Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Poyabzal materiallarining xossalari va ularning poyabzal gigiyenik xususiyatlariga ta’siri

ABDURAXMANOVA F.A.

Выпуск
3-son
Страницы
247–255
Опубликовано
02.06.2025
Просмотры
2 4

Аннотации

В статье отражена искусственные и синтетические кожи, получившие широкое применение для обуви в последние годы, наряду с их преимуществами, недостатками, вызывающими определенный дискомфорт при производстве качественной обуви, дано важнейшие факторы гигиенических свойств: влагоемкость, влагозащитные и теплозащитные свойства обуви, жесткость обуви, прогресс последних лет.

Содержание статьи

kirishi tezlashadi. Poyabzallar o‘zidagi namni chiqarishi bilan birga namdan himoya qilish xususiyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Namdan himoya qilish xususiyati, asosan, poyabzallarning tag detallarining va tanovorning sirtqi detallarining materialiga bog‘liq. Bahorgi-kuzgi va qishgi mavsumlarga mo‘ljallangan poyabzallarning tagliklari ko‘pincha suvga tegib turadi. Shuning uchun ular sintetik va sun’iy materiallardan qilinadi, chunki ular suvni o‘tkazmaydilar. Ustki detallarga tag detallariga nisbatan suv kamroq tegadi, chunki sirtqi detallarning shakli tufayli unga tushgan suvning ko‘p qismi dumalab tushib ketadi, suvning ozgina qismini material shimadi. Poyabzallarning ichiga suv detallarning materiali va biriktiruvchi choklarning teshiklari orqali o‘tishi mumkin. Material orqali suv o‘tish tezligi materiallarni ho‘llanish va suv o‘tkazish xususiyatiga bog‘liq. Charm detallari uchun charmning qalinligiga, kapillyarlarning soniga va o‘lchamlariga tolalarni suv ta’sirida bo‘kishiga va ho‘llanishiga bog‘liq. Poyabzalni ichiga suv o‘tish har doim ham uning detallarini to‘la ho‘l bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ko‘p hollarda suv ustki detallar bilan tag detallarini biriktirishda ishlatiladigan choklar orqali ham o‘tadi. Bu ko‘proq mixlash, vintlash, mix-cho‘p va ipli biriktirish usullarida uchraydi, kimyoviy usullarning nam o‘tkazmaslik xususiyatlari juda yuqori bo‘ladi [5]. Hozirgi zamon iqtisodiy strategiyasi hamda ilmiy texnikani rivojlanishi, biri-biridan murakkab bo‘lgan texnik usullarni va buyumlarni, ekologiya jihatidan toza, kam material sarflaydigan texnologiyani va materiallarni, turli toifadagi kishilarning talablarini qondiradigan buyumlarni yaratishga imkon yaratdi. Bu borada oxirgi yillarda ilg‘or davlatlar tarafidan yaratilib, taklif etilayotgan material va komplektlovchi qismlar hamda asbob-uskunalardan samarali foydalanishni rejalab amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lur edi, jumladan: Olmoniyaning «Forestali GmbH» firmasi «Agotex PB» deb ataluvchi yangi astarlik materialni yaratdi. Bu astarlik yaxshi shimish xususiyatiga ega bo‘lib, eng qulay haroratni saqlab turish qobiliyatiga ega. Bu “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 246 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари materiallar sport, bolalar va maxsus tayyorlanadigan poyabzallar uchun ishlatiladi. Shu firmaning «Agotex LD» deb ataluvchi astarlik materiali juda yumshoq charmdan tayyorlangan tanavorga ishlatiladi, yirtishga chidamli, harqanday yelim bilan ham yopishtirish mumkin. «Agotex AR» deb ataluvchi astarlik kundalik poyabzal, yoshlar va sayohat vaqtlarida kiyiladigan poyabzallar uchun ishlatiladi. Yaxshi tikiladi, isqalanishga chidamli, egiluvchan. «Agatex VR» deb ataluvchi astarlik surilishga qarshi xususiyatga ega bo‘lib, oyoq holatini qayd etilishini talab etuvchi sport va alpinistlarning maxsus poyabzallariga tavsiya etiladi. Olmoniyaning «Atlas Ago» firmasi dastaklarni tayyorlash uchun «Agostiff Ago» deb ataluvchi anchagina materiallarni hamda tumshuq osti va dastak uchun «PW-Fbi» deb ataluvchi materiallarni tavsiya etdi [11]. - Amerikaning «Foot Science Snc» firmasi poyabzaldagi havoni tumshuq qismidan tovon qismiga harakat qilishiga asoslangan «Breating Sole» deb ataluvchi, oraliqga qo‘yiladigan patakni yaratdi. Har bir qadam qo‘yilganda, havo tovon qismdan