Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Tukli chigitni pnevmo-mexanik saralash mashinasida chigitlarni titkilab donadorligini oshiruvchi tishli diskli ta’minlash valigining o‘lchamlarini aniqlash

TURSUNOV CH.A., QARSHIYEV B.E., DJAMOLOV R.K.

Nashr
2-son
Sahifalar
332–336
Nashr etildi
01.04.2025
Ko'rishlar
12 10

Annotatsiyalar

Maqola Mazmuni

1-rasm. L-JS-4/L chigit saralash mashinasining sxemasi. 1-qabul qilish tarnovi, 2-ta’minlagich, 3-reshetkali g‘alvir, 4-shatun, 5-texnik chigit va iflos aralashmalarning chiqish tarnovi, 6-urug‘lik chigit chiqish tarnovi, 7-rama, 8-yirik aralashmalar chiqish tarnovi, 9-havo kamerasi Unda asosan tukli urug‘lik chigitlarni g‘alvirga uzatishda havo kanalida chigit tarkibidagi yengil aralashmalar so‘riladi va chigitlar g‘alvirga tushib u yerda mayda va singan chigitlar g‘alvir teshigidan o‘tishi bilan ajratiladi [3, 4]. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 331 Технологии текстильной и легкой промышленности Bugungi kunda ushbu texnologiyalarda ishlatilayotgan uskunalar ma’naviy va jismoniy eskirganligi, tuksizlantirilgan chigitlar uchun mo‘ljallangan mashinani tukli chigitga ishlatilib kelinishi, chigit tukdorliklarining turli xilligidan mexanik saralash agregatlarining sifatli ishlamasligiga olib keldi va chigit tukdorligiga bog‘liq ravishda saralash uskunasini takomillashtirish va uskunaning samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa ekanligi ko‘rindi. Tahlillar natijasida uskunaning afzallik va kamchiliklari asosida tukli urug‘lik chigitni saralash sifatini oshirish bo‘yicha amalda ishlatilayotgan Ispaniyaning L-JS-4/L rusumli pnevmomexanik saralash mashinasini takomillashtirilgan sxemasi ishlab chiqildi. Tukli chigitlarning birbiriga yopishqoqlik xususiyati bo‘lganligi uchun tukli chigitni yig‘ib uzatuvchi BDOS dozalash bunkeri kabi [5] dozator qismida qo‘llanilgan tishli disklardan foydalanib, saralagichning ta’minlash tizimi ishlab chiqildi (2-rasm). 2-rasm. Tavsiya etilgan tishli disklardan iborat ta’minlash tizimi. 1-kolosnik, 2-rostlanuvchi devor, 3-tishli disk Ta’minlash tizimi tishli disklar 3 dan iborat bo‘lib, tukli chigitlarni disk tishlari bilan olinganida chigitlarni bir-biri bilan yopishib yotganlarini ajratish bilan donadorligini oshiradi. Disklar orasiga o‘rnatilgan kolosnik bilan uskunaning ish unumdorligi o‘zgartiriladi. Tukli urug‘lik chigitlarni saralash g‘alviriga uzatishda bir-biriga yopishib yotgan chigitlarni ajratib, g‘alvir yuzasiga donalab uzatishdan g‘alvir teshiklaridan o‘tkazuvchanligi ortib, saralash samarasi ham ortib boradi. Tukli urug‘lik chigitlarni bir tekis, donadorligini oshirgan holda uzatishni ta’minlash uchun tishli disklarning chigitlarni o‘tkazuvchanlik xususiyatini aniqlaymiz. Tajribalar uchun tuklilik darajasi 8,6 % li va mexanik shikastlanishi 3,6 % li chigitlar olindi. Tajriba uchun tayyorlangan turli xil profeldagi tishlardan tashkil topgan disklarni ketma-ket valikka o‘rnatib, valik orasidan o‘tayotgan tukli chigit miqdorini har 1 daqiqada yig‘ib, MK-32.2A20 tarozida ±15 g. xatolik hisobida o‘lchandi. So‘ng olingan ma’lumotlar asosida ta’minlash valigining chigit o‘tuvchanlik xususiyati aniqlandi. Shu usulda tajriba variantlari uch qaytarishda o‘tkazildi va olingan natijalarning o‘rtacha miqdori hisoblandi. Tajribada valikning aylanishlar sonini V=30 ayl/minga o‘rnatildi, tishni kolosnikdan chiqish masofasi L ni o‘zgartirish bilan (2-rasm) chigitning mexanik shikastlanishiga ta’siri va valikning o‘tkazuvchanligini o‘rganildi (1-jadval). Uchburchak profelli tishli disklardan tashkil topgan ta’minlash valigini o‘rnatib, uning chigitni o‘tkazuvchanlik xususiyati o‘rganilganda quyidagilar aniqlandi, disk orasiga o‘rnatilgan kolosnik bilan tishlar orasiga to‘planuvchi chigitlar miqdorini o‘zgartirish mumkin bo‘lib, tish kolosnikdan qancha ko‘p chiqsa tishlar orasida shuncha ko‘p chigit yig‘iladi, lekin chigitlarning donadorligi kamayadi va bir biriga yopishgan chigitlar to‘dasi ham o‘tishi mumkin. Tishlar kolosnikdan chiqishi kamaysa u xolda saralash mashinasiga yetarli ish unumdorligida chigit uzatilmaydi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 332 