Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Bug‘doy donlari va don mahsulotlarini qayta ishlash jarayonlarini zamonaviy tahlili
BARAKAYEV N.R., KAMOLOVA M.X., SAYIDAXMEDOV R.R., RAJABOV A.N.
Аннотации
Maqolada mamlakatimiz mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan iqtisodiy va siyosiy jabhalarda o‘z o‘rnini topishi va bozor iqtisodiyoti davrida xalq xo‘jalagini rivojlantirishda, asosan, Xalqaro standartlar talablariga mos keladigan mahsulotlar ishlab chiqarish, uchun mavjud tabiiy resurslardan unumli foydalanish, sanoatda yangi texnika, ilg‘or texnologiya va ilmiy yutuqlarning oxirigi modellarini joriy qilish bilan rivojlanishni birinchi maqsad deb rejalashtirilganligi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan xom ashyolarni qayta ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari rejasini tez amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shib, birinchi galda respublika aholisini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, uni eksport qilish belgilangan.
sanoat tarmoqlarixalqaro standartlardon urug‘lariagrotexnikatadqiqot ob’ektimodernizatsiyatexnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarsinflash va kodlash. СОВРЕМЕННЫЙ АНАЛИЗ ПРОЦЕССОВ ПЕРЕРАБОТКИ ЗЕРНА ПШЕНИЦЫ И КРУП 1Баракаев Н.Р.2Камалова М.Х.2Саидахмедов Р.Р.3Раджабов А.Н. 1Университет образования эпохи Возрождения2Бухарский государственный технический университет3Институт развития компетенций
В статье отмечается, что с обретением нашей страной независимости ее место на экономических и политических фронтах и в развитии народного хозяйства в эпоху рыночной экономики первоочередной целью планируется развитие, главным образом, производства продукции, соответствующей требованиям международных стандартов, эффективного использования имеющихся природных ресурсов, внедрения в промышленность новейших технологий, передовых технологий и конечных моделей научных достижений промышленные предприятия, перерабатывающие сырье, связанное с сельским хозяйством.
отраслимеждународные стандартысемена зерновыхагротехникаобъект исследованиямодернизациятехнико-экономические показателиклассификация и кодирование. MODERN ANALYSIS OF THE PROCESSES OF PROCESSING WHEAT GRAINS AND CEREALS 1Barakayev N.R.2Kamolova M.X.2Sayidaxmedov R.R.3Rajabov A.N. 1Renaissance University of Education2Bukhara state technical university
The article notes that with the independence of our country, its place on the economic and political fronts and in the development of the national economy in the era of a market economy, the primary goal is to develop, mainly, the production of products that meet the requirements of international standards, the effective use of available natural resources, the
Содержание статьи
introduction of the latest technologies, advanced technologies and end products into industry. In addition to scientific achievements, industrial enterprises processing raw materials related to agriculture also contribute to the accelerated implementation of the plan to provide the population of the republic with safe food products in the first place Key words: industries, international standards, grain seeds, agricultural machinery, object of research, modernization, technical and economic indicators, classification and coding.