Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Tabiiy gazlarni nordon komponentlardan aminli tozalashda ko‘piklanish sabablari va uning intensivligiga ta’sir etuvchi omillar

ESHDAVLATOVA G.E., KAMOLOV L.S.

Выпуск
1-son
Страницы
63–66
Опубликовано
01.02.2025
Просмотры
2 7

Аннотации

Данная статья посвящена изучению процесса пенообразования и причин его возникновения при аминной очистке природного газа от кислых компонентов. В процессе очистки изучена классификация характеристик пены водных растворов диэтаноламина, то есть высота пены и степень пенообразования. В то же время были изучены параметры окружающей среды, влияющие на точность измерения пенообразования.

Содержание статьи

kirish joyida gaz tarkibida minerallashgan suv tomchilarining mavjudligi; “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 61 Химия и химические технологии – nordon komponentlardan (H2S va CO2) tozalovchi eritmalarni tayyorlash uchun qo‘llaniladigan texnik suv bilan mineral tuzlarning tizimga kiritish. Absorberlardagi bosimlar farqining ortishi, tozalanayotgan gaz bilan amin eritmasining ko‘p miqdorda olib ketilishi, gazning tozalanish bo‘yicha ko‘rsatkichlarining yomonlashuvi va boshqalar ko‘piklanishning tashqi sabablari bo‘lishi mumkin. Ko‘piklanishning intensivligi, shuningdek, absorbentning sirt tarangligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu jarayon eritmaning sirt tarangligi qanchalik kichik bo‘lsa, shuncha oson amalga oshadi. Shuning uchun sirt faol moddalar (SFM) ning yuttirish eritmalari tarkibiga qo‘shilishi sirt tarangligi miqdorining kamayishiga va ularning ko‘piklanishiga olib keladi. Tovar gaz quvuro‘tkazgichlari va kon texnologik uskunalarini yemirilishdan himoya qilish uchun qo‘llanadigan ingibitorlar gaz bilan absorberga keladi va amin eritmasiga yutiladi. Ingibitorlar DEA (30-33 %) eritmalarida, ularning massaviy konsentratsiyasi 0,01 % bo‘lganda ko‘piklanishiga olib keladi. Eritmadagi ingibitor konsentratsiyasi ortishi bilan ko‘pik qatlamining balandligi oshadi. Tabiiy gaz tarkibida korroziya ingibitorlari bo‘lganda aminning suvli eritmalarining ko‘pik tavsiflari, ya’ni, ko‘pikning balandligi va turg‘unligi tasnifi 1-jadvalda keltirilgan [1]. 1-jadval Dietanolamin suvli eritmasini ko‘pik tavsiflarining tasnifi Ko‘pik tavsiflarining parametrlari Ko‘pikning tavsiflari Ko‘pikning balandligi 25 mm gacha 25-40 mm gacha 40 mm dan ortiq Ko‘piklanish darajasi Past O‘rta Yuqori Ko‘pikning so‘nish vaqti 10 sekunddan kam 10-20 sekund 20 sekunddan ortiq Ko‘pikning turgunligi past o‘rta yuqori Qurilmada uglevodorodlarning qaynash temperaturasining ortishi bilan ularning eritmaning ko‘piklanishiga bo‘lgan ta’siri kuchayadi. Ko‘piklanish jarayoniga to‘yingan uglevodorodlar eng yuqori darajada ta’sir ko‘rsatadi. Tabiiy gazlarni nordon komponentlardan (H2S va CO2) tozalash qurilmalarida ko‘piklanishga qarshi kurashda ikkita asosiy yo‘nalishda olib boriladi, ular quyidagilar: 1) ko‘pikni so‘ndirish uchun maxsus reagentlarni qo‘llash orqali; 2) eritmalarni mexanik qo‘shimchalardan tozalash. Qurilmada ko‘pikso‘ndirgich va ingibitorlar uchun maxsus sig‘im va me’yorlash nasosi o‘rnatiladi. Kerak bo‘lganda, me’yorlash nasosi yordamida ko‘pikso‘ndirgich regeneratsiyalangan amin eritmasiga (RAE) absorberdan oldin qo‘shib yuboriladi. Shu bilan birga, ko‘pikso‘ndirgichlar qazib chiqarishda jadallashtirish hamda yemirilishga qarshi kurashish uchun, reagentlarning nordon komponentlarni (H2S va CO2) ketqazish eritmalari tarkibiga qo‘shilishi intensiv ko‘piklanishga olib kelmasligi maqsadida ularni tanlashga katta e’tibor qaratiladi [3]. O‘lchashlarning aniqligiga ta’sir qiluvchi atrof-muhitning parametrlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu parametrlar 2-jadvalda ko‘rsatilgan me’yorlarga mos holda bo‘lishi lozim. Tadqiqot Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tabiiy gazlarni nordon komponentlardan tozalash jarayonida dietanolamin (DEA) eritmasining ko‘piklanish intensivligini o‘lchashda KSt 39.222:2008 standarti bo‘yicha olib borildi. Bunda qurilmadagi amin eritmasining ko‘piklanish tavsiflarini aniqlash uchun mo‘ljallangan va amin eritmasi orqali azot gazini o‘tkazish yo‘li bilan uning ko‘piklanish tavsiflarini aniqlash tartibini belgilaydi. O‘lchashlarni bajarishdan oldin o‘lchash vositalari va