siqib chiqariladi, yangisi esa unga joylashtirilgan xonaga kirib nasos tartibiga o‘xshash shamollatishni ta’minlaydi. - Shvetsariyaning «Alveo AG» firmasi «Alveolit Samisol» deb ataluvchi, yopiq kataksimon tuzilishdagi mikroblarga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan, terni yutuvchi, ko‘piksimon poliolefindan tayyorlangan har jihatdan qulay, yumshoq elastik patakni yaratdi. Pataklik material 5 mm qalinlikda bo‘lib, massasining zichligi 67 kg/m3. Material buzilmaydi, chirimaydi, yuvish mumkin, kishi terisiga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi, osongina yangitdan ishlatish mumkin. Shunga o‘xshash turli xususiyatga ega bo‘lgan patak va patak materiallarini Olmoniyaning «Texon Mockmuhl» firmasi, Angliyaning «Usm Texon» va «Regess Corporation» firmalari yaratib, poyabzalga ishlatishni taklif etganlar. Italiyaning «Omnipel» firmasi yuqori darajada gigiyena xususiyatiga ega bo‘lgan «Hudrofoam plus» degan dastaklik materialni taklif etdi. Materialning qalinligi 3-12 mm bo‘lib o‘ram holida yuboriladi [12]. Umuman aytganda poyabzalni tayyorlash uchun jahonning ilg‘or davlatlari tarafidan yaratilgan va taklif etilgan material va komplektlovchi qismlar faqatgina yuqorida aytib o‘tilganlar bo‘lmay, ularning turlari, xillari anchagina hisoblanadi va ulardan unumli ravishda foydalanish poyabzal tayyorlash texnologiyasini mujassamlastiruvchi mutaxassislarning vazifasi hisoblanadi. So‘nggi yillarda poyabzal uchun sun’iy va sintetik charmlar keng foydalaniladi, ular afzalliklari bilan birga yuqori sifatli poyabzal tayyorlashda birmuncha noqulayliklarni barpo etuvchi kamchiliklarga ham ega. Tabiiy charmga nisbatan yomon bo‘lib, bir qancha fizik-gigiyenik xossalari (ayniqsa, bug‘ va nam o‘tkazuvchanlik) va keskin farq qiluvchi a’lo darajadagi mexanik xususiyatlarga, ayniqsa, qayishqoqlikka ega. Sun’iy va sintetik charmlarni qo‘llashdagi qiyinchiliklar ularning turlari, ko‘rinishlari turli tumanligidir. Jahon bozorida ikki yuzdan ortiq nomdagi poyabzal uchun sun’iy va sintetik charmlar mavjud. Bundan tashqari bitta nomlanishdagi, odatda, bir nechta tur va ko‘rinish bor. Masalan, korfam sintetik charmining uch yuzta ko‘rinishlari mavjud va klarino sintetik charmining yuzta ko‘rinishi bor. Ko‘pgina sun’iy materiallarning xossalari berilgan komponentlarning beqarorligi bilan ham farq qiladi. Poyabzal sanoatiga qo‘llaniladigan sun’iy charmlar ikkita guruhga bo‘linadi: sun’iy va sintetik. Sun’iy charmlarga to‘qimachilik, trikotaj yoki noto‘qima materiallar asosida yuzasi qoplangan materiallar kiradi. Sintetik charmlarga esa noto‘qima tolali asoslarga g‘ovak strukturasi bo‘lmagan ma’lum gigiyenik xususiyatlarga ega bo‘lgan materiallar kiradi. Sun’iy charmlardan tayyorlangan poyabzallarda oyoq panjasining noqulaylik sabablari to‘g‘risida mutaxassislarda yagona mushtarak fikr yo‘q. Tadqiqotchilar poyabzal qulayligi muammolarini poyabzal materiallarining fizik-gigiyenik, fizik-mexanik, elektrofizik, sanitar-kimyoviy, toksiologik va issiqlik-fizik xossalariga bog‘laydi. Ularning ko‘pchiligi oyoq panjasi noqulayligining sababi sun’iy va sintetik materiallarning fizik-gigiyenik xossalarni qoniqtirmasligi, buning natijasida oyoq panjasidan ajralib chiqgan namlikning adsorbsiyasi ta’minlanmasligi va ularning poyabzal ichki bo‘shlig‘idan chiqmasligida “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 247 Технологии текстильной и легкой промышленности deb hisoblaydi. Boshqalar esa sun’iy va sintetik charmlarning namlikni adsorbsiyalash layoqati kamligi salbiy xossaligini tan olib, poyabzal noqulayligining asosiy sababi ustlik tanovorining kiyib yurish davomida deformatsiya relaksatsiyasi (o‘tirishi) buning natijasida “porsenli” effekt kamayadi, poyabzal tor bo‘ladi, oyoq panjasi yomon shakllanadi. Shunday qilib, oyoq panjasining poyabzal noqulayligining ikkinchi sababi yuklanganda ustlik materiallarining deformatsiyalanishi kuchlanishning o‘ziga xos o‘zgarishi bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina mutaxasislar sun’iy va sintetik charmlardan