Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Metall keshish dastgohlarini o‘rnatish bilan bog‘liq yuzaga keladigan deformatsiyalar va ularni bartaraf etish usullari
Abstracts
The abstract is not available in Uzbek.
mexanik ishlov berish jarayonidastgohdetalning aniqligigeometrik aniqligimexanik ishlov berishnuqsondastgohni ishga sinashelastik deformatsiyalarmoslamaishqalanuvchi yuzalari dastgoh konstruktsiyasiyo‘naltiruvchilartoza ishlov berish. ДЕФОРМАЦИИВОЗНИКАЮЩИЕ В СВЯЗИ С УСТАНОВКОЙ МЕТАЛЛОЧЕРЕПИЦЫ И СПОСОБЫ ИХ УСТРАНЕНИЯ Хамроев Х.Х.Исамов П.Н.Савриев Й.С. Бухарский государственный технический университет
В статье показано, что при механической обработке станок выполняет необходимые движения обрабатываемой детали и режущего инструмента относительно друг друга. Именно от этих сдвигов зависит точность обрабатываемой детали. Это объясняется геометрической точностью станка, т. е. прямолинейностью или кривизной направляющих в их движении в соответствии с параллельностью или перпендикулярностью направляющих деталей и направляющих инструмента, а также схемой их технологической обработки. Приводятся данные о том, что дефекты могут быть выявлены только с помощью дополнительных измерительных приборов.
The article shows that during machining, the machine performs the necessary movements of the workpiece and the cutting tool relative to each other. It is these shifts that determine the accuracy of the workpiece. This is due to the geometric accuracy of the machine, i.e. the straightness or curvature of the guides in their movement in accordance with the parallelism or perpendicularity of the guide parts and tool guides, as well as the scheme of their processing. The data shows that defects can be detected only with the help of additional measuring instruments.
machiningmachine toolprecision of partsgeometric precisionmachiningdefectmachine tool operation testelastic deformationsdevicefriction surfacesmachine tool designguidesclean machining. Mexanik ishlov berish jarayonida dastgoh ishlov beriladigan detal va kesish asbobining birbiriga nisbatan zarur harakatlarini amalga oshiradi. Ishlov beriladigan detalning aniqligi ana shu siljishlarga bog‘liq. Bu dastgohning geometrik aniqligiga ya’niyo‘naltiruvchilarning detal va asbob
Article Content
1-rasm.Koordinatali yo‘nib kengaytiruvchi dastgohning o‘lcham zanjiri
joizligi = = = 0.0008 mm.
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 143
Машиностроение и энергетика
Alohida zvenolar bo‘yicha joizliklarni bajarishning haqiqiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, o‘lchov zanjirining tarkibiy bo‘g‘inlari bo‘yicha joizliklarni quyidagicha taqsimlash mumkin (300 mm uzunlikda):α1= 0.006; α2 = 0.003;α3 = 0.003; α4 = 0.003; α5 = 0.010 mm. Bunday joizliklarda 300 mm uzunlikda kompensatsiyaning eng katta qiymati + + + +
+ = 0.006+0.003+0.003+0.003+0.010-0.004 = 0.021 mm. Ishlayotgan dastgoh yuzalarining yeyilishi, uning ishlash sharoitiga aniqlanadigan qator omillarga bog‘liq bo‘lib, notekis yelanish oqibatida ishlov berish aniqligida namoyon bo‘ladi. Ishqalanuvchi yuzalarning masalan, yo‘naltiruvchilarning notekis yeyilishi, bu yuzalarda solishtirma bosimning notekis taqsimlanishi va ularning turli bo‘limlaridan teng foydalanmaslik tufayli yuzaga keladi. Masalan, koordinatali yo‘nib kengaytirish 2450 dastgohi shpindel qutisining og‘irlik markazi yo‘naltiruvchilaridan l masofaga uzoqlashtirilgan, natijada B shpindel qutisining (2-rasm) og‘irligi ta’sirida solishtirma bosim q hosil bo‘lib, yo‘naltiruvchilarning quyi qismining yuqori qismiga nisbatan tez yeyilishiga olib keladi.