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan iqtisodiy va siyosiy jabhalarda o‘z o‘rnini topishi va bozor iqtisodiyoti davrida xalq xo‘jalagini rivojlantirishda, asosan, tabiiy resurslardan unumli foydalanish, sanoatda yangi texnika, ilg‘or texnologiya va ilmiy yutuqlarning oxirigi natijalaridan samarali foydalanish bilan rivojlanishni birinchi maqsad deb rejalashtirildi. Bu masalada qishloq xo‘jaligini u bilan bog‘liq bo‘lgan xom ashyolarni qayta ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari rejasini tez amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shib birinchi galda respublika aholisini oziq-ovqat bilan ta’minlash rejalashtirildi. Natijada bir qator muammolar o‘z yechimini topdi, bozor iqtisodiyoti davrida respublikada don mustaqilligiga erishildi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 239
Технологии пищевой промышленности
Mustaqillikning dastlabki yillaridan rahbariyat qaroriga ko‘ra ilmiy-tadqiqot natijalaridan samarali foydalanish orqali paxta hosildorligini oshirish evaziga paxta ekin maydonlar qisqartirib, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida g‘alla ekin maydonlari kengaytirildi. Bu bilan respublikaga un mahsulotlari tayyorlash uchun chetdan don olib kelishga barxam berildi. Qishloq xo‘jaligida olimlar bilan dehqonlarning yaqin hamkorligi natijasida saralangan va yuqori unumli don urug‘larini mahalliylashtirilishi, agrotexnika va kerakli o‘g‘itlardan ilmiy tavsiyalar asosida foydalanilganligi, bug‘doydan mo‘l hosil olish zaminini yaratdi. Shu kunlarda respublikamizda 1 mln 650 ming gektardan oshiq maydonlarda boshoqli don ekinlari yetishtirilmoqda. Bu esa 90-yillarga nisbatan 5 baravar ko‘pdir. Avval boshida hosildorlik gektaridan 22,2 sentnerni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda 50-70 sentnerni tashkil etmoqda.1994 yilda respublika miqiyosida100 ming tonna bug‘doy yetishtirilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatgich 8,5 mln. tonnadan oshib ketdi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra dunyo miqiyosida bir kishi yil davomida o‘rtacha 133 kg bug‘doy donidan tayyorlangan mahsulotlarini iste’mol qilsa, respublikamizda esa 160-170 kg ni tashkil etadi. Respublikamiz hududida yetishtirilayotgan “Zimnitsa” va “Hisorak” bug‘doy navlarining xossalari va sifat ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Tadqiqot ob’ektida donning sifat ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkichlar
Bug‘doy donidagi ko‘rsatkichlar qiymati Zimnitsa Hisorak Namligi, % 12,30 12,60 Begona aralashmanining og‘irlik ulushi, %: – iflosliklar – donli
2,90 3,30 Natura, g/l 808 764 1000 dona don og‘irligi, g 41,5 37,0 Shaffofliki kursatgichi, % 52,0 49,0 Zichligi, g/sm3 1,19 1,21 G‘ovakligi, % 37,5 39,5 Tabiiy xovon (otkos) burchagi, grad. 41,0 40,0 Maydalash darajasi ko‘rsatkichi (MDK), % 18,40 19,10 Tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘rganilayotgan bug‘doy navi donlarni yetarli darajada yirik va tekislangan.“Xisorak” navli bug‘doy doni naturasi o‘rtacha (746-776 g/l), “Zimnitsa” esa yuqoriroq darajada; o‘rtacha shaffoflik ko‘rsatgichi (49-53%), 1000 dona donning vazni o‘rtachadan yuqori (31,5-35,9 g), zichligi 1,19 dan 1,21 gacha, MDK 18,40% dan 19,10% gacha o‘zgardi. Modernizatsiyalangan mobil seporatorda yirikligi bo‘yicha donlar 6 ta guruhga fraksiyalanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, V va VI fraksiya donlaridan un tortish va urug‘ sifatida foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Don fraksiyasi o‘lchami quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi dekv (mm da), don ekvivalent diametr qiymati qabul qilinadi:
