Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Jun tolasi tarkibidagi begona aralashmalarni tozalash mashinasining texnologik parametrlarini nazariy asoslash
ISMOYILOV I.B., QO'LDOSHEV E.I., ISMOYILOV F.B., QAYUMOV J.A.
Abstracts
The abstract is not available in Uzbek.
В статье кратко проанализированы проблемы технологии очистки шерстяного волокна на предприятиях первичной переработки, действующих в настоящее время. Принцип работы машины для прокалывания шерстяного волокна освещен. Приведены технологические показатели действующей титрующей машины и устройства подачи. Теоретический обоснованы технологические параметры чистящей машины и влияние рифленых подающих роликов на куски шерсти. Были определены и теоретически проанализированы силы, действующие на сырьё через подающие ролики.
The article briefly analyzes the problems of wool fiber cleaning technology at primary processing plants currently operating. The working principle of the wool fiber piercing machine is illuminated. The technological parameters of the current titrating machine and feeding device are given. The technological parameters of the cleaning machine and the effect of grooved feed rollers on pieces of wool are theoretically substantiated. The forces acting on the raw materials through the feed rollers were determined and theoretically analyzed.
Article Content
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 347
Технологии текстильной и легкой промышленности
Hozirgi kunda mintaqamizda faoliyat yuritib kelayotgan junni dastlabki ishlash korxonalaridagi junni titish mashinalari ma’nan eskirgan. Buning asosiy sababi shundaki ushbu turdagi mashinalar yildan yilga modernizatsiya yoki takomillashtirilmaganligidir. Junni dastlabki ishlash korxonalarini hozirda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhda sobiq ittifoq davrida jihozlangan korxonalar bo‘lib, ikkinchi guruhda yangi junni dastlabki ishlash minitexnologiyalari kiradi. Bu minitexnologiyalar tarkibi bir qancha mashinalar majmuyini o‘z ichiga oladi. Ushbu minitexnologiyadagi mashinalar, asosan, Xitoy davlatida ishlab chiqarilmoqda. Bahorda qirqilgan junlar runo deb ataladi, runo junlari takibida mayin tola miqdori ko‘proq bo‘ladi. Ushbu jun tolalari bir-biriga birikkan holda bo‘lganli sababli titish jarayoni asosan, R-l, MARSH–1 yoki MRSH–3 mashinalarida amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda, ayniqsa, iflos aralashmasi kamroq va chigallashmagan xomashyolar 2BT-150Sh rusumli mashinada yoki ikki barabanli titish mashinalarida tozalash jarayoni bajariladi. O‘zbekiston mintaqasida dag‘al jun xomashyosi yetishtirilishi bois junni dastlabki ishlash korxonalarida titish tozalash jarayonida asosan 2BT-150Sh rusumli mashinadan keng foydalaniladi. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanilgan holda 2BT-150-SH titish mashinasining ishlash prinsipini quyidagicha keltirish mumkin. Ta’minlash bunkeri bo‘lmaganligi bois korxonada ishchi yuvilmagan junni bir xil qalinlikda ta’minlash tasmasi 1ga tashlaydi (1rasm). Tasma 0,067-0,133 m/s tezliklarda harakatlanishida ta’minlash roligi xizmat qiladi. Ta’minlash valigi 2 (yuqorigi-riflali, pastki-silliq) diametri Ø-125 mm bo‘lib, jun xomashyosini birbiriga siqib titish kamerasiga bir maromda uzatadi. Xomashyoni ta’minlash valiklari siqadi uni bir juft prujina 3 bilan hosil qiladi va uning siqish kuchi 1,75 kN dan yuqori bo‘lishi tavsiya etilmaydi. Ushbu prujinaning siqish kuchini rostlash mumkin.
