Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Ikkilamchi mahalliy xomashyolardan xamirturush tayyorlash usullari
Annotatsiyalar
Ushbu ishda uzum siqilmasi, undirilgan bug‘doy uni va soya siqilmasi asosida arzon va ekologik xavfsiz ozuqaviy muhit tayyorlash orqali xamirturush biomassasini yetishtirish imkoniyatlari o‘rganildi. Kompozitsion aralashma tarkibida uzum siqilmasi asosiy uglevod manbai sifatida, undirilgan bug‘doy uni esa qo‘shimcha fermentatsiyalanuvchi substrat va tuzilmaviy asos sifatida, soya siqilmasi esa oqsil va mikroelementlar manbai sifatida qo‘llanildi. Fermentatsiya jarayoni davomida Saccharomyces cerevisiae shtammi ishlatilgan bo‘lib, 28–30°C haroratda, 24–48 soat davomida o‘stirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tayyorlangan kompozitsion muhitda xamirturush biomassasining o‘sishi yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, yuqori ozuqaviy qiymatga ega mahsulot olindi. Ushbu yondashuv chiqindilardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
In this work, the possibilities of growing yeast biomass by preparing a cheap and environmentally friendly nutrient medium based on grape pomace, milled wheat flour and soybean pomace were studied. In the composition of the composite mixture, grape pomace was used as the main carbohydrate source, milled wheat flour as an additional fermentable substrate and structural basis, and soybean pomace was used as a source of protein and microelements. During the fermentation process, the Saccharomyces cerevisiae strain was used, which was grown at a temperature of 28–30°C for 24–48 hours. According to the results of the study, the growth of yeast biomass in the prepared composite medium had good indicators, and a product with high nutritional value was obtained. This approach is important for the effective use of waste, reducing production costs and reducing the negative impact on the environment
Maqola Mazmuni
Dunyo bo‘ylab, ayniqsa, bugungi kunda aholining an’anaviy, ya’ni asrlar davomida muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib kelingan asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari, xususan xamirturushdan foydalanib achitqisiz bug‘doy nonini ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganligi kuzatilmoqda. Ushbu turdagi mahsulotlar eksklyuziv ta’m va xushbo‘y hidi, ozuqaviy qimmati va mikrobial ifloslanishga chidamliligi bilan ajralib turadi. Biroq, nonvoyxonalarning zamonaviy diskret (uzlukli) ish sharoitida xamirturushlarni ishlab chiqarishning klassik texnologiyalaridan foydalanish deyarli mumkin emas. Shu munosabat bilan, oziq-ovqat sanoatining non pishirish tarmog‘ida mikroorganizmlarning sof kulturalari preparatlari (achitqilar)ni ishlatmaslik va yuqoridagi yarim tayyor mahsulotlarni tezlashtirilgan texnologiyalar asosida ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar juda dolzarbdir.
Respublikada non pishirish, xususan, glyutensiz non ishlab chiqarish uchun o‘z-o‘zidan tabiiy bijg‘iydigan xamirturushlarning ozuqaviy substrati sifatida noan’anaviy xom ashyolar, shu jumladan oziq-ovqat sanoati turli tarmoqlarining ikkilamchi xom ashyolarini ishlatish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 220
Food industry technologies
. 1-rasm. Undirilgan bug‘doy va uzum siqilmasi
а) б)
Tashqi ko‘rinishi:а-soya siqilmasi, b-soya siqilmasi uni 2-rasm. Soya siqilmasi Uzum siqilmasi, undirilgan bug‘doy uni va soya siqilmasi asosida kompozitsion aralashma tayyorlab xamirturush yetishtirish jarayoni — agrochiqindilar va ozuqaviy boy mahsulotlarni birlashtirib, yuqori sifatli xamirturush olish imkonini beradi. Bunday aralashma xamirturushning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan uglevod, oqsil va minerallarni ta’minlaydi 1-jadval. Xamirturush tayyorlash uchun kompozitsion aralashma tayyorlash № Xom ashyo Miqdori (nisbatda) Vazifasi
1 Undirilgan bug‘doy uni 50% Uglevod manbai (glyukoza, fruktoza) 2 Soya siqilmasi 40% Uglevod va fermentatsiya uchun asos 3 Uzum siqilmasi 10% Oqsil va aminokislotalar manbai Aralashma tayyorlash jarayonida uzum siqilmasi maydalanadi va kerak bo‘lsa, suyuqlikka aralashtiriladi. Bug‘doy uni zarur miqdorda elakdan o‘tkaziladi. Soya siqilmasi yaxshi aralashtiriladi, qattiq qismlar bo‘lmasligi uchun. Uzum siqilmasi, bug‘doy uni va soya siqilmasi birlashtiriladi. Aralashma 1:2 nisbatda suv bilan suyultiriladi (yoki xamirturush uchun optimal konsentratsiyaga).pH 4.5–5.5 darajasiga keltiriladi (agar kerak bo‘lsa, limon kislotasi yoki NaOH bilan). Aralashma 90°C da 15-20 daqiqa qizdirilib, yovvoyi mikroorganizmlar yo‘q qilinadi. Fermentatsiya (xamirturush yetishtirish): Saccharomyces cerevisiae shtammi qo‘shiladi (0.5–1% hajmda). Harorat: 28–30°C.Vaqt: 24–48 soat. Aeratsiya ta’minlanadi (xamirturush o‘sishini yaxshilash uchun).
Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 221
Oziq-ovqat sanoati texnologiyalari
Xamirturush biomassasini ajratish va tayyorlash: Fermentatsiya tugagach, xamirturush biomassa sentrifuga yoki filtr yordamida ajratiladi. Hosil bo‘lgan xamirturush quritiladi yoki nam holatda saqlanadi. Uzum siqilmasi: uglevodlar va fermentatsiya uchun zarur shakarlarni beradi. Bug‘doy uni: qo‘shimcha uglevod manbai, fermentatsiya uchun barqaror muhit yaratadi. Soya siqilmasi: yuqori sifatli oqsil, aminokislotalar va mikroelementlar bilan ta’minlaydi, xamirturush o‘sishini qo‘llabquvvatlaydi. 2-jadval. Xamirturushning kimyoviy tarkibi
№ Modda Miqdori (%) Izohlar
1 Oqsillar 40–50 Asosiy qism, fermentativ faollik va ozuqaviy qiymat manbai 2 Uglevodlar 25–30 Glyukogen va boshqa polysaxaridlar (energiya zahirasi) 3 Yog‘lar (lipidlar) 5–8 Xujayra membranalari uchun muhim, fermentativ faollikda rol o‘ynaydi 4 Vitamillar 3–6 B guruhi vitaminlari (B1, B2, B6, niatsin, foliy kislota va boshqalar) 5 Minerallar 3–5 Kaliy (K), fosfor (P), magniy (Mg), temir (Fe), sink (Zn) va boshqalar 6 Nuklein kislotalar 1–2 Ribonuklein kislota (RNK) va dezoksiribonuklein kislota (DNK) 7 Suv 5–10 Quritilgan holatda kam, yangi xamirturushda ko‘proq
Oqsillar: Xamirturush oqsillari fermentlar, strukturalar va metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Uglevodlar: Glyukogen shaklida saqlanadi va zarur bo‘lganda energiya manbai sifatida ishlatiladi. Vitaminlar: B guruhi vitaminlari xamirturushda tabiiy tarzda ishlab chiqariladi, ular oziqovqat sanoatida qo‘shimcha foydali xususiyat hisoblanadi. Minerallar: Xamirturush organizm uchun muhim mikroelementlar bilan boyitilgan. Lipidlar: Xamirturush membranalari va fermentlar faoliyati uchun zarur.
3-rasm. Xamirturush
“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 222
Food industry technologies
4-rasm. Xamirturush Xamirturushlar — mikrobiologik va biotexnologik jihatdan muhim organizmlar bo‘lib, ular turli sanoat sohalarida, ayniqsa oziq-ovqat, spirtli ichimliklar, farmatsevtika va yem sanoatida keng qo‘llaniladi. Xamirturush o‘sishi uchun uglevodlar, oqsillar, vitaminlar va mineral moddalarga boy muhit zarur. Ana shu talablar asosida uzum siqilmasi, undirilgan bug‘doy uni va soya siqilmasi kabi arzon, ammo ozuqaviy boy agrochiqindilar asosida kompozitsion aralashma tayyorlab, yuqori samarali xamirturush yetishtirish mumkin. Tayyorlangan xamirturush biomassasi tarkibida: 40– 50% oqsillar, 25–30% uglevodlar, 5–8% yog‘lar, shuningdek, B guruhi vitaminlari va muayyan minerallar mavjud bo‘lib, u yuqori biologik qiymatga ega. Bunday usul ekologik jihatdan foydali, iqtisodiy tejamkor va chiqindilarning qayta ishlanishi orqali muhim bioresursga aylantirish imkonini beradi. Shuningdek, bu yondashuv xamirturush ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, sifatli yem yoki texnik xamirturush olishda katta ahamiyatga ega
Adabiyotlar (8)
- 1. Ахмедова М.Б., Бешимов Ю.С., Хаитов Р.А. Использования порошка из виноградных выжимок в производстве заквасок спонтанного брожения для хлебопекарных целей // Journal of engineering sciences. 2024. -Vol. 7, Issue 10, P.8-14.
- 2. Ахмедова М.Б., Бозорова У.Р., Холова Ш.А. Изучение влияния состава питательного субстрата из нетрадиционного сырья на микробиом и качество закваски спонтанного брожения // Сentral asian journal of academic research. 2024. Vol. 2, Issue 11, -P.13-18
- 3. Akhmedova.M.B., Beshimov Yu.S., Khaitov R.A., Atamuratova T.I. The influence of nutrient substrate composition on the quality of spontaneous fermentation starter // Journal of Engineering and Technology. Vol. 14, Issue 2, Dec 2024. -P.1-8.
- 4. Akhmedova.M.B., Beshimov Yu.S., Khaitov R.A. Efficiency of using non-traditional raw materials in the production of spontaneous (natural) fermentation starters for yeastfree wheat bread // Journal of Engineering and Technology.2024. Vol. 14, Issue 2. -P.9-18.
- 5. Ахмедова М.Б. Влияние проращивания на химический состав зерна пшеницы // Development of science ilmiy jurnali. Vol. 1, 2024/6.P 6-12.
- 6. Axmedova.M.B., Xaitov R.A. O‘z-o‘zidan bijg‘iydigan xamirturush tayyorlashda ikkilamchi xomashyolardan foydalanishning istiqbollari // Development of science ilmiy jurnali. Vol. 2024/6. -P.20-27 (ОАК Rayosatining 2024-yil 27-sentyabrdagi
- 7. Ахmedova М.B., Yormatova D.Yo. Soya navlari donining texnologik xususiyatlari // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi-Xiva, 2020. № 6/1.19-21 б.
- 8. Ахмедова М.Б., Бешимов Ю.С., Хаитов Р.А. Применение соевого муки для улучшения белкового состава хлеба с использованием спонтанного брожения // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси-Хива, 2024. № 10/1. 288-291 б. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 223