poyabzal noqulayligi tabiiy charmdagi issiqlik fizikaviy xossalarning: issiqlik o‘tkazuvchanlik, issiqlik sig‘diruvchanlik va boshqa xossalardan ko‘rinadi, bularning natijasida poyabzal kiyib yurish jarayonida tovonpoyabzal-atrof muhit tizimidagi issiqlik balansi buziladi. Sun’iy va sintetik charmdan ustligi tayyorlangan poyabzal noqulayligi elektrofizik xossalarining qoniqarli emasligi bilan ham anchagina bog‘liq, ko‘pincha statik elektr zaryadlarning to‘planishi, ayniqsa, ijobiy belgidagisi bilan bog‘liq bo‘ladi. Tovon ter sekretsiyalarining faollashuvi qo‘shimcha paydo bo‘ladi, qonning arterial bosimni rivojlanishi va gipergidrozning oshishiga olib keladi. Poyabzal materiallarining sanitar-toksik va toksiologik xossalari hal qiluvchi darajada poyabzalning analogik xossalarini aniqlab beradi. Poyabzal materiallarining ko‘rsatilgan xossalarini qoidaga muvofiq gigiyenist shifokorlar poyabzal o‘rganish bilan parallel ravishda olib boradilar. Bunday tadqiqotning maqsadi materiallardan havo yoki suv muhitiga o‘tadigan zaharli kimyoviy moddalarning turlari va konsentratsiyasini aniqlash, olingan konsentratsiyalarni ruxsat etilgan maksimal qiymat bilan taqqoslash asosida poyabzalda materiallardan foydalanish imkoniyati to‘g'risida xulosa berishdir. Polimer materiallarning kimyoviy barqarorligi uzoq vaqt davomida o‘rganilgan, ammo poyabzalning bunday tadqiqotlari faqat poyabzal ustligi, astar va boshqa detallari uchun sun’iy va sintetik materiallar sanoatga kiritilgandan keyin amalga oshirila boshlandi. A.I. Sautina va uning hamkasblarining dastlab hayvonlarda, keyin esa odamlarda o‘tkazilgan tadqiqot tajribalari orqali, sun’iy va sintetik poyabzal materiallarining tarkibiy qismlari birgalikda tirik organizmga terini tirnash xususiyati beruvchi va rezorbsiya qiluvchi ta’sirga ega ekanligini ko‘rsatdi. Xususan, sichqonlarning vazni va harakat faolligi pasaygan, leykotsitlar soni ko‘paygan, qonning oqsil fraksiyalari o‘zgargan. Sun’iy va sintetik poyabzal materiallari dimetilformamid, butandiol, xloropren, stirol va boshqalar kabi zaharli moddalarni chiqaradi va moddalar miqdori aloqa qiluvchi muhitga bog‘liq. Masalan, 1 m2 СK-2 sintetik terisidan havoga 263 mkg/l gacha, distillangan suvga 273 mkg/l gacha, fiziologik eritmada esa 313 mkg/l gacha dimetilformamid chiqariladi. Poyafzal materiallaridan zararli moddalarning migratsiyasiga iqlim sharoitining ta’siri ham aniqlangan. S. Svider 370C haroratda vaqt o‘tishi bilan sun’iy teridan kimyoviy moddalar ajralib chiqishini o‘rgandi. Undan bromatlar, ftalatlar va xloridlar suv muhitiga chiqarilgan, ammo suv ekstraktining gvineya cho‘chqalari terisidagi o‘zgarishlarga ta’siri aniqlanmagan [4]. Biroz vaqt o‘tgach, poyabzal ustki qismi uchun 15 ta import va 18 ta mahalliy turdagi sun'iy va sintetik charmlar bo‘yicha fizik-kimyoviy tadqiqotlar o‘tkazildi [5]. Chiqarilgan kimyoviy moddalarni aniqlash uchun o‘rganilayotgan namunalar bilan aloqada bo‘lgan muhitni fizik-kimyoviy tahlil qilishning xromatografik, spektrofoto va kalorimetrik usullari qo‘llaniladi. Yuqorida aytib o‘tilgan kimyoviy moddalardan tashqari, sun'iy va sintetik terilar havo yoki suv muhitiga vodorod xlorid, efirlar, akrilatlar, to‘yinmagan uglevodorodlar va boshqa moddalarni chiqaradi. Afsuski, poyabzal materiallarining kimyoviy barqarorligi bo‘yicha ushbu va boshqa shunga o‘xshash tadqiqotlar natijalari gigienistlar tashqi havo standartlariga o‘xshash poyabzal ichidagi moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasi standartlarini ishlab chiqmaguncha va o‘rnatmaguncha amaliy qo‘llanilishi mumkin emas

Литература (30)

  1. 1. Haydarov A.A. Poyabzal va charm attorlik buyumlarini modellashtirish asoslari. O‘quv qo‘llanma. –T.: Sharq 2007.-207 bet
  2. 2. Haydarov A.A., A.K. Kamalov. Сharm buyumlarni konstruksiyalash. II qism, Darslik T., Tip.TTESI, 1999.-161bet “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
  3. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
  4. 3. Maqsudova.Poyabzal materiallarini me’yorlashtirish. T., 2004 y.