1-rasm. 2BT-150-SH titish mashinasi Yuqori riflali valik pastki silliq valikka nisbatan 0,4 barobar tezroq aylanadi, jun bo‘laklarining siljishi va rostlanishini ta’minlaydi. Ta’minlash valigidan keyingi birinchi qoziqli baraban 4 da sakkiz qator qoziqlar mavjud bo‘lib, asosan, 12,5 m/s tezlikda, ikkinchi qoziqli baraban 8 esa 14,3 m/s tezlikda aylanadi. Ta’minlash valiklari siqilgan jun xomashyosini qisman titib jun bo‘laklarini birinchi qoziqli barabanga uzatadi. Jun xomashyo bo‘laklarini kolosnikli panjara 12 ustidan baraban qoziqchasi orqali sudrab o‘tib, ikkinchi qoziqli barabanga yetkazadi. Qoziqli barabanlar junni titib, begona aralashmalardan tozalaydi. Jun xomashyosidan ajralib chiqgan iflos aralashmalar kolosnikli panjaradagi kolosnik tirqishlari orasidan bunker 13 ga tushadi, iflos aralashmalar tasmali transportyor 15 yordamida mashinadan chiqarib yuboriladi. Ikkinchi qoziqli baraban qoziqlari orqali jun bo‘laklari prizma 14 ga urilishi titish jarayonini jadallashtiradi.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 348
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Junni titish va qisman tozalashdan so‘ng qoziqli barabanning qamrovidan jun xomashyosi chiqib yo‘naltirgich 10 ga uriladi va mashinadan chiqish trayektoriyasini o‘zgartiradi. Ta’minlash valiklaridan keyingi birinchi qoziqli barabandan ikkinchisiga o‘tishda chigal jun bo‘laklari qo‘zg‘almas qoziq 7 da ushlanib qoladi, qoziq bilan ikkinchi baraban ta’siri natijasida jun qo‘shimcha titiladi. Mashinaning ishchi organlarini harakatlantirishda A02-61-8 elektrodvigateldan foydalaniladi, uning aylanish tezligi 750 ayl/min. Ta’minlash valiklarining aylanish tezligi yulduzcha tishlarining soniga bog‘liq bo‘ladi — yusm=14; 16; 19; 22; 25 tish. 2BT-150-SH rusumli titish mashinasidagi valiklarning aylanishlar sonining o‘zgarishi yulduzcha tishlariga bog‘liq bo‘lib u quyidagi 1-jadvalda keltirilgan [1]. 1-jadval 2BT-150-SH titish mashinasidagi ta’minlash valiklarning aylanishlar sonining o‘zgarishi
Ta’minlash tasmasi Silliq valik Riflali valik
yusm n, s-1 v,m/s n,s-1 v,m/s n,s-1 v,m/s
14 0,42 0,13 0,42 0,17 0,5 0,2 16 0,37 0,11 0,37 0,15 0,45 0,175 19 0,31 0,1 0,31 0,12 0,38 0,15 22 0,27 0,08 0,27 0,11 0,33 0,12 25 0,24 0,075 0,24 0,09 0,29 0,11
Titish mashinasining ta’minlash qurilmasi ta’minlovchi panjarasi va ta’minlovchi valiklardan tashkil topgan. Ta’minlovchi panjara o‘zaro tasmalarga biriktirilgan, metall yoki yog‘och plankalardan tayyorlanib valga kiydirilgan bo‘ladi. Ta’minlash valiklari jun qatlamlarini ta’minlash panjarasidan qabul qiladi va siqadi, qoziqli baraban ta’sir qilguncha ushlab turadi, shu tarzda yumshatiladi. Junni titish mashinalarida qo‘llaniladigan ta’minlash qurilmalarini bir nechta turlari mavjud. Ko‘p tarqalgan ta’minlash qurilmasi, ikki juft ta’minlash valikli bo‘lib (2 a-rasm): birinchi juft yuqoridagi valik riflali pastki valik esa silliq, ikkinchi juftlikdagi valiklar riflali bo‘ladi. Valiklar diametri 100-150 mm bo‘lib tolani siqib uzatadi. Birinchi juftga nisbatan ikkinchi juftning tezligi 12-15% oshishi junni tortib titadi. Valiklarning riflali yuzasi tolalarni ushlash va yaxshi siqilishini ta’minlaydi, silliq yuza esa tolani o‘ralib ketishini kamaytiradi [2].
