Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Gidrooksibenzoy kislotalarining oltingugurt saqlagan amidlarining potensial biologik faolligi
Аннотации
Gidroksibenzoy kislotalariga oltingugurt fragmentini kiritib aminokislotalar bilan amidlarini hosil qilish borasida sintez qilish usullari o‘rganilgan va potensial molekulalar sintezi tanlangan. Ushbu moddalarning biologik faolligi PassOnline dasturi yordamida prognozlangan.
gidroksibenzoy kislotafragmentsintezaminokislotaamidbiologik faollik. ПОТЕНЦИАЛЬНАЯ БИОЛОГИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ АМИДОВ ГИДРОКСИБЕНЗОЙНЫХ КИСЛОТ С ФРАГМЕНТОМ СЕРЫ 1Хайдарова Х.А.2Ниязов Л.Н. 1Бухарский государственный технический университет. 2Бухарский государственный медицинский институт имени Абу Али ибн Сино
Изучены методы синтеза введения серного фрагмента в гидроксибензойные кислоты и образования амидов с аминокислотами, а также выбраны потенциальные молекулы для синтеза. Биологическая активность этих веществ была спрогнозирована с помощью программы PassOnline.
Methods for synthesizing hydroxybenzoic acids by introducing a sulfur fragment and forming amides with amino acids were studied, and potential molecules were selected for synthesis. The biological activity of these substances was predicted using the PassOnline program.
Содержание статьи
Kirish. Hozirgi kunda fenolning hosilasi bo‘lgan gidroksibenzoy kislotalarga kimyoviy sintez nuqtai-nazaridan bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Chunki, gidroksibenzoy kislotalar turli xil biologik aktivlikni namoyon qiladigan oraliq mahsulot hisoblanadi. Gidroksibenzoy kislotalar farmatsevtika, kosmetika va oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladigan organik kislotalardir [1]. Gidroksibenzoy kislotasining (GK) eng muhim qo‘llanilishidan biri bu yallig‘lanishga qarshi dori sifatida bo‘lib, tanadagi yallig‘lanishni hosil qiluvchi prostaglandinlarni ishlab chiqarishni inhibirlash orqali ta’sir qiladi. GKlar, shuningdek, terini tozalovchi va antimikrobial xususiyatlari tufayli yuzdagi dog‘larni davolashda va shampunlarda faol moddalar sifatida ishlatiladi [2]. Gidroksibenzoy kislotalarining amidlari va efirlari keng miqyozdagi biologik faollikka ega. Xususan, ma’lumki, molekuladagi o‘rinbosarlarning tuzilishiga qarab, gidroksibenzoy kislotalarining efirlari antipiretik, analgetik, yallig‘lanishga qarshi faollikni, N-gidroksibenzoil hosilalari esa – kardioprotektiv, nootropik, serebroprotektor faolligini ko‘rsatishi mumkin [3-8]. Gidroksibenzoy kislotasi, aminokislotalar va hosilalari turli sohalarda, jumladan, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va materialshunoslikda qo‘llanilishi tufayli ularning birikmalarini sintez qilishga e’tibor oxirgi vaqtlarda o‘smoqda. Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. Misol uchun salitsil kislotaga 2-(4izobutilfenil) propan kislota xlorangidridini ta’sir ettirib ibuprofen preparatining kimyoviy modifikatsiyalangan tarkibi olinadi. Bunda ibuprofen xlorangidridi SK ning efirdagi eritmasiga asta-sekin qo‘shiladi. Aralashma 15 soat davomida aralashtiriladi, so‘ng yana 5 soat davomida tindiriladi [9]:
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 121
Химия и химические технологии
C O Cl
O
CH3
OH
CH2CH CH3
O C
C H
CHCH3
CH3
HOOC
COOH
+
HCl
+
CH2CH CH3
CH3
[10] da mualliflar SK amidlari – α-aminokislota hosilalarini aralash amidlar usuli yordamida amalga oshirishgan:
Kislota amidlarini olishning karbodiimid usuli N-(4-gidroksi-3-metoksibenzil)-4gidroksibenzoy kislota amidini olish uchun qo‘llaniladi. Bunda erituvchi sifatida dioksan olinib, reaksiya azot muhitida amalga oshiriladi. Reaksiya unumi 40-70 % ni tashkil etadi [11].
bu yerda: R = . N-(o-benziloksibenzoil)- va N-(o-asetoksibenzoil)- aminokislota efirlarini sintez qilishda aralash angidridlar usuli, ya’ni, o-benziloksibenzoy kislota va metilasetilsalitsilatga xlorkarbonat kislota izobutil efiri ta’sir ettiriladi, so‘ng quruq tetragidrofuran muhitida aminokislota alkil efiri qo‘shiladi [10].
