Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Kasb ta’limi o‘qituvchilarida professional o‘zini o‘zi anglashda ijtimoiy psixologik ta’sir ko‘rsatuvchi omillar
Аннотации
Ushbu maqolada shaxsning o‘z kasbiy maqsadlari, qobiliyatlari va kasbga nisbatan mas’uliyatli munosabatni ilmiy tahlil qilib turli omillar bilan solishtirib natijalari bilan keltirib o‘tilgan. Ijtimoiy omillar, shaxsiy omillar, psixologik omillar, ta’lim tizimi va metodologik omillar kabi asosiy omillarni tahlil qilishni ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayon ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va zamonaviy talablar asosida shakllanadi va u nafaqat o‘qituvchining o‘zini anglashiga, balki kasbiy muvaffaqiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Kalit so‘z: psixologiya, o‘z o‘zini anglash, reflaks, moslashuvchan yondashuv, kasbiy muvaffaqiyat, nuqtayi nazar, moslashuvchan uslub, retrospektiv refleksiya, qobiliyat, kasbiy maqsad, boshqarish ko‘nikmalari. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 365 Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ВЛИЯНИЯ НА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ САМОСОЗНАНИЕ ПЕДАГОГОВ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ 1Саидова Г.Ш., 1Абидова З.К., 2Саидов Ш.Ш. 1Бухарский государственный технический университет, 2Осиё международный университет.
истеъдодли шоирқисқа ҳаётижодий меросшеърий тўпламдостонлар“Ўзбекнинг Лермонтови”драматургик асарлар“халқ душмани” тамғасиВатанмуҳаббатэркинликгўзаллик мадҳи ПЛОД МОЛНИЕНОСНОЙ ЖИЗНИ Нурмурадова Ш.И. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В статье рассказывается о жизни и творчестве талантливого мастера слова – узбекского поэтапереводчика и драматурга Усмана Носиракоторый уже в начале 30-х годов XX века внес в узбекскую поэзию новое направлениеот
В данной статье представлен научный анализ профессиональных целей, способностей и ответственного отношения человека к профессии, сопоставление их с различными факторами, а также представлены результаты. Рассматривается анализ таких основных факторов, как социальные факторы, личностные факторы, психологические факторы, образовательная система и методические факторы. Этот процесс формируется на основе изменений в образовательной системе и современных требований и влияет не только на самовосприятие учителя, но и на его профессиональную успешность.
психологиясамосознаниерефлексияадаптивный подходпрофессиональный успехперспективаадаптивный стильретроспективная рефлексияспособностипрофессиональная цельнавыки управления. FACTORS THAT HAVE A SOCIAL PSYCHOLOGICAL IMPACT ON PROFESSIONAL SELF-AWARENESS IN PROFESSIONAL EDUCATION TEACHERS. 1Saidova G.Sh.1Abidova Z.K.2Saidov Sh.Sh. 1Bukhara state technical university2Asian international university. Anotation. This article presents a scientific analysis of a person's profess
The article presents the life and creative work of Usmon Nosir — a talented Uzbek poet, translator, and playwright — who, as early as the 1930s, introduced a new stream into Uzbek poetry through his worldview and made a significant contribution to its development. His short, difficult, yet exemplary, meaningful, and productive life path is described. The article analyzes the themes and ideas in the poet's works, his place and importance in Uzbek literature, and the high praise given to his creativity.
Литература (12)
- 1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. -Toshkent: Universitet, 2006. – B.22.
- 2. Xayrullayev X. Tilshunoslik nazariyasi. – Samarqand: Samarqand davlat chet tillari instituti nashriyot, 2022. – B.82.
- 3. Mamatov E.A. O'zbek tili frazeologiyasi. – Toshkent, Sharq, 2019. – B.12.
- 4. Hakimov M. O'zbek pragmalingvistikasi asoslari. – Toshkent: O'qituvchi, 1885. – B.97.
