Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Ustki trikotaj mahsulotlari uchun xomashyo sarfi kamaytirilgan aralash trikotaj to‘qimalarning samarali tuzilishlarini ishlab chiqish

KARIMOVA N.H.

Выпуск
3-son
Страницы
295–298
Опубликовано
02.06.2025
Просмотры
1 6

Аннотации

Данная научная статья посвящена разработке eффективных структур смесовых трикотажных полотен с пониженным расходом сырья для наружных трикотажных изделий. В ходе исследования были проанализированы физико-механические свойства трикотажных полотен, а также изучены инновационные смеси волокон и технологии ткачества, позволяющие eкономить сырье. Изучены eластичность, прочность и терморегуляционные свойства разработанных образцов тканей. Результаты показали возможности повышения качества трикотажных изделий, снижения затрат на производство и обеспечения eкологической устойчивости.

Содержание статьи

Kirish. Zamonaviy to‘qimachilik sanoati rivojlanishi bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilish va resurslarni tejash masalalari tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Trikotaj mahsulotlari, ayniqsa ustki kiyimlar, kundalik hayotning ajralmas qismi bo‘lib, ularga bo‘lgan talab doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Biroq, trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida xomashyo sarfining yuqori bo‘lishi, shuningdek, ishlab chiqarishning atrof-muhitga salbiy ta’siri jiddiy muammolardan biridir. Aralash trikotaj to‘qimalari trikotaj sanoatida iqtisodiy samaradorlik va sifatni oshirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Turli xil tabiiy va sintetik tolalarni aralashtirish orqali xomashyo sarfini kamaytirish, mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish mumkin. Bunday sharoitda trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish, shu bilan birga mahsulotlarning sifatini saqlab qolish yoki yaxshilash bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish zarurati paydo bo‘ldi. Aralash trikotaj to‘qimalardan foydalanish bu yo‘lda samarali yechimlardan biri bo‘lib, u orqali turli xil “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 293 Технологии текстильной и легкой промышленности tolalarning afzalliklarini birlashtirib, eng yuqori sifatli va kam xomashyo talab qiladigan mahsulotlar yaratish mumkin. Masalan, poliester, laykra va paxta aralashmalari yordamida mustahkam, yengil va uzoq muddatli xizmat qiladigan to‘qimalar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ustki trikotaj mahsulotlari uchun xomashyo sarfini kamaytirishga qaratilgan aralash trikotaj to‘qimalarning samarali tuzilishlarini ishlab chiqish va ularning fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot natijalari orqali trikotaj sanoatida resurslarni tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish va mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida yangi yechimlar taklif etish mumkin.Ustki trikotaj mahsulotlari kiyim sanoatida muhim o‘ringa ega bo‘lib aralash trikotaj to‘qimalar esa mahsulotlarning sifatini va funksionalligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqolada aralash trikotaj to‘qimalarning samarali tuzilishlarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Ustki trikotaj mahsulotlari kiyim-kechak sanoatida keng qo‘llaniladi va qulayligi, o‘ziga xos dizayni bilan iste’molchilar orasida yuqori talabga ega bo‘lib hisoblanadi. Zamonaviy to‘qimachilik sanoati aralash trikotaj to‘qimalaridan foydalangan holda, nafaqat qulaylikni balki mahsulotning sifatini oshirish imkoniyatini ham beradi. Bunda turli tolalarning birikmasi orqali cho‘ziluvchanlik, havo o‘tkazuvchanlik va mustahkamlik kabi fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilash mumkin. Shu bilan birga, xomashyo sarfini kamaytirish va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish muammosi hanuzgacha dolzarbligini saqlab qolmoqda. Bu esa nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshirish, balki ekologik ta’siri uchun ham muhimdir. