Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Anilin va gidrooksibenzoy kislotalar asosida birikmalar sintezi istiqbollari

NURIDDINOVA G.A., NIYAZOV L.N.

Issue
4-son
Pages
92–94
Published
05.08.2025
Views
1 6

Abstracts

The latest scientific research on the synthesis of compounds based on aniline and hydroxybenzoic acids has been studied, and a method for the synthesis of potential amides that do not have a complex structure has been selected. The biological activity of these potential molecules was predicted using the PassOnline program. The prediction showed that the molecules can exhibit certain biological activity.

Article Content

Kirish. Hozirgi kunda zamonaviy organik sintez sohasida olib borilayotgan ilmiytadqiqotlarda ko‘plab murakkab va oddiy molekulalar sintez qilinmoqda [1]. Farmatsevtik kimyoning dori vositalari va biologik faol moddalar sintezida yangi soha bo‘lib kirishi, organik sintezning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar atroflicha keltirilgan [2]. Gidroksibenzoy kislotalar, jumladan, salitsil kislota asosida turli xil biologik faollikni namoyon qiladigan birikmalar sintez qilingan va sintez qilinmoqda. Chunki gidroksibenzoy kislotalar (GK) turli xil biologik faollikni namoyon qiladigan oraliq mahsulot hisoblanadi. Ularning birikmalaridan oziq-ovqat, kosmetika vositalari, farmatsevtika sanoati, fungitsidlar, polimerlar, termoplastlar va boshqalarni olishda qo‘llaniladi [3-5]. GK va ularning hosilalari – yangi avlod og‘riq qoldiruvchi, haroratni pasaytiruvchi, antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va psixotrop preparatlarni, shu jumladan, saraton kasalligida qo‘llaniladigan birikmalarni sintez qilishda ham muhim ahamiyatga ega moddalar sifatida qaralmoqda [6-8]. Ayniqsa, amid bog‘lanish dori vositalarini olishda va inson organizmida muhim ahamiyatga egadir. Amid bog‘lanish kimyoning ko‘plab sohalarida, masalan, organik sintez, dori vositalarini ishlab chiqarish, polimerlar va biokimyoda eng asosiy funksional guruh hisoblanadi. Odatda, amidlar planar bo‘lib, amid -N-C(O)- bog‘lanishni nN→π⁎C=O tufayli mustahkam bo‘lib, bu kabi kimyoviy bog‘lanishni uzish yoki parchalash juda qiyin hisoblanadi [9]. Bundan tashqari, amid bog‘lanish orqali GKlar asosida yangi birikmalar va kichik molekulalarni sintez qilish organik kimyoning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 90 Кимё ва кимёвий технологиялар Yechiladigan muammo va masalaning qo‘yilishi. C-C va C-N bog‘lanishlarini shakllantirish bilan bog‘liq reaksiyalar organik va farmatsevtik kimyoda katta ahamiyatga ega, chunki ular oddiy va kichikroq komponentlardan murakkab strukturalarni sintez qilishga asos bo‘ladi [10]. Moddalarni sintez qilishdan oldin ularni potensial biologik aktivlikka ega yoki ega emasligi, energetik jihatdan barqaror yoki beqaror ekanligini prognozlash hamda modellashtirish muhim ahamiyatga ega. Sintez qilanadigan moddalar gidroksibenzoy kislotalar va anilinning amidlari bo‘lib, kichik molekulalar hisoblanadi. Kichik molekulalar turli xil biomolekulyar nishonlar bilan ta’sirlashib bog‘lanishi va ehtimoliy biologik aktivlik namoyon qilishi mumkin. Shu sababli, sintez qilinadigan moddalar maxsus kompyuter dasturlari yordamida tahlil qilindi. Ma’lumki, LogP parametri mumkin bo‘lgan elektrostatik o‘zaro ta’sirlarni va molekula va hujayra devorining tarkibiy qismlari o‘rtasida vodorod bog‘lanishlarining