- 5. O'tkir Hoshimov. Ikki eshik orasi. – Toshkent: Sharq, 1996. – 1-70-b. KASB TA’LIMI O‘QITUVCHILARIDA PROFESSIONAL O‘ZINI- O‘ZI ANGLASHDA IJTIMOIY PSIXOLOGIK TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR 1Saidova G.Sh., 1Abidova Z.K., 2Saidov Sh.Sh. 1Buxoro davlat texnika universiteti, 2Osiyo xalqaro universiteti. Annotatsiya. Ushbu maqolada shaxsning o‘z kasbiy maqsadlari, qobiliyatlari va kasbga nisbatan mas’uliyatli munosabatni ilmiy tahlil qilib turli omillar bilan solishtirib natijalari bilan keltirib o‘tilgan. Ijtimoiy omillar, shaxsiy omillar, psixologik omillar, ta’lim tizimi va metodologik omillar kabi asosiy omillarni tahlil qilishni ko‘rib chiqiladi. Ushbu jarayon ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va zamonaviy talablar asosida shakllanadi va u nafaqat o‘qituvchining o‘zini anglashiga, balki kasbiy muvaffaqiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Kalit so‘z: psixologiya, o‘z o‘zini anglash, reflaks, moslashuvchan yondashuv, kasbiy muvaffaqiyat, nuqtayi nazar, moslashuvchan uslub, retrospektiv refleksiya, qobiliyat, kasbiy maqsad, boshqarish ko‘nikmalari. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
- Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ВЛИЯНИЯ НА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ САМОСОЗНАНИЕ ПЕДАГОГОВ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ 1Саидова Г.Ш., 1Абидова З.К., 2Саидов Ш.Ш. 1Бухарский государственный технический университет, 2Осиё международный университет. Аннотация. В данной статье представлен научный анализ профессиональных целей, способностей и ответственного отношения человека к профессии, сопоставление их с различными факторами, а также представлены результаты. Рассматривается анализ таких основных факторов, как социальные факторы, личностные факторы, психологические факторы, образовательная система и методические факторы. Этот процесс формируется на основе изменений в образовательной системе и современных требований и влияет не только на самовосприятие учителя, но и на его профессиональную успешность. Ключевые слова: психология, самосознание, рефлексия, адаптивный подход, профессиональный успех, перспектива, адаптивный стиль, ретроспективная рефлексия, способности, профессиональная цель, навыки управления. FACTORS THAT HAVE A SOCIAL PSYCHOLOGICAL IMPACT ON PROFESSIONAL SELF-AWARENESS IN PROFESSIONAL EDUCATION TEACHERS. 1Saidova G.Sh., 1Abidova Z.K., 2Saidov Sh.Sh. 1Bukhara state technical university, 2Asian international university. Anotation. This article presents a scientific analysis of a person's professional goals, abilities and responsible attitude towards the profession, comparing them with various factors, and presents the results. The analysis of such main factors as social factors, personal factors, psychological factors, educational system and methodological factors is considered. This process is formed on the basis of changes in the educational system and modern requirements, and it affects not only the teacher's self-perception, but also his professional success. Keyword: psychology, self-awareness, reflection, adaptive approach, professional success, point of view, adaptive style, retrospective reflection, ability, professional purpose, management skills. Kasb ta’limi o‘qituvchilari uchun professional o‘zini o‘zi anglash, shaxsning o‘z kasbiy maqsadlari, qobiliyatlari va kasbga nisbatan mas’uliyatli munosabatni chuqur tushunish imkonini beradi. Ushbu jarayon ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar va zamonaviy talablar asosida shakllanadi va u nafaqat o‘qituvchining o‘zini