Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Maxsus kiyimlar va ularning kelib chiqish tarixi, suv o‘tkazmaydigan matolarning xususiyati va tahlili
Annotatsiyalar
Ushbu maqolada, maxsus kiyimlar va ularga bo‘lgan ehtiyoj va ularning kelib chiqish tarixi, maxsus kiyimlarga bo‘lgan talab ehtiyojlardani chuqur o‘rgangan holada suv o‘tkazmaydigan matolarning fizik mexanik xususiyatlari ularning ishlatilish sohalari mato hususiyatlarini hisobga olib, maxsus kiyimlar uchun madel tanlanishi bugungi kundagi asosiy muammolari haqida malumotlar keltirilgan. Maxsus suv o‘tkazmaydigan kiyimlarning tarixi o‘rganilgan va ular haqida ham qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan.
В данной статье исследуется специализированная одежда, потребность в её создании и история её происхождения. Подробно анализируется спрос на такие изделия, а также физико-механические свойства водостойких тканей, сферы их применения и ключевые аспекты выбора материалов для спецодежды, выделяя основные современные проблемы в этой области. Кроме того, в статье кратко рассматривается история водоотталкивающей защитной одежды и её значение.
This article explores specialized clothing, the necessity behind their development, and their historical origins. It provides an in-depth analysis of the demand for such garments and examines the physical-mechanical properties of waterproof fabrics, their application areas, and key considerations in selecting materials for specialized clothing—highlighting major challenges in the field today. Additionally, the article briefly covers the history of waterproof protective clothing and its significance.
Maqola Mazmuni
Kirish. Jahonda yengil sanoat sohasida maxsus kiyimlar ishlab chiqarish va rivojlantirish sohasida bir qator muhim ishlar olib borilmoqda. Bu soha nafaqat ishlovchilarning xavfsizligini ta'minlash, balki turli sanoat tarmoqlarida, jumladan, tibbiyot, qurilish, sanoat va hatto sportda foydalaniladigan maxsus kiyimlarni ishlab chiqarish bilan bog'liq. Yengil sanoatdagi eng muhim yo‘nalishlardan biri — ishchilarning xavfsizligini ta'minlash uchun maxsus kiyimlar ishlab chiqarishdan iborat. Maxsus kiyimlar ishlab chiqarish va sotishda xilma-xil standartlar va sertifikatlash tizimlari mavjud. Shuningdek, har bir mamlakatda yoki mintaqada o‘ziga xos talablar va standartlar mavjud, bu esa global bozorda raqobatni oshiradi.Yengil sanoatdagi maxsus kiyimlar sohasida olib borilayotgan ishlar yanada samarali va xavfsiz ish muhitlarini yaratishga xizmat qilmoqda. Rasmiy tashkilotlar va standartlashtirish organlarida maxsus kiyimlar ishlab chiqarish va sotishda xilma-xil standartlar va sertifikatlash tizimlari mavjud. Shuningdek, har bir mamlakatda yoki mintaqada o‘ziga xos talablar va standartlar mavjud, bu esa global bozorda raqobatni oshiradi.Yengil sanoatdagi maxsus kiyimlar sohasida olib borilayotgan ishlar yanada samarali va xavfsiz ish muhitlarini yaratishga xizmat qilmoqda [1]. Maxsus kiyimlar – bu muayyan kasb, sharoit yoki xavfsizlik talablariga javob beradigan maxsus materiallardan tayyorlangan kiyim-kechak to‘plami. Ushbu kiyimlar ishchilarni turli
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 326