  5. 4. М.Н. Иванов. Проблемы улучшения гигиенических свойств обуви.М. «Легкая промышленность и бытовое обслуживание» С. 134.
  6. 5. Zubar. Pletysmografia jako metoda funkcjonalnosa obuvia // Prreglad skozzany.N
  7. 7. S. 207-209.
  8. 6. Узакова Л. П., Абдурахманова Ф. А., Турсункулова М. С. Современные eксплуатационные и технологические требования, предъявляемые к деталям верха обуви //Техника. Технологии. Инженерия. – 2019. – №. 2. – С. 30-33.
  9. 7. Абдурахманова Ф. А. Рынок обуви: глобальные тенденции. перспективы развития кожевенно-обувной промышленности в бухарской области //Глобальная eкономика и образование. – 2021. – Т. 1. – №. 2. – С. 15-21.
  10. 8. В.С. Макарова. Моделирование и конструировани обуви и колодок. Москва: Легпромбытиздат. 1987. – с.162
  11. 9. К.М. Зурабян и др. Материаловедение изделий из кожи. Москва. Легпромиздат. 1988. – с. 412
  12. 10. ГОСТ 23251-83. Обувь. Термины и определения. М. :Стандартинформ, 2008. – с.114
  13. 11. Scientific analysis of the requirements for special shoes for equestrian sports games. .EPRAInternational Journal of Multidisciplinary. Research DOI : 10.36713/epra2013 ISSN (Online) : 2455 – 3662 Monthly Peer Reviewed & Indexed. International Online Journal Indexed By: Published By :EPRA Publishing CC License SJIF Impact actor(2023) :8.224 ISI I.F. Value : 1.188 Volume:
  14. 9 Issue:
  15. 3 March 2023 265-270 бетлар.
  16. 12. Абдурахманова Ф.А. анализ ассортимент материалы для подошв // SAI. 2022. UDK 687.1 KICHIK YOSHIDAGI QIZ BOLALAR KIYIMI ASSORTIMENTINI SHAKLLANTIRISH Gafurova N.T., Hasanova M.E. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Kiyimlar turlari ko‘p bo‘lib har bir kiymning inson hayotida o‘rni bor. Tuzilishi, rangi, matosi qandayligi, qayerga mo‘ljallanganligiga qarab kiyimlar tanlanadi. Chunki bizning kiyinish tarzimiz, bizning madaniyatimiz, mentalitetimiz, shaxsiyatimiz va hatto his-tuyg‘ularimizni aks ettiradi. Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi bolalar kiyimi assortimentini to‘gri shakllantish, uslub, dizayn, funksionallikka e’tibor berish, kiyimning joyiga, mavsumga mos tarzda to‘g‘ri tanlash, materialini aniqlash, kiyimning bolaga ta’siri va uning o‘rni haqida bayon qiladi. Kalit so‘zlar: klassifikatsiya, siluet, shaxsiyat, yosh, jinsi, mavsum, dizayn, kiyim xususiyati, loyihalash, funksionallik, aksessuarlar, kundalik kiyimlar, maktab kyimlari, individuallik ФОРМИРОВАНИЕ АССОРТИМЕНТА ОДЕЖДЫ У ДЕВОЧЕК МЛАДШЕГО ВОЗРАСТА Гафурова Н.Т., Xасанова М.E. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. Существует множество видов одежды, и каждая одежда играет свою роль в жизни человека. Одежда выбирается в зависимости от ее структуры, цвета, материала и предназначения. Наш стиль одежды отражает нашу культуру, менталитет, личность и даже наши eмоции. В данной статье рассматривается правильное формирование ассортимента одежды для младших школьников, внимание к стилю, дизайну и функциональности, выбор одежды в зависимости от места, сезона, материала, а также влияние одежды на ребенка и ее роль. Ключевые слова: классификация, силуeт, личность, возраст, пол, сезон, дизайн, характеристики одежды, проектирование, функциональность, аксессуары, повседневная одежда, школьная форма, индивидуальность. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
  17. Технологии текстильной и легкой промышленности FORMATION OF CLOTHING ASSORTMENT FOR YOUNGER GIRLS Gafurova N.T., Khasanova M.E. Bukhara state technical university. Annotation. There are many types of clothing, each playing an important role in a person's life. Clothing is chosen based on its structure, color, fabric, and the intended purpose. Our way of dressing reflects our culture, mentality, personality, and even emotions. This article discusses the importance of forming a proper assortment of clothing for young school-aged children, paying attention to style, design, and functionality, selecting the right clothes based on the occasion, season, and material, as well as the impact of