anglashiga, balki kasbiy muvaffaqiyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan, bo’lajak kasb ta’lim o’qituvchilarining professional o‘zini anglashini shakllantirishda bir qator omillar muhim rol o‘ynaydi. Ushbu omillarni tahlil qilishda quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ko‘rib chiqish zarur: Ijtimoiy omillar – Jamiyatning kasb ta’limiga nisbatan munosabati, o‘qituvchining ijtimoiy mavqeyi va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar ularning professional o‘zini anglash jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy munosabatlar, jamiyatdagi qadriyatlar va o‘zaro muloqot o‘qituvchi shaxsiyati shakllanishida ahamiyatlidir. Shaxsiy omillar – O‘qituvchining individual xususiyatlari, qobiliyatlari, shaxsiy maqsadlari va motivatsiya darajasi professional o‘zini anglash jarayoniga bevosita ta’sir qiladi. Ayniqsa, o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan intilish va shaxsiy mas’uliyat bu jarayonda muhim ahamiyatga ega. Psixologik omillar – Kasbiy o‘zini anglashda psixologik barqarorlik, stressga chidamlilik va o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalari muhim rol o‘ynaydi. Psixologik tayyorgarlik o‘qituvchini kasbiy vaziyatlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkoniyatini oshiradi. Ta’lim tizimi va metodik omillar – Ta’lim jarayonidagi metodik yondashuvlar, kasbiy tayyorgarlik darajasi va ta’lim muassasalarida o‘rgatilayotgan pedagogik texnologiyalar professional o‘zini anglashni rivojlantirishda muhimdir. Bu omillar o‘qituvchilarning o‘z faoliyatini mustaqil ravishda tahlil qilishi va baholashi uchun zarur sharoitlarni yaratadi. Shunday qilib, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarida professional o‘zini o‘zi anglash jarayoniga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi va ularning har biri o‘qituvchining kasbiy sifatlarini rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Bu bobda ushbu omillarning tahlili orqali, ularning professional o‘zini o‘zi anglash jarayoniga ta’siri va samaradorligini oshirish yo‘llarini aniqlashga alohida e’tibor qaratiladi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
- Точные и гуманитарно-экономические науки Jumladan, dastlabki tahlil natijalariga e’tiborimizni qaratamiz. 1-jadval. “Shахsdаgi rеflеksiyа dаrаjаlаrini о‘rgаnish mеtоdikаsi” orqali olingan dastlabki natijalar tahlili (n=250) Shkalalar nomi O‘rtacha(M) Farqlar 2-kurs n=120 4-kurs, n=130 t Situativ refleksiya 16,6 18,2 -2,5* Retrospektiv refleksiya 19,7 21,4 -2,6* Perspektiv refleksiya 17,5 19,7 -2,9* “Shахsdаgi rеflеksiyа dаrаjаlаrini о‘rgаnish mеtоdikаsi” bo’yicha dastlabki olingan natijalar tahliliga ko‘ra «situativ refleksiya» (t=-2,5; p≤0,05), «retrospektiv refleksiya» (t=-2,6; p≤0,05), «perspektiv refleksiya» (t=-2,9; p≤0,05) omillarida sezilarli tafovutlar kuzatildi. Metodikaning dastlabki, «situativ refleksiya» omili bo‘yicha 4-bosqich talabalarida yuqori natijani qayd etdi (t=-2,5; p≤0,05). Bu esa ularning hozirgi vaziyatni anglash va real vaqt ichida fikrlarini qayta ishlash qobiliyatining shakllanganligini ko‘rsatadi. Ushbu omil bo‘yicha yuqori natijalar talabalarning hozirgi kasbiy vaziyatlarga nisbatan mulohaza yuritish va ularga moslashuvchan yondashish qobiliyatining ortganligini aks ettiradi, bu esa ularning kelajakdagi kasbiy o‘z-o‘zini anglash darajasining yuqoriligini ifodalaydi. 