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
xavflardan himoya qilish, ularning samaradorligini oshirish yoki maxsus muhitga moslashish uchun ishlatiladi. Ish kiyimlari – ish joyidagi xavfsizlik va gigiyena talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan kiyimlar. Qurilish ishchilari uchun chang, mexanik zarba va zararli moddalar ta’siridan himoyalash. Sanoat ishchilari uchun yong‘inga chidamli, kimyoviy moddalarga bardoshli matolardan tayyorlangan kiyimlardir. Harbiy va huquqni muhofaza qilish organlari kiyimlari – maxsus harbiy operatsiyalar va xavfsizlik xizmatlarida foydalaniladi, harbiy forma – harbiy xizmatchilarning jismoniy himoyasini ta’minlaydi. Politsiya va xavfsizlik xizmatlari formasi – qulaylik va tanib olish oson bo‘lishi uchun maxsus dizaynga ega. Tibbiyot va sanitariya kiyimlari – tibbiyot xodimlari va laboratoriya ishchilari uchun mo‘ljallangan, steril xalatlar va niqoblar – infeksiyalar tarqalishining oldini olish, himoya kombinezoni – viruslardan va kimyoviy moddalar ta’siridan saqlaydigan kiyimlar. Sport va ekstremal sharoitlar uchun kiyimlar – tog‘ chiquvchilar uchun kiyimlar – sovuq ob-havoda tanani issiqlikda saqlash.Yong‘in o‘chirish kiyimlari – yuqori harorat va yong‘indan himoya qiladigan kiyimlar. Kosmik va suv osti kiyimlari – astronavtlar skafandri – atmosferadan tashqarida ishlash uchun maxsus bosimli va himoyalangan kiyim, g‘avvos kiyimi. Maxsus ish kiyimlari tarixining rivojlanishi insoniyatning turli sohalardagi faoliyatlariga bog‘liq. Bu kiyimlar, asosan, xavfsizlikni ta’minlash, kasbiy ehtiyojlarni qondirish va maxsus sharoitlarga moslashish maqsadida yaratilgan. Maxsus ish kiyimlarining tarixiy rivojlanishi quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: Dastlabki davrlar (qadimgi sivilizatsiyalar). Qadimgi davrlarda odamlar ish kiyimlariga unchalik e’tibor bermagan, chunki ular ko‘proq tabiiy materiallardan foydalanar edi. Biroq mehnatning turli jarayonlariga mos kiyimlar mavjud edi. Masalan, qadimgi Misrda va Gretsiyada san’atkorlar, quruvchilar va fermerlar maxsus kiyimlar kiyishardi. Ushbu kiyimlar, asosan, himoya funksiyasini bajargan (masalan, yog‘och yoki toshdan ishlashda kiyiladigan o‘rindiqlar yoki qoplamalar) [2]. Industriyal inqilob (XVIII-XIX asr). Industriyal inqilob bilan birga ishchilar uchun maxsus kiyimlar zarur bo‘la boshladi. Sanoat korxonalarida mehnatning xavfli va og‘ir sharoitlari ko‘plab yangi ish kiyimlari turini yaratdi. Masalan, metallurgiya sanoatida ishlovchilarga ko‘proq himoya kiyimlari kerak bo‘lgan, shu bilan birga qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida maxsus kiyimlar paydo bo‘ldi [3]. Sanoat va xavfsizlikni ta’minlashning rivojlanishi XX asrda sanoat va texnologiyaning rivojlanishi bilan birga maxsus ish kiyimlariga talab oshdi. Turli sohalarda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlash uchun yanada ilg‘or materiallar va dizaynlar ishlab chiqila boshlandi. Masalan: birinchi jahon urushi va ikkinchi jahon urushi davrida harbiy kiyimlar va aksessuarlar yangi materiallar bilan to‘ldirildi. Yong‘in o‘chirish, elektrotexnika va qurilish kabi sohalarda maxsus kiyimlar ishlab chiqildi. Boshqa sohalarda, masalan, tibbiyotda