clothing on the child and its role. Keywords: classification, silhouette, personality, age, gender, season, design, clothing characteristics, design process, functionality, accessories, everyday clothing, school uniforms, individuality. Respublikamizda о‘sib kelayotgan yosh avlodning rivojlanishiga katta e’tibor berilmoqda. Chunonchi, bolaning о‘sib rivojlanishi uchun tо‘g‘ri tarbiya va ta’lim olishiga katta imkoniyatlar yaratilgan. Hozirgi kunda ishlab chiqarishda xavfsiz mahsulotlar sonini ko‘paytirish va ular bilan bolalarni ta’minlash muammosi davlatimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Negaki yosh avlodning sog‘ligiga uning kelajakdagi muvaffiqiyatlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini unutmasligimiz kerak. Shu bilan birga kichik yoshidagi bolalar kiyimining о‘ziga xosligi ham muhim rol о‘ynaydi. Bu yoshda bolalar kiyimiga qо‘yiladigan talablar bir muncha о‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Farzandingiz uchun to‘g'ri kiyim tanlash nafaqat uning shaxsiyatini aks ettiradi, balki qulaylik va xavfsizlikni ham ta'minlaydi. Ota-onalar doim farzandlarini atrofdagi dunyoni o‘rganayotganda qulay, xavfsiz va erkin harakatlana olishlarini istaydilar. Bu yerda bolalar uchun funksional kiyimlar muhim rol o‘ynaydi. Funksional kiyimlar bolalarning o‘ziga xos ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning kundalik tajribasini oshiradigan uslub va amaliy xususiyatlarga ustunlik beradi. Funksionallik mahsulotning, mahsulot to‘plamining ishni bajarish qobilyati, mahsulotning maqsadiga muvofiqligi, ya’ni inson hayoti jarayonida muayyan funksiyani bajarish qobiliyati. Kiyimlarni loyihalashda ilm-fan, texnologiya va amaliy san’atning sо‘nggi yutuqlaridan maksimal darajada foydalanish kerak, loyihalanayotgan buyumlarning yuqori estetik va utilitar xususiyatlarini ta’minlaydigan, shuningdek, etna-milliy iste’molchilar guruhlarining ehtiyojlari va didlariga javob beradigan optimal konstruktiv va kompozitsion yechimlarni tanlash kerak
  18. [1]. Bolalar uchun mo‘ljallangan funksional to‘qimachilik va kiyim-kechak qulaylik, xavfsizlik, salomatlik, farovonlik va kognitiv rivojlanishni o‘z ichiga olgan xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni ta’minlashi, shuningdek, o‘zaro ta’sir va kashfiyotni rivojlantirishi kerak. Ushbu tadqiqot bolalar uchun funksional to‘qimachilik va kiyimlarning ko‘p qirrali tabiatini o‘rganadi. Bu foydalanuvchi haqida har tomonlama bilim va dizayn jarayonida fanlararo yondashuv muhimligini ta’kidlaydi. Turli sohalardagi tajribalarni birlashtirish estetik talablarni qondiradigan va bolalar farovonligini rag‘batlantiradigan kiyim yaratishga xos bo‘lgan qiyinchiliklar va imkoniyatlarni yaxlit tushunishga yordam beradi. Funksional kiyimlar bo‘yicha mavjud tadqiqotlarni o‘rganish va bolalar kiyimlari bozorini tahlil qilish orqali ushbu tadqiqot o‘rganilayotgan materiallar va texnologiyalarni bolalar modasida amaliy qo‘llash, innovatsion va maqsadli yechimlarni yaratish muhimligini ta’kidlaydi. Ushbu sa’y-harakatlar ko‘p tarmoqli guruhlar bilan ishlashni va dizayn jarayonining barcha bosqichlarida dizaynerlarning funksional materiallar bo‘yicha yangilangan bilimlarini qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot dizaynerning dizayn jarayonining boshidanoq funksionallikni birlashtirish uchun zarur bo‘lgan muhim bilimlarni ifodalashdagi mas’uliyatini ta’kidlaydi. Funksional kiyimlar tanlash orqali, ota-onalar farzandlarining qulay, o‘ziga ishongan va kundalik mashg‘ulotlarida, xoh maktabda, xoh o‘yin maydonchasida, xoh ochiq havoda sayr qilishda to‘liq qatnasha olishini ta’minlashi mumkin. Ushbu amaliy kiyimlar, shuningdek, garderobni almashtirish va keraksiz kiyimlar chastotasini kamaytirishga yordam beradi, band oilalar uchun vaqt va qiyinchiliklarni tejaydi. To‘g‘ri funksional kiyimni tanlashda uning yoshi, faollik darajasi va shaxsiy imtiyozlarini hisobga oling. Yuqori sifatli, maqsadga muvofiq bolalar kiyimlariga ixtisoslashgan taniqli brendlarni qidiring. Kiyim to‘g‘ri funksional qismlarga ega bo‘lsa, bola kiyimlari bilan cheklanmasdan, “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
