Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Barkamol avlod tarbiyasida axborot – kutubxonalarning roli va ahamiyati

MANNONOV Y.O.

Issue
3-son
Pages
333–336
Published
02.06.2025
Views
3 7

Abstracts

Today, educating the younger generation, forming them into all-round mature individuals is one of the main tasks of our state. All the conditions have been created for this. In this regard, the role and importance of information and libraries in the upbringing of a harmonious generation is incomparable. The article will talk about them.

Article Content

“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 331 Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011-2015-yillarda axborot kommunikatsion texnologiyalari bazasida axborot - kutubxona va axborot-resurs xizmatlari sifatini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2011-yil 23 fevraldagi PQ -1487- sonli qarorlari, ayniqsa, “О‘zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati tо‘g‘risida”gi 2011yil 13-apereldagi О‘RQ – 280-sonli Qonunni qabul qilinishi axborot - kutubxona sohasiga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor berilayotganligining yorqin isbotidir [1]. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholiga Axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatish, kitobxonlar savodxonligini oshirish, istiqlol sharoitida erkin fikrlash, ayniqsa, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash mustaqil O‘zbekistonning har bir sohasida samarali mehnat qilish kabi bir qator masalalarni hal etishda axborot kutubxonalarning roli kundan kun ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoevning 2017-yil 12-sentabrdagi PQ 3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 332 Точные и гуманитарно-экономические науки hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq nashriyotlarda kitoblarni chop etish, ulami mazmun-mohiyatiga e‘tibor berish, ayniqsa, darsliklarni, o‘quv qo‘llanmalarni chop etishda alohida e’tiborli bo‘lish, yoshlarga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlarni chop etish tizimini tubdan yaxshilash, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish vazifalari belgilab berildi [1]. Prezidentimizning 2019-yil 7-iyun PQ 4354-sonli ”O‘zbekiston respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2019-2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Konsepsiya barcha axborot-kutubxona muassasalarini samarali muvofiqlashtirish va boshqarish, xalqaro hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Qarorga muvofiq Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Axborot-resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Moliya vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larni ikki foizini ajratish to‘g‘risidagi taklif, Milliy kutubxona bazasida 186 ta tuman (shahar) Axborotkutubxona markazlari tashkil etish kabi bir qator muhim masalalarni amalga oshirish choratadbirlari ishlab chiqildi. Yangi tashkil etiladigan Axborot-kutubxona markazlari asosiy vazifalari aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko‘rsatishda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish, raqamlashtirish tizimga bosqichma-bosqich o‘tish belgilab berildi. Hozirgi kunda 2024-yilga kelib bu Axborot- kutubxona markazlari to‘liq tashkil etilib o‘z faoliyatlarini boshlagan [1] O‘z istiqlol va ravnaqi yo‘liga ega davlatning ulkan vazifalarini hayotga joriy eta oladigan, yangicha fikrlay oladigan, yangi texnologiyalar bilan ishlay biladigan, zamonaviy bilim sohalarini chuqur egallab, samarali faoliyat ko‘rsata oladigan, jahon talabi darajasida malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalash, kamol toptirishda axborotkutubxonalarning o‘rni katta. Axborot-kutubxona va axborot - resurs markazlari o‘quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash jarayonlariga qanchalik faol kirib borsa, yoshlarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, madaniy boyliklarni egallash, ijod qilish asoslarini rivojlantirish uchun shunchalik keng imkoniyatlar yaratiladi. Xulosa qilib aytganda, fan-texnika va ishlab chiqarishning integratsiyasi tufayli misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar ro‘y berdi, industrial jamiyatdan axborot jamiyatiga o‘tildi. Bu jamiyatda axborot texnologiyalari olamni bilish uchun xizmat qiladi. Olimlar ta’biri bilan aytganda, “XXI asr boshlarida axborotlardan foydalanishni bilmagan kishi, XX asr boshida o‘qish va yozishni bilmagan odamga o‘xshab qoladi...” Shu bois yoshlarni axborot manbalaridan xabardor bo‘lishi, ZiyonET ta’lim tarmog‘idan va boshqa internet tarmoqlaridan axborot manbalar olish va foydalanishni, kompyuter tarmoqlari, telekommunikatsiyalar va boshqa turdagi aloqa vositalari yordamida ma’lumotlarni olish, yig‘ish, saqlash va qayta ishlashni bilishi, ulardan ijodiy foydalana olishiga o‘rgatish bugungi kunning talabidir. Bugun taraqqiyot, xususan kommunikatsiya texnologiyalari rivoji imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, ular kelajak avlod ongini zaharlashiga yo‘l qo‘ymaslik dunyo jamoatchiligi e’tiborida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Mamlakatimizda ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagi uchun hech kimdan kam bo‘lmaydigan shart-sharoit yaratish davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridandir. Shu ma’noda mobil telefon orqali kirib kelayotgan har qanday yovuz maqsadlardan farzandlarimizni himoya qilish, telekommunikatsiya imkoniyatlaridan nopok yo‘lda foydalanishning oldini olish dolzarb ahamiyatga ega. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 333 Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар РАСПОЛОЖЕНИЯ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ЗОН НАСЕЛЕННЫХ ПУНКТОВ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ Рабиев Г.Б. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. Проблемы орошения земель сельских населенных пунктов и причины их возникновения, предложения по решению этих проблем, требования и проблемы размещения производственной зоны в сельской местности и предложения по их решению. Ключевые слова: канализационные сети, орошение населенных пунктов, размещение объектов разработки и производства в сельской местности. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 334