Asosiy kontentga o'tish
Ilmiy maqola O'zbekcha Open Access

Jadid kutubxonalari va mutolaa

XAKIMOVA M.Y.

Nashr
3-son
Sahifalar
354–359
Nashr etildi
02.06.2025
Ko'rishlar
1 4

Annotatsiyalar

Ilmiy maqolada Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va ahamiyatini hamon yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini chuqur tadqiq va targ‘ib qilish ustuvor vazifa ekanligini ta’kidlagan. Jadid ma’rifatparvarlari xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yo‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy bilimlarni egallashda deb bilganliklari uchun milliy uyg‘onish, milliy taraqqiyot g‘oyasini ro‘yobga chiqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etilganlari haqidagi turli yondashuvlar tahlil qilingan.

Maqola Mazmuni

kirishlarga tayyorlash, umummilliy ishlarni amalga oshirish uchun bizga “Xayriya jamiyatlari”, kutubxonalar, jamg‘armalar, turli to‘garaklar, gazetalar, jurnallar, nashriyotlar va hakazolar kerak” deb yozgan edi. Umuman olganda, “Kutubxonayi-Behbudiya”ning kitob fondi barcha manbalar miqdoriga ko‘ra Turkistondagi eng boy kutubxonalardan biri bo‘lgan. Kutubxona fondida Qur’oni Karimning har xil nashrlari, hadislar to‘plamlari, fan va bilimning turli sohalariga oid dunyoviy mazmundagi turkiy, fors, turk, arab, rus, nemis, fransuz, ingliz tillaridagi kitoblar to‘plangan. Faqat birgina tarixga oid adabiyotlar ichida “Buyuk umumiy tarix”, uch jildli “Madaniyat tarixi”, “Tarixiy istiqbol”, “Islom tarixi”, “Islom olami va Ovrupo XX asrda”, “Turkiy xalqlar tarixi”, “Madaniyat tarixi”, “Shohlarning g‘alabalar kitobi”, “Usmoniylar saltanati ko‘zgusi”, “Islom madaniyati tarixi”, “Amir Temur”, “Buyuk Eron tarixi”, “Amerikaning kashf etilishi tarixi” kitoblari bor edi. Demak, XX asrning dastlabki o‘n yilliklari mobaynida jadidlarning ma’rifatparvarlik mazmunidagi yangicha adabiyotlarni o‘zida jamlagan kutubxonalari Turkiston o‘lkasining deyarli har bir yirik shahrida faoliyat ko‘rsatdi. Jadidlar bir tomondan istiqlol bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni olib borgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan diniy va dunyoviy kitoblar fondiga ega bo‘lgan kutubxonalar tashkil etdilar. Jadidlar ushbu yo‘nalishdagi faoliyatlarini izchil davom etdirdilar. Ularning asosiy maqsadlarini Abdulla Avloniyning “Madaniyat to‘lqunlari” nomli maqolasini o‘qish orqali to‘la anglash mumkin. U quyidagicha yozadi: “Yoshlarimizdan madaniyatga loyiq ravishda o‘qub, diniy va madaniy kishilar hozirlansa, tarbiya va ta’limga mohir olim va olima, adib va adibalarimiz yetushsa, maktab va madrasalarimiz muntazam va tartiblik bo‘lsa, ziroat, sanoat va tijorat ishlariga mohir kishilar yetushub, zamonga muvofiq ravishda ish yuritilsa, tartiblik “Dorul-yatim”-yetimxonalar, “Dorul-ojizin” - kambag‘alxonalar, kutubxonalar va qiroatxonalar ochilsa, shirkat (tovorishestvo)lar barpo qilinsa, yuqorida dedegimiz kabi, xalqimiz orasida zamonga loyiq ulum va funundan boxabar ulamolarimiz ko‘paysa, och va yalang‘och “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 354 Точные и гуманитарно-экономические науки kishilarimizning mashaqqatlarini tuzatmak uchun harakat qilinsa, o‘qutilsa, axloq va odob o‘rgatilsa, shul vaqtda eskincha orasidan chiqub, haqiqiy madaniyat bo‘stonig‘a yuzlangan hamda madaniyat to‘lqinlaridan qutulub salomatg‘a chiqg‘an bo‘lur edik”. Yuksak g‘oyalarni amalga oshirish yo‘lidagi faoliyatning izchil amalga oshirishi natijasida 1913-yilda Toshkent shahrida Munavvarqori Abdurashidxonov va Abdulla Avloniy boshchiligida 1909-yilda tuzilgan “Jamiyati