Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Leksik birliklarning lingvopragmatik xususiyatlari

SABIROVA N., ABDUAZIZOVA D.

Выпуск
3-son
Страницы
364–367
Опубликовано
02.06.2025
Просмотры
4 7

Аннотации

В статье рассматриваются лексические единицы, являющиеся одним из основных объектов изучения лексикологии, их функции, место в художественном тексте и лингвопрагматические свойства. Лексические единицы или фразеологизмы широко используются в художественных текстах и служат для выражения отрицательного или положительного оценочного отношения персонажей к речевой ситуации. Сегодня расширяется охват прагматического аспекта различных единиц языка.

Содержание статьи

“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 363 Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар tilshunoslikning boshqa sohalaridan farq qiladi. Umuman, lingvistik pragmatika muammolarining o‘rganilishi kishilar o‘rtasidagi axborotni ifodalash va anglash jarayonini osonlashtiradi [4]. Lingvopragmatik xususiyatlarning asosiy elementlari sifatida quyidalarni ko‘rish mumkin. Xususan: 1. Kontextual (kontekstga bog‘liq) ta’sir: So‘zlar yoki frazeologik birliklar faqat o‘zining lug‘aviy ma’nosiga emas, balki ularning qanday vaziyatda, kim bilan va qanday maqsadda qo‘llanilishiga qarab turli xil ma’noga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: Zo‘r ish qilibsan! — bu jumla ijobiy baho berishdan tashqari, kinoya ma’nosini ham berishi mumkin. 2. Komunikativ maqsad: Har bir leksik birlik qandaydir maqsadga xizmat qiladi. Mazkur maqsadlar so‘roq, iltimos, buyruq, yoki baho berish kabi turli xil vazifalarni bajaradi. Masalan: Iltimos, tinchlaning! — bu ibora o‘rgatish yoki so‘roqdan ko‘ra, iltimos qilish maqsadida ishlatiladi. 3. Nutqdagi ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabat: Til birligining pragmatik xususiyati nutqdagi ishtirokchilarning munosabatlari va egallagan pozitsiyalariga qarab farqlanadi.Masalan, rasmiy va norasmiy vaziyatlarda so‘zlarning tanlanishi farq qiladi: Sizning ishingiz hal bo‘ldi va Sening masalang hal — bularning har biri o‘z kontekstiga mos ravishda ishlatiladi. 4. Ekspressivlik va emotsional yuk: So‘zlar va frazeologizmlar ko‘pincha muloqotda emotsional holatni ifodalash, fikrni kuchaytirish va yumshatish uchun ishlatiladi. Masalan: Hor bo‘ldim! Yoki Chidab turibman, — bularning har biri turlicha emotsional holatni yoritadi. Leksik birliklar kontekst orqali ma’no bilan boyib boradi. Aynan pragmatik ma’noda bu birliklar so‘zlovchining maqsadi, tinglovchilar maqomi, ijtimoiy vaziyat va madaniy kontekstga qarab turli xil ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, siz rasmiy nutqda hurmatni ifodalagan so‘z, norasmiy suhbatda ko‘proq qo‘llaniladigan shakl. Frazeologik birliklar – bir necha so‘zlarni birlashtirib, ko‘chma ma’no hosil qiluvchi turg‘un iboralardir. Ko‘z oldiga keltirmoq, og‘izdan gul to‘kib, tog‘dek ko‘tariladi kabi iboralar bunga misol bo‘la oladi. Ushbu birliklarning pragmatik xususiyatlari ular qo‘llanilgan kontekstga qarab o‘zgaradi. Frazeologizmlar ko‘pincha emotsional va ekspressiv ma’noga ega, tinglovchiga ta’sir qilish, baho berish, istehzo yoki hazil ohangini ifodalash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ular nutqning estetik va kommunikativ kuchini oshiradi. Leksik birliklar vositasida badiiy asar qahramonlarining ruhiy holatini aniq va ta’sirli tasvirlash imkoniyati yuzaga keladi. Bilamizki, badiiy matndagi har bir qahramon so‘zlari ortida yozuvchining nuqtai nazari aks etadi. Mahoratli yozuvchilar badiiy asardagi har bir obrazga va voqeaga o‘z badiiy niyatini yuklaydi. Jumladan, gapning maqsadiga ko‘ra turlarini ham muayyan badiiy maqsadni yuzaga chiqarishga xizmat qildiradi. Mahoratli yozuvchi O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanidagi leksik birliklarning ya’ni so‘z va frazeologizmlarning pragmatik aspektini tahlil qilish jarayonida bunga yana bir bor ishonch hosil qildik [5]. O‘tkir Hoshimov yuksak iste’dod egasi sifatida o‘z asarlarida har bir so‘zga, har bir jumlaga mohirona yondashadi. Xususan, leksik birliklardan qahramonlarning kechinmalarini, qalb tug‘yonlarini ifodalashda, obrazlarning ruhiy holati tasvirini chizishda ustalik bilan foydalanadi. Jumladan, leksik birliklar turli kontekstda turlicha subyektiv munosabatlarni shakllantirib, quyidagi pragmatik ma’nolarni anglatib kelishga xizmat qiladi: Tashviqot (ogohlik) ma’nosi: Rost bilan yolg‘onning o‘rtasi — to‘rt enlik, degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, ko‘p emas, to‘rt enlik? Gap shundaki, ko‘z bilan quloqning orasi — to‘rt enlik ekan. Eshitganingga emas, ko‘rganningga ishon… Maqsad — shu…”. Bu parcha o‘quvchini ogohlikka, haqiqatni ko‘z bilan ko‘rib, eshitganlariga emas, ko‘rganlariga ishonishga undaydi. Xotira va o‘tgan hayotga qaytish ma’nosi: “Ajab, inson xotirasi — eshigi yopib qo‘yilgan omborga o‘xsharkan. Ombor oldidan har kuni o‘tasiz. O‘tasiz-u o‘z yumushingiz bilan ovora bo‘lib, qayrilib qaramaysiz. Vaqti kelib tasodifiy shamol omborning eshigini ochib yuboradi-yu, beixtiyor ichkariga mo‘ralab qaraysiz. Shunda qiziq holat ro‘y beradi…” Mazkur parcha inson xotirasining chuqurligi va o‘tgan hayotga bo‘lgan sog‘inchni ifodalaydi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025 364 Точные и гуманитарно-экономические науки Dag‘dag‘a ma’nosi: “Yangi rais ko‘p o‘tmay chindan ham ‘karomat’ ko‘rsata boshladi. O‘sha majlisda ‘qattiq ishlaymiz’- degancha bor ekan. Tong otmasdan eshik taqillaydi. Jo‘n taqillasayam mayli-ya, hammayoq qarsillab ketadi. Eshikni ochishingiz bilan peshanasiga ko‘zmunchoq kumush marjon taqilgan jiyron ot, egarda qiyshiq telpak kiygan Zakunchiga ko‘zingiz tushadi. ‘Kun chiqay deb qoldi, yotaverasanlarmi nahs bosib?!’ — deydi qamchisini tahdidli o‘ynatib”. Keltirilgan jumlada yangi raisning dag‘dag‘asi, ya’ni tahdidli va zo‘ravonona muomalasi tasvirlangan. Havotir(tashvishlanish) ma’nosi: Keskin burildi-da, yiqilib ketgudek oqsoqlangancha katta yo‘lga yugurdi. — Hoy! — dedi ancha nari borganda to‘xtab, — oying kasal bo‘lganini birov bilmasin. Hech baloga tushunmadim. Ketmonni yelkamga olmoqchi edim, kuchim yetmadi, zil-zambil ekan. Ingrab yotgan oyim ko‘z o‘ngimga keldi. Ketmon bandidan ikki qo‘llab changallagancha sudrab ketdim. Yuguray desam, ketmonning yaraqlab yotgan o‘tkir yuzi oyog‘imni kesib ketadi, deb qo‘rqaman. Yugurmay desam, oyimning... Bu parcha qahramonning onasining kasalligi haqida havotirga tushganini va shoshilinch harakatlarini tasvirlaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, badiiy matnning kommunikativ muhitida personajlar yoki yozuvchilarning o‘zaro munosabati natijasida vujudga keladigan baholash muhim o‘rin tutadi. Leksik birliklar yoki frazeologik birliklar badiiy matnlarda keng qo‘llaniladi va personajlarning nutqiy vaziyatga salbiy yoki ijobiy baholovchi munosabatini ifodalashga xizmat qiladi. Yozuvchilar uchun ushbu birliklar orqali turli kommunikativ maqsadlarni ifodalash imkoniyatlarining kengligi muhimdir