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари 1-jadval. Tishli diskli valikning o‘tkazuvchanlik xususiyatini aniqlash natijalari (uchburchak profelli disk) Tishni kolosnikdan chiqish masofasi, L, mm O‘tkazuvchanlik xususiyati, kg/soat 5 10 15 20 Chigitning mexanik shikastlanishi, % 848 1050 1890 2260 Shuning uchun disk tishini kolosnikdan chiqish masofasi o‘zgartirib borildi. Bunda masofa L ning 5 mm da chigitlarni tishlar orasida ezilishi sababli mexanik shikastlanishi 4,8 % ni tashkil etib, dastlabki ko‘rsatkichidan 1,2 % ga oshganini ko‘rsatdi, o‘tkazuvchanlik xususiyati esa 848 kg/soatni tashkil etdi. L masofasini 10 mm ga oshirilganida chigitning mexanik shikastlanishi 4,6 % ni tashkil etdi, o‘tkazuvchanlik xususiyati esa 1050 kg/soatni tashkil etdi. Jadvaldagi natijalardan ko‘rinib turibdiki, tish ko‘tarilgan sari chigit to‘piga joy ochilib, o‘tkazuvchanlik xususiyati ham oshib bormoqda, lekin yig‘ilgan chigitlar ko‘rilganda bir- biriga yopishgan to‘p chigitlar miqdori ortib borgani kuzatildi. 4,8 4,6 5,2 4,5 2-jadval. Tishli diskli valikning o‘tkazuvchanlik xususiyatini aniqlash natijalari (egik uchburchakli profel) Tishning kolosnikdan chiqish masofasi, L, mm O‘tkazuvchanlik xususiyati, kg/soat 5 10 15 20 Chigitning mexanik shikastlanishi, % 1160 2280 3190 3850 Tishni egilgan holatida kolosnikdan chiqish masofasini o‘zgartirib o‘tkazilgan tajribalardan shuni aytishimiz mumkinki, tishni egilishidan chigitni ushlab pastga sudrashi yaxshilanishidan o‘tkazuvchanlik xususiyati yuqoriga ko‘tarildi, lekin tish uchli holatida egilganligi sababli chigitga uchi bilan mexanik shikastlanish berishidan mexanik shikastlanishi ortib ketdi. Shundan so‘ng tish uchlarini to‘ntoq holga keltirib, tajribalar davom ettirildi (3-jadval). 3-jadval. Tishli diskli valikning o‘tkazuvchanlik xususiyatini aniqlash natijalari (uchi to‘ntoqli uchburchakli profel) Tishni kolosnikdan chiqish masofasi, L, mm 5,6 5,8 6,2 5,5 O‘tkazuvchanlik xususiyati, kg/soat Chigitning mexanik shikastlanishi, % 5 10 15 20 3,7 3,8 4,2 4,0 1260 1880 2150 2760 Tishning uchini to‘ntoq qilib, uchburchak holatida sinab ko‘rildi, bunda chigitning mexanik shikastlanganligining kamayishini ko‘ramiz, o‘tkazuvchanlik xususiyati esa egilgan tishlarga ko‘ra pastligi aniqlandi. Shunda tishning uchi to‘ntoq holda yon tomonga egib, tajribalar davom ettirildi, Saralagich g‘alviriga tukli chigitlarni titkilangan holda uzatish g‘alvir teshiklaridan mayda chigitlarning o‘tishini yaxshilanishi uchun ta’minlagich tishli disklarning tish profellarini aniqlash bo‘yicha tajribalar o‘tkazilib, disklarning tishi uchini to‘ntoq holda, belgilangan burchakka egilishidan ta’minlagichning chigit o‘tkazuvchanlik xususiyati oshishini ko‘rsatdi. Bunda tishning kolosnikdan chiqishi 5 mm da o‘tkazuvchanlik xususiyati 1820 kg/soatiga bo‘lsa, 10 mm da 2660 kg/soatni va L masofani 15-20 mm ga oshirilganida o‘tkazuvchanlik xususiyati 3260 kg/soatdan “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 333 Технологии текстильной и легкой промышленности 3650 kg/soatgacha ortgani aniqlandi va chigitlarning mexanik shikastlanishini sezilarli oshishi kuzatilmadi. 4-jadval. Tishli diskli valikning o‘tkazuvchanlik xususiyatini aniqlash natijalari (uchi to‘ntoq egik uchburchakli profel) Tishni kolosnikdan chiqish masofasi, L, mm O‘tkazuvchanlik xususiyati, kg/soat 5 10 15 20 Chigitning mexanik shikastlanishi, % 3,8 3,8 4,6 3,7 1820 2660 3260 3650

Adabiyotlar (4)

  1. 1. Уруғлик пахтани дастлабки ишлаш технологик регламенти, ПДИ 50-2014. Тошкент, 2014 й. - 23 б.
  2. 2. Ракипов В.Г., Джамолов Р.К ва бошқалар. “Ҳориж ускуналарини қўллаб замонавийлаштирилган тукли ва туксизлантирилган уруғлик чигит тайёрлаш цехларини тадқиқ этиш ва уларни норматив техник ҳужжатлар билан таъминлаш”. Илмий-тадқиқот иши бўйича хисобот №0710, "Paxta tozalash IICHB" ОАЖ, 2008 й.
  3. 3. Р.К.Джамолов “Тукли уруғлик чигит саралаш агрегатини такомиллаштириш ва конструктив параметрларини асослаш”. Илмий-амалий агроиқтисодий журнал, маҳсус сон-2, 2019 й. -87 б.
  4. 4. Джамолов Р.К., Турсунов Ч.А., Абдихамидов Н.У. Тукли уруғлик чигитни пневмо- “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 334