushaklar tizimi va ularning biomexanik ishlash mexanizmi tasvirlangan. A qismida oyoq panjasining asosiy mushaklari - boldir uch boshli mushak, uzun peroneal mushak, barmoqlarni bukuvchi uzun mushak hamda bosh barmoqni bukuvchi uzun mushaklarning anatomik joylashuvi va yo‘nalishi ko‘rsatilgan. Ushbu mushaklar yurish jarayonida oyoq panjasining tayanch va harakat fazalarida faol ishtirok etib, boldir–tovon hamda metatarsofalangeal bo‘g‘imlarning barqaror ishlashini ta’minlaydi.
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 288
To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari
1-rasm. Oyoq panjasi mushaklarining anatomik joylashuvi (A) va boldir–tovon hamda metatarsofalangeal bo‘g‘imlarda mushak kuchlarining biomexanik modeli (B) B qismida esa mushak kuchlarining biomexanik modeli keltirilgan bo‘lib, bunda bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak kuchi, uning to‘piq va metatarsofalangeal bo‘g‘imlarga nisbatan kuch yеlkalari hamda bo‘g‘imlarning burchak tezliklari tasvirlangan. Ushbu model mushak kuchlarining oyoq panjasi yoyini shakllantirish va saqlashdagi ahamiyatini, shuningdek yuklanishlarning bo‘g‘imlar bo‘yicha taqsimlanish xususiyatlarini ilmiy asoslash imkonini beradi. Rasmda keltirilgan biomexanik bog‘lanishlar soddalashtirilgan ortopedik poyabzal konstruksiyasini ishlab chiqishda mushak faoliyatini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Xususan, poyabzal tagligi va ichki qolip konstruksiyasi oyoq panjasi yoyining tabiiy biomexanikasini qo‘llabquvvatlashi va boldir–tovon bo‘g‘imiga tushuvchi ortiqcha yuklanishlarni kamaytirishi lozimligi aniqlanadi.
2-rasm. O‘smirlar uchun mo‘ljallangan soddalashtirilgan ortopedik poyabzalning konstruktiv chizmasi (yon, yuqori va taglik ko‘rinishlari) 2-rasmda o‘smirlar uchun ishlab chiqilgan soddalashtirilgan ortopedik poyabzalning konstruktiv chizmasi keltirilgan bo‘lib, unda poyabzalning yon ko‘rinishi, yuqoridan ko‘rinishi hamda taglik shakli tasvirlangan. Chizmada poyabzal ustki qismining monoblok shaklda bajarilishi, minimal chok va detallar asosida konstruksiyalanganligi yaqqol ko‘rinadi. Bu yеchim oyoq panjasiga tushuvchi mahalliy bosimlarni kamaytirish va ergonomik qulaylikni oshirishga xizmat qiladi.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 289
Textile and light industry technologies
Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 290