  19. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари o‘rganish, o‘sish va zavqlanishga e’tibor qaratishi mumkin. Iste’molchilarning salomatlik va farovonlikka bo‘lgan ahamiyati ortib borayotganini hisobga olgan holda, funksional kiyim dizayni konsepsiyasi e’tiborni jalb qila boshladi, garchi u hali ham keng ko‘lamli tadqiqotlarni talab qilsa ham. Kiyim assortimentini o‘rganishda bunday yondashuv estetika va asosiy xavfsizlik masalalaridan ustun bo‘lib, kiyimning bir nechta maqsadlarga xizmat qilish qobiliyatini birinchi o‘ringa qo‘yadi va shu bilan uning umumiy foydaliligini oshiradi
  20. [1]. Biroq assortimentni rejalashtirishning an’anviy usullari va zamonaviy sharoitlarida talab qilinadigan tadqiqotlar kerakli natijalarga olib kelmaydi. Shuning uchun assortimentni kompleksli shakllantirish, optimallashtirish va prognozlashtirishning yangi yо‘llarini qо‘llash kerak, bunda standartlashtirish va aholining ma’lum sektorining kiyimga bо‘lgan ehtiyojini qondirishda kompleksli yondashuv muhim ahamiyatga ega bо‘lishi kerak
  21. [2]. Mahsulotlar assortimentini boshqarish jarayonida firmalar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradilar: - vaqti-vaqti bilan mavjud assortimentning tekshiruvini o‘tkazish, tovar va ishlab chiqarish texnologiyasidagi dizayn o‘zgarishlari, shuningdek, mahsulot assortimentiga yangi mahsulotlarni qo‘shish va ayrim tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; - tashqi omillar ta’sirini doimiy ravishda kuzatib borish, bozorning ayrim segmentlarida ma’lum tovarlarga bo‘lgan talabning kamayishi va ortishi, raqobatchilarning mahsulot taklifidagi o‘zgarishlar, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va boshqalar; - kompaniyaning bozordagi ehtiyojlari va mavqeyidan kelib chiqqan holda tovarlar va ularni iste’mol qilish jarayonlarini texnik tadqiq qilish; - Mavjud diapazondan tovarlardan foydalanishni tashkil etish va mijozlarning o‘ziga xos ehtiyojlarini baholashda yordam berish uchun mijozlarga tegishli xizmat ko‘rsatish; - yangi bozor mahsulotini baholash, yaratish va taklif qilish hamda unga boʻlgan talabni yanada ragʻbatlantirishda talabni shakllantirish boʻyicha saʼy-harakatlarning zaruriy faollashuvini taʼminlash; - yangi mahsulotlar uchun gʻoyalarni maqsadli izlash; - yangi mahsulotni ishlab chiqishning butun jarayoni davomida harakatlarni muvofiqlashtirish va harakatlarning maksimal samaradorligini ta’minlash. Korxonalarida assortimentni shakllantirishda quyidagilar qo‘llaniladi: jins va yoshga bo‘linish kabi xususiyatlarni hisobga olinadi va uning doirasida - maqsadi, turi, navi, o‘lchami xususiyatlari. Kichik maktab yoshidagi qiz bolalar kiyimlari assortimentining zamonaviy ratsional tuzilmasini shakllantirish yо‘nalishlar bо‘yicha aholining ma’lum sektorining kiyimga bо‘lgan ehtiyojini qondirish bо‘yicha tadqiqotlarning natijalari asosida amalga oshiriladi: -kiyimlarning mо‘ljallanish belgilariga qarab yoki uning quyidagi turlari asosida iste’molchini segmentlash: mavsumiylik, assortimenti, ekspluatatsiya sharoitlari, jins-yosh yoki tо‘lalik xususiyatlari, xomashyo va material turlari, potensial iste’molchilarning ijtimoiy va daromad holati; -har bir ajratilgan bozor segmenti ichida mahsulot asosiy va qо‘shimcha badiiy-konstruktiv xususiyatlari (BKX) kо‘rinishi bо‘yicha iste’mol talablari majmuasini shakillantirish: hajmi, silueti, rangi, naqshi va h.k.lar, maxsus model xususiyatlari, shuningdek, moda iste’molchilarning qarashlari. Bolalarning kiyimi assortimentini shakillantirishda uning tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor berish lozim. Bunday kiyim, avvalo, qulay, gigiyenik, dekorativ, bola mashg‘ulotlariga xalaqit bermaydigan bo‘lishi kerak. Gavdaning yoshga nisbatan o‘zgarish xususiyati kiyim shakli, silueti va uning proporsiyasini aniqlaydi. Modellashtirish nuqtayi nazaridan bolalar kiyimi quyidagi guruhlarga bo‘linadi: yasli, maktabgacha tarbiya, kichik maktab yoshi, o‘rta maktab yoshi va katta yoshlilar. Kiyimlar uchun ishlatiladigan matolar juda xilma-xil: turg‘un va qayishqoq, bir rangli va guldor to‘qilgandir. Polotnoning usuli va rasmi ravshan ko‘rsatilgan bo‘lmasligi kerak. Asosiy rangbaranglini kiyimning o‘zi shakllantiradi, uning tavsifi rangining va uslubining bog'lanishini “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