2-rasm. Titish mashinalarini ta’minlash qurilmalari
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 349
Технологии текстильной и легкой промышленности
Bir juft ta’minlovchi valiklardan tuzilgan qurilma, ishlash prinsipi oldingisidan farq qilmaydi, lekin bu yerda jun bo‘laklarini tashish yo‘qoladi. Tolalar yaxshi siqilmasa baraban qoziqlari yaxlit titilmagan jun bo‘laklarini yulib olishi mumkin. Dastlabki ishlash jarayonidagi titib tozalash mashinasining tozalash samaradorligi quyidagi texnologik ko‘rsatkichlar orqali nazariy baholash mumkin: tozalash samaradorligi, jun tolasining shikastlanmasligi va jun xomashyosining qurilmada bumdor qatlam hosil qilmasligi (o‘ralib qolmasligi). Tozalash samaradorligi qurilma orqali ajratib olingan begona iflos aralaslarning miqdori jun xomashyosidagi umumiy miqdoriga nisbati bilan xarakterlanadi. 𝑘= Δ𝑐𝑛
𝑔1 100% (1)
Δ𝑐𝑛 - tozalovchi qurilma tomonidan ajratib olingan begona iflos aralashlarning og‘irligi; 𝑔1- jun xomashyodagi begona iflos aralashlarning og‘irligi. Jun xomashyosi tarkibidagi begona iflos aralashlarning og‘irligi, uning umumiy og‘irligiga nisbatan quyidagi foizlarda ifodalanadi; 𝑐1 = 𝑔1
𝐺1 100% , (2)
𝐺1- jun xomashyosining boshlang‘ich og‘irligi.
Bu yerda; 𝑔1 = 𝐺1 𝑐1
100% , (3)
𝑔1 − qiymatini formulaga qo‘yib, quyidagini olamiz. k = Δ𝑐𝑛 100 𝑔1𝑐1 100%, (4) Tozalangan jun xomashyosining iflosligi bir xil bo‘lgani sababli, (4) formulada 𝑐1boshlang‘ich iflosligini tozalangandan keyingi iflosligi 𝑐2 bilan almashtirish maqsadga muvofiq, bu ifloslik ulushini quyidagi tenglama orqali topamiz.
𝐺1𝑐1
100 = 𝐺2 𝑐2 100 + Δ𝑐𝑛. (5)
Formuladan (4) 𝐺1𝑐1 qiymatini (3) formulaga qo‘shsak, tozalash samaradorligini, ajratilgan begona aralashmalar miqdori va jun xomashyosining oxirgi ifloslik darajasi orqali ifodalangan holda olamiz.
𝑘= Δ𝑐𝑛 𝐺2 𝑐2 100 +Δ𝑐𝑛−100%, (6)
𝐺2 — tozalangan jun xomashyosining og‘irligi; 𝑐2— tozalashdan keyin jun xomashyosining ifloslik darajasi. Agar vazn ko‘rsatkichlarini hisobga olishda murakkabliklar yuzaga kelsa, jun xomashyosi begona aralashmalarga qo‘shilib mashinadan chiqib ketishi kuzatilmasa, tozalash mashinasining tozalash effektini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin. 𝑘= (𝑐1−𝑐2)100
𝑐1(100−𝑐2) 100%, (7)
Jun tolasining shikastlanishi; 𝑀= 𝑎
𝑎+𝑏 100%, (8) a va b — mexanik shikastlangan va mexanik shikastlanmagan jun tolalari miqdori. Tolaning shikastlanishi juda yomon ko‘rsatgich hisoblanib uning darajalash juda murakkabdir. Agar tozalash jarayonida tola shikastlanadigan bo‘lsa uning uzilishi keyingi jarayonda kuzatilishi mumkin. Ya’ni tozalash jarayonidagi tolaga beriladigan zarbiy ta’sirning keyingi jarayonlarda ahamiyati sezila boradi [3]. Ushbu shikastlanish darajasini aniqlash uchun har bir texnologik o‘timda xomashyoni nazorat qilib borish muhim ahamiyatga ega. Undan tashqari tozalash jarayonida tolani g‘ijimlanishi (o‘ralib qolishi) kuzatiladi bu nihoyatda yomon holat bo‘lib, bu tolaning yuvish jarayonida uzilishi, burmalanishi kabi nuqsonlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. G‘ijimlanish darajasi tozalashdan jun xomashyosidan namuna olish orqali aniqlanadi. Riflali ta’minlash valiklarining jun bo‘laklariga ta’sirini nazariy asoslash lozim.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 350