xayriya” negizida “Turon” xayriya jamiyatini tashkil etdilar. Ushbu jamiyatning faoliyat doirasi kengayib borgani sari yosh ziyolilar saflari kengayib bordi. Ammo 1917-yil oktabr to‘ntarilishi sodir bo‘lishi bilan “Turon” jamiyati atrofida uyushgan jadidlar parchalanib ketadilar. A.Avloniy boshliq bir guruh jadidlar sho‘ro hokimiyati tarafiga o‘tib “Turon” jamiyati ixtiyoridagi o‘zbek tilida yaratilgan sahna asarlarini to‘plab, bo‘lajak kutubxonaga poydevor quradilar. Shu tariqa 1918-yilda “Turon” kutubxonasi bunyod bo‘ladi. O‘sha yilning boshlarida Toshkentga Sho‘ro hukumati siyosatining O‘rta Osiyoda so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlash uchun kelgan, Turkiston jumhuriyati Mudofaa shtabining a’zosi etib tayinlangan Orif Klibleyev 1918-yil iyunida “Ishtirokiyun” gazetasini tashkil etadi va uning dastlabki muharriri bo‘ladi. O‘sha yilning 20-iyunida Orenburg frontidan kelgan Ahmad Donskoy bilan Vali Allamov ham “Ishtirokiyun” gazetasi tahririyatiga ishga olinadi. Oradan bir hafta o‘tgach, 27-iyulda O.Klibleyev muharrirlikni Donskoyga topshirib, o‘zi Jizzaxga maxsus topshiriq bilan boradi va o‘sha yerda kasallanib vafot etadi. Sho‘ro hukumatining O‘rta Osiyoga “keng vakolatlar” bilan kelgan bu ishonchli vakilini dafn etish marosimi katta siyosiy tadbir sifatida o‘tkazilgan. Turkiston Xalq Komissarlari Sho‘rosining qarori bilan marhum bolshevik nomini abadiylashtirish maqsadida “Turon” kutubxonasiga Orif Klibleyev nomi berilgan. Kutubxona fondini kengaytirish va ta’mirlash ishlari uchun 10 000 so‘m hajmda mablag‘ ajratilgan. Shundan keyin, kutubxona Turkiya, Tatariston, Boshqirdiston, Ozarbayjon va Moskvada chop etilgan turli-tuman davriy nashrlar va kitoblarni olib turish imkoniyatiga ega bo‘lgan. 1918-1922-yillarda kutubxona, bir tomondan, o‘z a’zolari va tashkilotchilari bo‘lmish sobiq jadidlar yordami bilan, ikkinchi tomondan, ma’rifatparvar kishilarning vaqf qilib qoldirgan kitoblari hisobiga oyoqqa turdi, uchinchi tomondan esa berilgan mablag‘ tufayli markazda va xorijda chiqib turgan davriy nashrlar va kitoblar bilan boyidi. 1919-yil 14-aprelda esa barcha xalq kutubxonalari qatori “Turon” ham davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. “Turon” kutubxonasi va qiroatxonasi Sag‘bon, Chorsu, Shayx Xovand Toxur, Xadra, Chig‘atoy, Oqlon, Xastimom mavze va mahallalari uchun o‘rtaliq hisoblangan Eski Jo‘vada tashkil etilgan edi. Kutubxona fondida Qozon, Qrim, Tiflis, Orenburg, Istanbulda nashr etilgan gazeta va jurnallar, noyob kitoblar mavjud bo‘lib, ko‘pgina ziyolilarning asosiy vaqti shu yerda o‘tar edi. Jadidchilik harakatining faol a’zolari bo‘lgan aka-uka Karimbek va Komilbek Norbekovlar, Sa’dullaxo‘ja Tursunxo‘jayevlar xayriya jamiyati nizomida ko‘rsatilganidek, halqimizni “sog‘lom tomosho”, madaniy hordiq chiqaruvga yaqinlashtirish, teatrlar, kutubxonalar, qiroatxonalar yordamida madaniyat olamiga olib kirishga alohida e’tibor qaratdilar. Ular “Maktab kutubxonasi” shirkatini tashkil etib, maktab darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari nashr etish ishiga ham o‘zlarining beqiyos hissalarini qo‘shdilar. Shu o‘rinda “Turon” kutubxonasida ko‘p yillar davomida ishlab, uning har tamonlama rivojlanishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan Akbarbek Dolimov faoliyati haqida to‘xtalib o‘tish zarur. Jadidchilik harakati muhitida ulg‘aygan Akbarbek Dolimov 1927-1929-yillarda kutubxonachilik kursida o‘qib, uni tugatgach o‘zi ko‘p yillar davomida kitob fondidan foydalanib kelgan “Turon” kutubxonaiga ishga kiradi. Turmush qiyinchiliklari va mashaqqatlariga