Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Yuqori garmonik tashkil etuvchilar asosida yuklama tugunlarida kuchlanish va ferrorezonans hodisalarni elektr ta’minoti tizimini samaradorligiga ta‘sirini baholash

TOVBOYEV A.N., BOYNAZAROV G'.G'.

Issue
3-son
Pages
155–165
Published
02.06.2025
Views
4 5

Abstracts

Article Content

Kirish. Hozirgi vaqtda elektr tarmoqlarida asosan yuqori garmonikalar olti fazali o‘zgartirgich davrlari bilan baholanadi, bu esa konchilik kopxonasida ishlatiladigan o‘zgartirgichlar uchun mos keladi. Tahlil natijalariga ko‘ra, sig‘im qarshilikning ba’zi qiymatlarida kuchlanish amplitudasi darajasi keskin o‘sib, ferrorezonans hodisasini keltirib chiqaradi va natijada yuqori garmonikalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Tarmoqda kuchlanishning og‘ishi natijasida kondensatop batareyalarda sezilarli darajada buzilishlarga uchraydi. Bu shuni ko‘rsatadiki, tarmoqda ferrorezonans bo‘lmasa ham yuqori garmonikalarning sezilarli darajada kuchlanishlari paydo bo‘ladi. Shu maqsadda filtirli kompensatsiya qiluvchi qurilmalarga ketma-ket ko‘rinishda ulangan kondensator batareyalari va reaktor ishlatilishi ko‘zda tutiladi. Bunday qurilmalar yuqori chastotali garmonikalarning biriga sozlanishi kerak va ular berilgan garmonikaning filtiri hisoblanadi. Zamonaviy elektr ta’minoti tizimda tarmoq va transformatorlarning aktiv qarshiligini e’tiborga olmaslik mumkin, chunki ularning qiymati mos ravishda reaktiv qarshiliklarga nisbatan juda kichik va hisoblashlar aniqligiga ta’siri kam. Bunda o‘zgartirgichlar turli xil tarmoq “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 153 Машиностроение и энергетика kuchlanishlariga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Tizimning qapshiliklari har bir muayyan holat uchun har xil bo‘lganligi sababli, tugun sxemalari kuchlanishining umumiy bog‘liqligini olish uchun nisbiy birliklarda hisoblashlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Asosiy qism. Bazaviy quvvatga ega transformatorning yoki o‘zgartirgichli transformatorning keltirilgan qarshiliklarini quyidagicha yozish mumkin: Tizimning qarshiligi; O‘zgartirgichli transformatorning qarshiligi Kommutatsiya konturining qarshiligi EYuK manbaining amplitudasini asosiy qiymatlar sifatida qabul qilsak, garmonikalarning amplitudalari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: Elektr ta’minoti tizimining EYuK manbaiga nisbatan kuchlanish garmonikasining boshlang‘ich fazasi quyidagicha aniqlanadi: Kondensator batareyalar ulangan holatida kommutatsiya konturi qarshiligi o‘zgarishlarini topamiz. Kontur qarshiligi quyidagicha aniqlanadi: Kuchlanish garmonikasining aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarini Om qonuni bo‘yicha topamiz: “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 154 Машинасозлик ва энергетика Kuchlanish garmonikasining amplituda qiymati quyidagicha aniqlanadi: Yuqoridagi (9) va (11) formulalar bilan aniqlangan ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirgandan so‘ng, bog‘liqlikni hosil qilamiz. Bunga ko‘ra (10) ifoda n– yuqori garmonikalar aktiv va reaktiv tashkil etuvchilarini ifodalaydi. Kuchlanish birinchi garmonikasining amplitudasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: O‘zgartirgichli transformatorning yuqori kuchlanish tomoni shinalariga ulangan Q kondensator batareyalarining quvvati katta oraliqda o‘zgarishi mumkin. Agap shinaga faqat bitta o‘zgartirgich qurilmasi ulangan bo‘lsa, o‘zgartirgich qurilmasi quvvatini oshirish maqsadida kondensator