Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Turli navlardagi paxtalarni tozalashdagi mavjud texnologiyalar tahlili

DO'STOVA F.X.

Nashr
2-son
Sahifalar
389–393
Nashr etildi
25.04.2026
Ko'rishlar
3 6

Annotatsiyalar

Maqolada paxta tozalash mashinalari tola tozalagichlarining turlari, turli xil tolalarga mos tozalash mashinalarining ishlash jarayonlari tahlili toʼgʼrisida maʼlumotlar keltirilgan Tayanch iboralar: tola tozalagich, arrali jin, arralararo qistirma, kolosnikli panjara, tola ajratish moslamasi, chigitli paxta, qo’zgalmas qistirma, jin arrali silindri ANALYSIS OF EXISTING TECHNOLOGIES FOR CLEANING VARIOUS VARIETIES OF COTTON Dustova F.Kh. Tashkent institute of textile and light industry

Maqola Mazmuni

“Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 387 Textile and light industry technologies Tozalash mashinalari chigitli paxtani mayda va yirik iflosliklardan tozalaydigan mashinalarga bo’linadi. Chigitli paxtadan aralashmalarni ajratish jarayoni chigitli paxtaning selektsion navi, uning namlik darajasiga, sanoat navi xususiyatlariga, tolasining uzunligiga, aralashmaning paxtaga qo’yilish vaqtiga va tolalarga ilashish xarakteriga bog’liq. Chigitli paxtani iflosliklardan tozalash samaradorligi mashina ish organlarining chigitli paxtaga ta’sir etish usuliga: to’rli sirt yoki kolosnik ustida chigitli paxtani silkitish, tozalash vaqtida havo oqimining aralashishi, qoziqchalar yoki plankalarning chigitli paxtaga dinamik ta’siri, arrali barabanlarning chigitli paxta bo’lakchalarining qanday titkilab, tarashiga bog’liq. Tozalash mashinalari ishchi organlarini chigitli paxtaga ta’siri o’z navbatida bir qator sabablarga: tozalash mashinasining ish unumiga, ishchi qismlarning aylanish tezligiga, ishchi qismlari orasidagi texnologik oraliqlariga, ularning konstruktsiyasiga, chigitli paxtaning nechanchi marotaba tozalanishiga va hakozolarga bog’liq. Mayda iflosliklarni aratish mashinalari texnologik liniyada o’rnatilishi hisobiga qarab individual va batareyali, ishchi organlarining chigitli paxtaga ta’siri jihatidan bir ta’sirli va qayta ta’sirli, ishchi organlarining soniga qarab bir barabanli va ko’p barabanli, konstruktsiyasi bo’yicha esa barabanli va shnekli xillarga bo’linadi. Mayda qo’shilmalar chigitli paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi tozalanadi. To’rli sirtlar po’lat simlardan to’qilgan, har xil shakldagi ko’zli yaxlit tunuka yoki turli shakldagi kolosniklardan yasalgan bo’lishi mumkin. Og’ir aralashmalar – toshlar, metall buyumlar, paxtaning ochilmagan va yarim ochilgan ko’saklarini ushlab qolish uchun hovli va bo’limlararo qo’llaniladigan pnevmota’minlagich tizimlarida separatorlar oldidan o’rnatiladigan tosh ushlagichlar qo’llanadi. Paxtani mayda iflos aralashmalardan, o’likdan tozalash uchun qoziqchali barabanlar, setkali yuzalar, chigitli paxtani hamma ko’rinishdagi iflos aralashma va ulukdan tozalash uchun esa arrali barabanlar, ildiruvchi cho’tka, kolosnikli panjaralar va cho’tkali ajratuvchi barabanlar bilan jihozlangan paxta tozalash mashinalari qo’llaniladi. Ma’lumki arrali jin paxta tozalash zavodining eng asosiy texnologik mashinasi bo’lib, u asosan o’rta tolali chigitli paxta tolasini chigitdan ajratib beradi. Tozalash jarayoniga kiruvchi paxta tozalash mashinalari soni oshganda, ish unumdorligining umumiy tozalash samaradorligiga ta’siri kamayadi. Paxtani tozalashda chigitlarning ba’zilari shikastlanadi, tolalarning ba’zilari chigitlarga yopishmagan, “erkin” holda bo’ladi. Chigitlar