Scientific Article
O'zbekcha
Open Access
Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish istiqbollari
Abstracts
Raqamlashtirish strategiyalari ko‘pincha bemorlarga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatishda professional hamkorlik va sifatni ta’minlash uchun texnik o‘zaro bog‘liqlik va uyg‘unlikni rag‘batlantiradi. Respublikamizda raqamlashtirish hali to‘la kirib kelmagan sohalardan bittasi meditsina sohasi bo‘lib, ushbu maqola sog‘liqni saqlash tarmoqlarida barqaror yechimlarni ta’minlaydigan sog‘lom raqamli sog‘liqni saqlash muhitini joriy etish haqida tushunchalar berilgan.
Стратегии цифровизации часто поощряют техническую совместимость и согласованность для обеспечения профессионального сотрудничества и качества ухода за пациентами. Одной из областей, где цифровизация еще не полностью проникла в нашу республику, является сфера медицины, и в этой статье представлено понимание внедрения здоровой цифровой среды здравоохранения, обеспечивающей устойчивые решения в сетях здравоохранения.
Digitalization strategies often encourage technical interoperability and harmonization to ensure professional collaboration and quality in patient care. One of the areas where digitalization has not yet fully penetrated in our republic is the medical sector, and this article provides insights into the implementation of a healthy digital health environment that provides sustainable solutions in healthcare networks.
Article Content
Kirish. Sog‘liqni saqlash tizimini axborotlashtirish bugungi kunda juda muhimdir. Raqamli transformatsiya muhim ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi va bu umumiy manfaatli xizmatlarga, jumladan, sog‘liqni saqlash sohasiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Raqamli salomatlik an’anaviy sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun tezlatgich sifatida qo‘llanilib, mamlakatlarga barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yordam beradi [1]. Shuningdek, surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar sonining ko‘payishi va tibbiy resurslarning kontsentratsiyasi sezilarli darajada iqtisodiy ta’sir ko‘rsatadi, bu esa bemorga ham kasalxonaga borish, kasalxonaga qayta yotqizish va qo‘shimcha sog‘liqni saqlash xarajatlariga olib keladi. Sog‘liqni saqlash provayderlari doimiy ravishda o‘sib borayotgan ma’lumotlar oqimini kuzatib borish va bemorlarni sog‘ayib ketishlari uchun katta ma’lumotlar strategiyalarini qabul qilishlari kerak. Shu sababli, sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish katta ma’lumotlarning sog‘liqni saqlashni bashorat qilishdagi roli haqida umumiy ma’lumotni taqdim etish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning ma’lumotlar manbalari, tahliliy texnikasi, va qiyinchiliklari va yechimlari olimlarning, ilmiy tadqiqotchilarning o‘rganishlariga muhtojdir [2]. Sog‘liqni saqlash muassasalari o‘zlarining xizmat ko‘rsatishi va ko‘lamiga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash muhitida bo‘lajak o‘zgarishlarni va ularning aholi turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlarni ochib berishga harakat qilingan. Tibbiyot sohasini rivojlantirishda axborot texnologiyalarni sohaga tadbiq qilish, axborot tizimlariga ma’lumotlarni samarali kiritish, ularni qayta ishlash va soha ma’lumotlar bazasini tashkil qilish, hamda sohaga tegishli axborotlarni klassifikatsiyalab ularni ishlash algoritmlarini ishlab chiqishda qator MDH va xorijiy mamlakat olimlari ilmiy faoliyatlarini olib borganlar. Jumladan [1] avtoreferatda muallif meditsina sohasida axborot texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan boshqaruv jarayonlarini axborot bilan ta’minlash maqsadida sog‘liqni saqlashning ilmiy asoslangan yagona mintaqaviy (hududiy) ko‘p bosqichli korporativ axborot tizimini ishlab chiqishni ochib bergan. [2] maqolada muallif ko‘proq ma’lumotlarni saqlash qobiliyati davlatlar va tashkilotlarni kompyuterlashtirishga majbur qildi elektron sog‘liqni saqlash yozuvlarini (EHR) yaratishga olib keladigan tibbiy yozuvlarga ehtiyojni isbotlab berdi. Hamda undan foydalanish sog‘liqni saqlash sohasidagi (BDA) katta ma’lumotlar to‘plamini tekshirishni osonlashtiradi