Skip to content
Scientific Article O'zbekcha Open Access

Kompressor stansiyalarini turli xil zamonaviy boshqarish usuli orqali energiya samaradorligini baholash

MAXMUDOV M.I., TIMIROV X.N.

Issue
4-son
Pages
139–144
Published
05.08.2025
Views
2 5

Abstracts

A methodology for comparing the energy efficiency of various methods for regulating the overall performance of a compressor station is presented. The results of comparing the energy efficiency of regulation methods for a single compressor and a group of five compressors operating on a common pipeline are provided. It was concluded that using a combined method along with start-stop regulation for an air-blowing station consisting of five compressors is more energy-efficient compared to simultaneously controlling all five compressors using frequency regulation.

Article Content

kirish yo‘nalturuvchi qanotlarni burilish burchagini o‘zgartirish. • Ikki xil usulni birlashtirish – kombinatsiyalangan boshqaruv. Sanab o‘tilgan boshqaruv usullari energetik samaradorlik va ularni amalga oshirish uchun talab qilinadigan iqtisodiy xarajatlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Hozirgi kunda energetik samarali boshqaruv usuli chastotali boshqaruv hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun kompressor dvigatelining pasport parametrlarini chastota o‘zgartgichga kiritish orqali amalga oshiriladi. Biroq, yuqori quvvatli yuqori kuchlanishli chastota o‘zgartirgichlarning yuqori narxi ularning keng qo‘llanilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa ko‘p hollarda, kompressor stansiyalari uchun yuqori kuchlanishli chastota o‘zgartgichlar o‘zini oqlash muddati ularning xizmat qilish muddatidan oshib ketadi. Drossellash har bir alohida iste’molchi uchun havo sarfini boshqarishning standart usuli hisoblanadi. Biroq, ventilyatorlarni drossellash energiya samaradorligi past bo‘lgan usul bo‘lib, bu ko‘plab nazariy va eksperimental tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. O‘qli yo‘naltiruvchi apparat burchagini o‘zgartirish aslida ventilyatorning havo so‘ruvchi tomonida drossellash jarayoni hisoblanadi. Bunda qanot parraklari havo oqimini buradi, bu esa bosim tomonida amalga oshiriladigan drossellashga nisbatan yaxshiroq boshqaruv xususiyatlarini ta’minlaydi. Ventilyator unumdorligini avtomatik boshqarish uchun qanot parraklar burchagini o‘zgartirish maxsus ijro mexanizmlari bilan jihozlanishi kerak, bu esa qanotlarni burchakli harakatlantirish va ularning burilish burchagini nazorat qilish imkonini beradi. Start-stop boshqaruvi umumiy unumdorlikni ishlayotgan ventilyatorlar sonini o‘zgartirish orqali bosqichma-bosqich nazorat qilish imkonini beradi. Ushbu usulni amalga oshirish uchun yuqori quvvatli asinxron dvigatellarning ishga tushirish jarayonidagi salbiy ta’sirlarini kamaytiradigan maxsus ishga tushirish qurilmalari talab etiladi. Kombinatsiyalangan boshqaruv turli usullarni birlashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin, masalan Chastotali boshqaruv va qanot parraklar burchagini o‘zgartirish Start-stop boshqaruvi va drossellash boshqa usullar kombinatsiyasi bunday yondashuv moslashuvchan boshqaruv va energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi. Muammo shundaki, har bir aniq holatda texnologik ob’ektning xususiyatlarini hisobga olgan holda muayyan boshqaruv usulini tanlash “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 138 Машинасозлик ва