kasalxona va jarrohlik kiyimlari sanitariya va xavfsizlik talablariga javob beradigan tarzda yangilandi. Qadimda yomg‘irli va nam havoda kiyiladigan kiyimlar odamlar uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Tabiiy sharoitlarga moslashish, sog‘liqni saqlash va ish faoliyatini davom ettirish uchun to‘g‘ri bichimli kiyimlar kerak bo‘lgan. Qadimgi insonlar, asosan, tabiiy materiallardan, shu jumladan, jun, teri, ipak va o‘simlik tolalaridan foydalanishgan. Qadimgi Misrda issiq va nam sharoitlarga mos kiyimlar kiyilgan. Ular ko‘proq o‘simlik tolalaridan tayyorlangan, lekin yengil va nafas oladigan kiyimlarni afzal ko‘rganlar. Misrda yomg‘irli mavsum juda kam bo‘lgan, ammo namlik va issiqlikka qarshi maxsus kiyimlar mavjud edi. Yomg‘irda yoki nam havoda ishlovchilar va zan’atkorlar teridan tayyorlangan to‘rlar yoki yengil paltolar kiygan [4]. Qadimgi Gretsiya va Rimda yomg‘irli havolarida, odatda, to‘qilgan mato yoki qalin jun yopqichlar kiyilgan. Gretsiyaliklar va rimliklar “himation” deb ataladigan kiyim kiyishgan. U katta
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 327
Технологии текстильной и легкой промышленности
mato bo‘lib, uni turli shakllarda o‘rab, tana atrofida qatlash orqali kiyishgan. Yomg‘irli havoda ularni boshiga o‘rab olishgan. Rimliklar o‘zlarini yomg‘irdan himoya qilish uchun “paenula” deb ataladigan, maxsus paltolaridan foydalanishgan. Bu paltolar ko‘pincha jundan tayyorlangan bo‘lib, yomg‘irni o‘ziga shimib, namlikni o‘tkazmaslikka yordam bergan [5, 6]. Qadimgi Shimoliy Yevropa, Skandinaviya xalqlari, ayniqsa, Vikinglar yomg‘irli va nam havolar uchun maxsus kiyimlar yaratishgan. Ular teridan, jun va oqsildan tayyorlangan kiyimlarni kiyganlar. Bunday kiyimlar yomg‘irga chidamli va issiqni saqlashga yordam berar edi. Vikinglar qishki va yomg‘irli sharoitlarda ishlash uchun ko‘pincha teridan tayyorlangan palto va qoplamalar kiyganlar, bu kiyimlar yomg‘irni yutib olish va namlikni oldini olish uchun juda samarali bo‘lgan. Qadimgi Xitoyda yomg‘ir va nam havolar uchun maxsus kiyimlar ishlab chiqilgan. Xitoyda, ayniqsa, yopqichlar va palto kabi kiyimlar keng tarqalgan. Ular yengil matolardan yoki teridan tayyorlangan. Xitoyda, odatda, yomg‘irda ishlovchilar uchun qalin teri yoki jun kiyimlar ishlatilgan. Bu kiyimlar yomg‘irni o‘tkazmasligi va tabiiy sovuqdan himoya qilish uchun ishlatilgan [7]. Amerika qit’asidagi qadimiy xalqlar Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikaning ba'zi qadimiy xalqlari ham yomg‘irli va nam sharoitlarga mos kiyimlarni ishlab chiqishgan. Masalan, Inka imperiyasida yomg‘irli havoda ishlovchilar uchun teridan yoki o‘simlik tolalaridan tayyorlangan yengil kiyimlar kiyishgan. Bu kiyimlar yog‘och, teri va o‘simlik materiallaridan yasalgan bo‘lib, yomg‘irning oldini olish va issiqni saqlashga yordam bergan [8]. Hindistonda tropik iqlim sharoitlarida yashovchi xalqlar yomg‘irli mavsumda jundan, to‘qilgan matolardan yoki kamalakdan tayyorlangan kiyimlar kiyganlar. Ushbu kiyimlar nafaqat yomg‘irni o‘ziga shimib, salqin havoda tananing namlanishiga qo’ymaydi [9]. Yomg‘irli va nam havoda junli matolardan ham foydalaniladi. Qadimgi odamlar ko‘pincha yomg‘irli va nam havoda junli kiyimlarni