shikastlanishi va paxtada erkin tola miqdori ko’payishi, bu ko’rsatkichlarning dastlabki va tozalangan paxtadagi farqi bilan aniqlanadi. Tolani ajratish (jinlash) – chigitli paxtadan tolani ajratish jarayonidir. O’rta tolali paxtaning barcha navlari arrali jinlarda qayta ishlanadi. Jinlarning ishi yuqori sifatli toladan eng oz miqdorda chiqindilar hosil qilib mashina pasportida ko’rsatilgan ish unumdorligini ta’minlagan holda bir xil tukdorlikdagi chigit chiqishi va eng yuqori sifatli tola chiqishini ta’minlashi kerak. Ular ishchi kamerasini soniga qarab, bir kamerali va ikki kamerali (Moss Gordin firmasi) jinlarga bo’linadi. Tishidan tolani ajratib olish uchun jin asosan – cho’tkali va havo apparatli bo’ladi. Undan tashqari, havo apparatini arrali silindr gorizontal o’qiga nisbatan joylashishiga qarab, tolani yuqori ajratib olish va quyi ajratuvchi jinlarga bo’linadi. Bizda ishlatilib kelinayotgan jin konstruktsiyalari- 3XDDM-8090 arrali, DP-130, 4DP, 5DP-130- 130 arrali jinlardir. Jinning asosiy ishchi organlariga quyidagilar kiradi: − arrali tsilindr; − kolosnikli panjara; − tola ajratish moslamasi (havo kamerasi). Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 388 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari Jinlash jarayoni davomida chigitli paxtani jinlash paytida tolaga hamda chigitga mexanik shikastlanishiga yo’l qo’ymaslik, jindan ajralib chiqayotgan tola tarkibiga chigitli paxta yoki chigit qolib ketishiga hamda tolani jinlash paytida uzilishiga yo’l qo’ymaslik kabi talablar qo’yiladi. Va shu bilan birga ulukni tola tarkibidan samarali ajratib olish, chigitni paxtani jinlashdan oldin ta’minlagich yordamida ifloslikdan tozalash, jinlash paytida sifatli tola va chigitni olish, har bir arra bo’yicha ish unumdorlikni iloji boricha yuqori darajada olishni amalga oshirish lozim. Jinlash jarayoni asosiy operatsiyalarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishga oid ilmiy tadqiqotlar hozirgi kunda dolzarb. Arrali jinlarning ishchi qismlari va detallari quyidagilardan tashkil topgan. Arra silindri: val, arra, arralararo qistirma, qisuvchi gayka va shaybalardan iborat. Arra vali St5 markali po’latdan yasaladi. Qo’zgalmas qistirma St3 markali po’latdan yasaladi. Uning tashqi diyametri 162 mm, kengligi 20±0.1 mm ni tashkil etadi. Arralararo qistirma AL9 markali alyuminiy eritmasidan quyidagi texnik shartlarga muvofiq texnik shartlarga muvofiq yasaladi: mustahkamlik chegarasi σb>22 kg/mm2; nisbiy cho’zilishi σb>6. Ichki diametri 61,8-0.1 +0,3 mm, tashqi diametri 165±1mm, kengligi 18,45±0,05 mm va og’irligi 0,129 kg ni tashkil etadi. Arra vali shaybasi SCh15-32 markali ko’ rang cho’yandan ikki dona yasaladi. Ichki diametric 62±0,5 mm, tashqi diyametri 165±1 mm, qalinligi 16 mm, og’irligi 2,0 kg. Olti qirrali gayka St3 markali po’latdan ikki dona yasaladi. Tashqi diametri 110 mm, kengligi 25±0,5 mm. Gaykalarning biri o’ng va ikkinchisi chap chap tomonga buraladi. Bir vgaykaning ogirligi 0,607 kg. Jin arrasi qalinligi 0,95±0,05 mm li maxsus po’lat tunukadan yasaladi. Arra uchun ishlatiladigan po’lat material bo’yicha U-8G markali sovuq holda cho’zilgan yupqa po’lat tarkibiga to’gri keladi. Arrali silindr arra tishlari bilan paxta bo’lagidan ushlab olib uni chigitdan uzib olish va uzilgan tolani kolosnikli panjara orasiga tashib, havo oqimi yoki cho’tkali moslama yordamida echib olish uchun mo’ljallangan. Arrali silindr bir vaqtning o’zida tolani uzib olish bilan birga paxta valigi bilan o’zaro ta’sirda