batareyalarini o‘rnatishdan mantiq yo‘q. Elektr ta’minoti tizimlarining elektr zanjirlari aktiv va reaktiv elementlardan iborat bo‘lib, ular kommutatsiya jarayonida yuqori garrmonikaning paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘tkinchi jarayon rejimda aperiodik tashkil etuvchilari mavjud bo‘lib, ularning qo‘llanilishida sinusoidal o‘zgaruvchan kuchlanish zanjirida sinusoidal kuchlanish amplitudasidan sezilarli darajada ko‘rsatkichlari oshib ketishi mumkin. O‘tkinchi jarayonlar asinxron dvigatellarni, yuklanmagan transformatorlarni, reaktorlarni ulab – o‘chirish jarayonida garmonik o‘zgarishlar shaklida sodir bo‘ladi. Aktiv, reaktiv tashkil etuvchilardan iborat kuchlanishlarning yig‘indisi elektr manbaining kuchlanishiga teng, faqat kuchlanish vektorlari va bir – biriga nisbatan 90º ga farq qiladi. Shunday qilib, bu kuchlanishlarning hech biri manba ta’minotining kuchlanishidan boshqacha bo‘lishi mumkin emas. 1-rasm. Tarmoqda yuqori garmonikalar mavjud bo‘lganda taqsimlash qurilmasi shinalaridagi kuchlanish ostsilogrammasi “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 155 Машиностроение и энергетика Ko‘rib chiqilayotgan tarmoqlarni o‘chirishda tok va kuchlanishlarning qiymatlari ma’lum bir qiymatidan nolgacha keskin pasayishi kuzatiladi. Natijada tarmoqning nominal kuchlanishdan yuqori kuchlanishlarga oshib ketadi. Bu esa kabellar va uskunalar izolyatsiyasining buzilishiga olib keladi. Bunday jarayonlar induktiv yuklama o‘chirilganda sodir bo‘lib, izolyatsiya aktiv qarshilik vazifasini bajaradi. Kommutatsiyadan keyingi tokning oniy qiymati quyidagicha ifodalanishi mumkin: bu yerda - kommutatsiya vaqtidagi faza siljishi. Keltirilgan (16) formuladan kelib chiqqan holda, tokning eng katta qiymati , ya’ni , ga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda tokning oniy qiymati quyidagicha ifodalanadi: Tokning eng kichik qiymatida ga teng bo‘ladi. Kommutatsiyadan so‘ng tok tezda 0 ga teng bo‘ladi, ya’ni tarmoqda o‘tkinchi jarayonlar sodir bo‘lmaydi. Keltirilgan (18) formuladan ko‘rinib turibdiki, ko‘rib chiqilayotgan zanjirlarning uzilishi natijasida paydo bo‘ladigan kuchlanish shunchalik katta bo‘lishi mumkinki, natijada garmonik buzilishlar ular 2 - rasm. Induktiv tapmoq o‘chipilganda kuchlanish o‘zgapishi gpafigi Elektr ta’minoti tizimlarida yuqori garmonikalarning ta’sirining xarakteri turli omillarga, shu jumladan uskunaning ishlash rejimlariga, uning tuzilish xususiyatlariga va ishlab chiqarish texnologik tizimidagi o‘rnatish joyiga bog‘liq. Garmonikalar ta’siri ostida qoladigan uskunalar qatoriga kabel liniyalari, kondensator batareyalari, transformator chulg‘amlari, reaktorlar, asinxron dvigatellari va rele himoyasi uskunalarini kiritish mumkin. Konchilik korxonasining elektr ta’minoti tizimida ferrorezonans hodisalari tahlil qilinib, bunday hodisalar tizimlarda tez-tez paydo bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Bunda jarayon asosan qarshiliklarning reaktiv tashkil etuvchilariga bog‘liq bo‘lib, yuqori garmonikalar manbalaridan uzoqlashganda ferrorezonans chastotasi oshib boradi. Bunday hollarda kuchlanishlar ferrorezonansli toklar ferrorezonansiga qaraganda yuqori chastotalarda kuzatiladi. Shunday qilib, tiristorli o‘zgartirgichlar orqali ulanmalar uchun toklar ferrorezonansi odatda tok 5 garmonikada kuzatiladi va tarmoqlarning yuqoridagi elektr parametrlariga ega bo‘lgan 7 va 11 garmonikalarda “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 156 Машинасозлик ва энергетика kuchlanishlar ferrorezonansi kuzatiladi. Kuch