Перейти к содержимому
Научная статья O'zbekcha Open Access

Sanoatda tabiiy gazni qazib olish va uni qayta ishlashda energiya samaradorlikni oshirishning imkoniyatlari

SADULLAYEV N.N., MURTAZOYEV F.F.

Выпуск
4-son
Страницы
69–71
Опубликовано
05.08.2025
Просмотры
1 5

Аннотации

В статье обсуждается важность научной работы в области добычи и переработки газа, а также возможности будущего повышения энергоэффективности.

Содержание статьи

mavjud texnologiyalarning energetik samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqish; texnologiyalarning ekologik samaradorligini oshirish; energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali iqtisodiy ekologik barqarorlikni ta’minlash; muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda texnologiyalarni ishlab chiqish. Aholi energiyaga bo‘lgan talabning ko‘payishi, birlamchi energetik resurslarning cheklanganligi va jahonda energiya resurslar narxining qimmatlashuvi uglevodorod yoqilg‘ilari (neft-gaz) dan ratsional foydalanishning dolzarbligini oshirmoqda. Respublikamizda energiya ishlab chiqarishda gazning ulushi 80-90 % ni tashkil qiladi. So‘nggi besh yilda respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 62,4 mlrd kvt*soatdan 74,3 mlrd kvt*soatga yoki 19% ga oshgan bo‘lib, bunda sanoat korxonalarining ulushi umumiy iste’molga nisbatan 25% dan 50% gacha ortdi. Energiya resurslari iste’moliga bo‘lgan talabning oshib borishi sharoitida ulardan oqilona foydalanish masalalari bilan bir qatorda energiya resurslarining ishlatilish samaradorligini baholash masalasi ham muhim bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “O‘RQ-940-son” qonunga muvofiq energiyani tejash va undan oqilona foydalanish energetika siyosatining ustuvor vazifalaridan etib belgilandi [2]. Tabiiy resurslarga boy diyorimizda energiyaga bo‘lgan talabning katta qismini tabiiy gaz orqali qondiramiz. Ya’ni tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlash orqali turli mahsulotlar olish yoki elektr energiyaga aylantirish hamda issiqlik energetikasi tizimida birlamchi yoqilg‘i sifatida asosiy resurs hisoblanadi. Gazni qazib chiqarish hamda qayta ishlash korxonalarida iste’mol qilinadigan o‘z ehtiyoj energiyasi ham salmoqli hisoblanadi . “stat.uz” sayt [3] ma’lumotiga ko‘ra quyidagi 1-va 2-rasmlarda keltirilgan ma’lumotlarni olish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, 2023-yilda ishlab chiqarilgan umumiy energiyaning 84.2% ni ishlab chiqarish tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga kelib 84.8% ni tashkil etgan. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 67 Химия и химические технологии 1-rasm. 2023- yilda ishlab chiqarilgan energiyaning taqsimoti 2-rasm. 2024-yilda ishlab chiqarilgan energiyaning taqsimoti 2023-yil energiya sarfi taqsimoti Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash 6.6 % 0,5[ Ishlab chiqaradigan sanoat 8.7% Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash 84.2% Suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish Bundan ma’lum bo‘ladiki, energiya iste’molida sanoatning ulushining oshishi, ushbu ishlab chiqarish tizimidagi sanoat mexanizmi, dastgoh-qurilmalar soni hamda ko’lami kengayganini bildiradi. Bu esa sanoat yo’nalishlarida, ya’ni sanoat tarmog’idagi korxonalarda optimal ish rejimlarini tashkil etish orqali energiya samaradorlikka erishishni taqozo etadi. Gazni qayta ishlash korxonalarida energiya samaradorlikni oshirish bo‘yicha ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Dolgotovskiy Igor Vladimirovich o‘z ilmiy ishlarida elektr energiyasi va gaz iste’molining kombinatsiyalashgan tizimining metodikasini ishlab chiqqan, matematik modelini tuzgan bo‘lib, iqlim omillarining ta’siri baholagan [4], Shomova Tatyana Petrovna kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida issiqlik nasoslarining ish rejimlari ishlab chiqilgan, “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 68 Кимё ва кимёвий технологиялар monitoring qilingan. Issiqlik nasoslari energiya samarador ish rejimlarining matematik modelini yaratilgan [5]. Hozirgi vaqtda yurtimizda 250 ga yaqin uglevodorod koni bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi istiqlol yillarida ochilgan. Shu bilan birga mutaxassislarning fikricha, qazib chiqarish murakkab bo‘lgan qatlamlarda katta miqdordagi neft va gaz zaxiralari mavjud. Bu esa mazkur zaxiralarni chiqarib olishga tayyorlash uchun mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilgan ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Shu nuqtayi nazardan mamlakatimiz olimlarining bu yo‘nalishda olib borayotgan ilmiy izlanishlarini amaliyotga faol tatbiq etish neft va gaz konlarining resurslaridan samarali foydalanish bilan bir qatorda mahalliy ilmiy jamoatchilikning ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorligini kengaytirish imkonini beradi [6]. Shuningdek, Qurbonov Nurbek Nurillo o‘g‘li ham o‘zining “Energiya resurslari ishlatilishi samaradorligini baholash usullari va algoritmlari” mavzusidagi dissertatsiyada ham yer qa’ridan qazib olinadigan mavjud energiya manbalarini qazib olishni tashkil etish va ularning monitoringini amalga oshirish borasida ma’lumotlar jamlangan. Energiya isteʼmoli samaradorligini baholashda energiya sarfining solishtirma sarfi, energiya isroflari va ekologik taʼsir ko‘rsatkichlarini aniqlash usuli va algoritmlari yaratilgan. Natijada, mazkur ko‘rsatkichlarning natijaviy qiymatlari asosida energiya sig‘imlilikni aniqlash, energiya samaradorligini baholash hamda taklif etilgan tashkiliy texnik tadbirlarning joriy etilishi natijasida elektr energiyasi isteʼmolini 3% gacha kamaytirish imkoni yaratilgan [7]. Qobilov Nodirbek Sobirovichning “Neft va gaz quduqlarini burg‘ulash uchun samarador moylovchi materiallar va og‘irlashtirilgan burg‘ulash eritmalarini ishlab chiqish” mavzusidagi (Dsc) dissertatsiyasida ham neft-gaz qazib olish va qayta ishlashdagi qoldiq, ya’ni chiqindi materiallardan burg‘ulash eritmalari va moylovchi materiallarni olish texnologiyasini ishlab chiqish orqali resurs tejamkorligiga hamda energiya isrofini kamaytirishga erishish mumkinligi qayd etilgan [8]. Jahonda va yurtimizda qilingan ilmiy izlanishlarni tahlil qilib ko‘rib quyidagi xulosaga qildik: gazni qazib chiqarish va qayta ishlash korxonalarida energiya samaradorligini oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish lozim: 1. Issiqlik almashinish jarayonlarini optimallashtirish: gazni qayta ishlashda issiqlik energiyasini maksimal darajada qayta ishlash va yo‘qotishlarni kamaytirish [9]. 2. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llash: Quyosh yoki shamol energiyasidan foydalanib yordamchi jarayonlarni energiya bilan ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar [10]. 3. Energiya monitoring tizimlari: IoT va sun’iy intellekt asosida energiya sarfini real vaqt rejimida kuzatish va boshqarish usullarini ishlab chiqish [11]. Ushbu tahlillar shuni ko‘rsatadiki, gazni qazib chiqarish va qayta ishlashda energiya samaradorlikni oshirish imkoniyatlari keng bo‘lib, ulardan dolzarbligi hamda samaradorlikni oshirish imkoniyati kengligi bilan ajralib turgan “issiqlik almashinish jarayonlari”da sarf bo‘luvchi energiya iste’molini optimallashtirish muhim hisoblanadi

Литература (5)

  1. 1. Афанасьева, М.В., and А.А. Вдовина. “Проблемы и перспективы инновационного развития мировой газовой промышленности”. Научный журнал Российского газового сообщества 1 (2014): 71-79.
  2. 2. Prezident tomonidan “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-940-son, 07.08.2024 y.)
  3. 3. Nusratovich, Sabirov Khasan, and Akbarova Asidaxon. "Influence of the volume of industrial production in uzbekistan on the import trend." Qo‘qon universiteti xabarnomasi 9 (2023): 35-40.
  4. 4. Долотовский, Игорь Владимирович. "Системный анализ повышения эффективности энергетического комплекса газоперерабатывающих предприятий (на примере Астраханского ГПЗ)." Дисс. на соиск. уч. степ. канд. техн. наук (2008).
  5. 5. Султангузин, И. А. Повышение энергетической эффективности предприятий газоперерабатывающего комплекса на основе применения тепловых насосов. Diss. Московский энергетический институт, 2014. 6. https://old.gov.uz/oz/news/view/13120 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 69