энергетика kerak. Ko‘pgina hollarda, eksperimental yo‘l bilan boshqaruv usulini aniqlash imkoni yo‘q. Ushbu muammoni ventilyatorlar va havo taqsimlash tarmog‘ining ishini tavsiflovchi matematik model asosida nazariy tadqiqotlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir [3] Kompressorning energiya samaradorligini tartibga solish usullarini taqqoslash uchun ikkita asosiy yondashuvni ajratish mumkin: grafik usul va elektr modellashtirish usuli. Ushbu usul ventilyatorning texnik xususiyatlari va tarmoqning ma’lum parametrlariga asoslanib, taqqoslash tahlili uchun zarur bo‘lgan har qanday qiymatni aniqlash imkonini beradi. Bunday qiymatlar ni o‘z ichiga oladi: har bir ventilyatornquyidagilaring bosimi H va unumdorligi Q dvigatel validagi mexanik quvvat P hamda ventilyatorning foydali ish koeffitsienti η. Bu yondashuv elektr toki oqimining tarmoqlangan zanjirlardagi fizik jarayonlari va havo oqimining ventilyatsiya tarmoqlarida harakatlanish jarayonlari o‘rtasidagi analogiyaga asoslanadi. Bunda ventilyatsiya tarmog‘ining turli qismlari ekvivalent elektr elementlari sifatida tasvirlanadi. Bu esa har qanday murakkab havo kanallari tizimini ekvivalent elektr almashtirish sxemasi shaklida ifodalash va uning tahlili uchun Kirxkof tenglamasi asosida amalga oshiriladi. Ventilyatorning unumdorligi yoki havo sarfi Q elektr toki ekvivalenti sifatida qaraladi, bosim H elektr kuchlanishiga tenglashtiriladi, va tarmoqning aerodinamik qarshiligi R elektr qarshiligi ekvivalenti sifatida tasvirlanadi. Ushbu usul quyidagi ikkita aniq shartga asoslanadi: tugunlardagi sarflarning muvozanati va yopiq konturlardagi bosim yo‘qotishlarining muvozanati. Qarshi bosimsiz tarmoq uchun bu shartlar umumiy holda quyidagicha yoziladi: [4] (1) Bu yerda: Qi – tarmoq bo‘limi orqali o‘tadigan havo sarfi; Ri – tarmoqning aerodinamik qarshiligi; Hj – yopiq konturda ventilyator tomonidan hosil qilinadigan bosim; n – sxemadagi tugunlar soni; m yopiq konturda ishlayotgan ventilyatorlar soni; l – zanjirdagi bosim yo‘qotishlari bo‘lgan bo‘limlar soni. Tenglamalarning Kirxkof qonunlaridan farqi shundaki, ikkinchi tenglamada havo sarfi Q (tok ekvivalenti) ikkinchi darajada kiradi. Yuqorida aytilganlarga asoslanib, 1-rasmdagi havo kanallari tarmog‘ini 2-rasmda ko‘rsatilgan ekvivalent almashtirish sxemasi sifatida tasvirlash mumkin. Ushbu sxemada rezistorlar tarmoq uchastkalarining aerodinamik qarshiliklarini, o‘zgaruvchan rezistorlar – ventillarni, kuchlanish manbalari esa ventilyatorlarni modellashtiradi [5]. 2-rasm. Havo puflash stansiyasining elektr almashtirish sxemasi. 2-rasmdagi ekvivalent almashtirish sxemasiga muvofiq tenglamalar tizimi quyidagi shartlarga asoslanib tuziladi. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 139 Машиностроение и энергетика (2) Avtomatik boshqaruv tizimlarining ishlashi uchun ventillar oldidagi bosimlar nazorat qilinadi. Shu sababli ventelyatorning chiqish qismiga nazorat klapanlari o‘rnatiladi. Keltirilgan 2-chi formula asosida tizim umumiy holda hisoblanmaydi. Bunda iste’molchilar tomonidan talab qilinadigan havo sarfi tarmoqning barcha nuqtalarida aerodinamik qarshiliklar va har bir iste’molchi ventili oldidagi bosimlar . Noma’lum qiymatlar sifatida har bir ventilyatorning unumdorliklari va bosimlari hisoblanadi. Ventilyatorning unumdorligi va bosimi uning ish rejimini belgilovchi asosiy parametrlar hisoblanadi. Aerodinamik xususiyatlar yordamida ventilyatorning