qaramasdan 1932-yildan o‘qishini Toshkent davlat pedagogika institutining kutubxonachilik fakultetida davom ettiradi. A.Dolimov kutubxonadagi ishini pedagog sifatida davom ettirib, tez vaqt ichida kutubxona derektori lavozimiga ko‘tariladi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 355 Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар Akbarbek Dolimov Fayzulla Ubaydullayev bilan hamkorlikda “Mukammal ilmiy bibliografiya” kitobini yaratib, unda 1920-1934-yillarda o‘zbek tilida nashr etilgan uch mingga yaqin kitobning bibliografik tasnifi va tasvirini berganlar. Bibliografiya sohasida yaratilgan ushbu birinchi kitob 1934-yilda O‘zbekiston davlat nashriyotida chop etilgan. Sobir Soliyev bilan hamkorlikda esa 1937-yili respublika kutubxonachi va bibliograflariga metodik yordam sifatida “O‘nli klassifikatsiya” asarini nashr ettirdi. Har ikkala asar ko‘p yillar davomida bo‘lajak kutubxonachilar va bibliograflar uchun asosiy o‘quv qo‘llanma vazifasini bajarib keldi. Bundan tashqari, Akbarbek Dolimov 30-yillarda Xoji Muin, Shukurullo, Abduqodir Shakuriy, Po‘latjon Qayumiy, Abduvahob Ibodiy, Abdulla Avloniy, Muhibulqori Orifiylar yordamida “Oyina”, “Sadoyi Farg‘ona” jurnallari, “Turkiston” to‘plami taxlamlarining yetishmayotgan va qattiq shikastlangan qismlarini to‘ldirdi va ba’zi manbalarning fotonusxasini yaratdi. Bu manbalar bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti kutubxonasida saqlanmoqda. Jadid ma’rifatparvarlarining millat taraqqiyotini umummillat ma’naviyati, ma’rifati yuksalib, illatlardan xalos bo‘lishi bilan bog‘liq deb hisoblaganliklari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ayniqsa, ma’naviy makonni to‘siq bo‘lib turgan illatlarni baprtaraf etish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turgan sharoitda ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida yozganidek: “Bizni qiladurg‘on aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, xatna bu ikki balo shundog‘ qattiq bir illatki, o‘lmag‘uncha qutulib bo‘lmaydur. Shaharlarda o‘rtahol, ya’ni o‘tirarg‘a xona va bog‘i bor bir kishi nikoh uchun ikki ming so‘m sarf etar va o‘g‘il xatnasi uchun hech bo‘lmaganda ming so‘m, har bir kishi benavo bu mavridlarga 200 so‘mdan, 1000 so‘mgacha sarf etar. Boy va zo‘raki boylar esa besh ming, o‘n minglab sarf etar”. Davlatimiz rahbari Anqarada Turkiya respublikasi prezidenti huzuridagi xalq kutubxonasining ochilish marosimida ta’kidlaganidek, “Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qadrlidir. Bunday yengilmas kuch manbayi esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda” deb ta’kidlaganida jadidlarning bilim olish va mutolaaga bo‘lgan munosabatlarining mantiqiy davomini tushunishimiz mumkin. Shu o‘rinda yoshlar o‘rtasida mutolaaning zaiflashganligi borasida ma’lum bir mulohazalarni bildirib o‘tish mumkin. Yoshlarda mutolaaga nisbatan ishtiyoq uyg‘otish ularning bolalik davridan boshlanishi zarur. Lekin bolalar uchun ular qiziqib o‘qiydigan, rang-barang, sarguzashtlarga boy asarlar deyarli mavjud emas. Agar jadidlarning faoliyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular o‘z tashabbuslari bilan kutubxonalar tashkil etibgina qolmasdan ularning fondini to‘ldirish, foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali insonlarni madaniyat doirasiga tortishga harakat qilganlar. Jadid bobolarimizning o‘z davrida qo‘llagan tajribalarini chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalangan holda kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish va mutolaa madaniyatini shakllantirish ajdodlarimiz oldidagi burchimizdir

