Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Polimer kompozitsiya asosida ko‘p qatlamli mo‘ynali paketlar tayyorlash texnologiyasi

TEMIROVA G.I., SHODMONOVA M.S.

Nashr
1-son
Sahifalar
293–296
Nashr etildi
24.02.2026
Ko'rishlar
3 5

Annotatsiyalar

Mazkur maqolada mo‘ynado‘zlik sanoatida tabiiy mo‘yna chiqindilaridan samarali foydalanishga qaratilgan polimer kompozitsiyalar asosidagi resurstejamkor texnologiya tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida mo‘yna qiyqimlarini trikotaj asosga yеlimlash orqali ko‘p qatlamli mo‘ynali paketlar hosil qilish mexanizmlari o‘rganildi. Yopishqoq birikmaning mustahkamligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — polimer kompozitsiya qatlamining qalinligi, ajratish tezligi, harorat, plastifikator miqdori hamda substrat sirtining topografik xususiyatlari ilmiy asosda tahlil qilindi.

Maqola Mazmuni

“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 291 Textile and light industry technologies ▪ yopishtiruvchi va substratning tabiati (molekulyar og‘irlik, molekula shakli, molekulaning qutbliligi); ba’zi texnologik omillar bilan belgilanadi. Yopishtiruvchi va substrat orasidagi aloqa davomiyligining yopishtiruvchi bo‘g‘imning mustahkamligiga ta’siri — bu bog‘liqlikni katta zanjirli yopishqoq molekulalarning yoki substratning bo‘laklarining sekin tarqalishi bilan izohlash, yopishtirishning diffuziya nazariyasining to‘g‘riligidan dalolat beradi. Adsorbtsion nazariya ham, elektr nazariyasi ham vaqt o‘tishi bilan adgeziya mustahkamligining bunday xarakterli o‘sishini qoniqarli izohlay olmaydi [3]. Polimer kompozitsiya qatlamning qalinligi pasayishi bilan yopishqoqlik mustahkamligi bog‘liq ravishda oshib boradi. Bog‘lanish natijalariga substratning sirt topografiyasi, uning notekis (g‘adir-budir) kesilgan yuzasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar substrat silliq sirtga ega bo‘lsa va yopishqoqlikning substratga yopishishi nisbatan kichik bo‘lsa, yopishtiruvchi va substrat orasidagi chegara bo‘ylab yopishqoq birikmaning buzilishi sodir bo‘ladi. Substratning sirt g‘adir-budirligining ortishi bilan substratning nominal yuzasiga to‘g‘ri keladigan bog‘lanish yuzasi oshadi. Yelimlarning qatlamlarga ajralishi xarakterining o‘zgarishi muayyan miqdorda yеlimlanish mustahkamligini oshirishga olib kelishi mumkin — hattoki adgezion uzilish kogezionga (plyonkaning yopishqoqligiga qarshilik) almashadi [4]. Yelimlanish miqdori qavatlanish tezligiga ta’sir qilishi mumkin. Yopishtiruvchi substratdan tozalanish tezligining oshishi bilan yopishish ishi kuchayadi va yopishish yеtishmovchiligi tabiatining ko‘pincha o‘zgarishi kuzatiladi. Ma’lumki, adsorbtsiya nuqtai nazaridan yopishish ishlarining ko‘payishini tushuntirish umuman mumkin emas. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, past darajadagi qavatlanish tezligida bo‘shliq yuqori tezlikda yopishqoq holatga o‘tib, tabiatda bir xil ekanligi ko‘rsatilgan. Qavatlanish tezligining oshishi bilan ajralish tabiatining o‘zgarishi, sekin qavatlanish jarayonida molekulyar zanjirlarning relaksatsiya jarayonlari sodir bo‘lishi va polimerlar suyuqlik kabi harakat qilishlari bilan birlashadi, bu esa qatlamlarning bog‘lanishiga olib keladi. Yuqori kuchlanish tezligida esa relaksatsiya jarayonlari sodir bo‘lmaydi va polimer yuqori modulli qattiq jism kabi harakat qiladi hamda bu dastlabki kontakt joyida bog‘lanishning buzilishiga olib keladi [5]. Polimer kompozitsiyaning mexanik xususiyatlari harorat ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Haroratning bir oz ko‘tarilishi bilan kollagen asta-sekin yuqori elastik holatga o‘tadi, buning natijasida uning preparatlari deyarli material bo‘lishga yaroqli