transformatolaridan iborat ulanmalarda toklar ferrorezonansi 5 va 13 garmonika chastotalarida ko‘proq sodr bo‘lsa, kuchlanishlar rezonansi 19 – garmonikada sodir bo‘ladi. Tahlillar natijalariga ko‘ra garmonika manbalaridan uzoqlashish bilan ferrorezonansli chastotaning ko‘payishi tarmoqning sig‘imli tashkil etuvchilari orqali aniqlanadi. Konchilik korxonasining elektr ta’minoti tizimlarining elektr qurilmalari uchun toklar va kuchlanishlar ferrorezonans chastotalari bo‘yicha tahlil natijalari 1 – jadvalda keltirilgan. 1-jadval Toklar va kuchlanishlarning ferrorezonans chastotalari Elektr qurilmalari Ferrorezonans turi Tpansforma torlar Tiristori o‘zgartir gichlar Payvand lash qurilmalari Asinxron dvigatellar Toklar ferrorezonansi 5-13 5 3 5-13 Kuchlanishlar ferrorezonansi 5-19 7,11 3,7 7-11 Umuman, elektr ta’minoti tizimlarida yuqori garmonikalar mavjudligidan kelib chiqadigan ferrorezonans natijasida dielektrik isroflar (tgδ) tangens burchagi va o‘tkazgichlarning qarshiligi oshadi. Uskunani izolyatsiyalashda ishlab chiqaruvchilar tomonidan tgδ ning nominal va chegaraviy qiymatlari o‘rnatiladi. Uskunalar ishlash paytida tgδ ning chegaraviy qiymatidan katta bo‘lsa, u holda uskuna ishlamay qolishi mumkin. O‘tkazgichlar qarshiligining oshishi ularning o‘tkazuvchanlik xususiyatini cheklaydi, bu esa uskunani tanlashda quvvatning asossiz ortiqcha baholashni talab qiladi. Bugungi kunda ishlab chiqarish korxonalarida asosan moy singdirilgan qog‘oz kabellari va plastmassa izolyatsiyali kabellar ishlatiladi. Bunday kabellar butunlay yo‘qotilib, ularni polimer izolyatsiyali kabellar bilan almashtirish maqsadga muvofiq, chunki plastik izolyatsiya qilingan kabellarni ishlab chiqarish oson, ulardan foydalanish, o‘rnatish va demontaj qilish qulay. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda asosan qog‘oz izolyatsiyali kabellardan foydalanib kelinmoqda va ular past, o‘rta va yuqori kuchlanishli kabellarga ajratiladi. Ishlatish davomida kabellarning ishonchliligi izolyatsiyaning eskirish intensivligi bilan bog‘liq. Uskunaning qizishi elektr o‘tkazgichlarida, shuningdek, dielektrik isrof va izolyatsiya o‘tkazuvchanligi issiqlik miqdorida isroflarni keltirib chiqaradi. Shu maqsadda klassik yondashuv qo‘llanilgan bo‘lib, avvalo, tok o‘tkazuvchi qismlarining doimiy tokiga qarshiligi aniqlanadi. Buning uchun ko‘rib chiqilayotgan uskunaning o‘tkazuvchan qismlari uchun ruxsat etilgan maksimal izolyatsiya harorati tanlanadi. Eng yuqori harorat polietilen izolyatsiyasiga to‘g‘ri keladi. U 90 ºS ga teng bo‘lib, ruxsat etilgan maksimal haroratning eng past qiymati 65 ºS ga teng va u rezina izolyatsiyasiga to‘g‘ri keladi. Uskunaning tok o‘tkazuvchi qismlarining maksimal temperaturadagi o‘zgarmas tokka qarshiligi quyidagiga teng: bu yerda hapopat 20 da bo‘lgandagi tok o‘tkazuvchi qismlarining solishtirma qarshiligi, o‘tkazish qismlaridagi maksimal harorat, o‘tkazgichlarning ko‘ndalang kesim yuzasi, qarshilikning o‘tkazish qismlaridagi haroratning nisbiy koeffitsienti bo‘lib, ga teng, simlarning uzunligi va qarshiligini hisobga olingandagi o‘ralish koeffitsienti bo‘lib, ga teng deb olinadi. Qarshilik qiymatiga ta’sir qiluvchi yuqori garmonik tashkil etuvchilarni hisobga olish uchun chastotaning o‘rtacha qiymatini kiritamiz va bu quyidagiga teng: “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 157 Машиностроение и энергетика bu yerda garmonika tokining haqiqiy qiymati. Olingan natijalardan ma’lum bo‘ldiki, elektr tarmoqlarida yuqori garmonik tashkil etuvchilarining mavjudligi