3-rasm. Dastgoh yo‘naltiruvchilarining mahalliy yeyilish ta’siri sxemasi: 1-salazkalar, 2-stol, 3-stanina, 4-gorizontal to‘g‘ri chiziq 2-rasm. Shpindel qutisining yo‘naltiruvchilarida o‘z og‘irligi ta’sirida solishtirma bosimning taqsimlanishi. Garchi dastgoh konstruktsiyasida bu yuklanishdan prujina P=B yordamida xoli bo‘lish ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, sim arqonlar orqali juft kuch B ta’siri ostida yuqori solishtirma q bosim yuzaga keladi. Yo‘naltiruvchilarning pastki qismida tez yeyilish natijasida shpindelning aylanish o‘qi shpindel qutisi bilan birgalikda shpindel qutisi yo‘naltiruvchilarining paralelligidan tayanch tomonga og‘adi. Shuningdek, dastgoh staninasi, stoli va salazkasining yo‘naltirgichlari ko‘proq qollaniladigan o‘rta qismidan ko‘proq yeyiladi. Bu stolning bo‘ylama va ko‘ndalang siljishlarida noparallelikni keltirib chiqaradi. Yeyilishni kamaytirish uchun sirpanib ishqalanish toblangan roliklar bo‘yicha sirpanib dumalovchi toblangan po‘lat yo‘naltiruvchilar bilan almashtiriladi. Shunday qilib, shpindel aylanish o‘qining stolning ishchi yuzasiga perpendikulyarligidan og‘ishini aniqlaydigan koordinatali yo‘nib kengaytirish dastgohining ko‘rib chiqilgan o‘lcham zanjirida α1 va α5 bo‘g‘inlarining og‘ishi ular yeyilganligi sababli doimiy ravishda oshib boradi va yangi dastgoh uchun ruxsat etilgan chegaralardan tashqariga chiqadi. Bunda dastgohning dastlabki aniqligi yo‘naltiruvchilarning yeyilishi qanchalik tez bo‘lsa shuncha tez pasayadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, toza ishlov berish bilan band bo‘lgan har xil dastgohlar yo‘naltiruvchilarining mahalliy yeyilishi bir yilda ikki smenali ish rejimida tokarlik va revolver dastgohlar uchun po‘latga ishlov berishda o‘rtacha 0.04-0.05 va 0.025-0.035 mm, agregat dastgohlar uchun cho‘yanga ishlov berishda 0.18 mm ni tashkil etadi. Yeyilishning bu qiymati yangi dastgohlar uchun yo‘naltiruvchilarning to‘g‘ri chiziqli emasligi GOST bo‘yicha ruxsat etilganidan 2 marta ko‘p [1]. Dastgohlarning statik aniqligi quyidagi sabablarga ko‘ra ham o‘zgarishi mumkin: dastgohning poydevor sathiga noto‘g‘ri o‘rnatilishi, dastgohning poydevorga botishi yoki poydevorning cho‘kishi; ish paytida dastgohning qizishi va tashqi harorat ta’sirida uning mahalliy notekis qizishi; ish boshlashdan oldin dastgohning ayrim qismlarining haddan tashqari mahkamlash (pinollar, babkalar, kronshteynlar, stollar, konsollar va boshqalar; detalni dastgohga mahkamlash
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 144
Машинасозлик ва энергетика
kuchi natijasida yuzaga keladigan deformatsiyaning natijasida; tayyorlanmaning og‘irligi hisobiga yuzaga keladigan deformatsiya natijasida; dastgoh detallaridagi ichki kuchlanishlarning taqsimlanishi natijasida, agar ular dastgohning tayyorlanish jarayonida tugamagan bo‘lsa va uni ishlatish davrida davom etayotgan bo‘lsa [2]. Dastgoh taglikka, ponalarga va boshqalarga noto‘g‘ri o‘rnatilganda stanina dastgohning o‘z vazni va poydevor boltlarining tortilishi ta’sirida egiladi va buraladi.
4-rasm. Staninaning o‘z og‘irligi ta’sirida egilishi.
5-rasm. Staninalarning buralishi natijasida yo‘naltiruvchilarning vertikal siljishi. Betonlashtirilmagan va fundament boltlarisiz to‘g‘ri o‘rnatilgan dastgohning o‘rni staninaning buralishi hisobiga tezda buziladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, markazlararo masofasi 1000 mm bo‘lgan dastgohlarda staninaning buralishi hisobiga uning chekka qismida vertikal siljish h ning qiymati ± 0.25mm gacha, markazlararo masofasi 1500 mm bo‘lgan dastgohlar uchun ±0.5 mm gacha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun dastgohlarning joylashuvini davriy ravishda tuzatib turish kerak. Ayniqsa, og‘ir vaznli dastgohlarning joylashuvini, poydevorning cho‘kishini hisobiga olgan holda tuzatib borish tavsiya etiladi. Bo‘ylama frezalash va bo‘ylama randalash dastgohlarining (stanina uzunligi 8-11m) to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshirilganda, poydevorning deformasiyalanishi natijasida, stanina yo‘naltiruvchilarining to‘g‘ri chiziqlikdan og‘ishi 3-4 mm gacha yetishi kuzatilgan [3]. Dastgohlarning o‘rnashuvini doimiy nazorat qilish qulay bo‘lishi uchun dastgohlar domkrat ko‘rinishidagi tayanchlarga o‘rnatiladi.
