Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlari tahlili 234 Agzamova S.M., Gulyayeva G.X., Musayev N.M., Mukimov M.M., Karimova N.H. Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari tadqiqi
Аннотации
Ushbu maqolada ikkala qatlami yigirilgan paxta ipidan to‘qilgan, tarkibiga press xalqalari kiritilgan, ikki qatlamli trikotajning texnologik ko‘rsatkichlari tadqiq qilingan. Ikki qatlamli trikotajni olishning yangi texnologiyasi Long Xing rusumli LXA-252SC 12 klass yassi ignadonli mashinaning texnologik imkoniyatlarini va trikotaj mahsulotlarini assortimentini kengaytirishga imkon beradi.
trikotajassortimentikki qatlamlihajmiy zichliktexnologik ko‘rsatkichlar. ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ НОВЫХ РАЗРАБОТАННЫХ ДВУХСЛОЙНЫХ ТРИКОТАЖНЫХ ПОЛОТЕН Агзамова С.М.Гуляева Г.Х.Мусаев Н.М.Мукимов М.М.Каримова Н.Ҳ. 1Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности2Бухарский государственный технический университет
В данной статье исследованы технологические параметры новых вариантов двухслойного трикотажа, оба слоя которого выработаны из хлопчатобумажной пряжи с включением в структуру прессовых петел. Новая технология изготовления двухслойного трикотажа позволяет расширить технологические возможности плосковязалной машины 12-го класса Лонг Хинг ЛХА-252СC и ассортимент трикотажных изделий.
This article examines the technological parameters of new variants of double-layer knitwear, both layers of which are made of cotton yarn with the inclusion of press loops in the structure. The new technology for producing double-layer knitwear allows expanding the technological capabilities of the 12th class Long Xing LXA252SC flat knitting machine and the range of knitwear products.
Содержание статьи
Kirish. Bugungi kunda Respublikada keng turdagi sifatli to‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent shahrida va bosqichma-bosqich hudud markazlaridagi yirik savdo komplekslarida «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar do‘konlarini tashkil qilish, ushbu do‘konlarni tashkil etish uchun Tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishga ruxsat berilishi to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini yanada oshishiga turtki bo‘lmoqda. Trikotaj to‘qimalari assortimentini kengaytirish, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish maqsadida, Long Xing rusumli LXA-252SC 12 klass yassi ignadonli mashinaning texnologik imkoniyatlaridan unumli foydalanib, ikki qatlamli trikotaj to‘qimasining tuzilishlari va olish usuli ishlab chiqildi. Ikki qatlamli trikotaj to‘qimasining qatlamlari 20 teks x 4 chiziqiy zichlikka ega bo‘lgan yigirilgan paxta ipidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, qatlamlari press, glad va hosilali glad to‘qima elementlaridan iborat bo‘lgan ikki qatlamli trikotajning 6 ta varianti ishlab chiqildi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 241
Технологии текстильной и легкой промышленности
I variant
II variant
III variant
IV variant
V variant
VI variant
Ma’lumki, to‘qima tarkibiga yangi turdagi naqshli to‘qima elementlari qo‘shilishi, trikotaj xususiyatlarining yaxshilanishiga va shakl saqlash xususiyatining oshishiga sabab bo‘ladi [1-4]. Bu yo‘nalishda bir qator olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Trikotajning shakl saqlash xususiyatini oshirish maqsadida aralash trikotaj to‘qimasining yangi strukturalarini taqdim qilingan. Natijada, interlok trikotaj strukturasiga kam cho‘ziluvchan to‘qimalar qatorlarini qo‘shish hisobiga trikotajning shakl saqlash xususiyatini oshirish, xomashyo sarfini kamaytirishga imkon beradi [5]. Sh.K.Usmonqulov tomonidan turli xomashyolardan foydalanib olingan ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining yangi assortimentini taqdim etgan. Buning natijasida, to‘qimalarning shakl va issiqlik saqlash xususiyatlari yuqori bo‘lib, ulardan ustki trikotaj mahsulotlarini tayyorlashda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin [6].