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ustki trikotaj mahsulotlari uchun mo‘ljallangan xomashyo sarfi kamaytirilgan aralash trikotaj to‘qimalarning samarali tuzilishlarini ishlab chiqish bo‘lib, aralash trikotaj to‘qimalarda xomashyo sarfini kamaytirish uchun optimal tuzilishlarni ishlab chiqish va ularning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda инновациon yechimlar yaratishdan iboratdir. Asosiy qism. Ustki trikotaj mahsulotlari zamonaviy to‘qimachilik sanoatida asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Uning yuqori qulayligi, tashqi ko‘rinishining jozibaliligi va funksionalligi sababli kundalik kiyimlar, sport kiyimlari, ich kiyimlar va paypoqlar uchun keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga, iste’molchilar talablarining ortishi va moda tendensiyalarining teztez o‘zgarishi yangi materiallar va texnologiyalarni ishlab chiqishni talab qilmoqda. So‘nggi yillarda to‘qimachilik sanoatida aralash trikotaj to‘qimalarning o‘rni yanada ortmoqda. Bir nechta turdagi tolalarning kombinatsiyasi orqali mahsulotning sifatini oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, misol tariqasida aytadigan bo‘lsak tabiiy paxta tolalari va sun’iy polyester iplarining aralashmasi kiyimning yumshoqligi va chidamliligini yanada oshiradi. Laykra tolasi bilan qo‘shib to‘qilganda esa to‘qimaga cho‘ziluvchanlik va egiluvchanlik xususiyatlarini beradi. Aralash to‘qimalar toza tabiiy yoki toza sintetik tolalarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib tabiiy tolalarning yumshoqligi va sintetik tolalarning mustahkamligi kombinatsiya qilinadi, laykra yoki polyester qo‘shilishi matoning deformatsiyasiga qarshiligini oshiradi hamda sintetik tolalar tez qurish xususiyatiga ega bo‘lsa, tabiiy tolalar namlikni yaxshi yutadi. Trikotaj mahsulotlarida xomashyo sarfini kamaytirish muhim texnologik yangilik hisoblanadi. Aralash to‘qimalar bu borada samarali yechim sifatida quyidagi natijalarni beradi: - O‘zaro mos keluvchi tolalar aralashmasi ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishga imkon beradi, bu esa ortiqcha material sarfini kamaytiradi. - Nozik va yengil trikotaj tuzilmalari yaratish orqali material zichligini pasaytirish va shu bilan kamroq toladan foydalanish mumkin. - Ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish – tabiiy tolalar narxi yuqori bo‘lganligi sababli, aralash to‘qimalar orqali ekonomik samaradorlikka erishish mumkin. Aralash trikotaj to‘qimalarning fizik-mexanik xususiyatlarini o‘rganishda to‘qimaning cho‘ziluvchanligi, havo o‘tkazuvchanligi, namlikni yutish qobiliyati va mustahkamligi tahlil qilinadi. Yangi tuzilishlarni tajriba sinovlar orqali amalga oshirib ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini yaratadi. Aralash trikotaj to‘qimalar uchun xomashyo sarfini kamaytirish “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 294 Тўқимачилик ва енгил саноат технологиялари maqsadida yangicha tuzilish va o‘rilishlar hamda texnologiyalarni taklif etadi. Yangi ishlab chiqilgan tuzilishlarning sanoatga joriy etilishi orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ekologik ta’sirni kamaytirishga erishish mumkin. Mazkur natijalar trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga sifatli, arzon va ekologik toza mahsulotlar yaratishda yordam beradi. Matoni to‘qish usuli, ip tarkibi va ip o‘rash texnologiyalari trikotaj matoning ekspluatatsion xususiyatlarini aniqlovchi asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi. Aralash trikotaj matolarni ishlab chiqarishda laykra, paxta va polyester aralashmalarining optimal nisbatlarini aniqlash, turli to‘qish usullaridan foydalanish va zamonaviy ip o‘rash texnologiyalarini joriy etish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu xomashyo sarfini kamaytirish bilan birga matoning sifatini oshirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy vazifasi aralash trikotaj matolarining fizik-mexanik xususiyatlari yanada chuqurroq o‘rganish, xomashyo sarfini kamaytirishning ilmiy tomonlama asoslangan usullarini ishlab chiqish, trikotaj to‘qimalarning optimal tuzilishini aniqlash, turli xomashyo aralashmalari bo‘yicha laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va olingan natijalarning amaliy qo‘llanilish imkoniyatlarini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot davomida ishlatilgan xomashyolar va ularning xususiyatlarini tahlil qiladigan bo‘lsak, bunda paxta tolasi yumshoq va ekologik toza bo‘lib gigienik havo o‘tkazuvchan tola bo‘lib hisoblanadi. Ammo uning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud bo‘lib, burishish va defarmatsiyalanish xususiyatiga ko‘proq ega bo‘lib hisoblanadi. Polyester tolasi sintetik tola bo‘lib juda ham chidamli, mustahkam va yuvishga bardoshli ammo namlik yutish qobiliyati esa pastdir. Laykra tolasi juda elastik tola bo‘lib cho‘ziluvchan va shaklini ushlab turadi ammo yuqori haroratga chidamsiz. Viskoza tolasi sun’iy sellyuloza bo‘lib ipakdek yumshoq va ekologik toza xomashyodir biroq ushbu tola suvda zaiflashish xususiyatiga ega. To‘qish jarayonida xomashyo aralashmalari va ularning kombinatsiyalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, 95% paxta tolasi va 5% laykra tolasi qo‘shib to‘qiladigan bo‘lsa kundalik kiyimlar uchun yaxshi elastiklik va qulaylik beradi. 