yordamchi vositalar mavjudligi tekshirildi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 62 Кимё ва кимёвий технологиялар 2-jadval O‘lchashlarning aniqligiga ta’sir qiluvchi atrof-muhitning parametrlari № Parametrning nomi Me’yorlari 1 Atrof-muhitning harorati, °C a) namunalarni olish vaqtida -50 dan 50 gacha b) xonada o‘lchashlarni o‘tkazish vaqtida 10-32 gacha 2 Nisbiy namlik, % 78-80 3 Atmosfera havosining bosimi, kPa 83-107,8 (622-809 mm.Hg ust) 4 Agressiv gaz va bug‘larning miqdori Sanitariya me’yorlari doirasidan chiqmagan holda 5 Aniqlanayotgan eritmaning harorati, °C 14-38 Reometrni kalibrlash. Reometrni kalibrlash uchun avvalo ketma-ket ulangan filtr, ignasimon berkitish ventili, uch yo‘nalishli krandan tashkil topgan qurilma yigiladi va ko‘pikli sarfo‘lchagich ulanadi. Reometrning naychasi massa ulushi 30-33 % li bo‘lgan dietanolaminning suvli eritmasi bilan to‘ldiriladi. Azot ballonnining krani ochiladi va ko‘pikli sarfo‘lchagich bo‘yicha azotning 4 m³/min ga teng bo‘lgan sarfi o‘rnatiladi. Keyin esa reometr ishga tushirilib, havoning 4 m³/min ra teng bo‘lgan sarfiga mos holda belgilab olinadi. O‘lchashlarni bajarish tartibi quyidagicha: Diffuzorli govak shisha barboterdan iborat qurilma reometrga ulangan holda yig‘iladi. Barboterga eritmaning balandligi 20-25 mm ga yetguncha taxminan 200 ml miqdorda regeneratsiyalangan dietanolaminning 30-33 % li namuna eritmasi quyiladi. Reometr bo‘yicha azot gazining 4 m3/min ga teng bo‘lgan sarfi o‘rnatiladi hamda barboter va sekundomer ishga tushiriladi. 3 min dan so‘ng sekundomer to‘xtatiladi va chizg‘ich bilan ko‘pikning balandligi o‘lchanadi. Ko‘pikning balanligi sifatida ko‘piklangan suyuqlikning balandligi bilan eritmaning boshlang‘ich balandligi o‘rtasidagi farq qabul qilinadi. So‘ng yana barboterga 200 ml tekshirilayotgan namunadan quyiladi va o‘lchashlar takrorlanadi. Azot gazi berish tugatiladi. Sekundomer to‘xtatilib, ko‘pikning to‘liq so‘nish vaqti hamda ko‘pikning turg‘unligi o‘lchanadi. O‘lchashlarni eng kamida uch marta takrorlab bajariladi. Har bir o‘lchashni bajarishdan oldin barboterning tozaligi tekshirilishi shart. So‘nggi paytlarda nordon komponentlarni olib tashlashda ko‘piklanish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borildi. Ushbu tadqiqotlar ko‘piklanishni hal qilishda muhim bir dolzarb muammolardan ekanligini ko‘rsatadi. Jarayonda ko‘pikni nazorat qilish usuli muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa ko‘pikso‘ndirgichlardan foydalanganda. Shuning uchun, ko‘pik ta’sirini kamaytirish uchun absorbsiya jarayonida ko‘pikso‘ndirgichlar qo‘shiladi. Ko‘pikso‘ndirgichni qo‘shish ko‘pik hosil bo‘lishini kamaytirishning tez va samarali usuli bo‘lib hisoblanadi, shuningdek, jarayonda ko‘pikni butunlay yo‘q qila oladi. Ko‘piklanish bilan kurashishning bir necha usullari mavjuddir: fizik, mexanik, texnologik va kimyoviy. Ko‘piklanishga qarshi kurashning fizik usullariga quyidagilar kiradi: termik ta’sir qilish (muzlatish, isitish, issiq bug‘ bilan ishlov berish), elektr toki yordamida ta’sir qilish, akustik to‘lqinlar (asosan ultratovush to’lqinlari), vibratsiya ya’ni tebranish va boshqalar. Eng qulay va samarali vosita - uzluksiz filtrlash orqali amin eritmasidan aralashmalarni olib tashlash hamda kimyoviy ko‘pikso‘ndirgichlar qo‘llashdir [5]. Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida % mass. 30-33 % li dietanolamin (DEA) suvli eritmasidagi ingibitorning ko‘piklanish intensivligini o‘lchashlar usuliyati barboterdagi aminning suvli eritmasi orqali azot gazini ma’lum bir tezlik bilan, ma’lum vaqt davomida o‘tkazish va uning ko‘piklanish tavsiflari o‘lchandi. Tadqiqot natilari shuni ko‘rsatdiki, aynan shu konsentratsiyali amin eritmasida nordon komponentlarning yutilishi deyarli yaxshi ekanligi aniqlandi. Aminning suvli eritmasining ko‘piklanish intensivligini va ko‘pikning vaqt bo‘yicha turg‘unligi - ko‘pikning so‘nishini toza amin eritmasi tavsiflari bilan taqqoslandi. Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda qurilmaga tushib qolgan mexanik aralashmalar va ingibitor ta’siri hisobga olindi. Amin eritmalari “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 63 Химия и химические технологии bilan tozalashda ko‘piklanish sabablari aniqlandi va ko‘piklanish xususiyatlariga turli omillarning ta’siri o‘rganildi