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 242
Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
Ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari standart uslubi bo‘yicha aniqlanib, olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan. O‘tkazilgan tadqiqot natijalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, bunda ma’lum chegarada trikotajning yuza zichligini kamaytirish xomashyo sarfi kamayishiga olib keladi va uning pishiqlik xususiyatlari uchun xatarli emas, chunki trikotaj matolari pishiqligining haqiqiy kattaligi yuqori, mahsulotdan foydalanish jarayonida esa uzilish kuchiga nisbatan 20 % dan oshmaydigan kuchlanishlarga duch keladi [7]. Xomashyo sarfi mezonlari an’anaviy ravishda matoning yuza zichligida hisoblandi. Ma’lumki, trikotaj yuza zichligini kamaytirish eksplutatsion va gigiyenik xususiyatlar o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ishda bir vaqtning o‘zida ham matoning xomashyo sarfini, ham sifat ko‘rsatkichlarini tavsiflovchi ko‘rsatkich kiritilgan. Bunday ko‘rsatkich, trikotaj tuzilishini yengillashtiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi, unda yuza zichligi bilan bir qatorda uning qalinligi ham hisobga olinadi [8-9]. Agar 0 variant asos to‘qimaning yuza zichligi MS = 513 g/m2 , qalinligi T=1,5 mm bo‘lsa, uning hajmiy zichligi 342 mg/sm3 ni tashkil etadi. (1-jadval). Bu holda to‘qimalarning hajmiy yengillashtirilganlik ko‘rsatkichlari bazaviy to‘qimaga nisbatan quyidagicha bo‘ladi: ΔδI = δb- δI = 342-337.9= 4, 1 mg/sm³ ΔδII = δb-δII= 342-339.4= 2.6 mg/sm³ ΔδIII = δb-δIII = 342-308.8= 33.2 mg/sm³ ΔδIV = δb-δIV = 342-318.1= 23.9 mg/sm³ ΔδV = δb-δV = 342-337.6= 4.4 mg/sm³ ΔδVI = δb-δVI = 342-327.2= 14.8 mg/sm³ ΔδVII = δb-δVII = 342-257.8= 84.2 mg/sm³ Bu yerda: Δδ – hajmiy yengillashtirilganlik, mg/sm³, δb - bazaviy to‘qimaning hajmiy zichligi, δI-δVII - tadqiq etilayotgan ikki qatlamli trikotaj namunalarining hajmiy zichligi mg/sm³. Ikki qatlamli trikotaj namunalarining nisbiy yengillashtirilganligi quyidagilarga teng: θI=(1 - ) = (1- ) = 2 Boshqa variantlarning yengillashtirilganlik ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Yangi tuzilishdagi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining texnologik ko‘rsatkichlari Ko‘rsatkich Variantlar 0 I II III IV V VI Paxta 20 teks x4 1 Halqa qadami, A (mm) OlQ* 1,48 2.27 1,72 2,17 1,78 2 1.92 OrQ** 1,48 2.3 1,72 2,17 1.85 1.85 1.92 2 Halqa qatori balandligi, V (mm)
OlQ 1,28 1.35 1,66 1,35 1.42 1.56 1.47 OrQ 1,28 1.35 1,66 1,31 1.47 1.61 1.51 3 Gorizontal bo‘yicha zichlik, Rg
OlQ 34 22 29 23 28 25 26 OrQ 34 21 29 23 27 27 26 4 Vertikal bo‘yicha zichlik, Rv OlQ 39 37 30 37 35 32 34 OrQ 39 37 30 38 34 31 33 5 Halqa ipi uzunligi l, mm
OlQo‘rt 9,2 9.7 9,1 8,06 7.1 8.56 7.36 OrQo‘rt 6.02 10.61 9,3 8,28 7.45 9.01 8.5 6 Trikortajning yuza zichligi Ms, g/m2 513 506,9 611 525 604.5 557 556 7 Trikortajning qalinligi, T, mm 1,5 1,5 1.8 1.7 1.9 1.65 1.7 8 Trikotajning hajmiy zichligi δ, mg/sm3 342 337.9 339,4 308,8 318,1 337,6 327,2 9 Haqiqiy hajmiy yengillik, δ mg/sm3 - 4.1 2.6 33.2 23.9 4.4 14.8 10 Nisbiy yengillik , % - 2 1 10 7 2 5 *OlQ – old qatlam; **OrQ – orqa qatlam