Alkillangan salitsilamid (SAM) larni yana bir olish usuli ikki bosqichdan iborat [12]: 1-bosqich: himoyalangan / aktivlantirilgan SAM ni alkillash; 2-bosqich: himoya guruhini yo‘qotish / alkillangan SAM ni deaktivlash.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 122
Кимё ва кимёвий технологиялар
Yuqoridagilardan kelib chiqib murakkab tuzilishga ega bo‘lgan yoki oddiy molekullarni sintez qilishdan oldin organik va noorganik moddalarni sintez qilish uchun laboratoriyada moddiytexnik bazadan tashqari kerakli bo‘lgan reaktivlar ham bo‘lishi, va bu reaktivlar juda qimmat turishi mumkin. Shu sababli moddalarini sintez qilishdan oldin ularni potensial biologik aktivlikka ega ekanligini prognozlash hamda modellashtirish dolzarb hisoblanadi. Biz sintez qiladigan moddalar gidroksibenzoy kislotalar amidlari oltingugurt fragmenti saqlaydigan kichik molekulalar hisoblanadi. Kichik molekulalar turli xil bimolekulyar nishonlar bilan ta’sirlashib bog‘lanishi va ehtimoliy biologik aktivlik namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, sintez qilinadigan moddalar maxsus kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilindi.
Sintez qilinadigan moddalar formulasi:
OH
O
NH
O
OH 3-{[(2-gidroksibenzoil)karbamotioyl]amino}propan kislota
S NH
O H
NH
O
S NH
OH
3-{[(3- gidroksibenzoil)karbamotioyl]amino}propan kislota
O
NH
O
OH O H 3-{[(4- gidroksibenzoil)karbamotioyl]amino}propan kislota
S NH
Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Tahlilni amalga oshirish uchun gidroksibenzoy kislotalari, aminokislotalar tanlab olindi, chunki, har bir modda alohida biologik
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 123
Химия и химические технологии
aktivlikka ega. Bunda moddalarni amid hamda oltingugurt fragmentini kiritish borasida sintezni amalga oshirish rejalashtirildi. Sintez qilish 3 bosqichda amalga oshirilishini inobatga olib, mahsulotlar unum yuqori bo‘lishini prognozlash mumkin [13-15]. Bunda sintez gidroksibenzoy kislotaning xlorangidridini olish, so‘ng xlorangidrid orqali oltingugurt fragmenti kiritiladi va sintezning oxirgi bosqichida tegishli aminokislota kiritiladi. Bunda sintez oddiyligi, kam xarajatliligi bilan ajralib turadi. Olingan natijalar tadbiqi. Moddalarning PassOnline dasturi asosida tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, mukomembrana himoyasi, fobiya kasalliklarni davolash, mukozitni davolash, metilenetetragidrofolat reduktaza (NADPH) ingibitori, dimetilargininaza ingibitori, treonin aldolaza ingibitori, HMGCS2 ekspressiyasp kuchaytiruvchisi, CYP2J2 substrati, katexol oksidaza inhibitori, kortikosteroid yon zanjir-izomeraza ingibitori sifatida faollik namoyon qilish mumkin. Molekulalar tarkibida turli funksional guruhlar, ya’ni, -OH, -COOH, -NH va oltingugurt fragmenti – karbamotiolning mavjudligi, molekulalarning koordinatsion kimyo nuqtai nazaridan ham juda qiziqarli ligand sifatida qo‘llanishi mumkinligini anglatadi. Xulosa. Gidroksibenzoy kislotalari, aminokislota va oltingugurt fragmentli hosilalarining tuzilishi kvant-kimyoviy usulda tadqiq etildi va fizik-kimyoviy xossalari turli tadqiqot usullari bilan aniqlandi. Shuningdek, ularning dastlabki potensial biologik aktivligi PassOnline web dasturi yordamida tadqiq qilindi [16]. Bunda olingan natijalarda ma’lum bo‘ldiki sintezlanadigan moddalar qator proteazalar sinfiga kiruvchi fermentlar bilan bog‘lanib biofaollik ko‘rsatishi in silico usulida aniqlandi, bu esa o‘z navbatida turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan potensial dori vositalar ekanligidan dalolat beradi. Adabiyotlar 1. Брель А.К., Будаева Ю.Н., Лисина С.В., Ниязов Л.Н. Синтез амидов производных