afzal ko‘rganlar. Jun namlikni o‘ziga shimib, uzoq vaqt davomida quriydi va issiqlikni saqlaydi. Qadimgi xalqlar teridan ishlab chiqilgan kiyimlarni ham keng qo‘llashgan. Teri yog‘och yoki o‘simlik tolalaridan ko‘ra kuchliroq va uzoqroq ishlatilgan, shuningdek, u namlikni bir oz saqlab, issiqni saqlashga yordam berar edi. Masalan, kokos tolasi, qashqir tolasi, va bambuk kabi materiallar ham ishlatilgan. Ushbu materiallar tabiiy sharoitlarga moslashish va yomg‘irdan himoya qilish uchun qo‘llanilgan [10]. Suv o‘tkazmaydigan matolardan ustki kiyimlarni ishlab chiqarishda mato xususiyatlarining tahlili. Suv o‘tkazmaydigan matolar, asosan, maxsus materiallar va texnologiyalar yordamida ishlab chiqiladi. Ularning tarkibi va xususiyatlari quyidagi asosiy elementlardan iborat: sintetik fibralar poliester: suvga chidamli va tez quriydigan material hisoblanadi. Ko‘pincha, suv o‘tkazmaydigan matolar asosiy komponent sifatida ishlatiladi. Naylon: yengil va lekin suvga chidamliligi poliesterdan kamroq. Biroq uning yuqori elastikligi uni ko‘plab sport kiyimlarida ishlatishga imkon beradi. Qoplama materiallar: PU (Poliuretan): suv o‘tkazmaydigan qoplama sifatida ishlatiladi. U matoning yuzasini qoplab, suyuqlikni o‘tkazmasligini ta’minlaydi.Teflon: matolarga suyuqliklarni o‘tkazmaydigan xususiyatini beradi. Teflon qoplamasi matoning yuqori darajada suvga chidamli bo‘lishini ta’minlaydi. Nanomateriallar: nanotexnologiyalar yordamida yaratilgan qoplamalar, masalan, nano-qoplamalar, matolarni suvga chidamli qilishda samara beradi. Bu qoplamalar suyuqlikni matoga o‘tkazmasdan va ularning yuzasida tomchilar shaklida qolishini ta’minlaydi [11]. Suv o‘tkazmaydigan matolarning xususiyatlari. Bunday matolar, odatda, suyuqlikning mato ichiga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shular yomg‘irli ob-havo sharoitida foydalanish uchun tavsiya etiladi. ▪ Ba’zi suv o‘tkazmaydigan matolar havo o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ega boshqalariga nisbatan yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa terining namlanishining oldini oladi. Bu xususiyatlar, asosan, mikroperforatsiya yoki maxsus qoplamalar yordamida ishlab chiqiladi. ▪ Suv o‘tkazmaydigan matolar yengil va mustahkam bo‘lishi kerak. Ular harakatga qulaylikni ta’minlaydi. Bu xususiyatlar sport kiyimlari va ustki kiyimlarda juda muhimdir.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 328
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
▪ Suv o‘tkazmaydigan matolar ko‘pincha kir va ifloslanishga chidamli bo‘lib, ularni saqlash osonroqdir. Ular tez quriydi, shuningdek, ularni yuvish mumkin. ▪ Suv o‘tkazmaydigan matolarning tarkibi va xususiyatlari ularning qo‘llanilishiga qarab farq qiladi. Ular sport, ustki kiyimlar, tibbiyot va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Innovatsion materiallar va texnologiyalar yordamida suv o‘tkazmaydigan matolarni yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud [12]. 1-jadal. Koʻp ishlatiladigan suv o‘tkazmaydigan matolarining turlari va tavsifi Mato turi Mato koʻrinishi Qisqa tavsifi Gore-Tex Havo o‘tkazuvchan, lekin suvni o‘tkazmaydi. Ko‘pincha, cho‘milish kiyimlari va ustki kiyimlar uchun ishlatiladi.
