Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Gazkondеnsat konlarini ishlatishni sa-maradorligini oshirishda organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorining ta’sirini tadqiq etish
Abstracts
Ushbu maqolada gazokondеnsat konlarini samaradorligini oshirishda organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorining ta’siri tadqiq etilgan. Natijada organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorining elektron mikroskop va element tahlil hamda ingibirlash samaradorligi GOST 9-506-87 standartlariga muvofiq gravimetrik usulda aniqlangan bo‘lib himoya darajasi 98,7 % ni tashkil etgan.
gazokondensatkorroziya ingibitorielektron mikroskop va element tahlilgravimetrik usulmagistral quvurlarorganik aminlar. ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ ИНГИБИТОРА КОРРОЗИИ НА ОСНОВЕ ОРГАНИЧЕСКИХ АМИНОВ НА ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ГАЗОКОНДЕНСАТНЫХ МЕСТОРОЖДЕНИЙ. 1Абдукаримов М.М.1Махмудов Н.Н.2Ёдгоров Н. 1Ташкентский государственный технический университет им.И. Каримова2Институт общей и неорганической химии АН РУз
В данной статье изучено влияние ингибитора коррозии на основе органических аминов на повышение эффективности газоконденсатных месторождений. в результате методом электронного микроскопа и элементного анализа определен ингибитор коррозии на основе органических аминов, эффективность ингибирования определена гравиметрическим методом в соответствии с ГОСТ 9-506-87, уровень защиты составил 98,7%.
газовый конденсатингибитор коррозииэлектронный микроскопический и элементный анализгравиметрический методмагистральные трубопроводыорганические амины. STUDY OF THE EFFECT OF ORGANIC AMINES-BASED CORROSION INHIBITORS IN INCREASING THE EFFICIENCY OF GAS CONDENSATE FIELDS 1Abdukarimov M.M.1Makhmudov N.N.2Yodgorov N. 1Tashkent state technical university named after I.Karimov2Institute of General and Inorganic Chemistry Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan
This article studies the effect of organic amine-based corrosion inhibitors on improving the efficiency of gas condensate fields. As a result, the inhibition efficiency of organic amine-based corrosion inhibitors was determined by electron microscopy and elemental analysis and gravimetric method in accordance with GOST 9-506-87 standards, and the protection level was 98.7%.
Article Content
Kirish. Dunyoda gaz va gazkondensat konlarini ishlatish samaradorligini orttirish uchun quduqlar mahsuldorligi va debitini, gaz qazib olish koeffisientini oshirishga yo‘naltirilgan turli texnologiyalar qo‘llanilmoqda. Gaz qazib oluvchi kompaniyalar geologik zaxiralarini maksimal darajada olish uchun gaz kondensati konlarini (GKK) qo‘shimcha o‘zlashtirish tizimlarini takomillashtirish bilan bog‘liq korroziya jarayonlarga barqaror innovasion texnologiyalarni faol ravishda izlamoqda. Shu sababli, neft va gaz sanoatining ustuvor vazifalaridan biri tabiiy gaz va kondensat qazib olishni oshirishni ta’minlashda uskunalar va quvurlarning korroziyadan himoyalash darajasini yaxshilashga erishish uchun uglevodorod va yog‘larda eriydigan korroziya ingibitorlarni takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Magistral quvurlar va suv aylanish tizimlarini korroziyadan himoya qilishning eng dolzarb sanoat muammolarini hozirgi vaqtda ishlatiladigan korroziya ingibitorlari orasida organik birikmalardan foydalanish korroziyani oldini olishda eng keng tarqalgan usuldir. Organik birikmalardan tashkil topgan korroziya ingibitorlarining jahon ishlab chiqarishida uglevodorodda
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 91
Химия и химические технологии
eriydigan ingibitorlar hajmining qariyb 30% ni tashkil etadi, ularning katta qismi (~70%) neftni qayta ishlashda qo‘llaniladi [1]. Ko‘pgina neft va gaz quduqlarini loyihalashda H2S tufayli korroziya ehtimoli ham ko‘rib chiqiladi. Umuman olganda, quduqdagi korroziya sharoitlari turli parametrlarga, jumladan SO2 va H2S ning qisman bosimi, suyuqlik harorati, suvning sho‘rligi, suvning kesishishi, oqim rejimi, pH, organik kislotalar va elementar oltingugurt mavjudligiga bog‘liq. Ushbu parametrlar orasida kislotali gazlarning qisman bosimi, ya’ni SO2 va H2S quduqning suyuqlik korroziyasiga uchrashida hal qiluvchi rol o‘ynaydi [2; 3]. Kompozit qoplamali quvurlarni yig‘ish 1-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib ko‘rinib turibdiki, kompozit qoplama ichki trubkasi va metall quvurlar orasidagi bo‘shliqni to‘ldirib, ichki qatlamning yopishishini kuchaytirish uchun sement qo‘shiladi. Tishli ulanishdan quvur ichidagi suyuqlikning oqib chiqmasligini ta’minlash va qoplamasiz hududda uglerod po‘lat quvurlarining korroziyasini oldini olish uchun korroziyaga qarshi ingibitorlar ishlatiladi [4; 5].
