Ilmiy maqola
O'zbekcha
Open Access
Nordon gazlarni absorbsion tozalash texnologik jarayoni muhiti uchun gravimetrik usulda po‘lat namunasining korroziya tezligini aniqlash
Annotatsiyalar
Ushbu maqolada gazlarni absorbsion usul bilan tozalash jarayonida nordon komponentlar muhitida texnologik qurulmalarda korrozion holatlarni gravimetrik usulda tadqiq qilish jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Maqola gazni absorbsion tozalashda ishlatiladigan texnologik qurilmalarning samarali va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Annotatsiya rus tilida mavjud emas.
This article presents information on the processes of gravimetric research of corrosion conditions in technological structures in the environment of acidic components during the absorption purification of gases. The article contains scientific and practical recommendations aimed at ensuring the effective and stable operation of technological devices used in absorption purification of gases.
Adabiyotlar (52)
- 1. Уэндланд У. Термические методы анализа. Перевод с английского, М.:1978.
- 2. Ю.М. Бутт, В.В. Тимашев. Практикум по химической технологии вяжущих материалов. М.: Высшая школа, 1973, 504 с.
- 3 Principles and Applications of Thermal Analysis / edited by Paul Gabbott. – 1st ed. 2008, Blackwell Publishing Ltd. p. 484.
- 4. Long Cheng, Wen Li, Yifan Li, Yue Yang, Yanchun Li, Yi Cheng, Dongming Song. Thermal analysis and decomposition kinetics of the dehydration of copper sulfate pentahydrate Journal of Thermal Analysis and Calorimetry. 2019, 135, 2697–2703. https://doi.org/10.1007/s10973 0187595-y(0123456789.
- 5. Polymers 2016, 8, 437; Zaouali R., Msahli S. And Sakli F. A nonlinear viscoelastic model for describing fabric wrinkle recovery behavior. International journal of applied research on textile, 2014. Vol. 2, Issue 2, pp 22-32. NORDON GAZLARNI ABSORBSION TOZALASH TEXNOLOGIK JARAYONI MUHITI UCHUN GRAVIMETRIK USULDA PO‘LAT NAMUNASINING KORROZIYA TEZLIGINI ANIQLASH Murodov M.N., Do‘stov H.B., Panoyev E.R., Murodov J.M. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada gazlarni absorbsion usul bilan tozalash jarayonida nordon komponentlar muhitida texnologik qurulmalarda korrozion holatlarni gravimetrik usulda tadqiq qilish jarayonlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Maqola gazni absorbsion tozalashda ishlatiladigan texnologik qurilmalarning samarali va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so‘zlar: gazlarni tozalash, absorbsiya, karbonat angidrid, vodorod sulfid, kimyoviy reaksiyalar, elektrkimyoviy korroziya, ingibitor, texnologik qurilmalar, nordon komponentlar, korroziya tezligi, atmosfera bosimi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
- Химия и химические технологии ОПРЕДЕЛЕНИЕ СКОРОСТИ КОРРОЗИИ СТАЛЬНОГО ОБРАЗЦА ГРАВИМЕТРИЧЕСКИМ МЕТОДОМ ДЛЯ УСЛОВИЙ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА АБСОРБЦИОННОЙ ОЧИСТКИ КИСЛЫХ ГАЗОВ Муродов М.Н., Дустов Х.Б., Паноев Э.Р., Муродов Ж.