bo‘lmay qoladi. Kollagenni 50–100 °C haroratda qizdirishda uning mustahkamligi asta-sekin pasayadi va bunda mexanik xossalari qayta tiklanmaydi [6]. Shu sababli tajriba davomida haroratning yopishqoqlik-mustahkamligiga ta’sirini aniqlashda o‘zgaruvchanlik darajasi 20 dan 40 °C gacha bo‘lgan oraliqlarda aniqlanadi. Yelimlash jarayonida turli xil texnologik omillar ta’sir etadi. Plastifikatorning yuqori polimerning yopishishiga ta’siri haqida fikr yuritishda, diffuziya nazariyasining umumiy tushunchalariga asoslanish taqozo etiladi. Shunda yuqori yopishqoqlikka ega polimer kompozitsiya ichiga glitserin kiritilganda, molekulyar zanjirlarning issiqlikda diffuziyaning rivojlanishiga olib keladi va natijada yopishishi yumshoqligi hamda еlimlash mustahkamligi oshadi. Nisbatan past yopishqoqlikka ega bo‘lgan polimer ichiga plastifikatorni kiritish esa yopishtiruvchi molekulalarni substratdan “chiqarib olish”ni osonlashtiradi va shu bilan yopishishni yomonlashtiradi. Bunga qo‘shimcha ravishda, bunday yopishtiruvchi ichiga plastifikatorni kiritish uning mexanik xossalarini sezilarli darajada pasaytiradi, bu esa yеlimlash qobiliyatining yomonlashishiga ham olib kelishi mumkin. Shunga o‘xshash xulosalar yopishtiruvchi tarkibidagi plastifikator miqdorining yopishtirishga qanday ta’sir ko‘rsatishini belgilab beradi. Kichik miqdordagi plastifikator еtarlicha yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgan yopishtiruvchi vositaga kiritilganda, yopishqoqlik oshadi, ko‘p miqdordagi plastifikator esa еlimlash mustahkamligini, uning mexanik xossalarining yomonlashishi bilan yopishqoqligini pasaytiradi. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 292 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari Mexanik ishlov berishdan tashqari, polimerlarga kimyoviy ishlov ham beriladi. Kimyoviy moddalar yuqori polimerlarga ta’sir ettirishda, yopishish yaxshilanilishi kuzatiladi. Polimerning oshishi har doim gidrofilikning oshishi bilan bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi dalil sifatida qabul qilinadi [7]. Shunday qilib, to‘liq faktorial eksperiment o‘tkazish uchun yopishqoqlikni aniqlaydigan omillar tanlanadi, ular o‘zgarishi kerak, xususan: yopishqoqlikning qalinligi (polimer kompozitsiya), ajratish tezligi, yopishqoqlik, plastifikator va namlik ajratish harorati. Polimer aralashmasida glitserin plastifikator sifatida ishlatiladi, to‘liq faktorial eksperiment davomida uning miqdoriy ko‘rsatkichlari 1 baravardan 6 baravargacha o‘zgarib turadi. Polimer kompozitsiyaning yopishqoqlik mustahkamligiga ta’siri bir maydon birligiga to‘g‘ri keladigan polimer miqdoriga qarab belgilanadi. Ustki kiyim ko‘p qatlamli buyum bo‘lib, uning har bir qatlami muayyan funksiyalarni bajaradi. Shuning uchun kiyimlar to‘plamini tashkil etuvchi barcha materiallarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: • paltolar, yarim paltolar, kostyumlar, sport kiyimlar va boshqa mahsulotlar uchun asosiy materiallar. Ushbu materiallarga matolar, trikotaj va noto‘qima matolar, tabiiy va sun’iy mo‘ynalar, tabiiy va sun’iy terilar, kompleks materiallar kiradi. • kiyim qismlarini va alohida detallarini shaklbarqarorligini oshirish hamda mustahkamligining yo‘qotilishini kamaytirish uchun еlimlik materiallardan foydalanish. Bularga to‘qima va noto‘qima matolar, yеlimli, yеlimsiz to‘qima, noto‘qima matolar kiradi; • kiyimni ichki qirqimlarini yomon ko‘rinishidan asrash uchun astar materiallari va ulardan foydalanish qulayligi; • bezak materiallari (choklar, tasma, lentlar, krujeva va boshqalar); • kiyimlarni bezash uchun kiyim aksessuarlari (tugmalar, klipsi va boshqalar); • kiyim detallarini biriktirish uchun materiallar (tikuv iplari, yеlim) kiradi. Kiyim