Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Arrali tola ajratgich mashinasining chigit tarog‘ining ekspremental tadqiqi

SAYITQULOV S.O., SALOMOV A., РАМАЗОНОВ С.

Issue
2-son
Pages
337–340
Published
01.04.2025
Views
1 4

Abstracts

The article focuses on the main causes of breakage, hairiness, and mechanical damage of cotton fibers in the conditions of cotton ginning factories, while maintaining the natural properties of cotton, and increasing the productivity of fiber separation machines. It presents the experimental study of the seed comb of the fiber separating machine and the method of conducting the experiment.

Article Content

Kirish. Davlatimizning eng asosiy maqsadi aholining moddiy, madaniy va ma’naviy hayot darajasini ko‘rsatish, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun obod hamda farovon hayot barpo etish, xalqaro maydonda o‘zimizning munosib o‘rnimizni egallashdan iborat [1, 2]. Paxta xomashyosini qayta ishlash uni quritishdan boshlanadi, chunki paxta xomashyosidan olinadigan mahsulotlarning sifati va texnologik uskunalarning ishlash samaradorligi paxta xomashyosining namlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Mustaqillikka erishgan jonajon O‘zbekistonimizning bugungi kundagi xalq xo‘jaligini rivojlantirish paxta sanoati bilan chambarchas bog‘liqdir. Paxta xomashyosini qayta ishlash, jahon bozoriga yuqori sifatli tola chiqarish bilan birga paxta tolasidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish xalqimizga yetkazib berishdan iboratdir. Hozirgi paytda eksplutatsiya qilinib kelayotgan, korxonalarda paxtani qayta ishlash mashina va agregatlarini zamonaviy texnologik mashinalar bilan qayta jihozlash, modernizatsiyalash muhim ahamiyatga egadir. Keyingi vaqtlarda bu sohaning mahsulotlariga talab juda oshib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining qabul qilayotgan qator qarorlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga, ularni jahon bozori talablari darajasiga ko‘tarishga katta e’tibor berilmoqda. Shuning uchun birinchi navbatda, sanoat korxonalari hozirgacha ishlatib kelinayotgan eski asbob-uskunalar o‘rniga zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Shu bilan birgalikda maqsad sanoat korxonalarida jahon standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishdir. Respublikamizning sifatli mahsulot ishlab chiqarishi, asosan, paxtani qayta ishlash zavodlariga ham bog‘liqdir. Hozirgi paytda ekspluatatsiya qilinib kelinayotgan texnologik mashina “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 335 Технологии текстильной и легкой промышленности va jihozlarda, paxtani dastlabki ishlov berishda jahon andozasi talablari asosida chigit va tola sifatini ta’minlash ishlab chiqarish korxonalari oldiga o‘ta mas’uliyatli vazifa bo‘lib kelmoqda. Yuqori samarali texnologiya va mashina jihozlarini yaratmasdan bu muammolarni texnik yechimiga erishish ancha murakkabdir. Paxta sanoatida paxtani dastlabki ishlov berish texnologik tizimida, asosiy bo‘g‘in zveno bilan tola ajratish mashinasi bo‘lib hisoblanadi [3,4]. Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda, paxta xomashyosidan olinayotgan yarimtayyor mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish uchun tola ajratish mashinasining resurs tejamkor variantini ishlab chiqish muhim ro‘l o‘ynaydi. Nazariy tadqiqotlar tahlil qilib chiqilganda shu narsa o‘rganildiki, chigitlarning minimal shikastlanishida to‘zg‘oq tolalarining tishlar bilan eng yaxshi ilib olinishi to‘zg‘oqlarning arrali silindr tomon radial harakati paytida sodir bo‘ladi. Ikkinchidan taroqning gorizontga nisbatan og‘ish burchagi 450 bo‘lganda to‘zg‘oqlar massa ta’siri ostida arrali silindr tomon erkin sirpanishi aniqlanadi [5,6]. Ishning mohiyati shundaki, an’anaviy tola ajratish mashinalarida chigit tarog‘i qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, mashina ish kamerasidan chigitlarning chiqishini rostlash imkonini beradi. Chigit tarog‘i ko‘tarilganda xomashyo kameraning bu zonasida paxtaning zichligi oshadi, turli xil tukdorlikdagi to‘zg‘oqlarning ilashuvchanligi ham o‘sadi va qoldiq tukdorlikka ega bo‘lgan tolasidan ajratilgan chigitlar takroran tola ajratish zonasi (joyiga) qaytariladi. Buning natijasida chigit tarog‘i orqali faqat to‘la-to‘kis tuksizlantirilgan chigitlar chiqadi [7]. To‘g‘ri, bunda tola ajratish mashinasining unumdorligi pasayadi va chigitlarning sinuvchanligi oshadi. Shu bilan birga, aksincha, taroq tushirilganda paxtaning zichligi pasayadi va katta tukdorlikka ega bo‘lgan chigitlarni ajralish imkoniyati paydo bo‘ladi. To‘g‘ri oqimli arrali tola ajratish mashinasida zich xomashyo valigi bo‘lmaydi, shuning uchun taroqning harakati bilan chigitlarning chiqishini rostlashning imkoni yo‘q. Binobarin, chigit tarog‘i qo‘zg‘almas, arrali silindrga radial joylashgan va gorizontga 450 burchak ostida og‘dirilgan. To‘la tolasidan ajratilgan chigitlarning chiqishini rostlash uchun qo‘zg‘aluvchan yo‘naltirgichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning sxemasi 1-rasmda ko‘rsatilgan. Yo‘naltirgich chigit tarog‘ining haqiqiy kesim yuzasini berkitib, chigitlarning chiqishini chetlashi mumkin [8, 9]. Yo‘naltirgich oxiri L dan arrali silindrgacha bo‘lgan masofa qancha kichik bo‘lsa, to‘zg‘oqlarning tola ajratish mashinasi ish kamerasiga o‘tish sikllarining miqdori shuncha katta va chiqadigan chigitlarning tukdorligi kam bo‘ladi. Ushbu gipotezani sinab ko‘rish uchun maxsus eksperimental tadqiqot o‘tkazildi. Eksperiment o‘tkazish uslubi. Eksperimentlar diametri 0.32 m bo‘lgan 6 ta arrali silindr va 0.085 m radiusli yo‘naltirgichdan tashkil topgan maxsus stendli qurilmada o‘tkazildi [10,11]. Arraning aylanish tezligini Vp =8 20 m/s. chegarada rostlash laboratoriyasi o‘rnatildi (220 V, 9 A, 50 Gts.). Arrali silindrning aylanish chastotasini o‘lchash uchun asbob sifatida SK markali 751 tipdagi soat mexanizmli odatdagi taxometr xizmat qiladi. Arrali silindr o‘qi taxometr uchligi bilan tutashganda uning aylanishi sodir bo‘lib, aylanish tezligi taxometr shkalasida qayd qilindi [12]. Eksperiment o‘tkazish uchun 9.2 % namlikdagi va 4.4 % ifloslikdagi qo‘lda terilgan, I sort , 2-klassdagi Buxoro-6 seleksion navli paxtadan foydalanildi. Ta’minlagich unumdorligi ta’minlash valiklarining aylanish chastotasini o‘zgartirib rostlandi. Eksperimentda p = 8 ayl/min ga teng edi. Yo‘naltirgich holatidan bog‘liq ravishda chigitlarning tukdorligi va ularning shikastlanishi baholab berildi. (L masofa). 