o‘zgaruvchan tokdagi qarshiliklarni o‘rtacha 2,3 dan 3,6 % gacha oshiradi. Yuqori garmonik tashkil etuvchilar o‘tkazgichlarning dielektrik isrofiga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, yuklama tokini cheklaydi va izolyatsiyani juda erta eskirishini qisqartiradi. Bu asosan 35 kV va undan yuqori kuchlanishlarga nisbatan kattaroq ta’sir qiladi. Izolyatsiyadagi dielektrik isroflar, Vt/m, bir fazada quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin. bu yerda faza kuchlanishi, V; S – uzunlik birligi uchun faza sig‘imi, F/m; chastota va ishchi haroratidagi dielektrik isrofning tangens burchagi. Yuqori garmonik tashkil etuvchilarning mavjudligi qo‘shimcha dielektrik isroflarga olib keladi va u quyidagiga teng: Aylana shakldagi o‘tkazgichlar uchun uzunlik birligidagi bir fazaning sig‘imi quyidagicha formula bilan hisoblanadi. bu yerda garmonika uchun o‘tkazgichning dielektrik o‘tkazuvchanligi; izolyatsiya uchun fazalar diametri; o‘tkazgichning aktiv qismining diametri Korxonada garmonik tashkil etuvchilarning mavjudligi dielektrik isoflarning nochiziqli oshishiga olib keladi. 10 110 kV kuchlanishli kabellarda shitgacha bo‘lgan dielektrik isroflar ( Vt/m ni tashkil etadi. Agar dielektrik isroflarni yuqori garmonikalar bilan bog‘lasak, qarshiligi bilan elektr jihozlarni aktiv qismlarida yuqori garmonik tok oqimlarining qo‘shimcha miqdoriga teng issiqlik hosil bo‘lishiga olib keladi va u quyidagiga teng: Yuqori garmonik tashkil etuvchilar elektr jihozlarining aktiv qismlarining qarshiligi sanoat chastotasi yoki asosiy garmonika tokiga nisbatan ko‘proq qarshilik ko‘rsatadi. Nosinusoidal rejimlarning amaliy hisoblashlarida qurilmaning aktiv qarshiligi quyidagicha ifodalanadi: bu yerda tizimning aktiv qarshiligi: qiymati belgilanadigan garmonikalar tartib raqamlarining ekvivalent qiymati: Yuqoridagi (25) va (26) formulalarning qo‘shma ishlashida yuqori ekvivalent tok qiymatiga nisbatan qo‘shimcha isroflarga olib keladi va quyidagiga teng: “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 158 Машинасозлик ва энергетика Qo‘shimcha isroflarni faqat ning sinusoidallik koeffitsienti opqali ifodalash mumkin: bu yerda tarmoqdagi asosiy gapmonika tokining joriy qiymati: Ushbu (27) ifodani (28) ifodaga quyib, quyidagini olamiz: Iste’molchilarning tarmoq toki va tarmoq kuchlanishi bilan ifodalab, quyidagiga ega bo‘lamiz: Yechim umumiy xapakterga ega bo‘lishi uchun yuqori garmonikalar tokining ekvivalent o‘sishi yuklama tokiga bog‘liq bo‘ladi. Nisbiy qiymatlarda tokning ortib ketishi quyidagiga teng: Yuqori garmonikalardan ferrorezonansli hodisalarning mavjudligi birinchi navbatda toklar ferrorezonansining paydo bo‘lishidan yuqori garmonikalarda tokning o‘sishini (0,5÷1,0)% foizga oshiradi. Natijada (31) ifoda quyidagi ko‘rinishini oladi: Yuqoridagi ifodalarga ko‘ra, konchilik korxonasining ishlab chiqarishida ishlatiladigan kabellarning asosiy turi sifatida dielektrik isroflar va plastik izolyatsiyali kabellar uchun ruxsat etilgan toklar tahlil qilindi. Misol sifatida, 0,4 kV kuchlanishli kabellar uchun hisoblashning natijalari 2 –jadvalda keltirilgan. 2-jadval. 