4-bosqich talabalari bilan bog‘liq mazkur yuqori ko‘rsatkichlar kasbiy o‘z o‘zini anglashni rivojlantirish jarayonida tajriba va kasbiy tayyorgarlik bosqichlari sezilarli rol o‘ynayotganligini ifodalashi mumkin. Metodikaning navbatdagi «retrospektiv refleksiya» omili bo‘yicha ham 4-bosqich talabalari yuqori natijani qayd etdi (t=-2,6; p≤0,05). Mazkur natija ular o‘zining o‘tgan faoliyati va o‘tmishdagi tajribalarini chuqur tahlil qilish qobiliyatiga ega ekanligini ifodalaydi. Bu talabalarning avvalgi tajribalaridan saboq olish va o‘z kasbiy rivojlanishlariga nisbatan chuqur tahliliy yondashuv shakllanishining isboti bo‘lishi mumkin. Ushbu refleksiya turi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar, ularning o‘z bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilib, shaxsiy o‘sish uchun zarur xulosalarni chiqarish qobiliyatini rivojlantirganliklarini anglatadi. 4-bosqich talabalarning yuqori ko‘rsatkichlari ular tomonidan kasbiy amaliyot natijasida olingan tajribalarni qayta ishlash va ulardan foydali xulosalar chiqarish qobiliyatining rivojlanganligini ko‘rsatib, kasbiy yetuklikning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Metodikaning so‘nggi «perspektiv refleksiya» omili bo‘yicha ham 4-bosqich talabalarida yuqori natijalar aniqlandi (t=-2,9; p≤0,05). Bu esa ularning kelajakdagi kasbiy vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish va kelajakda duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga nisbatan prognoz qobiliyatining rivojlanganligini ifodalaydi. Ushbu natija, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatlarini kelajakka qaratilgan holda rejalashtirish va ehtimoliy qiyinchiliklarga nisbatan oldindan tayyorgarlik ko‘rish qobiliyatining yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Perspektiv refleksiya orqali ular o‘zlarini kelajakdagi kasbiy rolda qanday amalga oshirishlarini tahlil qilishlari, bu esa kasbiy samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi. Mazkur natijalar 4-bosqich talabalarning kasbiy tayyorgarligi yuqori ekanligini, ularning uzoq muddatli rejalashtirish va o‘z kasbiy faoliyatini kelajakka qaratilgan holda shakllantirish qobiliyatining rivojlanganligini ko‘rsatadi. Ushbu omillar bo‘yicha olingan natijalar, 4-bosqich talabalarning o‘z o‘zini anglash darajasining yuqori ekanligini tasdiqlab, kasb ta’limi o‘qituvchilari uchun ijtimoiy-psixologik jihatdan o‘zini o‘zi anglash jarayonining rivojlanishiga yordam beruvchi elementlar sifatida ahamiyat kasb etadi. 2-jadval. “O‘z xulq-atvorini tartibga solish uslubi” orqali olingan dastlabki natijalar tahlili (n=250) Shkalalar nomi O‘rtacha(M) Farqlar 2-kurs, n=120 4-kurs, n=130 t “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025
- Аниқ ва ижтимоий-иқтисодий фанлар Rejalashtirish 6,4 4,5 -2,6* Mustaqillik 6,8 8,7 -2,8* Moslashuvchanlik 6,5 8,9 -2,3* Natijalarni baholash 5,8 8,1 -3,1* “O‘z xulq-atvorini tartibga solish uslubi” metodikasi orqali olingan dastlabki natijalar tahliliga o’tadigan bo’lsak, bir qator omillarda ishonchli farqlar kuzatildi. Jumladan, “rejalashtirish” (t-2,6; p<0,05), “mustaqillik” (t-2,8; p<0,05), “moslashuvchanlik” (t-2,3; p<0,05) hamda “natijalarni baholash” (t-3,1; p<0,05) omillarida ahamiyatli farqlar kuzatildi. Metodikaning dastlabki “rejalashtirish” omili bo’yicha 4-bosqich talabalarida yuqori natija kuzatildi (t-2,6; p<0,05). Bu natijalar ularning kasbiy faoliyatda kelajakni oldindan ko‘ra olish va rejalashtirish qobiliyatining mukammal darajada shakllanganligini anglatadi. Shuningdek, bu talabalar o‘z vazifalarini aniq va tizimli tarzda rejalashtirgan holda amalga oshirishga qodir bo‘lishlari tufayli o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda puxta yondashuvni qo‘llashadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ular vaqtni samarali