yuzlab bemorlardan, klasterlarni aniqlash va o‘rtasidagi korrelyatsiya ma’lumotlar to‘plamini ishlab chiqishga qaratilgan izlanishlarni olib borgan. [3] da mobil ilovalar ishlab chiqish og‘ir kasalliklar uchun, ularni ishlash prinsiplarini ishlab chiqish, xususan, ko‘krak saratoni kasalliklari uchun mobil ilova yaratish algoritmlari haqida ilmiy izlanishlar keltirilgan. Bizga ma’lumki dunyoda raqamlashtirish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri bu Xitoy davlati hisoblanadi. [4] maqolada muallif xalqaro biopharma kompaniyalari menejerlari, biologik va global ishlab chiqaruvchilar kimyoviy dorilarni shifokor va bemorlarga tanitish usuli sifatida internetni tanlashi va ushbu yangi davrda bemorning xatti-harakatiga qarab moliyaviy qarorlab qabul qilishini raqamlarda izohlab berdi. [5] da mobil sog‘liqni saqlash ilovalari sun’iy intellekt algoritmlari yordamida ko‘krak bezi saratonini aniqlashda keng qo‘llaniladigan va rentgenologlarga yordam beradigan, shuningdek shifokorlar fikrlar bilan noto‘g‘ri tashxislarni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan algoritm va shu algoritm asosida ishlaydigan mobil ilova haqida yozilgan. Respublikamizda asosiy statistik ma’lumotlar asosan [6] dan olinib, bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va ochiq ma’lumotlar manbai sifatida xizmat qilayotgan elektron sahifa. Shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar birdek foydalanishi mumkin bo‘lgan va ishonchli ma’lumotlar manbai sifatida [7], [8] web sahifalar ishlatiladi. Rivojlanish yo‘lida borayotgan O‘zbekiston barcha sohalarda bo‘lganidek sog‘liqni saqlash sohasini jadal rivoylantirish maqsadida qator o‘zgarishlar: tizimni zamonaviy tibbiyot anjomlari
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2022 182
Информатика ва ахборот-коммуникацион тизимлар
bilan ta’minlash, kadrlar salohiyatini oshirish, shinam va qulay bino va inshootlarda aholiga xizmat ko‘rsatish, shuningdek sohani raqamlashtirishga hukumatimiz tomonidan jiddiy yondashilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan 28.12.2023 PQ-415 sonli “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. Unga ko‘ra sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarini qisqartirish, aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish qamrovini kengaytirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini oshirish, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida qator axborot tizimlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish belgilab berilgan [7]. Qarorda belgilab berilgan dasturlar bugungi kunda tizimda ishga tushirilgan bo‘lishi kerak bo‘lsada, hozirda faqat DMED-tibbiy axborot tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu tizim tibbiyot tizimi sug‘urtalash tizimiga o‘tishi munosabati bilan yo‘lga qo‘yilgan dastur bo‘lib, unda faqat shifokor ko‘rigiga kelgan fuqarolarni mutaxassisga yo‘naltirish jarayoni amalga oshiriladi. Bu borada rivojlangan davlatlar faoliyatiga nazar solsak (1-chizma), Xitoy hozir raqamli dunyoda yetakchi, keng mobil qurilmalardan tortib to yangi texnologik innovatsion raqamli ilovalar va vositalargacha jalb qilingan sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, ular foydalanuvchilarning xulq-atvori kundalik turmush tarziga qarab qarorlar chiqaruvchi axborot tizimlardan foydalanish algoritmlari ustida bosh qotirmoqdalar [4].
1-chizma. Yangi raqamli dunyoda bemor va shifokorning hatti-harakati
“Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2022 183
Информатика и информационно-коммуникационные системы