barcha asosiy energetik parametrlarini aniqlash mumkin: quvvat, dvigatel validagi mexanik quvvat va ventilyatorning foydali ish koeffitsienti (FIK). Aerodinamik xususiyatlar bu – ventilyatorning bosimi va unumdorligi, ventilyator validagi mexanik quvvat va unumdorligi hamda ventilyatorning foydali ish koeffitsienti (FIK) va unumdorligi o‘rtasidagi grafik bog‘liqliklarni ifodalaydi [6]. (3) ; (4) (5) bu yerda: – ventilyatorning to‘liq bosimi; – unumdorlik (havo sarfi); P – validagi quvvat (mexanik quvvat); – dvigatelning aylanish tezligi; ventelyatorning kirish yo‘naltiruvchi qanot burchaklari. Barcha boshqarish usullarini tahlil qilish imkonini beruvchi funksiyalarni olish uchun koeffitsiyentlarining ventilyator kirish yo‘naltiruvchi qanot burchaklariga bog‘liqligini hisobga olish zarur. Shunday qilib, (2)-tenglamalar tizimi, (3)-shart va (4) – (5)- approksimatsion ifodalar birgalikda havo puflash stansiyasining turli ishlash rejimlarini turli boshqaruv usullarida va unumdorlikning keng diapazonida tahlil qilish imkonini beradigan matematik modelni hosil qiladi. Turli unumdorlikni boshqarish usullari uchun mos ish nuqtalariga tegishli boshqarish parametrlarini hisoblab chiqiladi: 1. Drossel klapanining aerodinamik qarshiligi (ventilyatorning nominal aylanish tezligi va qanot parraklar burchagi o‘zgartirish holatida). 2. Ventilyatorning aylanish tezligi (drossel klapan va qanot parraklar burchagi o‘zgartirish ochiq holatda) tenglamaning musbat ildizi sifatida aniqlanadi. (6) Ish rejimlari uchun ventilyatorlarning iste’mol qilinadigan quvvati va foydali ish koeffitsienti (FIK) bo‘yicha taqqoslash tahlili o‘tkaziladi, energiya samaradorligi nuqtai nazaridan qaysi “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 140 Машинасозлик ва энергетика boshqarish usuli afzalroq ekanligi ko‘rib chiqildi. O‘tkazilgan tadqiqotni birta kompressor misolida ko‘raylik 800 kVt nominal quvvatga ega yuqori kuchlanishli asinxron dvigatel bilan jihozlangan va markazdan qochma kompressor aerodinamik xususiyatlarini ko‘ramiz [7]. 3-rasm. Bitta kompressor ishlaganda hisobiy energetik xarakteristikalar: a -Ventilyatorning nisbiy quvvati nisbiy unumdorlikka bog‘liq holda; b -Ventilyatorning foydali ish koeffitsienti (FIK) nisbiy unumdorlikka bog‘liq holda. 4-rasm. 5ta kompressor ishlaganda hisobiy energetik xarakteristikalar: a – havo puflovchi stansiyaning nisbiy umumiy unumdorligidan nisbiy umumiy quvvati; b – bitta kompressorning nisbiy unumdorligidan bitta ventilyatorning samaradorligi (FIK). Turli unumdorlik usullarining energiya samaradorligini tahlil qilish; belgilangan parametrlarga ega tarmoq uchun kompressorlarni tanlash; alohida qismda bosim va sarf qiymatlarini aniqlash; shamollatish tarmog‘ining ishini optimallashtirish. Uslubiyotni qo‘llash misollari shuni ko‘rsatadiki, asinxron dvigatellarni chastotali boshqarishning afzalliklari haqidagi mavjud tushunchalar parallel ishlaydigan kompressorlar guruhi uchun har doim ham to‘g‘ri emas. “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 141 Машиностроение и энергетика Ko‘rib chiqilgan holatda, chastotali boshqarish energiya samaradorligi bo‘yicha kombinatsiyalangan boshqarish usulidan ancha samaraliroq emas. Foydalanilngan adabiyotlar ro‘yxati 1. Лезнов Б.С. Энергосбережение и регулируемый привод в насосных и воздуходувных установках. М.: Энергоатомиздат, 2006. 