1-rasm. Quduqning ichki quvurlari korroziya ingibitori yuborish jarayoni. Quduq suyuqligining turi ingibitorlarning zarurligini, turini va qo‘llash usulini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Odatda, yangi neft quduqlarida korroziya darajasi past bo‘ladi va qatlam suvi oqimini ko‘paytirish orqali ularning korroziyasi vaqt o‘tishi bilan ortadi [6]. Shuning uchun, umumiy yondashuv, quduq sharoitlariga qarab korroziyaga qarshi vositani indeksiya qilishni talab qiladigan darajada korroziya holati kelguncha kutishdan iborat. Ushbu yondashuvning kamchiligi shundaki, korroziyaga qarshi kurashning boshida va korroziya boshlanganidan keyin korroziya mahsulotlari to‘planib qoladi va qo‘pol kompozision geterogen sirt topografiyasi hosil bo‘ladi [7]. Shunday qilib, korroziya ingibitorlarini qo‘llashdan oldin mexanik yoki kimyoviy tozalash tavsiya etiladi. Biz taklif etayotgan korroziya ingibitorlarni neft va gazlarni qazib olishda hamda qayta ishlash zavodlarida uskunalarning xavfsiz ishlash muddatini oshirish uchun tarkibida organik aminlar asosidagi ingibitorlar taklif etilgan bo‘lib ushbu tadqiqotlarimizda ularni metallarga ta’sirini skanerli elektron mekroskop (Sem) yordamida morfologiyasi va korroziya darajasini gravimetrik usullar orqali tahlillari keltirilgan.
Tadqiqot ob’ektlari va usullari. Skanerlovchi elektron mikroskopiya (Sem). korroziya ingibitorining strukturasidagi moddalarni strukturada bir xilda tarqalish morfologiyasini o‘rganish va kompozisiyaning tuzilishini o‘zgarishini qattiqlanish sharoiti va qo‘shimchaning turiga bog‘liqligini aniqlashda namunalar avval ushlagichga o‘rnatildi, so‘ngra namunaning yuzasi 5 nm oltin kukuni bilan qoplandi. Namunalarni sinovdan o‘tkazish uchun elektron mikroskopda metallashtirish 10-20 nm qalinlikdagi platina qatlamini vakumda changlatish orqali hosil qilindi. Korroziya ingibitorlarining ingibirlash samaradorligini oʻrganishda GOST 9-506-87 “SuvNeft muhitida metall korroziya ingibitorlarining himoya qobiliyatini aniqlash usullari” standartlariga muvofiq laboratoriya sharoitida ishlaydigan qurilma yordamida gravimetrik usulda amalga oshirildi Natijalar va uning muhokamasi. Taklif etilayotgan organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorining metall yuzasida qoplama hosil qilishi tarkibidagi moddalarni struktura hosil qilishi elektron mikroskop va element tahlil natijalari yordamida aniqlandi. Ushbu olingan organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorini morfologik tuzilishi tadqiq etildi. Sem tahlilidan foydalanib 2rasmda keltirilgan (1-4 gacha boʻlgan Sem analizlari) Sem analizlarida kuzatish natijasida metall
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025 92
Кимё ва кимёвий технологиялар
yuzasida korroziya ingibitorni tashkil etuvchi kimyoviy tarkiblar gomogen holda struktura hosil qilib joylashganligini 5-200 nm oraligʻida tahlil qilindi. Asosan korroziyaga qarshi himoyalovchi organik aminlar asosidagi korroziya ingibitori samaradorligini ta’minlovchi mexanizmlar ularning oʻziga xos turi va tarkibiga bogʻliq boʻlib samaradorlik efffekti, korroziya ingibitorini tashkil etuvchi tarkiblarning sinergizm xususiyati va oʻz-oʻzini korroziyadan himoyalash xususiyatlarini oʻz ichiga olganligi sababli ushbu organik aminlar asosidagi korroziya ingibitori samaradorligi yuqori ekanligi tahlil qilindi. Sem tasvirida optimal kombinasiyada koʻrsatilgan organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorining strukturasining morfologik tahlillari olingan va elektron mikroskop tahlil natijalari shuni koʻrsatadiki, qoʻshilgan moddadalar gomogen holdagi aralashmalarni hosil qilganligini mikroskop orqali tahlil qilish mumkin (2-rasm).