80% polyester va 20% laykra tolasi aralashtirib to‘qilganda sport va faol kiyimlar uchun yanada chidamlilik va elastiklik xususiyatiga ega bo‘ladi. 70% viskoza bilan 30% polyester tolalarini qo‘shib to‘qish natijasida ish kiyimlari va yumshoq matolar uchun optimal moslikka erishish mumkin. Trikotaj to‘qimalarining shakl saqlash xususiyatini oshirish maqsadida uni ishlab chiqarishda sintetik iplardan foydalanish oddiy holat bo‘lib qolgan. Bunga sabab sintetik iplardan ishlab chiqarilgan trikotaj to‘qimalarining shakl saqlash xususiyati juda yuqori bo‘ladi. Ammo uning gigienik xususiyatlari tabiiy xomashyolardan olingan trikotajga nisbatan ancha past. O‘z o‘rnida tabiiy xomashyolardan olingan trikotaj to‘qimalarning shakl saqlash xususiyati talab darajasida bo‘lmaydi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 295 Технологии текстильной и легкой промышленности Fizik-mexanik sinovlar o‘tkazish jarayonida to‘qima matoning maksimal cho‘zilish darajasini, yirtilishga bardoshliligini va yana bir qancha xususiyatlari aniqlandi. Hamda uning gigroskopiklik (namlikni yutish qoboliyati) va havo o‘tkazuvchanligi (nafas oluvchanlik darajasi) ko‘rib chiqildi. Eksperiment natijalariga ko‘ra: Ko‘rsatkich Paxta+Laykra Polyester+Laykra Viskoza+Polyester Cho‘ziluvchanlik (%) 120% 200% 140% Havo o‘tkazuvchanlik 85% 70% 90% Nam yutish Yuqori Past O‘rta Xomashyo sarfi (g/m²) 250 g/m² 200 g/m² 220 g/m² Ishlab chiqarish tannarxi O‘rtacha Eng arzon O‘rtacha Ushbu tadqiqot asosida olingan natijalar trikotaj matolarini ishlab chiqarishda xomashyo sarfini kamaytirish va shu bilan birga sifatli mahsulot olish imkoniyatini beradi. Tadqiqotda qo‘llangan polyester va laykra tolalari aralashmasi va interlok tuzilishi iqtisodiy jihatdan eng samarali kombinatsiya ekanligi aniqlandi. Xulosa. Ushbu tadqiqotda ustki trikotaj mahsulotlari uchun xomashyo sarfi kamaytirilgan aralash trikotaj to‘qimalarning fizik-mexanik xususiyatlari va iqtisodiy samaradorligi o‘rganildi. Ishlab chiqarish jarayonida polyester va laykra tolalari aralshtirib to‘qilganda hamda interlok to‘qima tuzilishidan foydalanish juda ham yaxshi samara beradi. Aralash tolali trikotaj matolar ichida polyester va laykra kombinatsiyasi yuqori cho‘ziluvchanlik, yaxshi mustahkamlik va past tannarx ko‘rsatkichlari bilan ajralib turdi. Ushbu aralashma boshqa xomashyo turlariga nisbatan 20% gacha kam xomashyo talab qiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, interlok to‘qima tuzilishida xomashyo sarfi past va mustahkamligining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu esa xomashyo sarfini kamaytirish orqali ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Ushbu kombinatsiya ayniqsa, sport kiyimlari, futbolkalar va elastik ustki trikotaj mahsulotlari uchun eng maqbul variant bo‘lib hisoblanadi. Bu xomashyo sarfini kamaytirish bilan birga mahsulotning cho‘ziluvchanligi, deformatsiyalarga chidamliligi va mustahkamligi bilan ustunlik qiladi. Sport kiyimlari, futbolkalar, va elastik ustki trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishda yuqori elastiklik va bardoshlilik talab qilinadigan mahsulotlar uchun aynan shu kombinatsiya juda samarali bo‘lib hisoblanadi. Xomashyo tannarxi va iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun ishlab chiqarish korxonalarida ushbu kombinatsiyani tadbiq etish maqsadga muvofiq. Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, bu yondashuv ishlab chiqarish tannarxini 15-20% ga kamaytirishga yordam beradi. Mazkur tadqiqot ustki trikotaj mahsulotlari uchun xomashyo sarfi kamaytirilgan aralash trikotaj to‘qimalarning samarali tuzilishlarini aniqlashga bag‘ishlandi. Mustahkamlik va elastiklik jihatidan polyester va laykra aralashmasi paxta va boshqa tabiiy tolalarga qaraganda bardoshliligi bilan ustunlik qildi. Tadqiqot natijalari ushbu kombinatsiyaning ayniqsa sport kiyimlari, futbolkalar va harakatlanish erkinligi talab qilinadigan ustki trikotaj mahsulotlari uchun mosligini tasdiqladi

Литература (4)

  1. 1. O‘zbekiston Yengil Sanoat Ilmiy-Tadqiqot Instituti. Trikotaj mahsulotlarining xomashyo sarfini kamaytirish bo‘yicha инновациon texnologiyalar // Ilmiy Anjumanlar.uz, 2023.
  2. 2. G.X.Gulyayeva “Trikotajning tuzilishini o‘zgartirish va yuqori kirishimli laykra ipidan foydalanish hisobiga uning gigienik va shakl saqlash xususiyatini yaxshilash”. Avtoreferat. Toshkent-2018.
  3. 3. M.M.Mirxojaev “Aralash trikotaj to‘qimalarining fizik-mexanik xususiyatlari” Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 2, Special Issue 2024.
  4. 4. M.M.Muqimov “Trikotaj texnologiyasi” darslik. Toshkent O‘zbekiston-2015. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 296