360 с. 2. Нуров Сирож Собирович, “Экспериментальное исследование оптимальной длины волны излучения при оптическом методе измерения концентрации активного ила”. SCIENCE AND TECHNOLOGY RESEARCH, Сборник статей III Международной научнопрактической конференции, 24 февраль 2022 г., г. Петрозаводск. 3. Makhmudov, Makhsud Idrisovich; Kuziev, Zafarbek Esanovich; Nurov, Siroj Sobirovich; and Sidikov, Sanjar Siroj ugli (2020) "Optimal ratio of primary and secondary clarifier characteristics in wastewater treatment plants,"Chemical Technology, Control and Management: Vol. 2020: Iss. 4, Article 1. 4. Онищенко Г.Б., Юньков М.Г. Электропривод турбомеханизмов. М.:Энергия, 1972. 240 с. 5. Абрамов Ф.А., Фролов Н.А. Электрическое моделирование вентиляционных сетей угольных шахт.М.: Углетехиздат, 1957. 135 с. 6. Himla J.W. Optimized fan control in variableair volume HVAC systems using staticpressure resets: strategy selection and savings analysis. Texas A&M university, 2009. 70 p. 7. Крупников А.В., Ваняшов А.Д., Январев И.А. Определение энергоэффективности установок воздушного охлаждения на базе аппаратов с различным числом вентиляторов // Омский научный вестник. 2010. № 3 (93). С. 173–176. 8. Sewerage. External networks and structures. – M.: JSC “TsPP”, 2008. – 87 p. METALL KESHISH DASTGOHLARINI O‘RNATISH BILAN BOG‘LIQ YUZAGA KELADIGAN DEFORMATSIYALAR VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI. Xamroyev X.X., Isamov P.N., Savriyev Y.S. Buxoro davlat texnika universiteti. Аnnotasiya. Maqolada mexanik ishlov berish jarayonida dastgoh ishlov beriladigan detal va kesish asbobining bir-biriga nisbatan zarur harakatlarini amalga oshiradi. Ishlov beriladigan detalning aniqligi ana shu siljishlarga bog‘liq. Bu dastgohning geometrik aniqligiga ya’ni, yo‘naltiruvchilarning detal va asbob yo‘nalishlarining paralelligiga yoki perpendikulyarligiga, shuningdek ularning texnologik ishlov berish sxemasiga mos harakatida yo‘naltiruvchilarning to‘g‘ri chiziqliligi yoki egri chiziqliligi bilan izohlanadi. Nuqsonlari faqat qo‘shimcha o‘lchov vositalari yordamida aniqlanishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: mexanik ishlov berish jarayoni, dastgoh, detalning aniqligi, geometrik aniqligi, mexanik ishlov berish, nuqson, dastgohni ishga sinash, elastik deformatsiyalar, moslama, ishqalanuvchi yuzalari dastgoh konstruktsiyasi, yo‘naltiruvchilar, toza ishlov berish. ДЕФОРМАЦИИ, ВОЗНИКАЮЩИЕ В СВЯЗИ С УСТАНОВКОЙ МЕТАЛЛОЧЕРЕПИЦЫ И СПОСОБЫ ИХ УСТРАНЕНИЯ Хамроев Х.Х., Исамов П.Н., Савриев Й.С. Бухарский государственный технический университет. Аннотация. В статье показано, что при механической обработке станок выполняет необходимые движения обрабатываемой детали и режущего инструмента относительно друг друга. Именно от этих сдвигов зависит точность обрабатываемой детали. Это объясняется геометрической точностью станка, т. е. прямолинейностью или кривизной направляющих в их движении в соответствии с параллельностью или перпендикулярностью направляющих деталей и направляющих инструмента, а также схемой их технологической обработки. Приводятся данные о том, что дефекты могут быть выявлены только с помощью дополнительных измерительных приборов. Ключевые слова: механическая обработка, станок, точность деталей, геометрическая точность, механическая обработка, дефект, испытание станка на работу, упругие деформации, устройство, фрикционные поверхности, конструкция станка, направляющие, чистая обработка. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 142