Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Trikotaj asosli mo’yna buyumlariga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalari va istiqbollari

TEMIROVA G.I., SHODMONOVA M.S.

Выпуск
3-son
Страницы
269–272
Опубликовано
02.06.2025
Просмотры
6 6

Аннотации

В данной статье рассматриваются способы обработки трикотажных изделий из шерсти и пути их совершенствования. В статье в первую очередь описывается выбор сырья, как для трикотажа, так и для шерсти, а также основные eтапы производственного процесса на основе eтих материалов. Кроме того, рассматриваются возможности совершенствования качества трикотажных изделий из шерсти с использованием инновационных технологий, eкологически чистых материалов и автоматизации производственного процесса.

Содержание статьи

“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 267 Технологии текстильной и легкой промышленности turli matolardan ancha ustun. Erkaklar bosh kiyimlari o‘ziga xos qadimiy xususiyati bilan ajralib turadi. Ushbu bosh kiyimlarda turkman xalqi an’analari saqlanib qolgan. Turkman erkaklari ham aksariyat O‘rta Osiyo xalqlari kabi, birdaniga ustma-ust ikki xil bosh kiyim. ichki-mayin do‘ppi, bir necha qavat matodan tikilgan, shakli har xil va turli shakldagi ustki-mo‘ynali telpak kiygan. Erkaklarning ichki bosh kiyimi dumaloq, konussimon shaklda bo‘lgan. Har xil turkman xalqlari yashagan joyiga qarab, bosh kiyimlar ham turlicha nomlangan: taxya yoki tayxa, borik, va h.k. Ayollar duxoba yoki parchadan tikilgan, astariga mo‘yna tikilgan, erkaklarnikidek dumaloq shapkalami kiyar edilar. Oddiy ayollarning shapkalari oddiy matodan qilingan. Shapkalardan tashqari yopinchiqlar, ro‘mollarning ko‘pgina turlari bo‘lib, ular boshda toj, halqa, qalpoq bilan ushlab turilgan. Shuba (po‘stin) - rus kishilarning issiq ustki kiyimining yana bir ajoyib turidir. Bu aynan ruslaming kashfiyoti. Shuba kiyimning keng tarqalgan sevimli turi edi Uni hamma ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar kiygan. Zodagonlarning shubalari qimmat mo‘ynalardan tikilib, qimmatbaho import matolar bilan qoplangan. Shuba yergacha uzunlikdagi pastga qarab kengaygan, tirsaklardan boshlab old tarafda qo‘l uchun kesikli uzun yenglari bo‘lgan kiyimdir. Shuba uzun qayiriladigan yengli va qo‘1 uchun kesiklari bo‘lgan uzun kiyim edi. Uning ancha uzun oddiy yengi ham bo‘lishi mumkin. Bu holda ular qo‘lda mayda bo‘laklar tarzida yig‘ilgan. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlarini ishlab chiqarish - zamonaviy moda va sanoatdagi eng murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan sohalardan biridir. Mo‘yna o‘zining tabiiy issiqlik saqlovchanligi va bardoshliligi bilan tahsinga sazovor bo‘lsa, trikotajning elastiklik qobiliyati har ikki materialni mukammal birlashtirish imkoniyatini yaratadi. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlarining ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, nafaqat ularning sifatini, balki ekologik jihatlarini ham yaxshilashga yordam beradi. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlariga ishlov berish jarayoni bir nechta bosqichlardan iborat bo‘lib, har biri o‘zining maxsus texnologiyalari va talablariga egadir. Trikotaj matolar, asosan, iplar yordamida to‘qilgan va elastik xususiyatga ega bo‘lib, bu ularga nafaqat qulaylik, balki o‘ziga xos shakl va dizayn yaratishda imkoniyatlar beradi. Bunda nafaqat estetik jihatlar, balki funksional talablarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlari, ayniqsa, qishki kolleksiyalar va kundalik kiyimlar orasida keng tarqalgan bo‘lib. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlarni loyihalashda quyidagi asosiy bosqichlar mavjud: Dizayn konseptsiyasini yaratish – ma’lumotlar to‘plash: moda trendlarini o‘rganish, turli xil mo‘yna buyumlarini kuzatish va mavjud bozorni tahlil qilish. Maqsadli auditoriyani belgilash: kim uchun mo‘yna buyumlari yaratiladi (yoshlar, kattalar, sportchilar va h.k.). Dizaynning funksional talablarini belgilash: buyum nafaqat chiroyli, balki qulay, issiq va moslashuvchan bo‘lishi kerak. Birinchi navbatda xom-ashyo tanlay bilish darkor. Trikotaj va mo‘yna mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatiga katta e’tibor qaratish zarur. To‘g‘ri tanlangan materiallar mahsulotning sifatini oshirishda katta rol o‘ynaydi. Bular quyidagi materiallardir: Tabiiy mo‘yna - moʻynali