М. Бухарский государственный технический университет. Аннотации. В статье представлены сведения о процессах гравиметрического исследования коррозионного состояния технологических конструкций в среде кислых компонентов при очистке газов методом абсорбции. В статье даны научно-практические рекомендации, направленные на обеспечение эффективной и устойчивой работы технологических аппаратов, используемых при абсорбционной очистке газов. Ключевые слова: газоочистка, абсорбция, диоксид углерода, сероводород, химические реакции, электрохимическая коррозия, ингибитор, кислые компоненты, скорость коррозии, атмосферное давление. DETERMINATION OF THE CORROSION RATE OF A STEEL SAMPLE BY GRAVIMETRIC METHOD FOR THE ENVIRONMENT OF THE ABSORPTION TREATMENT OF SOUR GASES TECHNOLOGICAL PROCESS Murodov M.N., Dustov Kh.B., Panoev E.R., Murodov J.M. Bukhara state technical university. Abstract. This article presents information on the processes of gravimetric research of corrosion conditions in technological structures in the environment of acidic components during the absorption purification of gases. The article contains scientific and practical recommendations aimed at ensuring the effective and stable operation of technological devices used in absorption purification of gases. Keywords: gas purification, absorption, carbon dioxide, hydrogen sulfide, chemical reactions, electrochemical corrosion, protection methods, inhibitor, acidic components, corrosion rate, atmospheric pressure. Nordon gazlarni aminli absorbsion tozalash qurilmalaridan foydalanish jarayonida texnologik qurilmalarda umumiy korroziya, shuningdek undan ham xavfliroq bo‘lgan — korrozion yorilish turlari sodir bo‘ladi
- [1]. Uglerodli po‘latning umumiy korroziya tezligi amin konsentratsiyasi, harorat, absorbent eritmalarining nordon gazlari bilan to‘yinganlik darajasi oshishi, shuningdek mexanik ifloslanishlar va aminning termokiyoviy parchalanish mahsulotlari miqdorini ortishi bilan o‘sadi. Metallar korroziyasining tezligini aniqlashning bir nechta usullari mavjud: gravimetrik usul, elektrokimyoviy usul, chuqurligini aniqlash (pitting korroziya) usuli, optik (mikroskopiya) usuli, buzmasdan (NDT – Nondestructive Testing) nazorat qilish usuli, gaz tahlili va korroziya mahsulotlarini aniqlash. Mazkur ilmiy tadqiqotda metallar korroziyalanishining tezligi gravimetrik usulda amalga oshirildi. Gravimetrik usulda po‘lat namunasining korroziya tezligini aniqlash uchun dastlabki berilgan qiymatlar quyidagicha:
- 1. St 3 markali po‘lat plastinkasining boshlang‘ich massasi mo = 15,0 g.
- 2. Tajribadan keying massasi m1 = 14,98 g.
- 3. Yoqotilgan massa: ∆m = mo – m1 =15,0 –14,98 = 0,02 g.
- 4. Namunaning yuza maydoni S = 20 sm2 = 2,0 10-3 m.2
- 5. Tajriba o’tkazish vaqti t =72 soat.
- 6. St 3 markali po‘latning zichligi ρ =7,85 g/sm.3
- 7. Tajriba natijalarini hisoblashda harorat muhiti sifatida desorberning ishchi harorati T=150 oC, bosimi P = 1,0 MPa, H2S = 0,7 % va CO2 = 0,02 % olindi. Gravimetrik usulida tajriba sinovi atmosfera bosimi sharoitida quyidagi 1-rasmda ko’rsatilgan tajriba qurilmasida amalga oshirildi [2-4].
- 1. Namunaning korroziya tezligini larda hisoblaymiz. Oldin korroziya tezligini quyidagi formula orqali hisoblaymiz: “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар 1-rasm. Korroziya tezligini gravimetrik usulda aniqlash tajriba qurilmasi. 1-U simon shisha nay; 2-isitkich; 3-sinaladigan muhit; 4-aralashtirgich; 5-germetik o‘tkazgich; 6-elektr dvigateli; 7sovutkich; 8-barboter; 9-namunalar; 10-shtativ. Yuqoridagi berilgan qiymatlardan foydalanib quyidagi natijalarni oldik:
- 2. Olingan natijani mm/yil ga aylantiramiz. Korroziya tezligini mm/yil ga o‘tkazishda quyidagi tenglamadan foydalanamiz: Olingan qiymatdan foydalanib: ni olamiz.