ishlab chiqaradigan korxonalarning samaradorligini oshirish, sifatni yaxshilash va material sarfini kamaytirish uchun buyum ishlab chiqarishda materiallarning xususiyatlarini to‘liq hisobga olish talab etiladi. Kiyim ishlab chiqarishning texnologik jarayoni, shuningdek ish sharoitlari materiallarning xususiyatlarini o‘zgartirishga olib keladi, bu esa kiyim uchun material tanlashda e’tiborni talab qiladi. Bularning barchasi asosiy materiallarni ilmiy asoslangan holda tanlash va kiyim-kechak konfiguratsiyasini talab qiladi. Mo‘ynali mahsulotlarga ishlov berish jarayonida qo‘llanilgan yеlimli kompozitsiya uning mustahkamligini oshirib ekspluatatsion xossalarini yaxshilaydi, natijada mahsulotning chidamliligi oshadi. Bundan tashqari mo‘ynali mahsulot hosil qilish jarayonida chiqindilarning chetki qirqimlarini asos (trikotaj)ga biriktirish uchun mashinada ipli zanjirsimon(raspashivalka) chok qo‘llaniladi. Hosil qilingan chokning xususiyatlari qiyqimni asos (trikotaj)ga biriktirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ishlov berishda hosil bo‘lgan chokning kengligi 2–3 mm dan oshmasligi kerak. Kiyim detallarini biriktirishda chok haqqi qancha katta bo‘lsa mato sarfi ko‘payib boradi. Bu esa texnologik jihatdan to‘g‘ri emas. Qalin matoli detallarga ishlov berishda chok haqqi miqdori 0,5–0,7 sm bo‘ladi. Chok haqqining katta miqdori olinganda uning tashqi ko‘rinishi buziladi va qirqimlarning chekkalaridagi matoning qalinligi oshib, sifati pasayadi. Chiqindilarni asos (trikotaj)ga biriktirishda asosan tutashtirma hamda qo‘yma choklardan foydalaniladi. Tabiiy mo‘ynadan tayyorlangan kiyimlar estetik ko‘rinishi bilan tikuvchilik buyumlari orasida o‘z o‘rniga ega. Silueti, bichimi, mavsumi, yosh va jinsi, shuningdek ishlatilgan materiallarning xilma-xilligi bilan kiyimlarning assortimentlari bir-biridan ajralib turadi. Agar, mo‘ynali qiyqimlar bir-biriga tutashgan holda joylashtirilsa, issiq saqlovchi xususiyatiga ega mo‘ynali paket hosil bo‘ladi. Mo‘ynali qiyqimlar orasida bo‘shliqlar hosil qilgan holda joylashtirilsa havo o‘tkazuvchan xususiyatga ega mo‘ynali paket bo‘lib qoladi. Shu tarzda mo‘yna qiyqimlari asos (trikotaj) detallariga yеlimlanadi. Tabiiy mo‘ynali kiyimlarni ishlab chiqarish va uning iste’mol xususiyatlarini tiklash uchun turli xil to‘qimachilik materiallari: “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №1/2026 293 Textile and light industry technologies gazlamalar, trikotaj va noto‘qima gazlamalar; kompleks materiallar: sun’iy charm va mo‘yna, zamsh (baxmalsimon charm), shuningdek turli teri to‘qimalariga ega bo‘lgan tabiiy mo‘yna va charm ishlatiladi. Bundan tashqari turli teri to‘qimali mo‘ynalar ishlab chiqarish sifatini yaxshilashga va ishlatish vaqtida e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan mexanik, fizik va boshqa xususiyatlarga ega materiallarni olishga imkon beradi [8] a) b) 1-rasm. Naqsh (logotip) Tayyorlash sifatida har qanday mo‘yna mahsulotidan turli xil kiyim yoki bezatuvchi elementlar olish mumkin. Masalan: logotip (1-rasm, a), belbog‘, qopqoq, manjet, yoqa, cho‘ntak, sumka, shapka, sharf, palto, yarim palto, kostyum va boshqalar. Tayyorlanadigan buyumlar matoning asosi va mo‘yna turiga bog‘liq. Kiyim detallari (old bo‘lak, orqa bo‘lak, еng v.h.)da qorako‘l mo‘yna qiyqimlaridan tayyorlangan shakllarni qirralari (yon qirqim, old bo‘lak markaziy qirqimi, еng o‘miz qirqimi, yoqa o‘miz qirqimi v.h.) bo‘ylab mavjud katta va kichik bo‘shliqlarga qo‘yish mumkin. Bunday mo‘yna qiyqimlarining joylashishi past issiqlik saqlovchi xususiyatlarga ega, ammo havo o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan estetik didni qondiradigan namunalar olish imkonini yaratadi