6-rasm. Dastgoh korpusidagi xatoliklarni aniqlash. 1-stanina; 4,6- shtativ; 5-o‘lchash asbobi; 2,3,7,8,9- stanina yuzalari. Barcha dastgohlarda staninalarning vertikal tekislikdagi deformatsiyasi solishtirma bosimning va yeyilishning ortishiga natijada stanina, stol va salazkalar yo‘naltiruvchilari orasida kontakt yuzalarning kamayishiga olib keladi. Ba’zi masalan, randalash,frezerlash va koordinatali yo‘nib kengaytirish dastgohlar uchun staninalarning vertikal tekislikda deformatsiyalanishi ishlov berish aniqligiga bevosita sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa. Ilmiy izlanishlar staninasi va fundamentining mustaqil deformatsiyalanishini ta’minlash uchun quyidagilar zarur deb hisoblaydilar: 1. Uzun staninali aniq dastgohlarni sozlanadigan bashmaklarda yoki rolikli bashmaklarda o‘rnatish;
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №4/2025 145
Машиностроение и энергетика
2. Og‘ir ishlarga mo‘ljallangan uzun staninali dastgohlarning faqat bir qismini (yuritma joylashgan qism ostini) sozlanuvchi bashmaklarda o‘rnatib, betonlab va boltlar bilan tortib o‘rnatish; 3. Bikr staninali koordinatali yo‘nib kengaytiruvchi o‘ta aniq dastgohlarni roliklarda o‘rnatish
References (6)
- 1. Балакшин.Б.С. Технология станкостроения.М.,Машгиз. 1987 г. 247 стр.
- 2. Вотинов К.В. Жесткость станков. Лонитомаш. 2008 г. 218 стр
- 3. Лапидус А.С. Данные по износу и методы повыщения износоустойчивости направляющих металлорежущих станков.ЦБТИ. ЭНИМС. 2009 г. 347 стр
- 4. Хамроев Х.Х., Уринов У.А., Дубровец Л.В., Шадиев С.С., Сайфуллаев С.С. Improving the Efficiency of Milling with using of the Milling Cutter with Cover (High Speed Milling (HSM)). “International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) 2020”.
- 5. Исаев А.В., Хамроев Х.Х., Пивкин П.М., Минин И.В., Ершов А.А. Исследование высокоскоростной обработки заготовок из чугуна цельными покрытиями и без них. Вестник МГТУ «Станкин» №4 (51), 2019 г.
- 6. Исаев А.В., Хамроев Х.Х., Дубровец Л.В. Исследование процесса высокоскоростного фрезеровани “Фан ва технологиялар тараққиёти”. 2019 йил. №5. Xamroyev Xamza Xamidovich – Buxoro davlat texnika universiteti “Mexanika va muhandislik grafikasi” kafedrasi katta o‘qituvchi Тел.: (+99833) 0257533, Isamov Raim Nasimovich – Buxoro davlat texnika universiteti “Mexanika va muhandislik grafikasi” kafedrasi o‘qituvchi-stajyor Tel.: (+99893)651 -12-67 Savriyev Yo‘ldosh Safarovich – Buxoro davlat texnika universiteti “Mexanika va muhandislik grafikasi” kafedrasi dosenti Тел.: (+99893)533-65-66 ЭНЕРГИЯ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА ТЕХНОЛОГИК ЖИҲОЗЛАР ИШ РЕЖИМЛАРИНИНГ ЎРНИ Хошимов Ф.А., Кадиров К.Ш., Қарақулов Ш.Ю., Юсупалиева Х.У. ЎзР ФА Энергетика муаммолари институти Ўзбекистон, Тошкент. Аннотатсия. Мақолада саноат корхоналари технологик жиҳозлари иш режимлари тўғри танлаш орқали ёқилғи энегро-ресурсларидан оқилона фойдаланиш долзарб масалалардан бири эканлиги ва бу асосида энергия истеъмолининг катта улуши айнан технологик жиҳозлар ҳиссасига тўғри келиши кўриб чиқилган бўлиб, ушбу технологик жиҳозларнинг иш режимларини ўрганиш ва таҳлил қилиш натижасида, энергия истеъмолини камайтириш имкониятига эришилганлиги ёритиб берилган. Саноат корхоналари технологик жиҳозлари оптимал иш режимларини танлашда, технологик жиҳозлари энергия истеъмолига таъсир қилувчи омиллар ҳисобга олиш муҳим вазифалардан бири ҳисобланади уларни бартараф этиш бўйича олиб борилаётган масала кўриб чиқилган. Калит сўзлар: саноат корхоналари технологик жиҳозлари; линейли ва нолинейли программа; оптимал иш режимлари; самарадорликни ошириш. РОЛЬ РЕЖИМОВ РАБОТЫ ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБОРУДОВАНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ЭНЕРГОЭФФЕКТИВНОСТИ Хошимов Ф.А., Кадиров К.Ш., Қарақулов Ш.Ю., Юсупалиева Х.У. Институт проблем энергетики АН РУз Ташкент, Узбекистан. Аннотация. В статье рассматривается тот факт, что рациональное использование топливноэнергетических ресурсов путём правильного выбора режимов работы технологического оборудования промышленных предприятий является одним из актуальных вопросов, и исходя из этого большая доля потребления энергии приходится на технологическое оборудование. Подчёркивается, что в результате изучения и анализа режимов работы данного технологического оборудования можно снизить потребление энергии. При выборе оптимальных режимов работы технологического оборудования промышленных предприятий одной из важных задач является учёт факторов, влияющих на энергопотребление технологического оборудования, а также рассматривается вопрос их устранения. Ключевые слова: технологическое оборудование промышленных предприятий, линейное и нелинейное программирование, оптимальные режимы работы, повысить эффективность. “Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №4/2025 146