0,4 kV kuchlanishli kabellarning dielektrik isrof qiymatlari va ruxsat etilgan toklari Kabel sim tolasining ko‘ndlang kesim yuzasi mm2 Yuqori garmonikalar mavjud bo‘lsa Yuqori garmonikalarni hisobga olmaganda Dielektrik isroflar, Ruxsat etilgan tok, Dielektrik isroflar, Ruxsat etilgan tok, 16 1,419 12 (7,54) 1,589 112 (7,04) 25 1,618 160 (6,43) 1,928 151 (6,04) 35 1,799 190 (5,44) 2,279 179 (5,14) 50 2,018 235 (4,74) 2,489 221 (4,44) 70 2,268 285 (4,08) 2,638 272 (3,89) 95 2,528 340 (3,59) 2,819 325 (3,43) 120 2,747 390 (3,28) 3,138 377 (3,14) 150 3,009 435 (2,94) 3,439 419 (2,79) 185 3,418 490 (2,67) 3,759 466 (2,54) 240 3,937 570 (2,39) 4,139 548 (2,29) Ushbu jadvalda hisoblangan qiymatlariga muvofiq, kabelning sim tolalari kesim yuzasining ortishi bilan dielektrik isroflar ortib borishi va ruxsat etilgan tok zichligi pasayishi kuzatiladi. Elektr ta’minoti tizimidagi garmonik tashkil etuvchilarining mavjudligi ruxsat etilgan tok qiymatini 10% ga kamaytirish mumkin. Shu bilan birga ferrorezonans hodisalaridan 1,5-2% zarar ko‘radi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 159 Машиностроение и энергетика Jihozlarni tanlashda asosiy parametrlaridan biri nominal toki bo‘lib, ko‘rilayotgan tarmoqda hisoblangan tokdan kam bo‘lishi kerak. Garmonik tashkil etuvchilar mavjud bo‘lganda, tokning hisoblangan qiymati ga ko‘paytiriladi. Konchilik korxonalari asosiy jihozlarining ishlash vaqti parametrlaridan foydalangan holda, taqsimlash qurilma shinalaridagi kuchlanishning nosinusoidallik koeffitsientlari aniqlanadi. Keltirilgan filtrli kompensatsiya qurilmasining samaradorligi passiv filtr chiqishi bilan parallel va ketma-ket aktiv filtrga asoslangan bo‘lib, THDU, THDI, ko‘rsatkichlarining pasayish darajalari bilan baholanadi. Kompleks qurilmaning ishlash samaradorligiga ta‘sir etuvchi omillar sifatida quyidagilar ko‘rib chiqilgan: nochiziqli yuklamaning to‘la quvvatining kuch transformatorining umumiy quvvatiga nisbati, yuqori garmonikalarni so‘ndirish uchun sozlangan filtrning reaktiv quvvatining nochiziqli yuklama reaktiv quvvatiga nisbati va ushbu blokda taxmin qilish mumkin bo‘lgan quvvat manbai. Tpansformatorning yuklanish darajasining filtrlovchi yuqori garmonik tashkil etuvchilarni kompensatsiya qilish samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan (3 - rasm). Modellashtirish natijalariga ko‘ra quyidagi bog‘liqliklarni ko‘rib chiqish lozim, bunda kuchlanish bo‘yicha nosinusoidallik koeffitsienti quyidagicha: bu yerda nochiziqli yuklamaning to‘la quvvati, transformatorning to‘la quvvati. tok bo‘yicha sinusoidallik koeffitsienti. kM – quvvat bo‘yicha sinusoidallik koeffitsienti. Ushbu koeffitsientlarning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha munosabatini foizlarda ko‘rib chiqishi mumkin. Bu esa transformatordagi nochiziqli yuklama ning to‘la reaktiv quvvat transformatorning to‘la reaktiv quvvatiga nisbati bilan aniqlanadi. Olingan qonuniyat shuni ko‘rsatadiki, yuqori garmonik tashkil etuvchilari kompensatsiyasining maksimal samaradopligi gacha nisbatda erishiladi. 3-rasm. Transformator yuklanishining , , qiymatiga bog‘liqlik grafigi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 160 Машинасозлик ва энергетика Misol uchun transformator o‘ta yuklangan vaqtida beshinchi garmonika tashkil etuvchisi ferrorezonans hodisalarini yuzaga keltiradi, uchinchi garmonika tashkil etuvchilarining karralik toklari oshishiga, reaktiv quvvat iste’moli oshishiga va natijada yuklama quvvat koeffitsientining kamayishiga olib keladi. Aktiv qarshilikli filtrning reaktiv quvvat nisbatiga ta’sirini, beshinchi yuqori garmonika tashkil etuvchilariga va nochiziqli yuklamaning reaktiv quvvat garmonik tashkil etuvchilarini filtrli kompensatsiya qurilmasi bilan kompensatsiya samaradorligiga ta’siri ko‘rildi. Modellashtirish natijalariga ko‘ra keyingi bog‘liklar quyidagicha (4-rasm): kuchlanish bo‘yicha nosinusoidallik koeffitsienti, (36) bu yerda nochiziqli yuklamaning reaktiv quvvati, beshinchi garmonika tashkil etuvchilarning isroflar uchun rostlanadigan aktir qarshilikdan iborat filtrli kompensatsiya qurilmasining reaktiv quvvati. tok bo‘yicha nosinusoidallik koeffitsienti. (37) quvvat bo‘yicha nosinusoidallik koeffitsienti. (38) Ushbu o‘zaro munosabatlar foizlarda ko‘rib chiqilgan. 