Литература (6)

  1. 1. Рябова T.C., Чемодуров П.А. Очистка природного газа от сероводорода. М.: ВНМИГазпром, 1975. - 40 с.
  2. 2. Эшдавлатова Г.Э., Камалов Л.С., Достижение высокой селективности при аминовой очистке природных газов // QarDU xabarlari. Ilmiy-nazariy, uslubiy jurnal. 2024 1/2. 95-100 c.
  3. 3. Опыт эксплуатации установок очистки газа от кислых компонентов на Оренбургском и Мубарекском ГПЗ/Грищенко А.И. и др.
  4. 4. G.E.Eshdavlatova. Tabiiy gazlarni oltingugurtli komрonentlardan absobrentlar bilan tozalashni o‘rganish // Tabiiy fanlar sohasidagi dolzarb muammolar va innovatsion texnologiyalar. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 4-5 aprel 2024. Toshkent. 276-279 b.
  5. 5. G.E.Eshdavlatova. Tabiiy gazlarni oltingugurt birikmalaridan tozalash jarayonida sirt faol moddalarning qoʻllanishi // «Kimyoning dolzarb muammolari» mavzusidagi respublika ilmiyamaliy anjuman materiallari. 2024-yil 21-22-iyun. 352-353 betlar.
  6. 6. G.E.Eshdavlatova, D.A.Raxmatullaeva. Absorbent eritmalarining yutilish ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlil qilish // Zarafshon vohasini kompleks innovatsion rivojlantirish yutuqlari, muammolari va istiqbollari V-xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 18-19 April, 2024 Navoi, Uzbekistan.256-257 betlar. Eshdavlatova Gulrux Eshmamatovna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institute, “Umumiy kimyo” kafedrasi dotsenti, Е-mail: eshdavlatovagulrux@gmail.com Kamolov Luqmon Sirojiddinovich – kimyo fanlari doktori, Qarshi davlat universiteti, “Noorganik kimyo” kafedrasi dotsent УДК: 544.723.21 ИЗУЧЕНИЕ ТЕКСТУРНЫХ ХАРАКТЕРИСТИК БЕНТОНИТОВЫХ МАТЕРИАЛОВ 1Умурова Ш.Ш., 2Амонов М.Р., 2Амонова М.М. 1Бухарский инновационный университет образовании и медицины, 2Бухарский государственный университет. Аннотация. Изучена текстурная характеристика образцов щелочного бентонита и щелочноземельного бентонита. Установлено, что щелочный бентонит имеет большую удельную поверхность, что свидетельствует о более высокой активности его поверхности для адсорбции различных веществ. Выявлено, щелочно-земельный бентонит имеет больший объем микропор и средний размер микропор по сравнению с образцом щелочного бентонита. Ключевые слова: Сорбент, модификация, структура, микропор, текстурная характеристика, сорбция, бентонит, удельная поверхность. BENTONIT MATERIALLARNING TEKSTUR XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH 1Umurova Sh.Sh., 2Amonov M.R., 2Amonova M.M. 1Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti, 2Buxoro davlat universiteti. Annotatsiya. Ishqoriy bentonit va ishqoriy-yer bentonit namunalarining tekstur xarakteristikalari o‘rganildi. Ishqoriy bentonitning solishtirma sirti katta bo‘lib, sirtining turli moddalar adsorbsiyasi uchun yuqori faolligini ko‘rsatdi. Ishqoriy-yer bentoniti ishqoriy bentonit namunasiga nisbatan kattaroq mikrog‘ovak hajmi va o‘rtacha o‘lchamdagi mikrog‘ovakka ega ekanligi aniqlandi. Kalit so‘zlar: sorbent, modifikatsiya, tuzilish, mikroporlar, tekstur xarakteristikalari, sorbsiya, bentonit, solishtirma sirt. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 64