Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Yangi ma’naviy makonda kutubxonalarning ijtimoiy vazifalari
Abstracts
Ilmiy maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli yangilanish jarayonlari bilan bog‘liq bо‘lgan dolzarb masalalar qatorida erkin fikrlash, zamonaviy va innovatsion ma’naviy makonni yaratish masalasi alohida ahamiyatga ega ekanligi, jamiyatning ma’naviy borlig‘i shakllarini о‘zicha qamrab olishi, mutolaa madaniyatini shakllantirish zaruriyati masalalari yoritilgan.
В научной статье показано, что свободомыслие, создание современного и инновационного духовного пространства имеет особое значение среди актуальных вопросов, связанных с масштабными процессами обновления, осуществляемыми в нашей стране, и форм духовного существования общества. освещены вопросы необходимости его освещения и формирования культуры чтения.
In the scientific article, among the topical issues related to the large-scale renewal processes ongoing in our country, the issue of free thinking, the creation of a modern and innovative spiritual space, the forms of spiritual existence of society, the need for its coverage and the formation of a reading culture are highlighted.
Article Content
Introduction to Mechanics of Materials”. Part:1,2. 2013, bookboon.com. 160 p, 234 p. 12. H.To‘rayev “Nazariy mexanika”, darslik, “Noshir”, Toshkent-2012. Azizov Baxtiyor Abduvoxidovich – Buxoro davlat texnika universiteti. “Mexanika va muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti Tel.: (+99891) 403-47-37. E-mail: babduvoxidovich@mail.ru Xamroyev Xamza Xamidovich – Buxoro davlat texnika universiteti. “Mexanika va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o’qituvchi Тел.: (+99833) 0257533, E-mail: hamroyev2010@mail.ru YANGI MA’NAVIY MAKONDA KUTUBXONALARNING IJTIMOIY VAZIFALARI Xakimova M.Y. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. Annotatsiya. Ilmiy maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli yangilanish jarayonlari bilan bog‘liq bо‘lgan dolzarb masalalar qatorida erkin fikrlash, zamonaviy va innovatsion ma’naviy makonni yaratish masalasi alohida ahamiyatga ega ekanligi, jamiyatning ma’naviy borlig‘i shakllarini о‘zicha qamrab olishi, mutolaa madaniyatini shakllantirish zaruriyati masalalari yoritilgan. Kalit sо‘zlar: yangi ma’naviy makon, ma’naviyat, qadriyat, an’analar, urf-odatlar, ma’rifatli jamiyat, mutolaa, mutolaa muhiti, mediaehtiyoj, oila muhiti, bolalar mutolaasi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 344
Точные и гуманитарно-экономические науки
СОЦИАЛЬНЫЕ ЗАДАЧИ БИБЛИОТЕК В НОВОМ ДУХОВНОМ ПРОСТРАНСТВЕ
Хакимова М.Ю. Узбекский государственный институт искусств и культуры. Аннотация. В научной статье показано, что свободомыслие, создание современного и инновационного духовного пространства имеет особое значение среди актуальных вопросов, связанных с масштабными процессами обновления, осуществляемыми в нашей стране, и форм духовного существования общества. освещены вопросы необходимости его освещения и формирования культуры чтения. Ключевые слова: новое духовное пространство, духовность, ценности, традиции, обычаи, просвещенное общество, чтение, среда чтения, медиа потребности, семейная среда, детское чтение.
SOCIAL TASKS OF LIBRARIES IN THE NEW SPIRITUAL SPACE
Khakimova M.Y. Uzbek state institute of arts and culture. Annotation. In the scientific article, among the topical issues related to the large-scale renewal processes ongoing in our country, the issue of free thinking, the creation of a modern and innovative spiritual space, the forms of spiritual existence of society, the need for its coverage and the formation of a reading culture are highlighted. Key words: new spiritual space, spirituality, values, traditions, customs, enlightened society, reading, reading environment, media needs, family environment, children's reading.