гидроксибензойных кислот с 6-амино-1,3-диметилпиримидин-2,4-дионом // Известия Волгоградского государственного технического университета. – 2022. – № 12 (271). – С. 66-69. 2. Ekinci D., Şentürk M., Küfrevioğlu Ö. İ. Salicylic acid derivatives: synthesis, features and usage
as therapeutic tools //Expert opinion on therapeutic patents. – 2011. – Т. 21. – №. 12. – С. 18311841. 3. Брель А.К., Лисина С.В., Сидоренко П.В., Ниязов Л.Н. О-аминоацил производные
гидроксибензойных кислот и оценка их биологической активности // Известия Волгоградского государственного технического университета. – 2023. – № 5 (276). – С. 4855. 4. Sharma A. et al. Cosmeceuticals significance of hydroxybenzoic acids //Specialized Plant
Metabolites as Cosmeceuticals. – Elsevier, 2024. – С. 99-118. 5. Menezes J. C., Campos V. R. Unlocking the Potential of Hydroxycinnamic Acid Bioconjugates:
Tailored Derivatives for Biomedical, Cosmetic, and Food Applications //Compounds. – 2024. – Т. 4. – №. 4. – С. 604-625. 6. Zhu X. et al. Design, synthesis and biological activity of hydroxybenzoic acid ester conjugates of
phenazine-1-carboxylic acid //Chemistry Central Journal. – 2018. – Т. 12. – С. 1-10. 7. Williamson G., Clifford M. N. A critical examination of human data for the biological activity
of phenolic acids and their phase-2 conjugates derived from dietary (poly) phenols, phenylalanine, tyrosine and catecholamines //Critical Reviews in Food Science and Nutrition. – 2024. – С. 1-60. 8. Yürekli N. et al. Molecular mechanisms of heat shock proteins in distinct diseases //Heat Shock
Proteins (HSP) in Translational Neuroscienc. – 2023. 9. Пат. US20020065254A1, A61K 31/603, A61K 31/12. Ibuprofen-aspirin and hydroxymethylacylflilvene analogs./ A. Guttag – 2002
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 124
Кимё ва кимёвий технологиялар
10. Синтез и противовоспалительная активность некоторых амидов салициловой кислоты -
производных с а-аминокислотами / Диванян Н.М.[и др.]// Хим.-фарм. Журнал. – 1978. – Т. 12, № 9. – С. 45-48 . 11. Пат. US2008021467 (Al), А61КЗ1/166; A23L1/22; С07С233/73; А61КЗ1/166; A23L1/22;
С07С233/00. Hydroxybenzoic acid amides and the use thereof for masking bitter taste / Ley J., Bertram H. J., Kindel G., Krammer G.; SYMRISE GMBH & CO. KG , Holzminden, DE. – 2008. 12. Пат. US6399798 (В2), С07С 233/65, C07D 262/26. Method of preparing alkylated
salicylamides / Gschneidner D., Bemadino J.N., Bay W.E.; Emisphere Technologies, Inc., NY. – 2002. 13. Baxromov H.Q. Belgilangan xossali organik tuzlarning (aminokislotalar va gidroksibenzoy
kislotalari amidlari ishtirokida) olinishi va xossalari: kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori avtoreferati. – Toshkent.: 2023. – 42 b. 14. Brel A. K. et al. Experience in the synthesis of hydroxybenzoic acid derivatives //Russian
Chemical Bulletin. – 2022. – Т. 71. – №. 11. – С. 2335-2341. 15. Bedane K. G., Singh G. S. Reactivity and diverse synthetic applications of acyl isothiocyanates
Haydarova Hulkar Axtamjon qizi - Buxoro davlat texnika universiteti “Kimyo muhandisligi” kafedrasi doktoranti, Tel.: +998907117256, E-mail: hulkarhaydarova97@gmail.com
Niyazov Laziz Nurxonovich – Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, “Tibbiy kimyo” kafedrasi dotsenti, PhD, dotsent, Tel.: +998936237623, E-mail: laziznn@mail.ru
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 125