Литература (5)

  1. 1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. -Toshkent: Universitet, 2006. – B.22.
  2. 2. Xayrullayev X. Tilshunoslik nazariyasi. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillari instituti nashriyot, 2022. – B.82.
  3. 3. Mamatov E.A. O'zbek tili frazeologiyasi. – Toshkent, Sharq, 2019. – B.12.
  4. 4. Hakimov M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkent: O'qituvchi, 1885. – B.97.
  5. 5. O'tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. – Toshkent: Sharq, 1996. – 1-70-b. KASB TA’LIMI O‘QITUVCHILARIDA PROFESSIONAL O‘ZINI- O‘ZI ANGLASHDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR 1Saidova G.Sh., 1Abidova Z.K., 2Saidov Sh.Sh. 1Buxoro davlat texnika universiteti, 2Osiyo xalqaro universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada shaxsning o‘z kasbiy maqsadlari, qobiliyatlari va kasbga nisbatan mas’uliyatli munosabatni ilmiy tahlil qilib turli omillar bilan solishtirib natijalari bilan keltirib o‘tilgan. Ijtimoiy omillar, shaxsiy omillar, psixologik omillar, ta’lim tizimi va metodologik omillar kabi asosiy omillarni tahlil qilishni ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayon ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va zamonaviy talablar asosida shakllanadi va u nafaqat o‘qituvchining o‘zini anglashiga, balki kasbiy muvaffaqiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Kalit so‘z: psixologiya, o‘z o‘zini anglash, reflaks, moslashuvchan yondashuv, kasbiy muvaffaqiyat, nuqtayi nazar, moslashuvchan uslub, retrospektiv refleksiya, qobiliyat, kasbiy maqsad, boshqarish ko‘nikmalari. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 365