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Tozalash mashinalarining asosiy ishchi qurilmasi hisoblanadigan ta’minlash moslamasi konstruksion tuzilishi bilan farqlansa-da mohiyat yuzasidan sezilarli darajada farq qilmaydi. Ta’minlash moslamalari asosan har bir mashinada o‘rnatiladiki u orqali mashinaning unumini aniqlash va ba’zi hollarda boshqarish ham mumkin. Tozalash mashinalaridagi ta’minlovchi qurilmalarning vazifasi – mashinaning tozalash seksiyasiga jun xomashyosini doimiy va bir xil miqdorda yetkazib berish, bu esa belgilangan unumdorlik va tozalash samaradorligini ta'minlash uchun zarurdir. Taklif qilinayotgan ta’minlovchi qurilma (3-rasm.) quyidagi qismlardan iborat:1-xomashyoni yetkazib beruvchi ta’minlash tasmasi, 2,3-ta’minlovchi valiklar, 4-yuqori ta’minlovchi valikni bosib turuvchi prujina, 3-ta’minlash valigiga harakat beruvchi motoreduktor.
3- rasm. Taklif qilinayotgan ta’minlovchi qurilmaning kesim ko‘rinishi Mavjud ta’minlovchi qurilmalarda ta’minlovchi valiklar orasidagi masofa o‘zgaruvchan bo‘lib, valiklarning ishlash samaradorligi ularning aylanishlar sonini o‘zgartirish orqali bajariladi. Valiklar orasidagi bo‘shliqdan o‘tuvchi jun xomashyosi jun tolasini shikastlamaydigan zichlikka ega bo‘lishi kerak. Ta’minlovchi valiklar jun xomashyosini ta’minlash tasmasidan olib, tozalagichning qabul qilish seksiyasiga yetkazadi. Jun xomashyosi valiklar orasidan o‘tganida jun tolalari shikastlanmasligi kerak.Tozalagichning unumdorligini oshirish uchun ta’minlash valiklarining aylanish tezligini oshirish va mashinada tiqilishlarni sodir etmasligi lozim [4]. Ta’minlovchi vallarning ish unumdorligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin; П = 3,6 ⋅10–3S3 L pxvвkэ, кг/s (9) 𝑆3 — ta’minlovchi valiklar orasidagi masofa (mm); L — ta’minlovchi valiklarning uzunligi (mm); 𝑝𝑥 — ta’minlovchi valiklar orasidagi jun xomashyosi zichligi (kg/𝑚3) 𝜐в— ta’minlovchi valiklarning aylanma tezligi (m/s); 𝑘э — ta’minlovchi valiklarning junni samarali tutib olish koeffitsiyenti. Asosiy o‘zgaruvchan miqdor — ta’minlovchi valiklarning aylanma tezligi bo‘lib, u jun xomashyosini yetkazib berishni sozlashda ishlatiladi. Ta’minlovchi valiklarning asosiy parametrlarini aniqlash lozim. Bir maromda ta’minlash maqsadida bir xil diametr va bir xil aylanish tezligiga ega bo‘lgan ta’minlovchi valiklarning ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Junni ta’minlash tasmasidan olish va uni qoziqli barabanga uzatish, bir-biriga qarama-qarshi aylanayotgan ta’minlovchi valiklar o‘rtasidagi kuchli o‘zaro ta'sir bilan birga olib boriladi, bu ishchi zonada jun massasini deformatsiyalanishiga olib keladi. Ta’minlovchi valiklar uchun ishqalanish koeffitsiyenti. Ψ = 𝜐1 𝜐2 = 𝐷1 𝑛1 𝐷2 𝑛2 = 1, (10)
bu yerda;