  22. Технологии текстильной и легкой промышленности ifodalaydi, eng ko‘p uchraydigan kiyim ikki predmetli kiyim hisoblanadi. Qizlar kiyimlarining asosiy siluetlari — to‘g‘ri, tanaga qisman yopishib turadigan va trapetsiya shaklidadir. Ikkala siluetda ham kiyilgan kiyimda bel poyasi bilan ajralib turishi mumkin. Trapetsiya shaklidagi siluet ikki variantda bo‘lishi mumkin: etak qismi kengaytirilgan va yelka qismi kengaytirilgan. Kichik maktab yoshidagi bolalar kiyimi. Bu yoshdagi bolalar gavdasi ixcham bo‘ladi. Maktab boshlanishi bilan bolalarda yangi mashg‘ulotlar va burchlar paydo bo‘ladi. Bolalar kiyimlari brendlaridagi yana bir keng tarqalgan funksionallik bu aks ettiruvchi materiallarni kiritishdir. Cui va boshqalarga ko‘ra [3], bolalar kiyimlarida yorqin rangli mato materiallaridan foydalanish bolalarning e’tiborini jalb qilish va ularning ko‘rinishini oshirish, ular uchun xabardorlik va himoyani kuchaytirishga qaratilgan. Brendlarning kiyimlariga strategik tarzda kiritilgan aks ettiruvchi detallar ushbu himoyani oshiradi va ko‘rinmaslik xavfi yuqori bo‘lgan holatlarda foydalanuvchining ko‘rinishini yaxshilaydi. Bu maqsadda aks ettiruvchi materiallar bilan cheklanib qolmasdan, turli texnologiyalar samarali bo‘lishi mumkin
  23. [4]. Ochiq ranglar, turli xil naqshlar va dekorativ bezaklar, о‘zgacha model va zamonaviy bichim bularning barchasi bolalar uchun muhim. Bugungi kunda turli xil zamonaviy dо‘konlar bolalar uchun zamonaviy kiyimlarni taqdim etib keladilar. Mazkur kiyim dо‘konlari tomonidan taqdim qilinayotgan assortimentlar katta bо‘lib bolalar kostyumlarini turli xil fason va rangi bо‘yicha tanlashlari mumkindir. Bolalar uchun tanlangan zamonaviy kiyim ularning ichki hissiyotlarini ifodalaydi. Faqat keyingina qulaylik va funksionallik tо‘g‘risida fikrlashi mumkin. Bunday holatda, ota-ona farzandiga kiyim tanlashida о‘ziga imkon berishi kerakmi? Bu ikki holatda ham me’yor tanlanishi kerakdir, ya’ni ota-ona о‘z fikrini butunlay farzandiga о‘tkazmasligi, ammo bir vaqtning о‘zida tо‘g‘ri yо‘naltira olishi ham lozimdir. Kichik maktab yoshidagi bolalar kiyimlari qulay va hududning iqlim sharoitlariga mos tarzda tanlanishi lozim. Bolalar kiyimi garderobidagi kiyimlarni ishlab chiqishda, albatta, О‘zbekiston hududining iqlimiy jihatlarini о‘rganish muhim. Buning uchun dizaynerlar har bir mavsumga mos bо‘lgan kiyimlar turini ishlab chiqish, odam tanasi erkin nafas oladigan, ya’ni havo о‘tkazuvchi matolarni ishlab chiqarish va ular asosida yangidan yangi zamonaviy liboslar loyihalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bо‘ladi. Bunday holatlarda kiyimlarni transformatsiya qilish yо‘li bilan liboslar gaderobini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Kichik maktab yoshidagi bolalar kiyimlari deganda 7-11 yoshli bolalar kiyadigan kiyimlar tushuniladi. Uslub, asosan, erkin bo‘lishi kerak va biroz elastik bo‘lishi mumkin. Ranglar bir vaqtning o‘zida kontrast tonlarda bo‘lishi lozim. Bolalar kiyimining uslubi xilma-xil bo‘lib, bolaning shaxsiyatiga qarab tanlanishi kerak. Bolalar kiyimlarini yana uchta toifaga bo‘lish mumkin: bolalar kiyimlari, o‘rta bolalar kiyimlari va katta bolalar kiyimlari. Kichik maktab yoshidagi qiz bolalar kiyimi assortimenti – bu, ota-onalar va tarbiyachilar uchun juda muhim bо‘lgan, bolalarning qulayligi, xavfsizligi, va estetik kо‘rinishi birlashtirilgan kiyim turlarini о‘z ichiga oladi. Bolalar kiyimi tanlashda bir nechta omillarni hisobga olish zarur: material sifati, dizayn va ranglar, hamda kiyimlarning funksionalligi va qulayligi.