3,50 1,90
dekv=1.24 (1)
bu yerda G-1000 don vazni; Q – don zichligi, kg/m3
Bug‘doyning tadqiq qilinayotgan navini tavsiflaydigan qo‘shimcha mezon sifatida turli fraksiyadagi donlarning bajarilish koeffitsienti tanlandi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 240
Озиқ-овқат саноати технологиялари
Kv = (2)
bu yerda L,a,b – donning uzunligi, kengligi va qalinligi, mm. Turli fraksiyadagi don sifatining asosiy ko‘rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval. O‘rganilayotgan bug‘doy doni navlarining sifat ko‘rsatkichlari
Zimnitsa Hisorak Fraksiya raqami Fraksiya raqami I II III IV I II III IV Don miqdori, kg/100 kg 4,90 20,4 21,1 66.3 5,10 21,0 22,4 24,7 1000 dona don vazni, g 41,4 39,2 36,7 34,5 43,5 39,5 37,1 34,8 Chiziqli o‘lchamlari, mm: -uzunligi, L -kengligi, a -qalinligi, b
Ko‘rsatkichlar
6,92 3,94 3,53 3,10 2,84 3,98 3,57 3,15 2,81 3,51 3,21 2,86 2,54 3,53 3,26 2,89 2,55 Ekvivalentli diametr dekv, mm 4,68 4,63 4,57 4,51 4,72 4,62 4,58 4,52 Don zichligi, Q, kg/m3 771 751 732 717 790 762 735 718 Bajarilish koeffitsienti, Kv 0,76 0,83 0,91 0,99 0,77 0.,82 0,90 0,99 Aralashmalar miqdori, kg 3,8 3,1 2-jadvalda keltirilganidek donning ko‘proq miqdori II fraksiya ulushiga to‘g‘ri keladi.O‘rganilayotgan bug‘doy donlarini aynan bir xil fraksiyalari deyarli bir xil dekv qiymatni 0,05 dan 0,17 mm gacha (Zimnitsa) va 0,10 dan 0,19 mm gacha (Hisorak)da.
8,81
8,01
7,56
6,95
8,47
8,11
7,55
Shu kungacha bug‘doy sinflari qanday kodlanganligi (yoki boshqa davlatlarda qanday kodlangan) to‘g‘risida aniq va qisqa ma’lumot keltirish.
Shuningdek, donlarning qattiqligi yoki yumshoqligidan kelib chiqqan holda bug‘doyga kod raqamlarini berish tadqiqot predmeti hisoblanadi. Ilmiy-tadqiqot natijalari asosida biz tomonimizdan taklif qilinayotgan qattiq va yumshoq bug‘doylar uchun tovar kodlari (3-jadval) yuqoridagi vazifani to‘la hal etish imkonini berish bilan birgalikda istemolchi manfaatlarini muhofaza qilish hamda tovar aylanmasidagi tegishli hujjatlashtirishlarda huquqbuzarliklarning oldini olish imkoniyatlarini yaratadi. 3-jadval. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha bug‘doyning taklif qilingan kodlari 1001 Bug‘doy turi
Qattiq bug‘doy 1001 19000 0 Boshqalar 1001 19000 1 1-sinf qattiq bug‘doy (kleykovina miqdori 28 % va undan yuqori bo‘lgan) 1001 19000 2 2-sinf qattiq bug‘doy (kleykovina miqdori 24- 28 % 1001 19000 3 3-sinf qattiq bug‘doy (kleykovina miqdori 21-24 % 1001 19000 4 4-sinf qattiq bug‘doy (kleykovina miqdori 17-21 % 1001 19000 9 boshqalar
Yumshoq bug‘doy 1001 99 000 0 Boshqalar 1001 99 000 1 1-sinf yumshoq bug‘doy (kleykovina miqdori 32 % va undan yuqori bo‘lgan) 1001 99 000 2 2-sinf yumshoq bug‘doy (kleykovina miqdori 27-32 % ) 1001 99 000 3 3-sinf yumshoq bug‘doy (kleykovina miqdori 22-27 % ) 1001 99 000 4 4-sinf yumshoq bug‘doy (kleykovina miqdori 17-22 % ) 1001 99 000 9 Boshqalar