2-rasm. Organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorini elektron mikroskop tahlili
Yog‘larda eriydigan korroziya ingibitorlarining metallarni ingibirlash xususiyatlari va ta’sir samadorligini aniqlash boʻyicha qoʻyidagi gravimetrik usul asosidagi tadqiqotlar amalga oshirildi. Yog‘larda eriydigan organik aminlar asosidagi ingibitorlarining ingibirlash samaradorligini oʻrganishda GOST 9-506-87 “Suv-Neft muhitida metall korroziya ingibitorlarining himoya qobiliyatini aniqlash usullari” standartlariga muvofiq laboratoriya sharoitida ishlaydigan qurilma yordamida gravimetrik usulda amalga oshirildi. Ushbu usul metallarning korroziyadan himoyalash darajasini va korroziya ingibitorlarning ingibirlash xususiyatlarini aniqlaydigan keng foydalaniladigan metodlardan biri hisoblanadi. Gravimetrik usulda sinov oʻtkaziladigan metall naʼmuna turli suyuq uglevodorodlar muhitida ingibitor qo‘shilgan va ingibitorsiz jarayondagi metal namunaning vaqt va atmosfera bosimi ta’sirida massa yoʻqotishlari farqiga qarab korroziyadan himoya darajalari aniqlanadi. Sintez qilingan korroziya ingibitorlarining suyuq uglevodorodlar muhiti bo‘lgan gazokondensat, neft benzinlari, dizel yoqilg‘isi, I-20 markali motor moylarida ingibirlash xususiyatlari aniqlandi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 93
Химия и химические технологии
Dastlab organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorining suyuq uglevodorodlar muhitlari bilan birgalikda turli eritmalarda korroziya tezligi va himoya darajalari aniqlandi. 1-jadval Organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorining suyuq uglevodorlar muhitida gravimetrik usul yordamida korroziya tezligi va himoya darajalari
Organik aminlar asosidagi korroziya ingibitori
Sinov muhiti Ko‘rsat gichlar* Nazorat namunasi
K 2,78 0,6077 Z - 97,8
Neft benzinlari
I-20 motor moyi K 2,49 0,3325 Z - 98,7
Dizel yoqilg‘isi K 2,53 0,2879 Z - 98,7
Gazokondensat K 2,10 0,0549 Z - 98,2 *K, (g/cm2 s) – korroziya tezligi; Z %, - Himoya darajasi. Ushbu jadvalda tadqiqotlar natijasida organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorini suyuq uglevodorlar muhitlarda himoya darajalari aniqlangan. Suyuq uglevodorodlar sifatida gazokondensat, neft benzinlari, dizel yoqilg‘isi, I-20 markali motor moylari kabi sinov muhitlarida tajribalar olib borilgan. Eritmalarda organik aminlar asosidagi korroziya ingibitori 6% konsentratsiyada qo‘shilgan. Ushbu ingibitor uchun eng yaxshi himoya darajasi 98,7 % ni tashkil qilgan.
3-rasm. Organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorini turli konsentratsiyalarda suyuq uglevodorodlar muhitida himoya darajalari.
3-rasmda organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorini turli konsentratsiyalarda suyuq uglevodorodlar muhitida himoya darajalari aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida ushbu ingibitor uchun eng yaxshi himoya darajasi 98,7 % ga teng ekanligi aniqlandi. Xulosa. Shunday qilib, organik aminlar asosidagi korroziya ingibitorini turli muhitlarda ochiq va yopiq atmosfera korroziyasidan himoyalashda qo‘llash samarali ekanligi aniqlandi. Asosan neft va gazni qayta ishlashda metall quvurlarni korroziyadan himoya qilish samaradorligi sezilarli darajada oshadi, bu esa quvurlarning xizmat qilish muddati va shunga mos ravishda, mehnat xarajatlarini iqtisod qilishga olib keladi
References (8)
- 1. B.El Ibrahimi, J.V. Nardeli and L. Guo, An Overview of Corrosion, Sustainable Corrosion Inhibitors I: Fundamentals, Methodologies, and Industrial Applications, ACS Sym. Ser., 2021, 1403, 1–19. doi: 10.1021/bk-2021-1403.ch001 “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №1/2025
- Кимё ва кимёвий технологиялар
- 2. J.R. Davis, The effects and economic impact of corrosion, in Corrosion: Understanding the basics, Netherlands: ASM International, 2000, pp. 62–66.