Yangi raqamlashgan dunyoda shifokorlar va bemorlar hatti-harakati bo‘yicha ilmiy izlanishlar natijasida dunyoda har hafta bemorlar 29,3 soatni internetda o‘tkazadilar, bu vaqtning 26 foizi tibbiy ma’lumotni qidirish uchun ajratilgan deb ma’lumot beradi DXY Kantar tomonidan 2017 yilgi (Social Media Trends Report 2017) ijtimoiy media tendentsiyalari hisobotida. Foydalanuvchilar qidiruv tizimlari va ilovalarga tayanib ularning kasalliklari, davolash usullari haqida ma’lumot olish uchun hamda kerakli dorilardan foydalanish yo‘riqnomalarini olib o‘rganadilar [4]. Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinadiki, ko‘proq bemorlar raqamli meditsinadan foydalanishga harakat qilmoqdalarki, ularning ehtiyojlarini qondirish uchun tizimni raqamlashtirish davr talablaridan asosiylaridan biridir. Respublikamizda sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish orqali sohada quyidagi yo‘nalishdagi samaradorliklarga erishish mumkinki, buni also kechiktirib bo‘lmaydi. Birinchidan, aholiga sifatli va tez xizmat ko‘rsatishni ta’minlash. Ikkinchidan, kam daromadli oilalarni salomatligini yaxshilash va turmush tarzi qiyin aholi qatlamlarini sog‘lomlashtirish. Uchinchidan, meditsina sohasidagi kasalliklar, aholi sog‘lik darajasi, sohada mavjud jihozlar haqida real statistikani yuritish va ta’minlashda adolatga tayanish. To‘rtinchidan, meditsina sohasi bevosita farmasevtika bilan bog‘liq bo‘lib, ikkala tizimning chambarchasligi bemorlarga qulaylik tug‘diradi. Shuningdek, chet el fuqarolari: migrantlar, talabalar, turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi. Aytish joizki ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi davlatimizda ham mavjud tibbiyot muassasalarimiz to‘laqonli aholini qamrab olib, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishi bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Birgina O‘zbekiston hududida ambulator-poliklinikalar soni 8011 ta (2023 yil) ni tashkil qilib, aholi jon boshi hisobiga bitta polinikiga o‘rtacha 4600 aholi to‘g‘ri keladi. Shifokorlar soni 105723 (2023) tani tashkil qilib, bitta o‘rta ma’lumotli xodimga 95 nafar aholi to‘gri keladi [6]. Bugungi kunda O‘zbekiston aholisi 37.5 milliondan oshdi va bundan kelib chiqib aytish mumkinki, samarali axborot tizimlarini joriy qilish orqali aholiga xizmat ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va sifatini yaxshilash mumkin [7]. Raqamli tizimlar orqali bemorlarning tibbiy tarixiga, laboratoriya va boshqa tahlillarga tezkor murojaat qilish mumkin, bu esa tezkor qaror qabul qiladi. Shuningdek, raqamli tizimlar turli tibbiy muassasalar o‘rtasida ma’lumot almashinishini osonlashtirish. Bemorlar ambulator-poliklinikaga yoki ko‘p tarmoqli shifoxonaga murojaat qilganda ham o‘zi bilan kasallik tarixi yoki mavjud tahlillarni olib yurishiga hojat qolmaydi, ya’ni elektron baza shakllanadi va bu bazadan tibbiy muassasalar o‘rtasida foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu esa bemor uchun xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi. Davlatimizda barcha birdek bepul tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘lsada, kam daromadga ega oilalar doim ham bu imkoniyatdan foydalanmaydilar [8]. Olib borilgan so‘rovlarga ko‘ra bunday oilalar odatda yo‘l bilan bog‘liq xarajatlar va tibbiy xulosadan keyin davolanishga mablag‘ yetmasligi tufayli murojaat qilmasliklarini ma’lum qilganlar. Buning oqibatida surunkali kasalliklarning ko‘payishi, aholi salomatligining yomonlashishiga olib keladi. Mavjud axborot tizimlari orqali esa bu muammoni yengillashtish ya’ni masofaviy konsultatsiyalar va tibbiy yordam orqali bemorlar sog‘liqlarini nazorat qilishi mumkin, shuningdek, tibbiy yordam olishlari mumkin. Bu, ayniqsa, qishloqda yashovchi aholiga yordam beradi. Hamda davlat tomonidan bepul tarqatiladigan dori-darmon vositalarni samarali taqsimlash imkonini beradi. Kam ta’minlangan oilalar jamiyat platformalari orqali bemorlar o‘zaro tajriba almashish va qo‘llabquvvatlashlari mumkin bir-birlariniki, bu har bir inson jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi. Tibbiyotda statistika ma’lumotlari muhim ahamiyatga egaligini so‘ngi yillarda aholi o‘sishi bilan ko‘payib borayotgan yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar oshib borayotgan yillarda ayniqsa ko‘rish mumkin. Hozirda sohadagi statistika ma’lumotlari muassasaning har bir bo‘limidan yig‘ib, keyin uni tashkilot bo‘yicha umumlashtirilyapti va bu asosan qog‘oz hujjatlardan ma’lumotlarni olishga asoslangan bo‘lganligi uchun hodimdan juda ko‘p vaqt va mashaqqat talab qilmoqda. Aytish mumkinki, bu ma’lumotlar real ma’lumotlar bilan farqi kattaroq bo‘lishi ham
“Развитие науки и технологий” Научно–технический журнал №5/2022 184
Информатика ва ахборот-коммуникацион тизимлар