shakllanishini belgilaydi. Og‘iz orqali yuborilgandan keyin dori vositalari passiv diffuziya o‘tkazuvchanligi tufayli oshqozonichak traktida optimal so‘rilish uchun LogP ning umumiy o‘rtacha ko‘rsatgichi (0-3 oralig‘i) mavjud. LogP tarqalish koeffitsiyenti noldan kam bo‘lgan moddalar (yuqori darajada gidrofilik moddalar) hujayradan tashqaridagi suyuqlikka osongina o‘tadi, lekin hujayra membranalariga va/yoki biologik to‘siqlarga kira olmaydi. Ushbu diapazonda o‘tkazuvchanlik va eruvchanlikning muvozanati muhim ahamiyatga ega. Agar LogP qiymati 3 (lipofil moddalar) bo‘lsa, unda bunday moddalar tezda membranadan o‘tadi va odatda, butun tanaga tez tarqaladi [11]. Sintezi rejalashtirilgan moddalarning strukturaviy formulasi: O OH O O NH O H NH NH O H 2-gidroksi-N-fenilbenzamid 3- gidroksi-N-fenilbenzamid 4- gidroksi-N-fenilbenzamid Eksperiment va olingan natijalarning tahlili. Tahlilni amalga oshirish uchun gidroksibenzoy kislotalari va anilin tanlab olindi. Bunda har bir moddalar o‘ziga xos kimyoviy va farmakologik xususiyatlarga ega. Bunda GKlarning amid sintezini amalga oshirish rejalashtirildi. Sintez qilish 2 bosqichda amalga oshirilishini inobatga olib, mahsulotlar unum yuqori bo‘lishini prognozlash mumkin [12-18]. Bunda sintez gidroksibenzoy kislotaning xlorangidridini olish, so‘ng xlorangidridga bevosita anilinni qo‘shish orqali amalga oshiriladi. Sintezda yuqori harorat va maxsus erituvchilar talab etilmaydi. Bunda sintez oddiyligi, murakkab kimyoviy reagentlar talab etilmasligi bilan ajralib turadi. Olinadigan moddlarning LogP qiymatlari ham hisoblandi. Bunda sintezlanadigan moddalarning LogP qiymati 2.25-3.27 oralig‘ida ekanligi ma’lum bo‘ldi, bu qiymatlar musbat va optimal qiymatlar oralig‘ida ekanligidan dalolat beradi. Bu esa moddalarning tezda membranadan o‘tishi va butun tanaga tez tarqalishini anglatadi. Olingan natijalar tadbiqi. PassOnline dasturi asosida moddalarning tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, 94,6% gacha ubixinol-sitoxrom-C reduktaza ingibitori, membrananing yaxlitligi agonisti, prolyl aminopeptidaza inhibitori, metilenetetrahidrofolat reduktaza (NADPH) inhibitori, aspulvinon dimetilaltransferaza inhibitori, CYP2C12 substrati, treonin aldolaza inhibitori, taurin dehidrogenaza inhibitori sifatida faollik namoyon qilish prognoz qilindi. Sintezlanadigan molekulalar tarkibida turli funksional guruhlar, ya’ni, -OH, -COOH, -NH- guruhlari mavjudligi, uning biologik aktivlik va metallar bilan kompleks birikmalar hosil qilishi hamda qo‘llanilish sohasini keng ekanligidan daloalt beradi. Xulosa. Gidroksibenzoy kislotalari va anilin asosida hosilalarining tuzilishi kvant-kimyoviy usulda tadqiq etildi va fizik-kimyoviy xossalari turli dasturlar bilan aniqlandi. Shuningdek, ularning dastlabki potensial biologik aktivligi PassOnline web dasturi yordamida tadqiq qilindi [16]. Bunda “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 91 Химия и химические технологии olingan natijalarda ma’lum bo‘ldiki, sintezlanadigan moddalar keng miqyosdagi biologik faollik ko‘rsatishi in silico usulida aniqlandi, o‘z navbatida, turli kasalliklarni davolashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan potensial dori vositalar sifatida qaralishi mimkin. Bu o‘z navbatida, bu kabi kichik molekulalarni sintez qilish dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Adabiyotlar: 1. Брель А.К., Будаева Ю.Н., Лисина С.В., Ниязов Л.