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 351
Технологии текстильной и легкой промышленности
𝑛1 va 𝑛2— ta’minlovchi valiklarning aylanma tezliklari; D₁ va D₂ — ta’minlovchi valiklarning diametrlari. 𝛼1 va 𝛼2 burchaklar, ta’minlovchi valiklar, markazlarini bog‘lovchi chiziq va valiklar markazi orqali valik yuzasi hamda xomashyo bilan ishchi yuza chekka nuqtalariga o‘tkazilgan radiuslar tomonidan hosil qilingan burchaklardir. Bu burchaklar (Α1Β1 va Α2Β2) - tutib olish yoylari deb ataladi. Ta’minlovchi valiklar yuzasi jun tolasi bilan ilashganda, А nuqtasida quyidagi kuchlar ta’siriga uchraydi: ta’minlash tasmasidan kelayotgan jun tolasi og‘irlik birligi G; valiklar reaksiyalari 𝑄𝑁1 va 𝑄𝑁2, ularning vertikal tarkibiy qismlari 𝑄1 = 𝑄2 = 𝑄𝑁 sin 𝛼; jun tolasining valiklar yuzasigi ishqalanishi 𝑇1 = 𝑇2 = 𝜇𝑄, bu kuchlar jun tolasini valiklar orasidagi bo‘shliqqa tortishga harakat qiladi. Ta’minlovchi valiklar uchun; 𝛼1 = 𝛼2 = 𝛼 sharoitida ta’sir etuvchi kuchlarning o‘qqa proyeksiyalaridagi muvozanat sharti quyidagi ko‘rinishni oladi: 𝐺−2𝑄𝑁sin 𝛼+ 2𝜇𝑄𝑁cos 𝛼= 0, (11) Bu yerda 𝜇 — jun xomashyosi bilan ta’minlovchi valiklar yuzasi o‘rtasidagi ishqalanish koeffitsiyenti. Agar jun xomashyosining og‘irligi ta’minlovchi valiklarga ta'sir etuvchi kuchga ahamiyatsiz ta'sir qiladigan bo‘lsa, uni (11) tenglamadan chiqarib tashlasak va tenglamani qayta ishlasak, quyidagicha bo‘ladi: 2𝑄𝑁sin 𝛼= 2𝜇𝑄𝑁cos 𝛼 (12) Jun xomashyosi valiklar orasidagi tiqishga tortilishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak; 2𝑄𝑁sin 𝛼< 2𝜇𝑄𝑁cos 𝛼 (13) Bu yerda; sin𝛼
5-rasm. Ta’minlovchi valiklarning diametrini aniqlash sxemasi.
4-rasm. Ta’minlovchi valiklarning ishlash sxemasi
cos𝛼 < 𝜇, yoki 𝜇= tg 𝜌 (ni belgilab), tg a < tg p cos a yoki 𝛼< 𝜌 bo‘ladi; (𝜌 — jun xomashyosining ta’minlovchi valiklar yuzasiga ishqalanish burchagi). Agar tutib olish burchagi 𝛼 ishqalanish burchagi 𝜌 dan kichik bo‘lsa, unda jun xomashyosi ta’minlash valiklari orasidagi bo‘shliqqa butun ℎ𝑛 kengligi bo‘yicha tortiladi. Ta’minlovchi valikning diametrini aniqlash uchun quyidagicha yozish mumkin: (3-rasm) 𝐷+ ℎ𝑘= 𝐷cos 𝛼+ ℎ𝑛 (14) Bu yerda; ℎ𝑛 — ta’minlovchi valiklarning tutib olish yoylari boshlanish nuqtalari orasidagi masofa.
𝐷= ℎ𝑛−ℎ𝑘 1 −cos 𝛼 (15)
Ta’minlovchi valikning diametrini aniqlash uchun tutib olish burchagining chegaraviy qiymati ishqalanish burchagi 𝜌 ga teng bo‘lishi sharti asosida bajariladi.
𝐷𝑚𝑖𝑛= ℎ𝑛−ℎ𝑘 1 −cos 𝜌 . (16)
Jun xomashyosi shaxtadan uzluksiz oqim bo‘lib harakatlanadi va ta’minlovchi valiklar orasidagi bo‘shliqdan o‘tib siqiladi. Bu esa uning hajmiy massasining oshishiga olib keladi, junni ta’minlovchi valiklar tomonidan tutib olish samaradorligi koeffitsiyenti hisobga olinadi. Uzatilayotgan junning hajmiy massasi 𝜌ш bilan valiklar orasidagi bo‘shliqdagi 𝜌з massasi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud [5]: 𝜌з = 𝜌ш ℎ𝑛
ℎ𝑘 ∙𝑘э (17)
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №2/2025 352
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
ℎ𝑛−qiymatini aniqlaymiz va uni formulaga qo‘yamiz.
