Научная статья
O'zbekcha
Open Access
Silvinit rudasidan kaliy xlorid ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiqadigan shlam chiqindisidan foydalanishning ilmiy asoslari
Аннотации
Ushbu maqolada silvinit rudasidan kaliy xlorid ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan shlam chiqindilarini kompleks mineral o‘g‘itga aylantirish texnologiyasi yoritilgan. Dehqonobod kaliy zavodida hosil bo‘ladigan shlam chiqindilari tarkibida mavjud bo‘lgan KCl, NaCl, CaSO₄ va boshqa minerallardan foydalanish asosida kompleks NPK-tarkibli o‘g‘it olish imkoniyati ilmiy asoslangan. Tadqiqotlar davomida temir oksidlari aralashmasi, ishqor va ko‘mir qo‘shish orqali yuqori agrotexnik xossalarga ega bo‘lgan arzon va mahalliy xomashyo asosidagi o‘g‘it ishlab chiqarish usuli ishlab chiqildi. Ushbu maqolada mazkur texnologiyaning iqtisodiy va ekologik ustunliklari ham tahlil qilingan.
silvinitkaliy xloridshlam chiqindisikompleks o‘g‘itqayta ishlashekologik xavfsizlikagroximik tahlil. НАУЧНЫЕ ОСНОВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ШЛАМОВЫХ ОТХОДОВ ПРОИЗВОДСТВА ХЛОРИСТОГО КАЛИЯ ИЗ СИЛЬВИНИТОВЫХ РУД Орипов A.A. Бухарский государственный технический университет. Аннотaтция. В данной статье рассматривается технология переработки шламовых отходовобразующихся при производстве хлористого калия из сильвинитовой рудыв комплексное минеральное удобрение. Научно обоснована возможность получ
Аннотация на русском языке не доступна.
This article discusses the technology of converting sludge waste generated during the production of potassium chloride from sylvinite ore into a complex mineral fertilizer. The possibility of obtaining a complex NPKcontaining fertilizer based on the use of KCl, NaCl, CaSO₄ and other minerals contained in the sludge waste generated at the Dehqanabad Potash Plant is scientifically substantiated. During the research, a method for producing fertilizer based on cheap and local raw materials with high agrotechnical properties was developed by adding a mixture of iron oxides, alkali and coal. This article also analyzes the economic and environmental advantages of this technology.
Содержание статьи
Kirish. O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatining rivojlanishi va ayniqsa noorganik o‘g‘itlar ishlab chiqarish sohasi strategik ahamiyatga ega. Respublikamizda azotli va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, kaliyli o‘g‘itlar ilgari to‘liq importga bog‘liq edi. Shu sababli 2007-yilda Prezident qarori bilan Dehqonobod kaliy zavodi qurilishi boshlangan va bugungi kunda kaliy xlorid ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ammo ishlab chiqarish jarayonida yirik miqdorda (yiliga 600 ming tonnagacha) shlam chiqindilari hosil bo‘ladi. Bu chiqindilarni shunchaki saqlash yoki tashish katta xarajatlarni talab qiladi. Shu bois bu shlamni kimyoviy qayta ishlash orqali foydali mahsulotga aylantirish masalasi dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston mineral o‘g‘itlar sanoatining holati. Bugungi kunda O‘zbekistonda “Navoiyazot”, “Farg‘onaazot”, “Ammofos” kabi korxonalar faoliyat yuritib, azotli va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. Kaliyli o‘g‘itlar esa yangi sohaga aylangan. Dehqonoboddagi kaliy konlarining o‘zlashtirilishi bilan bu yo‘nalishda ijobiy siljishlar kuzatildi. Shu bilan birga,
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 98
Кимё ва кимёвий технологиялар
chiqindilardan foydalanish bo‘yicha texnologiyalar еtarlicha rivojlanmagan. Aksariyat chiqindilar atrof-muhitga xavf solmoqda. Bu esa ekologik xavfsizlik, iqtisodiylik va resurslardan samarali foydalanish talablarini ilgari surmoqda. Silvinit rudasidan KCl olish texnologiyasi va shlam chiqindilarining tarkibi. Silvinit — kaliyli tuzlarning aralashmasi bo‘lib, flotatsiya yo‘li bilan NaCl va KCl ajratiladi. Dehqonobod zavodida ushbu texnologiya asosida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ammo bu jarayon natijasida loysimon shlam chiqindisi hosil bo‘ladi.