Yangi О‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish jarayonida jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi talablariga javob bera oladigan, zamonaviy va innovatsion ma’naviy makonni shakllantirish masalasi dolzarb ahamiyatga egadir. Yangi ma’naviy makon nima? degan savolga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning “Yangi О‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” asarida quyidagicha javob berilgan: “Mening nazarimda, u biz orzu qilayotgan Yangi О‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi yaqqol aks etadigan, xalqimiz intilayotgan va el-yurtimiz baxtiyor yashaydigan ma’rifatli jamiyatdir”[1]. Yangi ma’naviy makonni yaratish uchun, birinchidan, hozirgi globallashuv jarayonida ma’naviyat va ma’rifatga, yoshlarning axloqiy tarbiyasiga va bilim olishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ikkinchidan, “ommaviy madaniyat” tarzida kirib kelayotgan turli xavf- hatarlarga qarshi kurashish uchun asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosiga tayangan holda faoliyat kо‘rsatish talab qilinadi. Buning uchun “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatga uzliksiz ma’naviyma’rifiy tarbiya, targibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yо‘nalishlarini va ularni amalda qо‘llash uslublarini ishlab chiqish zarurdir. Yangi ma’naviy makonni yaratishda “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasini amalga oshirishda kо‘pgina ma’daniy-ma’rifiy muassasalar qatorida kutubxona-axborot muassasalari alohida ijtimoiy vazifani amalga oshiradilar. Kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiy vazifalarini aniqlash kutubxonachilik ishi vazifasi va amaliyotidagi asosiy masalalardan biridir. Ushbu masala “Kutubxonalarning ijtimoiy roli”, “Kutubxonalarning ijtimoiy missiyasi” tushunchalari orqali ifodalanib, kutubxonalarning ijtimoiy muassasa sifatida shakllanishiga yordam beradi. Kutubxonaaxborot muassasasi inson faoliyatining bilish, о‘zgartirish, kommunikativ (о‘zaro bog‘lovchilik), badiiy, qadriyat-yо‘naltiruvchilik singari barcha jabhalri bilan bog‘liqdir. Kutubxona-axborot muassalari jamiyatdagi barcha ma’daniy va ma’naviy-ma’rifiy muassasalar bilan о‘zaro aloqadorlikda faoliyat olib boradi. Shunga kо‘ra, kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) muammosi ushbu о‘zaro aloqadorlik tizimida aniqlash zarur bо‘lgan murakkab masalalardan biridir. “Funksiya” tushunchasi sotsiologik ma’noda muayyan ijtimoiy institutning yuqori darajadagi tashkiliy tizim ehtiyojlariga nisbatan bajaradigan vazifasini anglatadi. Kutubxonashunoslik fanlarida “funksiya” tushunchasini yanada aniqlashtirib olish uchun “Kutubxona-axborot muassasasi jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi? “Jamiyat unga qanday majburiyatlarni yuklaydi?”, “Kutubxona-axborot muassasasi jamiyatga qanday vazifalarni amalga oshirishga yordam beradi?” degan savollarga javob berish zarur.
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 345
Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар
Boshqacha aytganda, kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiy vazifasi ularning jamiyat oldidagi majburiyatlari umumlashmasi bо‘lib ijtimoiy institut sifatidagi mohiyatiga mos keladi. Shu bilan birga kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiy funksiyalarini ularning texnologik (ishlab chiqarish) funksiyasi bilan chalkashtirib yubormaslik zarur. Kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiy vazifasi obyektga ta’sir kо‘rsatishi darajasiga kо‘ra ularning ichki chegarasidan tashqaridagi funksiya bо‘lib, jamiyatga bevosita yoki bilvosita ta’sir kо‘rsatadi. Kutubxona-axborot muassasalarining texnologik funksiyasi ta’sir kо‘rsatishiga kо‘ra kutubxonaning ichki faoliyati bо‘lib, uning ma’lum tartibda ish yuritishi va muayyan darajadagi sifatni ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoit bо‘lib xizmat qiladi. Jamiyat axborotlashuvining hozirgi sharoitida kutubxona-axborot muassasalari ijtimoiy vazifalarining asosiy yо‘nalishlarini tо‘g‘ri belgilab olish, ular faoliyatining asosiy mazmunini, yetakchi shakllarini aniq belgilab olish imkonini beradi. Bu faqat sohaviy ahamiyatgagina emas, balki umuminsoniy ahamiyatga ham ega bо‘lib, axborot jamiyat hayoti uchun moddiy manbalar singari muhim ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqiladigan bо‘lsa, kutubxona-axborot muassasalarining jamiyat hayotidagi ijtimoiy vazifalari yanada aniqlashadi. Hozirgi paytda jahon kutubxonashunosligida kutubxona-axborot muassasaslarining ijtimoiy vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjuddir. Dastlabki davrlarda kutubxona-axborot muasasasalarining asosiy vazifasi kitoblar va turli hujjatlarni saqlashdan iborat deb qaralgan. Qadimgi grek tilidagi “bibliotheke” (grekcha-biblionkitob, theke-saqlanadigan joy) kitob saqlanadigan joy – shundan kelib chiqqan. Kitob saqlanadigan joylarning tashkil etilishi aslida kitoblarning va ularni mutolaa qilishning jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqilgan. Insoniyat tomonidan kashf etilgan eng birinchi mо‘jiza – olov, ikkinchi mо‘jiza – g‘ildirak bо‘lsa, uchinchi mо‘jiza – kitobdir. Ushbu uch mо‘jiza yangi taraqqiyot tomon yо‘nalishini tubdan о‘zgartirib yubordi. Buyuk ilohiy va dunyoviy kitoblarda olamdagi oliy uyg‘unlik va mukammallik, ilohiy haqiqatlar, dunyoviy ziddiyatlar va ularning yechimi insonning о‘zligini tanitish, ezgu amallarni targ‘ib qilish, insonlarni tafakkur qilishga chorlash mavjuddir. Kitob inson hayotidagi haqiqiy maslahatchilardan biri, ezgu amallar yо‘lida yо‘lboshchi, insonni tushunadigan hamdard, ruhiy-ma’naviy quvvat beruvchi manbadir. Yaxshi kitiob – siyosat, iqtisod, sarmoya, martaba, shuhrat, turli shart-sharoit va imkoniyatlarning hammasidan ustundir. Yaxshi kitob – donolar va mutafakkirlar bilan ma’naviy muloqotga kirishish, о‘z-о‘ziga hisob berish, о‘zligini anglash, xatti-harakatini tahlil qilish, qayta baholash, fikrning tiniqlashishiga yordam beradi. Har bir davrning asl ma’naviy qiyofasi о‘sha davrda yaratilgan eng zо‘r badiiy asarlarda о‘z ifodasini topadi. Jumladan, Dante, Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Shekspir, Chо‘lpon, Oybek, Chingiz Aytmatov, Abdullo Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parfi asarlari о‘z davrida haqiqat va adolatni yoritib bergan asarlardir. Yaxshi kitoblar hamma davrlarning kо‘zgusi va ilk islohotchisidir. Shuning uchun ham “Kitob – soqov о‘qituvchi” (Platon), “Dunyoda yaxshi kitoblar kо‘p, lekin u kitoblar, ularni о‘qiy oladiganlar uchungina yaxshi” (D.I.Pisarev), “Yomon kitoblar nafaqat befoyda, ular zararli hamdir” (L.N.Tolstoy), “Kitoblarni yoqishdan ham og‘irroq jinoyatlar bor. Shulardan biri ularning о‘qimaslik” (Iosif Brodskiy). Hozirgi paytdagi “kutubxona-axborot muassasasi” tushunchasi “kitob saqlanadigan joy” ma’nosini anglatmaydi. Kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiy vazifalari haqidagi tasavvurlar XX asrning ikkinchi yarmiga kelib insoniyat hayotida axborot omillarining kuchayib ketishi natijasida katta о‘zgarishlarga uchradi. Bugungi kunda kutubxonashunoslik fanidagi umumlashtirilgan xulosaga kо‘ra kutubxona - axborot yetkazish, madaniy, ta’limiy-tarbiyaviy, ijtimoiylashtiruvchi vazifalarni bajaradi.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 346
Точные и гуманитарно-экономические науки