  24. 1. Kiyim materiallari – kichik yoshdagi bolalar uchun kiyim tanlashda eng birinchi navbatda e’tibor qaratiladigan narsa – materialning sifatidir. Bolalar terisi juda nozik va sezgir bо‘lgani uchun kiyimlar tabiiy, nafas oladigan materiallardan, masalan, paxtadan va boshqa tabiiy tolalaridan tayyorlangan bо‘lishi kerak. Shu bilan birga, kiyimlarda kimyoviy bо‘yoqlardan foydalanishdan saqlanish kerak, chunki bu teri toshmalariga sabab bо‘lishi mumkin.
  25. 2. Kiyim bezagi va ranglari – bolalar kiyimlarida ranglar va dizaynlar katta ahamiyatga ega. Bolalar tabiatan rang-baranglikni yaxshi kо‘rishadi, shuning uchun kiyimlarda jonli ranglar – masalan, pushti, moviy, tо‘q sariq, yashil kabi ranglar qо‘llaniladi. Shuningdek, sevimli multfilm qahramonlari yoki gullar, hayvonlar, kichik sо‘ngichlar kabi о‘ziga xos bezaklar ham kо‘p uchraydi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
  26. Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари
  27. 3. Funksionallik va quvvatli tashqi kо‘rinish – bolalar uchun kiyimlar nafaqat estetik jihatdan chiroyli bо‘lishi kerak, balki ular qulay va harakatga tо‘liq mos bо‘lishi ham zarur. Bolalar kо‘pincha kо‘p harakat qiladilar, yuguradilar, sakraydilar, shuning uchun kiyimlar mustahkam va elastik bо‘lishi kerak. Bunday kiyimlar bolalarga qulay harakatlanishga imkon beradi va ular uzilgan yoki tugmachasi yechilgan kiyim bilan bezovta bо‘lmasdan faoliyatda bо‘lishadi.
  28. 4. Maktabga yaroqli kiyimlar – maktab kiyimlari bо‘yicha talablar ham о‘ziga xos. Kichik maktab yoshidagi qizlar uchun kiyimlar, asosan, uning qulayligi va zamonaviyligi nuqtayi nazaridan tanlanadi. Oddiy kо‘ylaklar, yubkalar, pantalonlar, jinsi shimlar va futbolkalar maktabda kiyish uchun mos bо‘ladi. Shuningdek, qishki mavsumda bolalar uchun iliq, lekin yengil qishda ham noqulay bо‘lmaydigan kiyimlar palto, kurtka va yostiqli botinkalar ham zarur.
  29. 5. Kiyimlar uchun qо‘shimcha aksesuarlar – kiyimni tо‘ldiruvchi aksessuarlar ham bolalar kiyim assortimenti tarkibiga kiradi. Masalan, tasma, qо‘lqop, sharf va bosh kiyimlar kabi aksessuarlar bolalarning kiyimiga rang-baranglik qо‘shadi va shuningdek, sovuq havoda ularning himoyasini ta’minlaydi.
  30. 6. Brendlar va sifat – yaxshi brendlar bolalar kiyimlarini ishlab chiqarishda yuqori sifatli materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda maxsus dizaynlar yaratadilar. Bunday kiyimlar bolalar uchun nafaqat qulay, balki uzoq muddat davomida foydalanishga yaroqli bо‘ladi. Kichik maktab yoshidagi qiz bolalar kiyimlari assortimentining zamonaviy ratsional tuzilmasini shakllantirish uchun uni bir necha asosiy kategoriyalarga bо‘lish mumkin. Shunday qilib, kiyimlar turlari, mavsumga muvofiqlik va qо‘shimcha xususiyatlarga qarab umumiy tuzilma yaratiladi. Kiyimlar assortimenti murakkab texnik obyektdir. Ishlab chiqarilgan kiyimlar assortimenti doimo bozorning haqiqiy holatiga qaratilishi kerak. Assortiment tuzilmasini prognoz qilish mahsulot talabi va unga bo‘lgan taklif o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. Bolalar kiyimlari bolaning fiziologik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashi, psixologiyasini, gigiyena talablarini hisobga olgan holda loyihalashtirish kerak. Ular birinchi navbatda qulay va chiroyli bo‘lishi kerak, chunki aynan bolalik davrida shaxsiyatning estetik tasavvurlari shakllanadi. Katta yoshdagilardan farqli o‘laroq, bolalar kiyimlarining shakli moda tendensiyalaridan kamroq ta'sirlanadi, ayniqsa, kichik yosh guruhlarida. Kiyimlarning silueti va proporsiyalari ko‘p jihatdan yoshga qarab tananing proporsiyalaridagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi, moda tendensiyalari, “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 253