- 3. Endi desorberdagi harorat va bosimni inobatga olgan holda qiymatni tuzatamiz. Endi harorat va bosim koeffitsiyentlarini inobatga olamiz. Yuqori harorat T = 150°C va bosim P = 1,0 MPa kabi agressiv sharoitlar uchun tuzatilgan hisoblash uchun quyidagi koeffitsiyentlardan foydalanish mumkin. Harorat koeffitsiyenti (kT): harorat har 10°C ga oshganda, korroziya tezligi 2 baravarga oshishi mumkin (agressiv muhitlar uchun). Bosim koeffitsiyenti (kP): bosim ortishi ham korroziya tezligini oshiradi. Berilgan bosim uchun P=1.0 MPa, odatda kP = 1,5 koeffitsienti qabul qilinadi: Endi yuqoridagi koeffitsientlarni inobatga olsak:
- 4. Tuzatilgan korroziya tezligini mm/yil ga aylantirish. Olingan qiymatlarni mm/yil ga hisoblash uchun ishlatamiz: Yakuniy natijalar: Tuzatilgan korroziya tezligi: uchun: 0,417 ; mm/yil uchun: 0,00365 mm/yil. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
- Химия и химические технологии Shunday qilib, berilgan texnologik parametrlar va korrozion agressiv muhitda St 3 markali po‘latning korroziya tezligi ʋ = 0,00365 mm/yil ni tashkil qildi. Olingan natijaga ko‘ra korroziya tezligining vaqtga bog‘liqlik grafigini chizamiz (3-rasm). 2-rasm. Tajriba o‘tkazilgan namunalar 3-rasm. Metallar korroziyalanish tezligining vaqtga bog‘liqligi grafigi Korroziya tezligi bo‘yicha olingan ma’lumotlarni korroziyaga chidamlilik shkalasi bilan taqqoslash uchun odatda maxsus klassifikatsion jadvallardan foydalaniladi. Bu jadvallar korroziya tezligi va unga mos materiallarning chidamlilik darajasini ifodalaydi. Korroziyaga chidamlilik shkalasi. Materiallarning korroziyaga chidamliligi odatda quyidagi toifalar asosida baholanadi (yillik korroziya tezligi asosida): 1-jadval Korroziyaga chidamlilik shkalasi Korroziya tezligi (mm/yil) Korroziyaga chidamlilik darajasi < 0.1 mm/yil A’lo darajadagi chidamlilik 0.1 – 0.5 mm/yil Yaxshi chidamlilik 0.5 – 1.0 mm/yil O‘rtacha chidamlilik 1.0 – 5.0 mm/yil Mo‘tadil chidamlilik > 5.0 mm/yil Past chidamlilik
- 5. Metallar korroziyalanish tezligini ingibitorli muhit uchun gravimetrik usulda aniqlaymiz. Ingibitor sifatida fosfor asosida olingan TFO markali korroziya ingibitori ishlatildi. Ingibitor bilan korroziya tezligi: Ingibitorning samaradolik koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: bu yerda: - ingibitor qo‘llanilmagan holatdagi korroziya tezligi (mm/yil); - ingibitor qo‘llangandan keyingi korroziya tezligi (mm/yil); Z - ingibitorning samaradorlik koeffitsienti (nisbatsiz birlik). Agar ingibitorsiz holda korroziya tezligi: bo‘lsa va ingibitor qo‘shilgandan keyingi korroziya tezligi: bo‘lsa, u holda ingibitorning ta’sir koeffitsienti Z quyidagicha aniqlanadi: “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар Ingibitorning samaradorlik koeffitsienti ni tashkil qildi.