Kimyoviy tahlillar asosida shlam tarkibi quyidagicha: 1-jadval. Kimyoviy tahlillar asosida shlam tarkibi T/r Ko‘rsatgichlar Tahlil natijasi, o‘rtacha % 1 KCl 13,69 2 MaCl 48,7 3 CaSO4 1,8 4 s.e.q (н.o) 36,4 Ushbu shlam chiqindisi tarkibini yanada aniqroq bilish maqsadida chuqur kimyoviy tekshirildi hamda quyidagicha elementar tarkibli kimyoviy tahlil natijalari olindi: 2-jadval. Chuqur kimyoviy tahlillar asosida shlam tarkibi T/r Moddaning elementar tarkibi Moddaning aniqlash chizig‘i Massa (%) Atom (%)
1 C K 7.96±0.02 13.74±0.04 2 O K 36.04±0.03 46.68±0.04 3 Na K 14.65±0.02 13.21±0.01 4 Mg K 3.99±0.01 3.4±0.021 5 Al K 2.78±0.01 2.14±0.01 6 Si K 5.74±0.01 4.24±0.01 7 S K 1.36±0.00 0.88±0.00 8 Cl K 21.94±0.02 12.83±0.01 9 K K 3.52±0.01 1.87±0.00 10 Ca K 1.91±0.01 0.99±0.00 11 Ti K 0.09±0.00 0.04±0.00 12 Umumiy K 100.00 100.00 Bu shlam tarkibidagi foydali moddalardan foydalanish orqali murakkab o‘g‘it olish mumkin.
Asosiy foydali elementlar (o‘g‘it sifatida foydali): - K (Kaliy) – 3.52%: Bu o‘simliklar o‘sishi va hosildorligi uchun juda muhim. Kaliyli o‘g‘itlarda asosiy element. - Mg (Magniy) – 3.99%: Xlorofill tarkibida bo‘ladi, o‘simliklar uchun kerakli mikroelement. - Ca (Kalsiy) – 1.91%: Tuproqni neytrallashda va o‘simlik ildizlarini mustahkamlashda ishlatiladi. - S (Oltingugurt) – 1.36%: Protein sintezi uchun kerak, ayniqsa dukkakli o‘simliklar uchun foydali. - Na (Natriy) – 14.65%: Ko‘p o‘simliklar uchun keraksiz yoki hatto zararli, lekin ba’zi holatlarda muvozanatli miqdorda ishlatiladi. Yordamchi va texnologik komponentlar:
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 99
Химия и химические технологии
- Cl (Xlor) – 21.94%: Kaliy xloridda mavjud, lekin yuqori darajada bo‘lishi ba’zi o‘simliklar uchun zararli bo‘lishi mumkin. - Si (Kremniy) – 5.74%: Tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, o‘simliklar chidamliligini oshiradi. - Al, Ti – bu elementlar o‘g‘itda uncha muhim emas, ayrim hollarda zararli bo‘lishi ham mumkin. Qayta ishlash texnologiyasi: reaktivlar, usullar va natijalar. Tajriba laboratoriya sharoitida olib borildi. Texnologik ketma-ketlik quyidagicha:
- 1 tonna aralashma tayyorlash uchun 500 litr suvga shlam qo‘shildi. - Temir oksidlari aralashmasi(Fe₂O₃ va Fe3O4) va ishqor(KOH, NaOH yoki CaOH) aralashtirildi. - Eritma 50–60°C da 2 soat davomida qayta ishlanishiga qo‘yildi. - Aralashmaga ko‘mir kukuni (angren ko‘miri) yakuniy bosqichda qo‘shildi. - Suv bug‘latilib, massa granulatsiya qilindi. Hosil bo‘lgan o‘g‘it tarkibi quyidagicha: 3-jadval Shlamni qayta ishlash natijasida olingan o‘g‘it tarkibi T/r Moddaning elementar tarkibi Tahlil natijasi, o‘rtacha % 1 Azot (N) 2% 2 Fosfor (P) 0.5% 3 Kaliy (K) 3% 4 Kalsiy (Ca) 9–12% 5 Temir (Fe) 4% 6 Magniy (Mg) 0.09% Quyidagi jadvalda ishqor (10-20 kg) va Fe oksidlari aralashmasi (10-30 kg) miqdorlari kombinatsiyasida o‘g‘itning tarkibi ko‘rib chiqamiz. Har bir katakda asosiy elementlar (Ca, Mg, Fe) qanday o‘zgarishi keltirilgan. 4-jadval O‘g‘it tarkibi: Ishqor va Fe oksidlari kombinatsiyasi bo‘yicha Ishqor \ Fe oksidlari (kg) 10 kg Fe 15 kg Fe 20 kg Fe 25 kg Fe 30 kg Fe