hayvonlar terisi hisoblanadi. Suvsar, oq sichqon, sassiqkoʻzan, tulki, tovushqon, qunduz, yumronqoziq va boshqa moʻynasi yengil sanoatning turli tarmoqlarida qadrlanadi. Yovvoyi hayvonlarning mo‘ynalari trikotaj bilan birlashtirilganda yuqori darajada issiqlik saqlovchi va o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini ta’minlaydi. Sun’iy mo‘yna - bu tabiiy hayvonlarning mo‘ynasiga taqlid qiluvchi sun’iy materialdir. Hunarmandchilik mo‘ynasi o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, aksessuarlar va bezak buyumlari kabi turli xil mahsulotlarni yaratish uchun ishlatiladi.Akril, polyamid va poliesterdan tayyorlangan mo‘ynalar trikotaj bilan ishlov berishning yanada arzon va moslashuvchan variantlarini taqdim etadi. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlarni loyihalash – bu moda dizayni va tekstil sanoatining o‘ziga xos sohalaridan biri bo‘lib, u yumshoq va elastik trikotaj matolarni ishlatib, har xil mo‘yna, ko‘ylak, yubka, sharf, qo‘lqop kabi buyumlarni yaratishga qaratilgan. Trikotaj matolar, asosan, iplar yordamida to‘qilgan va elastik xususiyatga ega bo‘lib, bu ularga nafaqat qulaylik, balki o‘ziga xos shakl va dizayn yaratishda imkoniyatlar beradi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 268 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари a) b) 1-rasm. a) tabiiy mo‘yna, b) sun’iy mo‘yna Mo‘yna buyumlariga ishlov berish texnologiyalari ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish va sifatni yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlarining muvaffaqiyatli dizaynida material tanlash katta ahamiyatga ega. Trikotaj matolar odatda elastik va yumshoq bo‘lib, ular turli xomashyolar – jun, paxta, akril va sun'iy mo‘ynalar bilan birlashtirilishi mumkin. Trikotajning elastik xususiyati buyumning shaklini yaxshi saqlash va qulay kiyinishni ta'minlaydi. Shuningdek, sun'iy yoki haqiqiy mo‘yna materiallarini trikotaj mato ustiga qo‘shish orqali ko‘rkam va ishonchli mo‘yna buyumlari yaratish mumkin. Yangi texnologiyalar, masalan, raqamli mato dizayni va kompyuter yordamida mato to‘qish, dizaynerlarga yanada murakkab naqshlar va strukturaviy o‘zgarishlarni yaratishga imkon beradi. Bugungi kunda ekologik jihatlar ishlab chiqarish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy va sun'iy materiallarning birgalikda ishlatilishi, shuningdek, materiallarning qayta ishlanishi va atrofmuhitga ta'siri masalalari ko‘rib chiqiladi. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlarini ishlab chiqarishda ekologik yondashuvni yaxshilash, materiallar va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish zarur. Charmdan tikilgan kiyimlar ko‘pincha yuqori qadrlanadi, chunki ular o‘zining tabiiy go‘zalligi va uzun muddatga xizmat qilish qobiliyati bilan tahsinga sazovor. Biroq, charmning hayvonlardan olingan turlari etika va ekologik jihatdan ba'zi bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin, shuning uchun zamonaviy modada sun'iy charm variantlari ham keng qo‘llaniladi. Materiallar va texnologiyalar. Nanotexnologiyalar - mo‘ynaning yuzasiga nanomateriallar qo‘llash mo‘ynaning ifloslanishini kamaytiradi va uzoq muddat xizmat qilish imkonini beradi. Termal ishlov berish - mo‘ynaning elastikligini oshirish uchun harorat ta’sirida ishlov berish texnologiyalari qo‘llanadi. Zamonaviy texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi: Ekologik yondashuvlar - ekologik toza materiallar va bo‘yoqlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni yanada barqaror qiladi. Masalan, ekologik toza trikotaj va tabiiy mo‘yna birlashmasi yordamida mo‘yna va trikotajning ekologik tozaligi ta’minlanadi. Avtomatizatsiya va dastgohlar, trikotaj asosli mo‘yna buyumlarining ishlab chiqarilishini avtomatlashtirish texnologiyalari ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Zamonaviy kompyuterlashtirilgan dastgohlar yordamida mo‘yna va trikotajni aniq va tez ishlab chiqarish mumkin. Xulosa. Trikotaj asosli mo‘yna buyumlarini ishlab chiqarish sohasida ishlov berish texnologiyalarining takomillashtirilishi va yangi innovatsion yondashuvlarning joriy etilishi ishlab chiqarish sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Yangi texnologiyalar, ekologik toza materiallar va avtomatlashtirilgan jarayonlar trikotaj asosli mo‘yna buyumlarining sifatini oshiradi va bozorda raqobatbardoshligini ta’minlaydi