Axborot yetkazish vazifasi. Kutubxona-axborot muassasasi foydalanuvchi sо‘roviga kо‘ra kitob, jurnal, maqola, elektron kо‘rinishdagi manbalar, bibliografik ma’lumotlar, axborot haqidagi axborot yetkazish orqali о‘zining axborot yetkazish vazifasini bajaradi. Kutubxonalarning axborot yetkazish vazifasi axborot yetkazish shakli (kitob, jurnal, og‘zaki xabar, elektron), adabiyotlarning turlari (badiiy, ilmiy, texnik, bolalar adabiyoti)ga bog‘liq bо‘lmagan holda amalga oshirilganligi sababli barcha kutubxonalar uchun umumiy bо‘lgan vazifa hisoblanadi. Axborot bilan ta’minlash foydalanuvchilarning umummadaniy darajasi, ma’lumotliligi, tarbiyalanganligiga ijobiy ta’sir kо‘rsatishi kutubxona-axborot xizmati jarayonida alohida hisobga olinishi zarur. Bundan tashqari, kutubxonaning axborot yetkazish vazifasi boshqa kutubxonalar, ilmiy-texnika axboroti muassasaslari faoliyati bilan chambarchas aloqadorlikda amalga oshiriladi. Madaniy vazifasi. Kutubxona-axborot muassasalarining madaniy vazifasifoydalanuvchilarning erkin ma’naviy rivojlanishi, jahon va malakaviy madaniyati qadriyatlaridan bahramand bо‘lishi, madaniy faoliyat (ma’naviy mahsulot yaratish) uchun shart-sharoit yaratish singari barcha faoliyat yо‘nalishlarining majmuyidan iboratdir. Kutubxona-axborot muassasalarining faoliyatini ikki tomonlama yо‘nalishdagi yо‘lga tenglashtirish mumkin: birinchi yо‘nalishda madaniy yutuqlar haqida kutubxonalar tomonidan foydalanuvchilarga axborot berilsa, ikkinchi yо‘nalishda yangi yaratilgan madaniy boyliklar haqida axborot yetkaziladi. Bugungi kunda jahon bо‘yicha yaratilgan olti milliarddan kо‘proq kitob bir milliondan kо‘proq kutubxonalarda saqlanmoqda. Shunga kо‘ra, har qanday ilmiy, ijodiy jarayon ushbu kutubxonalarda saqlanayotgan “insoniyat xotirasi” bilan chambarchas bog‘liqlikda yuz berishini tasavvur qilish mumkin. Kutubxonalar kishilar madaniy-ishlab chiqarish faoliyatining qudratli quroli sifatida foydalanuvchilarning umumiy madaniyatining rivojlanishiga milliy va jahon madaniyatining muhim yutuqlaridan oziqlanishiga, ular ongida, turmush tarzida ijtimoiy me’yorlar, an’analar, madaniyat yutuqlarining о‘rin olishiga muhim ahamiyat kasb etadi. Aholi madaniyati va kutubxonalar soni, ular fondining sifati, faoliyatining tashkil etilishi о‘rtasida muhim bog‘lanish va aloqadorlik mavjud ekanligini inkor etib bо‘lmaydi. Kutubxona-axborot muassasalari, madaniyatning rivojlanishini va uning yutuqlarini targ‘ib qiluvchi universal vositadir. Ular hujjatlarda rasmiylashtirilgan barcha madaniy yutuqlarni qamrab oladi. Kutubxona-axborot muassasalari kо‘pgina madaniyat muassasalaridan farqli holda har bir foydalanuvchiga individual tarzda yondashuv imkoniyatiga egadir. Ta’limiy-tarbiyaviy vazifasi. Kutubxona-axborot muassasalarining ta’limiy vazifasi jamiyat a’zolarini ijtimoiylashtirish, ta’lim va mustaqil ta’lim, tarbiya va о‘z-о‘zini tarbiyalashni о‘z doirasiga qamrab olgan ma’naviy ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan faoliyat turlari majmuasida namoyon bо‘ladi. Kutubxona-axborot muassasalari ya’ngi ma’naviy makonda shaxsning ijtimoiylashuvida alohida va muhim rol о‘ynaydi. Boshqa kо‘pgina madaniy- ma’rifiy muassasalar singari ular kishilarga axborot manbalari vositasida yangilanayotgan О‘zbekiston uchun xos bо‘lgan qadriyatlar va me’yorlarni о‘zlashtirishga oid muhim rolni bajaradilar. Kutubxona-axborot muassasalarining ijtimoiylashtiruvchilik vazifasi axborotlar, ma’lumotlar, bilimlar manbalarini о‘rganish va о‘zlashtirish orqali foydalanuvchilarning ijtimoiy hayotga kirishishlari, jamiyatga, ijtimoiy guruhga xos bо‘lgan qadriyatlar, ijtimoiy tajriba va bilimlar, xatti-harakat me’yorlarini о‘zlashtirish vositasi ekanligida kо‘rinadi. Ijtimoiylashuv jarayoni har bir foydalanuvchiga jamiyatning tо‘laqonli a’zosi bо‘lish, muayyan nuqtayi nazardan yondashgan holda urf-odatlar, an’analar asosida yashash imkonini beradi. Bu esa jamiyat, uning tizimi, hayot shakllarining saqlanishini ta’minlaydi. Kutubxonaaxborot muassasasi axborotlar, ma’lumotlar, bilim olishning turli vositalari orqali ijtimoiylashuvining mazmunini tо‘la anglashga yordam beradi [5].