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 243
Технологии текстильной и легкой промышленности
I variantda ikki qatlamli trikotaj to‘qimasi press va glad qatorlaridan tashkil topgan bo‘lib, yuza zichligi MS = 506,9 g/m2 , qalinligi T=1,5 mm, hajmiy zichligi 337.9 mg/sm3 ni tashkil etadi. II variant katorlari 1 qator press va 2 qator hosilali glad qatorlaridan tashkil topgan bo‘lib, yuza zichligi MS = 611 g/m2, qalinligi T=1,8 mm, hajmiy zichligi 339,4 mg/sm3 ni tashkil etadi. III variant qatorlari 2 qator press va 1 qator glad qatorlaridan tashkil topgan bo‘lib, yuza zichligi MS = 525 g/m2, qalinligi T=1,7 mm, hajmiy zichligi 308,8 mg/sm3 ni tashkil etadi. IV variant qatorlari 2 qator press va 2 qator hosilali glad qatorlaridan tashkil topgan bo‘lib, yuza zichligi MS = 604,5 g/m2, qalinligi T=1,9 mm, hajmiy zichligi 318,1 mg/sm3 ni tashkil etadi. V variant qatorlari press, glad va 2 qator hosilali glad qatorlaridan tashkil topgan bo‘lib, yuza zichligi MS = 557 g/m2, qalinligi T=1,65 mm, hajmiy zichligi 337,6 mg/sm3 ni tashkil etadi. VI variant qatorlari 2 qator press, glad va hosilali glad qatorlaridan tashkil topgan bo‘lib, yuza zichligi MS = 556g/m2, qalinligi T=1,7 mm, hajmiy zichligi 327,2 mg/sm3 ni tashkil etadi (1- rasm).
1-rasm. Yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj to‘qimasining hajm zichliklarini o‘zgarish gistogrammasi
Taklif etilayotgan yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj matolarining hajm zichliklari 257,8 mg/sm3 dan 342 mg/sm3 gacha oraliqda o‘zgardi. Eng yuqori hajm zichlik ko‘rsatkichi 0 variant (asos to‘qima) da kuzatildi va 342 mg/sm3 ni tashkil etgan bo‘lsa, eng kam hajm zichlik ko‘rsatkichi VII- variantda 257,8 mg/sm3 kuzatildi va u asos to‘qimaga nisbatan 84,2 mg/sm3 ga yengil. Asos to‘qimaga nisbatan I variantning hajm zichlik ko‘rsatkichi 2 % ga ko‘p, II variantning hajm zichlik ko‘rsatkichi 1 % ga, III variantning hajm zichlik ko‘rsatkichi 10 % ga, IV variantning hajm zichlik ko‘rsatkichi 7 % ga, V variantning hajm zichlik ko‘rsatkichi 2 % ga, VI variantning hajm zichlik ko‘rsatkichi 5 % ga kam ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha ikki qatlamli trikotajning barcha variantlarining hajmiy zichligi bazaviy variantdan kam ekanligi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, yangi tuzilishli ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarining tuzilishini o‘zgartirish hisobiga namunalarning qalinligining oshishi va xomashyo sarfini kamaytirishga erishilgan
Литература (5)
- 1. Мусаев Н. М., Мукимов М. М. Анализ структур и способов выработки хлопко-шелкового трикотажа // Проблемы текстилной отрасли и пути их решения. – 2021. – С. 154-157.
- 2. Мусаев Н., Турдиев И., Мукимов М. М. Исследование технологических параметров хлопко-шелкового трикотажа // ББК
- 1 А28. – 2019. - С. 53.
- 3. Tashpulatova, S., Mukimov, M., Musayev, N., Gulyaeva, G., & Musayeva, M. (2023, June). Device for testing the strength of fixing the plush thread in the ground stitch. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2789, No.
- 1). AIP Publishing. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 244