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 241
Технологии пищевой промышленности
Bug‘doy O‘zbekiston Respublikasi TIF TN ning “Продукты растителново происхождения” deb nomlangan II-bo‘limning 10-guruhida joylashgan. 1001 tovar pozitsiyasi chegarasida yangi podsubpozitsiyalar kiritib bug‘doyning tovar kodlarini belgilashda UT (uyg‘unlashgan tizim) talablariga mos ravishda to‘liqlik prinsipini ta’minlash imkonini yaratadi. Olib borilgan tadqiqot natijalari bug‘doy uchun tovar kodlarni belgilashda uning tarkibidagi klekovina miqdori asos qilib olinishi muhim ahamiyatga ega. 1001 11 000 0, 1001 19 000 0, 1001 91 100 0, 1001 91 200 0,1001 91 900 0,1001 99 000 0 tovar kodlari amaliyotda qo‘llanilayotgan TIF TN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi) da berilgan bo‘lib, bug‘doyni kimiyoviy tarkibi asosida to‘liq tasniflash imkonini bermaydi. Shuning uchun mahalliy bug‘doy kodini quyidagi ko‘rinishi taqdim etish tavsiya etilmoqda: Qattiq bug‘doy uchun; 1001 19 000 1, 1001 19 000 2, 1001 19 000 3, 1001 19 000 4, 1001 19 000 9. Yumshoq bug‘doy uchun; 1001 99 000 1, 1001 99 000 2, 1001 99 000 3, 1001 99 000 4, 1001 99 000 9. Qattiq va yumshoq bug‘doyning fizik-kimyoviy va mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflashning me’yoriy talablari ishlab chiqildi. Bug‘doyning mahalliy navlarini sinflash va kodlash O‘zbekiston bozorlariga kontrafakt va sifatsiz mahsulotlarni olib kirish va tarqatishning oldini olshishga, shuningdek, bojxona to‘lovlari miqdorini to‘g‘ri aniqlashga va iqtisodiy foyda olishga imkon beradi. Yangi texnologiyaning tadbiq etilishidan maqsad don mahsulotlarini qayta ishlashda ishlab chiqarishning yil hajmi bo‘yicha aniqlanadigan iqtisodiy samara asosida qabul qilinadi (4-jadval) [13]. 4-jadval. Tadqiqot natijalari asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qiyosiy hisob-kitobi № Ko‘rsatkichlari
O‘lchov birligi
Variantlar Separator Eksperemental 1 Bir mashinaning balans qiymat mln.so‘m. 136000 222927,5 2 Bir mashinaning bir soatlik ishlab chiqarishi t/s 12 15 3 Yillik ishlab chiqarish t 65000 81000 4 Mashinalar soni dona 1 1 5 Ajratilgan mablag‘ mln.so‘m - 222927,5 6 Bir mashina ishlab chiqarishining oshishi marta - 0,25 7 Mexnat hajmi operatsiyasi inson -s/t 0,167 0,067 8 Mehnat hajmi pasayishi darajasi % - 23,5 9 Mexnat xarajatlarini iqtisod qilish (tejash) inson - 8100 10 Solishtirma ekspluatatsiya xarajatlarini tejash, jumladan: -hisoblangan ish haqi,so‘m/t -elektr energiyasi xarajatlari, so‘m/t
1284 815,2 597 11 Bir soatlik ishlab chiqarishning ortishi hisobiga nakladnoy xarajatlarning shartli - doimiy qismini tejash
so‘m/t so‘m/t so‘m/t
- -
2055 12 Yillik iqtisodiy samara mln.so‘m - 251526,8 13 Solishtirma material hajmi kg/t 0,041 0,019 14 Qoplash muddati yil - 1,1
so‘m/t
-
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 242
Озиқ-овқат саноати технологиялари