Yengil, mustahkam, suvni o‘tkazmaydi, havo o‘tkazish qobiliyati past
Nylon (Naylon)
Polyester
Suvga chidamli, tez quriydi, havo o‘tkazuvchanligi past
Suvni to‘liq o‘tkazmaydi, lekin, insonning nafas olish xususiyatlari cheklangan bo‘ladi
Polyuretan (PU)
Tabiiy paxta tolali material bo‘lib, suvni o‘tkazmaydi. Havoni yaxshi o‘kazadi, biroq vaqt o‘tishi bilan mumning samaradorligi kamayishi ehtimoli bor
Waxed Cotton (Mumlangan paxta)
Neopren Namni to‘liq o‘tkazmaydi, issiqni saqlaydi va tez quriydi
Suv o‘tkazmaydi, havo o‘tkazuvchanligi past
Vinil yoki PVC
Teflon Suvga chidamli, biroq havo o‘tkazuvchanlik xususiyati past
Xulosa. Maxsus kiyimlar zamonaviy jamiyatda muhim rol o‘ynaydi, shu bois ularning kelib chiqish tarixi va bugungi kunda ishlatilish sohasiga doir mazkur kiyimlarga qo‘yilgan talablarni chuqur o‘rganib yondashish talab etiladi. Mato xususiyatlaridan kelib chiqqan holda unga mos model tanlanishi ham zarur.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 329
Технологии текстильной и легкой промышленности
Fodalanilgan adabiyotlar: 1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Олий Maжлис палаталарининг Ўзбекистон Республикаси Президентининг инаугурациясига бағишланган қўшма мажлисидаги нутқи.Т.:“Ўзбекистон” НМИУ, 2016. 2. A History of Ancient Egypt (Toby Wilkinson) 3. The Archaeology of Clothing and Bodily Adornment (Diane F. L. Whitmore) 4. A History of Ancient Egypt (Toby Wilkinson) – Qadimgi Misr madaniyati, uning mehnat va kiyim madaniyati 5. The Archaeology of Clothing and Bodily Adornment (Diane F. L. Whitmore) 6. The Vikings: A History (Robert Ferguson) da ularning kiyimlari va namlikka chidamliligi haqida ma'lumotlar keltirilgan. 7. History of Chinese Clothing (Shen Jun) va Textiles and Clothing of the Indian Subcontinent (Beverley Jackson) kabi asarlarda mavjud. 8. The Archaeology of Clothing and Bodily Adornment (Diane F. L. Whitmore) 9. History of Chinese Clothing (Shen Jun) va Textiles and Clothing of the Indian Subcontinent (Beverley Jackson) 10. The Oxford Handbook of Work and Organization (Oxford University Press) 11. Mamadaliyeva Z.Y., Nabidjonova N.N. Ishchi xodimlarga maxsus kiyim to‘plamini ishlab chiqarish uchun suv o‘tkazmaydigan matolarning xususiyatlarini o‘rganish va tahlil qilish. 12. Toshpo‘latov S.Sh., Sodiqova F.A. “Maxsus kiyim turlari, foydalanish sohalari va ularning fizik-mexanikasi bo‘yicha adabiyotlar tahlili”. Eurasian Journal of Academic Research, 2021 Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna – texnika fanlar doktori, professor, Namangan davlat texnika universiteti t.f.d,professori Tel:+998 (93) 6710114 E-mail: nargiza_nabidjanova Mamadaliyeva Zuxra Yigitaliyevna - Namangan davlat texnika universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti Tel: +998( 88)2122610 E-mail: mamadaliyevazuxra0@gmail.com
УДК:677 051 TUKLI CHIGITNI PNEVMO-MEXANIK SARALASH MASHINASIDA CHIGITLARNI TITKILAB DONADORLIGINI OSHIRUVCHI TISHLI DISKLI TA’MINLASH VALIGINING O‘LCHAMLARINI ANIQLASH 1Tursunov Ch.A., 1Qarshiyev B.E., 2Djamolov R.K. 1Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalari universiteti, 2Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti. Annotatsiya. Maqolada pnevmo-mexanik saralash mashinasida tukli chigitni saralash uchun uning donadorligini oshirish bo‘yicha ta’minlash valigini tishli disklardan yig‘ib, tishlarining profelini chigitlarni o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ta’siri o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: tishli disklar, ta’minlash valigi, o‘tkazuvchanligi, samarasi, pnevmo-mexanik. ОПРЕДЕЛЕНИЕ РАЗМЕРОВ РЕДУКТОРНОГО ДИСКОВОГО ПРИВОДА ПОДАЧИ, ПОВЫШАЮЩЕГО ГРАНУЛЯЦИЮ СЕМЯН В ПНЕВМОМЕХАНИЧЕСКОЙ СОРТИРОВОЧНОЙ МАШИНЕ ДЛЯ ВОЛОСАТЫХ СЕМЯН 1Турсунов Ч.А., 1Каршиев Б.Э., 2Джамолов Р.К. 1Термезский государственный университет инженерии и агротехнологий, 2Научно-исследовательский институт волокнистых культур. Аннотация. В статье исследовано влияние профиля зуба на пропускная способность семян с использованием зубчатых дисков для обеспечения сыпучести семян в пневмомеханической сортировочной машине. Ключевые слова: зубчатые диски, питающий вал, пропускная способность, эффективность, пневмомеханический.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 330