boshqarish va ustuvor vazifalarni aniqlashda tizimlilik bilan harakat qilib, o‘zlarini rivojlantirish uchun zaruriy yo‘nalishlarni aniqlay olishadi. Bu talabalar o‘zlarini kasbiy sohada muvaffaqiyatga erishish uchun rejalashtirishni izchil amalga oshirishda kuchli tayyorgarlikka ega ekanliklarini bildiradi. Shu bilan birga, rejalashtirish qobiliyatining rivojlanganligi ularga keng qamrovli masalalarni murakkablik darajasiga qarab turlicha yondashishga va o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsadlarga yetishish uchun qat’iyat bilan intilishga yordam beradi. Bu omil bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar talabalarning o‘z vazifalarini tartibli rejalashtirish va ularga mos qadamlar qo‘yish orqali natijalarni aniq maqsadlar asosida erishishini ta’minlaydi. Bunday talabalar har bir vazifani tizimli ravishda amalga oshirish orqali o‘z o‘zini anglashni chuqurlashtirish va kelajakdagi kasbiy faoliyatda o‘z o‘rnini barqarorlashtirish imkoniyatini kengaytiradi. “Mustaqillik” omili bo’yicha ham kurslar kesimida sezilarli tafovut aniqlanib, 4-bosqich talabalari yuqori natijani qayd etdi (t-2,8; p<0,05). Mazkur talabalar o‘z kasbiy maqsadlariga erishishda o‘zlariga ishonch bilan yondashib, murakkab masalalarni o‘z-o‘zicha tahlil qilish imkoniyatiga ega ekanliklarini bildiradi. Ushbu yuqori natijalar ularning o‘z yo‘nalishlarini mustaqil ravishda belgilab, qarorlar qabul qilishda to‘liq erkinlikni qo‘llashlarini ifodalaydi. Shuningdek, talabalarning o‘z mas’uliyatini his qilishlari ularning shaxsiy o‘sishlari va kasbiy mahoratini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqil fikrlash va o‘z-o‘zidan harakat qilish qobiliyati ularni ijodiy yondashuv va innovatsion qarorlar qabul qilishga undaydi. Bunday talabalar o‘zlarining kasbiy faoliyatlarida qiyinchiliklarni mardona yengib o‘tish orqali o‘z tajribalari va bilimlariga asoslangan holda qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, ular mustaqil ishlashda ko‘proq tajribaga ega bo‘lib, kasbiy tayyorgarlik jarayonida o‘zlariga ishonch bilan yondashadilar. Mazkur omil bo‘yicha yuqori natijalar talabalarning o‘z kuchlariga suyanishlari va mas’uliyatni bo‘yniga olish orqali kasbiy taraqqiyotni mustaqil ravishda amalga oshirishga qodir ekanliklarini ko‘rsatadi. Bunday talabalar kasbiy faoliyat davomida mas’uliyatni yanada chuqurroq anglaydi va qarorlarini ijodiy yondashuv bilan kuchaytirishga intiladilar, bu esa ularning kasbiy muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini oshiradi. Metodikadagi “Moslashuvchanlik” omili bo‘yicha 4-bosqich talabalarida yuqori natija kuzatildi (t-2,3; p<0,05). Jumladan, 4-bosqich talabalarida yangi sharoitlarga moslashish va o‘z vazifalarini o‘zgaruvchan muhitda samarali amalga oshirish qobiliyatiga ega ekanliklarini ko‘rsatadi. Bunday talabalar o‘zlarini kasbiy faoliyatda moslashuvchan uslub va yangicha qarashlar bilan o‘zgartirib, yangi imkoniyatlarni kengaytirish ustida ishlashadi. Moslashuvchanlik qobiliyatining rivojlanganligi ularga turli murakkab sharoitlarda ham izchil faoliyat olib borish imkonini yaratadi. Bu ko‘nikmalar yangi vaziyatlarga tezda moslashish va ularga mos bo‘lgan yechimlarni topish orqali o‘z samaradorliklarini oshirishlariga xizmat qiladi. Talabalar yangi ish “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №3/2025