Xulosa qilib aytganda mahalliy don navlarining tovar xususiyatini aniqlaydigan organoleptik, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, istemol xossalari va tarkibiga muvofiq donning kleykovina miqdori asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha yangi tovar kodlari tavsiya qilindi: 1001 19 000 1 – qattiq bug‘doyning 1-sinfi (kleykovina miqdori 28% dan yuqori); 1001 19 000 2 – qattiq bug‘doyning 2-sinfi (kleykovina miqdori 24% dan 28%gacha); 1001 19 000 3 – qattiq bug‘doyning 3-sinfi (kleykovina miqdori 21%dan 24%gacha); 1001 19 000 4 – qattiq bug‘doyning 4-sinfi (kleykovina miqdori 17% dan 21%gacha); 1001 19 000 9 – boshqalar; 1001 99 000 1 – yumshoq bug‘doyning 1- sinfi ( kleykovina miqdori 32%dan yuqori); 1001 99 000 2 – yumshoq bug‘doyning 2- sinfi ( kleykovina miqdori 27% dan 32%gacha); 1001 99 000 3 – yumshoq bug‘doyning 3- sinfi ( kleykovina miqdori 22% dan 27%gacha); 1001 99 000 4 – yumshoq bug‘doyning 4- sinfi ( kleykovina miqdori 17% dan 22%gacha); 1001 99 000 9 – boshqalar uchun belgilandi. Fodalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Kazakov Ye. D. Zernovedenie o osnovami rastenivodstva. M., Kolos, 1983 g./izd.Z/. 2. Kazakov Ye. D. Metodы opredeleniya kachestva zerna / izd. Z/M. , Kolos, 1988 g. 3. Adizov R.T. G‘afforov A.X Donshunoslik asoslari va tovarshunoslik. Buxoro 2004y. 4. R.A. Haitov, V.E. Radjabova Don va don mahsulotlarining sifatinibaholash hamda nazorat qilish. Toshkent “Universitet” 2000y. 5. L.A.Trisvyatskiy. “Tovarovedenie zerna i produktov yego pererabotki” M. Kolos 1992 g. 6. R.Normaxmatov “Oziq-ovqat maxsulotlari Tovarshunosligi”. Toshkent. “Sharq” nashriyotmatbaa aksiadorlik kompaniyasi taxririyati. 2002 y. 7. O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari, Davlat Reestri Toshkent. 2002 y. 8. R.A.Xaitov., R.I.Zuparov. “Don va don maxsulotlari sifatini baxolash xamda nazorat qilish”. Toshkent. Universitet. 2000 y. 9. B.M. Mashkov, Z. Xazina. Spravochniik po kachestvu zerna i produkutov yego pererabotki. “Kolos”, M., 1988 g. 10. Rajabov, A., Akbarova, N., Karimova, M., & Gulomxujayeva, X. (2023). ANALYSIS OF GRAIN QUALITY INDICATORS OF LOCAL WHEAT VARIETIES. Modern Science and Research, 2(3), 315-318. Kamolova Muxlisa Xudoyberdiyevna- Buxoro davlat texnika universiteti doktaranti Tel:(+99894) 788-86-86 BIOKATALIZATORLARNING YANGI AVLODI YORDAMIDA YOG‘LARNI PEREETERIFIKATSIYA QILISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH Oltiyev A.T., Bozorova D.N., Hasanova A Sh. Buxoro davlat texnika universiteti. Аnotatsiya. Bugungi kunda yog‘-moy sanoati rivojlanib bormoqda. Turli assortimentlardagi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni sanoat miqyosida ommalashtirish, yangi usul va yondashuvlar yordamida olib borishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari jadal olib borilmoqda. Mazkur tadqiqot ishi ham yog‘ va moylarni pereetrifikatsiyalash texnologiyasiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu maqsad uchun katalitik pereeterifikatsiyalash texnologiyasidan farqli o‘laroq fermentativ pereeterifikatsiyalash texnologiyasiga e’tibor qaratilgan. Biokatalizatorlarni qo‘llagan holda iste’mol yog‘larini olish natijasida tarkibida transizomerlangan yog‘ kislotalar miqdorini kamaytirish imkoniyati yaratilgan. Kalit so‘zlar: pereeterifikatsiyalangan yog‘, biokatalizator, transizomerlangan yog‘ kislotalari, gidrogenizatsiyangan yog‘.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 243