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 347
Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар
Ijtimoiylashuv jarayonida foydalanuvchilar hayotda mavjud bо‘lgan xatti-harakat me’yorlarini о‘zlashtiradi, unga mos ravishda tafakkur yuritadi va faoliyat kо‘rsatadi. Kutubxona-axborot muassasalari ijtimoiylashtirish jarayonida qatnashuvchi boshqa muassasalarga nisbatan bir qancha ustunliklarga egadir. Jumladan, bir tomondan, ularning ushbu jarayondagi ishtiroki vaqt va imkoniyat jihatidan cheklanmagan bо‘lsa, ikkinchidan, kutubxonaaxborot muassasasi xizmatidan doimiy foydalanuvchilar о‘zlari anglagan yoki anglamagan holda ijtimoiylashtirish obyekti bо‘lib qoladilar. Shunga kо‘ra, kutubxona-axborot muassasasi va uzliksiz faoliyat kо‘rsatuvchi ijtimoiylashtiruvchi institutdir. Kutubxona-axborot muassasalarining asosiy vazifasi ijtimoiy hayotning ijodkor faol subyektlarini shakllantirishidir. Kutubxona-axborot muassasasalari ta’lim va mustaqil ta’lim olish bilan bog‘liq bо‘lgan, ahamiyati doimo oshib boruvchi rolni bajaradi. Kutubxona-axborot muassasalari insoniyat tomonidan yaratilgan va tо‘plangan axborotlarni saqlovchi maorif, ta’lim, mustaqil ta’lim tizimidagi muhim bо‘g‘indir. Ta’limiy jarayonlarni samarali amalga oshirishda kutubxona-axborot muassasasalari ularning axborot saqlovchisi sifatida alohida vazifani bajaradi. Kutubxona-axborot muassasasalari rasmiy ta’limdagina axborot saqlovchi bо‘lib qolmasdan uzliksiz ta’lim va mustaqil ta’limning ham samarali vositasi hisoblanadi. Madaniyat, fan, texnikaning eng yangi yutuqlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlash orqali kutubxona-axborot muassasasalari kishilarning tabiat va jamiyat qonunlari, inson va tabiat о‘zaro munosabatlari haqidagi bilimlarni uzluksiz boyitib boradi. Kutubxona-axborot muassasasalarining yangi ma’naviy makondagi roli, ularnig ijtimoiy vazifalarini qanchalik darajada samarali bajarishida namoyon bо‘ladi. Shuning uchun ham ularning asosiy maqsadi umuman jamiyat hayotiy faoliyatini, xususan, har bir foydalanuvchini alohida maqbul axborot manbalari bilan ta’minlashdan iboratdir. Shuningdek, yangilanayotgan О‘zbekiston sharoitida kutubxona-axborot muassasalari ijtimoiy vazifalari har bir fuqoroni uning yoshi, jinsi, millati, ma’lumot darajasi, e’tiqodi, dinga munosabati va boshqa ijtimoiy demografik belgilardan qat’i nazar axborotlardan erkin foydalanish huquqini ham ta’minlashdan iboratdir. Adabiyotlar 1. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон тараққиёт стратегияси. Учинчи нашр.- Тошкент: Ўзбекистон нашриёти, 2022.- 440 бет. 2. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари.- Тошкент: “Ўзбекистон”, 2020-456 б. 3. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг Туркия Республикаси Президенти девони халқ кутубхонасининг тантанали очилиши маросимидаги нутқи “Янги Ўзбекистон” ижтимоий-сиёсий газета, 2020 йил 21 февраль. 4. Мирзиёев Ш.М. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ ва келажаги фаровон бўлади.- Тошкент: “Ўзбекистон”, 2019.-400 б. 5. Умаров А.О. Мутолаа маданияти: Шахс, жамият, тараққиёт.-Тошкент: Фан, 2004.-194 б. 6. Абдулазизов А. Мутолаа маданиятини шакллантиришнинг социологик таҳлили.-Тошкент: “Наврўз” нашриёти, 2016.- 176 б. 7. Йўлдошев Э. Кутубхонада болалар ўқишига раҳбарлик қилиш.-Тошкент: Ўзбекистон, 2002.-128 б. 8. Мелентева Е.П. Обшая теория чтения. Москва, Наука, 2015.-230 с. 9. Мелентева Е.П. Чтение: явление, процесс, деятелност. Москва, Наука, 2018.-282 с. 10. Чудинова В.П. Развитие натсий читательей в разних странах мира: исследования, стратегии, проекти, практики. Москва, Книга, 2014.-344 с. Xakimova Muborak Yakubjanovna «Kutubxona-axborot faoliyati» kafedrasi mudiri, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi 127-a uy. Tel:977534079, xakimova.1979@bk.ru
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 348