Adabiyotlar (8)

  1. 1. Горелова А.Е. Новый способ учета формовочных свойств материалов при определении параметров вытачек на выпуклость груди и лопаток Швейная промышленность. — 2008.- С.57-58.
  2. 2. Арбузова А.А. Повышение формоустойчивости полочки мужского пиджака с применением композиционных материалов. Автореферат канд. диссертации. 2010 г.
  3. 3. Artikbayeva N.M. Кiyim detallari shaklbarqarorligini oshirish texnologiyasini takomillashtirish: т.ф.ф.д. PhD: -TTYSI.Toshkent, 2024.-187 b.
  4. 4. Temirova G.I., Tursunova Z.N., Temirov O‘.Sh. Mo‘yna xomashyosi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlarga bo‘lgan talabni o‘rganish. Бухоро, 2012, 100-101 b.
  5. 5. Temirova M.I ―Tarmoq kimyosi va texnologiyasi», T.:DIZAYN-PRESS, 2013.-328 b.
  6. 6. Балтыжакова О.А. Разработка способа проектирования технологического процесса изготовления формованных деталей головных уборов из коллаген содержащего сырья: Дис ... канд. техн. наук: 05.19.04/МГУДТ.- М.:2003. – 147 с.
  7. 7. Гончарова М.С. Разработка метода проектирования многозональных коллагенсодержащих формованных деталей головных уборов: Дис ... канд. техн. наук: 05.19.04/МГУДТ.- М.:2006. – 182
  8. 8. Temirova G.I. Mo‘yna yarim tayyor mahsulotlari va resurstejamkor obyektlarning xususiyatlari. // Namangan muhandislik texnologiya instituti Ilmiy texnika jurnali. 2019№4.23-32 b. Development of science and technology Scientific and technical journal №1/2026 294