- 3. K. Tamalmani and H. Husin, Review on Corrosion Inhibitors for Oil and Gas Corrosion Issues, Appl. Sci., 2020, 10, no. 10, 3389. doi: 10.3390/app10103389
- 4. A.H.A. Nasser, P.D. Ndalila, E.A. Mawugbe, M.E. Kouame, M.A. Paterne, Y. Li, Mitigation of Risks Associated with Gas Pipeline Failure by Using Quantitative Risk Management Approach: A Descriptive Study on Gas Industry, J. Mar. Sci. Eng., 2021, 9, no. 10, 1098. doi: 10.3390/jmse9101098
- 5. M.F. Montemor, Functional and smart coatings for corrosion protection: A review of recent advances, Surf. Coat. Technol., 2014, 258, 17–37. doi: 10.1016/j.surfcoat.2014.06.031
- 6. Позднышев, Г. Н. Перспективные способы добычи нефти и ликвидации нефтяных загрязнений / Г. Н. Позднышев, В. Н. Манырин. – Самара : БАХРАХ, 2004. – 440 с.
- 7. Родионова, И. Г. Коррозионно-стойкие биметаллы с прочным сцеплением слоев для нефтехимической промышленности и других отраслей / И. Г. Родионова, А. А. Павлов, А. И. Зайцев. – М. : Металлургиздат, 2011. – 292 с . MAGISTRAL NEFT VA GAZ QUVURLARINI VODOROD SULFIDLI KORROZIYASIGA INGIBITORLARNI TA’SIRINI TADQIQ ETISH 1Abdukarimov M.M., 1Maxmudov N.N., 2Yodgorov N. 1I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, 2O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti. Annotatsiya. Maqolada gossipol smolasi asosida tarkibida azot bo’lgan korroziya ingibitorlarining vodorod sulfidli eritma muhitda ingibirlash samaradorligi tadqiq etilgan bo’lib H2S 3% li eritmadagi samaradorligi 91.78% ni hamda H2S 1% eritmasi muhitida samaradorligi 96,12 % ni tashkil etganligi aniqlangan. Kalit so‘zlar: magistral neft va gaz quvurlar, vodorod sulfid, korroziya, ingibitor, to‘yingan eritma, gossipol smolasi, konsentrasiya. ИССЛЕДОВАНИЕ ВЛИЯНИЯ ИНГИБИТОРОВ НА СЕРОВОДОРОДНУЮ КОРРОЗИЮ МАГИСТРАЛЬНЫХ НЕФТЕ- И ГАЗОПРОВОДОВ 1Абдукаримов М.М., 1Махмудов Н.Н., 2Ёдгоров Н. 1Ташкентский государственный технический университет им.И. Каримова, 2Институт общей и неорганической химии АН РУз. Аннотация. В статье исследована эффективность ингибирования азотсодержащих ингибиторов коррозии на основе госсиполовой смолы в среде раствора сероводорода и установлено, что ее эффективность в 3% растворе H2S составила 91,78%, а в 1% растворе H2S - 96,12%. Ключевые слова: магистральные нефте- и газопроводы, сероводород, коррозия, ингибитор, насыщенный раствор, госсиполовая смола, концентрация. STUDY OF THE EFFECT OF INHIBITORS ON HYDROGEN SULFIDE CORROSION OF MAIN OIL AND GAS PIPELINES 1Abdukarimov M.M., 1Makhmudov N.N., 2Yodgorov N. 1Tashkent State Technical University named after I.Karimov, 2Institute of General and Inorganic Chemistry Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan Abstract. The article studies the inhibition efficiency of corrosion inhibitors based on gossypol resin containing nitrogen in a hydrogen sulfide solution. It was found that the efficiency in a 3% H2S solution was 91.78% and the efficiency in a 1% H2S solution was 96.12%. Keywords: main oil and gas pipelines, hydrogen sulfide, corrosion, inhibitor, saturated solution, gossypol resin, concentration. Kirish. Neft va gaz ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, quvurlar samaradorligini pasayishining asosiy sababi korroziya ta’siri bo‘lib, doimiy ravishda ishlab “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №1/2025 95