Литература (11)

  1. 1. Saidov, A.A. (2020). Mo‘yna sanoatida innovatsiyalar va ekologik yondashuvlar. Toshkent: "Yoshlar" nashriyoti.
  2. 2. Bazarov, M.K. (2021). Moda sanoati va trikotaj buyumlari. Toshkent: O‘zbekiston Texnika Universiteti nashriyoti. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
  3. Технологии текстильной и легкой промышленности
  4. 3. Nazarov, D.K. (2022). Yengil sanoatdagi mo‘yna va trikotaj materiallari. Tashkent: "Innovatsion texnologiyalar" nashriyoti.
  5. 4. Akhmedov, O.M. (2020). Sun'iy va tabiiy mo‘ynalar: Texnologik ishlov berish va ekologik muammolar. Toshkent: "Ta’lim va ilm-fan" nashriyoti.
  6. 5. Abduvaxidov, A.A. (2021). Mo‘yna sanoatidagi yangi materiallar va ularning ishlov berilishi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.
  7. 6. Alimov, E.A. (2020). Fur Fashion and Sustainable Textile Production in Uzbekistan. Journal of Textile Science and Innovation, 15(4), 103-109.
  8. 7. Ismailov, T.K. (2021). Trikotaj va mo‘ynaning ekologik barqarorligi: Muammolar va echimlar. Toshkent: "Innovatsion texnologiyalar" nashriyoti.
  9. 8. Bojiyov, S.F. (2020). Moda sanoatida ekologik toza materiallar: Trikotaj va mo‘yna. Toshkent: "Zamonaviy texnologiyalar" nashriyoti.
  10. 9. Tursunov, B.T. (2022). Fur Products in Modern Uzbek Fashion Industry: Trends and Perspectives. International Journal of Fashion and Design, 11(3), 55-60.
  11. 10. Abdullayev, D.M. (2021). Trikotaj va mo‘yna sanoatida yangi texnologiyalar va ularning samaradorligi. Toshkent: "Iqtisodiyot va sanoat" nashriyoti. ПАХТА БЎЛАКЧАЛАРИНИ ҲАР БИР ҚОЗИҚЧАЛИ БАРАБАНДАГИ ҲАРАКАТИНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ Пардаев Б.Ч., Джамолов Р.К., Росулов Р.Х., Каримова Г.Т. Тошкент тўқимачилик ва енгил саноат инстиути. Аннотация. Мақолада пахтани майда ифлосликлардан тозалашнинг самарасини ошириш учун ишлаб чиқилган қозиқли барабанда пахта бўлакларининг ҳаракатини назарий тахлиллари келтирилган бўлиб, тахлиллар натижасидан олинган тебранма кўринишдаги графиклардан аниқландики барабан қозиқчаларидан ташқари унинг қобиғининг кўп қиррали eканлигидан пахта бўлакчасига таъсири ортиши натижасида майда ифлосликлардан тозалаш самарадорли оширилади. Калит сўзлар: қозиқли барабан, қобиқлари, тозалаш самараси, ифлосликлар, тебраниши, майда аралашмалар. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ДВИЖЕНИЯ ПУШИСТЫХ КУСКОВ ХЛОПКА В КАЖДОМ БАРАБАНЕ Пардаев Б.Ч., Джамолов Р.К., Росулов Р.Х., Каримова Г.Т. Ташкентский институт текстильной и легкой промышленности. Аннотация. Для того, чтобы предотвратить самопроизвольное выпадение хлопка из шейки бедра, необходимо, чтобы в барабане бедра не образовывались зазубрины, а образовывались зазубрины, в результате чего барабан бедра становится более плотным, а барабан бедра-более плотным.в результате воздействия ультрафиолетовых лучей на клетки кожи, образующиеся в результате воздействия ультрафиолетовых лучей на ткани, образуются новые клетки. Ключевые слова: барабан с ворсом, оболочки, очищающий eффект, примеси, вибрация, мелкие примеси. THEORETICAL BASIS OF THE MOVEMENT OF FLUFFY PIECES OF COTTON IN EACH DRUM Pardaev B.Ch., Djamolov R.K., Rosulov R.Kh., Karimova G.T. Tashkent institute of textile and light industry. Abstract. In order to prevent spontaneous loss of cotton from the femoral neck, it is necessary that the femoral drum does not form nicks, but nicks are formed, as a result of which the femoral drum becomes more dense, and the femoral drum becomes more dense.as a result of the effect of ultraviolet rays on skin cells, formed as a result of the action of ultraviolet rays on tissues, new cells are formed. Key words: lint drum, shells, cleaning effect, impurities, vibration, small impurities. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 270