Adabiyotlar (13)

  1. 1. Mirziyoyev SH.M. Yangi О‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Uchinchi nashr.- Toshkent: О‘zbekiston nashriyoti, 2022.- 440 bet.
  2. 2. Mirziyoyev SH.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.- Toshkent: “О‘zbekiston”, 2020456 b.
  3. 3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti devoni xalq kutubxonasining tantanali ochilishi marosimidagi nutqi “Yangi О‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazeta, 2020 yil 21 fevral.
  4. 4. Mirziyoyev SH.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘ va kelajagi farovon bо‘ladi.- Toshkent: “О‘zbekiston”, 2019.-400 b. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
  5. Точные и гуманитарно-экономические науки
  6. 5. Odob bо‘stoni va axloq gulistoni. M.Hasaniy tarj.-Toshkent: Fan, 1994.-297 b.
  7. 6. Oz-oz о‘rganib dono bо‘lur: Donishmandlarning bisotidan hikoyatlar, о‘gitlar, hikmatlar. Tarjima va tо‘plovchi: Shorasul Zunnun nashrga tayyorladi. Saidbek Hasanov.- Toshkent: Adabiyot va san’at nashr, 1988.-272 b.
  8. 7. Fitrat, Abdurauf. Oila va oila boshqarish tartiblari. Mas’ul muharrir: D.A.Alimov. Tarj.SH.Vohidov.-Toshkent: Ma’naviyat, 1998.-112 b.
  9. 8. Farobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. Tuzuvchi M.Mahmudov.- Toshkent: Xalq merosi, 1993.-224 b.
  10. 9. Alisher Navoiy. Farhod va Shirin/Mukammal asarlar to‘plami, 8-jild-Toshkent:Fan, 1991, 70-71 betlar.
  11. 10. Abdurahmon Jomiy. Gulshaningda so‘lmasin gul.-Toshkent: Fan, 2008. 311-bet.
  12. 11. Avloniy, Abdulla. Turkiy Guliston yoxud axloq.-Toshkent: O‘qituvchi, 1992.-31-bet.
  13. 12. Jadid: adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy haftalik gazetalari/ TEXNIK OLIY O‘QUV YURTLARIDA ZAMONAVIY TA’LIM SHAKLLARI VA USULLARI Gafurova N.T., Hikmatov N.I. Buxoro davlat texnika universiteti. Annotatsiya. Maqolada texnik oliy o‘quv yurtlarida faoliyatga asoslangan yondashuv doirasida ta’lim shakllari ko‘rib chiqilgan, talabalarning professional kompetensiyasini shakllantirish usullariga alohida e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: ta’limning tashkiliy shakllari, ta’lim usullari, seminar va amaliy mashg‘ulotlar, oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoni, faoliyatga asoslangan yondashuv. СОВРЕМЕННЫЕ ФОРМЫ И МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ В ТЕХНИЧЕСКИХ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЯХ Гафурова Н.Т., Хикматов Н.И. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В статье рассматриваются формы обучения в технических высших учебных заведениях в рамках подхода, основанного на деятельности, а также особое внимание уделяется методам формирования профессиональной компетенции студентов. Ключевые слова: организационные формы обучения, методы обучения, семинары и практические занятия, учебный процесс в высших учебных заведениях, подход, основанный на деятельности. MODERN FORMS AND METHODS OF EDUCATION IN TECHNICAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS Gafurova N.T., Hikmatov N.I. Bukhara state technical university. Abstract. The article discusses the forms of education in technical higher education institutions within the framework of an activity-based approach, with particular attention given to methods for developing students' professional competence. Keywords: organizational forms of education, methods of education, seminars and practical sessions, educational process in higher education institutions, activity-based approach. Hozirgi jamiyat rivojlanishi bosqichida oliy о‘quv yurtlarini bitirgan mutaxassislarga qо‘yiladigan talablar о‘zgardi. Bir necha о‘n yillar oldin malakali mutaxassisni tavsiflash uchun faqat uning professional bilimlari, kо‘nikmalari va malakalari baholansa, hozirda talablar soni kо‘paygan. Ish beruvchilar yosh mutaxassislarning bilim va kо‘nikmalarining sifati va tarkibiga yuqori talablar qо‘yadilar. Xodimlar xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan mutaxassislarni tanlashdagi raqobat tizimi, ishga joylashish uchun zarur bо‘lgan kо‘plab bilim va kо‘nikmalarni о‘z ichiga oladi. Texnik oliy о‘quv yurti talabalarining psixologik sifatlari, shaxsning jamiyat talablariga javob berish zarurati bilan bog‘liq holda, muayyan tarzda ijtimoiy va professional “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 357