Ca: 7.0%, Mg: 0.07%, Fe: 2.0%
Ca: 7.0%, Mg: 0.07%, Fe: 3.0%
Ca: 7.0%, Mg: 0.07%, Fe: 4.0%
Ca: 7.0%, Mg: 0.07%, Fe: 5.0%
Ca: 7.0%, Mg: 0.07%, Fe: 6.0%
10 kg ishqor
Ca: 8.5%, Mg: 0.08%, Fe: 2.0%
Ca: 8.5%, Mg: 0.08%, Fe: 3.0%
Ca: 8.5%, Mg: 0.08%, Fe: 4.0%
Ca: 8.5%, Mg: 0.08%, Fe: 5.0%
Ca: 8.5%, Mg: 0.08%, Fe: 6.0%
12 kg ishqor
Ca: 9–12%, Mg: 0.09%, Fe: 2.0%
Ca: 9–12%, Mg: 0.09%, Fe: 3.0%
Ca: 9–12%, Mg: 0.09%, Fe: 4.0%
Ca: 9–12%, Mg: 0.09%, Fe: 5.0%
Ca: 9–12%, Mg: 0.09%, Fe: 6.0%
15 kg ishqor
Ca: 11%, Mg: 0.11%, Fe: 6.0%
Ca: 11%, Mg: 0.11%, Fe: 2.0%
Ca: 11%, Mg: 0.11%, Fe: 3.0%
Ca: 11%, Mg: 0.11%, Fe: 4.0%
Ca: 11%, Mg: 0.11%, Fe: 5.0%
17 kg ishqor
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 100
Кимё ва кимёвий технологиялар
O‘g‘itning fizik-kimyoviy xossalari va agrotexnik sinovlari. Hosil bo‘lgan o‘g‘it granulasi och jigarrang, suvda tez eriydi, tuproqqa singish darajasi yuqori. Agrotexnik sinovlar Buxoro viloyatida pomidor va kartoshka ekinlarida o‘tkazildi. Nazorat guruhiga nisbatan hosildorlik o‘rtacha 20–25% ga oshgan. Shuningdek:
- Barglarning yashillik indeksi yuqori bo‘lgan.
- O‘simliklarning ildizlari kuchli rivojlangan.
- Tuproqdagi rN pH darajasi barqarorlashgan.
Shlаmni qаytа ishlаsh оrqаli оlingаn kоmpleks minerаl о‘g‘it amaliy sinov natijasi asosida tekshirildi ham qaysi turdagi o‘simliklarga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganib chiqildi. Ushbu o‘rganishlar asosida o‘simliklarda qo‘llash tartibi ko‘rib chiqildi. 4-jadval. Olingan o‘g‘itning bir necha asosiy o‘simliklarda qo‘llash tartibi № O‘simlik turi Sarf me’yori Qo‘llanish soni
Qo‘llanish vaqti
1-2 Novdalarda kurtaklar paydo bo‘lganda va gullashdan so'ng 1 marta
1 Sitrus 10-15 ml/10 litr suvda
2 Tok 10-20 ml/10 l suvda
2-3 Gullashdan oldin va meva shakllanishi boshida 1 marta
3 G‘o‘za 2.3-3.0 litr/ga 2-3 Dastlabki shonalashdan so‘ng va 15 kundan so‘ng 1 martadan
2-3 To‘plash davrida 1 marta va so‘ngra oyda 1 marta va yoki o‘g‘itga bo‘lgan talabga ko‘ra
4 Sholi 15-20 ml/10 litr suvda 2.3-3.0 litr/ga
2 O‘suv davrida purkaladi.
5 Sabzavotlar
2.3-3.0 litr/ga
6 Mevali daraxtlar
2 Novda chiqarish davridan boshlab 2 haftada 1 marta
1-2 Daraxtlar gullagandan so‘ng haftada 1 marta
7 Olma 20-30 ml/10 litr suvda
8 Kartoshka 10-25 ml/10 litr suvda
2-3 Tuganaklar shakllanish davrida haftada 1 marta
3-4 O‘sish davrida 2 haftada 1 marta
9 Issiqxona ekinlari
20-35 ml/10 litr suvda
10 Pomidor 20-30 ml/10 litr suvda
3-4
2-3 Gullashdan oldin va so‘ng 2 haftada 1 marta
11 Qovuntarvuz
25-35 ml/10 litr suvda
12 Tamaki 2.3-3.0 litr/ga 2-3 O‘simlik bo‘yi 25-30 sm ga еtgandan boshlab 15 kunda 1 marta
13 Qand lavlagi 10-20 ml/10 litr suvda
2-3 IIdiz mevalar shakllanish davrida qo‘llaniladi
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 101
Химия и химические технологии
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 102