1-rasm. Qo‘zg‘aluvchan yo‘naltirgich sxemasi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 336 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари Chigitlar shikastlanishining ish unumdorlikka bog‘liqligi diagrammasi 2-rasmda keltirilgan. L=20 mm minimal qiymatda chigitlarning tukdorligi 12.1 % ni, shikastlanishi esa 4.8 % ni tashkil qildi. L=40 mm eng katta qiymatda tukdorlik 14.3 % gacha o‘sdi, shikastlanish esa 5.2 % ni tashkil qildi. Eksperiment natijasidan ko‘rish mumkinki, yo‘naltirgich haqiqatdan ham to‘zg‘oqlarning tola ajratish ish kamerasida bo‘lib turish vaqtini va mos ravishda chiqadigan chigitlarning tukdorligini rostlashi mumkin. Yo‘naltirgich holatidan bog‘liq ravishda chigitlarning tukdorligi va shikastlanishi oshib borishi mumkin. Agar yo‘naltirgich uchi bilan arrali baraban orasidagi masofa L dan kichik bo‘lsa, (20mm), tukli chigitlar taroq barmoqlari orasidan chigitlaridan chiqishga ulgurmaydi va arralar yordamida yana mashina ish kamerasi jinlash zonasiga qaytariladi. Shu bilan bir vaqtda ularning ishchi kamerada o‘tish sikllari miqdori o‘sadi [13, 14]. Yo‘naltirgichning holatiga bog‘liq holda chigitning sinishi va tukdorlik diagrammasi 2-rasmda keltirilgan. Faqat tukdorlik 11....12 % dan kamayganda ular ajrala boshlaydi. Va aksincha, L masofa 40 mm gacha oshganda tukdorligi 14 % dan yuqori bo‘lgan chigitlarning ajralishi uchun sharoit yaratiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, eksperiment natijalari bo‘yicha chigitlarning sinishi bir oz oshadi va 4,3....5,2 % ni tashkil qildi. Bu ta’minlagichning unumdorligi tola ajratgichning unumdorligiga nisbatan yuqoriligi bilan bog‘liq edi, natijada arra tishlar bilan ilib olish zonasida to‘zg‘oqlarning to‘planib qolishi sodir bo‘ldi. Keyingi tajribalarda bu nomunosiblik bartaraf etildi va chigitlarning shikastlanishi oldi olingan u me’yor darajasiga yetkazilgan. Xulosa. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, paxtaga dastlabki ishlov berish jarayonida tola va chigitlarning shikastlanishi jinlash jarayonida keskin oshishini ko‘rishimiz mumkin. Jinlash jarayonida tolalarning uzilishi, chigit tukdorligi, chigitning mexanik shikastlanishini kamaytirish, paxtani tabiiy xossalarini saqlagan holda, tola ajratish mashinalari unumdorligini oshirishga qaratilgan. Bunda tola ajratish mashinasining chigit tarog‘ining eksperimental tadqiqoti va ekspriment o‘tkazish uslubi keltirilgan. Demak, chigit tukdorligi 11....12 % dan kamayganda ular ajrala boshlaydi. Shu bilan birgalikda aksincha, L masofa 40 mm gacha oshganda tukdorligi 14 % dan yuqori bo‘lgan chigitlarning ajralishi uchun sharoit yaratiladi