tabiiy hol. Axborot texnologiyalari orqali esa aholi ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida monitoring mavjud. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va kerak vaqtda so‘rovlarga javob olish imkonini beradi. Olingan ma’lumotlarni vizuallashtirish: grafik va diagrammalar orqali namoyish qilish ularni tahlil qilishni osonlashtiradi. Raqamli muhitni yana bir afzalligi aholi fikrmulohazalarini tezkor bilishni ta’minlash maqsadida online so‘rovlar uyushtirish va natijasini yig‘ishni osonlashtirish imkonini beradi. Bu mutaxassislarga tezkor qaror qabul qilishda yordam beradi. Tibbiyot bilan bir qadamda yuradigan farmasevtika sohasi bugungi kunda ko‘pgina davlatlarda raqamli texnologiyalardan marketing sohasini rivojlantirish, ishlab chiqaruvchilar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida foydalanilmoqda. Vaholanki, farmasevtikamiz intetik mahsulotlar bilan birga muqobil biopharma mahsulotlari va texnologiya kompaniyalari shifokorlarni, bemorlarni qanday jalb qilishni o‘rganishi, ichki platformalar, terapiyani yangilash bo‘yicha yetakchi tomonidan virtual platformalar yuqori sifatli tibbiy ta’lim va treningni taklif qilishi aholi uchun foydalidir [4]. Bu tinimsiz televideniyalar orqali reklama berish, uning salbiy oqibatlari (sog‘lom aholi uchun vaqtni olish, bemorlar reklamaga asosan shifokor ko‘rsatmasisiz dori vositalarini qabul qilish) ni bartaraf qilgan bo‘lar edi. Chet mamlakatga ketgan inson: turist, migrant, talaba bo‘lishi mumkin, ko‘pincha tibbiyot bilan bog‘liq muammolarga duch kelishadi. Bunga asosiy sabab qonunchilik, til, iqtisodiy qiyinchiliklar, madaniyat farqlari bo‘lishi mumkin. Yangi mamlakatda bunday to‘siqlarni yengillashtirish choralaridan bittasi raqamli meditsinadir. Avvalo elektron platformalarni turli tillarda taqdim qilish orqali tushunmovchiliklar bartaraf qilinsa, o‘zlarining elektron kasallik tarixlari orqali tibbiy xulosa olish va davolanishlarini davom qilishlari mumkin. Bu iqtisodiy va muhit depressiyalarini yumshatishi yangi muhitga tezroq ko‘nikib ketish imkonini beradi. Davlat uchun ham buni ijobiy tomonlari bo‘lib, shulardan bittasi mavjud aholini tibbiy holatini nazorat qilish va yangi epidemik kasalliklar oldini olish imkonini beradi. Bu jarayon ayniqsa, Covid-19 epidemiologik holat yuzaga kelgan vaqtda o‘z isbotini topdi desak yanglishmaymiz. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tibbiyot sohasini raqamlashtirishni samarali tashkil qilish uchun mavjud resurslarni jalb qilish bilan birgalikda, tadqiqotchi olimlar va dasturchilar faoliyatidan samarali foydalanib, mahalliy va xorijiy investitisiyalarni jalb qilgan holda yaxshi bir, mukammal tizimni yaratish orqali sog‘liqni saqlash sohasi xodimlariga qulaylik va aholimizga sifatli, ishonchli va qulay tibbiy xizmatlarni yaratib bergan bo‘lamiz. Yangi raqamli ekotizimning asosiy sog‘liqni saqlash tendensiyalari quyidagilar: axborot olishga qiziquvchan va talabchan bemorlar uchun raqamli sog‘liqni saqlash saytlari, virtual jamoalar, bemorlarni jalb qilish platformalar; rivojlanayotgan sog‘liqni saqlash tizimi telemeditsina; farmasevtika/sog‘liqni saqlash platformalari o‘rtasidagi yangi munosabatlar raqamli aloqa platformalari virtual konferensiyalar/tadbirlarga ehtiyojni; rivojlanayotgan katta ma’lumotlar va ilg‘or tahlillar esa elektron tibbiy ma’lumotlar bazasi, sun’iy intelekt trendlarini o‘zida namoyon qiladi
References (4)
- 1. Savostina E.A “Научное методологическое обоснование формирования региональной информационной системы здравоохранения на основе современных программных технологий”, 2005й. России
- 2. Mohammed Badawy1, Nagy Ramadan1 and Hesham Ahmed Hefny.Big data analytics in healthcare: data sources, tools, challenges, and opportunities. Journal of Electrical Systems and Inf Technol (2024) 11:63
- 3. Yuliana Jiménez‑Gaona, María José Rodríguez Álvarez2, Darwin Castillo‑Malla, Santiago García‑Jaen1. Medical & Biological Engineering & Computing (2024) 62:2737–2756
- 4. David Xie and Xiaofeng Li, A new view on China’s digital health care: Launching innovative biopharma in China. Deloitte LLP, 2018 “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий–техникавий журнал №5/2022 185