bo’lib, arra disklariga doimo yangi chigitli paxta uzatib turadi. Arrali silindrga qo’yilgan texnologik talablar quyidagilar: ▪ arrali silindr berilgan ish unumdorligini ta’minlash maqsadida tolani ilashtirib olish xususyatiga va paxta valigining yaxshi ishlashini ta’minlash kerak; ▪ arra disklari arrali silindr vallariga mustahkam qotirilishi va ish jarayonida o’z holatini o’zgartirmasligi hamda kolosniklar orasidan o’tishda kolosniklarga tegmasligi kerak. Bu hamma talablar arrali silindr va uning diametri uchun ta’minlangan bo’lishi kerak. Arrali silindrning paxta valigi va chigit bilan o’zaro ta’sirda bo’ladigan qismning g’adir-budurligi RA=1,61,8 mkm bo’lishi kerak. Arrali silindr tishlarining g’adir-budurligi tolani echib olishga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Arra disklari soniga qarab 80, 86, 90-arrali 3XDDM markali, 130 ta arrali DP-130 markali, AQSH jinlari esa 112,141,161,164 va 198 arrali jinlarg bo’ladi. Arrali silindr 1-rasmda ko’rsatilgan bo’lib, u quyidagilardan iborat: val 1, arra 2, arra oralig’i qistirmasi 3, arra va qistirmani gayka 4 va shayba 5dan iborat. Undan so’ng val bo’yinchasiga ikki qatorli sferik o’zi o’rnatiladigan podshipnik 6 yig’masi 7 o’rnatiladi, unga vtulka 8 kiydirilgan. 80 ta 86 ta arradan iborat arrali silindrlar vali 1 to’la val bo’lib, uning diametri 61,2mm: 130ta arradan iborat arrali silindr vali 1 to’la val bo’lib, uning diametri 100mm. Arrali val og’irligini kamaytirish uchun 80 ta va 81 ta arradan iborat vallarni g’ovak valdan tayyorlanayapti, uning diametri 100 mm. “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 389 Textile and light industry technologies 1-rasm. Jin arrali silindri. Podshipnik yig’masi arrali valga vint 9 orqali qotiriladi. Bu konstruktsiya arrali valga podshipnik yig’masini kiydirgich va undan tezda echib olish imkonini beradi, bunda arralarni almashtirish ishlari yangilanadi. 80 ta arrali silindr arralar qadami t =19.4 mm iborat bo’lib, 86 ta arrada esa t=18mm bo’ladi. Arralar U8G markali, qalinligi 0,95±0,05 m li, qattiqligi HRA=66-68 kt/sm2 ga teng bo’lgan po’lat lentadan tayyorlanadi. Yangi arra diametri 320 mm li arrada 280 ta tish mavjud. Amerika jinlari arralari diametri 124, 164, va 184 li bo’ladi. Arraning geometrik parametri Gost 1413-74 bilan muofiqlashtirilgan bo’lib, tishlarini old qirrasini og’ish burchagini qirradan arra markaziga o’tkazilgan radial to’g’ri chiziqdan b=380 ni tashkil etadi. Oʼrta tolali paxtaning barcha navlari arrali jinlarda jinlanadi. Аrrali jinlar 4DP-130, 5DP130, DPZ-180, 7DP-90, 8 DP-90 rusumli, tola tozalagichlar va tashish uskunalari bilan jamlangan qatorlarga guruhlanadi. 4DP-130 rusumli jinda jinlangan toladan ajralayotgan ulyuk va iflosliklarni qirgʼich yordamida ulyuk shnekiga uzatib beradi (2- rasm). 2-rasm. 4DP-130 rusumli arrali jinning koʼndalang kesimi sxemasi. 1-taʼminlovchi valiklar; 2- qoziqli baraban; 3- toʼrli yuza;4- ifloslik shnegi; 5- tarnov; 6- ishchi kamera; 7- ustki brus; 8- fartuk; 9- kolosnik; 10- chigit tarogʼi; 11- arrali silindr; 12- qirgʼich; 13- ulyuk konveyeri; 14- havo kamerasi, 15-ulyuk kozeryogi Arra oralig’i qistirmalari o’tqazish teshigi va yon yuzalarini qayta ishlash sharti bilan ikkilamchi alyumindan quyma shaklda olinadi. Qistirma qalinligi t=19,4 mm bo’lganda 18,45±0,05 mm: t=18mmda esa 17,05±0,05 mm bo’ladi. Arrali silidrlarni 80 ta arrali paketini yig’ishda 1533,55 mm o’lchamgacha siqiladi. Arrali silindrlarni yig’masini yuqori aniqligini ta’minlash maqsadida arralarni yig’ish oldidan yaxshilab tozalanadi, qistirmalar maxsus kalibrlar yordamida tekshiriladi. 