4-rasm. Aktiv qarshilikli filtr lar reaktiv quvvatlarining beshinchi garmonik tashkil etuvchilar nochiziqli yuklamalari reaktiv quvvatlari nisbatiga bog‘liqligi. Passiv filtr reaktiv quvvatining yettinchi yuqori garmonika tashkil etuvchilariga, va nochiziqli yuklama reaktiv quvvatining yuqori garmonik tashkil etuvchilarini gibrid filtrli kompensatsiyalovchi qurilmasi bilan kompensatsiya samaradorligiga ta’siri ko‘pildi. Modellashtirish natijalariga ko‘ra (5-rasm) keyingi bog‘lanishlarni quramiz, ya’ni kuchlanish bo‘yicha nosinusoidallik koeffitsienti quyidagicha: “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 161 Машиностроение и энергетика bu yerda nochiziqli yuklamaning reaktiv quvvati, yettinchi garmonik tashkil etuvchilarning isrof uchun rostlanadigan passiv filtr kompensatsiya qurilmasining reaktiv quvvati. toklar bo‘yicha nosinusoidallik koeffitsienti, quvvat bo‘yicha nosinusoidallik koeffitsienti, Ushbu o‘zaro munosabatlar foiz sifatida ko‘rib chiqiladi. 5-rasm. Aktiv qarshilikli filtr koeffitsientlar reaktiv quvvatlarning yettinchi garmonik tashkil etuvchilar nochiziqli yuklamalari reaktiv quvvatlari nisbatiga bog‘liqligi. Xulosa. Aniqlandiki, yuklama ulanganda tarmoqning aktiv va induktiv elementlarida garmonikalar mavjud bo‘lganda kuchlanish qiymati manbai kuchlanishi qiymatidan oshmaydi, o‘chirilgan taqdirda esa, keskin oshishi natijasida kabellarning izolyatsiyasini yaroqsiz holatga olib kelishi aniqlandi. Elektr tarmoqlarida kuchlanish ferrorezonansi toklar ferrorezonansiga qaraganda yuqori chastotalarda kuzatilishi va ferrorezonans hodisalari yuzaga keladigan turli elektr quilma uchun gapmonik tashkil etuvchilap yuzaga kelishi aniqlandi. Konchilik kopxonalarning elektr tarmoqlarida yuqori garmonikalarning mavjudligi sababli 0,4 kV kuchlanishli plastik izolyatsiyali kabellar uchun dielektrik isroflar va ruxsat etilgan toklar aniqlandi. Yuqori garmonikalar kabellarda ruxsat etilgan yuklamalari 10% gacha va ferrorezonans hodisalarini 2% gacha kamaytirish aniqlandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, yuqori garmonika tashkil etuvchilarning kompensatsiyasining maksimal samaradorligi 7 garmonikada nisbatda erishiladi. Xuddi shunday 5 garmonikada yuqori garmonik tashkil etuvchilarining kompensatsiyasining maksimal samaradorligi erishiladi

References (3)

  1. 1. Tovbaev A.N., Mardonov D.Sh., Mamatazimov A.X., Samatova S.S. Analysis of subharmonic oscillations in multi-phase ferroresonance circuits using a mathematical model// Apitech III 2021. Journal of Physics: Conference Series 2094 (2021) 052048 IOP Publishing https://doi:10.1088/1742-6596/2094/5/052048 рр.260-216.
  2. 2. Rijov Yu.P.Yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish liniyalari: Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma // М.: Izdatelskiy dom MEI, 2019 y 138 bet. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
  3. Машинасозлик ва энергетика Boynazarov G‘ayrat G‘ulamovich – katta o‘qituvchi. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Eenergetika” kafedrasi katta o‘qituvchi Tel.: +998933165051 (с), Email: gayrat.boynazarov.1983@mail.ru “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 163