𝜌з = 𝜌ш Δℎ+ ℎ𝑘 ℎ𝑘
∙𝑘э (18)
Junni tutib olish yoyidagi chiziqli siqilish.(5-rasm) Δℎ
2 = 𝑅(1 −cos 𝛼). (19) Tutib olish yoyining uzunligi.
𝐿= 2𝜋R 𝛼 3600 = 0,0175𝑅𝛼. (20)
Jun tolasini titish mashinasidagi ta’minlash moslamasini ishchi yuzasi va diametrini optimal o‘lchamini aniqlash riflali valiklarga xomashyoni o‘ralib qolishdan saqlaydi. Bu esa xomashyoga ilashgan passiv iflos aralashmalarni ta’minlash jarayonida ajratish imkonini yaxshilaydi [6]. Junni dastlabki ishlash korxonalarida ishlatilib kelinayotgan 2BT-150SH titish mashinalarining yaqindan o‘rganilishi va nazariy tahlil qilinishidan xulosa qilib aytish mumkinki ushbu mashinalarni takomillashtirish muhim masala hisoblanadi. Tahlil qilingan ko‘rsatgichlardan kelib chiqgan holda mavjud titish mashinalarining asosiy ishchi organlarini, xomashyoga bevosita ta’sir etuvchi qismlarini konstruktiv jihatidan yangilash. Mashinalarning samarali ishlashini ta’minlash orqali raqobatbardosh mahsulot olish hamda korxona iqtisodiyotiga salmoqli foyda keltirish hozirgi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi
References (6)
- 1. F.B Ismoyilov “Jun tolalarini dastlabki ishlash texnologiyasi” darslik Buxoro: “UMID” nashriyoti, 2023 y. 290 b.
- 2. F.B.Ismoyilov., Junni dastlabki ishlashda takomillashtirilgan texnologik jarayonni tadqiq qilish., diss PhD., Buxoro. BMTI., 2021. 41-b.
- 3. F. Ismoyilov, E. Kuldashev, A. Abrorov, I. Ismoyilov, R. Bozorov Improvement of the machine for wool scutching for obtaining ecologically clean fiber E3S Web of Conferences 390, 01010 (2023)
- 4. A. Abrorov, M. Kuvoncheva, F. Ismoyilov, S. Fayziev, M. Mukhammadov Computational analysis of multivariant physical and mechanical experiments on laser hardening of gin disc saws Journal of Physics: Conference Series 2573 (2023) 012038
- 5. F. B. Ismoyilov, E. I. Kuldashev, N. N. Sattarova and R. R. Bozorov Significance of using a screw cleaner at pretreatment of wool AIP Conf. Proc.2969, 060029 (2024)
- 6. F.M. Dadaboyev Tozalash samaradorligini oshirish maqsadida jun xomashyosini titish savash mashinasi konstruksiyasini takomillashtirish. diss PhD., Namangan. NMTI., 2024.41-b Ismoyilov Ibrohim Barotovich – Buxoro davlat texnika universiteti.Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi tayanch doktaranti Tel.:+99899-266-15-85. Email: ismailov06418@gmail.com Qo‘ldoshev Elyor Ibrohimovich – Buxoro davlat texnika universiteti Yengil sanoat muhandisligi va dizayn" kafedrasi tayanch doktoranti Tel.+99893-874-81-45. Email: kuldashevelyor1985@mail.ru Ismoyilov Furqat Barotovich – Buxoro davlat texnika universiteti Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi dotsenti PhD. Tel.:+99893-687-66-85. Email: ismoyilovfurqat@mail.ru Qayumov Jo‘ramirza Abdurimatovich – Samarqand davlat arxitektura–qurilish universiteti dotsenti DSc. Tel.:+99899-051-08-55. Email: kayumovjuramirza@mail.ru “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №2/2025 353