- 6. Ingibitorning samaradorligini foizini aniqlaymiz. Foizli samaradorlikni aniqlash uchun quyidagi formula qo‘llaniladi: ya’ni: ; 2-jadval. Gravimetrik usulda St3 po‘latining korroziyasini baholash natijalari № Ko‘rsatkichlar Birlik Ingibitorsiz holat Ingibitor qo‘llanilganda
- 1 Namunaning boshlang‘ich massasi, m0 g 15,00 15,00
- 2 Namunaning sinovdan keyingi massasi, m1 g 14,98 14,995
- 3 Massaning yo‘qotilishi Δm=m0−m1 g 0,02 0,005
- 4 Yuza maydoni, S sm2 20 20
- 5 Sinov vaqti, t soat 72 72
- 6 Po‘lat zichligi, ρ g/sm3 7,85 7,85
- 7 Korroziya tezligi ʋ (formula orqali) mm/yil 0,00365 0,0000387
- 8 Korroziya darajasi - yaxshi chidamli juda yuqori chidamli
- 9 Ingibitor samaradorlik koeffitsienti, Z - - 94,3
- 10 Ingibitorning samaradorlik foizi, η % - 98,94 Ma’lumotlarni taqqoslash: hisob-kitoblarimizga ko‘ra, agressiv muhit sharoitida (harorat 150°C, bosim 1.0 MPa, H₂S va CO₂ mavjudligi) o‘tkazilgan sinov natijalarida St3 markali po‘lat uchun korroziya tezligi ʋ = 0.00365 mm/yil bo‘ldi. Jadval bilan solishtirilganda, bu korroziya tezligi 0.1- 0.5 mm/yil diapazoniga to‘g‘ri keladi, bu esa ushbu agressiv muhitda materialning yaxshi chidamliligini bildiradi. Olingan natijalarga asoslanib, quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: Agressiv kimyoviy muhitda, masalan, MDEA eritmasi hamda H₂S va CO₂ gazlarining mavjudligi sharoitida St3 po‘lati yaxshi korroziyaga chidamlilikka ega, bu esa ko‘rsatilgan sharoitlarda qoniqarli darajadagi himoyani bildiradi. Shunga qaramay, korroziya tezligi yaxshi va o‘rtacha chidamlilik chegarasida joylashganligi sababli, barqarorlikni oshirish va xizmat muddatini uzaytirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni ko‘rib chiqish mumkin:
- 1. Himoya qoplamalarini qo‘llash: Masalan, korroziyaga qarshi qoplamalar yoki maxsus qoplamalar (masalan, ruhli yoki epoksidli qoplama) qo‘llanilishi mumkin. Bu korroziya tezligini sezilarli darajada kamaytiradi.
- 2. Barqarorroq materiallardan foydalanish: Agressivroq sharoit uchun St3 po‘lat o‘rniga zanglamas po‘latlar yoki yuqori korroziyaga chidamli boshqa materiallarni qo‘llash mumkin.
- 3. Ekspluatatsiya sharoitlarini o‘zgartirish: harorat va bosimni kamaytirish, shuningdek, agressiv komponentlar konsentratsiyasini nazorat qilish orqali korroziya tezligini kamaytirish mumkin. Masalan, haroratni 150 °C dan pastga tushirish yoki H₂S va CO₂ konsentratsiyasini kamaytirish.
- 4. Muhit sifatini nazorat qilish: MDEA eritmasining tarkibini va undagi agressiv gazlar (H₂S, CO₂) miqdorini muntazam tekshirib turish St3 po‘lati uchun tanlab olingan kritik darajadan oshib ketmasligini ta’minlaydi.