References (16)

  1. 1. E.Z.Zikriyoeva. Primary processing of raw cotton. Tutorial. (T., Mehnat, 1999)
  2. 2. A. Djuraev, et.al., Cleaning section of the cotton cleaning unit. Patent FAP №00948, Byull. №9, (2014)
  3. 3. Handbook for the primary processing of cotton (JSC “Uzpaxta sanoat” Tashkent, 2019)
  4. 4. R. Maksudov, A. Djurayev, Sh. Shuxratov, Research in Engineering and Technology (IJNET) 11, 12, 951-963 (2019)
  5. 5. A.Djuraev, S Sayitkulov, O Rajabov, J Kholmirzaev, B Haydarov, Journal of Physics: Conference Series 2373 (2), 022048 (2022)
  6. 6. A. Djuraev, S.Sayitkulov, Ja. Kholmirzaev, N. Mustafayev, Kh. Rakhimov; AIP Conf. Proc. 2789 (1): 040118 (2023)
  7. 7. A. Djuraev, S. Sayitkulov, Ja. Kholmirzaev, I. Rakhmonov, N. Nurmatova, AIP Conf. Proc. 2789 (1): 040119 (2023) 2-rasm. Mexanik shikastlanishning unumdorlikka bog‘liqlik grafigi. 1– namligi - 8,5 % bo‘lganda, 2 – paxta namligi -7,5 % bo‘lganda “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025
  8. Технологии текстильной и легкой промышленности
  9. 8. A.Djuraev1, S. Sayitkulov, Kh. Rakhimov, N. Turaeva, M. Hamroeva, AIP Conf. Proc. 2969, 050024 (1) (2024)
  10. 9. A.Djuraev, S. Sayitkulov, J. Kholmirzaev, B. Haydarov, N. Mustafaev, AIP Conf. Proc. 2969, 050027 (1) (2024)
  11. 10. I. Mavlonova, et al, Journal. Phys.: Conf. Ser. 2373 022047 (2022)
  12. 11. A.Amonov, A. Djuraev, U. Kuryozov, S. Shokirova, Sh. Korabayev, AIP Conf. Proc.2789 (1): 040053 (2023)
  13. 12. A.Usmankulov, A Salomov, I Abbazov, and F Egamberdiev. IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 1142 012080 (2023)
  14. 13. A.Djuraev, S. Sayitkulov, B. Bozorov. Modern Innovations, Systems and Technologies 1(4) (2021)
  15. 14. A. Djuraev, S.O. Sayitqulov, EPRA International Journal of Research and Development (Ijrd) 6, 3 (2021) ТУРЛИ СЕЛЕКЦИЯ НАВЛАРИДАН ОЛИНГАН ИПЛАР НОТЕКИСЛИК КЎРСАТКИЧЛАРИНИНГ ЎЗГАРИШИ 1Худойбердиев М.Р., 2Очилов Т.А., 2Ёдгоров С.Қ. 1Бухоро давлат техника университети, 2Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат институти. Анотация. Мақолада Сурхондарё вилоятининг "ZAMIN ANGOR CLUSTER" МЧЖ, “ДЕНОВ ТЕКСТИЛ КЛАСТЕР” МЧЖ корхоналарида қайта ишланган истиқболли Сурхон-9, Сурхон-101, Термез-49, Термез-208 ва Сурхон-102 селекция навларидан Навоий вилоятидаги “BAHT-TEXTILE” MCHJ кластер тизимидаги корхонада иплар олинди ва нотекислик кўрсаткичлари аниқланди. Калит сўзлари: ипларнинг нотекислиги, вариация коэффициенти, непслар сони, тукдорлиги, тукдорлиги бўйича вариация коэффициенти, солиштирма узилиш кучи ИЗМЕНЕНИЕ ПОКАЗАТЕЛЕЙ НЕРОВНОТА ПРЯЖИ ПОЛУЧЕННОЙ ИЗ РАЗЛИЧНЫХ СЕЛЕКЦИОННЫХ СОРТОВ 1Худойбердиев М.Р., 2Очилов Т.А., 2Ёдгоров С.Қ.
  16. 1 Бухарский государственный технический университет, 2Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности. Аннотация. В данной статье приведены резултаты иследований перовноты пряжи полученной из перстективных селекционных сортов хлопка Сурхан-9, Сурхан-101, Термез-49, Термез-208 и Сурхан-102. Хлопковые волокно было переработано на предпрятим ООО «ZAMIN ANGOR CLUSTER» и ООО «DENOV TEXTILE CLUSTER» Сурхандарьинской области, пряжа получена на предпрятии кластера ООО «BAHTTEXTILE» Навоийской области. Ключевые слова: неровнотт нитей, коэффициент вариации, число непсов,ворсистось,коэффициент вариации по ворсистости, относительная разрывная нагрузка. CHANGES IN THE UNEVENNESS INDICATORS OF YARN OBTAINED FROM DIFFERENT SELECTED VARIETIES 1Khudoyberdiev M.R., 2Ochilov T.A., Yodgorov S.K. 2 1Bukhara state technical university, 2Tashkent Institute of Textile and Light Industry. Annotation. This article presents the results of research on the yarn quality obtained from promising selection varieties of cotton Surkhan-9, Surkhan-101, Termez-49, Termez-208 and Surkhan-102. Cotton fiber was processed at the enterprises of ZAMIN ANGOR CLUSTER LLC and DENOV TEXTILE CLUSTER LLC in the Surkhandarya region, the yarn was obtained at the cluster enterprise of BAHT-TEXTILE LLC in the Navoi region. Key words: unevenness of threads, coefficient of variation, number of neps, fluffiness, coefficient of variation in fluffiness, relative breaking load. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 338