7DP-90 rusumli arrali jin 90 arradan iborat boʼlib, taʼminlash tizimiga paxtani yirik iflosliklardan tozalash uchun qoʼshimcha qirgʼichlik arrachali baraban bor. Bu baraban shunday qilinganki, uni kerak boʼlsa ishlatish yoki aylanuvchi toʼsiq orqali toʼxtatib qoʼyish mumkin. Development of science and technology Scientific and technical journal №2/2026 390 To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari Jinning konstruktsiyasiga asosan ishchi qismlarning aylanish tezliklari 5DP-130 jindagi ishchi qismlarning aylanish tezliklari bilan bir xildir. DPZ-180 va 7DP-90 jinlarning 5DP-130 jinidan farqi ishchi kamerada konsol kolosnigi oʼrniga 4DP-130 jinidagi oddiy konstruktsiyali kolosnik qoʼllanilgan. Bundan tashqari ushbu jinlarning arrali silindrida 61,8mm diametrli val ishlatiladi. 5DP-130 rusumli jinda paxtani jinlash jarayonida ishchi kameradagi kolosniklar pastki qismining tiqilishini bartaraf etish uchun konsol formada tayyorlangan. Jinlangan tolani tola tozalagichdan oldin boshlangʼich tozalash uchun ishchi kamera orqa tomoniga 2 dona kolosnik oʼrnatilgan (3- rasm). 3-rasm. 5DP-130 rusumli arrali jinning koʼndalang kesimi sxemasi. 1-taʼminlovchi valiklar; 2- qoziqli baraban; 3- toʼrli yuza; 4- ifloslik shnegi; 5- tarnov; 6- ishchi kamera; 7- fartuk; 8-chigit tarogʼi; 9- bir tomonlama qotirilgan konsol kolosniklar; 10- arrali silindr; 11- ulyuk konveyeri; 12- ajratuvchi kolosniklar; 13- havo kamerasi; 14- ulyuk kozeryogi; 15- tola tashuvchi kanal Jinlangan tolani arra tishidan ajratishda qoʼllanilgan havo kamerasi esa 4DP-130 jinning havo kamerasidan farqli boʼlib, konstruktsiyasiga asosan arra tishlaridan tolani yuqorigi ajratish usulida amalga oshiradi. DPZ-180 rusumli arrali jin konstruktsiyasiga asosan ikkita 90 arradan iborat boʼlib ular umumlashtirilgan. Jinning taʼminlovchi sistemasi va ishchi kameralari alohidadan boʼlib, har bir ishchi kameradagi xom ashyo valigini harakatga keltirish uchun alohidadan 90 arradan iborat boʼlgan arrali silindrlar ishlatiladi. 8DP-90 rusumli arrali jinning 5DP-130, DPZ-180 va 7DP-90 rusumli jinlardan farqi jinning ishchi kamerasi xom ashyo valigini doimiy ravishda kerakli zichlikda boʼlishligini taʼminlash uchun taʼminlovchi valiklar avtomatlashtirilgan sistema yordamida boshqariladi. Foydalanilgan adbiyotlar 1. E.T.Maksudov, S.Usmanov // Paxtani dastlabki ishlash. Спрavochnik. T., Mehnat, 2019, 211 b. 2. X.Axmedov, I.Ergashev, L.Dalibekov// Mahalliy tola ajratgichning yangi konstruksiyadagi tozalash seksiyasi chiqindi shnegini mustahkamlikka hisoblash // Muhandislik va sanoat shizmachiligi. Qurilish va ta’lim ilmiy jurnali, 2026, 5-jild, 1-son, 367-372 b. 3. R.Sh. Sulaymonov, Sh.Sh. Shuxraov, I.D. Yakubov// tola sifatini yaxshilashda arrali jinlarda tolani tozalash//“Innovative solutions of technological and environmental problems in agriculture, cotton and light industry” international scientific-practical conference. 15.11.2024 4. Z. A. Mamajanov, X. X. Xashimov// Arrali jin arra disklarini resursini oshirish ustida olib borilgan ilmiy – tadqiqot ishlarining tahlili//Academic research in modern science International scientific-online conference. 24 September, 2024 5. A.P.Parpiyev, A.Q.Usmanqulov, X.N.Pardayev, M.M.Ochilov// Mashinalarini loyihalash asoslari// O’quv qo’llanma. Toshkent - 2020 “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” Ilmiy-texnikaviy jurnal №2/2026 391