- 5. Materiallarni ta’mirlash va almashtirish: Kuchli korroziyaga uchragan qismlarini davriy almashtish orqali uskuna ta’mirlash muddatini uzaytirishga yordam beradi [8-13]. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
- Химия и химические технологии Xulosa: St3 po‘lati sinov natijalariga ko‘ra 150°C harorat va 1,0 MPa bosimdagi agressiv sharoitlarda yaxshi korroziyaga chidamlilikni namoyon qilmoqda. Biroq, xizmat muddatini uzaytirish va ishonchlilikni oshirish uchun qo‘shimcha himoya choralari qo‘llanilishi yoki o’ta agressiv sharoitlar uchun muqobil materiallar tanlanishi tavsiya etiladi. Yuqori harorat (150°C), bosim (1.0 MPa) va agressiv muhitda (MDEA eritmasi, H₂S va CO₂) po‘latni himoya qilish uchun quyidagi choralar tavsiya etiladi: antikorrozion qoplamalar (tsinklash, epoksid va polimer qoplamalar, nikelli qoplash); korrozionga chidamli materiallar (nozeryapma po‘latlar, titan yoki nikel qotishmalari); katodik himoya (fidolashadigan anodlar yoki tashqi kuchlanish tizimi yordamida himoya); - passivlashtirish po‘lat yuzasida qo‘shimcha himoya yaratish; - ekspluatatsiya sharoitlarini nazorat qilish (harorat, bosim va eritma tarkibi nazorati). Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
- 1. Климов В.Я. Современные технологии переработки сероводородсодержащих газов. // Газовая промышленность, № 7, 1998. - С.35. 2. https://meganorm.ru/Data2/1/4294821/4294821194.pdf
- 3. Timurov Sh.M., Murodov M.N. Neftni atmosfera sharoitida qayta ishlash qurilmalarida yuqori haroratli sharoitda metallarning korroziyalanishini tadqiq qilish. Science and education. scientific journal. Qo’qon. 12.2021. C179-191.
- 4. Timurov Sh.M., Murodov M.N. Neftni fraksiyalash qurilmalarida metallarning past haroratdagi korroziya jarayonini tadqiq qilish. Science and education. scientific journal. Qo’qon. 12.2021. C 191-202.
- 5. Л.Ш.Базарова, М.Ж.Қурбанов, М.Н.Муродов Технология получения ингибитора коррозии на основе битциклических сераорганических соединений нефти. Научный журнал Universum. Москва: 2023. № 6(111), -C. 19-21.
- 6. Z.Kh.Rayimov, M.N.Murodov. Peculiarities of corrosion of the equipment of the system of purification of hydrocarbon gases from acidic components. American Journal of Pedagogical and Educational Research, ISSN (E):2832-9791.Volume
- 18. November. 2023. p. 85-89.
- 7. Паноев, Э. Р., Мирзаев, Э. Э., & Хайитова, Д. Ф. ЖЖ Жамолов Виды коррозионных процессов, причины их классификации и происхождения, методы защиты от них. In France international scientific-online conference:“Scientific approach to the modern education system” colletions of scientific works. Part (Vol. 3, pp. 74-78).
- 8. Panoyev, E. R., Temirov, A. H., & Akhmedov, V. N. (2021). The corrosion problem in the oil and gas industry. Polish science journal, 10, 43.
- 9. Erali Rajabboyevich Panoyev, Muhriddin Sadriddinovich Savriyev, Mirvohid Olimovich Sattorov Tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalashda absorbentning yo’qotilishi // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/tabiiy-gazni-nordonkomponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi (дата обращения: 17.11.2023).
- 10. E Panoev, M Murodov, D Xayitova, J Jamolov A Method for Reducing Corrosion During Gas Purification from Sulfur Components - Texas Journal of Engineering and Technology, 2022.
- 11. Murodovich, T. S., Nizom o‘g‘li, X. N., & Negmurodovich, M. M. (2023). Neftni AT da haydash qurilmalarini korrozion agressiv zonalarini aniqlash va korroziyadan himoyalashda qo‘llaniladigan ingibitorlarni tadqiq qilish usullari. innovation in the modern education system, 3(30), 370-377.
- 12. Паноев Эрали Ражаббоевич, Дустов Хамро Бозорович, & Ахмедов Вохид Низомович (2021). Проблемы коррозии в кислых компонентных системах и способы ее уменьшения. Universum: технические науки, (12-5 (93)), 47-50.
- 13. Panoev Erali, Murodov Malikjon, Bozorov Gayrat, & Usmonov Safar (2022). A method for reducing corrosion during gas purification from sulfur components. Universum: технические науки, (10-7 (103)), 9-13. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 100