- Точные и гуманитарно-экономические науки muhitiga moslashish qobiliyatlari yordamida yangi sharoitlarda mustaqil ravishda harakat qilishadi va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Shuningdek, ularning har bir yangi vaziyatga moslashish qobiliyati ijodiy imkoniyatlarni rivojlantiradi va ularga faoliyatda yangilik yaratishga yordam beradi. Moslashuvchanlikdagi yuqori ko‘rsatkichlar o‘zgaruvchan sharoitlarga qarshi turib o‘z tajribalaridan foydalangan holda kasbiy muvaffaqiyatlarga erishishga yordam beradi. Talabalar bu qobiliyatlari orqali o‘z muhitlarini boshqarish, unga moslashish va qiyinchiliklarni yengish qobiliyatlariga ega ekanliklarini namoyon etishadi. Ular kasbiy faoliyatda qiyinchiliklarga qarshi turib, yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan yo‘nalishlarni ishlab chiqishadi va o‘z ustida ishlashni davom ettirishadi. Foydalanilgan adabiyotlar:
- 1. Педагогическая психология Л.С.Выготский, В.В.Давидов, 2005
- 2. Психология и педагогика: Учебное пособие А.А.Реан, 2000
- 3. Ibragimov X.I. Pedagogik psixologiya: pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2009. 4. pedagogika va psixologiya asoslari S.R.Baxadirova. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma Toshkent - «Ilm ziyo»-2016. ЧАҚМОҚДАЙ УМР МАҲСУЛИ Нурмурадова Ш.И. Бухоро давлат техника университети. Аннотация. Мақолада ўзбек шоири, таржимон, драматург, XX асрнинг 30-йиллари бошларидаёқ ўз дунёқараши орқали ўзбек шеъриятига янгича оқим олиб кириб, унга ўз ҳиссасини қўшган истеъдодли сўз санъаткори Усмон Носирнинг қисқа, машаққатли, бироқ ибратли, сермазмун ва сермаҳсул ҳаёт йўли, ижоди тўғрисида баён қилинган. Шоир асарларининг мавзу ва ғояси, ўзбек адабиётида тутган ўрни, аҳамияти ва ижодкорга берилган юқори баҳо таҳлил қилинган. Калит сўзлар: истеъдодли шоир, қисқа ҳаёт, ижодий мерос, шеърий тўплам, достонлар, “Ўзбекнинг Лермонтови”, драматургик асарлар, “халқ душмани” тамғаси, Ватан, муҳаббат, эркинлик, гўзаллик мадҳи ПЛОД МОЛНИЕНОСНОЙ ЖИЗНИ Нурмурадова Ш.И. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В статье рассказывается о жизни и творчестве талантливого мастера слова – узбекского поэта, переводчика и драматурга Усмана Носира, который уже в начале 30-х годов XX века внес в узбекскую поэзию новое направление, отражающее его мировоззрение. Описывается его короткий, трудный, но поучительный, насыщенный и плодотворный жизненный путь. Анализируются темы и идеи его произведений, значение и место поэта в узбекской литературе, а также высокая оценка, данная его творчеству. Ключевые слова: талантливый поэт, короткая жизнь, творческое наследие, поэтический сборник, поэмы, «узбекский Лермонтов», драматургические произведения, клеймо «враг народа», Родина, любовь, свобода, гимн красоты. THE FRUIT OF A LIGHTNING-LIKE LIFE Nurmuradova Sh.I. Bukhara state technical university. Abstract. The article presents the life and creative work of Usmon Nosir — a talented Uzbek poet, translator, and playwright — who, as early as the 1930s, introduced a new stream into Uzbek poetry through his worldview and made a significant contribution to its development. His short, difficult, yet exemplary, meaningful, and productive life path is described. The article analyzes the themes and ideas in the poet's works, his place and importance in Uzbek literature, and the high praise given to his creativity. Keywords: talented poet, short life, creative legacy, poetry collection, epics, “Uzbek Lermontov,” dramatic works, label of “enemy of the people,” homeland, love, freedom, praise of beauty. Ўзбек адабиёти тарихида ўзига хос ўрин эгаллаган, XX асрнинг биринчи ярмида ижод қилган истеъдодли шоирлардан бири Усмон Носирдир. Унинг ҳаёти қисқа бўлган бўлса-да, қолдирган ижодий мероси ўзбек шеърияти ривожида муҳим рол ўйнаган. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №3/2025 369