Н. Синтез амидов производных гидроксибензойных кислот с 6-амино-1,3-диметилпиримидин-2,4-дионом // Известия Волгоградского государ. технического университета. – 2022. – № 12 (271). – С. 66-69. 2. Jones A. W. Early drug discovery and the rise of pharmaceutical chemistry //Drug testing and analysis. – 2011. – Т. 3. – №. 6. – С. 337-344. 3. Lynch R. I., Lavelle E. C. Immuno-modulatory biomaterials as anti-inflammatory therapeutics //Biochemical pharmacology. – 2022. – С. 114890. 4. Brel A. K., Lisina S. V., Budaeva Y. N. Hydroxybenzoyl Chlorides in the Synthesis of Conjugates with Biologically Active Dipeptides //Russian Journal of Organic Chemistry. – 2021. – Т. 57. – №. 4. – С. 540-544. 5. Lundahl M. et al. Mycobacterial para-Hydroxybenzoic Acid-Derivatives (p HBADs) and Related Structures Induce Macrophage Innate Memory //ACS Chemical Biology. – 2020. – Т. 15. – №. 9. – С. 2415-2421. 6. Manuja R. et al. A comprehensive review on biological activities of p-hydroxy benzoic acid and its derivatives //Int. J. Pharm. Sci. Rev. Res. – 2013. – Т. 22. – №. 2. – С. 109-115. 7. Oliveira C., Cagide F., Teixeira J., Amorim R. Hydroxybenzoic acid derivatives as dual target ligands: mitochondriotropic antioxidants and cholinesterase inhibitors. Front. Chem., 2018, Vol. 23, No. 6, pp. 126-132 8. Safarova I. R. Hydroxybenzoic acid derivatives and their biological activity //Processes of Petrochemistry and Oil Refining. – 2022. – Т. 23. – №. 1. 9. Li G., Ma S., Szostak M. Amide bond activation: the power of resonance //Trends in Chemistry. – 2020. – Т. 2. – №. 10. – С. 914-928. 10. Nagaraju B. et al. A facile one pot CC and CN bond formation for the synthesis of spiro- benzodiazepines and their cytotoxicity // Tetrahedron. – 2017. – Т. 73. – №. 49. – С. 6969-6976. 11. Думпис М. А. и др. Биологическая активность фуллеренов-реалии // Обзоры по клинической фармакологии и лекарственной терапии. – 2018. – Т. 16. – №. 1. – С. 4-20. 12. Брель А.К., Лисина С.В., Сидоренко П.В., Ниязов Л.Н. О-аминоацил производные гидроксибензойных кислот и оценка их биологической активности // Известия Волгоградского государ. технического университета. – 2023. – № 5 (276). – С. 48-55. 13. Sharma A. et al. Cosmeceuticals significance of hydroxybenzoic acids //Specialized Plant Metabolites as Cosmeceuticals. – Elsevier, 2024. – С. 99-118. 14. Синтез и противовоспалительная активность некоторых амидов салициловой кислоты - производных с -аминокислотами / Диванян Н.М. [и др.]// Хим.-фарм. Журнал. – 1978. – Т. 12, № 9. – С. 45-48. 15. Пат. US2008021467 (Al), А61КЗ1/166; A23L1/22; С07С233/73; А61КЗ1/166; С07С233/00. Hydroxybenzoic acid amides and the use thereof for masking bitter taste / Ley J., Bertram H. J., Kindel G., Krammer G.; SYMRISE GMBH & CO. KG, Holzminden, DE. – 2008. 16. Пат. US6399798 (В2), С07С 233/65, Method of preparing alkylated salicylamides / Gschneidner D., Bemadino J.N., Bay W.E.; Emisphere Technologies, Inc., NY. – 2002. 17. Baxromov H.Q. Belgilangan xossali organik tuzlarning (aminokislotalar va gidroksibenzoy kislotalari amidlari ishtirokida) olinishi va xossalari: kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori avtoreferati. – Toshkent.: 2023. – 42 b. 18. Brel A. K. et al. Experience in the synthesis of hydroxybenzoic acid derivatives //Russian Chemical Bulletin. – 2022. – Т. 71. – №. 11. – С. 2335-2341. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 92